Iqtisodiyot

iqtisod-nazariya-test-100

muallif: Baxtinisohappy · 100 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Yalpi ichki mahsulot qiymatini aniqlashda qanday usul qo'llaniladi?
  1. Ulgurji narxlarda hisoblangan YaMM.
  2. Qo'shilgan qiymat usuli, xarajatlar usuli, maksimumlar usuli
  3. Daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo'shilgan qiymat usuli, maksimumlar usuli.
  4. Xarajatlar usuli
Javobni ko'rish
Daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo'shilgan qiymat usuli, maksimumlar usuli.
#2
Ekstensiv iqtisodiy o'sishga qanday erishiladi?
  1. Ishchi kuchiga yuqori darajada ish haqi to'lash tufayli
  2. Xalq xo'jaligi tovarlari importini kuchaytirish
  3. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatdan takomillashtirish tufayli
  4. Ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli
#3
Intensiv iqtisodiy o'sishga qanday erishiladi?
  1. Takomillashgan texnika-texnologiyadan foydalanish tufayli.
  2. Ishlab chiqarish omillarini samaradorlikni oshirish orqali
  3. Barchasi to’g'ri
  4. Progressiv ishlab chiqarish vositalari va yangi texnikani qo'llash orqali
Javobni ko'rish
Barchasi to’g'ri
#4
Soliq stavkasi qanday aniqlanadi?
  1. Soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga ko'paytmasi
  2. Soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga nisbatining foizdagi ifodasidir
  3. Soliqlar davlat va mahalliy hoqimiyat tomonidan huquqiy shaxslar daromadining bir qismini
  4. Soliq olinadigan daromad summasidan soliq summasi ayriladi
Javobni ko'rish
Soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga nisbatining foizdagi ifodasidir
#5
O'zbekiston Respublikasining bank tizimi necha bo'g'indan iborat?
  1. Markaziy bank va aktsionerlik-tijorat banklari
  2. Davlat, xususiy, chet el va tijorat banklari
  3. To'g'ri javob yo'q.
  4. Tijorat va xususiy banklar
Javobni ko'rish
Markaziy bank va aktsionerlik-tijorat banklari
#6
Pul emissiyasi nima ma'noni anglatadi?
  1. To'g'ri javob yo'q.
  2. Iqtisodiyotga qo'shimcha pul massasini chiqarish
  3. Iqtisodiyotdan qo'shimcha pul massasini yig'ib olish
  4. Pullarni almashtirish
Javobni ko'rish
Iqtisodiyotga qo'shimcha pul massasini chiqarish
#7
Subsidiya nima?
  1. Moliyaviy nochor korxonalarni iqtisodiy jihatdan quvvatlash vositasi
  2. Ish haqi darajasini oshirishda.
  3. Ijtimoiy fondlarga to'lovlar
  4. Baholar orasidagi farqni korxona tomonidan qoplab berilishi
Javobni ko'rish
Moliyaviy nochor korxonalarni iqtisodiy jihatdan quvvatlash vositasi
#8
Aholi ehtiyojlarining qondirilish darajasi qanday aniqlanadi?
  1. Resurslarni samarali taqsimlash
  2. Aholi real daromadlari va ehtiyojlari taqqoslanadi
  3. Aholining haqiqiy iste'moli darajasi va yehtiyojlari taqqoslanadi
  4. Ularning talabi va yehtiyojlari taqqoslanadi
Javobni ko'rish
Aholi real daromadlari va ehtiyojlari taqqoslanadi
#9
Inflyasiyadan kimlar yutishi mumkin?
  1. Qarz olganlar
  2. Sug'urta yegalari, o'z hayotlarini sug'urta qilganlar.
  3. Qat'iy belgilangan daromad (pensiya, nafaqa, stipendiya, ish haqi kabi)lar
  4. Hisobiga yashovchi insonlar
Javobni ko'rish
Qarz olganlar
#10
Pulning aylanish tezligi nimaga ta'sir qiladi?
  1. Ayirboshlash kurslariga
  2. Tovarlar bahosiga
  3. Jahon puli
  4. Muomala uchun zarur pul miqdoriga
Javobni ko'rish
Muomala uchun zarur pul miqdoriga
#11
Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
  1. Faqat bozor iqtisodiyotiga
  2. An'anaviy iqtisodiyot
  3. Faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish hukmron bo'lgan jamiyatlarga
  4. Faqat an'anaviy iqtisodiyotiga
Javobni ko'rish
Faqat bozor iqtisodiyotiga
#12
.… - iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o'rtasidagi muqim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruriyatni taqozo qiluvchi sabab-oqibat, aloqa bog'lanishlaridir.
