QuizPilotFanlarTasviriy san'at
Tasviriy san'at

MTT_TARBIYACHI DEMO TEST

muallif: unknown · 47 ta savol · 1 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sahnalashtirilgan o‘yinlarni taklif etishda turli xil teatr turlaridan foydalaniladi. Quyidagi teatr turlarini o‘zaro moslashtiring. 1. Barmoq teatri 2. Qo‘lqop teatri 3. Stol usti o‘yinchoq teatri 4. Soya teatri a. Oddiy bolalar o‘yinchoqlari yoki maxsus yaratilgan tasvirlar ishlatiladi b. Barmoqlarga qo‘yiladigan kichik figuralardan foydalanadi, nozik vosita mahoratini va nutqini rivojlantiradi c. Yassi figuralar yorug‘lik yordamida ekranga aks ettiriladi, tasavvur va e’tiborni rivojlantiradi d. Qo‘g‘irchoqlar qo‘l yoki bilakka kiyiladi va pastdan boshqariladi
  1. 1-d, 2-d, 3-b, 4-c
  2. 1-d, 2-b, 3-c, 4-a
  3. 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
  4. 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
Javobni ko'rish
1-b, 2-d, 3-a, 4-c
#2
Ota-onalar va tarbiyachi hamkorligida “Sog‘lom bola – baxtli kelajak” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazish rejalashtirildi. Bu tadbir maktabgacha ta’lim va tarbiyaning qaysi prinsipining amaliy ko‘rinishiga mos keladi?
  1. Rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi
  2. Shaffoflik va ochiqlik
  3. Ta’lim va tarbiyaning izchilligi
  4. Oila va MTT tarbiyaviy ta’sirining birligi
Javobni ko'rish
Oila va MTT tarbiyaviy ta’sirining birligi
#3
Ta’lim faoliyatida tarbiyachi bolalarga turli predmetlarni berib, ularning farqini topishni so‘radi. Bolalar kuzatib, tahlil qilib, xulosa chiqardi. Ushbu vaziyat qaysi tayanch kompetensiyani namoyon etadi?
  1. Shaxsiy kompetensiyasi
  2. Bilish kompetensiyasi
  3. Kommunikativ kompetensiyasi
  4. Ijtimoiy kompetensiyasi
Javobni ko'rish
Bilish kompetensiyasi
#4
Bolalar suhbat vaqtida faqat “ha”, “yo‘q”, “bilmayman” kabi qisqa javoblar berishmoqda. Ularning dialogik nutqini rivojlantirish uchun qanday ishlarni rejalashtirish kerak?
  1. Bolalarni she’r yodlash va ifodali o‘qishga jalb qilish
  2. Rolli o‘yinlar, juftlikda suhbat, dramatizatsiya elementlarini qo‘llash
  3. Lug‘at boyitishga oid mashg‘ulotlar o‘tkazish
  4. Nutqdagi xatoni e’tiborsiz qoldirish va o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanishini kutish
Javobni ko'rish
Rolli o‘yinlar, juftlikda suhbat, dramatizatsiya elementlarini qo‘llash
#5
Sayrni tashkil etish va o‘tkazishda qo‘yiladigan pedagogik talablar to‘g‘ri qatorlarini belgilang. 1. Kun davomida sayrning davomiyligi uch-to‘rt soatdan oshmasligi, havo harorati hisobga olinishi zarur. 2. Sayr rejasiga atrof-muhitni kuzatish, sport mashg‘ulotlari, mehnat va o‘yin faoliyati kiritilishi lozim. 3. Sayrni tashkil etish uchun zarur jihozlar avvaldan tayyorlab qo‘yilib, belgilangan talablarga javob berishi kerak. 4. Sayrga yig‘ilish ko‘p vaqtni olmasligi, bolalarni bir tartibda kiyinish va yechinishga o‘rgatish kerak. 5. Sayrni tashkil etishda havo harorati hisobga olinishi, yog‘ingarchilik mavsumida sayrni xonada qiziqarli o‘yinlar tashkil etish bilan almashtirish mumkin.
