Kimyo
Kimyodan 150 ta test
muallif: unknown · 150 ta savol ·
1 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Ca (kalsiy), Mg (magniy) va Sr (stronsiy) elementlarining organizmdagi roli, yetishmovchiligi va ortib ketishi natijasida yuzaga keladigan kasalikni aniqlang?
- Urov (Kashin-Bek) kasalligi
- Flyuoroz, endemik buqoq
- miksedema va tireotoksik buqoq kasalliklari
- Altsgeymer va alyuminoz
Javobni ko'rish
Urov (Kashin-Bek) kasalligi
#2
Pb (qo’rg’oshin), Sn (qalay) elementlarining organizmda ortib ketishi natijasida yuzaga keladigan kasalik nomini aniqlang?
- “Qora son” kasalligi
- Minamata kasalligi.
- Menkes va Vilson kasalligi
- Saturnizm va Stannoz kasalligi
Javobni ko'rish
Saturnizm va Stannoz kasalligi
#3
Noorganogen elementlar berilgan qatorni aniqlang?
- Tl, In, La, Te, W
- Ba, Sr, Hg, Pb, As, Bi, Cd, Sb va B
- Na, K, Mg, Ca, Co, Cu, Fe, Zn
- H, O, N, C, P (S), Ca
Javobni ko'rish
Ba, Sr, Hg, Pb, As, Bi, Cd, Sb va B
#4
Kumush bilan zaxarlanish qanday nomlanadi ?
- Argiriya
- Silikoz
- Aluminoz
- Antrakoz
Javobni ko'rish
Argiriya
#5
Berilli bilan zaxarlanish qanday nomlanadi ?
- Argiriya
- Antrakoz
- Silikoz
- Berillioz
Javobni ko'rish
Berillioz
#6
Osmotik bosimlari teng bo‘lgan eritmalarning nomlanishi qanday ?
- izotonik
- gomogen
- gipotonik
- geterogen
Javobni ko'rish
izotonik
#7
Agar kompleks ion musbat zaryadlangan bo‘lsa, uning nomini aniqlang?
- akvakompleks
- neytral
- kationli
- anionli
Javobni ko'rish
kationli
#8
Na3[Co(NO2)6] , K2[CuCl4] komplekslari kiradigan komplekslar turini aniqlang?
- ichki komplekslar va kationli komplekslar
- akvakomplekslar
- atsidokomplekslar aralash komplekslar
- aralash komplekslar
Javobni ko'rish
atsidokomplekslar aralash komplekslar
#9
Komplesonometriyada ishchi eritma vazifasini o‘taydigan modda - bu:
- yod eritmasi
- kaliy permanganat
- Trilona B eritmasi
- kuchli kislota
Javobni ko'rish
Trilona B eritmasi
#10
Alkalozda organizm a’zolarida rN quyidagilardan qaysi tarafga suriladi?
- neytrallik ortishi
- kislota xosil bo‘lishi
- kislotalik ortishi
- asoslik ortishi
Javobni ko'rish
asoslik ortishi
#11
Atsidozda organizm a’zolarida rN quyidagilardan qaysi tarafga suriladi?
- kislota xosil bo‘lishi
- asoslik ortishi
- kislotalik ortishi
- neytrallik ortishi
Javobni ko'rish
kislotalik ortishi
#12
Mitsellaning tarkibi qanday?
- yadro va adsorbsion qavat
- yadro va diffuzion qavat
- adsorbsion va diffuzion qavat
- yadro, adsorbsion va diffuzion qavat bilan birgalikda
Javobni ko'rish
yadro, adsorbsion va diffuzion qavat bilan birgalikda
#13
Bufer sig‘imi uning quyidagi xajmi uchun xisoblanadi:
- 10 litr
- 5 litr
- 1 litr
- 15 litr
Javobni ko'rish
1 litr
#14
Titrimetrik analizda neytrallashtirish usuli qo'llaniladi. Ushbu usulda qanday moddalar (titrant) ishlatiladi?
- KI, KMnO4
- AgNO3, BaCl2
- NaOH, HCl.
- NaNO3, Na2S2O3
Javobni ko'rish
NaOH, HCl.
#15
Oshqozon suvi ichidagi xlorid kislotasining tarkibini aniqlash uchun qaysi usuldan foydalanish kerak?
- Murakkab titrlash.
- Yodsiz kislota-asosiy titrlash
- Mora Usuli
- Alkalimetriya Atsidimetriya
Javobni ko'rish
Alkalimetriya Atsidimetriya
#16
Siydikda pH qiymatni doimiy saqlab turuvchi bufer eritmaning nomi
- Fosfatli
- karbonatli
- oqsilli
- Oksigemoglobinli
Javobni ko'rish
Fosfatli
#17
Amiakli bufer eritmasini tanlang ?
- CH3COOH va CH3COONa
- Na2CO3 va NaHCO3
- HCOOH va CH3COONa
- NH4Cl va NH3
Javobni ko'rish
NH4Cl va NH3
#18
Kolloid zarrachalarning bir-biri bilan birlashib yiriklashishining nomi aniqlang?
- Peptizatsiya
- Sedimentatsiya
- Koagulyasiya
- Stabilizatsiya
Javobni ko'rish
Koagulyasiya
#19
Dag‘al-dispers sistemalar qatoriga kiruvchi moddani aniqlang?
