QuizPilotFanlarIqtisodiyot
Iqtisodiyot

Iqtisodiyot nazariy uzb (3)

muallif: li_shoh · 150 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
YaIM (YaMM)ni qо‘shilgan qiymat (ishlab chiqarish) asosida hisoblashdan nima maqsad kо‘zlanadi?
  1. sanoat va qishloq xо‘jaligida unumdorlikni oshirish
  2. mamlakat iqtisodiyotida davlat sektorining rolini oshirish
  3. barcha tarmoq va sohalarning YaIMdagi ulushini aniqlash imkonini beradi
  4. milliy iqtisodiyotda kapital qurilish sur’atini о‘stirish
  5. undiruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarning YaIM tarkibidagi о‘sish sur’atini oshirish
Javobni ko'rish
barcha tarmoq va sohalarning YaIMdagi ulushini aniqlash imkonini beradi
#2
Milliy iqtisodiyot tarmoq tuzilishining rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi asosiy omilni belgilang.
  1. iqtisodiy integratsiya
  2. fan-texnika taraqqiyoti
  3. mehnat unumdorligining о‘sishi
  4. mehnat korporatsiyasi
  5. mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
Javobni ko'rish
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
#3
Quyidagi tengliklardan qaysi biri tо‘g‘ri?
  1. YaMM – tо‘g‘ri soliqlar = SMM
  2. YaMM - amortizatsiya =SMM
  3. YaMM - sof eksport = SMM
  4. YaMM - egri soliqlar =SMM
  5. YaMM - joriy moddiy xarajatlar = SMM
Javobni ko'rish
YaMM - amortizatsiya =SMM
#4
Quyidagi tengliklardan qaysi biri tо‘g‘ri?
  1. SMM – tо‘g‘ri soliqlar = milliy daromad
  2. SMM - amortizatsiya = milliy daromad
  3. SMM - ish haqi = milliy daromad
  4. SMM - sof eksport = milliy daromad
  5. SMM - egri soliqlar = milliy daromad
Javobni ko'rish
SMM - egri soliqlar = milliy daromad
#5
YaIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblashda sarflarning qanday turlari hisobga olinmaydi?
  1. ijtimoiy soha sarflari
  2. yalpi xususiy investitsiya sarflari
  3. davlat sarflari
  4. sof eksport
  5. uy xо‘jaliklarining iste’mol sarflari
Javobni ko'rish
ijtimoiy soha sarflari
#6
Nominal YaIM(YaMM) qanday narxlarda hisoblanadi?
  1. о‘zgarmas narxlarda
  2. qiyosiy narxlarda
  3. chakana narxlarda
  4. joriy narxlarda
  5. ulgurji narxlarda
Javobni ko'rish
joriy narxlarda
#7
Real YaIM(YaMM) nima?
  1. resurslarga olingan daromadlar bо‘yicha hisoblangan YaMM
  2. pulning о‘zgarib turuvchi kurslarida hisoblangan YaIM (YaMM)
  3. doimiy narxlarda, pulning о‘zgarmas kursida hisoblangan YaIM(YaMM)
  4. iqtisodiy xarajatlar bо‘yicha hisoblangan YaIM(YaMM)
  5. joriy bozor narxlarida hisoblangan YaIM(YaMM)
Javobni ko'rish
doimiy narxlarda, pulning о‘zgarmas kursida hisoblangan YaIM(YaMM)
#8
О‘zbekiston fuqarosi vaqtinchalik Rossiyada ishlaganda, uning olgan daromadi quyidagilarning qaysi biriga kiradi?
  1. О‘zbekiston va Rossiya yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga
  2. О‘zbekiston YaIMga va Rossiya YaMMga
  3. О‘zbekiston YaMMga va Rossiya YaMMga
  4. О‘zbekiston YaMMga va Rossiya YaIMga
  5. О‘zbekiston milliy daromadiga va Rossiya sof ichki mahsulotiga
Javobni ko'rish
О‘zbekiston YaMMga va Rossiya YaIMga
#9
Quyida sanab о‘tilganlarning qaysi biri milliy daromad tarkibida hisobga olinmaydi?
  1. korporatsiyalar foydasi
  2. renta daromadlari
  3. me’yoridagi foyda
  4. davlat transfert tо‘lovlari
  5. ish haqi
Javobni ko'rish
davlat transfert tо‘lovlari
#10
YaMMni daromadlar bо‘yicha hisoblashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi?
  1. transfert tо‘lovlari summasi
  2. biznesga egri soliqlar
  3. rentalar summasi
  4. foizlar summasi
  5. ish haqi summasi
Javobni ko'rish
transfert tо‘lovlari summasi
#11
YaMMni sarf-xarajatlar bо‘yicha aniqlashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi?
  1. investitsion sarflar
  2. iste’molchilik sarflari
  3. sof eksport
  4. davlat sarflari
  5. davlat subsidiyalari
Javobni ko'rish
davlat subsidiyalari
#12
Yalpi investitsion sarflar quyidagi kо‘rsatkichning qaysi birini aniqlashda hisobga olinadi?
  1. daromadlar bо‘yicha SMM
  2. xarajatlar bо‘yicha YaIM (YaIM)
  3. milliy daromad
  4. daromadlar bо‘yicha YaMM
  5. shaxsiy daromad
Javobni ko'rish
xarajatlar bо‘yicha YaIM (YaIM)
#13
YaMM deflyatori nimaga teng.
  1. nominal YaMMning real YaMMga nisbatiga
  2. real YaMMning nominal YaMMga nisbatiga
  3. bazis davridagi iste’mol savati narxining о‘zgarish sur’atlariga
  4. nominal SMMning real milliy daromadga nisbatiga
  5. inflyatsiya jadallashgan sari iste’molning kamayib borishiga
Javobni ko'rish
nominal YaMMning real YaMMga nisbatiga
#14
Milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi asosiy omil nima?
  1. mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
  2. modernizatsiyalash
  3. fan-texnika taraqqiyoti
  4. iqtisodiy integratsiya
  5. mehnat kooperatsiyasining rivojlanishi
Javobni ko'rish
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
#15
Milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi qaysi kо‘rsatkichda tо‘laroq ifodalanadi?
  1. yalpi ichki mahsulotda
  2. turli tarmoqlar mahsulotida
  3. sof mahsulotda
  4. shaxsiy daromadda
  5. milliy daromadda
Javobni ko'rish
yalpi ichki mahsulotda
#16
Milliy daromad qanday aniqlanadi?
  1. YaMM-amortizatsiya
  2. renta+ish haqi+foiz+sof eksport
  3. ish haqi+ssuda kapitali+renta
  4. eksport-import
  5. sof milliy mahsulot-egri soliqlar
Javobni ko'rish
sof milliy mahsulot-egri soliqlar
#17
Iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga kо‘ra alohidalashgan xususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan iborat tuzilmasi qanday nomlanadi?
  1. milliy iqtisodiyot
  2. mezoiqtisodiyot
  3. makroiqtisodiyot
  4. iqtisodiyot sektorlari
  5. jahon iqtisodiyoti
Javobni ko'rish
iqtisodiyot sektorlari
#18
Milliy iqtisodiyotning о‘lchamlaridan qaysi biri mamlakatning ixtisoslashuv yо‘nalishini belgilab beradi?
  1. muassasaviy о‘lchami
  2. tarmoq о‘lchami
  3. takror ishlab chiqarish о‘lchami
  4. hududiy о‘lchami
  5. mulkiy о‘lcham
Javobni ko'rish
tarmoq о‘lchami
#19
Makroiqtisodiy kо‘rsatkichlardan qaysi biri mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan о‘rnini kо‘rsatib beradi?
  1. savdo aylanmasi va tо‘lov balansi holati
  2. ish haqi va daromadlar darajasi
  3. YaIM, SMM, milliy daromadning aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan miqdori
  4. ishsizlik, inflyatsiya, bandlik darajasi
  5. davlat byudjeti va uning taqchilligi
Javobni ko'rish
savdo aylanmasi va tо‘lov balansi holati
#20
Makroiqtisodiy beqarorlikni tavsiflovchi kо‘rsatkichlarni belgilang.