  1. 1, 2, 4, 5
  2. 2, 3, 4, 5
  3. 1, 2, 3, 4
  4. 1, 2, 3, 5
Javobni ko'rish
1, 2, 3, 4
#6
Tarbiyachi o‘yin faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda, zarur va resurslarning xilma xilligi va o‘yin maydonchasida xavfsizlik talablariga ahamiyat berdi. Tarbiyachi MTTda bolalarning mustaqil o‘yin faoliyatini qanday tashkil etadi?
  1. Tarbiyachi o‘yin va o‘yinchoqlarni tanlaydi
  2. Bolalarning yoshiga mos sharoit yaratib, erkin o‘ynashiga imkon beradi
  3. O‘yin vaqtida bolalarni boshqa faoliyatga jalb qiladi
  4. O‘yin jarayonida rahbarlik va nazorat qiladi
Javobni ko'rish
Bolalarning yoshiga mos sharoit yaratib, erkin o‘ynashiga imkon beradi
#7
Ta’lim faoliyati davomida tarbiyachi bolalarning qiziqishini inobatga olib, faoliyat maqsad va metodlarini moslashtirdi, ularni mustaqil fikrlashga undadi va birgalikda muhokama qildi. Ushbu vaziyatda zamonaviy (fasilitator) tarbiyachining qaysi xususiyatlari namoyon bo‘ladi? 1. Bola shaxsini hurmat qiladi 2. Mustaqil fikrlashga undaydi 3. Buyruq va ko‘rsatmalar bilan nazorat qiladi 4. Hamkorlik asosida ta’lim jarayonini tashkil etadi 5. Bolaning qiziqishi va ehtiyojlarini inobatga oladi
  1. 2, 3, 5
  2. 1, 3, 4, 5
  3. 3, 4, 5
  4. 1, 2, 4, 5
Javobni ko'rish
1, 2, 4, 5
#8
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotida bola rasm chizishni boshlaydi, ammo 2–3 daqiqadan so‘ng yonidagi bolalarning ishiga qarab chalg‘iydi. Tarbiyachi ogohlantirsa ham, bola rasmga qaytmaydi. Mashg‘ulot oxirida rasm tugallanmay qoladi. Tarbiyachi qanday metodik usuldan foydalanishi maqsadga muvofiq?
  1. Bola chalg‘igan zahoti faoliyatni to‘xtatib, keyin yakka tartibda qayta o‘tkazish
  2. Ishni 2–3 kichik bosqichga ajratib, har bosqichdan keyin qisqa rag‘bat berib davom ettirish
  3. Bola rasmni tugatsa bajarilgan ish uchun ajoyib sovg‘a berilishini aytib, yakunlashga undash
  4. Bola chalg‘igan vaqtda rasmni tarbiyachi bilan birga (bola qo‘lini ushlab turib) tugatish
Javobni ko'rish
Ishni 2–3 kichik bosqichga ajratib, har bosqichdan keyin qisqa rag‘bat berib davom ettirish
#9
Maktabgacha ta’limning dasturlarini ishlab chiqishda uchta asosiy bo‘limi qaysilar?
  1. Tarbiyachi, ota-ona, bola
  2. Maqsadli, mazmunli, tashkiliy
  3. Kalendar reja, haftalik reja, yillik reja
  4. Reja, ta’lim faoliyatlari, tadbir
Javobni ko'rish
Maqsadli, mazmunli, tashkiliy
#10
Bolalarga ekologik tarbiya berishda qanday metodlardan foydalaniladi?
  1. Ko‘rgazmali, amaliy, og‘zaki
  2. Ko‘rgazmali qurollar, hikoya qilish, kuzatish
  3. Rasmlar, diafilmlar namoyishi, savol-javob
  4. Rasmlar, diafilmlar namoyishi, tajriba
Javobni ko'rish
Ko‘rgazmali, amaliy, og‘zaki
#11
Barcha bolalar, jumladan, maxsus ehtiyojli yoki nogiron bolalarni umumta’lim maktablarida birgalikda o‘qishini ta’minlash orqali jamiyatda tenglik va ijtimoiy adolatni ko‘zda tutuvchi ta’lim turi qaysi?
