O'zbekiston tarixi
7_sinf_Ozbekiston_tarixi_1-7_mavzular_50_murakkab_test_tuzuvchilar https://t.me/tarix_formula2026 Manuchehr Ahmadaliyev
muallif: History_M13 · 50 ta savol ·
0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Yevropa va Turon tarixida o‘rta asrlarning boshlanishi to‘g‘ri qiyoslangan javobni aniqlang.
- Har ikkala hududda ham o‘rta asrlar aynan 476-yildan boshlangan
- Yevropada VIII asr boshidagi Arab xalifaligi hukmronligi; Turonda IX asrdagi ilm-fan yuksalishi
- Yevropada IV asr oxiri; Turonda 476-yildagi Rim imperiyasining qulashi
- Yevropada 476-yildagi Rim imperiyasining qulashi; Turonda IV asr oxiri - V asr o‘rtalarida yangi qabila
Javobni ko'rish
Yevropada 476-yildagi Rim imperiyasining qulashi; Turonda IV asr oxiri - V asr o‘rtalarida yangi qabila
#2
Darslikda “o‘rta asrlar” tushunchasining Turon tarixiga shartli ravishda qo‘llanishiga asosiy sabab sifatida nima ko‘rsatilgan?
- Sharqda yer-mulk munosabatlarining azaldan jamoaviy asoslarda rivojlanganligi
- Sharqda Rim huquqi to‘liq amal qilganligi
- Turonda shaharlar faqat IX asrdan boshlab paydo bo‘lganligi
- Turonda xususiy mulkchilik umuman bo‘lmaganligi
Javobni ko'rish
Sharqda yer-mulk munosabatlarining azaldan jamoaviy asoslarda rivojlanganligi
#3
O‘rta asrlarning darslikda berilgan davrlashtirilishini toping.
- Ilk - IV-VIII asrlar; rivojlangan - IX-XV asrlar; so‘nggi - XVI-XIX asrlar
- Ilk - III-VI asrlar; rivojlangan - VII-XII asrlar; so‘nggi - XIII-XVIII asrlar
- Ilk - V-IX asrlar; rivojlangan - X-XV asrlar; so‘nggi - XVI-XX asrlar
- Ilk - IV-VII asrlar; rivojlangan - VIII-XIII asrlar; so‘nggi - XIV-XIX asrlar
Javobni ko'rish
Ilk - IV-VIII asrlar; rivojlangan - IX-XV asrlar; so‘nggi - XVI-XIX asrlar
#4
Hudud nomlarining qo‘llanish davri to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
- Xuroson - faqat temuriylar davridan; Turon - XIX asrdan; O‘rta Osiyo - Kushonlar davridan
- Turon - arablar davridan; Movarounnahr - XVIII-XIX asrdan; Markaziy Osiyo - qadimdan
- Turon - qadimiy nom; Movarounnahr va Xuroson - arablar davridan; O‘rta yoki Markaziy Osiyo - XVIII-XIX asr
- Barcha nomlar bir vaqtda, IV asrda paydo bo‘lgan
Javobni ko'rish
Turon - qadimiy nom; Movarounnahr va Xuroson - arablar davridan; O‘rta yoki Markaziy Osiyo - XVIII-XIX asr
#5
Ilk o‘rta asrlardagi ijtimoiy tabaqalar haqidagi mosliklardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Dehqon - hunarmand; kashovarz - savdogar; kadivar - chorvador; chokar - mirob
- Dehqon - yersiz ziroatchi; kashovarz - harbiy posbon; kadivar - qishloq hokimi; chokar - ruhoniy
- Dehqon - ruhoniy; kashovarz - saroy amaldori; kadivar - erkin yer egasi; chokar - soliqchi
- Dehqon - qishloq hokimi va katta yer egasi; kashovarz - erkin ziroatchi; kadivar - dehqonga qaram aholi;
Javobni ko'rish
Dehqon - qishloq hokimi va katta yer egasi; kashovarz - erkin ziroatchi; kadivar - dehqonga qaram aholi;
#6
VI asrda unumdor yerlar va suv taqsimotining qabila boshliqlari hamda ishboshilar nazoratiga o‘tishi qanday jarayonni kuchaytirdi?