  1. Iqtisodiy qonun.
  2. Iqtisodiy kategoriya
  3. Iqtisodiy mexanizm
  4. Iqtisodiy hodisa
Javobni ko'rish
Iqtisodiy qonun.
#13
Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat'iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo'lgan uchta omil bo'lishi shart, ular qaysilar?
  1. Mehnat predmetlari, ishchi kuchi va tadbirkorlik
  2. Ishchi kuchi, kapital va tadbirkorlik
  3. Mehnat qurollari, ishchi kuchi va tadbirkorlik
  4. Ishchi kuchi, mehnat qurollari, mehnat predmetlari
Javobni ko'rish
Ishchi kuchi, mehnat qurollari, mehnat predmetlari
#14
… deb insonning mehnat qilishga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisiga aytiladi.
  1. Ishlash
  2. Mehnat resurslari
  3. Mehnat
  4. Ishchi kuchi
Javobni ko'rish
Ishchi kuchi
#15
Mehnat predmetlari nima?
  1. Mehnat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalarga aytiladi
  2. Bevosita mehnat ta'sir qiladigan, ya'ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir
  3. Insonning mehnat qila olish qobiliyatiinson uning yordamida tabiatga,
  4. Mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar
Javobni ko'rish
Mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar
#16
… - hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo'lgan umumiy ekvivalentdir.
  1. Foyda.
  2. Qiymat.
  3. Aksiya.
  4. Pul.
Javobni ko'rish
Pul.
#17
Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bajaradigan vazifalarga qaysi biri kirmaydi?
  1. To'lov vositasi
  2. Iste'mol vositasi
  3. Muomala vositasi
  4. Qiymat o'lchovi
Javobni ko'rish
Iste'mol vositasi
#18
Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar … ning rivojlanishiga asoslanadi.
  1. Ayirboshlash
  2. Ishlab chiqarish
  3. Taqsimot
  4. Iste'mol
Javobni ko'rish
Ayirboshlash
#19
Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo'ladi?
  1. Resurslarni tug'ri taqsimlashda
  2. Resurslar sifatining ijobiy o'zgarishi
  3. Pul daromadlarining notekis taqsimlanishida
  4. Erkinlikni ta'minlashda
Javobni ko'rish
Pul daromadlarining notekis taqsimlanishida
#20
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari keltirilgan qatorni belgilang.
  1. Boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish
  2. Moliya-kredit , narx-navo, islohoti
  3. Ijtimoiy islohotlar
  4. Agrar islohotlar va mulkiy munosabatlarni isloh qilish
Javobni ko'rish
Moliya-kredit , narx-navo, islohoti
#21
.… – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
  1. Iqtisodiy isohotlar
  2. Siyosiy islohotlar
  3. Sud-huquq sohasidagi islohotlar
  4. Ta'lim sohasidagi islohotlar
Javobni ko'rish
Iqtisodiy isohotlar
#22
Qaysi biri bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmining tarkibiy qismi hisoblanmaydi?
  1. Baho
  2. Tovar
  3. Talab
  4. Raqobat
Javobni ko'rish
Tovar
#23
Bozor infratuzilmasi nechta bo’g'indan iborat?
  1. 4
  2. 5
  3. 2
  4. 3
Javobni ko'rish
4
#24
… tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirladirda kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi degan ma'noni anglatadi.
  1. Tijorat
  2. Mahsulot
  3. Menejment
  4. Bozor
Javobni ko'rish
Bozor
#25
Tadbirkorlik tushunchasi qachon paydo bo'lgan?
  1. 20- asrdan boshlab
  2. 18- asrlardan boshlab
  3. 15- asrdan boshlab
  4. 10- asrdan boshlab
Javobni ko'rish
18- asrlardan boshlab
#26
… bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo'lgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
  1. Nominal ish haqi
  2. Real ish haqi
  3. Zaruriy ish haqi
  4. Etarli ish haqi
Javobni ko'rish
Real ish haqi
#27
… bu ma'lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
  1. Nominal ish haqi
  2. Zaruriy ish haqi
  3. Real ish haqi
  4. Etarli ish haqi
Javobni ko'rish
Nominal ish haqi
#28
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish nima yordamida amalga oshiriladi?
  1. Davlat tarif tizimi
  2. Mehnat unumdorligi
  3. Shtat birligi jadvali
  4. Korxona rahbariyati tashabbusi
Javobni ko'rish
Davlat tarif tizimi
#29
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo'lib o'rganish mumkin, ular...
