Falsafa
Falsafa
muallif: YODGOR · 147 ta savol ·
2 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
Falsafa · 1/3
#1
“PROFI UNIVERSITY” XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASASI “IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Falsafa” fanidan TESTLAR Toshkent – 2025 Pifagor talqiniga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlariga keladigan uchinchi guruhga mansub kishilar kimlar?
- Sportchilar.
- To‘gri javob ko‘rsatilmagan.
- Savdogarlar.
- Faylasuflar.
Javobni ko'rish
Faylasuflar.
#2
Falsafaning bo‘limlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- Ontologiya, gnoseologiya, ijtimoiy falsafa.
- Mantiq, Axloqshunoslik, Nafosatshunoslik.
- Barcha javoblar to‘g‘ri.
- Falsafiy antropologiya, prakseologiya, akseologiya
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri.
#3
Estetika nimani o‘rganadi?
- To‘gri javob ko‘rsatilmagan.
- Go‘zallik va san’atning mohiyatini o‘rganadi.
- Tafakkur qonunlarini o‘rganadi.
- Odob-axloqni o‘rganadi.
Javobni ko'rish
Go‘zallik va san’atning mohiyatini o‘rganadi.
#4
“Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ... degan ma’noni anglatadi.
- Hikoya, matn.
- Afsona, rivoyat.
- To‘gri javob ko‘rsatilmagan.
- Musiqa, raqs.
Javobni ko'rish
Afsona, rivoyat.
#5
«Din» so‘zi arabcha so‘z bo‘lib … degan ma’nolarni anglatadi.
- «Tushunmoq», «anglamoq», «ishonmoq».
- «E’tiqod», «ishonch», «ishonmoq».
- «E’tiqod», «his etish», «ishonmoq».
- «E’tiqod», «ishonch», «maftun bo‘lmoq»
Javobni ko'rish
«E’tiqod», «ishonch», «ishonmoq».
#6
Falsafiy dunyoqarash taxminan qachon shakllangan?
- Bundan taxminan 1000 ming yil avval.
- Bundan taxminan 500 ming yil avval.
- Bundan taxminan 2500 ming yil avval.
- Bundan taxminan 2000 ming yil avval.
Javobni ko'rish
Bundan taxminan 2500 ming yil avval.
#7
… – turli qarama-qarshi nazariyalarni aralash-quralash qilib yuboruvchi tafakkur.
- Dialektika.
- Sinergetika.
- Eklektika
- Sofistika.
Javobni ko'rish
Eklektika
#8
Biz barpo etayotgan yangi O‘zbekistonning milliy g‘oyasi insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik g‘oyasi bo‘ladi. Shu so‘zlar muallifini toping.
- Abdulla Oripov.
- Shavkat Mirziyoyev.
- Abdulla Aripov.
- Islom Karimov.
Javobni ko'rish
Shavkat Mirziyoyev.
#9
“Astika” va “Nastika” so‘zlari nimani anglatadi?
- Qadimgi Hindistondagi falsafiy yodgorliklarni.
- Qadimgi Hindistondagi falsafiy manbalarni.
- Qadimgi Hindistondagi falsafiy maktablarni.
- To‘g‘ri jabob yo‘q.
Javobni ko'rish
Qadimgi Hindistondagi falsafiy maktablarni.
#10
Qadimgi Xitoyda shakllangan daochilik (daosizm) falsafiy maktabi asoschisi kim?
- Mo Szi.
- Shan Yan.
- Konfutsiy.
- Lao Szi.
Javobni ko'rish
Lao Szi.
#11
Konfutsiyning ta’limotida Li degan tushunchasi …
- «Tartib», «marom» degan ma’nolarni anglatadi.
- «Tartib», «tortib» degan ma’nolarni anglatadi.
- «Tartib», «buzuvchi» degan ma’nolarni anglatadi.
- «Maskan», «marom» degan ma’nolarni anglatadi.
Javobni ko'rish
«Tartib», «marom» degan ma’nolarni anglatadi.
#12
Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch: …
- yaxshilik va ezgulik kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi kurash
- yaxshilik va yaxlitlik kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi kurash
- yaxshilik va yomonlik kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi
- yaxlitlik va ezgulik kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi kurash
Javobni ko'rish
yaxshilik va yomonlik kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi
#13
“Avesto”da quyidagi uch jihat insonning insoniyligini ta’minlovchi asosiy fazilatlar ekanligi aytiladi. Bular:
- Ezgu tasavvur; 2)Ezgu amal; 3) Ezgu a’moldir.
- Ezgu fikr; 2)Ezgu so‘z; 3) Ezgu ish (amal)dir.
- To‘g‘ri javob yo‘q.
- Ezgu fantaziya; 2)Ezgu niyat; 3) Ezgu ish (amal)dir.
Javobni ko'rish
Ezgu fikr; 2)Ezgu so‘z; 3) Ezgu ish (amal)dir.
#14
Kubraviya tariqatining asoschisi kim?
- Shayx Najmiddin Kubro
- Pahlavon Mahmud
- Ahmad Yassaviy
- Shayx Bahovuddin Naqshband
Javobni ko'rish
Shayx Najmiddin Kubro
#15
Kubraviya tariqatining mohiyati nechta usulda mujassamlashgan?
- 15 ta.
- 10 ta.
- 8 ta.
- 9 ta.
Javobni ko'rish
10 ta.
#16
U Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Kim?
- Abu Mansur Moturidiy.
- Abu Ali ibn Sino.
- Mahmud Zamaxshariy.
- Imom G‘azzoliy
Javobni ko'rish
Abu Mansur Moturidiy.
#17
Vosil ibn Ato (699-748-yillar) qaysi yo‘nalish asoschisi?
- Jabariylar.
- Mutakallimlar.
- Mo‘tazilalar.