- Ularning ziroatchi aholi ustidan hukmronligini va katta yer egaligining shakllanishini
- Barcha yerlarning teng taqsimlanishini va tabaqalanishning yo‘qolishini
- Savdo yo‘llarining yopilib, chorvachilikning tugashini
- Shaharlarning butunlay bo‘shab qolishini
Javobni ko'rish
Ularning ziroatchi aholi ustidan hukmronligini va katta yer egaligining shakllanishini
#7
Ahmadali Asqarov keltirgan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi antik davrdagi tub o‘zgarishlarning ikki asosiy natijasi qaysilar?
- Arab xalifaligining II-IV asrlardayoq o‘rnatilishi
- Mahalliy hokimliklarning tugatilishi va barcha hududlarning bir markazga bo‘ysunishi
- Dehqonchilik viloyatlarida o‘nlab mahalliy hokimliklarning tashkil topishi va ularning yiriklashish jarayonining
- Sug‘orma dehqonchilikning yo‘qolishi va ko‘chmanchilikning to‘liq ustunligi
Javobni ko'rish
Dehqonchilik viloyatlarida o‘nlab mahalliy hokimliklarning tashkil topishi va ularning yiriklashish jarayonining
#8
IV-VII asrlarda Xorazm xo‘jaligi va madaniyatiga oid darslik ma’lumotlari to‘liq berilgan qatorni toping.
- Savdo aloqalari faqat Xitoy bilan olib borilgan
- Faqat chorvachilik va ovchilik mavjud bo‘lgan, shahar hunarmandchiligi bo‘lmagan
- Dehqonchilik rivojlanmagan, aholi faqat baliq ovlash bilan shug‘ullangan
- Sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiq, ilm-fan, san’at va haykaltaroshlik
Javobni ko'rish
Sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiq, ilm-fan, san’at va haykaltaroshlik
#9
Amudaryoning Xorazm hayotidagi o‘rni darslikda qanday izohlangan?
- U Xorazmga yetmasdan butunlay qurib qoladi
- U faqat dengiz savdosi uchun xizmat qilgan
- Surxon qo‘shilgan joydan quyida irmoqsiz sahrolardan oqib, Xorazmni suv bilan ta’minlaydigan hayotbaxsh
- Uning suvi dehqonchilikda ishlatilmagan
Javobni ko'rish
Surxon qo‘shilgan joydan quyida irmoqsiz sahrolardan oqib, Xorazmni suv bilan ta’minlaydigan hayotbaxsh
#10
Tuproqqal’a haqidagi raqamli ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
- Shahar maydoni 21 gektar, qasr balandligi 17 metr
- Shahar maydoni 17 gektar, qasr balandligi 21 metr
- Shahar maydoni 25 gektar, xorazmshohlar qasrining balandligi 25 metr
- Shahar maydoni 18 gektar, qasr balandligi 25 metr
Javobni ko'rish
Shahar maydoni 25 gektar, xorazmshohlar qasrining balandligi 25 metr
#11
Milodiy 305-yildagi voqealar ketma-ketligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
- Afrig‘ qarorgohini Katga ko‘chirdi, Alfir qasri ichida yangi saroy qurdirdi va Afrig‘iylar mustaqil tanga zarbini
- Afrig‘ Tuproqqal’ani tark etib Balxga ko‘chdi va Gupta tangalarini zarb qildi
- Afrig‘ Poykandni poytaxt qilib, Vizantiya bilan savdoni boshladi
- Afrig‘ Samarqandga ko‘chib, sosoniy tangalaridan foydalanishni taqiqladi
Javobni ko'rish
Afrig‘ qarorgohini Katga ko‘chirdi, Alfir qasri ichida yangi saroy qurdirdi va Afrig‘iylar mustaqil tanga zarbini
#12
Afrig‘iy podshohlar tangalaridagi tasvirlar qanday joylashtirilgan?