  1. Egri va to'g'ri xarajatlar
  2. Bevosita va muomala xarajatlari
  3. Bevosita va bilvosita xarajatlar
  4. Doimiy va mavsumiy xarajatlar
Javobni ko'rish
Bevosita va bilvosita xarajatlar
#30
Ish haqini tashkil etishda uning qanday asosiy shakllari mavjud?
  1. Intensiv va ekstensiv
  2. Vaqtbay va ishbay
  3. Unumli va unumsiz
  4. Yalpi va donabay
Javobni ko'rish
Vaqtbay va ishbay
#31
Qishloq xo'jaligida yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan unumli foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar qanday ataladi?
  1. Demografik holat
  2. Agrar munosabatlar
  3. Ijtimoiy munosabatlar
  4. Iqtisodiy munosabatlar
Javobni ko'rish
Agrar munosabatlar
#32
Agrar munosabatlarning obekti nima?
  1. Yer
  2. Fermer xo'jaliklari
  3. Mehnatkash aholi
  4. Jismoniy va yuridik shaxslar
Javobni ko'rish
Yer
#33
Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi nima deyiladi?
  1. Yalpi foyda
  2. Daromad
  3. Sof daromad
  4. Yalpi daromad
Javobni ko'rish
Yalpi foyda
#34
..… tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste'molchiga yetkazilguncha ketadigan safrlarga aytiladi.
  1. Bevosita xarajatlar
  2. Muomala xarajatlari
  3. Mavsumiy xarajatlar
  4. Bilvosita xarajatlar
Javobni ko'rish
Muomala xarajatlari
#35
Qishoq xo'jaligi sohasida vujudga keladigan biznes nima deyiladi?
  1. Fermer xo'jaliklari
  2. Agrosanoat birlashmalari
  3. Agrofirmalar
  4. Agrobiznes
Javobni ko'rish
Agrobiznes
#36
.… – bu aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to'planib borilishi.
  1. Iste'mol
  2. Daromad
  3. Jamg'arma
  4. Foyda
Javobni ko'rish
Jamg'arma
#37
Narx darajasi va sotib olinadigan tovar miqdori o'rtasida bo'ladigan teskari bog'liqliq nima deb ataladi?
  1. Bozor narxi
  2. Bozor muvozanati
  3. Talab qonuni
  4. Taklif qonuni
Javobni ko'rish
Bozor narxi
#38
... - bozor subektlari iqtisodiy manfaatlarining to'qnashishidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi.
  1. Talab
  2. Marketing
  3. Narx
  4. Taklif
Javobni ko'rish
Narx
#39
Tovarlarning kishilarning biror bir ehtiyojini qondirish layoqati – bu:
  1. mutloq naflilik.
  2. qiyosiy naflilik
  3. naflilik
  4. keyingi naflilik
Javobni ko'rish
naflilik
#40
Shaxsiy iste’mol tovarlari nafliligi qanday ehtiyojni qondirishga layoqatli?
  1. davlat ehtiyojini.
  2. shaxsiy ehtiyojni
  3. unumli ehtiyojni
  4. ishlab chiqarish ehtiyojini
Javobni ko'rish
shaxsiy ehtiyojni
#41
Aristotelning iqtisodiy qarashlariga ko‘ra pul – bu:
  1. stixiyali vujudga kelgan tovar
  2. kishilar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasi
  3. qiymat ekvivalenti.
  4. qiymatning o‘ziga xos shakli
Javobni ko'rish
kishilar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasi
#42
Klassik siyosiy iqtisod maktabi (U. Petti) g‘oyasiga ko‘ra qiymat qonuni nima asosida aniqlanadi?
  1. mehnat sarflari bilan
  2. ishlab chiqarish xarajatlariga ko‘ra
  3. tovar (xizmat) ning keyingi nafliligi bilan
  4. bozordagi talab va taklif nisbati bilan.
Javobni ko'rish
mehnat sarflari bilan
#43
Bozor iqtisodiyotining subyekti?
  1. firma, korxona, uy xo‘jaligi, davlat, moliyaviy institutlar.
  2. firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar
  3. firma, korxona, uy xo‘jaligi, moliyaviy institutlar
  4. firma, korxona, uy xo‘jaligi, davlat, pul
Javobni ko'rish
firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar
#44
Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida:
  1. resurslarni arzon sotishni ta’minlash.
  2. resurslarni arzon sotib olish
  3. iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash
  4. resurslarni qimmatga sotib olish
Javobni ko'rish
iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash
#45
Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining tartibga soluvchi mexanizmi tarkibiy qismini xarakterlaydi?
  1. narx, soliq, raqobat, davlat ijtimoiy dasturlari
  2. narx, raqobat, talab va taklif
  3. talab va taklif.