  1. savdo aylanmasi, eksport va import hajmi
  2. iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi
  3. narxlarning о‘rtacha darajasi, foizning bozor stavkasi
  4. YaIM, SMM va milliy daromad
  5. ishsizlik, inflyatsiya va byudjet taqchilligi
Javobni ko'rish
ishsizlik, inflyatsiya va byudjet taqchilligi
#21
Makroiqtisodiyotning qaysi muammosini hal qilish mamlakat aholisi turmush farovonligi darajasi ortishiga olib keladi?
  1. makroiqtisodiy muvozanatga erishish
  2. resurslarning tо‘liq bandligiga erishish
  3. inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish
  4. iqtisodiy о‘sishni ta’minlash
  5. ishsizlikni kamaytirish
Javobni ko'rish
iqtisodiy о‘sishni ta’minlash
#22
Qaysi makroiqtisodiy model davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi о‘rtasidagi bog‘liqlikni kо‘rsatadi?
  1. yalpi talab va yalpi taklif modeli
  2. Laffer egri chizig‘i
  3. doiraviy oqimlar modeli
  4. Filips egri chizig‘i
  5. tovarlar miqdori va pul massasi modeli
Javobni ko'rish
Laffer egri chizig‘i
#23
Ishlab chiqarishning natural va qiymat kо‘rsatkichlari о‘rtasidagi nisbatlar nuqtai nazaridan milliy hisoblar tizimining dastlabki uslubiy asoslari kim tomonidan ilgari surilgan?
  1. J.Klark
  2. R.Stoun
  3. F.Kene
  4. J.Keyns
  5. S.Kuznets
Javobni ko'rish
F.Kene
#24
Quyidagilarning qaysi biri YaIM real hajmini aniqlashda hisobga olinadi?
  1. mahsulot sifat tavsifining yaxshilanishi
  2. bozordan tashqarida amalga oshiriladigan bitimlar
  3. tadbirkorlar о‘zlashtiradigan me’yoridagi foyda
  4. suv, havo va atrof-muhitning ifloslanishi
  5. yashirin iqtisodiyot natijalari
Javobni ko'rish
tadbirkorlar о‘zlashtiradigan me’yoridagi foyda
#25
Unumli va shaxsiy iste’mol uchun sotib olingan tovar va xizmatlarning bozor qiymatini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. SMM
  2. YaIM
  3. pirovard mahsulot
  4. oraliq mahsulot
  5. milliy daromad
Javobni ko'rish
pirovard mahsulot
#26
Quyidagilardan qaysi biri unumsiz sof moliyaviy bitimlar tarkibiga kirmaydi?
  1. xususiy transfert tо‘lovlar
  2. pul va boshqa moliyaviy aktivlar aylanishi
  3. davlat byudjetidan ajratilgan investitsiyalar
  4. qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha amalga oshiriladigan bitimlar
  5. davlat byudjetidan transfert tо‘lovlari
Javobni ko'rish
davlat byudjetidan ajratilgan investitsiyalar
#27
Quyidagilardan qaysi biri unumsiz sof moliyaviy bitimlarga tegishli emas?
  1. pul va boshqa moliyaviy aktivlar aylanishi
  2. sotib olingan tovarlarni qayta sotish
  3. davlat byudjetidan transfert tо‘lovlari
  4. xususiy transfert tо‘lovlar
  5. qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha amalga oshiriladigan bitimlar
Javobni ko'rish
sotib olingan tovarlarni qayta sotish
#28
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning qaysi usulida yalpi talab tarkibiy qismlari qо‘shib chiqiladi?
  1. balans usulida
  2. daromadlar bо‘yicha hisoblash usulida
  3. qо‘shilgan qiymatlar bо‘yicha hisoblash usulida
  4. ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usulida
  5. sarf-xarajatlar bо‘yicha hisoblash usulida
Javobni ko'rish
sarf-xarajatlar bо‘yicha hisoblash usulida
#29
Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab va narx darajasi о‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni izohlab berolmaydi?
  1. import tovarlar samarasi
  2. foiz stavkasi samarasi
  3. uy xо‘jaliklari jamg‘argan boylik samarasi
  4. pul taklifi miqdoran cheklanganligi
  5. investitsion sarflarning о‘sishi
Javobni ko'rish
investitsion sarflarning о‘sishi
#30
Iste’molchilik sarflari miqdoriga ta’sir kо‘rsatmaydigan omilni aniqlang:
  1. turmush farovonligi о‘zgarishi
  2. soliq stavkasining о‘zgarishi
  3. tovarlar narxi va daromadlar darajasi о‘zgarishi kutilishi
  4. iste’molchi qarzlari darajasi
  5. foiz stavkasi darajasi
Javobni ko'rish
foiz stavkasi darajasi
#31
Investitsion sarflarning о‘zgarishiga ta’sir kо‘rsatmaydigan omilni belgilang.
  1. foiz stavkasi
  2. kutiladigan foyda
  3. texnologiya, ortiqcha quvvatlar mavjudligi
  4. soliqlar
  5. valyuta kurslari о‘zgarishi
Javobni ko'rish
valyuta kurslari о‘zgarishi
#32
Davlat sarflari о‘zgarishiga ta’sir kо‘rsatmaydigan omilni aniqlang.
  1. sof eksportdagi о‘zgarishlar
  2. davlatning investitsion sarflari о‘zgarishi
  3. atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflar о‘zgarishi
  4. davlat byudjetidan beriladigan ish haqi miqdori
  5. pulning aylanish tezligi
Javobni ko'rish
pulning aylanish tezligi
#33
Yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi kesmasi milliy ishlab chiqarishning real hajmi о‘zgarishi narx darajasining о‘zgarishi bilan mutanosib borishini kо‘rsatadi?
  1. tik kesma
  2. tik yoki Keynscha kesma
  3. oraliq kesma
  4. yotiq kesma
  5. yotiq yoki klassik kesma
Javobni ko'rish
oraliq kesma
#34
Yalpi talab ortganda narx tez kо‘tarilib, talab kamayganda u pasaymasligi mumkinligi nima bilan izohlanadi?
  1. monopol hukmdorlik bilan
  2. ishchi kuchi taklifi cheklanganligi bilan
  3. bozorda raqobat cheklanganligi bilan
  4. xrapovik samarasi bilan
  5. resurslar cheklanganligi bilan
Javobni ko'rish
xrapovik samarasi bilan
#35
Agar davlat xarajatlari kо‘paysa, u holda:
  1. Yalpi taklif ortadi, yalpi talab qisqaradi
  2. Yalpi talab ham, taklif ham qisqaradi
  3. Yalpi talab ham, taklif ham kо‘payadi
  4. Yalpi talab ortadi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
  5. Yalpi taklif qisqaradi, yalpi talab kо‘payadi
Javobni ko'rish
Yalpi talab ortadi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
#36
Agar shaxsiy daromad solig‘i oshirilsa, u holda:
  1. Yalpi taklif qisqaradi, yalpi talab esa о‘zgarmaydi
  2. Yalpi talab ham, taklif ham qisqaradi
  3. Yalpi talab qisqaradi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
  4. Yalpi talab ham, taklif ham ortadi
  5. Yalpi talab ortadi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
Javobni ko'rish
Yalpi talab qisqaradi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
#37
Yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi kesmasida narxning oshib borishi ishlab chiqarish real hajmining kо‘payishiga olib kelmaydi?
  1. tik kesmada
  2. yotiq kesmada
  3. oraliq kesmada
  4. yotiq va oraliq kesmada
  5. barcha kesmada
Javobni ko'rish
tik kesmada
#38
Yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi kesmasida ishlab chiqarish hajmi о‘zgarmaydi?
  1. yotiq kesmada
  2. oraliq va yotiq kesmada
  3. tik kesmada
  4. oraliq kesmada
  5. barcha kesmada
Javobni ko'rish
tik kesmada
#39
Quyidagilardan qaysi biri yalpi talabning integrallashgan shakli (kо‘rsatkichi) hisoblanadi?