- Albumin eritmasi
- Emulsiyalar
- Qon
- Jelatin eritmasi
Javobni ko'rish
Emulsiyalar
#20
Adsorbent – bu shunday moddaki, u:
- Boshqa moddalarni teng taqsimlab beradi
- O‘z yuzasida boshqa moddaning molekula yoki ionlarini yutadi
- O‘z yuzasida boshqa moddalarni eritadi
- O‘z yuzasida boshqa moddalarni parchkalaydi
Javobni ko'rish
O‘z yuzasida boshqa moddaning molekula yoki ionlarini yutadi
#21
Adsorbsiya teskari jarayonning nomi:
- Desorbsiya
- Sorbsiya
- Xemosorbsiya
- Absorbsiya
Javobni ko'rish
Desorbsiya
#22
Sirt tarangligini hisoblash uchun matematik ifodasini aniqlang?
- σ = C/RT
- σ = G/S
- σ = S/G
- σ = nRT
Javobni ko'rish
σ = G/S
#23
Sorbtsiya nima?
- Bug'lanish jarayoni
- Adsorbent va adsorbsiyani ajratish
- Og'irlikni tahlil qilish usuli
- Qattiq jismlarning gaz va bug'larning yutilishi
Javobni ko'rish
Qattiq jismlarning gaz va bug'larning yutilishi
#24
Adsorbtiv shunday moddaki, u...
- Sirt taranglikni oshiradi
- O‘z yuzasida boshqa moddalarni yutadi
- Boshqa moddalar yuzasida yutiladi
- Sirt taranglikni o‘zgartiradi
Javobni ko'rish
Boshqa moddalar yuzasida yutiladi
#25
Termodinamika – bu?
- Tashqaridan qo’shimcha energiya sistemaga sarflanmasa
- Energiya yo’q bo’lmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi
- Tashqaridan qo’shimcha energiya sistemaga sarflansa
- Energiyani bir turdan ikkinchi turiga o’tishi
Javobni ko'rish
Energiyani bir turdan ikkinchi turiga o’tishi
#26
Koagullanishning oddiy ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan bosqichining nomi:
- Koagullovchi ionning zaryadi katta bo’lsa
- Sirt taranglik
- Yashirin koagullanish
- Uzoq vaqt dializ qilish
Javobni ko'rish
Yashirin koagullanish
#27
Suyuqlik -gaz turiga kiradigan dispers sistemalarga misol:
- qotishmalar
- Tuman
- Shakar choy
- loyqa
Javobni ko'rish
Tuman
#28
Aerozolda dispers faza quyidagi holatda bo’ladi:
- suyuq
- qattiq
- gaz
- smola
Javobni ko'rish
suyuq
#29
Koordinatsion son – bu …………. ligandlar soni:
- To’g’ridan to’g’ri tashqi sefera atomi bilan bog’langan
- To’g’ridan to’g’ri ichki sfera atomi bilan bog’langan
- To’g’ridan to’g’ri tashqi va ichki sfera atomi bilan bog’langan
- To’g’ridan to’g’ri markaziy atom bilan bog’langan
Javobni ko'rish
To’g’ridan to’g’ri markaziy atom bilan bog’langan
#30
Qonning bufer sig’imining asosiy qismi to’g’ri keladigan bufer sistema – bu:
- Fosfatli
- ammiakli
- Gidrokarbonatli
- oqsilli
Javobni ko'rish
Gidrokarbonatli
#31
Odam organizmida uchramaydigan bufer sistema:
- Fosfatli
- karbonatli
- oqsilli
- ammiakli
Javobni ko'rish
ammiakli
#32
Siydikda pH qiymatni doimiy saqlab turuvchi bufer eritmaning nomi:
- Gidrokarbonatli
- Fosfatli
- ammiakli
- oqsilli
Javobni ko'rish
Fosfatli
#33
Qonga gipotonik eritma qo’shilganda kuzatiladigan xodisa:
- Gemoliz
- Gipotonik
- izotonik
- Izoosmiya
Javobni ko'rish
Gemoliz
#34
Kesson kasalligining sababi:
- Yuqori haroratdan normal bosimga keskin o’tish
- Yuqori haroratdan past bosimga keskin o’tish
- Yuqori bosimdan past bosimga keskin o’tish
- Yuqori bosimdan normal bosimga keskin o’tish
Javobni ko'rish
Yuqori bosimdan normal bosimga keskin o’tish
#35
Alyuminiy changi bilan nafas olganda qaysi kasallik kelib chiqadi:
- Alyuminoz
- Silikoz
- Antrakoz
- Argiriya
Javobni ko'rish
Alyuminoz
#36
Ko’mir kukuni bilan nafas olish natijasida kelib chiqadigan kasallik:
- Silikoz
- Alyuminoz
- Antrakoz
- Argiriya
Javobni ko'rish
Antrakoz
#37
Kremniy oksid kukuni bilan nafas olish natijasida kelib chiqadigan kasallik:
- Alyuminoz
- Antrakoz
- Silikoz
- Argiriya
Javobni ko'rish
Silikoz
#38
Quyidagi kasalliklarda faollashtirilgan ko’mir ishlatiladi:
- Nafas olish buzilganida
- Bosh, ayoq va qo’l og’riganida
- Zaharlanganda (gazdanlardan)
- Oshqozon ichak kasalliklarida, metiorizmda
Javobni ko'rish
Oshqozon ichak kasalliklarida, metiorizmda
#39
Organizmga mis ortiqcha kelib tushishi bilan bog’liq kasallik:
- Vilson
- Raxit
- Kasb
- Endemik
Javobni ko'rish
Vilson
#40
Qonga izotonik eritma quyilganda kuzatiladigan hodisaning nomi:
- izotonik
- Izoosmiya
- Gemoliz
- Gipotonik
Javobni ko'rish
Izoosmiya
#41
Xujayra ichida ta’sir ko‘rsatadigan bufer sistema asosan - bu:
- Fosfatli
- Ammiakli
- Gidrokarbonatli
- Oqsilli
Javobni ko'rish
Gidrokarbonatli
#42
Quyidagi kompleks birikmalardan kation kompleksni tanlang ?