  1. Inklyuziv ta’lim va tarbiya
  2. Maktabgacha ta’lim
  3. Dual ta’lim
  4. Muqobil ta’lim turi
Javobni ko'rish
Inklyuziv ta’lim va tarbiya
#12
Mashg‘ulot vaqtida tarbiyachi bolalarga ertak aytib berdi, so‘ng ularni kichik guruhlarga bo‘lib, ertak qahramonlari haqida suhbatlashishga undadi. Bu faoliyat mashg‘ulotning qaysi bosqichiga xos?
  1. Asosiy bosqich
  2. Mustaqil o‘yin faoliyati
  3. Yakunlovchi bosqich
  4. Tayyorlov bosqichi
Javobni ko'rish
Asosiy bosqich
#13
Agar bog‘cha yonidagi daraxtzor qurib qolsa, qushlar boshqa joyga uchib ketadi. Bu o‘zgarishning asosiy ekologik mazmuni nimani anglatadi?
  1. Inson tabiatni xohlagancha o‘zgartira oladi
  2. Quslar yangi sharoitga tez moslashadi
  3. Hech narsa izsiz yo‘qolmaydi
  4. Tabiatda barcha hodisalar o‘zaro ta’sirda bo‘ladi
Javobni ko'rish
Tabiatda barcha hodisalar o‘zaro ta’sirda bo‘ladi
#14
Ertalabki sayrda Tolibjon yiqilib jarohat olgan holatda tarbiyachining to‘g‘ri xatti-harakati qanday ketma-ketlikda bo‘lishi kerakligini aniqlang.
  1. Tibbiyot xodimini chaqirish; Bola jarohatini baholash, uning ahvolini aniqlash; Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini to‘xtatish, yarani tozalash, bog‘lash); Hodisa haqida MTT rahbariyatiga va ota-onasiga xabar berish
  2. Bola jarohatini baholash, uning ahvolini aniqlash; Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini to‘xtatish, yarani tozalash, bog‘lash); Tibbiyot xodimini chaqirish; Hodisa haqida MTT rahbariyatiga va ota-onasiga xabar berish
  3. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini to‘xtatish, yarani tozalash, bog‘lash); Bola jarohatini baholash, uning ahvolini aniqlash; Tibbiyot xodimini chaqirish; Hodisa haqida MTT rahbariyatiga va ota-onasiga xabar berish
  4. Bola jarohatini baholash, uning ahvolini aniqlash; Tibbiyot xodimini chaqirish; Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini to‘xtatish, yarani tozalash, bog‘lash); Hodisa haqida MTT rahbariyatiga va ota-onasiga xabar berish
Javobni ko'rish
Bola jarohatini baholash, uning ahvolini aniqlash; Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini to‘xtatish, yarani tozalash, bog‘lash); Tibbiyot xodimini chaqirish; Hodisa haqida MTT rahbariyatiga va ota-onasiga xabar berish
#15
6-7 yoshli bolalarda fikrlash jarayoni qaysi bosqichda bo'ladi?
  1. Mantiqiy fikrlashdan ko'rgazmali-harakatli fikrlashga o'tish bosqichida
  2. Faoliyatning barcha turlarida faqat ko'rgazmali-harakatli fikrlash ustunlik qiladi
  3. Ko'rgazmali-harakatli fikrlashdan mantiqiy fikrlashga o'tish bosqichida
  4. Mantiqiy fikrlash to'liq shakllanib bo'lgan
Javobni ko'rish
Ko'rgazmali-harakatli fikrlashdan mantiqiy fikrlashga o'tish bosqichida
#16
6-7 yoshli bolalarda qanday qobiliyatlar shakllanib boradi?