  4. raqobat, talab va taklif
Javobni ko'rish
narx, raqobat, talab va taklif
#46
Bozor iqtisodiyotining muhim belgisi nima?
  1. tadbirkorlik va tanlash erkinligi
  2. yakka mulk hukmronligi.
  3. xalq manfaatini hisobga olish
  4. davlat manfaatini rag‘batlantirish
Javobni ko'rish
tadbirkorlik va tanlash erkinligi
#47
Talabni hisobga olib, iqtisodiy resurslar taqozo qiladigan miqdorda tovarlar ishlab chiqarilganda, qanday muammo hal qilinadi?
  1. O‘zgarishlarga moslasha oladimi?
  2. Kim uchun...?
  3. Qanday...?
  4. Qancha...?
Javobni ko'rish
Qancha...?
#48
Aholining daromadlari darajasiga ko‘ra alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta’minlangan) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinganda qanday muammoning yechimi topiladi?
  1. Qancha...?
  2. Kim uchun...?
  3. Qanday...?
  4. O‘zgarishlarga moslasha oladimi?
Javobni ko'rish
Qanday...?
#49
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar...
  1. pul (pul majburiyatlari) bozoriga xos.
  2. sug‘urta bozoriga
  3. valyuta bozoriga
  4. qimmatli qog‘ozlar bozoriga
Javobni ko'rish
qimmatli qog‘ozlar bozoriga
#50
Mol – mulkni o'zlashtirish deganda nimani tushunasiz?
  1. Mulkning egasi qo'lida saqlanib turishi
  2. Daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishi
  3. Mol – mulk taqdirini hal qilish
  4. Mulkning egasi qo'lida saqlanib turmasligi
Javobni ko'rish
Daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishi
#51
Mulkdan foydalanish deganda nimani tushunasiz?
  1. Mol – mulkning iqtisodiy faoliyatida ishlatilishi
  2. Mulkning egasi qo'lida saqlanib turishini bildiradi
  3. Mulkni meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish
  4. Hadya qilish, ijaraga berish
Javobni ko'rish
Mol – mulkning iqtisodiy faoliyatida ishlatilishi
#52
Mulk qachon huquqiy kategoriya sifatida qoladi?
  1. Ko'p foyda olsa
  2. Daromad keltirsa
  3. Barcha mulklar o'zlashtirilsa
  4. Mulkdan foydalanilmasa, hech qanaqa daromad olinmasa
Javobni ko'rish
Mulkdan foydalanilmasa, hech qanaqa daromad olinmasa
#53
Mulk ob'ekti deganda nimani tushunasiz?
  1. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulk ob'ekti deyiladi
  2. Ishlab chiqarishda foydalanilsa
  3. Mulkchilik munosabatlarning ishtirokchilari mulk ob'ekti hisoblanadi
  4. Ishlab chiqarish vositalari mulk ob'ekti hisoblanadi
Javobni ko'rish
Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulk ob'ekti deyiladi
#54
Qaysi qatorda mulk shakllari to'g'ri berilgan?
  1. Jamoa mulk, davlat mulki, xususiy mulk, aralash mulk, shaxsiy mulk
  2. Koorporativ mulk, aralash mulk, jamoa mulki
  3. Yakka tartibdagi mulk, xususiy mulk, shaxsiy mulk
  4. Xususiy mulk, aralash mulk, shaxsiy mulk
Javobni ko'rish
Jamoa mulk, davlat mulki, xususiy mulk, aralash mulk, shaxsiy mulk
#55
Xususiylashtirish deganda nimani tushunasiz?
  1. Xususiy mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish
  2. Davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish
  3. Xususiy mulkning davlat tassarufiga o'tkazilishi
  4. Davlat mulkini bepul berish
Javobni ko'rish
Davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish
#56
Jamoa mulkiga qanday mulklar kiradi?
  1. Tabiiy resurslar, yirik inshootlar, transport vositalari
  2. Davlat mulki
  3. Turar joylar, bog' – hovli va uylar, uy ro'zg'or va shaxsiy iste'mol buyumlari
  4. Kooperativlar, aktsionerlik – jamiyatlari, shirkatlar, diniy tashkilotlar
Javobni ko'rish
Kooperativlar, aktsionerlik – jamiyatlari, shirkatlar, diniy tashkilotlar
#57
O'z egasiga foyda keltiruvchi mulk qanday nomlanadi?
  1. Xususiy mulk
  2. Aralash mulk
  3. Davlat mulki
  4. Shaxsiy mulk
Javobni ko'rish
Xususiy mulk
#58
Mahalliy byudjet mablag'lari, kommunal xo'jaligi korxonalar, sog'liqni saqlash muassasalari kabi mulklar qanday mulk shakliga kiradi?