- Salafiylar.
Javobni ko'rish
Mo‘tazilalar.
#18
U kishining “Al-jome’ us-sahih”, “Al-adab al-mufrad” kabi asarlari o‘zbek tiliga o‘girilib, katta nusxada nashr qilingan. Kimning?
- Abu Xafs Kabr Buxoriy.
- Imom Buxoriy.
- Abu Nasr Forobiy.
- Iso at-Termiziy.
Javobni ko'rish
Imom Buxoriy.
#19
IX-XII asr Uyg‘onish davri fani va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- Tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib
- Insonga xos tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish,
- Barcha javoblar to‘g‘ri.
- Barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri.
#20
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minerologiya» asarlari muallifi kim?
- Abu Nasr Forobiy.
- Abu Rayhon Beruniy.
- Abu Ali ibn Sino.
- Mahmud Zamaxshariy.
Javobni ko'rish
Abu Rayhon Beruniy.
#21
Bu oqim gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Qaysi oqim?
- Realizm.
- Sxolastika.
- Nominalizm.
- Dualizm.
Javobni ko'rish
Dualizm.
#22
«Patristika» – so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G‘arbda kimlarni ularga hurmat sifatida ataganlar?
- papalarni.
- diakonlarni.
- yepiskoplarni.
- arxipeskoplar.
Javobni ko'rish
yepiskoplarni.
#23
G‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo‘lgan. U faylasuf va islohotchi edi. Gap kim haqida bormoqda?
- Mark Avreliy.
- Foma Akvinskiy.
- Avreliy Avgustin.
- Rojer Bekon.
Javobni ko'rish
Avreliy Avgustin.
#24
«Sxolastika» – so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, …
- «o‘qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi.
- «universitet», «maktab» ma’nolarini anglatadi.
- «o‘qish joyi», «bozor» ma’nolarini anglatadi.
- «o‘qish joyi», «maydon» ma’nolarini anglatadi.
Javobni ko'rish
«o‘qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi.
#25
Qayerda o‘qituvchilik qilganlarni sxolastlar deb ataganlar?
- Yevropa universitetlarida.
- Buyuk Karl saroyida.
- To‘g‘ri javob yo‘q.
- Har qanday maktabda o‘qituvchilik qilganlarni.
Javobni ko'rish
Buyuk Karl saroyida.
#26
Akvinolik Fomaning qaysi asari 3000 maqoladan iborat va 600 masalani yoritishga bag‘ishlangan?
- Sig‘inish.
- «Ilohiy summalar» asari.
- Monopoliya.
- Pavel nomalari sharhi.
Javobni ko'rish
«Ilohiy summalar» asari.
#27
Uning fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo‘l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Gap kimning fikri haqida bormoqda?
- P.Abelyar (1079-1142)
- Rojyer Bekon (1214-1292)
- Vilyam Okkamdir (1309-1349).
- Foma Akvinskiy (1224-1292)
Javobni ko'rish
Vilyam Okkamdir (1309-1349).
#28
yillarga kelib, Yevropada …
- 33 ta universitet mavjud bo‘lgan.
- 32 ta universitet mavjud bo‘lgan.
- 13 ta universitet mavjud bo‘lgan.
- 23 ta universitet mavjud bo‘lgan.
Javobni ko'rish
23 ta universitet mavjud bo‘lgan.
#29
Kimning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi?
- Akvinolik Fomaning.
- Bekonning.
- Avgustinning.
- Abelyarning.
Javobni ko'rish
Abelyarning.
#30
Nikolay Kopyernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan qaysi ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan?
- Kosmosentrik ta’limoti
- Antroposentrik ta’limoti
- Geliotsentrik ta’limoti
- Geosentrik ta’limoti
Javobni ko'rish
Geliotsentrik ta’limoti
#31
U xristianlikning sofligini saqlashga urinishning mutlaqlashtirilishi natijasida vujudga kelgan. Nima?
- Realizm
- Sxolastika
- Inkvizitsiya
- Gumanizm
Javobni ko'rish
Inkvizitsiya
#32
Bu qarashlar tizimi G‘arb Uyg‘onish davrida yuksak darajada rivojlangan. Nima?
- Realizm
- Gumanizm
- Inkvizitsiya
- Sxolastika
Javobni ko'rish
Gumanizm
#33
«Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q». Shu ibora muallifini toping.
- Aflotun.
- Fales.
- Arastu.
- Parmenid.
Javobni ko'rish
Parmenid.
#34
«Men fikrlayapman, demak mavjudman». Qaysi faylasufga tegishliligini toping.
- Gobbs.
- Dekart.
- Bekon.
- Kuzanskiy.
Javobni ko'rish
Dekart.
#35
Yaxlit ma’naviy substansiya, o‘lmas jon haqidagi g‘oyalar, shuningdek, dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar qaysi yodgorlikda o‘z aksini topgan?
- Mesopotamiya dostonlarida
- Xitoy salnomalarida
- Qadimgi Xitoyning yozma yodgorliklarida (Qo‘shiqlar kitobida)
- «Veda»lar (Qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga
Javobni ko'rish
«Veda»lar (Qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga
#36
F.Bekon, J.Lokk, T.Gobbs, D.Yum, L.Feyerbax. Qaysi yo‘nalishga mansub faylasuflar?
- Nominalizm.
- Empirizm.
- Ratsionalizm.
- Gumanizm.
Javobni ko'rish
Empirizm.
#37
Dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning chegaralari bormi?, kabi savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni bir-biridan farqlash mumkin. Bular:
- Optimizm, skeptisizm va agnostisizm
- Optimizm, skeptisizm va amoralizm
- Gumanizm, skeptisizm va agnostisizm
- Optimizm, ratsionalizm va agnostisizm
Javobni ko'rish
Optimizm, skeptisizm va agnostisizm
#38
Bilim – bu …
- haqiqatga mos keladigan va asoslangan ma’lumotdir.
