Iqtisodiyot

Iqtisodiyot nazariya2 Mytest 100 ta

muallif: Baxtinisohappy · 97 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Yalpi ichki mahsulot qiymatini aniqlashda qanday usul qo'llaniladi?
  1. Qo'shilgan qiymat usuli, xarajatlar usuli, maksimumlar usuli;
  2. Xarajatlar usuli;
  3. Daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo'shilgan qiymat usuli, maksimumlar usuli.
  4. Ulgurji narxlarda hisoblangan YaMM.
Javobni ko'rish
Daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo'shilgan qiymat usuli, maksimumlar usuli.
#2
Jamg'arish normasi qanday aniqlanadi?
  1. Aholi umumiy daromadlarining tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi;
  2. Shaxsiy daromadning iste'mol darajasiga nisbatining foizdagi ifodasi;
  3. Talabga qarab
  4. Jamgarish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbatining foizdagi ifodasi;
Javobni ko'rish
Shaxsiy daromadning iste'mol darajasiga nisbatining foizdagi ifodasi;
#3
Ekstensiv iqtisodiy o'sishga qanday erishiladi?
  1. Xalq xo'jaligi tovarlari importini kuchaytirish;
  2. Ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli;
  3. Ishchi kuchiga yuqori darajada ish haqi to'lash tufayli;
  4. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatdan takomillashtirish tufayli;
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli;
#4
Intensiv iqtisodiy o'sishga qanday erishiladi?
  1. Barchasi to’g'ri
  2. Ishlab chiqarish omillarini samaradorlikni oshirish orqali;
  3. Progressiv ishlab chiqarish vositalari va yangi texnikani qo'llash orqali;
  4. Takomillashgan texnika-texnologiyadan foydalanish tufayli.
Javobni ko'rish
Barchasi to’g'ri
#5
Ishsizlik deganda...
  1. Mehnatga layoqatli faol ish kidirayotgan aholining bir kismi
  2. O'ziga ish topolmasdan, mehnat rezervi armiyasiga aylangan aholining iqtisodiy faol qismi tushuniladi;
  3. Ish qidirayotgan yoki yaqin vaqt ichida ish bilan ta'minlanishini kutayotgan aholi tushuniladi;
  4. Barcha javoblar to'g'ri.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to'g'ri.
#6
Friktsion ishsizlik deganda:
  1. Ish joylarini o'zgartirish tufayli ishdan bo'shab qolib malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o'rinlari bo'shashini kutayotgan ishsizlar tushuniladi;
  2. Ishlashni xoxlamaydigan ishsizlar tushuniladi;
  3. Iste'molchilik talabi va texnologiyadagi turli hududlarda, turli soha va ish turlariga ishchi kuchining talab va taklif nomuvofiqligi natijasida vujudga kelgan ishsizlik tushuniladi;
  4. Ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifning nomuvofiqligi natijasida vujudga kelgan aholi tushuniladi;
Javobni ko'rish
Ish joylarini o'zgartirish tufayli ishdan bo'shab qolib malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o'rinlari bo'shashini kutayotgan ishsizlar tushuniladi;
#7
Moliyaviy munosabatlarning mohiyati qaysi bandda to'la yoritilgan.
  1. Faqat aholi keng qatlamlari qo'lidagi pul mablag'larining ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar;
  2. Banklar urtasidagi munosabatlar
  3. Pulning harakati ya'ni uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar;
  4. Chet ellik jismoniy va huquqiy shaxslar pul mablag'larining harakati bilan bog'lik bo'lgan munosabatlar;
Javobni ko'rish
Pulning harakati ya'ni uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar;
#8
Soliqlar tushunchasining mazmuni qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. Barcha javoblar to'g'ri.
  2. To'g'ri javob yo'q.
  3. Soliqlar iqtisodiy tushuncha sifatida sof daromadning bir qismini ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb qilishning shakli bo'lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi;
  4. Soliqlar davlat va mahalliy hoqimiyat tomonidan huquqiy shaxslar daromadining bir qismini majburiy, jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini esa ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb etish shaklidir;
Javobni ko'rish
To'g'ri javob yo'q.
#9
Soliq stavkasi qanday aniqlanadi?
  1. Soliqlar davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan daromadning bir qismini byudjetga jalb etish shakli
  2. Soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga nisbatining foizdagi ifodasidir
  3. Soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga ko'paytmasi
  4. Soliq olinadigan daromad summasidan soliq summasini ayirish
Javobni ko'rish
Soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga nisbatining foizdagi ifodasidir
#10
Byudjet - bu nima?