- K[AlH4]
- K2[PtCl6]
- [Cr(H2O)4Cl2]Cl
- K3[Fe(CN)6]
Javobni ko'rish
[Cr(H2O)4Cl2]Cl
#43
Ma`lum miqdorda organizmda bo`lib, biologik funksiyasi to`liq o`rganilmagan, ko`payib ketishi organizmni zaharlaydigan elementlar qanday ataladi ?
- Silikoz
- Noorganogen
- Organogen
- Essensial
Javobni ko'rish
Noorganogen
#44
Suyak shakllanishi, tish emalini va dentinni hosil qilish uchun qanday element kerak?
- Ftor
- Kaliy
- Xlor
- Natriy
Javobni ko'rish
Ftor
#45
Organizmning barcha a’zolarida ta’sir ko‘rsatuvchi bufer sistema
- Gidrokarbonatli
- Oqsilli
- Ammiakli
- Fosfatli
Javobni ko'rish
Oqsilli
#46
Organik birikmalar qanday asosiy sinflarga bo’linadi?
- Metalmaslar va Aromatik birikmalar
- Metallar va geterosiklik birikmalar
- Kislotalar va tuzlar
- Ochiq zanjirli va yopiq zanjirli
Javobni ko'rish
Ochiq zanjirli va yopiq zanjirli
#47
Geterosiklik birikmalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?
- Xalqasida uglerod va vadaroddan tashqari (N,O,S,P) geteroatom saqlagan birikmalar
- Uglerod zanjirida (-OH) guruh saqlagan birikmalar
- To’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar
- Xalqasida faqat uglerod va vadarod elementidan iborat bo’lgan birikmalar
Javobni ko'rish
Xalqasida uglerod va vadaroddan tashqari (N,O,S,P) geteroatom saqlagan birikmalar
#48
Siklopentan tarkibida nech uglerod atomlari bo’ladi?
- 5 ta
- 6 ta
- 3 ta
- 4 ta
Javobni ko'rish
5 ta
#49
Organik karbon kislotalar o’zida qanday funksional guruh saqlaydi?
- -COOH
- -SH
- -OH
- =NH
Javobni ko'rish
-COOH
#50
Oragnik birikmalarda geometrik izomeriya qasi turdagi izomeriya hissoblanadi?
- Struktura
- Sinflararo
- Fazofiy
- Optik
Javobni ko'rish
Fazofiy
#51
Ikkita xiral uglerod saqlagan molekulani ko’rsating?
- Olma kislota
- Sirka kislota
- Moy kislota
- Vino kislota
Javobni ko'rish
Vino kislota
#52
Qaysi organik birikmalar qaytarilishidan spirtlar hosil bo’ladi?
- Nitrobirikmalar va nitrillar
- Aldegidlar va ketonlar
- Fenollar va alkanlar
- Alkenlar va alkinlar
Javobni ko'rish
Aldegidlar va ketonlar
#53
Izomoy aldegid tarkibida nechta uglerod atomi bor?
- 4 ta
- 3ta
- 2 ta
- 5 ta
Javobni ko'rish
4 ta
#54
Aldegilar uchun sifat reaksiyasi qaysi?
- Vodorod bilan qaytarilish
- Kondensatlanish reaksiyasi
- Birikish va ajralish reaksiaysi
- Mis va kumus ko’zgu reaksiyasi
Javobni ko'rish
Mis va kumus ko’zgu reaksiyasi
#55
Formalin nima?
- Formaaldegid 40% eritmasi
- Tollens reaktivi
- Farmaaldegid 4% eritmasi
- Sirka kislota 40% eritmasi
Javobni ko'rish
Formaaldegid 40% eritmasi
#56
Tollens reaksivi bilan ijobiy samara beradigan modda?
- Fenol
- Etanol
- Propanal
- Etil propil efir
Javobni ko'rish
Propanal
#57
Quyidagilar ichidan qaysi biri keton ?
- Atseton
- Etanol
- Formalin
- Sirka aldegid
Javobni ko'rish
Atseton
#58
Sirka aldegidi qaysi uglevodorod gidratlanishidan olinadi?
- Propan
- Etilen
- Atsetilen
- Buradien-1,3
Javobni ko'rish
Atsetilen
#59
Izopropil spirtining oksidlanishidan qanday okso birikma olinadi?