- Old tomonida kamonchi, orqa tomonida ibodatxona
- Old tomonida burgut, orqa tomonida baliq
- Old tomonida savdogar, orqa tomonida qal’a
- Old tomonida shoh, orqa tomonida suvoriy
Javobni ko'rish
Old tomonida shoh, orqa tomonida suvoriy
#13
Afrig‘iylar sulolasi va Xorazm hukmronlik ramzlari haqidagi to‘g‘ri javobni toping.
- Afrig‘iylar IX-XIII asrlarda hukmronlik qilgan; baliq va qayiqlar ramz bo‘lgan
- Afrig‘iylar I-III asrlarda hukmronlik qilgan; ot va tuya ramz bo‘lgan
- Afrig‘iylar III-X asrlarda hukmronlik qilgan; burgut va lochin hukmronlik ramzi bo‘lgan
- Afrig‘iylar V-VI asrlarda hukmronlik qilgan; sher va yo‘lbars ramz bo‘lgan
Javobni ko'rish
Afrig‘iylar III-X asrlarda hukmronlik qilgan; burgut va lochin hukmronlik ramzi bo‘lgan
#14
Xorazmdagi ta’lim-tarbiya va diniy hayotga oid qaysi fikr darslikka mos?
- Mobadlar faqat soliq yig‘ish bilan shug‘ullangan
- Zardushtiylik IV asrdayoq yo‘qolib, ta’lim faqat savdogarlar qo‘lida bo‘lgan
- VIII asrgacha zardushtiylik ta’siri kuchli bo‘lib, mobadlar o‘qish, yozish, jang san’ati va rostgo‘ylikni o‘rgatgan
- Bolalarga yozish taqiqlanib, faqat ovchilik o‘rgatilgan
Javobni ko'rish
VIII asrgacha zardushtiylik ta’siri kuchli bo‘lib, mobadlar o‘qish, yozish, jang san’ati va rostgo‘ylikni o‘rgatgan
#15
Xubbi haqidagi afsonaga mos keladigan javobni aniqlang.
- U savdo homiysi bo‘lib, Poykandda yashagan
- U suvning saqlovchisi sifatida qadrlangan, cho‘kayotganlarni qutqargan va Jamshid taxtga o‘tirgach g‘oyib
- U faqat chorvadorlarning afsonaviy qahramoni bo‘lgan
- U olov ilohi bo‘lib, Afrig‘ taxtga o‘tirgach paydo bo‘lgan
Javobni ko'rish
U suvning saqlovchisi sifatida qadrlangan, cho‘kayotganlarni qutqargan va Jamshid taxtga o‘tirgach g‘oyib
#16
Xioniylar davlatiga oid ma’lumotlar to‘g‘ri jamlangan qatorni toping.
- V asrda Balxdan chiqib, faqat Xorazmda 75 yil hukmronlik qilgan
- VI asrda Poykandni egallab, Vizantiyada davlat tuzgan
- III asrda Hindistondan kelib, Turonda atigi 20 yil hukmronlik qilgan
- IV asrda Zarafshon vohasini egallab, markazi Toxariston bo‘lgan katta davlat tuzgan; ayrim tadqiqotchilar
Javobni ko'rish
IV asrda Zarafshon vohasini egallab, markazi Toxariston bo‘lgan katta davlat tuzgan; ayrim tadqiqotchilar
#17
Tarixchi K. Trever fikricha, xioniylar qachon kuchaygan pallasiga kirgan?
- V asrning 20-yillarida
- 484-yilda
- IV asrning 70-yillarida
- 456-yilda
Javobni ko'rish
IV asrning 70-yillarida
#18
Kidariylarning Turonga kirib kelish yo‘li va davri qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- III asrda Erondan Xuroson orqali Balxga
- VI asr boshlarida Hindistondan Farg‘ona orqali Chochga
- V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga
- IV asrning 70-yillarida g‘arbdan Kaspiy orqali Samarqandga
Javobni ko'rish
V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga
#19
Toxarlar nima sababdan “kidariylar” deb atalgan?
