QuizPilotFanlarIqtisodiyot
Iqtisodiyot

Iqtisodiyot nazariy uzb

muallif: Amirpesser · 150 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
YaIM (YaMM)ni qо‘shilgan qiymat (ishlab chiqarish) asosida hisoblashdan nima maqsad kо‘zlanadi?
  1. sanoat va qishloq xо‘jaligida unumdorlikni oshirish
  2. undiruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarning YaIM tarkibidagi о‘sish
  3. milliy iqtisodiyotda kapital qurilish sur’atini о‘stirish
  4. mamlakat iqtisodiyotida davlat sektorining rolini oshirish
  5. barcha tarmoq va sohalarning YaIMdagi ulushini aniqlash imkonini
Javobni ko'rish
barcha tarmoq va sohalarning YaIMdagi ulushini aniqlash imkonini
#2
Milliy iqtisodiyot tarmoq tuzilishining rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi asosiy omilni belgilang.
  1. fan-texnika taraqqiyoti
  2. iqtisodiy integratsiya
  3. mehnat unumdorligining о‘sishi
  4. mehnat korporatsiyasi
  5. mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
Javobni ko'rish
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
#3
Quyidagi tengliklardan qaysi biri tо‘g‘ri?
  1. YaMM - joriy moddiy xarajatlar = SMM
  2. YaMM - amortizatsiya =SMM
  3. YaMM – tо‘g‘ri soliqlar = SMM
  4. YaMM - egri soliqlar =SMM
  5. YaMM - sof eksport = SMM
Javobni ko'rish
YaMM - amortizatsiya =SMM
#4
Quyidagi tengliklardan qaysi biri tо‘g‘ri?
  1. SMM - sof eksport = milliy daromad
  2. SMM - amortizatsiya = milliy daromad
  3. SMM - egri soliqlar = milliy daromad
  4. SMM – tо‘g‘ri soliqlar = milliy daromad
  5. SMM - ish haqi = milliy daromad
Javobni ko'rish
SMM - egri soliqlar = milliy daromad
#5
YaIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblashda sarflarning qanday turlari hisobga olinmaydi?
  1. ijtimoiy soha sarflari
  2. davlat sarflari
  3. uy xо‘jaliklarining iste’mol sarflari
  4. sof eksport
  5. yalpi xususiy investitsiya sarflari
Javobni ko'rish
ijtimoiy soha sarflari
#6
Nominal YaIM(YaMM) qanday narxlarda hisoblanadi?
  1. joriy narxlarda
  2. qiyosiy narxlarda
  3. ulgurji narxlarda
  4. chakana narxlarda
  5. о‘zgarmas narxlarda
Javobni ko'rish
joriy narxlarda
#7
Real YaIM(YaMM) nima?
  1. pulning о‘zgarib turuvchi kurslarida hisoblangan YaIM (YaMM)
  2. doimiy narxlarda, pulning о‘zgarmas kursida hisoblangan YaIM(YaMM)
  3. iqtisodiy xarajatlar bо‘yicha hisoblangan YaIM(YaMM)
  4. joriy bozor narxlarida hisoblangan YaIM(YaMM)
  5. resurslarga olingan daromadlar bо‘yicha hisoblangan YaMM
Javobni ko'rish
doimiy narxlarda, pulning о‘zgarmas kursida hisoblangan YaIM(YaMM)
#8
О‘zbekiston fuqarosi vaqtinchalik Rossiyada ishlaganda, uning olgan daromadi quyidagilarning qaysi biriga kiradi?
  1. О‘zbekiston YaMMga va Rossiya YaIMga
  2. О‘zbekiston milliy daromadiga va Rossiya sof ichki mahsulotiga
  3. О‘zbekiston YaIMga va Rossiya YaMMga
  4. О‘zbekiston va Rossiya yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga
  5. О‘zbekiston YaMMga va Rossiya YaMMga
Javobni ko'rish
О‘zbekiston YaMMga va Rossiya YaIMga
#9
Quyida sanab о‘tilganlarning qaysi biri milliy daromad tarkibida hisobga olinmaydi?
  1. davlat transfert tо‘lovlari
  2. ish haqi
  3. renta daromadlari
  4. me’yoridagi foyda
  5. korporatsiyalar foydasi
Javobni ko'rish
davlat transfert tо‘lovlari
#10
YaMMni daromadlar bо‘yicha hisoblashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi?
  1. ish haqi summasi
  2. foizlar summasi
  3. rentalar summasi
  4. transfert tо‘lovlari summasi
  5. biznesga egri soliqlar
Javobni ko'rish
transfert tо‘lovlari summasi
#11
YaMMni sarf-xarajatlar bо‘yicha aniqlashda quyidagilardan qaysi biri hisobga olinmaydi?
  1. investitsion sarflar
  2. sof eksport
  3. iste’molchilik sarflari
  4. davlat sarflari
  5. davlat subsidiyalari
Javobni ko'rish
davlat subsidiyalari
#12
Yalpi investitsion sarflar quyidagi kо‘rsatkichning qaysi birini aniqlashda hisobga olinadi?
  1. daromadlar bо‘yicha SMM
  2. xarajatlar bо‘yicha YaIM (YaIM)
  3. milliy daromad
  4. daromadlar bо‘yicha YaMM
  5. shaxsiy daromad
Javobni ko'rish
xarajatlar bо‘yicha YaIM (YaIM)
#13
YaMM deflyatori nimaga teng.
  1. nominal SMMning real milliy daromadga nisbatiga
  2. nominal YaMMning real YaMMga nisbatiga
  3. inflyatsiya jadallashgan sari iste’molning kamayib borishiga
  4. real YaMMning nominal YaMMga nisbatiga
  5. bazis davridagi iste’mol savati narxining о‘zgarish sur’atlariga
Javobni ko'rish
nominal YaMMning real YaMMga nisbatiga
#14
Milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi asosiy omil nima?
  1. mehnat kooperatsiyasining rivojlanishi
  2. mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
  3. fan-texnika taraqqiyoti
  4. modernizatsiyalash
  5. iqtisodiy integratsiya
Javobni ko'rish
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
#15
Milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi qaysi kо‘rsatkichda tо‘laroq ifodalanadi?
  1. yalpi ichki mahsulotda
  2. sof mahsulotda
  3. shaxsiy daromadda
  4. turli tarmoqlar mahsulotida
  5. milliy daromadda
Javobni ko'rish
yalpi ichki mahsulotda
#16
Milliy daromad qanday aniqlanadi?
  1. sof milliy mahsulot-egri soliqlar
  2. eksport-import
  3. renta+ish haqi+foiz+sof eksport
  4. ish haqi+ssuda kapitali+renta
  5. YaMM-amortizatsiya
Javobni ko'rish
sof milliy mahsulot-egri soliqlar
#17
Iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga kо‘ra alohidalashgan xususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan iborat tuzilmasi qanday nomlanadi?
  1. iqtisodiyot sektorlari
  2. milliy iqtisodiyot
  3. jahon iqtisodiyoti
  4. mezoiqtisodiyot
  5. makroiqtisodiyot
Javobni ko'rish
iqtisodiyot sektorlari
#18
Milliy iqtisodiyotning о‘lchamlaridan qaysi biri mamlakatning ixtisoslashuv yо‘nalishini belgilab beradi?
  1. hududiy о‘lchami
  2. takror ishlab chiqarish о‘lchami
  3. muassasaviy о‘lchami
  4. tarmoq о‘lchami
  5. mulkiy о‘lcham
Javobni ko'rish
tarmoq о‘lchami
#19
Makroiqtisodiy kо‘rsatkichlardan qaysi biri mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan о‘rnini kо‘rsatib beradi?
  1. YaIM, SMM, milliy daromadning aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan
  2. davlat byudjeti va uning taqchilligi
  3. ish haqi va daromadlar darajasi
  4. ishsizlik, inflyatsiya, bandlik darajasi
  5. savdo aylanmasi va tо‘lov balansi holati
Javobni ko'rish
savdo aylanmasi va tо‘lov balansi holati
#20
Makroiqtisodiy beqarorlikni tavsiflovchi kо‘rsatkichlarni belgilang.