- Dimetil sirka aldegid
- Propanal
- Dimetil keton
- Butanon
Javobni ko'rish
Dimetil keton
#60
Xloral gidrat tibbiyotda nima maqsadda ishlatiladi?
- Shamollashga qarsi
- Ishlatilmaydi
- Tinchlantiruvchi sifatida
- Og’riq qoldiruvchi
Javobni ko'rish
Tinchlantiruvchi sifatida
#61
Aromatik kislotani ko’rsating?
- Toluol
- Sirka kislota
- Valerian kislota
- Benzoy kislota
Javobni ko'rish
Benzoy kislota
#62
Sut kislotasi qanday karbon kislota qatoriga kiradi?
- Aromatik kislota
- Geterofunksional kislota
- Dikarbon kislota
- To’yinmagan karbon kislota
Javobni ko'rish
Geterofunksional kislota
#63
Monokarbon kislotalar ichida eng kuchli kislota qaysi?
- Sirka kislota
- Oksalat kislota
- Chumoli kislota
- Moy kislota
Javobni ko'rish
Chumoli kislota
#64
Sirka kislota bilan metanol tasirlashganda qanday organik birikma hosil bo’ladi?
- Etilatsetat
- Etilformiat
- Metilatsetat
- Metilformiat
Javobni ko'rish
Metilatsetat
#65
Karbon kislotalarning xlor angdridlarini korsating?
- R-COCl
- Bunday maxsulotlar yo’q
- R-SH
- R-CO-ONa
Javobni ko'rish
R-COCl
#66
Ikki asosli karbon kislotalarni ko’rsating?
- Qaxrabo kislota va sirka kislota
- Moy kislota va valerian kislota
- Oksalat kislota va malein kislota
- Chumoli kislota va malon kislota
Javobni ko'rish
Oksalat kislota va malein kislota
#67
Malon kislotasi qizdirilib dekarboksillanishidan qanday moddalar hosil bo’ladi?
- Chumoli kislota va karbonat angidirid
- Propan kislotasi va karbonat angidirid
- Sirka kislotasi va karbonat angidirid
- Oksalat kislota va chumoli kislota
Javobni ko'rish
Sirka kislotasi va karbonat angidirid
#68
Natriy benzoatning tibbiyotdagi ahamiyati qanday?
- Narkozda ishlatiladi
- Istima tushuruvchi
- Dezinfeksiyalovchi vosita
- Yurak kasallliklariga qarshi
Javobni ko'rish
Dezinfeksiyalovchi vosita
#69
Quyidagilardan qaysi biri polifunksional birikma?
- Glitserin va qaxrabo kislota
- Benzoy kislota va etilen diamin
- Etil spirit va sirka kislota
- Etil amin va chumoli kislota
Javobni ko'rish
Glitserin va qaxrabo kislota
#70
Gidraxinon, rezorsin pirogallol kabi birikmalar qanday organik birikmalar qatoriga kiradi?
- Aromatik karbon kislotalar
- Alifatik sipirtlar
- Polifunksional birikmalar
- Geterofunksional birikmalar
Javobni ko'rish
Polifunksional birikmalar
#71
Etilenglikol va gliserin uchun qaysi reagent sifat reaksiyasi hosil qiladi?
- Mis (II)-gidroksid
- Mis sulfat
- Natriy gidroksid
- Sirka kislota
Javobni ko'rish
Mis (II)-gidroksid
#72
Glitserin trinitratining 1% eritmasi tibbiyotda nima maqsadda ishlatiladi?
- Dezinfeksiyalovchi vosita
- Stenokardiyani davolashda
- Zaxarli hissoblanadi
- Istima tushuruvchi
Javobni ko'rish
Stenokardiyani davolashda
#73
Putressin va kadaberin tarkibida qanday funksional guruhlar bor?
- karboksil
- gidriksil
- Bunday moddalar yo’q
- Amino
Javobni ko'rish
Amino
#74
Glioksal moddasi tarkibida qanday funksional guruhlar saqlaydi?
- Amino guruh
- 2ta karboksil
- 2ta aldegid guruh
- 1ta gidroksil guruh
Javobni ko'rish
2ta aldegid guruh
#75
Glitserinning qanday organik birikmalari organizmda metabolism jarayonida qatnashadi?
- Glitserinning sirka efirlari
- Nitroglitserin
- glitserofasfadlar
- Buday moddalar yo’q
Javobni ko'rish
glitserofasfadlar
#76
Ko’p atomli fenollar uchun sifat reaksiyasi qanday?
- Feling suyuqligi
- Kumush ko’zgu reaksiyasi
- Temir (III)- xlorid
- Mis (II)-gidrosid
Javobni ko'rish
Temir (III)- xlorid
#77
Geterofunksional birikmalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?
- Tarkibida faqat bir xil funksional guruh saqlaydi
- Tarkibida bir nechta har xil turdagi funksional guruh saqlaydi
- Tarkibida bir nechta bir xil turdagi funksional guruh saqlaydi
- Tarkibida geteroatom saqlaydi
Javobni ko'rish
Tarkibida bir nechta har xil turdagi funksional guruh saqlaydi
#78
Malein kislotasi kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan tasirlashganda qanday organic birikma hosil qiladi?