- Ularning poytaxti Kidara shahri bo‘lgani uchun
- Ularga Kidar ismli hukmdor boshchilik qilgani uchun
- Tangalaridagi yozuv faqat “Kidar” so‘zidan iborat bo‘lgani uchun
- Ular Kidar daryosi bo‘yida yashagani uchun
Javobni ko'rish
Ularga Kidar ismli hukmdor boshchilik qilgani uchun
#20
Kidariylar davlatining shakllanishi to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang.
- Sosoniylar davlatining g‘arbiy qismida hukmronlik o‘rnatib, Buxoroni poytaxt qilgan
- Xioniylar davlatining janubiy qismida hukmronlik o‘rnatib, Balxni poytaxtga aylantirgan
- Afrig‘iylar davlatini egallab, Katni poytaxt qilgan
- Eftaliylar davlatining shimoliy qismida hukmronlik o‘rnatib, Poykandni poytaxt qilgan
Javobni ko'rish
Xioniylar davlatining janubiy qismida hukmronlik o‘rnatib, Balxni poytaxtga aylantirgan
#21
Manbalardagi Sidolo haqidagi ma’lumot qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
- Sidolo sosoniylar hujumi tufayli Katga ko‘chgan
- Yuechjilar hukmdori Sidolo jujanlar hujumi tufayli qarorgohini Bolo (Balx)ga ko‘chirgan
- Sidolo Vizantiya bosimi tufayli Samarqandga ko‘chgan
- Sidolo eftaliylar hujumi tufayli Poykandga ko‘chgan
Javobni ko'rish
Yuechjilar hukmdori Sidolo jujanlar hujumi tufayli qarorgohini Bolo (Balx)ga ko‘chirgan
#22
Kidarning Shimoliy Hindistondagi yurishlari natijasi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
- Gandhardan shimoldagi beshta davlatni bo‘ysundirgan, kidariylar Gupta davlatini egallab Hindistonda 75 yil
- Gupta davlatidan yengilib, darhol Balxga qaytgan
- Hindistonga yurish qilmagan, faqat Xorazm bilan savdo qilgan
- Faqat bitta shaharni egallab, 20 yil hukmronlik qilgan va Eronga elchi yuborgan
Javobni ko'rish
Gandhardan shimoldagi beshta davlatni bo‘ysundirgan, kidariylar Gupta davlatini egallab Hindistonda 75 yil
#23
456-yildagi kidariylar tarixiga oid voqea qaysi?
- Pero‘z eftaliylarga qarshi urushda halok bo‘lgan
- Afrig‘ Katga ko‘chgan
- Sosoniylar bilan to‘qnashuvda kidariylar yengilgan
- Vizantiya elchisi Poykandga kelgan
Javobni ko'rish
Sosoniylar bilan to‘qnashuvda kidariylar yengilgan
#24
Kidariylar tangalariga oid to‘g‘ri ma’lumotni belgilang.
- Faqat sug‘d yozuvida zarb etilgan va ularda “Madina at-tujjor” yozuvi bo‘lgan
- Faqat misdan zarb etilib, yozuvsiz bo‘lgan
- Tangalar faqat Vizantiyada chiqarilgan
- Braxmiy yozuvida zarb etilgan, “Kidara Kushon sha” yozuvi uchraydi va ayrim tangalar ikki hokim tomonidan
Javobni ko'rish
Braxmiy yozuvida zarb etilgan, “Kidara Kushon sha” yozuvi uchraydi va ayrim tangalar ikki hokim tomonidan
#25
Eftaliylar nomining kelib chiqishi qaysi javobda to‘g‘ri tushuntirilgan?