  1. ishsizlik, inflyatsiya va byudjet taqchilligi
  2. iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi
  3. narxlarning о‘rtacha darajasi, foizning bozor stavkasi
  4. YaIM, SMM va milliy daromad
  5. savdo aylanmasi, eksport va import hajmi
Javobni ko'rish
ishsizlik, inflyatsiya va byudjet taqchilligi
#21
Makroiqtisodiyotning qaysi muammosini hal qilish mamlakat aholisi turmush farovonligi darajasi ortishiga olib keladi?
  1. makroiqtisodiy muvozanatga erishish
  2. resurslarning tо‘liq bandligiga erishish
  3. iqtisodiy о‘sishni ta’minlash
  4. ishsizlikni kamaytirish
  5. inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish
Javobni ko'rish
iqtisodiy о‘sishni ta’minlash
#22
Qaysi makroiqtisodiy model davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi о‘rtasidagi bog‘liqlikni kо‘rsatadi?
  1. doiraviy oqimlar modeli
  2. Laffer egri chizig‘i
  3. Filips egri chizig‘i
  4. yalpi talab va yalpi taklif modeli
  5. tovarlar miqdori va pul massasi modeli
Javobni ko'rish
Laffer egri chizig‘i
#23
Ishlab chiqarishning natural va qiymat kо‘rsatkichlari о‘rtasidagi nisbatlar nuqtai nazaridan milliy hisoblar tizimining dastlabki uslubiy asoslari kim tomonidan ilgari surilgan?
  1. R.Stoun
  2. S.Kuznets
  3. J.Klark
  4. F.Kene
  5. J.Keyns
Javobni ko'rish
F.Kene
#24
Quyidagilarning qaysi biri YaIM real hajmini aniqlashda hisobga olinadi?
  1. tadbirkorlar о‘zlashtiradigan me’yoridagi foyda
  2. mahsulot sifat tavsifining yaxshilanishi
  3. yashirin iqtisodiyot natijalari
  4. bozordan tashqarida amalga oshiriladigan bitimlar
  5. suv, havo va atrof-muhitning ifloslanishi
Javobni ko'rish
tadbirkorlar о‘zlashtiradigan me’yoridagi foyda
#25
Unumli va shaxsiy iste’mol uchun sotib olingan tovar va xizmatlarning bozor qiymatini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. oraliq mahsulot
  2. pirovard mahsulot
  3. YaIM
  4. SMM
  5. milliy daromad
Javobni ko'rish
pirovard mahsulot
#26
Quyidagilardan qaysi biri unumsiz sof moliyaviy bitimlar tarkibiga kirmaydi?
  1. pul va boshqa moliyaviy aktivlar aylanishi
  2. qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha amalga oshiriladigan bitimlar
  3. xususiy transfert tо‘lovlar
  4. davlat byudjetidan ajratilgan investitsiyalar
  5. davlat byudjetidan transfert tо‘lovlari
Javobni ko'rish
davlat byudjetidan ajratilgan investitsiyalar
#27
Quyidagilardan qaysi biri unumsiz sof moliyaviy bitimlarga tegishli emas?
  1. qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha amalga oshiriladigan bitimlar
  2. davlat byudjetidan transfert tо‘lovlari
  3. pul va boshqa moliyaviy aktivlar aylanishi
  4. sotib olingan tovarlarni qayta sotish
  5. xususiy transfert tо‘lovlar
Javobni ko'rish
sotib olingan tovarlarni qayta sotish
#28
Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning qaysi usulida yalpi talab tarkibiy qismlari qо‘shib chiqiladi?
  1. ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usulida
  2. qо‘shilgan qiymatlar bо‘yicha hisoblash usulida
  3. sarf-xarajatlar bо‘yicha hisoblash usulida
  4. balans usulida
  5. daromadlar bо‘yicha hisoblash usulida
Javobni ko'rish
sarf-xarajatlar bо‘yicha hisoblash usulida
#29
Quyidagilardan qaysi biri yalpi talab va narx darajasi о‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni izohlab berolmaydi?
  1. foiz stavkasi samarasi
  2. import tovarlar samarasi
  3. uy xо‘jaliklari jamg‘argan boylik samarasi
  4. investitsion sarflarning о‘sishi
  5. pul taklifi miqdoran cheklanganligi
Javobni ko'rish
investitsion sarflarning о‘sishi
#30
Iste’molchilik sarflari miqdoriga ta’sir kо‘rsatmaydigan omilni aniqlang:
  1. iste’molchi qarzlari darajasi
  2. tovarlar narxi va daromadlar darajasi о‘zgarishi kutilishi
  3. turmush farovonligi о‘zgarishi
  4. foiz stavkasi darajasi
  5. soliq stavkasining о‘zgarishi
Javobni ko'rish
foiz stavkasi darajasi
#31
Investitsion sarflarning о‘zgarishiga ta’sir kо‘rsatmaydigan omilni belgilang.
  1. texnologiya, ortiqcha quvvatlar mavjudligi
  2. valyuta kurslari о‘zgarishi
  3. soliqlar
  4. kutiladigan foyda
  5. foiz stavkasi
Javobni ko'rish
valyuta kurslari о‘zgarishi
#32
Davlat sarflari о‘zgarishiga ta’sir kо‘rsatmaydigan omilni aniqlang.
  1. sof eksportdagi о‘zgarishlar
  2. davlat byudjetidan beriladigan ish haqi miqdori
  3. atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflar о‘zgarishi
  4. davlatning investitsion sarflari о‘zgarishi
  5. pulning aylanish tezligi
Javobni ko'rish
pulning aylanish tezligi
#33
Yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi kesmasi milliy ishlab chiqarishning real hajmi о‘zgarishi narx darajasining о‘zgarishi bilan mutanosib borishini kо‘rsatadi?
  1. yotiq kesma
  2. oraliq kesma
  3. yotiq yoki klassik kesma
  4. tik yoki Keynscha kesma
  5. tik kesma
Javobni ko'rish
oraliq kesma
#34
Yalpi talab ortganda narx tez kо‘tarilib, talab kamayganda u pasaymasligi mumkinligi nima bilan izohlanadi?
  1. xrapovik samarasi bilan
  2. resurslar cheklanganligi bilan
  3. monopol hukmdorlik bilan
  4. bozorda raqobat cheklanganligi bilan
  5. ishchi kuchi taklifi cheklanganligi bilan
Javobni ko'rish
xrapovik samarasi bilan
#35
Agar davlat xarajatlari kо‘paysa, u holda:
  1. Yalpi taklif qisqaradi, yalpi talab kо‘payadi
  2. Yalpi talab ortadi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
  3. Yalpi talab ham, taklif ham kо‘payadi
  4. Yalpi talab ham, taklif ham qisqaradi
  5. Yalpi taklif ortadi, yalpi talab qisqaradi
Javobni ko'rish
Yalpi talab ortadi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
#36
Agar shaxsiy daromad solig‘i oshirilsa, u holda:
  1. Yalpi talab qisqaradi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
  2. Yalpi taklif qisqaradi, yalpi talab esa о‘zgarmaydi
  3. Yalpi talab ham, taklif ham qisqaradi
  4. Yalpi talab ortadi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
  5. Yalpi talab ham, taklif ham ortadi
Javobni ko'rish
Yalpi talab qisqaradi, yalpi taklif о‘zgarmaydi
#37
Yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi kesmasida narxning oshib borishi ishlab chiqarish real hajmining kо‘payishiga olib kelmaydi?
  1. yotiq va oraliq kesmada
  2. oraliq kesmada
  3. yotiq kesmada
  4. barcha kesmada
  5. tik kesmada
Javobni ko'rish
tik kesmada
#38
Yalpi taklif egri chizig‘ining qaysi kesmasida ishlab chiqarish hajmi о‘zgarmaydi?