  1. Ijodiy tasavvur va xayolparastlik
  2. Abstrakt fikrlash va xulosa chiqarish
  3. Umumlashtirish va solishtirish
  4. Tahlil qilish va sintezlash
Javobni ko'rish
Umumlashtirish va solishtirish
#17
6-7 yoshli bola atrofdagi voqealarni qanday tushunadi?
  1. Ko'rgan va eshitgan narsalari orqali tushunadi, sabab-oqibat aloqasini anglay oladi
  2. Faqat ko'rgan narsalari orqali tushunadi, sabab-oqibat aloqasini anglay olmaydi
  3. Mantiqiy mulohazalar yuritish orqali tushunadi, sabab-oqibat aloqasini to'liq anglaydi
  4. Faoliyat jarayonida tushunadi, sabab-oqibat aloqasini qisman anglaydi
Javobni ko'rish
Faqat ko'rgan narsalari orqali tushunadi, sabab-oqibat aloqasini anglay olmaydi
#18
6-7 yoshli bola muammoli vaziyatlarda qanday yechim topa oladi?
  1. Yordam bilan murakkab yechim topa oladi
  2. Murakkab yechim topa oladi
  3. Oddiy yechim topa olmaydi
  4. Oddiy yechim topa oladi
Javobni ko'rish
Oddiy yechim topa olmaydi
#19
Quyidagi fikrlardan qaysi biri 6-7 yoshli bolalar psixik jarayonlarining rivojlanishiga to'g'ri keladi? (a-to'g'ri, b-noto'g'ri)
  1. 1-a, 2-a, 3-b, 4-b
  2. 1-a, 2-b, 3-a, 4-a
  3. 1-a, 2-b, 3-a, 4-b
  4. 1-a, 2-a, 3-a, 4-b
Javobni ko'rish
1-a, 2-b, 3-a, 4-a
#20
Montessori materiallaridan “Qizil tayoqchalar” bilan ishlashda bolalar tayoqchalarni uzunliklari bo‘yicha tartiblaydilar. Bu mashqda nima o‘rganiladi?
  1. Uzunlikni taqqoslash va tartib bo‘yicha joylashtirishni
  2. Miqdor tushunchasini
  3. O‘lchash birliklarini qo‘llashni
  4. Ranglarni farqlashni
Javobni ko'rish
Uzunlikni taqqoslash va tartib bo‘yicha joylashtirishni
#21
Sensor tarbiyaning maqsadi nima?
  1. Bolalarda ijtimoiy ko'nikmalarni o'rgatish
  2. Bolalarda jismoniy chiniqtirishni shakllantirish
  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirish
  4. Bolalarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish
Javobni ko'rish
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirish
#22
Quyidagi fikrlardan qaysi biri sensor tarbiyaning vazifasiga to'g'ri keladi?
  1. Bolalarda umumlashtirish qobiliyatini rivojlantirish
  2. Bolalarda nutq rivojini ta'minlash
  3. Bolalarda ijodiy tasavvurni o'stirish
  4. Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish
Javobni ko'rish
Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish
#23
Sensor tarbiyaning mazmuni nimani qamrab oladi?
  1. Tevarak-atrofdagi ma'lum bir sensor belgilarni
  2. Bolalarning jismoniy rivojlanishini
  3. Bolalarning ijtimoiy munosabatlarini
  4. Bolalarning hissiy holatini
Javobni ko'rish
Tevarak-atrofdagi ma'lum bir sensor belgilarni
#24
Quyidagi fikrlardan qaysi biri sensor tarbiyaning maqsadi, vazifasi va mazmuni haqida to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlaydi? (a-to'g'ri, b-noto'g'ri)
  1. 1-a, 2-a, 3-b, 4-a
  2. 1-a, 2-b, 3-a, 4-b
  3. 1-a, 2-b, 3-a, 4-a
  4. 1-a, 2-a, 3-a, 4-b
Javobni ko'rish
1-a, 2-b, 3-a, 4-a
#25
MTT ta'lim-tarbiyaviy faoliyatlarini to'laqonli tashkil etishda oila bilan hamkorlikning qaysi shakllari amalga oshirilishi mumkin?