- haqiqatga mos kelmaydigan va asoslanmagan ma’lumotdir.
- haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir.
- haqiqatga mos keladigan va asoslangan bilimdir.
Javobni ko'rish
haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir.
#39
Arastu o‘z davrida mavjud fanlarni qanday guruhlarga ajratadi?
- nazariy fanlarga – falsafa, matematika, fizika.
- ijodiy fanlarga – san’at, badiiy hunarmandchilik.
- Barcha javoblar to‘g‘ri.
- amaliy fanlarga – etika va siyosat.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri.
#40
Bu arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Qaysi so‘z?
- Odob.
- Etika.
- Xulq.
- Axloq.
Javobni ko'rish
Axloq.
#41
U inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
- Xulq.
- Odob.
- Muomala.
- Axloq.
Javobni ko'rish
Odob.
#42
Bu fan amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Qaysi fan?
- Falsafa.
- Etika.
- Estetika.
- Akseologiya.
Javobni ko'rish
Etika.
#43
Axloqshunoslik axloqni:
- Tushuntiradi.
- Barcha javoblar to‘g‘ri.
- Bayon qiladi.
- O‘rgatadi.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri.
#44
Bu fan tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me’yoriy tabiatga ega. Gap qaysi fan haqida bormoqda?
- Etika.
- Falsafa.
- Sotsiologiya.
- Siyosatshunoslik.
Javobni ko'rish
Etika.
#45
Gretsiyada Aristipp etikasining muxlislari bo‘lgan va huzur-halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar kimlar deb atalgan?
- Evdemonistlar.
- Gedoniklar.
- Kiniklar.
- Stoiklar.
Javobni ko'rish
Gedoniklar.
#46
Ular inson baxti – har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub maqsadidir, deb chiqqan edilar. Kimlar?
- Gelvetsiy, Didro
- Pifagor, Protogor
- Anaksemin, Anaksemandr
- Kuzanskiy, Kopernik
Javobni ko'rish
Gelvetsiy, Didro
#47
«Estetika» atamasini ilmiy muomalaga kim kiritgan?
- Aleksandr Baumgarten.
- Arastu.
- Fridrix Gegel.
- Immanuel Kant.
Javobni ko'rish
Aleksandr Baumgarten.
#48
«Filosofiya» atamasini dastlab kim ishlatgan?
- Fales.
- Arastu.
- Pifagor.
- Aflotun.
Javobni ko'rish
Pifagor.
#49
Qaysi mamlakatda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar?
- Hindistonda.
- Rimda.
- Xitoyda.
- Yunonistonda.
Javobni ko'rish
Yunonistonda.
#50
«Do‘stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan». Eramizdan avvalgi 520-460-yillarda yashagan ushbu so‘zlar muallifi kim?
- Suqrot.
- Fales.
- Geraklit.
- Arastu.
Javobni ko'rish
Geraklit.
Falsafa · 2/3
#1
Falsafaning predmetini …
- … «olam – jahon» munosabatlari tizimidagi umumiylik tashkil etadi.
- … «dunyo – jamiyat» munosabatlari tizimidagi umumiylik tashkil etadi.
- … «dunyo – inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik, har qanday
- … «odam – jamiyat» munosabatlari tizimidagi umumiylik tashkil etadi.
Javobni ko'rish
… «dunyo – inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik, har qanday
#2
Ontologiya bu…
- inson haqidagi ta’limot va boshqalar.
- mavjudlik, borliq haqidagi bilim.
- bilish nazariyasi.
- akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar.
Javobni ko'rish
mavjudlik, borliq haqidagi bilim.
#3
Gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – …
- bilish nazariyasi.
- mavjudlik, borliq haqidagi bilim.
- inson haqidagi ta’limot va boshqalar.
- akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar.
Javobni ko'rish
bilish nazariyasi.
#4
Olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilish deb nimaga aytiladi?
- Bilishga.
- Dunyoqarashga.
- Mulohaza yuritishga.
- Xulosa chqarishga.
Javobni ko'rish
Dunyoqarashga.
#5
Dunyoqarashning qanday ijtimoiy-tarixiy shakllari mavjud?
- Mifologik, diniy, falsafiy.
- Rasmiy, siyosiy, falsafiy.
- Maishiy, ibtidoiy, tarixiy.
- Mifologik, maishiy, zamonaviy.
Javobni ko'rish
Mifologik, diniy, falsafiy.
#6
Dunyoning asosini suv tashkil etadi deb hisoblovchi Milet maktabining asoschisi qaysi faylasuf?
- Anaksimen.
- Aflotun.
- Fales.
- Suqrot.
Javobni ko'rish
Fales.
#7
Hamma narsaning asosida havo yotadi, u doimo harakatda, qarama-qarshilikda rivojlanadi, deb hisoblagan faylasuf kim?
- Suqrot.
- Aflotun.
- Anaksimen.
- Fales.
Javobni ko'rish
Anaksimen.
#8
«Daryoga doimo yangi suv oqib turadi. Shuning uchun bir daryo suviga ikki marta tushish mumkin emas». Mazkur fikrlar muallfi kim? U antik davr yunon falsafasining yirik vakili, dialektika asoschisi bo‘lgan.
- Geraklit.
- Anaksimen.
- Suqrot.
- Aflotun.
Javobni ko'rish
Geraklit.
#9
«O‘z-o‘zingni bil», «Men hech nima bilmasligimni bilaman» singari fikrlar qaysi faylasufga mansub?
- Aflotun.
- Suqrot.
- Geraklit.
- Anaksimen.
Javobni ko'rish
Suqrot.