  1. Davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo'ljallangan pul ifodasidagi daromadlari
  2. Davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo'ljallangan pul ifodasidagi sarf-xarajatlari
  3. Davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo'ljallangan pul ifodasidagi daromad va sarf-xarajatlari
  4. To'g'ri javob yo'q.
Javobni ko'rish
Davlat, korxona, muassasaning qonuniy tartibda tasdiqlangan davrga mo'ljallangan pul ifodasidagi daromad va sarf-xarajatlari
#11
Inflyatsiya - bu nima?
  1. To'g'ri javob yo'q.
  2. Muomaladagi pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovarlar bilan ta'minlanmagan pullarning ko'payib ketishi
  3. Eksportni importga nisbatan nihoyatda ortib ketishi
  4. Milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishi
Javobni ko'rish
Muomaladagi pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovarlar bilan ta'minlanmagan pullarning ko'payib ketishi
#12
Kreditning mazmuni qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan?
  1. Ijtimoiy mahsulotning pasayishi va ishsizlikning ko'payishini bildiradi.
  2. Davlat yoki mahalliy byudjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan ajratilgan mablag'.
  3. O'z mulki bo'lgan pul resurslarini xoxlagan vaqtda, hech bir xarajatsiz ishlatish
  4. O'zgalar pul mablag'ini ma'lum muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va muddati kelganda qaytarish
Javobni ko'rish
O'zgalar pul mablag'ini ma'lum muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va muddati kelganda qaytarish
#13
O'zbekiston Respublikasining bank tizimi necha bo'g'indan iborat?
  1. Markaziy bank va aktsionerlik-tijorat banklari
  2. Tijorat va xususiy banklar
  3. Davlat, xususiy, chet el va tijorat banklari
  4. To'g'ri javob yo'q.
Javobni ko'rish
Markaziy bank va aktsionerlik-tijorat banklari
#14
Pul emissiyasi nima ma'noni anglatadi?
  1. Iqtisodiyotdan qo'shimcha pul massasini yig'ib olish
  2. Iqtisodiyotga qo'shimcha pul massasini chiqarish
  3. Pullarni almashtirish
  4. To'g'ri javob yo'q.
Javobni ko'rish
Iqtisodiyotga qo'shimcha pul massasini chiqarish
#15
Subsidiya nima?
  1. Ish haqi darajasini oshirishda.
  2. Ijtimoiy fondlarga to'lovlar
  3. Baholar orasidagi farqni korxona tomonidan qoplab berilishi
  4. Moliyaviy nochor korxonalarni iqtisodiy jihatdan quvvatlash vositasi
Javobni ko'rish
Moliyaviy nochor korxonalarni iqtisodiy jihatdan quvvatlash vositasi
#16
«Transfert to'lovlari» - deganda nima tushuniladi?
  1. Davlat sektoridagi xizmatchilarning daromadlari
  2. Kam ta'minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalarga, boquvdagi kishilarga, ishsizlarga to'lanadigan nafaqalar.
  3. Bozor sektoriga yollangan ishchilarning ish haqi
  4. Bozorning muvozanat nuqtasi.
Javobni ko'rish
Kam ta'minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalarga, boquvdagi kishilarga, ishsizlarga to'lanadigan nafaqalar.
#17
Import - bu nima?
  1. Xorijiy mamlakatlarga sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning umumiy miqdori
  2. Engil sanoat sohasida tovarlar.
  3. Iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yish bo'yicha tuzilgan shartnoma
  4. Mahalliy rezidentlar tomonidan xorijdan xarid qilingan tovar va xizmatlar umumiy miqdori
Javobni ko'rish
Mahalliy rezidentlar tomonidan xorijdan xarid qilingan tovar va xizmatlar umumiy miqdori
#18
Aholi ehtiyojlarining qondirilish darajasi qanday aniqlanadi?
  1. Aholi real daromadlari va ehtiyojlari taqqoslanadi
  2. Aholining haqiqiy iste'moli darajasi va ehtiyojlari taqqoslanadi
  3. Resurslarni samarali taqsimlash
  4. Ularning talabi va ehtiyojlari taqqoslanadi
Javobni ko'rish
Aholi real daromadlari va ehtiyojlari taqqoslanadi
#19
Inflyatsiyadan kimlar yutishi mumkin?
  1. Qat'iy belgilangan daromad (pensiya, nafaqa, stipendiya, ish haqi kabi)lar
  2. Hisobiga yashovchi insonlar
  3. Qarz olganlar
  4. Sug'urta yegalari, o'z hayotlarini sug'urta qilganlar
Javobni ko'rish
Qarz olganlar
#20
Pulning aylanish tezligi nimaga ta'sir qiladi?