- Olma kislotasi
- Sut kislota
- Fumar kislota
- Vino kislota
Javobni ko'rish
Vino kislota
#79
Kolamin qanday modda?
- Dikarbon kislota
- Diamin
- Glikol
- amino spirt
Javobni ko'rish
amino spirt
#80
Fenatsetin (Parasetamol) dori moddasiga qaysi geterofunksional birikma asos bo’ladi?
- limon kislotasi
- m-amino benzoy kislota
- p-nitro fenol
- p-amino fenol
Javobni ko'rish
p-amino fenol
#81
GOMK qisqartmasi qaysi geterofunksional birikmani ifodalaydi va tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi?
- Gamma amino moy kislotasi narkoz sifatida
- Gamma gidroksi butan kislotasi yo’talga qarshi
- Bunday modda yo’q
- Alfa amino moy kislotasi tibbiyotda ishlatilmaydi
Javobni ko'rish
Gamma amino moy kislotasi narkoz sifatida
#82
Salitsil kislotasi asosida qanday dorivor moddalar olingan?
- Laktid va lakton
- Aspirin va salol
- Demidrol va xolin
- Parasetamol va novakain
Javobni ko'rish
Aspirin va salol
#83
Alfa amino kislotalar qizdirilganda degidratlanishidan qanday maxsulotlar hosil bo’ladi?
- Diketopiperazinlar
- Epoksidlar
- Laktamlar
- Lakktidlar
Javobni ko'rish
Diketopiperazinlar
#84
Quyidagi omillardan qaysi biri organik birikmalarning reaksion qobiliyatiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatadi?
- Funktsional guruhlarning tabiati
- Molekulaning molekulyar massasi
- Molekulaning agregat holati
- Molekulaning ranggi
Javobni ko'rish
Funktsional guruhlarning tabiati
#85
Aldegidlarning biologik tizimlarda yuqori reaksion qobiliyatga ega bo‘lishining asosiy sababi nima?
- Molekuladagi vodorod bog‘larining yo‘qligi
- Molekulaning katta hajmga ega bo‘lishi
- Uglevodorod zanjirining uzunligi
- Karbonil guruhdagi uglerod atomining elektrofil xususiyati
Javobni ko'rish
Karbonil guruhdagi uglerod atomining elektrofil xususiyati
#86
Karbon kislotalarning kislotalik xossasi asosan qaysi xususiyati bilan izohlanadi?
- Gidrokarbon zanjirining tarmoqlanishi
- Molekulaning yuqori molekulyar massaga ega bo‘lishi
- Karboksil guruhidagi vodorod ionining oson ajralishi
- Molekuladagi uglerod atomlarining soni ortishi
Javobni ko'rish
Karboksil guruhidagi vodorod ionining oson ajralishi
#87
Polifunksional birikmalarning biologik faol moddalarda keng uchrashining asosiy sababi nima?
- Ularning past molekulyar massaga ega bo‘lishi
- Faqat energetik vazifa bajarishi
- Suvda erimasligi
- Bir nechta funksional guruhlar orqali turli biologik reaksiyalarda ishtirok etishi
Javobni ko'rish
Bir nechta funksional guruhlar orqali turli biologik reaksiyalarda ishtirok etishi
#88
Quyidagi moddalar ichida geterofunksional birikmaga misol qaysi?
- Glitsin
- Etanol
- Aseton
- Glyukoza
Javobni ko'rish
Glitsin
#89
Quyidagilardan qaysi biri polimer emas?
- nuklein kislota
- yog‘
- oqsil
- uglevod
Javobni ko'rish
yog‘
#90
Biokimyoviy jarayonlarga to‘sqinlik qiladigan moddalar qanday nomlanadi?
- antimetabolit
- antipod
- nukleotid
- nukleozid
Javobni ko'rish
antimetabolit
#91
Nukleozid tarkibida qaysi qismlar bo‘ladi?
- Azotli asos + lipid
- Uglevod + fosfat
- Azotli asos + uglevod
- Azotli asos + fosfat
Javobni ko'rish
Azotli asos + uglevod
#92
Nukleozidlarning polifosfatlari qaysi biologik jarayonlarda muhim ahamiyatga ega?
- Vitamin hosil bo‘lishi
- Lipid parchalanishi
- Energiya almashinuvi
- Moddalar almashinuvi
Javobni ko'rish
Energiya almashinuvi
#93
Sovunlanadigan oddiy lipidlar qaysilar?
- Terpenlar
- Steroidlar
- Vitaminlar
- Triglitseridlar
Javobni ko'rish
Triglitseridlar
#94
Fosfolipidlar qaysi tuzilishga kiradi?
- Sovunlanadigan murakkab lipidlar
- Sovunlanmaydigan lipidlar
- Sovunlanadigan oddiy lipidlar
- Steroidlar
Javobni ko'rish
Sovunlanadigan murakkab lipidlar
#95
Sovunlanmaydigan lipidlar qaysilar?
- Fosfolipidlar
- Steroidlar va terpenlar
- Triglitseridlar
- Glikolipidlar
Javobni ko'rish
Steroidlar va terpenlar
#96
Terpenlar bu …
- Aminokislotalardan tashkil topgan
- Nukleotid qoldig‘idan tashkil topgan
- Fosfat qoldig‘idan tashkil topgan
- Izopren qoldig‘idan tashkil topgan
Javobni ko'rish
Izopren qoldig‘idan tashkil topgan
#97
Xolesterin qaysi guruhga kiradi?
