Anatomiya

IKP testlar 5

muallif: Laziz · 44 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Klinikaga 42 yoshli bemor quyidagi shikoyatlar bilan keldi: to‘sh ortidagi bir necha soatdan beri davom etuvchi kuchli og‘riq. Og‘riq nitroglitserin ichgandan so‘ng to‘xtamay, umurtqa pog‘onasi va aorta yo‘nalishi bo‘ylab tarqaluvchi xarakterga ega. Bu qanday patologiya?
  1. miokard infarkti
  2. stenokardiya
  3. qavatlanayotgan aorta anevrizmasi
  4. gipertonik kasallik
Javobni ko'rish
qavatlanayotgan aorta anevrizmasi
#2
3-kurs, 17 yoshli, astеnik tipdagi talaba kuchsizlanish, tez charchash, yurak tez urishi, yomon uyquga shikoyat qildi. Auskultatsiyada I-, II- va III-yurak tovushlari eshitildi. Bu dalillar nimadan dalolat beradi?
  1. norma, yurakda hech qanday o‘zgarishlar yo‘q
  2. revmatizm
  3. mitral nuqson
  4. yurak yetishmovchiligi
Javobni ko'rish
norma, yurakda hech qanday o‘zgarishlar yo‘q
#3
78 yoshli bemor A. Quvvatsizlikka, yurak tez urishiga, kam miqdorda jismoniy harakatdan so‘ng nafas qisishiga shikoyat qildi. Auskultatsiyada I-chi, II-chi, III-chi va IV-chi tovushlar eshitiladi. Bu dalillar nimadan dalolat ko‘rsatadi?
  1. Norma
  2. Yurak mushagining og‘ir darajada zararlanishi.
  3. Gipertonik kasalligi
  4. Revmatizm.
Javobni ko'rish
Yurak mushagining og‘ir darajada zararlanishi.
#4
32 yoshli bemor Z., quvvatsizlikka, bosh aylanishlariga, ishtaha pasayishiga, yurak tez urishiga shikoyat qildi. Shikoyatlar uchinchi homiladorlik davomida paydo bo‘lib, deyarli bir yil davom etmoqda. Ko‘zdan kechirishda teri qoplamalarining va shilliq pardalarning rangparligi aniqlandi. Qonda – eritrotsitlar, gemoglobin va rangli ko‘rsatkichning pasayishi aniqlangan. Yurak auskultatsiyasida qanday o‘zgarishlar namoyon bo‘lishi mumkin?
  1. 1 tonning kuchayishi
  2. 2 ton aksenti
  3. Ot dupuri ritmi.
  4. Ikkala tonning susayishi
  5. 1 va 2 tonlarning kuchayishi.
Javobni ko'rish
1 va 2 tonlarning kuchayishi.
#5
21 yoshli bemor M. Miokardit diagnozi bilan statsionarda davolanmoqda. Yurak auskultatsiyasida qanday o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin?
  1. 1 ton kuchayishi
  2. 2 ton aksenti.
  3. 2 ton susayishi
  4. 1 ton susayishi
Javobni ko'rish
1 ton susayishi
#6
53 yoshli bemor K. Revmatizm, mitral stenoz tashxisi bilan statsionar sharoitlarda davolanmoqda. Auskultatsiyada qanday o‘zgarishlar aniqlanishi mumkin?
  1. 2 ton susayishi
  2. 1 ton kuchayishi.
  3. 1 ton susayishi
  4. Qarsilovchi kuchaygan 1 ton
Javobni ko'rish
Qarsilovchi kuchaygan 1 ton
#7
48 yoshli bemor bosh og‘rig‘iga, ko‘ngil aynishga, ko‘z oldi jimirlashiga, qulog‘ida shovqin, Qon bosimi (QB)ning ko‘tarilishiga, kechasi uyqusizlikka shikoyat qiladi. QB 7 yil davomida ko‘tarilmoqda. Oxirgi 3 yil davomida QB 220/110 gacha ko‘tarilib kelmoqda (ishga doimiy QB 140/90 mm s.u.). Bemorda 2 ton tomonidan qanday o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin?
  1. 2 ton aksenti
  2. 1 ton kuchayishi.