  1. tovarlar va xizmatlar bozoridagi talab
  2. mehnat va kapital bozorlaridagi talab
  3. butun aholining alohida olingan ne’matlarga talabi
  4. barcha bozordagi iqtisodiy ne’matlarga talab
  5. alohida bozorlardagi barcha ne’matlarga talab
Javobni ko'rish
barcha bozordagi iqtisodiy ne’matlarga talab
#40
Yalpi talab dinamikasiga ta’sir kо‘rsatuvchi quyidagilardan qaysi biri Keyns samarasi deb ham ataladi?
  1. Pigu samarasi
  2. real kassa qoldiqlari samarasi
  3. naxlarning о‘rtacha yoki umumiy darajasi
  4. foiz stavkasi samarasi
  5. import xaridlar samarasi
Javobni ko'rish
foiz stavkasi samarasi
#41
Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari о‘rtasidagi nisbatga qanday omil ta’sir kо‘rsatmaydi?
  1. tashqi savdo qoldig‘i
  2. narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi о‘zgarishining kutilishi
  3. iste’molchi qarzlari va soliq stavkalari darajasi
  4. aholi jamg‘argan boyligi darajasi
  5. narxlar darajasi
Javobni ko'rish
tashqi savdo qoldig‘i
#42
Shaxsiy daromad 150000 sо‘m bо‘lib uning 130000 sо‘mni iste’molga ketsa, jamg‘armaga о‘rtacha moyillik necha foizni tashkil qiladi?
  1. 68,6%
  2. 86,6%
  3. 15,4%
  4. 68,8%
  5. 13,4%
Javobni ko'rish
13,4%
#43
220000 sо‘m shaxsiy daromaddan 50000 sо‘m jamg‘arma sifatida ishlatilsa, iste’molga о‘rtacha moyillik necha foizni tashkil qiladi?
  1. 27,2%
  2. 40,0%
  3. 22,7%
  4. 73,7%
  5. 77,3%
Javobni ko'rish
77,3%
#44
Quyidagilardan qaysi biri investitsiyalarning ichki manbai hisoblanadi?
  1. foyda, amortizatsiya ajratmalari
  2. byudjet mablag‘lari
  3. aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar
  4. obligatsiya zayomlari, bank kreditlari
  5. homiylar mablag‘lari
Javobni ko'rish
foyda, amortizatsiya ajratmalari
#45
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan asosiy omil nima?
  1. sof foyda normasi va foizning nominal stavkasi
  2. investitsiyalardan kutilayotgan sof foyda normasi
  3. sof foyda normasi va foizning real stavkasi
  4. bank foiz stavkasi
  5. sof foyda miqdori
Javobni ko'rish
sof foyda normasi va foizning real stavkasi
#46
Investitsion sarflar о‘zgaruvchanligiga ta’sir qilmaydigan omilni toping?
  1. buyuk kashfiyotlarning doimiy paydo bо‘lib turishi
  2. davlatning iqtisodiy siyosati о‘zgarib turishi
  3. foyda doimiy barqaror emasligi
  4. investitsion tovarlar noaniq xizmat muddatiga egaligi
  5. transfert sarflarining о‘zgarib turishi
Javobni ko'rish
transfert sarflarining о‘zgarib turishi
#47
Foizning muvozanatli stavkasi (pulga talab va pul taklifi kesishgan nuqta) nimaga ta’sir kо‘rsatadi?
  1. nominal YaIMga
  2. moliyaviy va real kapitalning raqobatlashuvchi korxona va tarmoqlar о‘rtasida taqsimlanishiga
  3. SMM hajmiga
  4. investitsiyalar darajasiga
  5. yalpi milliy mahsulot darajasiga
Javobni ko'rish
investitsiyalar darajasiga
#48
Investitsion qarorlar qabul qilishga quyidagilardan qaysi biri asos hisoblanadi?
  1. foizning real stavkasi
  2. soliqlar darajasi
  3. pul taklifi
  4. pulga talab
  5. foizning nominal stavkasi
Javobni ko'rish
foizning real stavkasi
#49
Unumli iste’mol qanday amalga oshadi?
  1. davlat ijtimoiy dasturlari orqali
  2. iste’molchilik sarflari orqali
  3. davlat byudjetidan ish haqi berish orqali
  4. davlat byudjetidan ijtimoiy sohani moliyalashtirish orqali
  5. iqtisodiy resurslarga sarf-xarajatlar qilish yо‘li bilan
Javobni ko'rish
iqtisodiy resurslarga sarf-xarajatlar qilish yо‘li bilan
#50
Uy xо‘jaliklari ixtiyoridagi daromadga bog‘liq bо‘lmagan sarflar qanday nomlanadi?
  1. ortiqcha iste’mol sarflari
  2. kutilmagan sarflar
  3. avtonom iste’mol sarflari
  4. me’yoridan ortiqcha sarflar
  5. kо‘zda tutilmagan sarflar
Javobni ko'rish
avtonom iste’mol sarflari
#51
Milliy daromad (foyda)ning bir qismini ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida sarflanish jarayonini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. kapital qо‘yish
  2. kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
  3. iqtisodiy jamg‘arish
  4. ishlab chiqarishning tо‘planuvi
  5. ishlab chiqarishning markazlashuvi
Javobni ko'rish
iqtisodiy jamg‘arish
#52
Iqtisodiy jamg‘arish darajasiga ta’sir kо‘rsatmaydigan omilni aniqlang.
  1. foydalanishda bо‘lgan iqtisodiy resurslar nisbati
  2. milliy daromad miqdori
  3. mavjud texnologiya
  4. qо‘llaniladigan resurslar miqdori va unumdorligi
  5. milliy daromadda iste’mol va jamg‘arma nisbati
Javobni ko'rish
foydalanishda bо‘lgan iqtisodiy resurslar nisbati
#53
Asosiy kapitalning alohida turlariga qо‘yilgan investitsiyalar uning qanday tuzilishida aks etadi?
  1. tarmoq tuzilishida
  2. mulkiy tuzilishida
  3. texnologik tuzilishida
  4. tarkibiy tuzilishida
  5. hududiy tuzilishida
Javobni ko'rish
tarkibiy tuzilishida
#54
Aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar nima deb nomlanadi?
  1. tashqaridan kiritilgan mablag‘lar
  2. byudjet mablag‘lari
  3. о‘z moliyaviy mablag‘lari
  4. qarz olingan mablag‘lar
  5. jalb qilingan mablag‘lar
Javobni ko'rish
jalb qilingan mablag‘lar
#55
Investitsion faollikni belgilab beruvchi qaysi omil ishlab chiqarishning samaradorlik darajasiga bog‘liq?
  1. ishlab chiqarish texnologiyasi
  2. foizning real stavkasi
  3. soliq stavkasi
  4. asosiy kapitalning mavjud hajmi
  5. kutilayotgan foyda miqdori
Javobni ko'rish
kutilayotgan foyda miqdori
#56
Investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilagan amaliy harakatlar nima deb nomlanadi?
  1. investitsion tahlika
  2. investitsion muhit
  3. investitsion faoliyat
  4. investitsion jozibadorlik
  5. investitsion faollik
Javobni ko'rish
investitsion faoliyat
#57
Investitsion sarflar о‘zgaruvchanligini belgilab beruvchi qaysi omil bozor konyunkturasi holatiga bog‘liq?
  1. ancha katta kashfiyotlar doimiy paydo bо‘lib turmasligi
  2. rо‘y berishi mumkin bо‘lgan favqulodda holatlar
  3. foyda doimiy barqaror emasligi
  4. asosiy kapitalning noaniq xizmat muddatiga ega bо‘lishi
  5. iqtisodiyotning siklli rivojlanishi
Javobni ko'rish
foyda doimiy barqaror emasligi
#58
Joriy yildagi investitsiyalar о‘sishining о‘tgan (bazis) yildagi milliy daromad о‘sishiga nisbati qanday kо‘rsatkich?