  1. Xususiy mulk
  2. Shaxsiy mulk
  3. Davlat mulk
  4. Jamoa mulk
Javobni ko'rish
Davlat mulk
#59
Tovarning xususiyatlari:
  1. Naflilik va mexnat
  2. Kishilar mexnati uchun beriladigan mukofot
  3. Iste'mol qiymati va ayirboshlash qiymati
  4. Ijtimoiy zaruriy naflilik
Javobni ko'rish
Iste'mol qiymati va ayirboshlash qiymati
#60
Pul bu:
  1. Umumiy ekvivalent rolini o’ynaydigan maxsus vosita
  2. Jamg'arish vositasi
  3. Ayirboshlash vositasi
  4. Tovar sarf – xarajatlarini ifodalovchi vosita
Javobni ko'rish
Umumiy ekvivalent rolini o’ynaydigan maxsus vosita
#61
Qog’oz pullarning likvidligi bu:
  1. Bozorda aylanishi sur'ati
  2. Keyingi kushilgan miqdor nafliligi.
  3. Naqd va kredit pullarning xarakati.
  4. Bevosita tez almashish orqali sotib olish kuchiga ega ekanligi
Javobni ko'rish
Bevosita tez almashish orqali sotib olish kuchiga ega ekanligi
#62
Tovar bahosi va uning sotib olinadigan miqdori o'rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog'liqlik qanday qonun?
  1. Barcha javoblar to'g'ri
  2. Naflilikning kamayib borishi qonuni
  3. Talab qonuni
  4. Taklif qonuni
Javobni ko'rish
Talab qonuni
#63
Narxlar ortishi bilan talab kamayishi o'rniga ortib borishi holati qanday nomlanadi?
  1. Veblen samarasi
  2. Xizmatlar
  3. Engel samarasi
  4. Giffen samarasi
Javobni ko'rish
Giffen samarasi
#64
Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqargan mahsulotlariga bozorda yuqori narx belgilansa, u holda:
  1. Talab qisqaradi
  2. Talab va taklif o'rtasidagi nisbatga erishish orqali
  3. Taklif qisqaradi
  4. Taklif ortadi
Javobni ko'rish
Taklif ortadi
#65
Quyidagi tushunchalardan qaysi biri odamlarni biror narsa olish va haq to'lash qobiliyatlarini ifodalaydi?
  1. Talab o'zgarmaydi
  2. Ehtiyoj
  3. O'zini ko'rsatish
  4. Talab
Javobni ko'rish
Talab
#66
Agar tovar narxi talab va taklif egri chiziqlari kesishgan nuqtadan pastda bo'lsa, u holda:
  1. Xom ashyo ortikchaligi yuz beradi
  2. Narx barqaror bo'ladi
  3. Tovar taqchilligi yuz beradi
  4. Ortiqcha miqdorda tovarlar hosil bo'ladi
Javobni ko'rish
Tovar taqchilligi yuz beradi
#67
Agar ikki tovar bir-birining o'rnini bossa, u holda birining narxi o'sishi:
  1. Ikkinchi tovarga talab hajmining ortishiga olib keladi
  2. Ikkinchi tovarga talabning o'zgarmasligiga sabab bo'ladi
  3. Xom ashyo yetishmovchiligi kelib chiqadi
  4. Ikkinchi tovarga talabning pasayishiga olib keladi
Javobni ko'rish
Ikkinchi tovarga talab hajmining ortishiga olib keladi
#68
Tovar narxining tushishiga sabab bo'lishi mumkin:
  1. O'rinbosar tovarlar narxining o'sishi
  2. Xususiy tadbirkorlikka soliqlarning ortishi
  3. Ishlab chiqarish resurslari narxining tushishi
  4. Mutloq elastik
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish resurslari narxining tushishi
#69
Bozordagi barcha tovarlar, xizmatlar tarkibi va miqdori jihatidan talab va taklifning bir- biriga muvofiq kelishi – bu?
  1. Iste'molchi daromadlarining ortishi
  2. Elastik talab
  3. Bozor muvozanati
  4. Juz'iy muvozanat
Javobni ko'rish
Bozor muvozanati
#70
Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatida bo'ladi, agar:
  1. Texnologiya darajasi sekinlik bilan o'zgarsa
  2. Tovarlar sifati talabga javob bersa
  3. Barcha javoblar to'g'ri
  4. Talab hajmi taklif hajmiga teng bo'lsa
Javobni ko'rish
Talab hajmi taklif hajmiga teng bo'lsa
#71
Jamg'arish normasi qanday aniqlanadi?