  3. 1 ton susayishi
  4. 2 ton susayishi
Javobni ko'rish
2 ton aksenti
#8
20 yoshli bemor yurak sohasida sanchuvchi va ezuvchi og‘riq, yurak tez urishi, bilak-panjasidagi bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, tana haroratining 37,3°S gacha oshishiga shikoyat qiladi. Anamnezdan: bolalikda angina bilan ko‘p og‘rigan. Yarim hafta oldin og‘ir anginani o‘tkazgan. Yarim hafta oldin bilak-panjasidagi bo‘g‘imlarda va o‘ng tizza bo‘g‘imida shish, harakatlanganda og‘riq paydo bo‘lgan. Ikki kun oldin bu shikoyatlarga yurak sohasida og‘riqlar va tez urib ketishi qo‘shilgan. Bu o‘zgarishlar qaysi kasallikka xos?
  1. Koronar yetishmovchilik
  2. Revmatik etiologiyaga bog‘liq yurak shikastlanishi
  3. Arterial gipertenziya sindromi
  4. Yurak yetishmovchiligi
Javobni ko'rish
Revmatik etiologiyaga bog‘liq yurak shikastlanishi
#9
17 yoshli bemor tizza bo‘g‘imlarida kuchli og‘riq, shish, harakat cheklanishi va umumiy holsizlik shikoyatlari bilan keldi. Tana harorati 38,5°S gacha ko‘tarilgan. Anamnezida angina bo‘lgan va 2 haftadan keyin bo‘g‘imlarda shish va og‘riq paydo bo‘lgan. Qon tahlilida qanday o‘zgarishlar aniqlanishi mumkin?
  1. Eozinofiliya
  2. Monotsitoz
  3. EChTning oshishi va leykositoz
  4. Trombotsitopeniya
Javobni ko'rish
EChTning oshishi va leykositoz
#10
19 yoshli yigitda auskultativ: cho‘qqida I ton va aortada II ton susaygan, aortada kuchli dag‘al sistolik shovqin va uning kuraklar orasiga uzatilishi eshitildi. Bu qanday yurak nuqsoni bo‘lishi mumkin?
  1. Mitral klapan stenoz
  2. O‘pka arteriyasi stenoz
  3. Aorta stenoz
  4. Aortal yetishmovchilik
Javobni ko'rish
Aorta stenoz
#11
47 yoshli bemor bosh aylanishi, qisqa vaqtli hushdan ketishi, yurak sohasidagi og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida I ton susaygan, aortada kuchli dag‘al sistolik shovqin, uyqu arteriyasiga va Botkin-Erb nuqtasiga uzatiladi. Puls kuchsiz, kichik va kam. Bu qanday yurak nuqsoni bo‘lishi mumkin?
  1. Mitral yetishmovchilik
  2. O‘pka arteriyasi stenoz
  3. Mitral stenoz
  4. Aortal stenoz
Javobni ko'rish
Aortal stenoz
#12
32 yoshli erkakda boshqa shikoyatlari yo‘q. Boshining ritmik, puls bilan sinxron chayqalishi kuzatilmoqda. Palpatsiyada cho‘qqi turkisi tarqalgan, rezistent, gumbazsimon. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida birinchi ton susaygan, aortada ikkinchi ton susaygan, aorta va Botkin-Erb nuqtasida diastolik shovqin. AQB 145/20 mm s.u. EKGda yurak elektr o‘qining chapga siljishi, ko‘krak tarmoqlarida manfiy T. FKGda aortada diastolik shovqin, ikkinchi ton amplitudasi pasaygan. Qanday nuqson deb o‘ylaysiz?
  1. Mitral stenoz
  2. Aorta stenoz
  3. Mitral yetishmovchilik
  4. Aortal klapan yetishmovchiligi
Javobni ko'rish
Aortal klapan yetishmovchiligi
#13
28 yoshli erkak umumiy holsizlik, tez charchash, hansirash, tana haroratining davriy 40°S gacha ko‘tarilishi, ko‘p terlash shikoyatlari bilan keltirildi. Teri qoplami sarg‘ish kulrang rangda, tana, og‘iz shilliq qavati, qovoq kon’yunktivasida mayda petexiyalar bor. Barmoqlari baraban tayoqchasi shaklida, tirnoqlar soat oynasi. Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida susaygan birinchi ton va sistolik shovqin hamma nuqtalarda aniq eshitiladi. Qon tahlilida gemoglobin, eritrotsitlar kamaygan, ECHT oshgan. Siydik tahlilida oqsil, yakka eritrotsitlar aniqlangan. Qaysi kasallik haqida gap bormoqda?
