Anatomiya
IKP testlar 4
muallif: Laziz · 44 ta savol ·
1 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Yara kasali asorati bo‘lib:
- Penetratsiya, perforatsiya
- Qon ketishi
- Hamma to'g'ri
- Pilorik stenozi
Javobni ko'rish
Hamma to'g'ri
#2
Mexanik sariqlikka xos:
- Axlat oqarishi
- Qonda bog‘langan bilirubin oshishi
- Teri qichishi
- Peshobda urobillin paydo bo‘lishi
Javobni ko'rish
Peshobda urobillin paydo bo‘lishi
#3
Jigar sirroziga xos:
- Arterial gipertoniya
- Epigastriyda och og‘riqlar
- Jigar elementlari
- Yurak yetishmovchiligi
Javobni ko'rish
Jigar elementlari
#4
Surunkali aktiv gepatitga xos:
- Hammasi tug'ri
- O‘ng qovurg‘a ostida og‘riq
- Dispepsiya
- Gepatomegaliya
Javobni ko'rish
Hammasi tug'ri
#5
«Tokcha» simptomi rentgenologik xarakteristikasi:
- Spastik qabziyatlik
- O‘smalar
- Yara kasali
- O‘tkir gastrit
Javobni ko'rish
Yara kasali
#6
Bel sohasida 2 tomonlama to‘mtoq, simillovchi og‘riqlar qachon kuzatiladi?
- Sistitda
- Siydik nayi burilib qolganda
- O‘tkir glomerulonefritda
- Siydik nayiga tosh tiqilganda
Javobni ko'rish
O‘tkir glomerulonefritda
#7
Bemorning belidagi juda kuchli («buyrak kolikasi») og‘riq qachon ko‘proq uchraydi?
- Buyrak amiloidozida
- Siydik nayiga tosh tiqilganda
- O‘tkir glomerulonefritda
- Surunkali glomerulonefritda
Javobni ko'rish
Siydik nayiga tosh tiqilganda
#8
Kunduzgi oligouriya fonida nikturiya qaysi holatda ko‘proq uchraydi?
- O‘tkir pielonefrit
- Surunkali nefrit
- Qandsiz diabet
- Yurak dekompensatsiyasi
Javobni ko'rish
Yurak dekompensatsiyasi
#9
Suyaklardagi og‘riqlar qaysi kasallikka ko‘proq xos?
- Gipoxrom anemiyaga
- Addison-Birmer anemiyasiga
- Surunkali mieloleykozga
- O‘tkir qon ketishiga
Javobni ko'rish
Surunkali mieloleykozga
#10
O‘ng qovurg‘a yoyi tagidagi og‘riq ko‘proq qaysi kasallikka xos?
- Perisplenitga
- Surunkali leykozga
- Gemofiliyaga
- Surunkali anemiyaga
Javobni ko'rish
Surunkali leykozga
#11
Sog‘lom ayollarda gemoglobin miqdori qancha bo‘lishi kerak?
- 130–140 g/l
- 120–140 g/l
- 100–120 g/l
- 150–160 g/l
Javobni ko'rish
120–140 g/l
#12
Sog‘lom erkaklarda gemoglobin miqdori qancha bo‘lishi kerak?
- 100–120 g/l
- 150–160 g/l
- 130–140 g/l
- 140–160 g/l
Javobni ko'rish
140–160 g/l
#13
Limfoleykozda periferik limfa tugunchalar qanday bo‘ladi?
- Kattalashgan, qattiq, bir-biriga yopishgan
- Kattalashgan, og‘riqli
- Kattalashgan, elastik, bir-biriga yopishmagan
- Kattalashgan, qattiq, og‘riqli
Javobni ko'rish
Kattalashgan, elastik, bir-biriga yopishmagan
#14
Gipovitaminoz S ning belgilari qaysilar?
- Dermatит, parodonto‘z
- Milklarning qonashi, parodonto‘z
- Seboreya
- Giperkeratoz, diareya
Javobni ko'rish
Milklarning qonashi, parodonto‘z
#15
Gipovitaminoz A ning belgilari qaysilar?