  1. Ota-onalarni faqat bolaning xatti-harakatini tuzatishga yo'naltirish
  2. Seminar, ota-onalar klubi, trening, maslahat, davra suhbati tashkil etib, ota-onalarning malakalarini rivojlantirish va takomillashtirish
  3. Ota-onalarni faqat guruh moddiy bazasini boyitishga jalb etish
  4. Ota-onalarni faqat bayram va tadbirlarni tashkil etishga jalb etish
Javobni ko'rish
Seminar, ota-onalar klubi, trening, maslahat, davra suhbati tashkil etib, ota-onalarning malakalarini rivojlantirish va takomillashtirish
#26
Quyidagi hamkorlik shakllaridan qaysilari MTT va oila o'rtasida amalga oshirilishi mumkin?
  1. Ota-onalarni faqat bayram va tadbirlarni tashkil etishga jalb etish
  2. Ota-onalarni faqat guruh moddiy bazasini boyitishga jalb etish
  3. Ota-onalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga ko'ngillilik faoliyatiga jalb etish orqali rivojlantiruvchi muhitni yaratishda ishtirok etish, qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatish, bayram va tadbirlarni tashkil etish
  4. Ota-onalarni faqat bolaning xatti-harakatini tuzatishga yo'naltirish
Javobni ko'rish
Ota-onalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga ko'ngillilik faoliyatiga jalb etish orqali rivojlantiruvchi muhitni yaratishda ishtirok etish, qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatish, bayram va tadbirlarni tashkil etish
#27
Ota-onalarga uyda bolaning o'qishini davom ettirishida yoki tashkil etishda qanday yordam berish mumkin?
  1. Ularning o'qish jarayoniga aralashmaslik
  2. Ularga topshiriqlar berish
  3. Ularga faqat materiallar taqdim etish
  4. Ular bilan maslahatlashish va ko'maklashish
Javobni ko'rish
Ular bilan maslahatlashish va ko'maklashish
#28
Guruh moddiy bazasini boyitishga qaratilgan harakatlarni rag'batlantirish oila bilan hamkorlikning qaysi shakliga kiradi?
  1. Ota-onalarni majburlash
  2. Ota-onalarga maslahat berish
  3. Ota-onalardan pul yig'ish
  4. Ota-onalarni jalb etish
Javobni ko'rish
Ota-onalarni jalb etish
#29
MTT faoliyati davomida bolaga ta'lim va tarbiya berish imkoniyati yaratildi, lekin xavfsizlik talablariga rioya qilinmadi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
  1. Tashkilotning yillik rejasi o'zgaradi
  2. Ota-onalarning shikoyatlari bilan cheklanadi
  3. Davlat standarti talablarining buzilishi hisoblanadi
  4. Bolaning huquqlari va sog'lig'iga tahdid tug'iladi
Javobni ko'rish
Bolaning huquqlari va sog'lig'iga tahdid tug'iladi
#30
Bolalarga jismoniy tarbiya berishda birinchi darajali vazifasi nima?
  1. Jismoniy, sog'lomlashtiruvchi, tarbiyaviy
  2. Sog'lomlashtiruvchi, chiniqtiruvchi, tarbiyaviy
  3. Ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
  4. Sog'lomlashtiruvchi, ta'limiy, tarbiyaviy
Javobni ko'rish
Sog'lomlashtiruvchi, chiniqtiruvchi, tarbiyaviy
#31
Tarbiyachi bolalarga savol berdi: “Nima uchun daraxtlarni asrash kerak?” Bolalar: “Fikr – Daraxtlar kislorod beradi. Sabab – Chunki daraxt barglari havoni tozalaydi. Misol – Bizning maktab hovlisida ko‘p daraxtlar bor. Umumlashtirish – Daraxtlar insonlar hayoti uchun juda muhim”. Ushbu metod qanday nomlanadi?