  1. o‘tkir osti septik endokardit
  2. yurak yetishmovchiligi
  3. gipertonik kasallik
  4. revmatizm
Javobni ko'rish
o‘tkir osti septik endokardit
#14
Miokard infarktini boshidan kechirgan va yurak astmasi xuruji bo‘lib turgan bemorda jigar kattalashishi, shishlar va assit paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq?
  1. jigar kasalligi qo‘shilganligi
  2. oshqozon va ichak kasalliklari
  3. suyuqlik va tuz iste’molining ortishi
  4. o‘ng qorinchа yetishmovchiligi
Javobni ko'rish
jigar kasalligi qo‘shilganligi
#15
62 yoshli erkak bir yil oldin miokard infarktini o‘tkazgan, kechqurun nafas qisishlar paydo bo‘lgan, bu esa uni majburiy holatga olib keladi, yotib qoladi. Sizning tashxisingiz?
  1. jigar sirrozi
  2. nafas yetishmovchiligi.
  3. bronxial astma
  4. yurak astmasi
Javobni ko'rish
yurak astmasi
#16
40 yoshli bemor ensa sohasida kuchli bosh og‘riq, ko‘ngil aynishi, yurakning kuchli urishi haqida shikoyat bilan kelgan. Anamnezdan bemorning otasi yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi bilan og‘riganligi ma’lum bo‘ldi. Bemorning ahvoli 3 kun avvalgi stress holatidan so‘ng og‘irlashgan. Ob’ektiv: umumiy ahvoli o‘rta og‘irlikda, yuz giperemiyasi, faol holat. Yurak tonlari jarangdor, aorta ustida II ton aksenti. Puls urishi bir daqiqada 100 marta, kuchaygan. AB ikki qo‘lda 160/100 mm s. u. Boshqa organlarda patologiya yo‘q. Qanday kasallik haqida gap ketmoqda?
  1. yurak ishemik kasalligi
  2. revmatizm
  3. gipertonik kasallik
  4. miokard infarkti
Javobni ko'rish
gipertonik kasallik
#17
28 yoshli bemor ayol bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘z tinishi, ish qobiliyatining pasayishi, hushidan ketishidan shikoyat qiladi. Anamnezdan qarindoshlarida gipertoniya kasalligi kuzatilmaganligi aniqlandi. Ushbu shikoyatlar ikki oy avval paydo bo‘lgan. Ob’ektiv: umumiy ahvoli o‘rta og‘irlikda, qorin va sonlarda striyalar mavjud, bemorda biroz semizlik kuzatiladi, yuzi oysimon shaklda. Yurak biroz chapga kattalashgan. Auskultatsiya ma’lumotlari: tonlar kuchaygan, aortada II ton aksenti. Puls ritmik, zo‘riqqan. AB 210/110 mm s. u. Ushbu ma’lumotlar qanday kasallikka xos?
  1. revmatizm
  2. miokard infarkti
  3. gipertonik kasallik
  4. Itsenko–Kushing kasalligi
Javobni ko'rish
Itsenko–Kushing kasalligi
#18
54 yoshli bemor kuchli to‘sh ortidagi, ezuvchi xarakterdagi, chap qo‘l, chap kurak va bo‘yin sohasiga tarqaluvchi og‘riqqa shikoyat qiladi. Og‘riq nitroglitserin qabul qilgandan so‘ng qolgan. Ko‘zdan kechirganda: yuzi oqarib ketgan. Auskultatsiyada tonlar bo‘g‘iq, puls tezlashgan. AB 160/90 mm s. u. Qanday kasallik haqida gap ketmoqda?
  1. Stenokardiya.
  2. Miokard infarkti.
  3. gipertonik kasallik
  4. revmatizm
Javobni ko'rish
Stenokardiya.