- Eftalon ismli shoh nomidan olingan, u Vaxshunvar deb ham atalgan
- Baqtriya alifbosidagi 25-harfdan olingan
- Eftal nomli shahar nomidan olingan, uning ikkinchi nomi Pero‘z bo‘lgan
- Poykandning qadimgi nomidan kelib chiqqan
Javobni ko'rish
Eftalon ismli shoh nomidan olingan, u Vaxshunvar deb ham atalgan
#26
Eftaliylar davlatining dastlabki markazlari va hududi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
- Dastlabki poytaxtlari Samarqand va Naxshab; hududi faqat Sug‘diyonadan iborat bo‘lgan
- Dastlabki poytaxtlari Kat va Tuproqqal’a; hududi faqat Xorazmdan iborat bo‘lgan
- Dastlabki poytaxtlari Buxoro yaqinidagi Poykent va Varaxsha; hududiga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston,
- Dastlabki poytaxtlari Balx va Gandhar; hududi faqat Hindistonni qamrab olgan
Javobni ko'rish
Dastlabki poytaxtlari Buxoro yaqinidagi Poykent va Varaxsha; hududiga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston,
#27
Eftaliylar davlatida taxt vorisligi qanday amalga oshirilgan?
- Hokimiyat har yili savdogarlar orasida qur’a bilan taqsimlangan
- Taxt faqat hukmdorning to‘ng‘ich o‘g‘liga o‘tgan
- Taxt avtomatik ravishda avloddan avlodga o‘tmagan, suloladan loyiq nomzodni mo‘tabar kishilar va obro‘li
- Hukmdorni Vizantiya imperatori tayinlagan
Javobni ko'rish
Taxt avtomatik ravishda avloddan avlodga o‘tmagan, suloladan loyiq nomzodni mo‘tabar kishilar va obro‘li
#28
Eftaliylar davridagi mahalliy boshqaruvga oid to‘g‘ri fikrni belgilang.
- Mahalliy hokimlarga tanga zarb etish qat’iyan taqiqlangan
- Viloyatlar Sho (shoh)ga tobe mahalliy xonadonlar tomonidan boshqarilgan va ular o‘z kumush yoki mis
- Barcha viloyatlar faqat poytaxtdan yuborilgan rimlik amaldorlar tomonidan boshqarilgan
- Viloyatlarda boshqaruv bo‘lmagan, faqat harbiy qarorgohlar mavjud bo‘lgan
Javobni ko'rish
Viloyatlar Sho (shoh)ga tobe mahalliy xonadonlar tomonidan boshqarilgan va ular o‘z kumush yoki mis
#29
Sosoniylar shohi Pero‘zning eftaliylarga qarshi yurishi qachon uning halokati bilan tugagan?
- 568-yilda
- 305-yilda
- 484-yilda
- 456-yilda
Javobni ko'rish
484-yilda
#30
Eftaliylar davrida dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik ravnaqining asosiy omili nima edi?
- Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi
- Barcha tashqi savdo yo‘llarining yopilishi
- Faqat harbiy yurishlarning ko‘payishi
- Shaharlarning qishloqlarga ko‘chirilishi
Javobni ko'rish
Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi
#31
Ipak yo‘li savdosida eftaliylar siyosati va sug‘diylarning roli to‘g‘ri ifodalangan qatorni toping.
- Ipak yo‘li faqat Xorazm ichki savdosiga xizmat qilgan
- Eftaliylar Ipak yo‘lini butunlay yopgan, sug‘diylar faqat dehqonchilik bilan shug‘ullangan
- Eftaliylar tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lib yo‘lni nazorat qilishga intilgan, sosoniy savdogarlari bilan
- Savdoda vositachilikni faqat Vizantiya askarlari bajargan
Javobni ko'rish
Eftaliylar tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lib yo‘lni nazorat qilishga intilgan, sosoniy savdogarlari bilan
#32
Eftaliylar davridagi pul muomalasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
- Barcha tangalar faqat Balxda zarb etilgan
- Dastlab sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan foydalanilgan, ichki savdoda Buxoro, Poykand,
- Faqat Rim oltin tangalari ishlatilgan
- Pul muomalasi bo‘lmagan, savdo faqat ayirboshlash orqali olib borilgan
Javobni ko'rish
Dastlab sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan foydalanilgan, ichki savdoda Buxoro, Poykand,
#33
Turon shishasozligi haqidagi to‘g‘ri xulosani toping.