  1. Jahon puli
  2. Ayirboshlash kurslariga
  3. Tovarlar bahosiga
  4. Muomala uchun zarur pul miqdoriga
Javobni ko'rish
Muomala uchun zarur pul miqdoriga
#21
Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
  1. Faqat an'anaviy iqtisodiyotiga
  2. Faqat bozor iqtisodiyotiga
  3. An'anaviy iqtisodiyot
  4. Faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish hukmron bo'lgan jamiyatlarga
Javobni ko'rish
Faqat bozor iqtisodiyotiga
#22
Iqtisodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?
  1. Cheklanmagan resurslar sharoitida insonlarning cheksiz yehtiyojlarini qondirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuidir.
  2. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonini tashkil yetish, rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan kishilar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
  3. Cheklangan resurslar sharoitida insonlarning cheksiz yehtiyojlarini qondirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar majmuidir.
  4. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liklikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlarning yaxlitligi, bir butunligidir
Javobni ko'rish
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liklikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlarning yaxlitligi, bir butunligidir
#23
Iqtisodiy nazariya fanining predmeti nisbatan aniqroq keltirilgan qatorni belgilang.
  1. Moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishdan iborat
  2. Uy xo'jaligini boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan.
  3. Iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o'rganishdan iborat,
  4. Kishilarning moddiy talablarini to'laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammo¬larini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o'rganishdan iborat.
Javobni ko'rish
Iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o'rganishdan iborat,
#24
… - iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o'rtasidagi muqim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruriyatni taqozo qiluvchi sabab-oqibat, aloqa bog'lanishlaridir.
  1. Iqtisodiy mexanizm
  2. Iqtisodiy kategoriya
  3. Iqtisodiy qonun
  4. Iqtisodiy hodisa
Javobni ko'rish
Iqtisodiy qonun
#25
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy nazariya fanining vazifasi hisoblanadi?
  1. Boshqa iqtisodiy fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo'lib xizmat qilish.
  2. Boshqa iqtisodiy fanlarga nazariy asos bo'lib xizmat qilish.
  3. Amaliy tavsiyalar berish.
  4. Iqtisodiyotning sir-asrorlarini, bilib olish, ularni ommaga yetkazib, ularning bilim saviyasini oshirish
Javobni ko'rish
Iqtisodiyotning sir-asrorlarini, bilib olish, ularni ommaga yetkazib, ularning bilim saviyasini oshirish
#26
Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat'iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo'lgan uchta omil bo'lishi shart, ular qaysilar?
  1. Texnologiya, menejment, kapital
  2. Ishchi kuchi, mehnat qurollari, mehnat predmetlari
  3. Kapital, yer, ishchi kuchi
  4. Tabiiy resurslar, mehnat, tadbirkorlik
Javobni ko'rish
Ishchi kuchi, mehnat qurollari, mehnat predmetlari
#27
Insonning mehnat qilishga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisiga nima deb ataladi?
  1. Mehnat resurslari
  2. Ishlash
  3. Ishchi kuchi
  4. Mehnat
Javobni ko'rish
Ishchi kuchi
#28
Mehnat predmetlari nima?
  1. Insonning mehnat qila olish qobiliyati
  2. Mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar
  3. Mehnat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalarga aytiladi
  4. Bevosita mehnat ta'sir qiladigan, ya'ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir
Javobni ko'rish
Mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar
#29
Qo'shimcha mahsulot nima?
  1. Qo'shimcha ish vaqtida, qo'shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot
  2. Bevosita ishlab chiqarishda yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo'shimcha mahsulotdan iborat.
  3. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi.
  4. Ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo'lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan.
Javobni ko'rish
Qo'shimcha ish vaqtida, qo'shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot
#30
Hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo'lgan umumiy ekvivalent nima?
  1. Qiymat
  2. Pul
  3. Foyda
  4. Aksiya
Javobni ko'rish
Pul
#31
Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bajaradigan vazifalariga qaysi biri kirmaydi?
  1. Muomala vositasi
  2. Iste'mol vositasi
  3. Qiymat o'lchovi
  4. To'lov vositasi
Javobni ko'rish
Iste'mol vositasi
#32
Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ... ning rivojlanishiga asoslanadi.
  1. Iste'mol
  2. Taqsimot
  3. Ayirboshlash
  4. Ishlab chiqarish
Javobni ko'rish
Ayirboshlash
#33
Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo'ladi?