- Diareya, shapkurlik
- Giperkeratoz, shapkurlik
- Miopiya, parodonto‘z
- Miopiya, giperkeratoz
Javobni ko'rish
Giperkeratoz, shapkurlik
#16
Krapivnitsada birlamchi element nima hisoblanadi?
- Papula
- Eroziya
- Pufakcha
- Eritema
Javobni ko'rish
Pufakcha
#17
24 yoshli bemorning tez-tez yurishi, uyquning buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik va ozib ketish shikoyatlari, shuningdek, nam teri, qo‘llarning titrashi va tez-tez gapirishi qanday patologiyani ko‘rsatadi?
- Qalqonsimon bez gipofunktsiyasi
- Qalqonsimon bez giperfunktsiyasi
- Qalqonsimon bezning o‘smasi
- Akromegaliya
Javobni ko'rish
Qalqonsimon bez giperfunktsiyasi
#18
Bemor R. – 16 yosh. Klinikaga tana haroratining 40,5 °S ko‘tarilishiga, qaltirashga va yo‘talga shikoyat qilib keldi. Kuzdan kechirganda: yuz giperemiyasi, burun qanotlarining kengayganligi, lablarida toshma va sianoz kuzatiladi.
Sizning tashxisingiz?
- Emfizema
- Bronxit
- Laringit
- Krupoz yallig‘lanish
Javobni ko'rish
Krupoz yallig‘lanish
#19
Bemor klinikaga epigastral sohadagi og‘riqqa, ozib ketishga, go‘sht mahsulotlaridan ko‘ngli aynishiga, kekirishga va umumiy holsizlikka shikoyat qilib keldi. Kuzdan kechirganda: teri qoplamalari oqish-yosimonsimon tusga ega. Tili silliq, surg‘ichlari atrofiyalashgan. Chap o‘mrov usti sohasidagi limfa tugunlari qo‘lga unnab, qattiq konsistensiyaga ega.
Sizning tashhisingiz?
- Sut bezi raki
- Me’da raki
- Enterit
- Gastrit
Javobni ko'rish
Me’da raki
#20
Bemorda 1,5 haftadan buyon 38–38,8 °S gacha tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Isitmalash turini ko‘rsating.
- Gektik isitma
- Boshashuvchi isitma
- Qaytalanuvchi
- Doimiy isitma
Javobni ko'rish
Doimiy isitma
#21
Bemorda sutka davomida tana haroratining ko‘tarilib tushishi 37–39 °S. Isitmalash turini ko‘rsating.
- Doimiy isitma
- Qaytalanuvchi isitma
- Gektik isitma
- Boshashuvchi isitma
Javobni ko'rish
Boshashuvchi isitma
#22
Bemor-da sutkali tana haroratining ko‘tarilib tushishi 36,6–40,2 °S. Temperatura ko‘tarilishidan oldin bemorda kuchli terlash bilan titrash qo‘shilib keladi. Isitmalash turini ko‘rsating.
- bushashtiruvchi istma
- qaytalanuvchi istma
- gektik istma
- doimiy istma
Javobni ko'rish
gektik istma
#23
Bemorda istma ko‘tarilish davri istma yo‘q davri bilan almashinib turadi. Istmalash tipini ko‘rsating.
- bushashtiruvchi istma
- gektik istma
- qaytalanuvchi istma
- doimiy istma
Javobni ko'rish
qaytalanuvchi istma
#24
27 yoshli bemorni kuzdan kechirganda yo‘g‘on bo‘yin aniqlandi, palpatsiyada yumshoq, elastik konsistensiyali, og‘riqsiz, harakatchan qalqonsimon bez aniqlandi. Qalqonsimon bezni kattalashish darajasini aniqlang.