- Glikolipidlar
- Steroidlar
- Terpenlar
- Fosfolipidlar
Javobni ko'rish
Steroidlar
#98
Nuklein kislotalarda vodorod bog‘lari qaysi qismlar orasida hosil bo‘ladi?
- Azot asoslari orasida
- Uglevodlar orasida
- Lipidlar orasida
- Fosfat guruhlari orasida
Javobni ko'rish
Azot asoslari orasida
#99
Steroidlarning asosini qaysi modda tashkil qiladi?
- Nukleotid yadrosi
- Siklopentanopergidrofenantren
- Izopren yadrosi
- Aromatik yadrosi
Javobni ko'rish
Siklopentanopergidrofenantren
#100
Qaysi sintetik kortikosteroid hisoblangan steroidli gormon revmatizm, bronxial astma, teri shamollash holatlarini davolashda ishlatiladi?
- prednizolon
- androstan
- progesteron
- estran
Javobni ko'rish
prednizolon
#101
DNK replikatsiyasi qayerda sodir bo‘ladi?
- mitoxondriyada
- yadroda
- sitoplazmada
- ribosomada
Javobni ko'rish
yadroda
#102
Irsiy axborotlarni saqlash, nasldan naslga o‘tkazish va oqsillar biosintezini amalga oshiradigan moddalar qaysi?
- uglevod
- yog‘
- oqsil
- nuklein kislota
Javobni ko'rish
nuklein kislota
#103
Nuklein kislotalar tarkibida geterohalqalarning qaysi tautomer shakli uchraydi?
- laktim
- karboksil
- laktam
- yenol
Javobni ko'rish
laktam
#104
Nukleozidlar gidrolizi bajariladigan pH muhiti qanday?
- kislotali
- etil spirtli muhitda
- ishqoriy
- neytral
Javobni ko'rish
ishqoriy
#105
Nuklein kislotalarning ikkilamchi tuzilishi shakllanishida qatnashadigan bog‘ning turi qanday?
- vodorod
- murakkab efir
- glikozid
- fosfodiefir
Javobni ko'rish
vodorod
#106
Nuklein kislotalarning uchlamchi tuzilishi shakllanishida asosan qatnashadigan aminokislotaning nomi nima?
- asparagin
- triptofan
- prolin
- arginin
Javobni ko'rish
arginin
#107
Qaysi yog‘lar o‘simliklar mag‘zida bo‘lib, to‘yinmagan kislota qoldig‘i tutadi?
- yog‘lar
- moylar
- mumlar
- oqsillar
Javobni ko'rish
moylar
#108
Qaysi yog‘lar hayvonlarda uchraydi ular to‘yingan yog‘ kislotasini murakkab efiridir?
- moylar
- oqsillar
- yog‘lar
- mumlar
Javobni ko'rish
yog‘lar
#109
Qaysi yog‘lar asalari uyasida bo‘ladi, bir atomli yuqori molekular spirtlarning murakkab efiridir.
- yog‘lar
- mumlar
- oqsillar
- moylar
Javobni ko'rish
mumlar
#110
Glitserolipidlarning tuzilish analogi bu …
- glikolipid
- fosfolipid
- oddiy lipid
- sfingolipid
Javobni ko'rish
sfingolipid
#111
DNK denaturatsiyasida qaysi bog‘lar uziladi?
- gidrofob va gidrofil
- kovalent va ion
- donor-akseptor va ion
- vodorod va gidrofob
Javobni ko'rish
vodorod va gidrofob
#112
Hujayrada RNKning nechta turi uchraydi?
- 3
- 2
- 4
- 1
Javobni ko'rish
4
#113
Yuqori molekular yog‘ kislotalari va yuqori molekular spirtlarning eterifikatsiyalanishidan hosil bo‘lgan moddalar ... deyiladi.
- mumlar
- yog‘lar
- oqsillar
- moylar
Javobni ko'rish
mumlar
#114
Komplementarlik - bu ... bog‘lari bilan bilan bog‘langan azotli asoslarning qat'iyan bir biriga to‘g‘ri kelishi.
- donor-akseptor
- ion
- vodorod
- kovalent
Javobni ko'rish
vodorod
#115
"Gidroliz soni", "yod soni" kabi tushunchalar quyidagi moddalarning qaysi biri uchun xos?
- oqsillar
- nuklein kislotalar
- yog‘lar
- uglevodlar
Javobni ko'rish
yog‘lar
#116
… – rangsiz, xloformga o’xshash hidli, tez oksidlanadigan, shuning uchun havoda tez qorayadigan, kislotalar ta’siriga chidamsiz suyuq modda.
- Sirka kislota
- Gallit
- Pirrol
- Glitserin
Javobni ko'rish
Pirrol
#117
Yuryev reaksiyasida quyidagi qaysi 3 modda qatnashadi?
- Gallit, silvin, silvinit
- Pirrol, furan, tiofen
- Piridin, pirimidin, piperidin
- Etanol, etanal, etan kislota
Javobni ko'rish
Pirrol, furan, tiofen
#118
Gistamin quyidagi qaysi geterohalqali birikma asosi hisoblanadi?