  1. akselerator
  2. inflyatsion farq
  3. multiplikator samarasi
  4. retsession farq
Javobni ko'rish
akselerator
#59
Quyidagilardan qaysi biri tarmoqlar ichidagi nisbat (mutanosiblik)larga kirmaydi?
  1. avtomobil, temir yо‘l, havo transporti
  2. neft, gaz, torf, toshkо‘mir qazib olish
  3. sanoat va qishloq xо‘jaligi, xizmat kо‘rsatish
  4. dehqonchilik va chorvachilik
  5. og‘ir va yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati
Javobni ko'rish
sanoat va qishloq xо‘jaligi, xizmat kо‘rsatish
#60
YaIM va uning harakat shakllari, iste’mol va jamg‘arma, tovarlar miqdori va pul massasi, aholi daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi mutanosiblikni qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. hududiy mutanosiblik
  2. umumiqtisodiy mutanosiblik
  3. tarmoqlararo mutanosiblik
  4. davlatlararo mutanosiblik
  5. tarmoqlar ichidagi mutanosiblik
Javobni ko'rish
umumiqtisodiy mutanosiblik
#61
Qaysi iqtisodiy mutanosiblik xalqaro mehnat taqsimoti orqali bog‘lanish darajasini ifodalaydi?
  1. tarmoqlar ichidagi mutanosiblik
  2. umumiqtisodiy mutanosiblik
  3. hududiy mutanosiblik
  4. davlatlararo mutanosiblik
  5. tarmoqlararo mutanosiblik
Javobni ko'rish
davlatlararo mutanosiblik
#62
Quyidagilarning qaysi biri tarkibiy о‘zgarishning asosiy yо‘nalishi hisoblanmaydi?
  1. importga yо‘naltirilgan
  2. iste’molga yо‘naltirilgan
  3. iqtisodiyotning tarmoq tuzilishini о‘rganishga qaratilgan
  4. eksportga yо‘naltirilgan
  5. iqtisodiyotning texnologik tuzilishini takomillashtirishga qaratilgan
Javobni ko'rish
importga yо‘naltirilgan
#63
Tarkibiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi omilni aniqlang.
  1. davlatning iqtisodiy siyosati
  2. qimmatli resurslar yirik zaxiralari topilishi
  3. talab tarkibidagi о‘zgarishlar
  4. asosiy kapitalning xizmat davri
  5. investitsion faollikning ortishi
Javobni ko'rish
talab tarkibidagi о‘zgarishlar
#64
Iqtisodiyotdagi turg‘unlik tufayli yuzaga kelgan ishsizlikni aniqlang.
  1. siklli ishsizlik
  2. tarkibiy ishsizlik
  3. fraksion ishsizlik
  4. mavsumiy ishsizlik
  5. ixtiyoriy ishsizlik turiga kiritish mumkin
Javobni ko'rish
siklli ishsizlik
#65
Ouken koeffitsiyentini belgilang.
  1. 1
  2. 1,5
  3. 3,5
  4. 2,5
  5. 2
Javobni ko'rish
2,5
#66
Fillips egri chizig‘i nimalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi?
  1. ishsizlik darajasi bilan YaIMning ishlab chiqarilgan hajmi о‘rtasidagi
  2. ish haqining о‘sishi bilan ishsizlik darajasi о‘zgarishi о‘rtasidagi
  3. ish haqining о‘sishi bilan YAIMning ishlab chiqarilgan hajmi о‘rtasidagi bog‘lanishni kо‘rsatadi
  4. ishsizlik darajasi bilan real ish haqining о‘sishi о‘rtasidagi
  5. ish haqi о‘sishi bilan daromad о‘rtasidagi
Javobni ko'rish
ish haqining о‘sishi bilan ishsizlik darajasi о‘zgarishi о‘rtasidagi
#67
Fillips egri chizig‘i bо‘yicha quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
  1. ishsizlikning о‘zgarishiga ta’sir qilish mumkin emas, uni bozorning о‘zi hal qiladi
  2. inflyatsiya darajasini barqarorlashtirish zarur
  3. ishsizlikni inflyatsiya sur’atini pasaytirish evaziga kamaytirish mumkin
  4. ishsizlikni inflyatsiya sur’atini tezlashtirish evaziga pasaytirish mumkin
  5. ish haqi qancha yuqori bо‘lsa, unga talab shuncha kam bо‘ladi
Javobni ko'rish
ishsizlikni inflyatsiya sur’atini tezlashtirish evaziga pasaytirish mumkin
#68
Iqtisodiy faol aholi 6,7 mln. kishini, ishsizlar 0,5 mln. kishini tashkil qilsa, bandlik darajasi necha foizni tashkil qiladi?
  1. 92,5%
  2. 40,0%
  3. 8,0%
  4. 8,5%
  5. 7,5%
Javobni ko'rish
92,5%
#69
Ishsizlikning tabiiy darajasi 5%ni, haqiqiy darajasi 8,5% ni tashkil qilsa, Ouken qonuni bо‘yicha YaMM ning orqada qolishi necha foizni tashkil qiladi?
  1. 6,3%
  2. 8,75%
  3. 3,5%
  4. 37,0%
  5. 7,5%
Javobni ko'rish
8,75%
#70
Agar nominal YaMM 330 mlrd. sо‘mni, ishsizlikning tabiiy darajadan ortiqligi tufayli YaMMning orqada qolishi 8,75%ni tashkil qilsa, iqtisodiyot qancha mahsulot yо‘qotgan bо‘ladi?
  1. 27,875 mlrd. sо‘mlik
  2. 29,875 mlrd. sо‘mlik
  3. 31,875 mlrd. sо‘mlik
  4. 28,875 mlrd. sо‘mlik
  5. 30,875 mlrd. sо‘mlik
Javobni ko'rish
28,875 mlrd. sо‘mlik
#71
Tо‘liq bandlilik sharoitida sikllik ishsizlik darajasi qanday miqdorga teng?
  1. tabiiy ishsizlikdan 2,5 % ga kо‘p
  2. 1 % dan kam
  3. tо‘g‘ri javob yо‘q
  4. 0 ga teng
  5. 1 % dan kо‘p
Javobni ko'rish
0 ga teng
#72
Ouken qonuniga binoan siklli ishsizlik darajasi tabiiy darajasidan 2% ga ko‘proq oshganda, yalpi ichki mahsulotning hajmi necha foizga kamayadi?
  1. 2,5 % ga
  2. 5 % ga
  3. 2 % ga
  4. 4 % ga
  5. 7,5 % ga
Javobni ko'rish
5 % ga
#73
Universitetni bitirgan, ish qidirayotgan talaba ishsizlikning qanday turiga kiradi?
  1. friksion ishsizlikka
  2. mutloq ishsizlikka
  3. sikllik ishsizlikka
  4. tabiiy ishsizlikka
  5. tarkibiy ishsizlikka
Javobni ko'rish
friksion ishsizlikka
#74
Tо‘liq bandlilik sharoitida tabiiy ishsizlik nimada namoyon bо‘ladi?
  1. ishsizlik “0”ga teng bо‘lganda
  2. siklli ishsizlikda
  3. tarkibiy ishsizlikda
  4. friksion va tarkibiy ishsizlikda
  5. friksion ishsizlikda
Javobni ko'rish
friksion va tarkibiy ishsizlikda
#75
Yangi yashash joyiga kо‘chib о‘tish natijasida asosiy ish joyini vaqtincha yо‘qotib, faol ish izlayotganlik holati ishsizlikning qaysi turiga kiradi?
  1. turg‘un ishsizlik
  2. hududiy ishsizlik
  3. ixtiyoriy ishsizlik
  4. yashirin ishsizlik
  5. friksion ishsizlik
Javobni ko'rish
friksion ishsizlik
#76
Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning о‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan ishsizlik turini belgilang.
  1. tarkibiy ishsizlik
  2. institusion ishsizlik
  3. siklik ishsizlik
  4. friksion ishsizlik
  5. texnologik ishsizlik
Javobni ko'rish
tarkibiy ishsizlik
#77
Qaysi qonun ishsizlik darajasi bilan YaIM hajmi о‘rtasidagi bog‘liqlikni kо‘rsatadi?
