Anatomiya
IKP testlar 1
muallif: Laziz · 44 ta savol ·
10 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Suhbat paytida bemorning mudrash holati qanday ataladi?
- stupor
- koma
- sopor
- alahsirash
Javobni ko'rish
sopor
#2
Alahsirash va gallyutsinatsiya qaysi holatda paydo bo'lishi mumkin?
- krupoz pnevmoniya
- jigar kasalliklari
- buyrak kasalliklari
- qandli diabet
Javobni ko'rish
krupoz pnevmoniya
#3
Oqimtir yuzning sarg'ish rang bilan birga kuzatilishi qaysi kasallikka xos?
- septik endokardit
- miksidema
- krupoz pnevmoniya
- Bazedov kasalligi
Javobni ko'rish
septik endokardit
#4
Ozgin, oqimtir yuz, yonoqlari qizarib turgan, kipriklari uzun bo'lgan bemor qaysi kasallikka chalingan bo'lishi mumkin?
- sil (tuberkulyoz)
- Miksidema
- pnevmoniya
- Itsenko–Kushing kasalligi
Javobni ko'rish
sil (tuberkulyoz)
#5
Ko'zi chaqchaygan, yuz ifodasi va xatti-harakati hayajonli, qovoqlari titraydigan bemor qaysi kasallikka chalingan?
- buyrak kasalliklari
- akromegaliya
- Bazedov kasalligi
- miksidema
Javobni ko'rish
Bazedov kasalligi
#6
«Facies nephritica» qanday ta'riflanadi?
- lab, burun uchi, iyak va quloqlarda kuchli sianoz, sianotik qizarib turgan yonoq
- shishgan yuz, oqarib ketgan, pastki qovoqlari shishgan, quloqlari kerkilgan, ko‘z yorig‘i toraygan
- kulrang oqarib ketgan yuz, ko‘zi nursiz, burun o‘tkirlashgan, peshonada sovuq profuz ter
- shishgan yuz, sianotik, bo‘yin venalarida keskin shish bo‘lishi, kushinarli sianoz va bo‘ynidagi shish
Javobni ko'rish
shishgan yuz, oqarib ketgan, pastki qovoqlari shishgan, quloqlari kerkilgan, ko‘z yorig‘i toraygan
#7
«Gippokrat yuzi» qanday ta'riflanadi?
- lab, burun uchi, iyak va quloqlarda kuchli sianoz, sianotik qizarib turgan yonoq
- shishgan yuz, sianotik, bo‘yin venalarida keskin shish bo‘lishi, kushinarli sianoz va bo‘ynidagi shish
- kulrang oqarib ketgan yuz, ko‘zi nursiz, burun o‘tkirlashgan, peshonada sovuq profuz ter
- shishgan yuz, oqarib ketgan, pastki qovoqlari shishgan, quloqlari kerkilgan, ko‘z yorig‘i toraygan
Javobni ko'rish
kulrang oqarib ketgan yuz, ko‘zi nursiz, burun o‘tkirlashgan, peshonada sovuq profuz ter
#8
M. sternocleidomastoidea tutamlari orasida o‘lchami kattalashgan qattiq limfa bezining paydo bo‘lishi qaysi kasallikka xos?
- zaxm kasalligiga
- angina
- sil kasalligiga
- oshqozon raki
Javobni ko'rish
sil kasalligiga
#9
Qizilchada qaysi limfa tugunlari kattalashadi?
- qo‘ltiqosti
- ensa
- jag‘osti
- bo‘yin
Javobni ko'rish
ensa
#10
Pinye indeksi nechaga teng?
- 21
- 37
- 50
- 20
Javobni ko'rish
20
#11
O‘pka bo‘lagining zichlashishida ko‘krak qafasiga xos o‘zgarishlarni ko‘rsating.
- ko‘krak qafasining yarmi kichrayishi va nafas olganda qolib ketishi
- giperstenik ko‘krak qafasi
- nafas olganda ortda qolishi, ko‘krak qafasi yarmi kattalashishi va qovurg‘a oralari silliqlanishi
- faqat ko‘krak qafasi yarmi nafas olganda qolib ketishi
Javobni ko'rish
ko‘krak qafasining yarmi kichrayishi va nafas olganda qolib ketishi
#12
Bir tomonlama gidrotoraksda ko‘krak qafasiga xos o‘zgarishlarni ko‘rsating
- nafas olganda ortda qolishi, ko‘krak qafasi yarmi kattalashishi va qovurg‘a oralari silliqlanishi
- faqat ko‘krak qafasi yarmi nafas olganda qolib ketishi
- giperstenik ko‘krak qafasi
- ko‘krak qafasining yarmi kichrayishi va nafas olganda qolib ketishi
Javobni ko'rish
nafas olganda ortda qolishi, ko‘krak qafasi yarmi kattalashishi va qovurg‘a oralari silliqlanishi
#13
Nafas olish aktining bir necha soniyadan 1 minutgacha uzilib qolishi bilan kechuvchi nafas turi qanday nomlanadi?