  1. Talabga karab
  2. Jamgarish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbatining foizdagi ifodasi
  3. Shaxsiy daromadning iste'mol darajasiga nisbatining foizdagi ifodasi
  4. Aholi umumiy daromadlarining tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi
Javobni ko'rish
Shaxsiy daromadning iste'mol darajasiga nisbatining foizdagi ifodasi
#72
Ishsizlik deganda...
  1. Barcha javoblar to'g'ri
  2. Mehnatga layokatli faol ish kidirayotgan aholining bir kismi
  3. Ish qidirayotgan yoki yaqin vaqt ichida ish bilan ta'minlashini kutayotgan aholi tushuniladi
  4. O'ziga ish topolmasdan, mehnat rezervi armiyasiga aylangan aholining iqtisodiy faol qismi tushuniladi
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to'g'ri
#73
Friktsion ishsizlik deganda:
  1. Iste'molchilik talabi va texnologiyadagi turli hududlarda, turli soha va ish turlariga ishchi kuchining talab va taklif nomuvofiqligi natijasida vujudga kelgan ishsizlik tushuniladi
  2. Ishlashni xoxlamaydigan ishsizlar tushuniladi
  3. Ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifning nomuvofiqligi natijasida vujudga kelgan aholi tushuniladi
  4. Ish joylarini o'zgartirish tufayli ishdan bo'shab qolib malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o'rinlari bo'shashini kutayotgan ishsizlar tushuniladi
Javobni ko'rish
Ish joylarini o'zgartirish tufayli ishdan bo'shab qolib malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o'rinlari bo'shashini kutayotgan ishsizlar tushuniladi
#74
Moliyaviy munosabatlarning mohiyati qaysi bandda to'la yoritilgan.
  1. Pulning harakati ya'ni uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar
  2. Chet ellik jismoniy va huquqiy shaxslar pul mablag'larining harakati bilan bog'lik bo'lgan munosabatlar
  3. Banklar urtasidagi munosabatlar
  4. Faqat aholi keng qatlamlari qo'lidagi pul mablag'larining ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar
Javobni ko'rish
Pulning harakati ya'ni uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar
#75
Soliqlar tushunchasining mazmuni qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. Soliqlar davlat va mahalliy hoqimiyat tomonidan huquqiy shaxslar daromadining bir qismini majburiy, jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini esa ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb etish shaklidir
  2. Barcha javoblar to'g'ri.
  3. To'g'ri javob yo'q.
  4. Soliqlar iqtisodiy tushuncha sifatida sof daromadning bir qismini ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb qilishning shakli bo'lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi
Javobni ko'rish
To'g'ri javob yo'q.
#76
Byudjet - bu .....................
  1. To'g'ri javob yo'q.
  2. Davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo'ljallangan pul ifodasidagi daromadlari
  3. Davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo'ljallangan pul ifodasidagi sarf-xarajatlari
  4. Davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo'ljallangan pul ifodasidagi daromad va sarf-xarajatlari
Javobni ko'rish
Davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo'ljallangan pul ifodasidagi daromad va sarf-xarajatlari
#77
Inflyatsiya - bu ........
  1. Muomaladagi pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovarlar bilan ta'minlanmagan pullarning ko'payib ketishi
  2. Milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishi
  3. To'g'ri javob yo'q.
  4. Eksportni importga nisbatan nihoyatda ortib ketishi
Javobni ko'rish
Muomaladagi pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovarlar bilan ta'minlanmagan pullarning ko'payib ketishi
#78
Kreditning mazmuni qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. O'z mulki bo'lgan pul resurslarini xoxlagan vaqtda, hech bir xarajatsiz ishlatish
  2. Ijtimoiy mahsulotning pasayishi va ishsizlikning ko'payishini bildiradi.
  3. Davlat yoki mahalliy byudjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan ajratilgan mablag'.
  4. O'zgalar pul mablag'ini ma'lum muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va muddati kelganda qaytarish
Javobni ko'rish
O'zgalar pul mablag'ini ma'lum muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va muddati kelganda qaytarish
#79
«Transfert to'lovlari» - deganda:
  1. Kam ta'minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalarga, boquvdagi kishilarga, ishsizlarga to'lanadigan nafaqalar
  2. Bozor sektoriga yollangan ishchilarning ish haqi
  3. Davlat sektoridagi xizmatchilarning daromadlari
  4. Bozorning muvozanat nuqtasi.
Javobni ko'rish
Kam ta'minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalarga, boquvdagi kishilarga, ishsizlarga to'lanadigan nafaqalar
#80
Import - ...