#10
O‘z falsafiy qarashlarida idealistik falsafani rivojlantirgan faylasuf nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
- Aflotun.
- Anaksimen.
- Suqrot.
- Geraklit.
Javobni ko'rish
Aflotun.
#11
«Aflotun menga do‘st bo‘lsa ham, haqiqat qadrliroqdir». Mazkur mashhur ibora mullifini toping.
- Arastu.
- Suqrot.
- Anaksimen.
- Fales.
Javobni ko'rish
Arastu.
#12
Sezish bilishning yagona manbai deb hisoblaydigan falsafiy yo‘nalish nomini toping.
- Materializm.
- Ratsionalizm.
- Idealizm.
- Sensualizm.
Javobni ko'rish
Sensualizm.
#13
«Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va fe’llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi». Mazkur jumlalar muallifini toping.
- Abu Rayhon Beruniy.
- Konfutsiy.
- Abu Ali ibn Sino.
- Abu Nasr Forobiy.
Javobni ko'rish
Abu Nasr Forobiy.
#14
U kishilar fazilatlarini tug‘ma, bir xil va o‘zgarmas, deb hisoblaydi. Uningcha, insonda tug‘ilgandayoq, yaxshilik, sofdillik, yomonlik, g‘arazgo‘ylik, qo‘rqoqlik to‘g‘risida tushuncha hosil bo‘ladi. Mazkur jumlalarda qaysi faylasufning fikrlari xususida so‘z bormoqda?
- Fales.
- Aflotun.
- Pifagor.
- Arastu.
Javobni ko'rish
Aflotun.
#15
«Boshqalarni biluvchi – oqil, o‘zini biluvchi – donishmanddir». Ushbu fikr muallifuni toping.
- Konfutsiy.
- Zardusht.
- Demokrit.
- Lao Szi.
Javobni ko'rish
Lao Szi.
#16
«Odamlar tuzilishining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha bo‘lishi faqatgina nasablarining turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning, odam yashaydigan joylarning turlichaligi hamdir». Mazkur jumlalar muallifini toping.
- Abu Rayhon Beruniy.
- Abu Nasr Forobiy.
- Konfutsiy.
- Abu Ali ibn Sino.
Javobni ko'rish
Abu Rayhon Beruniy.
#17
«Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi». Mazkur jumlalar muallifini toping.
- Abu Nasr Forobiy.
- Konfutsiy.
- Alisher Navoiy.
- Abu Ali ibn Sino.
Javobni ko'rish
Abu Ali ibn Sino.
#18
U bilim, aql va axloq bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlab, inson fazilatlarini tug‘ma deb bildi. Gap qaysi faylasufning qarashlari xususida bormoqda?
- Aflotun.
- Suqrot.
- Arastu.
- Demokrit.
Javobni ko'rish
Suqrot.
#19
Aflotun savol berishni biladigan va unga javob qaytara oladigan kishilarni kimlar deb atagan?
- Idealistlar.
- Emperiklar.
- Dialektiklar.
- Sinergiteklar.
Javobni ko'rish
Dialektiklar.
#20
Arastu bilish masalasida qaysi faylasufning «g‘oyalar dunyosi» ta’limotiga qarshi chiqqan?
- Suqrotning.
- Anaksimenning.
- Empidoklning.
- Aflotunning.
Javobni ko'rish
Aflotunning.
#21
Qaysi faylasuf Afina shahrida Likey: peripatetiklar – sayr qiluvchi faylasuflar maktabini tashkil etgan?
- Suqrot.
- Demokrit.
- Aflotun.
- Arastu.
Javobni ko'rish
Arastu.
#22
Dunyoning moddiy asosi noaniq materiya – apeyron deb hisoblagan faylasuf kim?
- Anaksimandr.
- Anaksimen.
- Suqrot.
- Fales.
Javobni ko'rish
Anaksimandr.
#23
Kim hamma narsaning asosini sonlar tashkil etadi deb ularni mutlaqlashtirgan?
- Pifagor va uning maktabi vakilllari.
- Anaksimen va uning maktabi vakilllari.
- Aflotun va uning maktabi vakilllari.
- Fales va uning maktabi vakilllari.
Javobni ko'rish
Pifagor va uning maktabi vakilllari.
#24
U hamma narsaning asosida olov yotadi, dunyoni xudo ham, inson ham yaratmagan, balki u qonuniy tarzda alangalanib, o‘chadigan olovdir deydi. Gap qaysi faylasuf to‘g‘risida bormoqda?
- Suqrot.
- Geraklit.
- Anaksimen
- Aflotun.
Javobni ko'rish
Geraklit.
#25
Uningcha, moddiy olam mayda, bo‘linmas zarra va bo‘shliqdan iborat. Mavjud barcha narsalar mayda zarralar – atomlardan tashkil topgan? Gap qaysi faylasufning qarashlari to‘g‘risida bormoqda?
- Aflotun.
- Empidokl.
- Anaksagor.
- Levkipp.
Javobni ko'rish
Levkipp.
#26
Demokrit ilk bor fazo va vaqt masalasini qo‘ydi. Fazoni ulkan bo‘shliq deb hisoblab, unda nimalar harakat qiladi, deydi?
- Astroidlar.
- Mayda zarralar.
- Sayyoralar.
- Changlar.
Javobni ko'rish
Mayda zarralar.
#27
U qadimgi davrdagi Yunonistonning boshqa faylasuflari kabi mavjud quldorlik tuzumini himoya qiladi. Jamiyatning ikki qarama-qarshi sinf – quldorlar va qullarga bo‘linishini tabiiy hol deb hisoblaydi. So‘z qaysi faylasufning qarashlari xususida bormoqda?
- Arastu.
- Suqrot.
- Fales.
- Aflotun.
Javobni ko'rish
Arastu.