  1. Ouken qonuni
  2. taklif qonuni
  3. naflilikning pasayishi qonuni
  4. talab qonuni
  5. nufuz qonuni
Javobni ko'rish
Ouken qonuni
#78
Qachon haqiqiy YaIM hajmi uning potensial YaIM hajmidan ortib ketadi?
  1. tarkibiy ishsizlik darajasi mavjud bо‘lmaganda
  2. siklli ishsizlik darajasi tabiiy darajadan yuqori bо‘lganda
  3. siklli ishsizlik darajasi tabiiy darajadan past bо‘lganda
  4. friksion ishsizlik darajasi mavjud bо‘lmaganda
  5. siklli ishsizlik darajasi mavjud bо‘lmaganda
Javobni ko'rish
siklli ishsizlik darajasi tabiiy darajadan past bо‘lganda
#79
Agar dividend 800 sо‘m, foiz stavkasi 8% bо‘lsa, aksiya kursi necha sо‘m bо‘ladi?
  1. 10000 sо‘m
  2. 4000 sо‘m
  3. 8000 sо‘m
  4. 6400 sо‘m
  5. 20000 sо‘m
Javobni ko'rish
10000 sо‘m
#80
Davlat qachon rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yuritayotgan bo‘ladi?
  1. davlat xarajatlari о‘sib, soliqlar avvalgicha qolsa
  2. daromad (foyda)ga soliqni kо‘paytirib, davlat xarajatlarini о‘zgartirmasa
  3. davlat investitsiya sarflarini pasaytirib, boshqa xarajatlar va soliqlar о‘zgarmay qolsa
  4. davlat byudjetiga qarashli korxonalarda ish haqini pasaytirsa
  5. soliqlarni oshirib, davlat xarajatlarini pasaytirsa
Javobni ko'rish
davlat xarajatlari о‘sib, soliqlar avvalgicha qolsa
#81
Davlat qachon faol rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yuritayotgan bо‘ladi?
  1. soliqlar ortib, muvofiq ravishda sarflarni kо‘paytirsa
  2. soliqlarni kamaytirib, davlat sarflarini oshirsa
  3. soliqlarni oshirib, sarflarni pasaytirsa
  4. soliqlar о‘zgarmay, davlat sarflarini kо‘paytirsa
  5. soliqlar о‘zgarmay, davlat sarflarini kamaytirsa
Javobni ko'rish
soliqlarni kamaytirib, davlat sarflarini oshirsa
#82
Quyidagi soliqlardan qaysilari “iste’mol” soliqlari hisoblanadi?
  1. shaxsiy daromadga soliqlar
  2. meros va sovg‘alar uchun soliq
  3. foyda solig‘i va boj tо‘lovlari
  4. qо‘shilgan qiymat va aksiz solig‘i
  5. mulk solig‘i va pensiya fondiga ijtimoiy tо‘lovlar
Javobni ko'rish
qо‘shilgan qiymat va aksiz solig‘i
#83
Quyidagilarning qaysi biri davlat qarzining real muammolaridan birini ifodalaydi?
  1. YaMMning bir qismi mamlakatdan chiqib ketishi
  2. jamg‘armaning ulushi ortadi
  3. ishlab chiqarish samaradorligini oshirish rag‘batlari pasayishi
  4. qarzdan samarali foydalanilmaydi
  5. daromadlar о‘rtasidagi tengsizlik kuchayadi
Javobni ko'rish
YaMMning bir qismi mamlakatdan chiqib ketishi
#84
Byudjet taqchilligi qachon vujudga keladi?
  1. daromadlar xarajatlar qismidan ortiq bо‘lganda
  2. daromadlar va xarajatlar qismi teng bо‘lganda
  3. daromadlar xarajatlar qismidan kam bо‘lganda
  4. sof eksport ijobiy bо‘lganda
  5. sof eksport salbiy bо‘lganda
Javobni ko'rish
daromadlar xarajatlar qismidan kam bо‘lganda
#85
Quyidagi hollardan qaysi biri regressiv soliqlarni xarakterlaydi?
  1. soliqlarning о‘rtacha stavkasi daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilganda
  2. soliqlarning о‘rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan о‘sib borsa
  3. soliqlarning о‘rtacha stavkasi daromadlar о‘sishini rag‘batlantirish vazifasini ta’minlaganda
  4. daromadlar о‘sib borishi bilan soliqlarning о‘rtacha stavkasi pasayib borsa
  5. soliqlarning о‘rtacha stavkasi daromad darajasiga bog‘liq bо‘lmasdan о‘zgarishsiz qolsa
Javobni ko'rish
daromadlar о‘sib borishi bilan soliqlarning о‘rtacha stavkasi pasayib borsa
#86
Byudjet taqchilligini bartaraf qilishga erishish uchun qanday mutanosiblik ta’minlanishi kerak?
  1. investitsiya hajmi iste’molning hajmidan yuqori bо‘lishi kerak
  2. yalpi taklif, yalpi talabga teng bо‘lishi kerak
  3. pulni taklif qilish sur’atlari bilan inflyatsiyaning о‘sish sur’atlari mos kelishi kerak
  4. mavjud iqtisodiy resurslar tо‘liq band qilingan bо‘lishi kerak
  5. davlatning daromadlari uning xarajatlaridan ortiq bо‘lishi kerak
Javobni ko'rish
davlatning daromadlari uning xarajatlaridan ortiq bо‘lishi kerak
#87
Markazlashgan pul fondlarining shakllantirilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar nima deyiladi?
  1. tovar-pul munosabatlari
  2. iqtisodiy munosabatlar
  3. ijtimoiy munosabatlar
  4. moliyaviy munosabatlar
  5. kredit munosabatlari
Javobni ko'rish
moliyaviy munosabatlar
#88
Sug‘urtaning qaysi turi iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi?
  1. tadbirkorlik xatari sug‘urtasi
  2. ijtimoiy sug‘urta
  3. shaxsiy sug‘urta
  4. tabiiy sug‘urta
  5. fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi
Javobni ko'rish
tadbirkorlik xatari sug‘urtasi
#89
Byudjet taqchilligini to‘ldirish usullarining qaysi biri inflyatsiya jarayonining kuchayishi bilan birga boradi?
  1. davlat ichki qarzlari
  2. moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga о‘tish
  3. davlat tashqi qarzlari
  4. byudjetga soliqdan tashqari tо‘lovlar tushumini kо‘paytirish, dotatsiyalarni kamaytirish
  5. qо‘shimcha pul emissiyasi
Javobni ko'rish
qо‘shimcha pul emissiyasi
#90
Byudjet taqchilligini to‘ldirishning qaysi usulida milliy daromadning bir qismi foiz tо‘lovlari shaklida chetga chiqib ketish xavfi mavjud bо‘ladi?
  1. davlat tashqi qarzlarida
  2. davlat ichki qarzlarida
  3. qо‘shimcha pul emissiyasida
  4. dotatsiyalarni kamaytirishda
  5. moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga о‘tishda
Javobni ko'rish
davlat tashqi qarzlarida
#91
Soliqning qaysi tamoyili iqtisodiyotning barcha subyektlari belgilangan miqdorda va muddatda soliqlarni tо‘lash shartligini ifodalaydi?
  1. umumiylik
  2. naflilik
  3. adolatlilik
  4. tо‘lovga layoqatlilik
  5. majburiylik
Javobni ko'rish
majburiylik
#92
Soliqning qaysi tamoyili teng miqdorda daromad oluvchilar bir xil miqdorda soliq tо‘lashi lozimligini bildiradi?
  1. tо‘lovga layoqatlilik
  2. naflilik
  3. umumiylik
  4. adolatlilik
  5. majburiylik
Javobni ko'rish
adolatlilik
#93
Olinadigan soliq summasining soliq solinadigan daromad miqdoriga nisbatining foizdagi ifodasi qanday kо‘rsatkich hisoblanadi?
  1. soliq imtiyozi
  2. soliq normasi
  3. soliq koeffitsiyenti
  4. soliq darajasi
  5. soliq stavkasi
Javobni ko'rish
soliq stavkasi
#94
Sug‘urtaning qaysi vazifasi uning mohiyatini tо‘laroq ifodalaydi?