  1. Pul daromadlarining notekis taqsimlanishida
  2. Erkinlikni ta'minlashda
  3. Resurslar sifatining ijobiy o'zgarishi
  4. Resurslarni tug'ri taqsimlashda
Javobni ko'rish
Pul daromadlarining notekis taqsimlanishida
#34
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari keltirilgan qatorni belgilang.
  1. Ijtimoiy islohotlar
  2. Moliya-kredit, narx-navo, islohoti
  3. Boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish
  4. Agrar islohotlar va mulkiy munosabatlarni isloh qilish
Javobni ko'rish
Moliya-kredit, narx-navo, islohoti
#35
... – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
  1. Iqtisodiy islohotlar
  2. Sud-huquq sohasidagi islohotlar
  3. Ta'lim sohasidagi islohotlar
  4. Siyosiy islohotlar
Javobni ko'rish
Iqtisodiy islohotlar
#36
Qaysi biri bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmining tarkibiy qismi hisoblanmaydi?
  1. Raqobat
  2. Tovar
  3. Baho
  4. Talab
Javobni ko'rish
Tovar
#37
Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgisidir?
  1. Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi
  2. Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo'lishi va bunda, xususiy mulkchilikning ustun turishi
  3. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi
  4. Korxona va firmalarning ichki hamda tashqi shart-sharoitlar o'zgarishlariga moslashuvchanligi
Javobni ko'rish
Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo'lishi va bunda, xususiy mulkchilikning ustun turishi
#38
Bozor infratuzilmasi nechta bo’g'indan iborat?
  1. 5
  2. 3
  3. 2
  4. 4
Javobni ko'rish
4
#39
... tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi degan ma'noni anglatadi.
  1. Menejment
  2. Bozor
  3. Tijorat
  4. Mahsulot
Javobni ko'rish
Bozor
#40
Ish haqining qaysi ta'rifi nisbatan to'liqroq?
  1. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajasiga, ya'ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan miqdoriga bog'liq bo'ladi.
  2. Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan, ulushining puldagi ifodasidir,
  3. Ish haqi – ishlab chiqarilgan mahsulotda ishchi kuchi ishtirokining puldagi ifodasidir
  4. Ish haqi bu mehnatning puldagi ifodasidir
Javobni ko'rish
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan, ulushining puldagi ifodasidir,
#41
Qishloq xo'jaligida yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan unumli foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar qanday ataladi?
  1. Agrar munosabatlar,
  2. Demografik holat
  3. Ijtimoiy munosabatlar
  4. Iqtisodiy munosabatlar
Javobni ko'rish
Agrar munosabatlar,
#42
Renta munosabatlari – ... .
  1. Yerda qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardan iborat
  2. Yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof-daromadni taqsimlash va o'zlashtirish munosabatlaridan iborat,
  3. Agrar munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanib, yerdan foydalanish, tasarruf etish va daromad olish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar tizimidir
  4. Yerda qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardan iborat bolmaydi.
Javobni ko'rish
Yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof-daromadni taqsimlash va o'zlashtirish munosabatlaridan iborat,
#43
Agrar munosabatlarning obekti nima?
  1. Fermer xo'jaliklari
  2. Jismoniy va yuridik shaxslar
  3. Yer
  4. Mehnatkash aholi
Javobni ko'rish
Yer
#44
Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi nima deyiladi?
  1. Daromad
  2. Yalpi daromad
  3. Yalpi foyda
  4. Sof daromad
Javobni ko'rish
Yalpi foyda
#45
...… tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste'molchiga yetkazilguncha ketadigan safrlarga aytiladi.
  1. Mavsumiy xarajatlar
  2. Bevosita xarajatlar
  3. Bilvosita xarajatlar
  4. Muomala xarajatlari
Javobni ko'rish
Muomala xarajatlari
#46
Qishoq xo'jaligi sohasida vujudga keladigan biznes nima deyiladi?
  1. Agrobiznes
  2. Agrosanoat birlashmalari
  3. Fermer xo'jaliklari
  4. Agrofirmalar
Javobni ko'rish
Agrobiznes
#47
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo'lib o'rganish mumkin, ular...
  1. Egri va to'g'ri xarajatlar
  2. Bevosita va bilvosita xarajatlar,
  3. Bevosita va muomala xarajatlari
  4. Doimiy va mavsumiy xarajatlar
Javobni ko'rish
Bevosita va bilvosita xarajatlar,
#48
Ish haqini tashkil etishda uning qanday asosiy shakllari mavjud?