#19
Bemor 4-qavatga chiqqandan so‘ng to‘sh orti sohasida yoqimsiz siquvchi noxushlik sezdi. Chap qo‘lida harakatsizlik va holsizlik sezildi. O‘ziga kelish uchun to‘xtadi. 5 daqiqa dam olgandan so‘ng belgilar yo‘qoldi. Anamnezdan yil davomida asabiylashganda yoki jismoniy zo‘riqishda 2–5 daqiqa davom etadigan to‘sh orti og‘riqlari paydo bo‘lib, dam olgach butunlay yo‘qolgan. Ko‘zdan kechirganda bemor oqarib ketgan. Auskultatsiyada tonlar bo‘g‘iq eshitiladi. Xuruj yo‘q paytda EKG patologiyasiz. Qanday kasallik haqida gap ketmoqda?
  1. Miokard infarkti.
  2. Stenokardiya.
  3. Kardioskleroz.
  4. yurak yetishmovchiligi
Javobni ko'rish
Stenokardiya.
#20
48 yoshli bemor siquvchi, chidab bo‘lmaydigan to‘sh suyak ortidagi, chap yelka va qo‘lga irradiasiya qiluvchi, nitroglitserin qabul qilgandan so‘ng ham qolmaydigan og‘riqlar, keskin darmonsizlik, bosh aylanishi, terlash shikoyatlari bilan klinikaga tez yordam mashinasida olib kelingan. AB 110/70 mm s. u., puls 64 ta, past, tarang va to‘liq. Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Qanday kasallik haqida gap ketmoqda?
  1. ateroskleroz
  2. gipertonik kasallik
  3. stenokardiya
  4. miokard infarkti
Javobni ko'rish
miokard infarkti
#21
Bemor P., 64 yosh, klinikaga qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, yengillik bermaydigan qayt qilish, darmonsizlik, bosh aylanishi shikoyatlari bilan keldi. Diurez normal. Najosat yo‘q. EKGda: I-standart ulanishda ST segmentining izoelektrik chiziqdan pastga siljishi, II va III standart ulanishlarda yuqoriga yoyilgan ST segmenti kuzatildi. Bu kasallikning qaysi shakli haqida gap ketmoqda?
  1. klassik
  2. abdominal (gastralgik)
  3. aritmik
  4. og‘riqsiz kechuvchi
Javobni ko'rish
abdominal (gastralgik)
#22
45 yoshli bemor klinikaga quyidagi shikoyatlar bilan tushdi: ishtahaning yo‘qolishi, go‘shtni umuman yemay qo‘yishi, kekirish, epigastral sohada og‘irlik sezish. Ko‘rikda teri qoplami oqish–kulrang, quruq, bemor ozib ketgan, tili nam, laklanganligi aniqlandi. Qaysi kasallik haqida gap ketmoqda?
  1. Surunkali pankreatit.
  2. O‘n ikki barmoqli ichak yarasi.
  3. Surunkali gastrit.
  4. oshqozon raki.
Javobni ko'rish
oshqozon raki.
#23
Bemor M. 26 yosh. Unda qorin bo‘shlig‘i a’zolarining chuqur sirg‘aluvchi palpatsiyasi o‘tkazildi. Quyidagi tashxis bilan: surunkali bronxit aniqlangan; sigmasimon ichak silliq, zich silindr shaklda, uzunligi 15–18 sm. Og‘riqsiz, g‘urillashsiz. Paypaslash ma’lumotlari nimadan dalolat beradi?
  1. Ichakda.
  2. Sigmasimon ichak patologik o‘zgarishlarsiz.
  3. Enterit.
  4. Sigmasimon ichakda yallig‘lanish jarayoni.
Javobni ko'rish
Sigmasimon ichak patologik o‘zgarishlarsiz.
#24
Bemor J. 42 yosh. Klinikaga quyidagi shikoyatlar bilan murojaat qildi: o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, yog‘li ovqat va qovurilgan ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tana haroratining ko‘tarilishi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yuzaki palpatsiyasida aniqlanadi: rezistentlik, qorin mushaklarining tonusi oshishi, o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, qorin mahalliy bosilganda og‘riq, qo‘lni olganda og‘riq kuchayadi. Bemorada qaysi simptomlar aniqlandi?
  1. Qorin bo‘shlig‘ining chuqur palpatsiyasi.
  2. Shyotkin–Blumberg simptomi.
  3. Vasilenko simptomi.
  4. Ortner simptomi.
Javobni ko'rish
Shyotkin–Blumberg simptomi.