#28
U Aflotundan farqli o‘laroq, axloqni kishilarning real munosabatidan qidiradi va uni jamiyat bilan bog‘lagan holda talqin qiladi. Axloq jamiyatda, davlatda kamol topadi. So‘z qaysi faylasufning qarashlari xususida bormoqda?
- Fales.
- Arastu.
- Suqrot.
- Aflotun.
Javobni ko'rish
Arastu.
#29
U o‘zining ijtimoiy qarashlarida faqat erkin fuqarolar to‘g‘risida so‘z yuritadi. Qullarni esa insonlar qatoriga qo‘shmaydi. Qullar jamiyatda har qanday huquqdan mahrum etilgan deb biladi. So‘z qaysi faylasufning qarashlari xususida bormoqda?
- Aflotun.
- Arastu.
- Suqrot.
- Fales.
Javobni ko'rish
Aflotun.
#30
Uning idealiga ko‘ra, jamiyatni boshqarish – amaldorlardan o‘z huzur-halovatlaridan aniq muddat mobaynida mahrum bo‘lishni, zo‘ravonlardan jabrlanuvchilarni huquqini himoya qilish, gunohkorlarni esa jazolashdan iborat bo‘lmog‘ini ta’min etishni taqozo etadi. So‘z qaysi faylasufning qarashlari xususida bormoqda?
- Abu Ali ibn Sino.
- Abu Nasr Forobiy.
- Alisher Navoiy.
- Abu Rayhon Beruniy.
Javobni ko'rish
Abu Rayhon Beruniy.
#31
Qadimgi Xitoyda paydo bo‘lgan mazkur falsafiy ta’limot jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, hukmronlik va xor-zorlikka qarshi chiqadi hamda ibtidoiy jamoa hayotiga qaytishga da’vat qiladi. So‘z qaysi ta’limotga xos qarashlar xususida bormoqda?
- Konfutsiylik.
- Daosizm.
- Buddizm.
- To‘g‘ri javob yo‘q.
Javobni ko'rish
Daosizm.
#32
Quyidagi so‘zlardan qaysi biri «xalq hokimiyati» ma’nosini anglatadi?
- Avtokratiya.
- Diktatura.
- Demokratiya.
- Aristokratiya.
Javobni ko'rish
Demokratiya.
#33
O‘z hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishda o‘zaro aloqador bo‘lgan odamlar birgalikda yashashining muayyan ijtimoiy tizimi nima deyiladi?
- Birlashma.
- Jamiyat.
- Guruh.
- Jamoa.
Javobni ko'rish
Jamiyat.
#34
Falsafa fanining tarkibiy qismi hisoblanadigan, jamiyat, uning strukturasi, hayoti va taraqqiyoti qonuniyatlarini yaxlit tizim sifatida undagi hodisa va jarayonlarga bog‘lab o‘rganuvchi fanning nomini toping.
- Sotsiologiya.
- Ontologiya.
- Ijtimoiy falsafa.
- Gnoseologiya.
Javobni ko'rish
Ijtimoiy falsafa.
#35
Sharq faylasuflaridan bo‘lgan qaysi olim o‘zining «Fozil odamlar shahri» asarida fuqarolik jamiyati muammosini tadqiq etgan?
- Abu Ali ibn Sino.
- Abu Nasr Forobiy.
- Alisher Navoiy.
- Abu Rayhon Beruniy.
Javobni ko'rish
Abu Nasr Forobiy.
#36
«Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi qaysi so‘zlarning sinonimi sifatida ishlatiladi?
- «Aqliy bilish», «xulosa chiqarish».
- «Tahlil qilish», «tajribadan o‘tkazish».
- «O‘rganish», «sezish».
- «Fikrlash», «aqliy bilish».
Javobni ko'rish
«Fikrlash», «aqliy bilish».
#37
Hissiy bilish shakllari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
- Hukm, xulosa, idrok.
- Hukm, xulosa, sezgi.
- Sezgi, idrok, tasavvur.
- Idrok, mulohaza, xulosa chqarish.
Javobni ko'rish
Sezgi, idrok, tasavvur.
#38
Hissiy bilishning ushbu shakli predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. So‘z nima xususida bormoqda?
- Idrok.
- Tasavvur.
- Sezgi.
- Tushuncha.
Javobni ko'rish
Sezgi.
#39
Hissiy bilishning ushbu shakli predmetning yaxlit obraz bo‘lib, u mazkur predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil bo‘ladi. So‘z nima xususida bormoqda?
- Sezgi.
- Idrok.
- Tasavvur.
- Tushuncha.
Javobni ko'rish
Idrok.
#40
U avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar (berilgan predmet bilan ma’lum bir umumiylikka ega bo‘lgan) ta’sirida miyada qayta hosil qilishdan iborat hissiy bilish shaklidir. So‘z nima xususida bormoqda?
- Sezgi.
- Idrok.
- Tushuncha.
- Tasavvur.
Javobni ko'rish
Tasavvur.
#41
Mazkur bilish shaklida mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan havoning harorati o‘rtasidagi bog‘lanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi. So‘z nima xususida bormoqda?
- Intiuvitiv bilish.
- Aqliy bilish.
- Hissiy bilish.
- G‘oyibdan bilish.
Javobni ko'rish
Hissiy bilish.
#42
Mazkur bilish bosqichida predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni bog‘lanishlar aks ettiriladi. So‘z nima xususida bormoqda?
- Intiuvitiv bilish.
- Hissiy bilish.
- G‘oyibdan bilish.
- Aqliy bilish.
Javobni ko'rish
Aqliy bilish.
#43
Predmet va hodisalarning mohiyatini bilishga nima yordamida erishiladi?
- G‘oyibdan bilish.
- Intiuvitiv bilish.
- Aqliy bilish (tafakkur).