  1. Unumli va unumsiz;
  2. Intensiv va ekstensiv;
  3. Yalpi va donabay;
  4. Vaqtbay va ishbay,
Javobni ko'rish
Vaqtbay va ishbay,
#49
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish nima yordamida amalga oshiriladi?
  1. Korxona rahbariyati tashabbusi
  2. Mehnat unumdorligi
  3. Davlat tarif tizimi
  4. Shtat birligi jadvali
Javobni ko'rish
Davlat tarif tizimi
#50
…bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo'lgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
  1. Nominal ish haqi
  2. Etarli ish haqi
  3. Zaruriy ish haqi
  4. Real ish haqi
Javobni ko'rish
Real ish haqi
#51
…bu ma'lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
  1. Real ish haqi
  2. Nominal ish haqi
  3. Etarli ish haqi
  4. Zaruriy ish haqi
Javobni ko'rish
Nominal ish haqi
#52
Agrosanoat majmuasi (ASM) deb nimaga aytiladi?
  1. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlar birligi
  2. Qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko'rsatish bilan band bo'lgan tarmoqlar
  3. Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi xalq xo'jaligi tarmoqlaridir
  4. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchilarga yetkazib berishni ta'minlaydigan tarmoqlar
Javobni ko'rish
Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi xalq xo'jaligi tarmoqlaridir
#53
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish vazifasini qanday bajaradi?
  1. Ish kuchini muntazam takror ishlab chiqarishga xizmat qilish orqali
  2. Ishlab chiqarishni uzluksiz takrorlab turishi orqali
  3. Mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berish orqali
  4. Talab va taklif nisbatiga muvofiq iqtisodiy resurslarning tarmoqlar o'rtasida oqib o'tishi
Javobni ko'rish
Talab va taklif nisbatiga muvofiq iqtisodiy resurslarning tarmoqlar o'rtasida oqib o'tishi
#54
..... - bu aholi, korxona va davlatning joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to'planib borilishi nima deb ataladi?
  1. Jamg'arma
  2. Daromad
  3. Foyda
  4. Iste'mol
Javobni ko'rish
Jamg'arma
#55
Narx darajasi va sotib olinadigan tovar miqdori o'rtasidagi teskari bog'liqlik nima deb ataladi?
  1. Bozor muvozanati
  2. Bozor narxi
  3. Taklif qonuni
  4. Talab qonuni
Javobni ko'rish
Bozor narxi
#56
Bozor sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarining to'qnashishidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi. Bu nima?
  1. Marketing
  2. Taklif
  3. Talab
  4. Narx
Javobni ko'rish
Narx
#57
Tovarlarning kishilarning biror bir ehtiyojini qondirish layoqati nima?
  1. Qiyosiy naflilik
  2. Mutloq naflilik
  3. Keyingi naflilik
  4. Naflilik
Javobni ko'rish
Naflilik
#58
Shaxsiy iste'mol tovarlari nafliligi qanday ehtiyojni qondirishga layoqatli?
  1. Ishlab chiqarish ehtiyojini
  2. Shaxsiy ehtiyojni
  3. Unumli ehtiyojni
  4. Davlat ehtiyojini
Javobni ko'rish
Shaxsiy ehtiyojni
#59
Aristotelning iqtisodiy qarashlariga ko'ra pul nima?
  1. Qiymat ekvivalenti
  2. Stixiyali vujudga kelgan tovar
  3. Qiymatning o'ziga xos shakli
  4. Kishilar o'rtasidagi o'zaro kelishuv natijasi
Javobni ko'rish
Kishilar o'rtasidagi o'zaro kelishuv natijasi
#60
Klassik siyosiy iqtisod maktabi (U. Petti) g'oyasiga ko'ra qiymat qonuni nima asosida aniqlanadi?
  1. Tovar (xizmat) ning keyingi nafliligi bilan
  2. Mehnat sarflari bilan
  3. Ishlab chiqarish xarajatlariga ko'ra
  4. Bozordagi talab va taklif nisbati bilan
Javobni ko'rish
Mehnat sarflari bilan
#61
Bozor iqtisodiyotining subyekti nimalardan iborat?
  1. Firma, korxona, uy xo'jaligi, davlat, moliyaviy institutlar
  2. Firma, korxona, uy xo'jaligi, davlat, pul
  3. Firma, korxona, uy xo'jaligi, moliyaviy institutlar
  4. Firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar
Javobni ko'rish
Firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar
#62
Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida nima hisoblanadi?