  1. Klaster metodi
  2. Aqliy hujum
  3. Venn diagrammasi
  4. FSMU metodi
Javobni ko'rish
FSMU metodi
#32
Tarbiyachi katta guruh bolalari bilan mashg‘ulot o‘tkazayotganda “Ranglarni farqlaymiz” mavzusida interaktiv doskadan foydalanib, bolalarga turli rangdagi shakllarni tanlash va joylashtirishni taklif qildi. Ushbu faoliyatda tarbiyachi innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali qaysi pedagogik maqsadni amalga oshiradi?
  1. Bolalarda rang va shakl haqidagi bilimlarni faqat og'zaki usulda mustahkamlash
  2. Bolalar o'yin o'ynash orqali mashg'ulotdan charchamaydi
  3. Bolalarda sensor idrokni rivojlantirish va interaktiv muhitda mustaqil faoliyatni rag'batlantirish
  4. Tarbiyachining mashg'ulot vaqtida innovatsion axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish
Javobni ko'rish
Bolalarda sensor idrokni rivojlantirish va interaktiv muhitda mustaqil faoliyatni rag'batlantirish
#33
Bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib, o‘yin mazmunini bolalarning o‘zlari o‘ylab topadigan o‘yin turini aniqlang.
  1. Didaktik o‘yin
  2. Qoidali o‘yin
  3. Harakatli o‘yin
  4. Ijodiy o‘yin
Javobni ko'rish
Ijodiy o‘yin
#34
Bolalarda ijodiy tafakkurni, fantaziyani rivojlantirish maqsadida qalam, bo‘yoqlar, qog‘oz va tabiat materiallari tayyorlandi. Tabiat materiallarini bolalarga ko‘rsatib, “Bu nimaga o‘xshaydi?” savoli beriladi va bolalar eng qiziqarlilarini chizishlari kerak. Ushbu vaziyatda tarbiyachi qaysi rivojlanish markazi uchun tayyorgarlik ishini olib borishi lozim.
  1. Fan va tabiat markazi
  2. Qurish, konstruksiyalash va matematika markazi
  3. San’at markazi
  4. Til va nutq markazi
Javobni ko'rish
San’at markazi
#35
Davlat standartiga ko‘ra, ta’lim mazmunini tanlashda qaysi yondashuvlar qo‘llanilishi belgilangan?
  1. Innovatsion texnologiyalarga asoslanish, 2. Milliy xususiyatlarni hisobga olish, 4. Davlat va jamiyat talablariga moslik
  2. Milliy xususiyatlarni hisobga olish, 3. Xorijiy tajribani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish, 4. Davlat va jamiyat talablariga moslik
  3. Innovatsion texnologiyalarga asoslanish, 3. Xorijiy tajribani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish, 4. Davlat va jamiyat talablariga moslik
  4. Innovatsion texnologiyalarga asoslanish, 2. Milliy xususiyatlarni hisobga olish, 3. Xorijiy tajribani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish
Javobni ko'rish
Innovatsion texnologiyalarga asoslanish, 2. Milliy xususiyatlarni hisobga olish, 4. Davlat va jamiyat talablariga moslik
#36
Pedagoglar hamkorligi asosida rivojlanish xaritasining indikatorlari bo‘yicha yakka tartibda ishlash tashkil etilib, tarbiyalanuvchi o‘zlashtirmagan rivojlantiruvchi sohalar indikatorlari bo‘yicha ishlar rejalashtiriladi. Ushbu tartibda yuritilishi belgilangan ish hujjati to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
  1. Tashkilot metodistining “Bolaning rivojlanish xaritasining yuritilishini nazorat qilish daftarida
  2. Bolalarning rivojlanish xaritalarining “Pedagog izohi” ustunida
  3. Jismoniy tarbiya yo‘riqchisining “Bolalar bilan yakka tartibda ishlash rejasi” daftarida
  4. Tarbiyachining ish jurnalining pedagoglarning bolalar bilan yakka ishlash bo‘limida.
Javobni ko'rish
Bolalarning rivojlanish xaritalarining “Pedagog izohi” ustunida
#37
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda uning asosiy mazmuni sifatida qaysi jihatlar hisobga olinishi muhim?