  1. barcha kesmada
  2. yotiq kesmada
  3. oraliq kesmada
  4. tik kesmada
  5. oraliq va yotiq kesmada
Javobni ko'rish
tik kesmada
#39
Quyidagilardan qaysi biri yalpi talabning integrallashgan shakli (kо‘rsatkichi) hisoblanadi?
  1. mehnat va kapital bozorlaridagi talab
  2. butun aholining alohida olingan ne’matlarga talabi
  3. alohida bozorlardagi barcha ne’matlarga talab
  4. barcha bozordagi iqtisodiy ne’matlarga talab
  5. tovarlar va xizmatlar bozoridagi talab
Javobni ko'rish
barcha bozordagi iqtisodiy ne’matlarga talab
#40
Yalpi talab dinamikasiga ta’sir kо‘rsatuvchi quyidagilardan qaysi biri Keyns samarasi deb ham ataladi?
  1. import xaridlar samarasi
  2. real kassa qoldiqlari samarasi
  3. Pigu samarasi
  4. naxlarning о‘rtacha yoki umumiy darajasi
  5. foiz stavkasi samarasi
Javobni ko'rish
foiz stavkasi samarasi
#41
Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari о‘rtasidagi nisbatga qanday omil ta’sir kо‘rsatmaydi?
  1. narxlar darajasi
  2. iste’molchi qarzlari va soliq stavkalari darajasi
  3. narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi о‘zgarishining kutilishi
  4. aholi jamg‘argan boyligi darajasi
  5. tashqi savdo qoldig‘i
Javobni ko'rish
tashqi savdo qoldig‘i
#42
Shaxsiy daromad 150000 sо‘m bо‘lib uning 130000 sо‘mni iste’molga ketsa, jamg‘armaga о‘rtacha moyillik necha foizni tashkil qiladi?
  1. 68,8%
  2. 86,6%
  3. 68,6%
  4. 15,4%
  5. 13,4%
Javobni ko'rish
13,4%
#43
220000 sо‘m shaxsiy daromaddan 50000 sо‘m jamg‘arma sifatida ishlatilsa, iste’molga о‘rtacha moyillik necha foizni tashkil qiladi?
  1. 40,0%
  2. 27,2%
  3. 22,7%
  4. 77,3%
  5. 73,7%
Javobni ko'rish
77,3%
#44
Quyidagilardan qaysi biri investitsiyalarning ichki manbai hisoblanadi?
  1. obligatsiya zayomlari, bank kreditlari
  2. homiylar mablag‘lari
  3. byudjet mablag‘lari
  4. foyda, amortizatsiya ajratmalari
  5. aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar
Javobni ko'rish
foyda, amortizatsiya ajratmalari
#45
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan asosiy omil nima?
  1. bank foiz stavkasi
  2. sof foyda normasi va foizning real stavkasi
  3. sof foyda normasi va foizning nominal stavkasi
  4. sof foyda miqdori
  5. investitsiyalardan kutilayotgan sof foyda normasi
Javobni ko'rish
sof foyda normasi va foizning real stavkasi
#46
Investitsion sarflar о‘zgaruvchanligiga ta’sir qilmaydigan omilni toping?
  1. investitsion tovarlar noaniq xizmat muddatiga egaligi
  2. foyda doimiy barqaror emasligi
  3. transfert sarflarining о‘zgarib turishi
  4. davlatning iqtisodiy siyosati о‘zgarib turishi
  5. buyuk kashfiyotlarning doimiy paydo bо‘lib turishi
Javobni ko'rish
transfert sarflarining о‘zgarib turishi
#47
Foizning muvozanatli stavkasi (pulga talab va pul taklifi kesishgan nuqta) nimaga ta’sir kо‘rsatadi?
  1. investitsiyalar darajasiga
  2. yalpi milliy mahsulot darajasiga
  3. SMM hajmiga
  4. moliyaviy va real kapitalning raqobatlashuvchi korxona va tarmoqlar
  5. nominal YaIMga
Javobni ko'rish
investitsiyalar darajasiga
#48
Investitsion qarorlar qabul qilishga quyidagilardan qaysi biri asos hisoblanadi?
  1. pul taklifi
  2. foizning real stavkasi
  3. soliqlar darajasi
  4. foizning nominal stavkasi
  5. pulga talab
Javobni ko'rish
foizning real stavkasi
#49
Unumli iste’mol qanday amalga oshadi?
  1. davlat ijtimoiy dasturlari orqali
  2. iqtisodiy resurslarga sarf-xarajatlar qilish yо‘li bilan
  3. davlat byudjetidan ish haqi berish orqali
  4. iste’molchilik sarflari orqali
  5. davlat byudjetidan ijtimoiy sohani moliyalashtirish orqali
Javobni ko'rish
iqtisodiy resurslarga sarf-xarajatlar qilish yо‘li bilan
#50
Uy xо‘jaliklari ixtiyoridagi daromadga bog‘liq bо‘lmagan sarflar qanday nomlanadi?
  1. kо‘zda tutilmagan sarflar
  2. ortiqcha iste’mol sarflari
  3. kutilmagan sarflar
  4. me’yoridan ortiqcha sarflar
  5. avtonom iste’mol sarflari
Javobni ko'rish
avtonom iste’mol sarflari
#51
Milliy daromad (foyda)ning bir qismini ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida sarflanish jarayonini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. ishlab chiqarishning tо‘planuvi
  2. kapital qо‘yish
  3. ishlab chiqarishning markazlashuvi
  4. iqtisodiy jamg‘arish
  5. kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
Javobni ko'rish
iqtisodiy jamg‘arish
#52
Iqtisodiy jamg‘arish darajasiga ta’sir kо‘rsatmaydigan omilni aniqlang.
  1. mavjud texnologiya
  2. qо‘llaniladigan resurslar miqdori va unumdorligi
  3. milliy daromadda iste’mol va jamg‘arma nisbati
  4. foydalanishda bо‘lgan iqtisodiy resurslar nisbati
  5. milliy daromad miqdori
Javobni ko'rish
foydalanishda bо‘lgan iqtisodiy resurslar nisbati
#53
Asosiy kapitalning alohida turlariga qо‘yilgan investitsiyalar uning qanday tuzilishida aks etadi?
  1. texnologik tuzilishida
  2. tarkibiy tuzilishida
  3. hududiy tuzilishida
  4. mulkiy tuzilishida
  5. tarmoq tuzilishida
Javobni ko'rish
tarkibiy tuzilishida
#54
Aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar nima deb nomlanadi?
  1. tashqaridan kiritilgan mablag‘lar
  2. о‘z moliyaviy mablag‘lari
  3. qarz olingan mablag‘lar
  4. jalb qilingan mablag‘lar
  5. byudjet mablag‘lari
Javobni ko'rish
jalb qilingan mablag‘lar
#55
Investitsion faollikni belgilab beruvchi qaysi omil ishlab chiqarishning samaradorlik darajasiga bog‘liq?
  1. asosiy kapitalning mavjud hajmi
  2. ishlab chiqarish texnologiyasi
  3. foizning real stavkasi
  4. kutilayotgan foyda miqdori
  5. soliq stavkasi
Javobni ko'rish
kutilayotgan foyda miqdori
#56
Investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilagan amaliy harakatlar nima deb nomlanadi?
  1. investitsion faoliyat
  2. investitsion jozibadorlik
  3. investitsion faollik
  4. investitsion muhit
  5. investitsion tahlika
Javobni ko'rish
investitsion faoliyat
#57
Investitsion sarflar о‘zgaruvchanligini belgilab beruvchi qaysi omil bozor konyunkturasi holatiga bog‘liq?
  1. iqtisodiyotning siklli rivojlanishi
  2. foyda doimiy barqaror emasligi
  3. rо‘y berishi mumkin bо‘lgan favqulodda holatlar
  4. ancha katta kashfiyotlar doimiy paydo bо‘lib turmasligi
  5. asosiy kapitalning noaniq xizmat muddatiga ega bо‘lishi
Javobni ko'rish
foyda doimiy barqaror emasligi
#58
Joriy yildagi investitsiyalar о‘sishining о‘tgan (bazis) yildagi milliy daromad о‘sishiga nisbati qanday kо‘rsatkich?