  1. Iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash
  2. Resurslarni qimmatga sotib olish
  3. Resurslarni arzon sotib olish
  4. Resurslarni arzon sotishni ta'minlash
Javobni ko'rish
Iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash
#63
Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining tartibga soluvchi mexanizmi tarkibiy qismini xarakterlaydi?
  1. Talab va taklif
  2. Narx, soliq, raqobat, davlat ijtimoiy dasturlari
  3. Narx, raqobat, talab va taklif
  4. Raqobat, talab va taklif
Javobni ko'rish
Narx, raqobat, talab va taklif
#64
Talabni hisobga olib, iqtisodiy resurslar taqozo qiladigan miqdorda tovarlar ishlab chiqarilganda, qanday muammo hal qilinadi?
  1. Qanday...?
  2. Qancha...?
  3. Kim uchun...?
  4. O‘zgarishlarga moslasha oladimi?
Javobni ko'rish
Qancha...?
#65
Aholining daromadlari darajasiga ko‘ra alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta’minlangan) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinganda qanday muammoning yechimi topiladi?
  1. Qancha...?
  2. Kim uchun...?
  3. Qanday...?
  4. O‘zgarishlarga moslasha oladimi?
Javobni ko'rish
Qanday...?
#66
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar .....
  1. qimmatli qog‘ozlar bozoriga
  2. pul (pul majburiyatlari) bozoriga
  3. valyuta bozoriga
  4. sug‘urta bozoriga
Javobni ko'rish
qimmatli qog‘ozlar bozoriga
#67
Mehnat birjalari quyidagi vazifalarni bajaradi:
  1. ishsizlarniishgajoylash,yangikasbgao‘rgatish,ishsizlik nafaqasini tayinlash bilan
  2. ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, farzandlari sonini aniqlash
  3. ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, korxonalardagi bo‘sh o‘rinlarni aniqlash
  4. ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish
Javobni ko'rish
ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish
#68
Hozirgi paytda birjalarning asosiy roli quyidagilardan iborat:
  1. narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni yetkazib berish
  2. tovar narxlarining kotirovkasi, tovarlarni bitim bo‘yicha yetkazib berishni ta’minlash
  3. tovarlar narxi kotirovkasi, real talab va taklifni aniqlab, ularni muvozanatga keltirish
  4. tovarlarga real talab va taklifni aniqlash, ularni reklama qilish, narx tebranishlarini sug‘urta qilish
Javobni ko'rish
narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni yetkazib berish
#69
Sof iqtisodiy ma’noda «bozor» tushunchasi nimani anglatadi?
  1. alohida tovarlar taklifi va ularga bo‘lgan talablarni muvofiqlash- tiruvchi mexanizmlarni
  2. tijorat do‘konini
  3. ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning to- varlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infrasrukturaviy tuzilmalar tizimini
  4. bozor subyektlari iqtisodiy natijalarining amalga oshirishini
Javobni ko'rish
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning to- varlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infrasrukturaviy tuzilmalar tizimini
#70
Mulkchilik munosabatlari deganda nimani tushunasiz?
  1. Egalik qilish, foydalanish orqali vujudga keladigan iqtisodiy munosabat
  2. Tasarruf etish, o'zlashtirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy munosabat
  3. Xususiylashtirish
  4. Mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar
Javobni ko'rish
Mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar
#71
Mol – mulkni o'zlashtirish deganda nimani tushunasiz?
  1. Daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishi
  2. Mulkning egasi qo'lida saqlanib turmasligi
  3. Mol – mulk taqdirini hal qilish
  4. Mulkning egasi qo'lida saqlanib turishi
Javobni ko'rish
Daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishi
#72
Mulkdan foydalanish deganda nimani tushunasiz?
  1. Mol – mulkning iqtisodiy faoliyatida ishlatilishi
  2. Hadya qilish, ijaraga berish
  3. Mulkni meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish
  4. Mulkning egasi qo'lida saqlanib turishini bildiradi
Javobni ko'rish
Mol – mulkning iqtisodiy faoliyatida ishlatilishi
#73
Mulk qachon huquqiy kategoriya sifatida qoladi?
  1. Ko'p foyda olsa
  2. Barcha mulklar o'zlashtirilsa
  3. Mulkdan foydalanilmasa, hech qanaqa daromad olinmasa
  4. Daromad keltirsa
Javobni ko'rish
Mulkdan foydalanilmasa, hech qanaqa daromad olinmasa
#74
Qaysi qatorda mulk shakllari to'g'ri berilgan?