  1. Engil sanoat sohasida tovarlar.
  2. Iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yish bo'yicha tuzilgan shartnoma
  3. Mahalliy rezidentlar tomonidan xorijdan xarid qilingan tovar va xizmatlar umumiy miqdori
  4. Xorijiy mamlakatlarga sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning umumiy miqdori
Javobni ko'rish
Mahalliy rezidentlar tomonidan xorijdan xarid qilingan tovar va xizmatlar umumiy miqdori
#81
Iqtisodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?
  1. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liklikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlarning yaxlitligi, bir butunligidir
  2. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonini tashkil yetish, rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan kishilar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
  3. Cheklanmagan resurslar sharoitida insonlarning cheksiz yehtiyojlarini qondirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuidir.
  4. Cheklangan resurslar sharoitida insonlarning cheksiz yehtiyojlarini qondirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar majmuidir.
Javobni ko'rish
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liklikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlarning yaxlitligi, bir butunligidir
#82
Iqtisodiy nazariya fanining predmeti nisbatan aniqroq keltirilgan qatorni belgilang.
  1. Iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz yehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o'rganishdan iborat
  2. Moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishdan iborat
  3. Uy xo'jaligini boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan.
  4. Kishilarning moddiy talablarini to'laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammo¬larini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o'rganishdan iborat.
Javobni ko'rish
Iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz yehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o'rganishdan iborat
#83
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy nazariya fanining vazifasi hisoblanadi?
  1. Boshqa iqtisodiy fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo'lib xizmat qilish.
  2. Amaliy tavsiyalar berish.
  3. Iqtisodiyotning sir-asrorlarini, bilib olish, ularni ommaga yetkazib, ularning bilim saviyasini oshirish
  4. Boshqa iqtisodiy fanlarga nazariy asos bo'lib xizmat qilish.
Javobni ko'rish
Iqtisodiyotning sir-asrorlarini, bilib olish, ularni ommaga yetkazib, ularning bilim saviyasini oshirish
#84
Qo'shimcha mahsulot nima?
  1. Ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo'lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan.
  2. Qo'shimcha ish vaqtida, qo'shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot
  3. Bevosita ishlab chiqarishda yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo'shimcha mahsulotdan iborat.
  4. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi.
Javobni ko'rish
Qo'shimcha ish vaqtida, qo'shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot
#85
Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgisi hisoblanadi?
  1. Turlı shakllardagi mulkchilikning, mavjud bo'lishi va bunda, xususiy mulkchilikning ustun turishi
  2. Korxona va firmalarning ichki hamda tashqi shart-sharoitlar o'zgarishlariga moslashuvchanligidavlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi
  3. Raqobat kurashining mavjudligi
  4. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi
Javobni ko'rish
Turlı shakllardagi mulkchilikning, mavjud bo'lishi va bunda, xususiy mulkchilikning ustun turishi
#86
Ish haqining qaysi ta'rifi nisbatan to'liqroq?
  1. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajasiga, ya'ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan miqdoriga bog'liq bo'ladi.
  2. Ish haqi bu mehnatning puldagi ifodasidir
  3. Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan, ulushining puldagi ifodasidir
  4. Ish haqi – ishlab chiqarilgan mahsulotda ishchi kuchi ishtirokining puldagi ifodasidir
Javobni ko'rish
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan, ulushining puldagi ifodasidir
#87
Renta munosabatlari – ... .
  1. Erda qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardan iborat
  2. Erda qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardan iborat bolmaydi.
  3. Erdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof-daromadni taqsimlash va o'zlashtirish munosabatlaridan iborat
  4. Agrar munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanib, yerdan foydalanish, tasarruf etish va daromad olish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar tizimidir
Javobni ko'rish
Erdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof-daromadni taqsimlash va o'zlashtirish munosabatlaridan iborat
#88
Agrosanoat majmuasi (ASM) deb nimaga aytiladi?
  1. Qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko'rsatish bilan band bo'lgan tarmoqlar
  2. Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirsh, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchildarga yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi xalq xo'jaligi tarmoqlaridir
  3. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlar birligidir
  4. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchilarga yetkazib berishni ta'minlaydigan tarmoqlar
Javobni ko'rish
Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirsh, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchildarga yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi xalq xo'jaligi tarmoqlaridir
#89
Bozor iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini qanday bajaradi?