  1. sug‘urta mablag‘lari hisobidan aholini ijtimoiy himoyalash
  2. maqsadli pul mablag‘larini jamg‘arish
  3. kutilmagan hodisalar oqibatlarini oldindan ogohlantirishi
  4. kutilmaganda kelib chiqadigan zararlarni moliyaviy qoplash
  5. sug‘urta mablag‘lari harakati ustidan nazorat qilish
Javobni ko'rish
kutilmaganda kelib chiqadigan zararlarni moliyaviy qoplash
#95
Davlat moliya siyosatini amalga oshirishning qaysi dastagi ishlab chiqaruvchilar faoliyatining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalash maqsadini kо‘zlaydi?
  1. jadallashgan amortizatsiya ajratmalari
  2. davlat subsidiyalari va dotatsiyalari
  3. tashqi savdoga tarifli va tarifsiz tо‘siqlar
  4. soliqlar, uning turlari va stavkasi
  5. davlat kreditlari va investitsiyalari
Javobni ko'rish
davlat subsidiyalari va dotatsiyalari
#96
Davlatning obligatsiyalarini chiqarib, aholi va xususiy biznesdan qarz olishi nima deyiladi?
  1. iste’mol krediti
  2. bank krediti
  3. ipoteka krediti
  4. xо‘jaliklararo kredit
  5. davlat krediti
Javobni ko'rish
davlat krediti
#97
Foiz stavkasiga ta’sir qiluvchi asosiy omilni toping.
  1. foiz summasi va qarzga berilgan pul miqdori
  2. kutiladigan foyda normasi va inflyatsiya darajasi
  3. ssuda kapitali bozorining monopollashuvi darajasi va puldan boshqa maqsadlarda foydalanganda olinadigan daromad miqdori
  4. qarz berish muddati va shartlari
  5. ssuda kapitaliga talab va taklif nisbati
Javobni ko'rish
foiz summasi va qarzga berilgan pul miqdori
#98
Qaysi kredit muassasasi “Davlat banki”, “Banklar banki” va “Ijtimoiy bank” deb nomlanadi?
  1. tijorat banki
  2. markaziy bank
  3. maxsus bank
  4. ixtisoslashgan bank
  5. davlat banki
Javobni ko'rish
markaziy bank
#99
Quyidagilarning qaysi biri tijorat banklarining vazifasiga kirmaydi?
  1. pul emissiya qilish
  2. vositachilik qilish
  3. qimmatli qog‘ozlar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
  4. mijozlar о‘rtasida hisob-kitoblarni va boshqa bank xizmatlarini amalga oshirish
  5. omonatlarni jalb qilish, kreditlar berish
Javobni ko'rish
pul emissiya qilish
#100
Quyidagilarning qaysi biri ixtisoslashgan aksiyadorlik tijorat banki tarkibiga kirmaydi?
  1. ipoteka bank
  2. sanoat-qurilish banki
  3. xalq banki
  4. qishloq qurilish banki
  5. mikrokredit banki
Javobni ko'rish
xalq banki
#101
Banklarning moliyaviy resurslarini jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalarini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. lizing operatsiyalar
  2. faktoring operatsiyalar
  3. kredit operatsiyalari
  4. passiv operatsiyalar
  5. aktiv operatsiyalar
Javobni ko'rish
passiv operatsiyalar
#102
Banklarning moliyaviy resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. passiv operatsiyalar
  2. lizing operatsiyalar
  3. aktiv operatsiyalar
  4. kredit operatsiyalar
  5. faktoring operatsiyalar
Javobni ko'rish
aktiv operatsiyalar
#103
Quyidagilarning qaysi biri bank foyda normasini aniqlab beradi?
  1. yalpi foydaning о‘z kapitaliga nisbati
  2. yalpi foydaning jalb qilingan mablag‘larga nisbati
  3. sof foydaning о‘z kapitaliga nisbati
  4. sof foydaning jalb qilingan mablag‘larga nisbati
  5. sof foydaning barcha kapitalga nisbati
Javobni ko'rish
sof foydaning о‘z kapitaliga nisbati
#104
Banklarning pul hosil qilish, ya’ni pul taklifini kо‘paytirish layoqati nima deyiladi?
  1. pul multiplikatori
  2. pul emissiyalaridir
  3. multiplikator samarasi
  4. aktiv operatsiyalar
  5. passiv operatsiyalar
Javobni ko'rish
pul multiplikatori
#105
Quyidagi ta’riflarning qaysi biri “pulga talab” iqtisodiy tushunchasini to‘g‘ri ifodalaydi?
  1. bitimlar va investitsiyalar uchun zarur pul miqdori
  2. daromadning “har ehtimolga qarshi” saqlangan ma’lum bir qismi
  3. jamg‘arma uchun zarur pul miqdori
  4. ma’lum bir foiz stavkasida tadbirkorlar kreditga olib ishlatish mumkin bо‘lgan pul summasi
  5. zarur bо‘lganda tezda almashtirish mumkin bо‘lgan qimmatli qog‘ozlarning sotib olib qо‘yilgan hajmi
Javobni ko'rish
bitimlar va investitsiyalar uchun zarur pul miqdori
#106
Bitimlar uchun zarur bо‘lgan pulga talab qanday о‘zgaradi:
  1. nominal YaIM hajmi о‘sishiga qarab, pasayadi
  2. foiz stavkasi о‘zgarmaganda, kamayadi
  3. nominal YaIM hajmi kamayishiga qarab, pasayadi
  4. foiz stavkasi о‘sganda, ortadi
  5. foiz stavkasi pasayganda, kamayadi
Javobni ko'rish
nominal YaIM hajmi kamayishiga qarab, pasayadi
#107
Pul va tovar massasi о‘zgarmagani holda pulning aylanish tezligining ortishi nimaga olib keladi?
  1. iqtisodiy о‘sishga olib keladi
  2. narxlarning о‘sishiga
  3. pulning xarid qobiliyati о‘sishiga
  4. narxlarning о‘zgarmasligiga
  5. narxlarning tushishiga
Javobni ko'rish
pulning xarid qobiliyati о‘sishiga
#108
Quyidagi ta’riflarning qaysi biri “denominatsiya” iqtisodiy tushunchasini to‘g‘ri ifodalaydi?
  1. eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish
  2. qadrsizlangan puldan voz kechish
  3. muomalaga qо‘shimcha pul chiqarish
  4. pul tizimida rо‘y bergan tanglik natijasida pulning tо‘lov vazifasini bajara olmay qolishi
  5. davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini pasaytirish
Javobni ko'rish
eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish
#109
Qaysi nazariya pulga maxsus tovar sifatida qaraydi?
  1. pulning klassik nazariyasi
  2. pulning metalistik nazariyasi
  3. pulning miqdoriy nazariyasi
  4. yuqoridagi barcha nazariyalar
  5. pulning nominalistik nazariyasi
Javobni ko'rish
pulning klassik nazariyasi
#110
Iste’mol tovarlariga narx indeksi 2024-yilda 120, 2025-yilda 126 ga teng bо‘lsa, inflyatsiya sur’ati nechchi foizni tashkil qiladi?
  1. 5%
  2. 5,1 %
  3. 4,8 %
  4. 6 %
  5. 10 %
Javobni ko'rish
5%
#111
Respublikamizda faqatgina naqd pul taklifini qaysi pul agregati belgilab beradi?
  1. M₁ pul agregati
  2. M₃ pul agregati
  3. M₄ pul agregati
  4. M₂ pul agregati
  5. M₀ pul agregati
Javobni ko'rish
M₀ pul agregati
#112
Tovarlar hajmiga nisbatan pul miqdorining muomalada kо‘payishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
  1. ishlab chiqarish va narx-navo bir vaqtda mutanosib о‘sadi
  2. ishlab chiqarish hajmi о‘sadi, narx-navo о‘zgarmaydi
  3. narx-navo о‘sadi, ishlab chiqarish hajmi о‘smaydi
  4. ishlab chiqarish hajmi о‘sadi, narx-navo pasayadi
  5. yuqoridagi barcha holatlarga olib keladi
Javobni ko'rish
narx-navo о‘sadi, ishlab chiqarish hajmi о‘smaydi
#113
Quyidagi ta’riflarning qaysi biri “devalvatsiya” iqtisodiy tushunchasini to‘g‘ri ifodalaydi?