- Grokko–Drugoni nafas olish
- Kussmaul nafas olish
- Cheyne–Stokes nafas olish
- Biot nafas olish
Javobni ko'rish
Cheyne–Stokes nafas olish
#14
Atrofdagilarni yomon, sekin, sust anglash:
- sopor
- koma
- stupor
- alahsirash
Javobni ko'rish
stupor
#15
Hushni va reflekslarni yo‘qotishi bilan:
- alahsirash
- stupor
- koma
- sopor
Javobni ko'rish
koma
#16
Hushning irritativ o‘zgarishiga tegishli:
- Sopor
- Qozgalish
- Karsoqlik
- Alahsirash
Javobni ko'rish
Alahsirash
#17
Bemorning holati – boshini orqaga tashlagan, oyoqlarini qoriga yig‘gan, qaysi kasallikda:
- qovurg‘alar singanda
- pankreatit
- oshqozon kasalliklari
- meningit
Javobni ko'rish
meningit
#18
Bemor yo‘talni kamaytirish uchun qaysi holatni egallaydi:
- sog‘lom yonboshi bilan yotish
- kasal yonboshi bilan yotish
- ortopnoe
- orqasi bilan yotish
Javobni ko'rish
kasal yonboshi bilan yotish
#19
Ortopnoe holatiga xos:
- o‘tkir bronxit
- bronxial astma
- yurak astmasi
- bronxogen rak
Javobni ko'rish
yurak astmasi
#20
Yuz chegaralari o‘tkir, ko‘zlari kirishgan, kuchli ter ajralishi kuzatiladi:
- Gippokrat yuzi
- Korvizar yuzi
- Buyrak kasalligi yuzi
- Akromegaliya
Javobni ko'rish
Gippokrat yuzi
#21
Ozgin, oqimtir yuz, yonoqlari qizarib turgan, kipriklari uzun:
- pnevmoniya
- Mixedema
- Itsenko–Kushing kasalligi
- sil (tuberkulyoz)
Javobni ko'rish
sil (tuberkulyoz)
#22
Ko‘zi chaqchaygan, yuz ifodasi hayajonli, qovoqlari titraydi:
- buyrak kasalliklari
- miksidema
- akromegaliya
- Bazedov kasalligi
Javobni ko'rish
Bazedov kasalligi
#23
Burun, iyak, yonoq suyaklari, til va lablarning kattalashishi, tishlar orasining kengayishi qaysi kasallik belgisi?
- akromegaliya
- Itsenko–Kushing kasalligi
- Bazedov kasalligi
- miksidema
Javobni ko'rish
akromegaliya
#24
Oysimon, ko‘kimtir va labida, jag‘ida tuklar bor yuz:
- Bazedov kasalligi
- miksidema
- akromegaliya
- Itsenko–Kushing kasalligi
Javobni ko'rish
Itsenko–Kushing kasalligi
#25
Oysimon, shishgan, atrofdagi voqealarga befarq ifodali yuz qaysi kasallikda kuzatiladi?
- miksedema
- Bazedov kasalligi
- Itsenko–Kushing kasalligi
- sil kasalligi
Javobni ko'rish
miksedema
#26
Yuz qizarishi, burun qanotlarining nafas olishda qatnashishi, burun va labida uchuq bo‘lishi qaysi kasallikka xos?
- sil kasalligi
- miksidema
- akromegaliya
- krupoz zotiljam
Javobni ko'rish
krupoz zotiljam
#27
Mayda dog‘ ko‘rinishida depigmentatsiya o‘chog‘i:
- leykodermiya
- eritema
- uchuq
- pufak
Javobni ko'rish
leykodermiya
#28
Terida bir oz ko‘tarilib turuvchi chegaralangan giperemiya nima deyiladi?
- rozeola
- eritema
- leykodermiya
- toshma (urtikaria)
Javobni ko'rish
eritema
#29
Oqish rangli teridan bir oz ko‘tarilib turgan pufakli o‘zgarish qanday nomlanadi?