  1. inflyatsion farq
  2. multiplikator samarasi
  3. retsession farq
  4. akselerator
Javobni ko'rish
akselerator
#59
Quyidagilardan qaysi biri tarmoqlar ichidagi nisbat (mutanosiblik)larga kirmaydi?
  1. sanoat va qishloq xо‘jaligi, xizmat kо‘rsatish
  2. avtomobil, temir yо‘l, havo transporti
  3. dehqonchilik va chorvachilik
  4. neft, gaz, torf, toshkо‘mir qazib olish
  5. og‘ir va yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati
Javobni ko'rish
sanoat va qishloq xо‘jaligi, xizmat kо‘rsatish
#60
YaIM va uning harakat shakllari, iste’mol va jamg‘arma, tovarlar miqdori va pul massasi, aholi daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi mutanosiblikni qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. tarmoqlar ichidagi mutanosiblik
  2. davlatlararo mutanosiblik
  3. umumiqtisodiy mutanosiblik
  4. hududiy mutanosiblik
  5. tarmoqlararo mutanosiblik
Javobni ko'rish
umumiqtisodiy mutanosiblik
#61
Qaysi iqtisodiy mutanosiblik xalqaro mehnat taqsimoti orqali bog‘lanish darajasini ifodalaydi?
  1. hududiy mutanosiblik
  2. umumiqtisodiy mutanosiblik
  3. davlatlararo mutanosiblik
  4. tarmoqlar ichidagi mutanosiblik
  5. tarmoqlararo mutanosiblik
Javobni ko'rish
davlatlararo mutanosiblik
#62
Quyidagilarning qaysi biri tarkibiy о‘zgarishning asosiy yо‘nalishi hisoblanmaydi?
  1. eksportga yо‘naltirilgan
  2. importga yо‘naltirilgan
  3. iqtisodiyotning tarmoq tuzilishini о‘rganishga qaratilgan
  4. iqtisodiyotning texnologik tuzilishini takomillashtirishga qaratilgan
  5. iste’molga yо‘naltirilgan
Javobni ko'rish
importga yо‘naltirilgan
#63
Tarkibiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi omilni aniqlang.
  1. investitsion faollikning ortishi
  2. qimmatli resurslar yirik zaxiralari topilishi
  3. asosiy kapitalning xizmat davri
  4. davlatning iqtisodiy siyosati
  5. talab tarkibidagi о‘zgarishlar
Javobni ko'rish
talab tarkibidagi о‘zgarishlar
#64
Iqtisodiyotdagi turg‘unlik tufayli yuzaga kelgan ishsizlikni aniqlang.
  1. ixtiyoriy ishsizlik turiga kiritish mumkin
  2. tarkibiy ishsizlik
  3. fraksion ishsizlik
  4. siklli ishsizlik
  5. mavsumiy ishsizlik
Javobni ko'rish
siklli ishsizlik
#65
Ouken koeffitsiyentini belgilang.
  1. 1
  2. 1,5
  3. 3,5
  4. 2
  5. 2,5
Javobni ko'rish
2,5
#66
Fillips egri chizig‘i nimalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi?
  1. ishsizlik darajasi bilan real ish haqining о‘sishi о‘rtasidagi
  2. ish haqining о‘sishi bilan ishsizlik darajasi о‘zgarishi о‘rtasidagi
  3. ishsizlik darajasi bilan YaIMning ishlab chiqarilgan hajmi о‘rtasidagi
  4. ish haqi о‘sishi bilan daromad о‘rtasidagi
  5. ish haqining о‘sishi bilan YAIMning ishlab chiqarilgan hajmi
Javobni ko'rish
ish haqining о‘sishi bilan ishsizlik darajasi о‘zgarishi о‘rtasidagi
#67
Fillips egri chizig‘i bо‘yicha quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
  1. ishsizlikni inflyatsiya sur’atini tezlashtirish evaziga pasaytirish
  2. ishsizlikni inflyatsiya sur’atini pasaytirish evaziga kamaytirish
  3. ishsizlikning о‘zgarishiga ta’sir qilish mumkin emas, uni bozorning
  4. inflyatsiya darajasini barqarorlashtirish zarur
  5. ish haqi qancha yuqori bо‘lsa, unga talab shuncha kam bо‘ladi
Javobni ko'rish
ishsizlikni inflyatsiya sur’atini tezlashtirish evaziga pasaytirish
#68
Iqtisodiy faol aholi 6,7 mln. kishini, ishsizlar 0,5 mln. kishini tashkil qilsa, bandlik darajasi necha foizni tashkil qiladi?
  1. 40,0%
  2. 8,0%
  3. 8,5%
  4. 92,5%
  5. 7,5%
Javobni ko'rish
92,5%
#69
Ishsizlikning tabiiy darajasi 5%ni, haqiqiy darajasi 8,5% ni tashkil qilsa, Ouken qonuni bо‘yicha YaMM ning orqada qolishi necha foizni tashkil qiladi?
  1. 37,0%
  2. 7,5%
  3. 3,5%
  4. 8,75%
  5. 6,3%
Javobni ko'rish
8,75%
#70
Agar nominal YaMM 330 mlrd. sо‘mni, ishsizlikning tabiiy darajadan ortiqligi tufayli YaMMning orqada qolishi 8,75%ni tashkil qilsa, iqtisodiyot qancha mahsulot yо‘qotgan bо‘ladi?
  1. 28,875 mlrd. sо‘mlik
  2. 30,875 mlrd. sо‘mlik
  3. 29,875 mlrd. sо‘mlik
  4. 31,875 mlrd. sо‘mlik
  5. 27,875 mlrd. sо‘mlik
Javobni ko'rish
28,875 mlrd. sо‘mlik
#71
Tо‘liq bandlilik sharoitida sikllik ishsizlik darajasi qanday miqdorga teng?
  1. tо‘g‘ri javob yо‘q
  2. 0 ga teng
  3. tabiiy ishsizlikdan 2,5 % ga kо‘p
  4. 1 % dan kam
  5. 1 % dan kо‘p
Javobni ko'rish
0 ga teng
#72
Ouken qonuniga binoan siklli ishsizlik darajasi tabiiy darajasidan 2% ga ko‘proq oshganda, yalpi ichki mahsulotning hajmi necha foizga kamayadi?
  1. 2,5 % ga
  2. 4 % ga
  3. 7,5 % ga
  4. 5 % ga
  5. 2 % ga
Javobni ko'rish
5 % ga
#73
Universitetni bitirgan, ish qidirayotgan talaba ishsizlikning qanday turiga kiradi?
  1. sikllik ishsizlikka
  2. mutloq ishsizlikka
  3. tabiiy ishsizlikka
  4. friksion ishsizlikka
  5. tarkibiy ishsizlikka
Javobni ko'rish
friksion ishsizlikka
#74
Tо‘liq bandlilik sharoitida tabiiy ishsizlik nimada namoyon bо‘ladi?
  1. friksion va tarkibiy ishsizlikda
  2. tarkibiy ishsizlikda
  3. friksion ishsizlikda
  4. siklli ishsizlikda
  5. ishsizlik “0”ga teng bо‘lganda
Javobni ko'rish
friksion va tarkibiy ishsizlikda
#75
Yangi yashash joyiga kо‘chib о‘tish natijasida asosiy ish joyini vaqtincha yо‘qotib, faol ish izlayotganlik holati ishsizlikning qaysi turiga kiradi?
  1. ixtiyoriy ishsizlik
  2. yashirin ishsizlik
  3. turg‘un ishsizlik
  4. friksion ishsizlik
  5. hududiy ishsizlik
Javobni ko'rish
friksion ishsizlik
#76
Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning о‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan ishsizlik turini belgilang.