  1. Rangdorlik, xilma-xillik, tartibli bo‘lishiga ahamiyat berish
  2. Dasturda belgilangan mavzularga mos bo‘lishi
  3. Eng muhim xavfsizligini ta’minlanishini hisobga olinishi
  4. Milliy va hududiy an’analar, iqlim xususiyatlariga mos bo‘lishi
Javobni ko'rish
Milliy va hududiy an’analar, iqlim xususiyatlariga mos bo‘lishi
#38
Guruhdagi bolalar mashg‘ulot vaqtida o‘yinchoq uchun bahslashib qolishdi. Tarbiyachi ularni jazolash yoki o‘yinni to‘xtatish o‘rniga, bolalarni murosaga chaqirdi va vaziyatni birgalikda hal qilishga undadi. Keyin u bolalarga rolli o‘yin tashkil etib berdi, bunda bolalar bir-birining his-tuyg‘ularini tanish, muloqot qilish va hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu vaziyatda tarbiyachi qaysi ko‘nikmasini samarali qo‘lladi?
  1. Ta’lim faoliyati rejasini qat’iy belgilangan tartibda amalga oshirish
  2. Faqat bilim berishga qaratilgan quruq darslik usulidan foydalanish
  3. Bolalarning hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashish
  4. Bahslashgan bolalarni ajratib, suhbat orqali, tarbiyaviy ishni amalga oshirish
Javobni ko'rish
Bolalarning hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashish
#39
Tarbiyachi bolalarga “Ertalab nimalar qilamiz?” nomli o‘yin orqali rasmli kartochkalarni ketma-ket joylashtirishni so‘radi. Bola kartochkalarni to‘g‘ri tartibda joylashtirdi va har birini eslab aytib berdi. Bu vaziyatda bolaning qaysi turdagi xotirasi faol ishladi?
  1. Ko‘rgazmali-obrazli (vizual) xotira
  2. Emotsional xotira
  3. Og‘zaki xotirasi
  4. Harakat(motor harakat) xotirasi
Javobni ko'rish
Ko‘rgazmali-obrazli (vizual) xotira
#40
6 yoshli bola allaqachon raqamlarni taniydi, qo‘shish-ayirishni bajara oladi, ammo tez-tez mashq qilgach, ularni avtomatik tarzda mustaqil bajara boshladi. Bu jarayon qanday tushuncha bilan ifodalanadi?
  1. Malaka
  2. Ko‘nikma
  3. Bilim
  4. Shakllanish
Javobni ko'rish
Ko‘nikma
#41
Bola rivojlanish xaritasida “T – tez-tez kuzatiladi” belgisi qo‘yilgan. Bu nimani anglatadi?
  1. Bola ko‘nikmani kerakli vaziyatlarda ko‘p hollarda namoyon qiladi
  2. Bola ko‘nikmani faqat ayrim hollarda ko‘rsatadi
  3. Bola ko‘nikmani umuman namoyon qilmaydi
  4. Bola ko‘nikmani muntazam va mustaqil bajaradi
Javobni ko'rish
Bola ko‘nikmani kerakli vaziyatlarda ko‘p hollarda namoyon qiladi
#42
Pedagog yarim yillik yakunida bolaga nisbatan tanlangan metodikaning samaradorligini baholash, rivojlanish dinamikasini aniqlash va kuzatuv natijalariga asoslanib, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda pedagogik jarayonga zarur tuzatishlar kiritish maqsadida kuzatuvlar olib boradi. Ushbu jarayon qaysi bosqichdagi kuzatuvga to‘g‘ri keladi?
  1. Yakuniy bosqich
  2. Dastlabki bosqich
  3. Oraliq bosqich
  4. Qo‘shimcha bosqich
Javobni ko'rish
Yakuniy bosqich
#43
Quyida berilgan tariflarning qay biri “Ta’lim-tarbiyani rejalashtirish va tashkil etish” ko‘rsatkichining umumiy talablariga tegishli?