- Turon shishalari rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi bilan Vizantiya shishasidan ustun bo‘lgan va Xitoy
- Vizantiya shishalari Turonda ishlab chiqarilgan
- Shishasozlik Turonda faqat XIII asrda paydo bo‘lgan
- Turon shishalari faqat qora rangda bo‘lgan va tashqariga chiqarilmagan
Javobni ko'rish
Turon shishalari rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi bilan Vizantiya shishasidan ustun bo‘lgan va Xitoy
#34
Eftaliylar davridagi til muhiti to‘g‘ri yoritilgan javobni belgilang.
- Turkiy til savdoda taqiqlangan
- Barcha aholi faqat lotin tilida so‘zlashgan
- Aholining bir qismi sug‘d, ikkinchi qismi turkiy tilda so‘zlashgan; sug‘d tili Yettisuv, Farg‘ona, Sharqiy Turkiston
- Sug‘d tili faqat Xorazm ichida ishlatilgan
Javobni ko'rish
Aholining bir qismi sug‘d, ikkinchi qismi turkiy tilda so‘zlashgan; sug‘d tili Yettisuv, Farg‘ona, Sharqiy Turkiston
#35
Eftaliylar yozuviga oid to‘g‘ri ma’lumot qaysi?
- Alifbo braxmiy yozuvi asosida shakllangan va 17 harfdan iborat bo‘lgan
- Alifbo Baqtriya yozuvi asosida shakllangan va 25 harfdan iborat bo‘lgan
- Eftaliylar yozuvdan foydalanmagan
- Alifbo sug‘d yozuvi asosida shakllangan va 21 harfdan iborat bo‘lgan
Javobni ko'rish
Alifbo Baqtriya yozuvi asosida shakllangan va 25 harfdan iborat bo‘lgan
#36
Eftaliylar davrida qizlarning ta’lim-tarbiyasiga oid darslik ma’lumoti qaysi?
- Qizlarga har qanday jismoniy mashq taqiqlangan
- Qizlar faqat tanga zarb qilishni o‘rgangan
- Qizlar faqat diniy marosimlarda qatnashgan
- Qizlar ham otda yurish va kamondan o‘q otish kabi jismoniy mashqlarga jalb qilingan
Javobni ko'rish
Qizlar ham otda yurish va kamondan o‘q otish kabi jismoniy mashqlarga jalb qilingan
#37
Eftaliylar davlatidagi diniy e’tiqodlar to‘liqroq berilgan qatorni toping.
- Faqat zardushtiylik mavjud bo‘lib, boshqa e’tiqodlar taqiqlangan
- Faqat buddaviylik va yahudiylik bo‘lgan
- Davlatda diniy e’tiqod umuman bo‘lmagan
- Zardushtiylik asosiy bo‘lib, tangrichilik, buddaviylik, moniylik, mazdakiylik ham tarqalgan; shaharlarda
Javobni ko'rish
Zardushtiylik asosiy bo‘lib, tangrichilik, buddaviylik, moniylik, mazdakiylik ham tarqalgan; shaharlarda
#38
568-569-yillarda Vizantiya imperatori huzuridagi turk elchisi eftaliylar haqida qanday javob bergan?
