Iqtisodiyot

1225 10

by unknown · 9 questions · 0 saves · 0 likes
Play in QuizPilot
#1
Ish haqi nima?
  1. Barcha javoblar to'g'ri;
  2. Mahsulotning bir birligidan olinadigan daromad.
  3. Ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir;
  4. Ish haqi iqtisodiy resurs hisoblangan mehnatning bahosi;
Show answer
Ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir;
#2
Mamlakatda ish haqining umumiy darajasiga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?
  1. Mehnat unumdorligi;
  2. To'g'ri javob yo'q.
  3. Foydalanilgan tabiiy resurslar miqdori;
  4. Foydalanilgan umumiy kapital miqdori;
Show answer
Mehnat unumdorligi;
#3
Agrar munosabatlar nima?
  1. Iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlari bilan bog'lanib ketishi;
  2. Mehnat unumdorligini oshirish orqali;
  3. Qishloq xo'jaligida va ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasidagi iqtisodiy aloqa va munosabatlar;
  4. Erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan barcha munosabatlar;
Show answer
Erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan barcha munosabatlar;
#4
Renta tushunchasi qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. Erdan foydalanganlik uchun uning egasiga to'lanadigan haq;
  2. Er bahosining o'zgarishi;
  3. Barcha javoblar to'g'ri.
  4. Erga bo'lgan talab va taklifning o'zgarishi;
Show answer
Erdan foydalanganlik uchun uning egasiga to'lanadigan haq;
#5
Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang?
  1. Shu yerda yetishtiriladigan mahsulot bahosi;
  2. Erga bo'lgan talab;
  3. Barcha javoblar to'g'ri.
  4. Qo'llaniladigan boshka resurslar bahosi;
Show answer
Shu yerda yetishtiriladigan mahsulot bahosi;
#6
Agrosanoat integratsiyasi nima?
  1. Yuqoridagilarning barchasi.
  2. Ishlab chiqarishning to'planishi va kapitalning markazlashishi;
  3. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish tarmoqlari majmuasi;
  4. Qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni;
Show answer
Qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish jarayoni;
#7
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) nima?
  1. Bir yil davomida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlarning bozor bahosida hisoblangan hajmi;
  2. Butun milliy va jahon iqtisodiyoti.
  3. Oraliq mahsulotlar qiymati;
  4. Yil davomida moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan barcha mahsulotlar qiymati;
Show answer
Bir yil davomida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlarning bozor bahosida hisoblangan hajmi;
#8
Pirovard mahsulot tushunchasi nimani anglatadi?
  1. Iste'mol uchun tayyor bo'lgan, sotilgan yoki sotiladigan tovar va xizmatlarning bozor bahosidagi hajmi;
  2. Qayta ishlanadigan mahsulot
  3. Investitsion va iste'mol tovarlari qiymati.
  4. Sotish maqsadida xarid qilinadigan tovarlar
Show answer
Iste'mol uchun tayyor bo'lgan, sotilgan yoki sotiladigan tovar va xizmatlarning bozor bahosidagi hajmi;
#9
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi qanday amalga oshiriladi?
  1. Soliq siyosati orqali;
  2. Narx-navoni belgilash orkali;
  3. Bozor qonunlari orqali
  4. Katta xajmda va sifatli maxsulot ishlab chiqaruvchi xo'jalik;
Show answer
Bozor qonunlari orqali
Play in QuizPilot