  1. friksion ishsizlik
  2. tarkibiy ishsizlik
  3. siklik ishsizlik
  4. texnologik ishsizlik
  5. institusion ishsizlik
Javobni ko'rish
tarkibiy ishsizlik
#77
Qaysi qonun ishsizlik darajasi bilan YaIM hajmi о‘rtasidagi bog‘liqlikni kо‘rsatadi?
  1. talab qonuni
  2. taklif qonuni
  3. naflilikning pasayishi qonuni
  4. nufuz qonuni
  5. Ouken qonuni
Javobni ko'rish
Ouken qonuni
#78
Qachon haqiqiy YaIM hajmi uning potensial YaIM hajmidan ortib ketadi?
  1. tarkibiy ishsizlik darajasi mavjud bо‘lmaganda
  2. friksion ishsizlik darajasi mavjud bо‘lmaganda
  3. siklli ishsizlik darajasi tabiiy darajadan yuqori bо‘lganda
  4. siklli ishsizlik darajasi mavjud bо‘lmaganda
  5. siklli ishsizlik darajasi tabiiy darajadan past bо‘lganda
Javobni ko'rish
siklli ishsizlik darajasi tabiiy darajadan past bо‘lganda
#79
Agar dividend 800 sо‘m, foiz stavkasi 8% bо‘lsa, aksiya kursi necha sо‘m bо‘ladi?
  1. 6400 sо‘m
  2. 8000 sо‘m
  3. 10000 sо‘m
  4. 4000 sо‘m
  5. 20000 sо‘m
Javobni ko'rish
10000 sо‘m
#80
Davlat qachon rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yuritayotgan bo‘ladi?
  1. davlat investitsiya sarflarini pasaytirib, boshqa xarajatlar va
  2. davlat byudjetiga qarashli korxonalarda ish haqini pasaytirsa
  3. soliqlarni oshirib, davlat xarajatlarini pasaytirsa
  4. daromad (foyda)ga soliqni kо‘paytirib, davlat xarajatlarini
  5. davlat xarajatlari о‘sib, soliqlar avvalgicha qolsa
Javobni ko'rish
davlat xarajatlari о‘sib, soliqlar avvalgicha qolsa
#81
Davlat qachon faol rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yuritayotgan bо‘ladi?
  1. soliqlarni oshirib, sarflarni pasaytirsa
  2. soliqlarni kamaytirib, davlat sarflarini oshirsa
  3. soliqlar ortib, muvofiq ravishda sarflarni kо‘paytirsa
  4. soliqlar о‘zgarmay, davlat sarflarini kamaytirsa
  5. soliqlar о‘zgarmay, davlat sarflarini kо‘paytirsa
Javobni ko'rish
soliqlarni kamaytirib, davlat sarflarini oshirsa
#82
Quyidagi soliqlardan qaysilari “iste’mol” soliqlari hisoblanadi?
  1. foyda solig‘i va boj tо‘lovlari
  2. qо‘shilgan qiymat va aksiz solig‘i
  3. mulk solig‘i va pensiya fondiga ijtimoiy tо‘lovlar
  4. shaxsiy daromadga soliqlar
  5. meros va sovg‘alar uchun soliq
Javobni ko'rish
qо‘shilgan qiymat va aksiz solig‘i
#83
Quyidagilarning qaysi biri davlat qarzining real muammolaridan birini ifodalaydi?
  1. jamg‘armaning ulushi ortadi
  2. daromadlar о‘rtasidagi tengsizlik kuchayadi
  3. qarzdan samarali foydalanilmaydi
  4. ishlab chiqarish samaradorligini oshirish rag‘batlari pasayishi
  5. YaMMning bir qismi mamlakatdan chiqib ketishi
Javobni ko'rish
YaMMning bir qismi mamlakatdan chiqib ketishi
#84
Byudjet taqchilligi qachon vujudga keladi?
  1. sof eksport ijobiy bо‘lganda
  2. daromadlar xarajatlar qismidan kam bо‘lganda
  3. daromadlar xarajatlar qismidan ortiq bо‘lganda
  4. sof eksport salbiy bо‘lganda
  5. daromadlar va xarajatlar qismi teng bо‘lganda
Javobni ko'rish
daromadlar xarajatlar qismidan kam bо‘lganda
#85
Quyidagi hollardan qaysi biri regressiv soliqlarni xarakterlaydi?
  1. soliqlarning о‘rtacha stavkasi daromad darajasiga bog‘liq bо‘lmasdan
  2. soliqlarning о‘rtacha stavkasi daromadlarning adolatli taqsimlanishini
  3. soliqlarning о‘rtacha stavkasi daromadlar о‘sishini rag‘batlantirish
  4. soliqlarning о‘rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan о‘sib borsa
  5. daromadlar о‘sib borishi bilan soliqlarning о‘rtacha stavkasi pasayib
Javobni ko'rish
daromadlar о‘sib borishi bilan soliqlarning о‘rtacha stavkasi pasayib
#86
Byudjet taqchilligini bartaraf qilishga erishish uchun qanday mutanosiblik ta’minlanishi kerak?
  1. pulni taklif qilish sur’atlari bilan inflyatsiyaning о‘sish sur’atlari
  2. investitsiya hajmi iste’molning hajmidan yuqori bо‘lishi kerak
  3. mavjud iqtisodiy resurslar tо‘liq band qilingan bо‘lishi kerak
  4. davlatning daromadlari uning xarajatlaridan ortiq bо‘lishi kerak
  5. yalpi taklif, yalpi talabga teng bо‘lishi kerak
Javobni ko'rish
davlatning daromadlari uning xarajatlaridan ortiq bо‘lishi kerak
#87
Markazlashgan pul fondlarining shakllantirilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar nima deyiladi?
  1. moliyaviy munosabatlar
  2. ijtimoiy munosabatlar
  3. kredit munosabatlari
  4. tovar-pul munosabatlari
  5. iqtisodiy munosabatlar
Javobni ko'rish
moliyaviy munosabatlar
#88
Sug‘urtaning qaysi turi iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi?
  1. fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi
  2. shaxsiy sug‘urta
  3. tabiiy sug‘urta
  4. ijtimoiy sug‘urta
  5. tadbirkorlik xatari sug‘urtasi
Javobni ko'rish
tadbirkorlik xatari sug‘urtasi
#89
Byudjet taqchilligini to‘ldirish usullarining qaysi biri inflyatsiya jarayonining kuchayishi bilan birga boradi?
  1. davlat tashqi qarzlari
  2. qо‘shimcha pul emissiyasi
  3. moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga о‘tish
  4. byudjetga soliqdan tashqari tо‘lovlar tushumini kо‘paytirish,
  5. davlat ichki qarzlari
Javobni ko'rish
qо‘shimcha pul emissiyasi
#90
Byudjet taqchilligini to‘ldirishning qaysi usulida milliy daromadning bir qismi foiz tо‘lovlari shaklida chetga chiqib ketish xavfi mavjud bо‘ladi?
  1. qо‘shimcha pul emissiyasida
  2. davlat ichki qarzlarida
  3. dotatsiyalarni kamaytirishda
  4. moliyalashtirishdan kreditlash tizimiga о‘tishda
  5. davlat tashqi qarzlarida
Javobni ko'rish
davlat tashqi qarzlarida
#91
Soliqning qaysi tamoyili iqtisodiyotning barcha subyektlari belgilangan miqdorda va muddatda soliqlarni tо‘lash shartligini ifodalaydi?
  1. adolatlilik
  2. tо‘lovga layoqatlilik
  3. umumiylik
  4. naflilik
  5. majburiylik
Javobni ko'rish
majburiylik
#92
Soliqning qaysi tamoyili teng miqdorda daromad oluvchilar bir xil miqdorda soliq tо‘lashi lozimligini bildiradi?
  1. umumiylik
  2. majburiylik
  3. naflilik
  4. adolatlilik
  5. tо‘lovga layoqatlilik
Javobni ko'rish
adolatlilik
#93
Olinadigan soliq summasining soliq solinadigan daromad miqdoriga nisbatining foizdagi ifodasi qanday kо‘rsatkich hisoblanadi?