- qalqonsimon bezni 4-darajali diffuz kattalashishi
- qalqonsimon bezni 2-darajali diffuz kattalashishi
- qalqonsimon bezni 3-darajali diffuz kattalashishi
- qalqonsimon bezni 1-darajali diffuz kattalashishi
Javobni ko'rish
qalqonsimon bezni 3-darajali diffuz kattalashishi
#25
Meditsina ko‘rigida 30 yoshli ishchida yumshoq, elastik konsistensiyali, aniq ko‘rinib turadigan qalqonsimon bez aniqlandi. Qalqonsimon bezni kattalashish darajasini aniqlang.
- qalqonsimon bezni 3-darajali diffuz kattalashishi
- qalqonsimon bezni 1-darajali diffuz kattalashishi
- qalqonsimon bezni 4-darajali diffuz kattalashishi
- qalqonsimon bezni 2-darajali diffuz kattalashishi
Javobni ko'rish
qalqonsimon bezni 2-darajali diffuz kattalashishi
#26
47 yoshli bemor bronxoektatik kasalligi tashxisi bilan kasalxonaga kel-di. Bemor 21 yoshidan beri ushbu kasallik bilan og‘riydi. Kuzdan kechirganda qanday tashqi belgilarni aniqlash mumkin?
- paralitik ko‘krak qafasi
- nog‘ora tayoqchalari, soat oynasi
- emfizematoz ko‘krak qafasi
- ko‘krak qafasining assimetriyasi
Javobni ko'rish
nog‘ora tayoqchalari, soat oynasi
#27
Doimiy yo‘tal, kamroq miqdorda balg‘am ajralishi, subfebril harorat, ozish belgilari bilan bemor keldi. Umumiy kuzdan kechirganda bemorning bo‘yin va qo‘ltik osti limfa tugunlari kattalashganligi, ovqatlanishi past darajada. Terisi qo‘ng‘ir tusda va nam. Ushbu simptomlar qaysi kasallik uchun xarakterli?
- bronxoektatik kasallik
- o‘pka raki
- bronxit
- pnevmoniya
Javobni ko'rish
o‘pka raki
#28
Ko‘krak qafasini kuzdan kechirganda assimetrik shaklda, o‘ng tomoni nafas aktida orqada qolmoqda va shishgan. Qovurg‘a oraliklari kengaygan. Bu nima bilan bog‘liq va qaysi patologik holat uchun xarakterli?
- bronxial astma
- chap tomonlama ekssudativ plevrit
- pnevmoniya
- o‘ng tomonlama ekssudativ plevrit
Javobni ko'rish
o‘ng tomonlama ekssudativ plevrit
#29
Bemorda qiyosiy perkussiya-da chap qo‘ltik osti sohasida timpanik tovush paydo bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
- havo yo‘qligi
- havo miqdori kamaygan
- norma hisoblanadi, chunki bu yerda timpanik tovush beruvchi yarimoysimон Traube maydoni joylashgan
- havo miqdorining ortishi
Javobni ko'rish
norma hisoblanadi, chunki bu yerda timpanik tovush beruvchi yarimoysimон Traube maydoni joylashgan
#30
Bemorda o‘ng o‘pkani pastki chegarasi quyidagicha:
A) tosh oldi chizigida 6-qovurga oraligi
B) orta umrov chizigida 7-qovurgada
V) qoltik oldi chizigida 8-qovurgada
G) orta qoltik chizigida 9-qovurgada
D) kurak chizigida 10-qovurgada
E) umurtqa yon chizigida 11-qovurgada
Opkani pastki chegarasi qaysi tomonga siljiganini aniqlang.
- o'pka yuqoriga siljigan
- o'pka pastga siljigan
- o‘rta qo‘ltik chizig‘ida 10-qovurg‘ada
- o'pka normada
Javobni ko'rish
o'pka pastga siljigan
#31
Bemorda chap o‘pkani pastki chegarasi quyidagicha aniqlangan: to‘sh oldi chizig‘ida 4-qovurg‘ada, o‘rta umrov chizig‘ida 6-qovurg‘ada, qo‘ltik oldi chizig‘ida 7-qovurg‘ada, o‘rta qo‘ltik chizig‘ida 8-qovurg‘ada, kurak chizig‘ida 9-qovurg‘ada, umurtqa yon chizig‘ida 10-qovurg‘ada. Agar o‘pka yuqoriga siljigan bo‘lsa, uning pastki chegarasi qaysi qovurg‘a oralig‘ida bo‘ladi?