- Hissiy bilish.
Javobni ko'rish
Aqliy bilish (tafakkur).
#44
Tafakkurning shakllari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
- Idrok, mulohaza, xulosa chqarish.
- Hukm, xulosa, idrok.
- Hukm, xulosa, sezgi.
- Tushuncha, hukm (mulohaza), xulosa chiqarish.
Javobni ko'rish
Tushuncha, hukm (mulohaza), xulosa chiqarish.
#45
Ularda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. So‘z nima xususida bormoqda?
- Sezgilar.
- Hukmlar.
- Xulosalar.
- To‘g‘ri javob yo‘q.
Javobni ko'rish
Hukmlar.
#46
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvch fan nomini toping.
- Mantiq.
- Demografiya.
- Falsafa.
- Madaniyatshuoslik.
Javobni ko'rish
Mantiq.
#47
Mantiq fanining yo‘nalishlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
- Dialektik mantiq, Formal mantiq, Matematik mantiq.
- Ratsional mantiq, Formal mantiq, Matematik mantiq.
- Ratsional mantiq, Formal mantiq, Dialektik mantiq.
- To‘g‘ri javob yo‘q.
Javobni ko'rish
Dialektik mantiq, Formal mantiq, Matematik mantiq.
#48
To‘gri tafakkur yuritish shakllari va qonunlarini o‘rganuvch falsafiy fan nomini toping.
- Dialektik mantiq.
- Formal mantiq.
- Matematik mantiq.
- atsional mantiq.
Javobni ko'rish
Formal mantiq.
#49
Tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib o‘rganuvch fan nomini toping.
- Ratsional mantiq.
- Formal mantiq.
- Matematik mantiq.
- Dialektik mantiq.
Javobni ko'rish
Dialektik mantiq.
#50
Antisfenning o‘z shogirdlariga o‘ta qattiqqo‘lligi sababini so‘rashganda nima deb javob qaytargan?
- «harbiylar ham shogirdlariga qattiqqo‘ldirlar».
- «hakimlar ham bemorlarga qattiqqo‘ldirlar».
- «domlalar ham o‘z xalfalariga qattiqqo‘ldirlar».
- «pirlar ham murshidlariga qattiqqo‘ldirlar».
Javobni ko'rish
«hakimlar ham bemorlarga qattiqqo‘ldirlar».
Falsafa · 3/3
#1
«U rohatu halovat inson uchun eng oliy baxt, deb hisoblovchi kirenaliklar yoxud gedonistlar maktabini yaratgan». Mazkur jumlada so‘z qaysi faylasuf xususida bormoqda?
- Aflotun.
- Demokrit.
- Fales.
- Aristipp.
Javobni ko'rish
Aristipp.
#2
Bu yo‘nalish hozirgi zamon etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u inson hayotini eng oliiy qadriyat sifatida qaraydi. Mazkur jumlada so‘z qaysi yo‘nalish xususida bormoqda?
- Etiket.
- Gedonizm.
- Bixeviorizm.
- Bioetika.
Javobni ko'rish
Bioetika.
#3
Axloqshunoslikning asosiy kategoriyalari to‘g‘ri korsatilgan qatorni toping?
- Muhabbat va nafrat, ezgulik va yomonlik.
- Go‘zallik va xunuklik, ezgulik va yomonlik.
- Ulug‘vorlik va tubanlik, ezgulik va yomonlik.
- Ulug‘vorlik va tubanlik, muhabbat va nafrat.
Javobni ko'rish
Muhabbat va nafrat, ezgulik va yomonlik.
#4
U etika nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra, huzur-halovat keltiruvchi va azob-uqubatdan qutqazuvchi narsa yaxshilik deb, azob-uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. Mazkur jumlada so‘z qaysi tamoyil xususida bormoqda?
- Gedonizm.
- Evdemonizm.
- Volyuntarizm.
- Amorolizm.
Javobni ko'rish
Gedonizm.
#5
Insoniylik, insonparvarlikni, umuman insonni himoya qilishga, uning huquqlariga kafillik berishni maqsad qilib olgan ta’limot nomini toping.
- Kiniklar.
- Meliorizm.
- Pozitivizm.
- Gumanizm.
Javobni ko'rish
Gumanizm.
#6
Maqtanishni istamaydigan, o‘zini boshqalardan past oladigan, mag‘rurlanmaydigan, sodda kamsuqumlikda namoyon bo‘ladigan, axloqiy xislat, fazilat nomini toping.
- Kamtarlik.
- Hayajon.
- Tortinchoqlik.
- Andishalilik.
Javobni ko'rish
Kamtarlik.
#7
Kechayotgan voqea, hodisalarning borishiga ikki xil qarama-qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yuyish fanda qanday nomlanadi?
- Gumanizm.
- Meliorizm.
- Optimizm.
- Pozitivizm.
Javobni ko'rish
Optimizm.
#8
O‘zgalarning turmush tarsi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan chidamlilik, bag‘rikenglik…
- Fatalizm.
- Tolerantlik.
- Tipologiya.
- Produktivlik.
Javobni ko'rish
Tolerantlik.
#9
Baxtga intilishni axloq-odobning mezoni va inson axloqiy xatti-harakatining asosi deb hisoblaydigan tamoyil nomini toping.
- Evdemonizm.
- Texnokratiya.
- Gedonizm.
- Sseintizm.
Javobni ko'rish
Evdemonizm.
#10
O‘z-o‘zini qadrlash, sevish, shaxsiy meni to‘g‘risidagi fikrlariga asoslangan fe’l-atvorni anglatadigan tushuncha nomini toping.
- Gedonizm.
- Egoizm.
- Tipologiya.
- Feminizm.
Javobni ko'rish
Egoizm.
#11
Axloqiy tamoyillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
- Ulug‘vorlik va tubanlik, ezgulik va yomonlik.