  1. Ish kuchini muntazam takror ishlab chiqarishga xizmat qilish orqali
  2. Ishlab chiqarishni uzluksiz takrorlab turishi orqali
  3. Talab va taklif nisbatiga muvofiq iqtisodiy resurslarni tarmoqlar o'rtasida oqib o'tishi
  4. Mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berish orqali
Javobni ko'rish
Talab va taklif nisbatiga muvofiq iqtisodiy resurslarni tarmoqlar o'rtasida oqib o'tishi
#90
Mehnat birjalari nima bilan shug‘ullanadi?
  1. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish
  2. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, farzandlari sonini aniqlash
  3. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, korxonalardagi bo‘sh o‘rinlarni aniqlash
  4. Ishsizlarni ishga joylash, yangi kasbga o‘rgatish, ishsizlik nafaqasini tayinlash bilan.
Javobni ko'rish
Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish
#91
Hozirgi paytda birjalarning asosiy roli nima?
  1. Tovarlarga real talab va taklifni aniqlash, ularni reklama qilish, narx tebranishlarini sug‘urta qilish.
  2. Narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni yetkazib berish
  3. Tovar narxlarining kotirovkasi, tovarlarni bitim bo‘yicha yetkazib berishni ta’minlash
  4. Tovarlar narxi kotirovkasi, real talab va taklifni aniqlab, ularni muvozanatga keltirish
Javobni ko'rish
Narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni yetkazib berish
#92
Sof iqtisodiy ma’noda «bozor» tushunchasi nimani anglatadi?
  1. Bozor subyektlari iqtisodiy natijalarining amalga oshirishini
  2. Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning tovarlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infrastrukturaviy tuzilmalar tizimini
  3. Tijorat do‘konini.
  4. Alloh tovarlar taklifi va ularga bo‘lgan talablarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni
Javobni ko'rish
Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning tovarlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infrastrukturaviy tuzilmalar tizimini
#93
Mulkchilik munosabatlari nima?
  1. Tasarruf etish, o'zlashtirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy munosabat
  2. Mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar
  3. Xususiylashtirish
  4. Egalik qilish, foydalanish orqali vujudga keladigan iqtisodiy munosabat
Javobni ko'rish
Mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar
#94
Tovar nima?
  1. Bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir, naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash maqsadida yaratilgan inson mehnatining mahsulidir.
  2. Bozor munosabatlarining rivojlanishi.
  3. Odamning u yoki bu ehtiyojini qondiradigan biror bir narsa
  4. Foydali buyum
Javobni ko'rish
Bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir, naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash maqsadida yaratilgan inson mehnatining mahsulidir.
#95
Ijtimoiy mehnat unumdorligi qanday o’lchanadi?
  1. Tovarlarning xilma-xilligi va ko'p funksionalligi orqali
  2. Ishlab chiqarish sharoitlari va mehnat unumdorligi asosida
  3. Vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan vaqt orqali
  4. Bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori orqali
Javobni ko'rish
Vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan vaqt orqali
#96
Taklif tushunchasi nimani xarakterlaydi?
  1. Barcha hollarda
  2. Ishlab chiqarish imkoniyatlarini
  3. Bahoning har bir darajasida ishlab chiqarishga qodir bo'lgan va bozorga sotish uchun chiqariladigan tovarlar miqdorini
  4. Iqtisodiy resurslarning to'liq band qilinganligini
Javobni ko'rish
Bahoning har bir darajasida ishlab chiqarishga qodir bo'lgan va bozorga sotish uchun chiqariladigan tovarlar miqdorini
#97
Taklif qonuni nimani ifodalaydi?
  1. Baho pasayishi bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdorining ortishini
  2. Baho bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikni
  3. Texnologiyalarning takomillashuvi
  4. Baho bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o'rtasidagi teskari bog'liqlikni
Javobni ko'rish
Baho bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikni
#98
Tadbirkorlik nima?
  1. Samara
  2. Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog'liq faoliyatdir
  3. Savdo-sotiq bilan shug'ullanish
  4. Foyda olishga qaratilgan faoliyat
Javobni ko'rish
Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog'liq faoliyatdir
#99
Tadbirkorlik faoliyati qanday amalga oshiriladi?
  1. Bozor sub'ektlari o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq tavakkalchilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi
  2. Asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar
  3. Foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat
  4. To'g'ri javob yo'q
Javobni ko'rish
Foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat
#100
Asosiy kapital nima?
  1. Ishchi kuchini yollash, renta va foiz to'lovlari
  2. To'g'ri javob yo'q
  3. Bu unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadigan o'z qiymatini yaratilgan mahsulotga o'tkazadigan va ashyoviy buyum shaklini ham yo'qotadigan qismi
  4. Ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib o'zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo'lib-bo'lib o'tkazib boradi
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib o'zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo'lib-bo'lib o'tkazib boradi
QuizPilotda o'ynash