#25
Bemor M. 54 yoshda. Qabul bo‘limiga quyidagi shikoyatlar bilan kelgan: epigastral sohadagi og‘riq, qon qusish, tinkaning qurishi, bosh aylanishi, yurak urib ketishi, ichining qora rangda kelishi. Anamnezida oshqozon yara kasalligi bilan 10 yildan beri og‘rigan. Ko‘zdan kechirishda: holati majburiy, teri va shilliq qavatlari oqarib ketgan, peshonasi muzdek ter bilan qoplangan. Tili quruq, oq karash bilan qoplangan. Qorin bo‘shlig‘i paypaslaganda qorin bo‘shlig‘ining tarangligi kuzatiladi, epigastral sohada og‘riq, Shchyotkin–Blumberg simptomi musbat. Sizning tashxisingiz?
  1. Enterit, rentgenoskopiya – O.I.K.
  2. Spastik kolit. Kolonoskopiya.
  3. Surunkali gastrit, rentgenoskopiya – O.I.K.
  4. Oshqozondagi yaraning perforatsiyasi.
Javobni ko'rish
Oshqozondagi yaraning perforatsiyasi.
#26
Bemor N. 60 yoshda, qorin sohasida og‘riq, qorin dam bo‘lishi, ich ketishi bilan, ich qotishi va ich ketishining almashinib turishi, ichning shilimshiq kelishi shikoyatlari bilan kelgan. Anamnezida 15 yil davomida ichak kasalliklari bilan og‘rigan. Ko‘rikda bemor ozg‘in, teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar, terisi quruq, lab burchaklari sohasida yoriqlar bor. Qorin damlangan, paypaslaganda kindik sohasida og‘riqli. Tashxis nima bo'lishi mumkin?
  1. Surunkali kolit
  2. Surunkali gastrit
  3. Surunkali enterit
  4. O‘tkir gastrit
Javobni ko'rish
Surunkali enterit
#27
35 yoshli bemor kasalxonaga epigastral sohada kuchli og‘riqlar va qon aralash qusish shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Bemor sirka ichib yuborganini aytadi. Qaysi kasallik haqida gapirilmoqda?
  1. Oddiy gastrit
  2. Flegmonoz gastrit
  3. O‘tkir ichak tutilishi
  4. Korroziv gastrit
Javobni ko'rish
Korroziv gastrit
#28
Bemor I., 62 yosh. Uzoq yillar davomida o‘t-tosh kasalligi, surunkali xoletsistit bo‘yicha terapevt ro‘yxatida turadi. 2 yil oldin o‘t pufagi bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan. 1 oy oldin bemor terisida sarg‘ayish va kuchli qichishish paydo bo‘lgan. Ko‘zdan kechirishda: terisi sarg‘imtir, kaft eritermasi, ozib ketgan va ksantamatozlar kuzatiladi. Bemorida qanday kasallik rivojlanishi kuzatilmoqda?
  1. Surunkali toshsiz xoletsistit
  2. Jigar biliar sirrozi
  3. Me’da yara kasalligi
  4. Mexanik sariqlik
Javobni ko'rish
Jigar biliar sirrozi
#29
Bemor yoshi 20da, tomoq va suyaklardagi og‘riq, titraydigan yuqori harorat, umumiy holsizlikka shikoyat qildi. Ob’yektiv: teri qoplami sarg‘aygan–oq rangda, qo‘ltiq osti limfa tugunlari kattalashgan. Qon tahlilida Hb – 86,0 g/l, L – 1,2×10¹¹, SOE – 45 mm/soat. Leykogrammada blast hujayralarning bo‘lishi, oraliq formalarning yo‘qligi aniqlangan. Qanday kasallik to‘g‘risida fikr yuritish mumkin?
  1. Limfogranulematoz
  2. Surunkali mieloleykoz
  3. O‘tkir leykoz
  4. Surunkali limfoleykoz
Javobni ko'rish
O‘tkir leykoz
#30
Bemor yoshi 32da, u qorinning chap qismida og‘ir og‘riqlarga, qorin kattalashuviga, terlash, yuqori harorat, holsizlikka shikoyat qildi. Kuzatuvda: teri rangi oq, bemorning jag‘osti limfa tugunlari kattalashgan. Palpatsiyada taloq kattalashgan, keskin og‘riqli. Qon: Hb – 80,0 g/l, L – 4×10¹¹, bazofillar – 5%, SOE – 40 mm/soat. Qanday kasallik to‘g‘risida fikr yuritish mumkin va tashxis qo‘yishda qanday belgilar asosiy hisoblanadi?