  1. Yakka tartibdagi mulk, xususiy mulk, shaxsiy mulk
  2. Xususiy mulk, aralash mulk, shaxsiy mulk
  3. Koorporativ mulk, aralash mulk, jamoa mulki
  4. Jamoa mulk, davlat mulki, xususiy mulk, aralash mulk, shaxsiy mulk
Javobni ko'rish
Jamoa mulk, davlat mulki, xususiy mulk, aralash mulk, shaxsiy mulk
#75
Xususiylashtirish deganda nimani tushunasiz?
  1. Davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish
  2. Xususiy mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish
  3. Xususiy mulkning davlat tassarufiga o'tkazilishi
  4. Davlat mulkini bepul berish
Javobni ko'rish
Davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish
#76
Jamoa mulkiga qanday mulklar kiradi?
  1. Turar joylar, bog' – hovli va uylar, uy ro'zg'or va shaxsiy iste'mol buyumlari
  2. Tabiiy resurslar, yirik inshootlar, transport vositalari
  3. Kooperativlar, aktsionerlik – jamiyatlari, shirkatlar, diniy tashkilotlar
  4. Davlat mulki
Javobni ko'rish
Kooperativlar, aktsionerlik – jamiyatlari, shirkatlar, diniy tashkilotlar
#77
O'z egasiga foyda keltiruvchi mulk qanday nomlanadi?
  1. Xususiy mulk
  2. Shaxsiy mulk
  3. Aralash mulk
  4. Davlat mulki
Javobni ko'rish
Xususiy mulk
#78
Mahalliy byudjet mablag'lari, kommunal xo'jaligi korxonalar, sog'liqni saqlash muassasalari kabi mulklar qanday mulk shakliga kiradi?
  1. Xususiy mulk
  2. Shaxsiy mulk
  3. Jamoa mulk
  4. Davlat mulk
Javobni ko'rish
Davlat mulk
#79
Tovar bu:
  1. Foydali buyum;
  2. Bozor munosabatlarining rivojlanishi.
  3. Odamning u yeki bu extiyejini kondiradigan biror bir narsa;
  4. Bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir,naflilikka va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash maqsadida yaratilgan inson mehnatining maxsulidir.
Javobni ko'rish
Bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir,naflilikka va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash maqsadida yaratilgan inson mehnatining maxsulidir.
#80
Tovarning xususiyatlari:
  1. Ijtimoiy zaruriy naflilik;
  2. Kishilar mexnati uchun beriladigan mukofot;
  3. Naflilik va mexnat;
  4. Iste'mol qiymati va ayirboshlash qiymati;
Javobni ko'rish
Iste'mol qiymati va ayirboshlash qiymati;
#81
Pul bu:
  1. Ayirboshlash vositasi;
  2. Tovar sarf – xarajatlarini ifodalovchi vosita;
  3. Umumiy ekvivalent rolini o’ynaydigan maxsus vosita.
  4. Jamg'arish vositasi
Javobni ko'rish
Umumiy ekvivalent rolini o’ynaydigan maxsus vosita.
#82
Ijtimoiy mehnat unumdorligi qanday o’lchanadi?
  1. Tovarlarning xilma – xilligi va kupfunktsionalligi orkali;
  2. Ishlvb chikarish sharoitlari va mexnat unumdorligi asosida
  3. Bir yilda ishlab chikarilgan maxsulot mikdori orkali;
  4. Vaqt birligida ishlab chikarilgan maxsulot miqdori va mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan vaqt orqali;
Javobni ko'rish
Vaqt birligida ishlab chikarilgan maxsulot miqdori va mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan vaqt orqali;
#83
Qog’oz pullarning likvidligi bu:
  1. Keyingi kushilgan miqdor nafliligi.
  2. Bevosita tez almashish orqali sotib olish kuchiga ega ekanligi;
  3. Bozorda aylanishi sur'ati;
  4. Naqd va kredit pullarning xarakati.
Javobni ko'rish
Bevosita tez almashish orqali sotib olish kuchiga ega ekanligi;
#84
Tovar bahosi va uning sotib olinadigan miqdori o'rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog'liqlik qanday qonun?
  1. Naflilikning kamayib borishi qonuni
  2. Talab qonuni
  3. Taklif qonuni
  4. Barcha javoblar to'g'ri
Javobni ko'rish
Talab qonuni
#85
Taklif tushunchasi nimani xarakterlaydi?
  1. Iqtisodiy resurslarning to'liq band qilinganligini;
  2. Ishlab chiqarish imkoniyatlarini;
  3. Barcha hollarda
  4. Bahoning har bir darajasida ishlab chiqarishga qodir bo'lgan va bozorga sotish uchun chiqariladigan tovarlar miqdorini;
Javobni ko'rish
Bahoning har bir darajasida ishlab chiqarishga qodir bo'lgan va bozorga sotish uchun chiqariladigan tovarlar miqdorini;
#86
Narxlar ortishi bilan talab kamayishi o'rniga ortib borishi holati qanday nomlanadi?