  1. soliq normasi
  2. soliq koeffitsiyenti
  3. soliq darajasi
  4. soliq imtiyozi
  5. soliq stavkasi
Javobni ko'rish
soliq stavkasi
#94
Sug‘urtaning qaysi vazifasi uning mohiyatini tо‘laroq ifodalaydi?
  1. kutilmaganda kelib chiqadigan zararlarni moliyaviy qoplash
  2. sug‘urta mablag‘lari harakati ustidan nazorat qilish
  3. kutilmagan hodisalar oqibatlarini oldindan ogohlantirishi
  4. sug‘urta mablag‘lari hisobidan aholini ijtimoiy himoyalash
  5. maqsadli pul mablag‘larini jamg‘arish
Javobni ko'rish
kutilmaganda kelib chiqadigan zararlarni moliyaviy qoplash
#95
Davlat moliya siyosatini amalga oshirishning qaysi dastagi ishlab chiqaruvchilar faoliyatining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalash maqsadini kо‘zlaydi?
  1. jadallashgan amortizatsiya ajratmalari
  2. davlat kreditlari va investitsiyalari
  3. soliqlar, uning turlari va stavkasi
  4. tashqi savdoga tarifli va tarifsiz tо‘siqlar
  5. davlat subsidiyalari va dotatsiyalari
Javobni ko'rish
davlat subsidiyalari va dotatsiyalari
#96
Davlatning obligatsiyalarini chiqarib, aholi va xususiy biznesdan qarz olishi nima deyiladi?
  1. davlat krediti
  2. iste’mol krediti
  3. xо‘jaliklararo kredit
  4. bank krediti
  5. ipoteka krediti
Javobni ko'rish
davlat krediti
#97
Foiz stavkasiga ta’sir qiluvchi asosiy omilni toping.
  1. ssuda kapitaliga talab va taklif nisbati
  2. kutiladigan foyda normasi va inflyatsiya darajasi
  3. qarz berish muddati va shartlari
  4. foiz summasi va qarzga berilgan pul miqdori
  5. ssuda kapitali bozorining monopollashuvi darajasi va puldan boshqa
Javobni ko'rish
foiz summasi va qarzga berilgan pul miqdori
#98
Qaysi kredit muassasasi “Davlat banki”, “Banklar banki” va “Ijtimoiy bank” deb nomlanadi?
  1. maxsus bank
  2. davlat banki
  3. tijorat banki
  4. markaziy bank
  5. ixtisoslashgan bank
Javobni ko'rish
markaziy bank
#99
Quyidagilarning qaysi biri tijorat banklarining vazifasiga kirmaydi?
  1. omonatlarni jalb qilish, kreditlar berish
  2. vositachilik qilish
  3. mijozlar о‘rtasida hisob-kitoblarni va boshqa bank xizmatlarini amalga
  4. pul emissiya qilish
  5. qimmatli qog‘ozlar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
Javobni ko'rish
pul emissiya qilish
#100
Quyidagilarning qaysi biri ixtisoslashgan aksiyadorlik tijorat banki tarkibiga kirmaydi?
  1. sanoat-qurilish banki
  2. xalq banki
  3. qishloq qurilish banki
  4. ipoteka bank
  5. mikrokredit banki
Javobni ko'rish
xalq banki
#101
Banklarning moliyaviy resurslarini jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalarini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. passiv operatsiyalar
  2. aktiv operatsiyalar
  3. lizing operatsiyalar
  4. kredit operatsiyalari
  5. faktoring operatsiyalar
Javobni ko'rish
passiv operatsiyalar
#102
Banklarning moliyaviy resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. passiv operatsiyalar
  2. faktoring operatsiyalar
  3. lizing operatsiyalar
  4. aktiv operatsiyalar
  5. kredit operatsiyalar
Javobni ko'rish
aktiv operatsiyalar
#103
Quyidagilarning qaysi biri bank foyda normasini aniqlab beradi?
  1. sof foydaning barcha kapitalga nisbati
  2. sof foydaning о‘z kapitaliga nisbati
  3. yalpi foydaning jalb qilingan mablag‘larga nisbati
  4. sof foydaning jalb qilingan mablag‘larga nisbati
  5. yalpi foydaning о‘z kapitaliga nisbati
Javobni ko'rish
sof foydaning о‘z kapitaliga nisbati
#104
Banklarning pul hosil qilish, ya’ni pul taklifini kо‘paytirish layoqati nima deyiladi?
  1. pul emissiyalaridir
  2. pul multiplikatori
  3. passiv operatsiyalar
  4. multiplikator samarasi
  5. aktiv operatsiyalar
Javobni ko'rish
pul multiplikatori
#105
Quyidagi ta’riflarning qaysi biri “pulga talab” iqtisodiy tushunchasini to‘g‘ri ifodalaydi?
  1. bitimlar va investitsiyalar uchun zarur pul miqdori
  2. ma’lum bir foiz stavkasida tadbirkorlar kreditga olib ishlatish mumkin
  3. zarur bо‘lganda tezda almashtirish mumkin bо‘lgan qimmatli
  4. jamg‘arma uchun zarur pul miqdori
  5. daromadning “har ehtimolga qarshi” saqlangan ma’lum bir qismi
Javobni ko'rish
bitimlar va investitsiyalar uchun zarur pul miqdori
#106
Bitimlar uchun zarur bо‘lgan pulga talab qanday о‘zgaradi:
  1. nominal YaIM hajmi kamayishiga qarab, pasayadi
  2. foiz stavkasi о‘zgarmaganda, kamayadi
  3. foiz stavkasi pasayganda, kamayadi
  4. nominal YaIM hajmi о‘sishiga qarab, pasayadi
  5. foiz stavkasi о‘sganda, ortadi
Javobni ko'rish
nominal YaIM hajmi kamayishiga qarab, pasayadi
#107
Pul va tovar massasi о‘zgarmagani holda pulning aylanish tezligining ortishi nimaga olib keladi?
  1. narxlarning tushishiga
  2. pulning xarid qobiliyati о‘sishiga
  3. narxlarning о‘zgarmasligiga
  4. iqtisodiy о‘sishga olib keladi
  5. narxlarning о‘sishiga
Javobni ko'rish
pulning xarid qobiliyati о‘sishiga
#108
Quyidagi ta’riflarning qaysi biri “denominatsiya” iqtisodiy tushunchasini to‘g‘ri ifodalaydi?
  1. muomalaga qо‘shimcha pul chiqarish
  2. pul tizimida rо‘y bergan tanglik natijasida pulning tо‘lov vazifasini
  3. qadrsizlangan puldan voz kechish
  4. davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini pasaytirish
  5. eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish
Javobni ko'rish
eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish
#109
Qaysi nazariya pulga maxsus tovar sifatida qaraydi?
  1. yuqoridagi barcha nazariyalar
  2. pulning nominalistik nazariyasi
  3. pulning klassik nazariyasi
  4. pulning miqdoriy nazariyasi
  5. pulning metalistik nazariyasi
Javobni ko'rish
pulning klassik nazariyasi
#110
Iste’mol tovarlariga narx indeksi 2024-yilda 120, 2025-yilda 126 ga teng bо‘lsa, inflyatsiya sur’ati nechchi foizni tashkil qiladi?
  1. 5,1 %
  2. 10 %
  3. 4,8 %
  4. 6 %
  5. 5%
Javobni ko'rish
5%
#111
Respublikamizda faqatgina naqd pul taklifini qaysi pul agregati belgilab beradi?
  1. M₃ pul agregati
  2. M₄ pul agregati
  3. M₀ pul agregati
  4. M₁ pul agregati
  5. M₂ pul agregati
Javobni ko'rish
M₀ pul agregati
#112
Tovarlar hajmiga nisbatan pul miqdorining muomalada kо‘payishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
  1. yuqoridagi barcha holatlarga olib keladi
  2. ishlab chiqarish hajmi о‘sadi, narx-navo о‘zgarmaydi
  3. ishlab chiqarish va narx-navo bir vaqtda mutanosib о‘sadi
  4. narx-navo о‘sadi, ishlab chiqarish hajmi о‘smaydi
  5. ishlab chiqarish hajmi о‘sadi, narx-navo pasayadi
Javobni ko'rish
narx-navo о‘sadi, ishlab chiqarish hajmi о‘smaydi
#113
Quyidagi ta’riflarning qaysi biri “devalvatsiya” iqtisodiy tushunchasini to‘g‘ri ifodalaydi?
