QuizPilotFanlarTibbiyot
Tibbiyot

1-mavzu embriologiya

muallif: mirzabaxromov_sh · 10 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Quyidagi o’zgarishlarning qaysi biri yangi organizm shakllanishining 3-8-haftalarida sodir bo’ladi?
  1. Zigota bachadon endometriysiga yopishadi
  2. Urug’lanish sodir bo’ladi
  3. Ikkita embrional qavat shakllanadi
  4. Uchta qavat embrional qavatlar shakllanadi
Javobni ko'rish
Uchta qavat embrional qavatlar shakllanadi
#2
Quyidagi fikrlardan qaysi biri permanent hujayralarga tegishli?
  1. organizm hayoti mobaynida to‘xtovsiz ravishda bo‘linib turadi
  2. ushbu hujayralardan tuzilgan organlarda regeneratsiya hodisasi amalga oshmaydi
  3. hujayraga qandaydir o‘sish faktorlaridan birining biologik signali natijasida G1 fazasiga chiqadi
  4. teri rangining qish faslida va yoz faslida sezilarli o‘zgarib turishi shunday hujayralarning faoliyati natijasida yuzaga keladi
Javobni ko'rish
ushbu hujayralardan tuzilgan organlarda regeneratsiya hodisasi amalga oshmaydi
#3
Jinsiy ko’payishning qaysi davrida gametogenez va gametalar transferi sodir bo’ladi?
  1. Postfertilizatsiya
  2. Prefertilizatsiya
  3. Organogenez
  4. Gastrulyatsiya
Javobni ko'rish
Prefertilizatsiya
#4
Interfazaning qaysi bosqichida hujayra o‘z yadrosida DNK ning to‘liq nusxasini sintez qiladi?
  1. G1
  2. Profaza I
  3. Metafaza
  4. S (sintez)
Javobni ko'rish
S (sintez)
#5
Mitozning qaysi bosqichida xromosoma spirallashib (kondensatsiyalanib), ixcham shaklga kiradi, shuningdek yadro qobig‘i parchalanib, xromosomalar hujayra sitoplazmasiga chiqadi?
  1. Prometafaza
  2. Telofaza
  3. Anafaza
  4. Metafaza
Javobni ko'rish
Prometafaza
#6
Quyidagi o’zgarishlarning qaysi biri anafazada sodir bo’ladi?
  1. Har bir xromosomadagi kinetoxor oqsil urchuqning qarama-qarshi ikkala qutbidagi mikronaychalarga to‘liq birikadi
  2. Mikronaychalar xromosomalarga har bir qiz xromatidaning sentromerasida joylashgan kinetoxor nomli oqsil to‘plami orqali bog‘lanadi
  3. Bir xromosomadagi ikki qiz xromatidalarni birgalikda ushlab turuvchi oqsillar parchalanib, bir-biridan ajrala boshlaydi
  4. Yadro qobig‘i parchalanib, xromosomalar hujayra sitoplazmasiga chiqadi.
Javobni ko'rish
Bir xromosomadagi ikki qiz xromatidalarni birgalikda ushlab turuvchi oqsillar parchalanib, bir-biridan ajrala boshlaydi
#7
Meyozning profaza I bosqichidagi konyugatsiya jarayonida gomologik xromosomalar orasida xromosoma qismlarining o‘zaro almashinuv hodisasi nima deb ataladi?
  1. Fertilizatsiya
  2. Gametogenez
  3. Ovogenez
  4. Krossingover
Javobni ko'rish
Krossingover
#8
Meyoz I va meyoz II orasida qisqa vaqtda sodir bo’ladigan interkinezni interfazadan farqi qanday?
  1. DNK reduplikatsiyasi amalga oshmasligi
  2. Krossingover sodir bo’lishi
  3. DNK miqdorining ikki barovar ortishi
  4. Konyugatsiya jarayoni sodir bo’ladi
Javobni ko'rish
DNK reduplikatsiyasi amalga oshmasligi
#9
Tadqiqotchi odam hujayralarning o’sib-rivojlanish bosqichlarini o’rganish mobaynida anafaza I bosqichidagi hujayralarni ajratib oldi. Bu hujayralarda nechtadan xromosoma bo’ladi?
  1. 23
  2. 92
  3. 22
  4. 46
Javobni ko'rish
23
#10
45 yoshli erkak jigarning sektoral rezeksiyasi amaliyotini o’tkazdi. Ma’lum bir muddatdan keyin jigar o’zining butunligini morfologik jihatdan tiklaganligi aniqlandi. Bu jarayonni qanday izohlaysiz?
  1. Gepatotsitlarning G0 fazasidan chiqishi hisobiga
  2. Fertilizatsiya bosqichi hisobiga
  3. Konyugatsiya jarayoni sodir bo’lganligi uchun
  4. Biriktiruvchi to’qimaning o’sishi hisobiga yuzaga kelgan
Javobni ko'rish
Gepatotsitlarning G0 fazasidan chiqishi hisobiga
QuizPilotda o'ynash