- Insonparvarlik va erkparvarlik, go‘zallik va xunuklik.
- Ulug‘vorlik va tubanlik, go‘zallik va xunuklik.
- Insonparvarlik va erkparvarlik, vatanparvarlik va millatparvarlik.
Javobni ko'rish
Insonparvarlik va erkparvarlik, vatanparvarlik va millatparvarlik.
#12
Axloqiy me’yorlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
- Ulug‘vorlik va tubanlik, go‘zallik va xunuklik.
- Halollik va rostgo‘ylik, hayolilik va insoflilik.
- Insonparvarlik va erkparvarlik, vatanparvarlik va millatparvarlik.
- Ulug‘vorlik va tubanlik, ezgulik va yomonlik.
Javobni ko'rish
Halollik va rostgo‘ylik, hayolilik va insoflilik.
#13
«Estetika» atamasini birinchi bo‘lib ilmiy muomalaga kim kiritgan?
- I.Kant
- F.Gegel.
- G.Laybnis.
- Baumgarten.
Javobni ko'rish
Baumgarten.
#14
G. Laybnis inson ma’naviy olamini nechta sohaga bo‘lgan?
- 4 ta.
- 5 ta.
- 2 ta.
- 3 ta.
Javobni ko'rish
3 ta.
#15
«His qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi fanning nomini toping.
- Logika.
- Aksiologiya.
- Etika.
- Estetika.
Javobni ko'rish
Estetika.
#16
Nemis klassik falsafasining qaysi yirik vakili estetika masalalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan?
- F.Bekon.
- Shelling.
- Geder.
- F.Gegel.
Javobni ko'rish
F.Gegel.
#17
U falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmat qiladi. So‘z qaysi fan xususida bormoqda?
- Logika.
- Aksiologiya.
- Etika.
- Estetika.
Javobni ko'rish
Estetika.
#18
U ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, marom (ritm), kompozitsiya va hokazolar borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. So‘z qaysi fan xususida bormoqda?
- Etika.
- Estetika.
- Logika.
- Aksiologiya.
Javobni ko'rish
Estetika.
#19
Axloqiylik faqat insonnig xatti-harakati, qilmishi orqali yuzaga keladi. Go‘zallik esa, …
- o‘ziga chiroyi bilan maftun qiladi.
- o‘ziga jalb etadi.
- o‘zini ko‘rsatish yo‘llarini biladi.
- o‘zini harakatsiz ham namoyon etaveradi.
Javobni ko'rish
o‘zini harakatsiz ham namoyon etaveradi.
#20
«Tozalanish», «poklanish», «yangilanish» ma’nolarini anglatadigan tushuncha nomini toping.
- Kasta.
- Mistika.
- Katarsis.
- Memesis.
Javobni ko'rish
Katarsis.
#21
«Taqlid qilish», «nusxa ko‘chrish» ma’nolarini anglatadigan tushuncha nomini toping.
- Mistika.
- Katarsis.
- Kasta.
- Memesis.
Javobni ko'rish
Memesis.
#22
U egoizmga qarama-qarshi axloqiy prinsip bo‘lib, bunda inson boshqa kishilarga beg‘araz xizmat qilishdan, ularning baxt-saodati uchun o‘z shaxsiy manfaatlarini qurbon etishga tayyor bo‘ladi. So‘z qaysi tushuncha xususida bormoqda?
- Katartis.
- Memesis.
- Alturizm.
- Mistika.
Javobni ko'rish
Alturizm.
#23
Kishilar bilan munosabatda oqibatini atroflicha o‘ylab munosabatda bo‘lish, mulohaza qilish ushbu axloqiy tushunchaning asosiy xususiyatlaridir. So‘z qaysi tushuncha xususida bormoqda?
- Dangallik.
- Qo‘rqoqlik.
- Samimiylik.
- Andisha.
Javobni ko'rish
Andisha.
#24
Har qanday ijodkorni o‘z asarida voqelikni aks ettirishining badiiy vositasi nima?
- Ustqurma.
- Bazis.
- Badiiy obraz.
- Badiiylik.
Javobni ko'rish
Badiiy obraz.
#25
U san’atning tur va xil tushunchalarini uyg‘un tarzda aks ettiradigan va insonning voqelikka estetik munosabatini umumlashgan holda ifodalaydigan tushuncha. Gap qaysi tushuncha haqida bormoqda?
- Badiiy obraz.
- Janr.
- Ustqurma.
- Bazis.
Javobni ko'rish
Janr.
#26
Katarsis tushunchasini faylasuflardan kim birinchi bo‘lib ilgari surgan edi?
- Geraklit.
- Arastu.
- Aflotun.
- Pifagor.
Javobni ko'rish
Pifagor.
#27
Estetikaning kategoriyalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
- Muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik.
- Ezgulik va yovuzlik, go‘zallik va xunuklik.
- Go‘zallik va xunuklik, kulgililik va fojiaviylik.
- Sabab va oqibat, hodisa va mohiyat.
Javobni ko'rish
Go‘zallik va xunuklik, kulgililik va fojiaviylik.
#28
Nafosatshunoslikning asosiy kategoriyalari to‘g‘ri korsatilgan qatorni toping?
- Go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik.
- Ulug‘vorlik va tubanlik, ezgulik va yomonlik.
- Ulug‘vorlik va tubanlik, muhabbat va nafrat.
- Muhabbat va nafrat, ezgulik va yomonlik.
Javobni ko'rish
Go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik.
#29
Ijtimoiiy ong shakllaridan biri, olamni amaliy-hissiy o‘zlashtirish turi. Gap nima haqida bormoqda?
- Bazis.
- San’at.
- Badiiy obraz.
- Din.
Javobni ko'rish
San’at.