  1. davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini kо‘tarish
  2. qadrsizlangan puldan voz kechish
  3. davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini pasaytirish
  4. muomalaga qо‘shimcha pul chiqarish
  5. eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish
Javobni ko'rish
davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini kо‘tarish
#114
Quyidagilardan qaysi biri pul tizimi tarkibiga kirmaydi?
  1. naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirilishi va valyutalarni ayirboshlash tartibi
  2. davlat byudjeti tizimi
  3. pul emissiyasi qilish tartibi
  4. pul birligi va turlari
  5. pul massasini tartibga soluvchi kredit-bank muasassalari
Javobni ko'rish
davlat byudjeti tizimi
#115
Qayd qilinganlardan qaysi biri pul bozori turini anglatmaydi?
  1. kredit resurslari bozori
  2. qarz majburiyatlari bozori
  3. banklararo depozitlar bozori
  4. qimmatli qog‘ozlar bozori
  5. davlat muddatli obligatsiyalar bozori
Javobni ko'rish
qarz majburiyatlari bozori
#116
Ayirboshlash vositasi sifatidagi pulga talab miqdori qaysi kо‘rsatkichga tо‘g‘ri mutanosiblikda о‘zgaradi?
  1. real YaIM ga
  2. nominal YaIM ga
  3. foizning nominal stavkasiga
  4. foizning real stavkasiga
  5. foyda normasiga
Javobni ko'rish
nominal YaIM ga
#117
Investitsiyalar uchun pulga talab miqdori qaysi kо‘rsatkichga teskari mutanosiblikda о‘zgaradi?
  1. real YaIM ga
  2. foizning real stavkasiga
  3. foyda normasiga
  4. foizning nominal stavkasiga
  5. nominal YaIMga
Javobni ko'rish
foizning real stavkasiga
#118
Joriy va bazis davrdagi narxlar nisbati qanday kо‘rsatkich hisoblanadi?
  1. narx pariteti
  2. narx indeksatsiyasi
  3. narx diapazoni
  4. narx shoki
  5. narx indeksi
Javobni ko'rish
narx indeksi
#119
Inflyatsiyaning iqtisodiy oqibatlaridan qaysi birida natural xо‘jalikning rivojlanish xavfi mavjud bо‘ladi?
  1. foizning real stavkasi pasayishi
  2. davlat qarzlari miqdori о‘sishi
  3. investitsion tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar iqtisodiy ahvoli yomonlashishi
  4. byudjet taqchilligining ortishi
  5. barter ayirboshlash ulushining ortishi
Javobni ko'rish
barter ayirboshlash ulushining ortishi
#120
Inflyatsiya sharoitida davlatning tashqi omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari nimani kо‘zda tutadi?
  1. chet el kapitallari va kreditlariga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirishni
  2. tashqi savdoni kengaytirishni
  3. immigratsiyani cheklashni
  4. tо‘lov balansini barqarorlashtirishni
  5. immigratsiyani rag‘batlantirishni
Javobni ko'rish
tо‘lov balansini barqarorlashtirishni
#121
Inflyatsiyaning kelib chiqishiga sabab bо‘lmaydigan omilni belgilang
  1. ishlab chiqarish xarajatlari ortib borishi
  2. pul emissiyasi
  3. byudjet taqchilligi
  4. talabning nisbatan ortiqchaligi
  5. foiz stavkasi
Javobni ko'rish
foiz stavkasi
#122
Davlat qarzi deb nimaga aytiladi?
  1. davlatning xorijiy davlatlardan qarzi
  2. davlatning sof eksportdagi ulushining qisqarishi
  3. davlat byudjetidagi taqchillikning о‘sishi
  4. davlatning xorijiy davlatlardan qarzi va davlatning sof eksportdagi ulushining qisqarishi
  5. davlatning о‘z fuqarolari, banklar, korxonalar, shuningdek xorijiy mamlakatlardan qarzi
Javobni ko'rish
davlatning о‘z fuqarolari, banklar, korxonalar, shuningdek xorijiy mamlakatlardan qarzi
#123
Quyidagilarning qaysi biri davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullariga mos kelmaydi?
  1. davlat transfert tо‘lovlari
  2. tovar va xizmatlarning davlat tomonidan xarid qilinishi
  3. foydaga solinadigan soliqlar
  4. xususiy trasfert tо‘lovlari
  5. ochiq bozordagi operatsiyalar
Javobni ko'rish
xususiy trasfert tо‘lovlari
#124
Davlat byudjet daromadlarini qayta taqsimlashni qanday amalga oshiradi?
  1. daromadlar siyosati orqali
  2. monopoliyalarga qarshi olib boradigan siyosat orqali
  3. soliqlar va transfert tо‘lovlari orqali
  4. pul-kredit siyosati orqali
  5. transfert tо‘lovlari orqali
Javobni ko'rish
soliqlar va transfert tо‘lovlari orqali
#125
Qaysi oqim davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi g‘oyasini himoya qilishni davom ettiradi?
  1. neokonservatizm
  2. ratsional kutish
  3. monetarizm
  4. neoklassik
  5. taklifni moslashtirish nazariyasi
Javobni ko'rish
neoklassik
#126
Qaysi oqim davlatning iqtisodiyotga eng kam darajada aralashuvi pul muomalasi doirasida bо‘lishi kerak deb ta’kidlaydi?
  1. ratsional kutish
  2. taklifni moslashtarish nazariyasi
  3. neokonservatizm
  4. neoklassik
  5. monetarizm
Javobni ko'rish
monetarizm
#127
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) usullari qanday xarakterdagi tadbirlar tizimidan iborat?
  1. istiqbolni belgilash, ishlab chiqarish, prognozlash
  2. tartibni saqlash, mudofaa, ijtimoiy himoya
  3. talabni rag‘batlantirish, investitsiya kо‘yish va ishlab chiqarishni tashkil qilish
  4. qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish
  5. boshqarish, buyruq berish va rejalashtirish
Javobni ko'rish
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish
#128
Quydagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiy о‘sishini rag‘batlantirish vazifasiga kirmaydi?
  1. dotatsiya va subsidiyalar berishni kengaytirish
  2. korxonalar huquqiy maqomini belgilash
  3. tо‘liq bandlikni ta’minlash
  4. tranfert tо‘lovlarini kо‘paytirish
  5. soliq stavkasini pasaytirish
Javobni ko'rish
korxonalar huquqiy maqomini belgilash
#129
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan bilvosita usullaridan qaysi biri yalpi talabni kengaytiradi?
  1. davlat kreditlari, subsidiya va moliyaviy kafolatlarini amalga oshirish
  2. soliq turlari, stavkalari va imtiyozlarini belgilash
  3. jadallashgan amortizatsiyani rag‘batlantirish
  4. davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
  5. byudjet mablag‘lari hisobiga investitsiyalar qо‘yish
Javobni ko'rish
byudjet mablag‘lari hisobiga investitsiyalar qо‘yish
#130
Davlatning iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning tashqi iqtisodiy dastagi nima deb ataladi?
  1. soliqlar
  2. subsidiyalar
  3. dotatsiyalar
  4. bank majburiy ehtiyotlar normasi
  5. import kvotalari
Javobni ko'rish
import kvotalari
#131
Jinni koeffitsiyenti 0,35dan 0,55ga о‘sganda qanday iqtisodiy o‘zgarish yuz beradi?