- qo‘ltik oldi chizig‘ida 6-qovurg‘ada
- o‘pka pastga siljigan
- o‘pka yuqoriga siljigan
- O'pka normada
Javobni ko'rish
o‘pka yuqoriga siljigan
#32
Bemorda bronxial nafas fonida qo‘shimcha nafas shovqini eshitiladi. Bu shovqin yo‘talda yo‘qolmaydi va stetoskop bilan bosilganda yo‘tal kuchayadi. Bu qaysi shovqin?
- nam xirillash
- plevraning ishqalanish shovqini
- quruq xirillashlar
- krepitatsiya
Javobni ko'rish
plevraning ishqalanish shovqini
#33
Bemorda bronxovazikulyar nafas fonida krepitatsiyani eslatuvchi qo‘shimcha nafas shovqini eshitiladi. Shovqin yo‘talda o‘zgaradi. Bu qaysi tovush?
- nam xirillash
- plevraning ishqalanish shovqini
- krepitatsiya
- quruq xirillashlar
Javobni ko'rish
nam xirillash
#34
Bemorda qattiq nafas fonida qor g‘ichirlashini eslatuvchi qo‘shimcha nafas shovqini eshitiladi. Shovqin nafasning ikkala fazasida hamda sistola va diastolada ham eshitiladi. Bu qaysi nafas shovqini?
- quruq xirillash
- plevro-perikardial shovqin
- krepitatsiya
- plevraning ishqalanish shovqini
Javobni ko'rish
plevro-perikardial shovqin
#35
Kasalda susaygan vezikulyar nafas fonida qo‘shimcha nafas shovqini eshitiladi. Shovqin mayda pufakchali nam xirillashni eslatadi va yo‘tal vaqtida shovqin o‘zgarmaydi. Bu qaysi shovqin?
- nam xirillash
- plevraning ishqalanish shovqini
- quruq xirillashlar
- krepitatsiya
Javobni ko'rish
krepitatsiya
#36
Bemor tez-tez ko‘krak qafasi bilan balg‘amsiz yo‘talga shikoyat qildi. Tana harorati 38,2 °S. Dag‘al vezikulyar nafas fonida bitta-ikkita quruq xirillashlar aniqlanadi. Sizning tashxisingiz?
- surunkali pnevmonit
- o‘tkir pnevmonit
- surunkali bronxit
- o‘tkir bronxit
Javobni ko'rish
o‘tkir bronxit
#37
Bemor shilliq-yiringli balg‘am ajraluvchi yo‘talga shikoyat qildi. Tana harorati 36,8 °S. Auskultatsiyada susaygan vezikulyar nafas fonida quruq turli kalibrdagi quruq xirillashlar aniqlanadi. Sizning tashxisingiz?
- surunkali bronxit
- surunkali pnevmoniya
- o‘tkir pnevmoniya
- o‘tkir bronxit
Javobni ko'rish
o‘tkir bronxit
#38
Klinikaga shilliq-yiringli balg‘am ajraluvchi yo‘tal bilan bemor murojaat qildi. Tana harorati 37 °S, hansirash kuzatiladi. Perkussiyada qutichasimon ohang. Auskultatsiyada susaygan vezikulyar nafas fonida quruq xirillashlar kuzatiladi. Qanday bronxit haqida o‘ylash mumkin?
- o‘pka emfizemasi bilan asoratlangan surunkali bronxit
- o‘choqli pnevmoniya
- krupoz pnevmoniya
- o‘tkir bronxit
Javobni ko'rish
o‘pka emfizemasi bilan asoratlangan surunkali bronxit
#39
Bemor hansirashga shikoyat qildi. Kuzdan kechirganda yuzi biroz shishgan, lablarida sianoz, ko‘krak qafasi bo‘ckasimon. Palpatsiyada ovoz dirillashi susaygan. Perkussiyada qutichasimon tovush. Auskultatsiyada bronxofoniya susaygan. Qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin?