- Imidazol
- Piridin
- Pirimidin
- Pirrol
Javobni ko'rish
Imidazol
#119
Psixiatriyada keng qo’llaniladigan tinchlantiruvchi, uyqu chaqiruvchi (trankvilizator) xususiyatga ega dori vositasi – Fenobarbital quyidagi qaysi geterohalqali birikma hosilasi?
- Pirimidin
- Purin
- Piridin
- Pirrol
Javobni ko'rish
Pirimidin
#120
Kayfiyat va emotsiyalarni boshqaruvchi neyromediator – Serotonin quyidagi qaysi geterohalqali birikma hosilasi?
- Xinolin
- Imidazol
- Indol
- Purin
Javobni ko'rish
Indol
#121
Qahva va ayniqsa choy tarkibida mavjud bo’lgan, markaziy asab tizimiga qo’zg’atuvchi ta’sir qiluvchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi, siydik ajralishini yaxshilovchi – Koffein moddasi quyidagi qaysi geterohalqali birikma hosilasi hisoblanadi?
- Piridin
- Pirimidin
- Indol
- Purin
Javobni ko'rish
Purin
#122
Alkaloidlar deb nimaga aytiladi?
- Ayrim hayvonlarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan kislorod saqlovchi (kislota xossasiga ega) geterofunksional birikmalar
- Ayrim o’simliklarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan kislorod saqlovchi (kislota xossasiga ega) geterohalqali birikmalar
- Ayrim o’simliklarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azot saqlovchi (asos xossasiga ega) geterohalqali birikmalar
- Ayrim hayvonlarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azot saqlovchi (asos xossasiga ega) geterofunksional birikmalar
Javobni ko'rish
Ayrim o’simliklarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azot saqlovchi (asos xossasiga ega) geterohalqali birikmalar
#123
Nicotiana tabacum o’simligidan olinadigan, erkin holda tamaki hidli, rangsiz, moysimon suyuqlik hisoblangan, ganglioblokator, yuqori dozada esa periferik nerv sistemasiga kuchli ta’sirga ega bo’lgan Nikotin quyidagi qaysi geterohalqali birikma asosi hisoblanadi?
- Purin, pirrolin
- Piperidin, pirrol
- Pirimidin, imidazol
- Piridin, pirrolidin
Javobni ko'rish
Piridin, pirrolidin
#124
2-amino 6-okso purin quyida keltirilgan geterohalqali birikmalarning qaysi biriga mos keladi?
- Guanin
- Sitozin
- Adenin
- Timin
Javobni ko'rish
Guanin
#125
2,4-diokso 6-metil pirimidin quyida keltirilgan geterohalqali birikmalarning qaysi biriga mos keladi?
- Sitozin
- Timin
- Uratsil
- Guanin
Javobni ko'rish
Timin
#126
Benzopirrol quyidagi geterohalqali birikmalarning qaysi biri?
- Gistamin
- Furatsillin
- Fenolftalein
- Serotonin
Javobni ko'rish
Serotonin
#127
Quyidagilardan qaysi biri Chargaff qoidasiga to’g’ri kelmaydi?
- Adenin=Uratsil
- Adenin=Timin
- Guanin=Sitozin
- Purin asoslari = Pirimidin asoslari
Javobni ko'rish
Adenin=Uratsil
#128
DNK fragmentida guanin soni 40 ta va ushbu DNK fragmentida vodorod bog’lar soni umumiy 240 ta bo’lsa, pirimidin asoslari soni nechta bo’ladi?
- 60
- 40
- 100
- 200
Javobni ko'rish
100
#129
Alfa-aminokislotalarning eng birinchi vakili quyidagi moddalarning qaysi biri?
- Glitserin
- Glitsin
- Kolamin
- Alanin
Javobni ko'rish
Glitsin
#130
Quyidagilardan qaysi biri monoamino dikarbon kislota?
- Serin va Treonin
- Asparagin va Glutamin kislota
- Sistein va Metionin
- Lizin va Arginin
Javobni ko'rish
Asparagin va Glutamin kislota
#131
Quyidagilardan qaysi biri diamino monokarbon kislota?
- Sistein va Metionin
- Serin va Treonin
- Asparagin va Glutamin kislota
- Lizin va Arginin
Javobni ko'rish
Lizin va Arginin
#132
Quyidagilardan qaysi biri oksi aminokislota?
- Sistein va Metionin
- Lizin va Arginin
- Serin va Treonin
- Asparagin va Glutamin kislota
Javobni ko'rish
Serin va Treonin
#133
Quyidagilardan qaysi biri tio aminokislota?
- Serin va Treonin
- Lizin va Arginin
- Asparagin va Glutamin kislota
- Sistein va Metionin
Javobni ko'rish
Sistein va Metionin
#134
Quyidagilardan qaysi biri aromatik aminokislota?
- Fenilalanin va Tirozin
- Gistidin va Triptofan
- Valin va Leysin
- Prolin
Javobni ko'rish
Fenilalanin va Tirozin
#135
Quyidagilardan qaysi biri alifatik aminokislota?