  1. muomalaga qо‘shimcha pul chiqarish
  2. davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini kо‘tarish
  3. eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish
  4. qadrsizlangan puldan voz kechish
  5. davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini pasaytirish
Javobni ko'rish
davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini kо‘tarish
#114
Quyidagilardan qaysi biri pul tizimi tarkibiga kirmaydi?
  1. pul massasini tartibga soluvchi kredit-bank muasassalari
  2. pul emissiyasi qilish tartibi
  3. davlat byudjeti tizimi
  4. pul birligi va turlari
  5. naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirilishi va valyutalarni
Javobni ko'rish
davlat byudjeti tizimi
#115
Qayd qilinganlardan qaysi biri pul bozori turini anglatmaydi?
  1. kredit resurslari bozori
  2. qimmatli qog‘ozlar bozori
  3. qarz majburiyatlari bozori
  4. banklararo depozitlar bozori
  5. davlat muddatli obligatsiyalar bozori
Javobni ko'rish
qarz majburiyatlari bozori
#116
Ayirboshlash vositasi sifatidagi pulga talab miqdori qaysi kо‘rsatkichga tо‘g‘ri mutanosiblikda о‘zgaradi?
  1. foizning real stavkasiga
  2. real YaIM ga
  3. foizning nominal stavkasiga
  4. foyda normasiga
  5. nominal YaIM ga
Javobni ko'rish
nominal YaIM ga
#117
Investitsiyalar uchun pulga talab miqdori qaysi kо‘rsatkichga teskari mutanosiblikda о‘zgaradi?
  1. nominal YaIMga
  2. foizning nominal stavkasiga
  3. foyda normasiga
  4. real YaIM ga
  5. foizning real stavkasiga
Javobni ko'rish
foizning real stavkasiga
#118
Joriy va bazis davrdagi narxlar nisbati qanday kо‘rsatkich hisoblanadi?
  1. narx indeksi
  2. narx indeksatsiyasi
  3. narx shoki
  4. narx diapazoni
  5. narx pariteti
Javobni ko'rish
narx indeksi
#119
Inflyatsiyaning iqtisodiy oqibatlaridan qaysi birida natural xо‘jalikning rivojlanish xavfi mavjud bо‘ladi?
  1. foizning real stavkasi pasayishi
  2. investitsion tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar iqtisodiy ahvoli
  3. barter ayirboshlash ulushining ortishi
  4. byudjet taqchilligining ortishi
  5. davlat qarzlari miqdori о‘sishi
Javobni ko'rish
barter ayirboshlash ulushining ortishi
#120
Inflyatsiya sharoitida davlatning tashqi omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari nimani kо‘zda tutadi?
  1. chet el kapitallari va kreditlariga inflyatsiyaning ta’sirini
  2. tо‘lov balansini barqarorlashtirishni
  3. immigratsiyani cheklashni
  4. tashqi savdoni kengaytirishni
  5. immigratsiyani rag‘batlantirishni
Javobni ko'rish
tо‘lov balansini barqarorlashtirishni
#121
Inflyatsiyaning kelib chiqishiga sabab bо‘lmaydigan omilni belgilang
  1. pul emissiyasi
  2. byudjet taqchilligi
  3. ishlab chiqarish xarajatlari ortib borishi
  4. talabning nisbatan ortiqchaligi
  5. foiz stavkasi
Javobni ko'rish
foiz stavkasi
#122
Davlat qarzi deb nimaga aytiladi?
  1. davlatning о‘z fuqarolari, banklar, korxonalar, shuningdek xorijiy
  2. davlatning sof eksportdagi ulushining qisqarishi
  3. davlatning xorijiy davlatlardan qarzi
  4. davlatning xorijiy davlatlardan qarzi va davlatning sof eksportdagi
  5. davlat byudjetidagi taqchillikning о‘sishi
Javobni ko'rish
davlatning о‘z fuqarolari, banklar, korxonalar, shuningdek xorijiy
#123
Quyidagilarning qaysi biri davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullariga mos kelmaydi?
  1. davlat transfert tо‘lovlari
  2. tovar va xizmatlarning davlat tomonidan xarid qilinishi
  3. xususiy trasfert tо‘lovlari
  4. ochiq bozordagi operatsiyalar
  5. foydaga solinadigan soliqlar
Javobni ko'rish
xususiy trasfert tо‘lovlari
#124
Davlat byudjet daromadlarini qayta taqsimlashni qanday amalga oshiradi?
  1. transfert tо‘lovlari orqali
  2. monopoliyalarga qarshi olib boradigan siyosat orqali
  3. pul-kredit siyosati orqali
  4. soliqlar va transfert tо‘lovlari orqali
  5. daromadlar siyosati orqali
Javobni ko'rish
soliqlar va transfert tо‘lovlari orqali
#125
Qaysi oqim davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi g‘oyasini himoya qilishni davom ettiradi?
  1. neoklassik
  2. monetarizm
  3. ratsional kutish
  4. neokonservatizm
  5. taklifni moslashtirish nazariyasi
Javobni ko'rish
neoklassik
#126
Qaysi oqim davlatning iqtisodiyotga eng kam darajada aralashuvi pul muomalasi doirasida bо‘lishi kerak deb ta’kidlaydi?
  1. neokonservatizm
  2. monetarizm
  3. taklifni moslashtarish nazariyasi
  4. ratsional kutish
  5. neoklassik
Javobni ko'rish
monetarizm
#127
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) usullari qanday xarakterdagi tadbirlar tizimidan iborat?
  1. qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish
  2. tartibni saqlash, mudofaa, ijtimoiy himoya
  3. istiqbolni belgilash, ishlab chiqarish, prognozlash
  4. talabni rag‘batlantirish, investitsiya kо‘yish va ishlab chiqarishni
  5. boshqarish, buyruq berish va rejalashtirish
Javobni ko'rish
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish
#128
Quydagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiy о‘sishini rag‘batlantirish vazifasiga kirmaydi?
  1. tо‘liq bandlikni ta’minlash
  2. soliq stavkasini pasaytirish
  3. dotatsiya va subsidiyalar berishni kengaytirish
  4. tranfert tо‘lovlarini kо‘paytirish
  5. korxonalar huquqiy maqomini belgilash
Javobni ko'rish
korxonalar huquqiy maqomini belgilash
#129
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan bilvosita usullaridan qaysi biri yalpi talabni kengaytiradi?
  1. davlat kreditlari, subsidiya va moliyaviy kafolatlarini amalga
  2. jadallashgan amortizatsiyani rag‘batlantirish
  3. byudjet mablag‘lari hisobiga investitsiyalar qо‘yish
  4. soliq turlari, stavkalari va imtiyozlarini belgilash
  5. davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
Javobni ko'rish
byudjet mablag‘lari hisobiga investitsiyalar qо‘yish
#130
Davlatning iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning tashqi iqtisodiy dastagi nima deb ataladi?
  1. soliqlar
  2. dotatsiyalar
  3. import kvotalari
  4. bank majburiy ehtiyotlar normasi
  5. subsidiyalar
Javobni ko'rish
import kvotalari
#131
Jinni koeffitsiyenti 0,35dan 0,55ga о‘sganda qanday iqtisodiy o‘zgarish yuz beradi?