  1. Bola rivojlanish sohalarini hamda uning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘z faoliyatini rejalashtirish
  2. Ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirishda zamonaviy ta’lim nazariyalari hamda ilg‘or xorijiy davlatlar ish tajribalaridan foydalanish
  3. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolaning faqat tayanch va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishni bilish
  4. Kun davomida har bir bola bilan ishlash jarayonida uning kuchli tomonlarini hisobga olish va rivojlanishini rag‘batlantirish
Javobni ko'rish
Bola rivojlanish sohalarini hamda uning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘z faoliyatini rejalashtirish
#44
Pedagog mashg‘ulotdan so‘ng bolalarning faqat kun davomidagi faolligini yozib qo‘yadi. Nutqiy, emotsional, ijtimoiy va kognitiv rivojlanish ko‘rsatkichlarini alohida qayd etmaydi. Kuzatuv bir tomonlama va umumiy bo‘lib qoladi. Bu vaziyat pedagogga qanday bilimlar yetishmasligidan dalolat beradi?
  1. Guruh bilan ishlashning kommunikativ yondashuvini bilish
  2. Bolalar rivojlanishini monitoring qilish asoslarini bilish
  3. Kognitiv strategiyalar yaratish metodikasini bilish
  4. Mashg‘ulotlarni rejalashtirish texnologiyasini bilish
Javobni ko'rish
Bolalar rivojlanishini monitoring qilish asoslarini bilish
#45
Pedagog bolalarning erkin faoliyat burchaklarini ota-onalarga ko‘rsatish maqsadida “ochiq eshiklar kuni” o‘tkazishni rejalashtirdi. Bu tadbirda ota-onalar faqat kuzatuvchi emas, balki tadbirning faol ishtirokchisi bo‘lishlarini maqsad qildi. Pedagog bu maqsadga erishishda samara bermaydigan usulni aniqlang.
  1. Bola tarbiyasi bo‘yicha seminarlarda ota-onalarning passiv ishtirokini ta’minlash
  2. Oilaning bolalarni tarbiyalashda ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratish
  3. Ta’lim-tarbiya jarayoni natijalarining tahliliga ota-onalarni muntazam jalb qilish
  4. Onalarning tadbirda faol ishtirokchi sifatida jalb qilinishini qo‘llab-quvvatlash
Javobni ko'rish
Bola tarbiyasi bo‘yicha seminarlarda ota-onalarning passiv ishtirokini ta’minlash
#46
MTT pedagogining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish” mehnat vazifasining maqsadlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini belgilang:
  1. 3, 4
  2. 2, 3
  3. 1, 2, 4
  4. 1, 2, 3
Javobni ko'rish
1, 2, 4
#47
Pedagog “Transport vositalari” mavzusida rivojlantirish markazlari uchun bola qiziqishiga mos materiallar tayyorlab, mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirdi. U kichik yo‘l maketlarini yaratib, mashinalar, yo‘lchiroq modellari va belgilarni joylashtirdi. Bolalarga mashinalarni harakatlantirish, yo‘lchiroq signallarini farqlash, yasash, chizish orqali kichik tadqiqot qilish hamda xulosa chiqarish imkoniyatini yaratdi. Ushbu vaziyatda pedagog qaysi malaka talablarini amalga oshirdi?
  1. Har bir bola o‘zini qadrli, qobiliyatli va ta’lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi uchun xavfsiz hamda inkluziv ta’lim-tarbiya muhitini yaratish
  2. Bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishidan qat’i nazar erkin rivojlanishi, o‘z fikrlarini bildirish mumkin bo‘lgan o‘zaro hurmat muhitini yaratish
  3. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning har tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini oshirishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhit yaratish
  4. Jinsi, etnik kelib chiqishi, madaniyati, tilidan qat’i nazar, har bir bolaning o‘rganishi va ta’lim jarayonida ishtirok etishi uchun imkoniyatlar yaratish
Javobni ko'rish
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning har tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini oshirishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhit yaratish
QuizPilotda o'ynash