- Gistidin va Triptofan
- Prolin
- Valin va Izoleysin
- Fenilalanin va Tirozin
Javobni ko'rish
Valin va Izoleysin
#136
Quyidagilardan qaysi biri geterohalqali aminokislota?
- Alanin va Izoleysin
- Gistidin va Triptofan
- Fenilalanin va Tirozin
- Prolin
Javobni ko'rish
Gistidin va Triptofan
#137
Quyidagilardan qaysi biri siklik aminokislota?
- Fenilalanin va Tirozin
- Prolin
- Gistidin va Triptofan
- Glitsin va Leysin
Javobni ko'rish
Prolin
#138
Quyidagilardan qaysi biri oqsilning peptid bog’iga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga yangi tayyorlangan mis (II) gidroksid ta’sir ettirib, binafsha (qizil-pushti) rangli kompleks birikma hosil qilinadi?
- Foli
- Biuret
- Ningidrin
- Ksantoprotein
Javobni ko'rish
Biuret
#139
Quyidagilardan qaysi biri oqsilning benzol halqasiga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga nitrat kislota ta’sir ettirib, sariq rangli birikma hosil qilinadi?
- Ningidrin
- Millon
- Ksantoprotein
- Foli
Javobni ko'rish
Ksantoprotein
#140
Quyidagilardan qaysi biri oqsil tarkibidagi sulfid bog’iga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga ishqoriy muhitda qo’rg’oshin (II) atsetat ta’sir ettirib, qora rangli cho’kma hosil qilinadi?
- Millon
- Ksantoprotein
- Foli
- Ningidrin
Javobni ko'rish
Foli
#141
Quyidagilardan qaysi biri oqsil tarkibidagi erkin aminoguruhiga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga ningidrin eritmasi ta’sir ettirib, ko’k-binafsha rangli kompleks birikma hosil qilinadi?
- Ksantoprotein
- Millon
- Foli
- Ningidrin
Javobni ko'rish
Ningidrin
#142
Quyidagilardan qaysi biri oqsil tarkibidagi tirozinga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga simob nitrat tuzining nitrit va nitrat kislotalardagi eritmasi ta’sir ettirib, qizil-qo’ng’ir rangli kompleks birikma hosil qilinadi?
- Foli
- Millon
- Ningidrin
- Ksantoprotein
Javobni ko'rish
Millon
#143
Quyidagilardan qaysi biri glyukozaga struktur izomer?
- Galaktoza
- Saxaroza
- Fruktoza
- Mannoza
Javobni ko'rish
Fruktoza
#144
Quyidagilardan qaysi biri glyukozaga epimer?
- Laktoza va Maltoza
- Riboza va Dezoksiriboza
- Galaktoza va Mannoza
- Fruktoza va Arabinoza
Javobni ko'rish
Galaktoza va Mannoza
#145
DNK (1) va RNK (2) tarkibida qaysi monosaxaridlar uchraydi?
- 1-Fruktoza; 2-Glyukoza
- 1-Dezoksiriboza; 2-Riboza
- 1-Glyukoza; 2-Fruktoza
- 1-Riboza; 2-Dezoksiriboza
Javobni ko'rish
1-Dezoksiriboza; 2-Riboza
#146
Galaktozemiya qanaqa kasallik?
- Organizmda galaktozani parchalovchi ferment yetishmaydi
- Organizmda galaktoza yetishmovchiligi kuzatiladi
- Organizmda galaktozani parchalovchi ferment ortib ketadi
- Organizmda galaktoza ortiqcha (ko’p) ishlab chiqariladi
Javobni ko'rish
Organizmda galaktozani parchalovchi ferment yetishmaydi
#147
Quyidagilardan qaysi biri disaxaridlar?
- Saxaroza, Laktoza, Maltoza va Sellobioza
- Riboza, Dezoksiriboza, Arabinoza va Ksiloza
- Kraxmal, Glikogen, Xitin va Sellyuloza
- Glyukoza, Galaktoza, Mannoza va Fruktoza
Javobni ko'rish
Saxaroza, Laktoza, Maltoza va Sellobioza
#148
Quyidagilardan qaysi biri polisaxaridlar?
- Saxaroza, Laktoza, Maltoza va Sellobioza
- Riboza, Dezoksiriboza, Arabinoza va Ksiloza
- Kraxmal, Glikogen, Xitin va Sellyuloza
- Glyukoza, Galaktoza, Mannoza va Fruktoza
Javobni ko'rish
Kraxmal, Glikogen, Xitin va Sellyuloza
#149
Saxaroza tarkibida quyidagi monosaxaridlardan qaysi biri mavjud?
- alfa-Glyukoza va betta-Fruktoza
- betta-Glyukoza va alfa-Galaktoza
- betta-Glyukoza va alfa-Fruktoza
- alfa-Glyukoza va betta-Galaktoza
Javobni ko'rish
alfa-Glyukoza va betta-Fruktoza
#150
Laktoza tarkibida quyidagi monosaxaridlardan qaysi biri mavjud?
- alfa-Glyukoza va betta-Galaktoza
- alfa-Glyukoza va betta-Fruktoza
- betta-Glyukoza va alfa-Fruktoza
- betta-Glyukoza va alfa-Galaktoza
Javobni ko'rish
alfa-Glyukoza va betta-Galaktoza
QuizPilotda o'ynash