  1. O‘tkir leykoz
  2. Limfogranulematoz
  3. Surunkali limfoleykoz
  4. Surunkali mieloleykoz
Javobni ko'rish
Surunkali mieloleykoz
#31
Bemor 35 yoshda, yurak urishiga, yuqori psixik qo‘zg‘aluvchanlikka, sababsiz xavotir olishga, uyqu buzilishiga, qo‘l barmoqlarining qaltirashiga, ozib ketganiga shikoyati bor. Tekshirilganda Graefe simptomi, Shtelvag simptomi, ekzoftalm aniqlandi, puls chastotasi 110-120 dan oshgan, EKGda sinusoidal taxikardiya. Asosiy almashinuv 50% gacha oshgan. Qanday patologiya haqida fikr yuritasiz?
  1. Diffuz toksik bo‘qoq
  2. Gipoterioz
  3. Miksidema kasalligi
  4. O‘tkir leykoz
Javobni ko'rish
Diffuz toksik bo‘qoq
#32
70 yoshli bemor yo‘g‘on ichak yo‘li bo‘yicha og‘riq, ich ketishi, meteorizm, kuchsizlik, uyqu buzilishiga shikoyat qildi. Tekshiruvda teri qoplami quruq, gipovitaminoz belgilari bilan. Qorin shishgan, palpatsiyada chap tomonda og‘riq aniqlandi. Yo‘g‘on ichak og‘riqli, spazmli shnur ko‘rinishida palpatsiya qilinadi. Tashxisingiz nima?
  1. Surunkali kolit
  2. Surunkali pankreatit
  3. Surunkali gastrit
  4. Surunkali enterit
Javobni ko'rish
Surunkali kolit
#33
40 yoshli bemor bo‘g‘imlardagi og‘riqqa, ertalablari harakatning karaxtligiga shikoyat qiladi. Ko‘rishda: palpatsiyada mushaklar atrofi terisi shishgan, barmoqlarning “tugmali ketish” tarzidagi deformatsiyasi. Rentgenogrammada: suyak epifizining osteoporoz, bo‘g‘im tolalarining torayishi va eroziyasi, mikrokista hosil bo‘lishi. Qanday patologiya?
  1. Revmatoyid poliartrit
  2. Deformatsiyalangan osteoartroz
  3. Sistemali qizil volchanka
  4. Reyter kasalligi
Javobni ko'rish
Revmatoyid poliartrit
#34
35 yoshli bemor piyada yurganda o‘murtqa va tizzadagi og‘riqqa shikoyat qildi. Ko‘rishda: oyoq bo‘g‘imlarining deformatsiyasi, bo‘g‘imlar harakati cheklanganligi aniqlandi. Palpatsiyada bo‘g‘imlar atrofi mushak atrofiyasi kuzatiladi. Qanday patologiya?
  1. Sistemali qizil volchanka
  2. Deformatsiyalangan osteoartroz
  3. Revmatoyid poliartrit
  4. Reyter kasalligi
Javobni ko'rish
Deformatsiyalangan osteoartroz
#35
Ko‘rishda terisi yer rangda, palpatsiyada bo‘yin, o‘mrov usti, qo‘ltiq osti va chov sohalarida limfa tugunlari kattalashgan, zich. Perkussiyada taloq 6–7 sm ga kattalashgan. Tashxisingiz nima?
  1. Surunkali limfoleykoz
  2. Limfogranulematoz
  3. Surunkali miyeloleykoz
  4. O‘tkir leykoz
Javobni ko'rish
Surunkali limfoleykoz
#36
Bemorning shikoyatlari: holsizlik, bosh aylanishi, jismoniy harakatda hansirash, qulog‘ida shovqin eshitilishi. Ko‘rishda: teri rangpar, sochlari sinuvchan, og‘iz burchaklari yoriq, taloq kattalashgan. Auskultatsiyada yurak uchi turkisi sohasida sistolik shovqin. Tashxisingiz nima?