- krupoz pnevmoniya
- o‘choqli pnevmoniya
- o‘pka emfizemasi
- o‘tkir bronxit
Javobni ko'rish
o‘pka emfizemasi
#40
Bemor havoning yetishmasligiga shikoyat qildi. Kuzdan kechirganda ko‘krak qafasi bo‘ckasimon, qovurg‘a oraliklari keng, pastki qovurg‘alar gorizontal holatda. Palpatsiyada ovoz dirillashi sust, elastikligi susaygan. Perkussiyada qutichasimon tovush, pastki chegarasi pastga siljigan va harakatchanligi cheklangan. Auskultatsiyada vezikulyar nafas susaygan. Rentgende o‘pkalarning tiniqligi oshgan. Qanday kasallik deb o‘ylaysiz?
- ekssudativ plevrit
- bronxial astma
- emfizema
- o‘tkir bronxit
Javobni ko'rish
emfizema
#41
Shikoyatlar: hansirash, yo‘tal, zangsimоn balg‘am bilan. Ko‘krak qafasida og‘riq. Ko‘rikda kasallangan ko‘krak qafasi nafasdan orqada qolishi kuzatiladi. Palpatsiya: zararlangan tomonda ovoz dirillashi kuchaygan. Perkussiya: zararlangan tomonda bo‘g‘iq tovush. Rentgen: qorayish o‘chog‘i mavjud. Sizning tashxisingiz?
- o‘tkir bronxit
- o‘choqli pnevmoniya
- krupoz pnevmoniya
- ekssudativ plevrit
Javobni ko'rish
krupoz pnevmoniya
#42
Bemor shikoyati: havoning yetishmasligi, yo‘tal, balg‘amning shilliq-yiringli ajralishi, ko‘krak qafasidagi og‘riq. Kuzdan kechirganda: jarohatlangan tomon nafas aktida orqada qolib ketmoqda. Palpatsiyada: ovoz dirillashi jarohatlangan tomonda kuchaygan. Perkussiyada bo‘g‘iq-timpanik tovush. Auskultatsiyada vezikulyar nafas susaygan, bronxial nafas kuchaygan, krepitatsiya. Rentgen: jarohatlangan tomon qoraygan. Sizning tashxisingiz?
- o‘tkir bronxit
- krupoz pnevmoniya 1-daraja
- ekssudativ plevrit
- quruq plevrit
Javobni ko'rish
krupoz pnevmoniya 1-daraja
#43
Bemor 42 yoshda. Kasallik o‘tkir boshlangan, o‘ng biqinida og‘riq paydo bo‘lgan, nafas aktivligi kuchaygan. Bemorni kuzdan kechirganda majburiy holat, og‘riqli tomonda yotishi aniqlangan. Auskultatsiyada plevraning ishqalanish shovqini eshitiladi. Qanday kasallik haqida fikr yuritish mumkin?
- o‘tkir bronxit
- quruq plevrit
- ekssudativ plevrit
- surunkali bronxit
Javobni ko'rish
quruq plevrit
#44
Bemorda kuchayib boruvchi hansirash. Ko‘krak qafasining o‘ng tomoni nafas aktidan orqada qoladi, biroz bo‘rtgan. Palpatsiyada: tovush dirillashi aniqlanmaydi. Perkussiyada bu soha ustida bo‘g‘iqlik aniqlanadi. Auskultatsiyada vezikulyar nafas juda susaygan, ba’zi joylarda eshitilmaydi. Qanday kasallik haqida fikr yuritish mumkin?
- pnevmoniya
- ekssudativ plevrit
- o‘pka emfizemasi
- quruq plevrit
Javobni ko'rish
ekssudativ plevrit
QuizPilotda o'ynash