  1. jon boshiga о‘rtacha real daromadlar kamayadi
  2. aholi jon boshiga о‘rtacha real daromadlar о‘sadi
  3. daromadlarning tabaqalanishi kuchayadi
  4. yashash minimumiga qaraganda daromadi past aholi ulushi kamayadi
  5. daromadlarning tabaqalanishi pasayadi
Javobni ko'rish
daromadlarning tabaqalanishi kuchayadi
#132
Pareto qonuniga kо‘ra:
  1. jamiyat kambag‘allikka qarshi kurashadi
  2. jamiyat a’zolari ular uchun xayriya qilishni yoqtirganlarga tayanadi
  3. pulni uyda saqlamay, bankka qо‘yganlarga tayanadi
  4. jamiyat boy qatlamga tayanadi
  5. jamiyat doimo о‘rta sinfga tayanadi
Javobni ko'rish
jamiyat doimo о‘rta sinfga tayanadi
#133
Lorens egri chizig‘i bissektrisa о‘qidan ancha uzoqlashishi nimani bildiradi?
  1. aholining tabaqalashuvi kuchayganini
  2. ijtimoiy tenglikka erishilganini
  3. aholi turmush darajasining oshganini
  4. aholining turmush darajasi pasayganini
  5. aholi daromadlari kо‘payganini
Javobni ko'rish
aholining tabaqalashuvi kuchayganini
#134
Qaysi vaqtda ishchining real ish haqi oshadi?
  1. narxlar usganda
  2. nominal ish haqi kamayganda
  3. oylik nominal ish haqi va narxlar mutanosib oshganda
  4. narxi va nominal ish haqi mutanosib pasayganda
  5. nominal ish haqi oshib narxlar pasayganda
Javobni ko'rish
nominal ish haqi oshib narxlar pasayganda
#135
О‘zbekistonda aholining ma’naviy ruhiy tiklanishi qanday umumbashariy negizga asoslanadi?
  1. insonning о‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish
  2. xalqning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish
  3. vatanparvarlik
  4. xalqparvarlik
  5. umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik
Javobni ko'rish
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik
#136
Nominal daromaddan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga nima deyiladi?
  1. nominal daromad
  2. real daromad
  3. natural daromad
  4. ixtiyoridagi daromad
  5. umumiy daromad
Javobni ko'rish
ixtiyoridagi daromad
#137
Nominal daromadning sotib olish layoqati yoki unga xarid qilish mumkin bо‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga nima deyiladi?
  1. natural daromad
  2. real daromad
  3. umumiy daromad
  4. ixtiyoridagi daromad
  5. nominal daromad
Javobni ko'rish
real daromad
#138
Quyidalarning qaysi biri orqali oilalarning turli qatlamlari о‘rtasidagi daromadlar tengsizligini miqdoriy aniqlash mumkin:
  1. Fisher tenglamasi
  2. Ditsel koeffitsenti
  3. Engel qonuni
  4. Djinni koeffitsenti
  5. Lorens egri chizig‘i
Javobni ko'rish
Lorens egri chizig‘i
#139
“Turmush sifati indeksi”da qaysi kо‘rsatkich aholining iqtisodiy faolligini aks ettiradi?
  1. bandlik darajasi
  2. о‘rtacha umr kechirish yoshi
  3. ijtimoyi-siyosiy faollik
  4. ta’lim darajasi
  5. sog‘liqni saqlash holati
Javobni ko'rish
bandlik darajasi
#140
О‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar qanday hamkorlik asosida olib boriladi?
  1. kо‘p tomonlama hamda ikki tomonlama hamkorlik asosda
  2. musulmon davlatlari doirasidagi hamkorlik asosida
  3. barcha mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik asosda
  4. barcha mamlakatlar bilan kо‘p tomonlama hamkorlik asosda
  5. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti darajasida
Javobni ko'rish
kо‘p tomonlama hamda ikki tomonlama hamkorlik asosda
#141
О‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar qanday tamoyillarga asoslanadi?
  1. umuminsoniy va qо‘shni mamlakatlar manfaati mushtarakligiga
  2. milliy va guruhiy manfaatlar uyg‘unligiga
  3. milliy va davlat manfaatlari birligiga
  4. turli qatlamlar manfaatlarini bir qilib umumlashtirishga
  5. umuminsoniy qadriyatlar va milliy manfaatlar mushtarakligiga
Javobni ko'rish
umuminsoniy qadriyatlar va milliy manfaatlar mushtarakligiga
#142
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS) qachon tuzilgan?
  1. 2002-yil 15-iyun
  2. 2003-yil 15-iyun
  3. 2000-yil 15-iyun
  4. 1999-yil 15-iyun
  5. 2001-yil 15-iyun
Javobni ko'rish
2001-yil 15-iyun
#143
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shaklini qaysi tushuncha ifodalaydi?
  1. umumiy bozor
  2. iqtisodiy va tо‘lov ittifoqi
  3. erkin savdo zonalari
  4. boj ittifoqi
  5. tо‘lov ittifoqi
Javobni ko'rish
erkin savdo zonalari
#144
Jahon xо‘jaligining vujudga kelish shart-sharoitlarining qaysi biri birlamchi va tarixiy davr nuqtai nazardan dastlabki hisoblanadi?
  1. transport, aloqa va xalqaro kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi
  2. xalqaro mehnat taqsimoti
  3. ixtisoslashishning qaror topishi va rivojlanishi
  4. xalqaro monopoliyalarning vujudga kelishi
  5. ishlab chiqarishning baynalminallashuvi jarayonining kuchayib borishi
Javobni ko'rish
xalqaro mehnat taqsimoti
#145
Kapitali milliy va faoliyat qilish doirasi xalqaro kо‘lamdagi kompaniyalar qanday nomlanadi?
  1. xalqaro korporatsiyalar
  2. davlatlararo kо‘shma korxonalar
  3. transmilliy kompaniyalar
  4. xalqaro tashkilotlar
  5. xalqaro kompaniyalar
Javobni ko'rish
transmilliy kompaniyalar
#146
Makroiqtisodiy nazariyada “sterilizatsiya” qanday iqtisodiy chora hisoblanadi?
  1. tо‘lov balansining taqchilligini yо‘qotish
  2. hukumatni yangilash
  3. milliy pul birligining denominatsiyasi
  4. tо‘lov balansining aktivligini ta’minlash
  5. Markaziy bank ehtiyotlari ortiqcha yoki taqchilligining mamlakat pul
Javobni ko'rish
tо‘lov balansining taqchilligini yо‘qotish
#147
Qaysi nazariyaga kо‘ra, har bir mamlakat о‘zida kamroq xarajat sarflanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishi, nisbatan yuqori xarajatlarni taqozo qiladigan tovarlarni esa chetdan sotib olishi lozim?
  1. Smitning “Mutloq ustunlik” nazariyasi
  2. Xeksher-Olin nazariyasi
  3. Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasi
  4. “Leontev paradoksi”
  5. M.Porterning raqobatbardoshlik nazariyasi
Javobni ko'rish
Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasi
#148
Qaysi nazariyada, xarajatlar nisbatidagi farq aynan olingan mamlakatda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, qaysilarini ayirboshlash orqali chetdan sotib olish lozimligiga asoslanadi?
  1. Xeksher-Olin nazariyasi
  2. M.Porterning raqobatbardoshlik nazariyasi
  3. Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasi
  4. Smitning “Mutloq ustunlik” nazariyasi
  5. “Leontev paradoksi”
Javobni ko'rish
Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasi
#149
Jamiyat ehtiyojlari, uning iqtisodiy imkoniyatlari va ishlab chiqarish natijalarining miqdoran hamda tarkiban mos kelishlik darajasi nima deb ataladi?
  1. ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari muvozanatligi
  2. umumiy makroiqtisodiy muvozanatlik
  3. iste’mol va ishlab chiqarish muvozanati
  4. xarajat va daromadlar muvozantligi
  5. yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligi
Javobni ko'rish
umumiy makroiqtisodiy muvozanatlik
#150
Quyidagilarning qaysi biri iqtisodiy beqarorlikni anglatmaydi?
  1. inflyatsiya
  2. qashshoqlik
  3. inqiroz
  4. bandlik
  5. ishsizlik
Javobni ko'rish
bandlik
QuizPilotda o'ynash