- leykoderma
- rozeola
- eritema
- eshak emi (urtikaria)
Javobni ko'rish
eshak emi (urtikaria)
#30
Umumiy ko‘zdan kechirganda teri turgorining pasayishini tushuntiring
- organizmning suvsizlanishi
- giperestrogenemiya
- gemorragik sindrom
- sideropenik sindrom
Javobni ko'rish
organizmning suvsizlanishi
#31
Umumiy ko‘zdan kechirganda angulyar stomatit va teridagi yoriq sababini tushuntiring
- sideropenik sindrom
- organizmning suvsizlanishi
- gemorragik sindrom
- giperestrogenemiya
Javobni ko'rish
sideropenik sindrom
#32
Tana harorati 37–38 °S atrofida bo‘lsa, bu harorat qanday nomlanadi?
- o‘rtacha ko‘tarilgan
- giperpiretik
- subfebril
- yuqori
Javobni ko'rish
subfebril
#33
Yuqori darajada isitmalash bo‘lib, isitmaning o‘zgarishi sutka davomida 1 °C dan oshmasa, bu isitma qanday nomlanadi?
- doimiy
- holdan toydiruvchi
- almashib turuvchi
- qaytaluvchi
Javobni ko'rish
doimiy
#34
Isitmalashning tana temperaturasining normallashishi bilan almashlanib kechishi qanday isitma?
- to‘lqinsimon
- qaytalanuvchi
- toliqtiruvchi
- holdan toydiruvchi
Javobni ko'rish
qaytalanuvchi
#35
Tana temperaturasining ko‘proq ertalab ko‘tarilishi isitmaning qaysi turiga kiradi?
- teskari (invertirlangan)
- toliqtiruvchi
- holdan toydiruvchi
- to‘lqinsimon
Javobni ko'rish
teskari (invertirlangan)
#36
Tana harorati 38–39 °S atrofida bo‘lgan isitma turi qanday nomlanadi?
- o‘rtacha isitma
- juda yuqori isitma
- subfebril isitma
- yuqori isitma
Javobni ko'rish
o‘rtacha isitma
#37
Haroratning keskin tebranishi bilan kechadigan isitma (2–4 °S atrofida) sutkada:
- qaytaluvchi
- o‘zgaruvchan
- holdan toydiruvchi
- bo‘shashtiruvchi
Javobni ko'rish
holdan toydiruvchi
#38
Qaysi kasallik ko‘krak qafasida og‘riq bo‘lishi bilan xarakterlanadi?
- emfizema
- bronxopnevmoniya
- quruq plevrit
- bronxit
Javobni ko'rish
quruq plevrit
#39
Nafas a’zolari kasalligi bo‘lgan bemorlarning asosiy shikoyatlaridan tashqari shikoyati:
- ko‘krak qafasidagi og‘riq
- isitma
- qon tupurish
- nafas qisishi
Javobni ko'rish
isitma
#40
Davriy ravishda avval oshib boruvchi, so‘ng susayib borib, butunlay uzilib qoluvchi nafas – bu:
- Grokko–Drugoni nafas olish
- Biot nafas olish
- Cheyne–Stokes nafas olish
- Kussmaul nafas olish
Javobni ko'rish
Cheyne–Stokes nafas olish
#41
Ekssudativ plevritda hansirashning qaysi turi kuzatiladi?
- Kussmaul yoki Cheyne–Stokes nafas
- ekspirator hansirash
- Cheyne–Stokes yoki Biot nafas
- stridorozoz nafas
Javobni ko'rish
ekspirator hansirash
#42
Ikkala o‘pkada ovoz dirillashining pasayishi qaysi patologik holatda kuzatiladi?
- o‘pka infarktida
- o‘tkir bronxitda
- gidrotoraksda
- o‘pka emfizemasida
Javobni ko'rish
o‘pka emfizemasida
#43
Oldindan o‘pkaning yuqori chegarasi aniqlanadi:
- umrovdan 3–4 sm yuqorida
- I qovurg‘adan 3–4 sm yuqorida
- umrov suyagidan 2–3 sm yuqorida
- umrov suyagidan 4–5 sm yuqorida
Javobni ko'rish
umrovdan 3–4 sm yuqorida
#44
O‘pkaning yuqori chegarasi orqadan qaysi sohada aniqlanadi:
- I ko‘krak umurtqa chegarasida
- VI bo‘yin umurtqa chegarasida
- VII bo‘yin va I ko‘krak umurtqa oralig‘ida
- VII bo‘yin umurtqa chegarasida
Javobni ko'rish
VII bo‘yin umurtqa chegarasida
QuizPilotda o'ynash