  1. V-12 defitsitli anemiya
  2. Postgemorragik anemiya
  3. Polidefitsitli anemiya
  4. Temir yetishmovchilik anemiyasi
Javobni ko'rish
Temir yetishmovchilik anemiyasi
#37
Umumiy qon tahlilida: Hb 100 g/l, eritrotsitlar 3,0, TsP 0,7, retikulotsitlar 0, trombotsitlar 180,0, leykotsitlar 7,0, tayoqcha yadrolilar 1, segment yadrolilar 70, eozinofillar 1, limfotsitlar 24, monotsitlar 4, EChT 15 mm/soat. Qaysi patologiya deb o‘ylaysiz?
  1. Postgemorragik anemiya
  2. V-12 defitsitli anemiya
  3. Temir yetishmovchilik anemiyasi
  4. Gipoxrom anemiya
Javobni ko'rish
Gipoxrom anemiya
#38
Umumiy qon tahlilida: Hb 90 g/l, eritrotsitlar 2,8, TsP 1,1, trombotsitlar 200,0, leykotsitlar 7,4, tayoqcha yadrolilar 2, segment yadrolilar 68, eozinofillar 2, limfotsitlar 25, monotsitlar 6. Kebot tanachalari va Jolli halqalari aniqlandi. Qaysi patologiya deb o‘ylaysiz?
  1. Giperxrom anemiya (V-12 defitsitli anemiya)
  2. Temir yetishmovchilik anemiyasi
  3. Postgemorragik anemiya
  4. Polidefitsitli anemiya
Javobni ko'rish
Giperxrom anemiya (V-12 defitsitli anemiya)
#39
37 yoshli bemor shikoyati: bosh aylanishi, tez charchash, qulog‘ida shovqin, tez-tez hushidan ketish, umumiy holsizlik, hansirash, sochlarining sinishi. Ko‘rishda: terisi va shilliq qavatlari rangpar, terisi quruqlashgan, kepaklangan, og‘iz burchaklari yoriq. Tili so‘rg‘ichlari tekislangan. Auskultatsiyada yurak uchi turkisi sohasida sistolik shovqin, “volchok” shovqini. Qaysi patologiya deb o‘ylaysiz?
  1. Polidefitsitli anemiya
  2. Postgemorragik anemiya
  3. V-12 defitsitli anemiya
  4. Temir yetishmovchilik anemiyasi
Javobni ko'rish
Temir yetishmovchilik anemiyasi
#40
Me’yorda yurak cho‘qqi zarbi qayerda joylashadi?
  1. 6-chi qovurg‘ada
  2. chap o‘rta umrov chizig‘idan 1–1,5 sm tashqarida, 5-chi qovurg‘ada
  3. chap orta umrov chizigidan 11,5 sm ichkarida
  4. 7-chi qovurg‘ada
Javobni ko'rish
chap o‘rta umrov chizig‘idan 1–1,5 sm tashqarida, 5-chi qovurg‘ada
#41
Asosiy nafas shovqinlariga nimalar kiradi?
  1. krepitatsiya
  2. bronxial nafas,vezikulyar nafas
  3. xirillashlar
  4. plevra ishqalanish shovqini
Javobni ko'rish
bronxial nafas,vezikulyar nafas
#42
Vezikulyar nafasning sifat o‘zgarishlariga nimalar kiradi?
  1. Vezikilyar nafasning sekinlashishi
  2. nafas chiqarishni uzayishi bilan vezikulyar nafas, qattiq vezikulyar nafas
  3. vezikulyar nafasning susayishi
  4. vezikulyar nafasning tezlashishi
Javobni ko'rish
nafas chiqarishni uzayishi bilan vezikulyar nafas, qattiq vezikulyar nafas
#43
Kasallik anamnezi nimalarni o‘z ichiga oladi?
  1. zararli odatlar
  2. oldin o‘tkazilgan davolash samarasi,kasallikning boshlanishi
  3. o‘tkazgan kasalliklari
  4. yashash-maishiy sharoitlari
Javobni ko'rish
oldin o‘tkazilgan davolash samarasi,kasallikning boshlanishi
#44
Ko‘krak qafasi palpatsiyasi yordamida nimalar aniqlanadi?
  1. o‘pka pastki chegarasi
  2. o'pka uchi balandligi
  3. ovoz dirillashlari ,ko‘krak qafasi rigidligi
  4. o‘pka yuqori chegarasi
Javobni ko'rish
ovoz dirillashlari ,ko‘krak qafasi rigidligi
QuizPilotda o'ynash