#30
U tabiatda, jamiyatda, inson faoliyati mahsulotlarida jamlangan. Tabiatda baland tog‘lar, qudratli sharsharalar, cheksiz okeanlar, moviy mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon timsolida namoyon bo‘ladi. Gap qaysi estetik xususiyat, kategoriya to‘g‘risida bormoqda?
- Ulug‘vorlik.
- Qiziqarlilik.
- Go‘zallik.
- Fojiaviylik.
Javobni ko'rish
Ulug‘vorlik.
#31
Ushbu kategoriya mohiyatida hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari aks etib, unda hayot va o‘lim, erkinlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy tomonlar namoyon bo‘ladi. Gap qaysi estetik xususiyat, kategoriya to‘g‘risida bormoqda?
- Fojiaviylik.
- Qiziqarlilik.
- Go‘zallik.
- Ulug‘vorlik.
Javobni ko'rish
Fojiaviylik.
#32
Estetika kategoriyasi, go‘zallikning aksi, inson go‘zalligi, sha’ni, qadr-qimmati, tabiatning saxiyligi, so‘limligi va ideal tasavvurlarga xilof keladigan xususiyat, narsa-hodisalarni ifodalaydigan tushuncha nomini toping.
- Tubanlik.
- Fojiaviylik.
- Xunuklik.
- Yovuzlik.
Javobni ko'rish
Xunuklik.
#33
Voqea-hodisalarning estetik sifatlarini idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi fanda qanday ataladi?
- Estetik did.
- Estetik ideal.
- Estetik qiziqish.
- Estetik munosabat.
Javobni ko'rish
Estetik did.
#34
Estetik qadriyatlar, ularni yaratish va iste’mol qilish usullarining majmuini nomini toping.
- Estetik munosabat.
- Estetik did.
- Estetik qiziqish.
- Estetik madaniyat.
Javobni ko'rish
Estetik madaniyat.
#35
Kishilarda estetik his, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli fanda qanday ataladi?
- Estetik madaniyat.
- Estetik munosabat.
- Estetik qiziqish.
- Estetik tarbiya.
Javobni ko'rish
Estetik tarbiya.
#36
Arxiak san‘at tulari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
- Teatr va raqs san’ati.
- Badihago‘ylik va xattotlik.
- Haykaltaroshlik va kulolchilik.
- Me’morlik va badiiy adabiyot.
Javobni ko'rish
Badihago‘ylik va xattotlik.
#37
Korrupsiya o‘zi nima?
- Barcha javoblar to‘g‘ri.
- O‘z vakolati bilan savdo qilish yoki mansab furushlik.
- Buzish, sotib olish.
- Chirish yoki zanglash, hokimiyatni buzish orqali sotib olish
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri.
#38
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-419-sonli Qonuni qachon qabul qilingan?
- 2019-yil 26-dekabrda.
- 2020-yil 26-yanvarda.
- 2018-yil 26-martda.
- 2017-yil 3-yanvarda.
Javobni ko'rish
2017-yil 3-yanvarda.
#39
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-154-sonli Farmoni qachon qabul qilingan?
- 2022-yil 14-iyunda.
- 2020-yil 3-yanvarda.
- 2020-yil 26-martda.
- 2021-yil 26-dekabrda.
Javobni ko'rish
2022-yil 14-iyunda.
#40
Etimologik jihatdan «Korrupsiya» so‘zi lotin tilidagi «corruptio» so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuniga ko‘ra … deganidir. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
- Qurush, barpo etish.
- Buzish, sotib olish.
- Vayronkorlik, buzg‘unchilik.
- B va C javoblar to‘g‘ri.
Javobni ko'rish
Buzish, sotib olish.
#41
O‘zbekiston Respublikasi BMTning «Korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi»ga qachon qo‘shilgan?
- 2008-yil 28-avgustda.
- 2002-yil 1-aprelda.
- 2003-yil 2-martda.
- 2021-yil 11-yanvar.
Javobni ko'rish
2008-yil 28-avgustda.
#42
«Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni» yilning qaysi sanasida nishonlanadi?
- 15-yanvarda.
- 8-dekabrda.
- 9-noyabrda.
- 9-dekabrda.
Javobni ko'rish
9-dekabrda.
#43
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-419-sonli Qonunining nechanchi moddasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi belgilangan?
- 15-modda..
- 10-modda.
- 14-modda.
- 11-modda.
Javobni ko'rish
14-modda.
#44
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘RQ-419-sonli Qonunining nechanchi moddasida ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishiga urg‘u berilgan?
- 10-modda.
- 14-modda.
- 15-modda.
- 11-modda.
Javobni ko'rish
15-modda.
#45
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari tog‘risida»gi PQ-81-sonli qarori qachon qabul qilingan?
- 2022-yil 12-yanvarda.
- 2020-yil 26-martda.
- 2021-yil 26-dekabrda.
- 2020-yil 3-yanvarda.
Javobni ko'rish
2022-yil 12-yanvarda.
#46
Mazkur holat korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish hisoblanadi. Ushbu ta’rifda qaysi noqonuniy qilmish haqida so‘z bormoqda?
- Birovning mol-mulkini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritish.
- Xalqaro tashkilotlar bilan jinoiy til biriktirish.
- Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik.
- Savdo do‘konida o‘g‘irlik sodir etish.
Javobni ko'rish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik.
#47
Quyidagi qaysi qatorda proteksionizm atamasining izohi keltirilgan?
- Biror bir shaxsning muammolarini hal qilishda yuqori mansab va mavqega
- O‘z qarindoshlarini noqonuniy qo‘llab-quvvatlash.
- Barcha javoblar to‘g‘ri.
- Hokimiyatni noto‘g‘ri, ga‘razli ravishda qo‘llash.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri.
QuizPilotda o'ynash