  1. Giffen tovari
  2. Inferior tovar
  3. Normal tovar
  4. Veblen tovari
Javobni ko'rish
Giffen tovari
#87
Taklif qonuni nimani ifodalaydi?
  1. Baho bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o'rtasidagi teskari bog'liqlikni
  2. Baho bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o'rtasidagi to'g'ridan -to'g'ri -bog'liqlikni
  3. Texnologiyalarning takomillashuvi
  4. Baxo pasayishi bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdorining ortishini
Javobni ko'rish
Baho bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o'rtasidagi to'g'ridan -to'g'ri -bog'liqlikni
#88
Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqargan mahsulotlariga bozorda yuqori narx belgilansa, u holda:
  1. Talab qisqaradi
  2. Talab va taklif o'rtasidagi nisbatga erishish orqali
  3. Taklif qisqaradi
  4. Taklif ortadi
Javobni ko'rish
Taklif ortadi
#89
Quyidagi tushunchalardan qaysi biri odamlarni biror narsa olish va haq to'lash qobiliyatlarini ifodalaydi?
  1. O'zini ko'rsatish
  2. Talab o'zgarmaydi
  3. Talab
  4. Ehtiyoj
Javobni ko'rish
Talab
#90
Agar tovar narxi talab va taklif egri chiziqlari kesishgan nuqtadan pastda bo'lsa, u holda:
  1. Tovar taqchilligi yuz beradi
  2. Xom ashyo ortikchaligi yuz beradi
  3. Narx barqaror bo'ladi
  4. Ortiqcha miqdorda tovarlar hosil bo'ladi
Javobni ko'rish
Tovar taqchilligi yuz beradi
#91
Agar ikki tovar bir-birining o'rnini bossa, u holda birining narxi o'sishi:
  1. Ikkinchi tovarga talabning pasayishiga olib keladi
  2. Xom ashyo yetishmovchiligi kelib chiqadi
  3. Ikkinchi tovarga talab hajmining ortishiga olib keladi
  4. Ikkinchi tovarga talabning o'zgarmasligiga sabab bo'ladi
Javobni ko'rish
Ikkinchi tovarga talab hajmining ortishiga olib keladi
#92
Tovar narxining tushishiga sabab bo'lishi mumkin:
  1. Xususiy tadbirkorlikka soliqlarning ortishi
  2. Ishlab chiqarish resurslari narxining tushishi
  3. Mutloq elastik
  4. O'rinbosar tovarlar narxining o'sishi
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish resurslari narxining tushishi
#93
Bozordagi barcha tovarlar, xizmatlar tarkibi va miqdori jihatidan talab va taklifning bir-biriga muvofiq kelishi – bu
  1. Iste'molchi daromadlarining ortishi
  2. Juz'iy muvozanat
  3. Bozor muvozanati
  4. Elastik talab
Javobni ko'rish
Bozor muvozanati
#94
Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatida bo'ladi, agar:
  1. Barcha javoblar to'g'ri
  2. Talab hajmi taklif hajmiga teng bo'lsa
  3. Tovarlar sifati talabga javob bersa
  4. Texnologiya darajasi sekinlik bilan o'zgarsa
Javobni ko'rish
Talab hajmi taklif hajmiga teng bo'lsa
#95
Tadbirkorlik bu........
  1. Samara
  2. Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog'liq faoliyatdir
  3. Foyda olishga qaratilgan faoliyat
  4. Savdo sotiq bilan shug'ullanish
Javobni ko'rish
Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog'liq faoliyatdir
#96
Tadbirkorlik faoliyati...........
  1. Asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar
  2. Foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat
  3. To'g'ri javob yo'q
  4. Bozor sub'ektlari o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq tavakkalchilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi
Javobni ko'rish
Foyda olish maqsadida tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat
#97
Asosiy kapital nima?
  1. To'g'ri javob yo'q
  2. Ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib o'zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo'lib-bo'lib o'tkazib boradi
  3. Ishchi kuchini yollash, renta va foiz to'lovlari
  4. Bu unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadigan o'z qiymatini yaratilgan mahsulotga o'tkazadigan va ashyoviy buyum shaklini ham yo'qotadigan qismi
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib o'zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo'lib-bo'lib o'tkazib boradi
QuizPilotda o'ynash