  1. jon boshiga о‘rtacha real daromadlar kamayadi
  2. yashash minimumiga qaraganda daromadi past aholi ulushi kamayadi
  3. daromadlarning tabaqalanishi kuchayadi
  4. aholi jon boshiga о‘rtacha real daromadlar о‘sadi
  5. daromadlarning tabaqalanishi pasayadi
Javobni ko'rish
daromadlarning tabaqalanishi kuchayadi
#132
Pareto qonuniga kо‘ra:
  1. pulni uyda saqlamay, bankka qо‘yganlarga tayanadi
  2. jamiyat a’zolari ular uchun xayriya qilishni yoqtirganlarga tayanadi
  3. jamiyat boy qatlamga tayanadi
  4. jamiyat kambag‘allikka qarshi kurashadi
  5. jamiyat doimo о‘rta sinfga tayanadi
Javobni ko'rish
jamiyat doimo о‘rta sinfga tayanadi
#133
Lorens egri chizig‘i bissektrisa о‘qidan ancha uzoqlashishi nimani bildiradi?
  1. aholining tabaqalashuvi kuchayganini
  2. aholining turmush darajasi pasayganini
  3. aholi turmush darajasining oshganini
  4. ijtimoiy tenglikka erishilganini
  5. aholi daromadlari kо‘payganini
Javobni ko'rish
aholining tabaqalashuvi kuchayganini
#134
Qaysi vaqtda ishchining real ish haqi oshadi?
  1. narxi va nominal ish haqi mutanosib pasayganda
  2. narxlar usganda
  3. nominal ish haqi kamayganda
  4. oylik nominal ish haqi va narxlar mutanosib oshganda
  5. nominal ish haqi oshib narxlar pasayganda
Javobni ko'rish
nominal ish haqi oshib narxlar pasayganda
#135
О‘zbekistonda aholining ma’naviy ruhiy tiklanishi qanday umumbashariy negizga asoslanadi?
  1. insonning о‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish
  2. umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik
  3. xalqparvarlik
  4. vatanparvarlik
  5. xalqning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish
Javobni ko'rish
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik
#136
Nominal daromaddan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga nima deyiladi?
  1. real daromad
  2. nominal daromad
  3. natural daromad
  4. ixtiyoridagi daromad
  5. umumiy daromad
Javobni ko'rish
ixtiyoridagi daromad
#137
Nominal daromadning sotib olish layoqati yoki unga xarid qilish mumkin bо‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga nima deyiladi?
  1. natural daromad
  2. real daromad
  3. umumiy daromad
  4. ixtiyoridagi daromad
  5. nominal daromad
Javobni ko'rish
real daromad
#138
Quyidalarning qaysi biri orqali oilalarning turli qatlamlari о‘rtasidagi daromadlar tengsizligini miqdoriy aniqlash mumkin:
  1. Engel qonuni
  2. Fisher tenglamasi
  3. Lorens egri chizig‘i
  4. Djinni koeffitsenti
  5. Ditsel koeffitsenti
Javobni ko'rish
Lorens egri chizig‘i
#139
“Turmush sifati indeksi”da qaysi kо‘rsatkich aholining iqtisodiy faolligini aks ettiradi?
  1. bandlik darajasi
  2. sog‘liqni saqlash holati
  3. о‘rtacha umr kechirish yoshi
  4. ijtimoyi-siyosiy faollik
  5. ta’lim darajasi
Javobni ko'rish
bandlik darajasi
#140
О‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar qanday hamkorlik asosida olib boriladi?
  1. barcha mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik asosda
  2. kо‘p tomonlama hamda ikki tomonlama hamkorlik asosda
  3. barcha mamlakatlar bilan kо‘p tomonlama hamkorlik asosda
  4. musulmon davlatlari doirasidagi hamkorlik asosida
  5. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti darajasida
Javobni ko'rish
kо‘p tomonlama hamda ikki tomonlama hamkorlik asosda
#141
О‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar qanday tamoyillarga asoslanadi?
  1. turli qatlamlar manfaatlarini bir qilib umumlashtirishga
  2. umuminsoniy va qо‘shni mamlakatlar manfaati mushtarakligiga
  3. milliy va davlat manfaatlari birligiga
  4. umuminsoniy qadriyatlar va milliy manfaatlar mushtarakligiga
  5. milliy va guruhiy manfaatlar uyg‘unligiga
Javobni ko'rish
umuminsoniy qadriyatlar va milliy manfaatlar mushtarakligiga
#142
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS) qachon tuzilgan?
  1. 2003-yil 15-iyun
  2. 2002-yil 15-iyun
  3. 2001-yil 15-iyun
  4. 1999-yil 15-iyun
  5. 2000-yil 15-iyun
Javobni ko'rish
2001-yil 15-iyun
#143
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shaklini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. boj ittifoqi
  2. iqtisodiy va tо‘lov ittifoqi
  3. tо‘lov ittifoqi
  4. umumiy bozor
  5. erkin savdo zonalari
Javobni ko'rish
erkin savdo zonalari
#144
Jahon xо‘jaligining vujudga kelish shart-sharoitlarining qaysi biri birlamchi va tarixiy davr nuqtai nazardan dastlabki hisoblanadi?
  1. xalqaro mehnat taqsimoti
  2. transport, aloqa va xalqaro kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi
  3. ixtisoslashishning qaror topishi va rivojlanishi
  4. xalqaro monopoliyalarning vujudga kelishi
  5. ishlab chiqarishning baynalminallashuvi jarayonining kuchayib borishi
Javobni ko'rish
xalqaro mehnat taqsimoti
#145
Kapitali milliy va faoliyat qilish doirasi xalqaro kо‘lamdagi kompaniyalar qanday nomlanadi?
  1. davlatlararo kо‘shma korxonalar
  2. xalqaro tashkilotlar
  3. xalqaro kompaniyalar
  4. xalqaro korporatsiyalar
  5. transmilliy kompaniyalar
Javobni ko'rish
transmilliy kompaniyalar
#146
Makroiqtisodiy nazariyada “sterilizatsiya” qanday iqtisodiy chora hisoblanadi?
  1. Markaziy bank ehtiyotlari ortiqcha yoki taqchilligining mamlakat pul massasiga ta’sirini ochiq bozordagi operatsiyalar orqali neytrallash
  2. tо‘lov balansining aktivligini ta’minlash
  3. milliy pul birligining denominatsiyasi
  4. hukumatni yangilash
  5. tо‘lov balansining taqchilligini yо‘qotish
Javobni ko'rish
tо‘lov balansining taqchilligini yо‘qotish
#147
Qaysi nazariyaga kо‘ra, har bir mamlakat о‘zida kamroq xarajat sarflanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishi, nisbatan yuqori xarajatlarni taqozo qiladigan tovarlarni esa chetdan sotib olishi lozim?
  1. Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasi
  2. Xeksher-Olin nazariyasi
  3. M.Porterning raqobatbardoshlik nazariyasi
  4. “Leontev paradoksi”
  5. Smitning “Mutloq ustunlik” nazariyasi
Javobni ko'rish
Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasi
#148
Qaysi nazariyada, xarajatlar nisbatidagi farq aynan olingan mamlakatda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, qaysilarini ayirboshlash orqali chetdan sotib olish lozimligiga asoslanadi?
  1. Smitning “Mutloq ustunlik” nazariyasi
  2. Xeksher-Olin nazariyasi
  3. M.Porterning raqobatbardoshlik nazariyasi
  4. “Leontev paradoksi”
  5. Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasi
Javobni ko'rish
Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasi
#149
Jamiyat ehtiyojlari, uning iqtisodiy imkoniyatlari va ishlab chiqarish natijalarining miqdoran hamda tarkiban mos kelishlik darajasi nima deb ataladi?
  1. umumiy makroiqtisodiy muvozanatlik
  2. xarajat va daromadlar muvozantligi
  3. iste’mol va ishlab chiqarish muvozanati
  4. yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligi
  5. ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari muvozanatligi
Javobni ko'rish
umumiy makroiqtisodiy muvozanatlik
#150
Quyidagilarning qaysi biri iqtisodiy beqarorlikni anglatmaydi?
  1. bandlik
  2. inqiroz
  3. ishsizlik
  4. qashshoqlik
  5. inflyatsiya
Javobni ko'rish
bandlik
QuizPilotda o'ynash