- “Ular dengiz bo‘yida yashaydilar”
- “Ular faqat sahro ko‘chmanchilaridir”
- “Ular shaharlik sulolalar, oliy hazratlari”
- “Ular shaharlardan butunlay voz kechganlar”
Javobni ko'rish
“Ular shaharlik sulolalar, oliy hazratlari”
#39
Panjikentning V asrdagi rivoji haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
- Qadimiy qishloq o‘rnida 18 gektarlik yangi shahar barpo etilib, keyinchalik mudofaa istehkomlari, ibodatxona,
- 17 gektarlik savdo qishlog‘i bo‘lib, mudofaa devori bo‘lmagan
- 21 gektarlik poytaxt bo‘lib, yetti darvozasi bo‘lgan
- 25 gektarlik shahar bo‘lib, faqat qasrdan iborat bo‘lgan
Javobni ko'rish
Qadimiy qishloq o‘rnida 18 gektarlik yangi shahar barpo etilib, keyinchalik mudofaa istehkomlari, ibodatxona,
#40
Poykandning eftaliylar davridagi maqomi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
- Faqat diniy marosimlar o‘tkaziladigan kichik qishloq bo‘lgan
- Xorazmshohlar qasri joylashgan 25 gektarlik poytaxt bo‘lgan
- O‘rta asrlarda kengayib, uch qismli yirik markazga aylangan va “Madina at-tujjor” - “Savdogarlar shahri” deb
- Faqat harbiy qal’a bo‘lib, savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan
Javobni ko'rish
O‘rta asrlarda kengayib, uch qismli yirik markazga aylangan va “Madina at-tujjor” - “Savdogarlar shahri” deb
#41
IV-V asrlardagi Buxoroga oid raqamli va funksional ma’lumotlarni toping.
- Maydoni 17 gektar, darvozasiz, faqat qishloq xo‘jaligi markazi
- Maydoni 25 gektar, uch darvozali, faqat diniy markaz
- Maydoni 21 gektar, yetti darvozali, yirik madaniy-iqtisodiy va savdo-tranzit markazi
- Maydoni 18 gektar, besh darvozali, faqat harbiy markaz
Javobni ko'rish
Maydoni 21 gektar, yetti darvozali, yirik madaniy-iqtisodiy va savdo-tranzit markazi
#42
Zartepa shahri haqidagi to‘g‘ri ma’lumot qaysi?
- Panjikentdagi 18 gektarlik ibodatxona majmuasi
- Xorazmdagi 25 gektarlik qasr shahri
- Buxoro yaqinida joylashgan 21 gektarlik poytaxt
- Termiz atrofida joylashgan, qadimda kichik manzilgoh bo‘lib, IV-V asrlarda 17 gektarlik yirik shaharga
Javobni ko'rish
Termiz atrofida joylashgan, qadimda kichik manzilgoh bo‘lib, IV-V asrlarda 17 gektarlik yirik shaharga
#43
Ilk o‘rta asrlar me’morchilik namunalarining hududiy mosligini toping.
- Zahoki Maron - Xorazm; Shahri Vayron - Naxshab; Fir qal’asi - Buxoro
- Uchala yodgorlik ham faqat Samarqandda joylashgan
- Zahoki Maron - Naxshab; Shahri Vayron - Buxoro; Fir qal’asi - Xorazm
- Zahoki Maron - Panjikent; Shahri Vayron - Termiz; Fir qal’asi - Poykand
Javobni ko'rish
Zahoki Maron - Naxshab; Shahri Vayron - Buxoro; Fir qal’asi - Xorazm
#44
Tangalar tasvirining hududlar bo‘yicha mosligini aniqlang.
- Buxoro Sug‘di - o‘ng tomonda hukmdor; Samarqand Sug‘di - orqa tomonda tik turgan kamonchi; Naxshab -
- Barcha hududlarda bir xil tasvir - faqat hukmdor boshi bo‘lgan
- Barcha tangalar tasvirsiz zarb etilgan
- Buxoro Sug‘di - otliq chavandoz; Samarqand Sug‘di - baliq; Naxshab - ibodatxona; Xorazm - kamonchi
Javobni ko'rish
Buxoro Sug‘di - o‘ng tomonda hukmdor; Samarqand Sug‘di - orqa tomonda tik turgan kamonchi; Naxshab -
#45
V asrda barpo etilgan yirik sug‘orish tarmoqlari to‘g‘ri berilgan javobni toping.
- Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon
- Nil, Frot va Dajla
- Surxon, Vaxsh va Qashqadaryo
- Zog‘ariq (Zovariq), Bo‘zsuv va Darg‘om
Javobni ko'rish
Zog‘ariq (Zovariq), Bo‘zsuv va Darg‘om
#46
Shaharlarning maydoni kattadan kichikka to‘g‘ri joylashtirilgan qatorni aniqlang.
- Zartepa - 25 ga; Panjikent - 21 ga; Tuproqqal’a - 18 ga; Buxoro - 17 ga
- Buxoro - 25 ga; Tuproqqal’a - 21 ga; Zartepa - 18 ga; Panjikent - 17 ga
- Panjikent - 25 ga; Zartepa - 21 ga; Buxoro - 18 ga; Tuproqqal’a - 17 ga
- Tuproqqal’a - 25 ga; Buxoro - 21 ga; Panjikent - 18 ga; Zartepa - 17 ga
Javobni ko'rish
Tuproqqal’a - 25 ga; Buxoro - 21 ga; Panjikent - 18 ga; Zartepa - 17 ga
#47
Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring: 1) Pero‘zning halokati; 2) Afrig‘ning Katga ko‘chishi; 3) kidariylarning sosoniylardan yengilishi; 4) xioniylarning kuchaygan pallasi; 5) turk elchisining Vizantiya imperatori huzurida bo‘lishi.
- 2 - 4 - 3 - 1 - 5
- 2 - 3 - 4 - 1 - 5
- 4 - 2 - 1 - 3 - 5
- 4 - 3 - 2 - 5 - 1
Javobni ko'rish
2 - 4 - 3 - 1 - 5
#48
Quyidagi sabab-natija bog‘lanishlaridan qaysi biri darslik mazmuniga mos?
- Mahalliy tangalar zarbi -> ichki savdoning tugashi -> natural xo‘jalikka qaytish
- Yer va suv nazoratining qabila boshliqlari qo‘liga o‘tishi -> dehqonlarning kuchayishi -> kashovarz, kadivar va
- Savdo yo‘llarining rivoji -> shaharlarning yo‘qolishi -> dehqonchilikning to‘xtashi
- Sug‘orish inshootlarining qurilishi -> yerlarning tashlab ketilishi -> aholi sonining kamayishi
Javobni ko'rish
Yer va suv nazoratining qabila boshliqlari qo‘liga o‘tishi -> dehqonlarning kuchayishi -> kashovarz, kadivar va
#49
Eftaliylar boshqaruvi haqida berilgan fikrlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
- Viloyatlarni mahalliy xonadonlar boshqargan
- Nomzodni sulola mo‘tabarlari va obro‘li a’yonlar kengashi tanlagan
- Davlat harbiy kuchga tayangan va ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan
- Taxt doimo hukmdorning to‘ng‘ich o‘g‘liga meros bo‘lib o‘tgan
Javobni ko'rish
Taxt doimo hukmdorning to‘ng‘ich o‘g‘liga meros bo‘lib o‘tgan
#50
Davlatlar haqidagi qaysi qator noto‘g‘ri tuzilgan?
- Kidariylar - V asrning 20-yillari - Balx poytaxt - Hindistonda 75 yil hukmronlik
- Afrig‘iylar - V-VI asrlar - Panjikent - 568-569-yillardagi Vizantiya elchiligi
- Xioniylar - IV asr - markazi Toxariston bo‘lgan katta davlat - 120 yildan ortiq hukmronlik
- Eftaliylar - V asr boshlarida kirib kelgan - Poykent va Varaxsha dastlabki poytaxtlar - 484-yilda Pero‘z halok
Javobni ko'rish
Afrig‘iylar - V-VI asrlar - Panjikent - 568-569-yillardagi Vizantiya elchiligi
QuizPilotda o'ynash