Kimyo

Tibbiy Kimyo TEST 150 Uzb (2)

muallif: the_say01 · 150 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Organizmda Ca (kalsiy), Mg (magniy) va Sr (stronsiy) elementlari muvozanatani buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallikni aniqlang?
  1. Flyuoroz, endemik buqoq
  2. Urov (Kashin-Bek) kasalligi
  3. Altsgeymer va alyuminoz
  4. miksedema va tireotoksik buqoq kasalliklari
Javobni ko'rish
Urov (Kashin-Bek) kasalligi
#2
Pb (qo’rg’oshin), Sn (qalay) elementlarining organizmda ortib ketishi natijasida yuzaga keladigan kasalik nomini aniqlang?
  1. Menkes va Vilson kasalligi
  2. “Qora son” kasalligi
  3. Minamata kasalligi.
  4. Saturnizm va Stannoz kasalligi
Javobni ko'rish
Saturnizm va Stannoz kasalligi
#3
Noorganogen elementlar berilgan qatorni aniqlang?
  1. Na, K, Mg, Ca, Co, Cu, Fe, Zn
  2. H, O, N, C, P (S), Ca
  3. Ba, Sr, Hg, Pb, As, Bi, Cd, Sb va B
  4. Tl, In, La, Te, W
Javobni ko'rish
Ba, Sr, Hg, Pb, As, Bi, Cd, Sb va B
#4
Kumush bilan zaxarlanish qanday nomlanadi?
  1. Silikoz
  2. Antrakoz
  3. Argiriya
  4. Aluminoz
Javobni ko'rish
Argiriya
#5
Berilli bilan zaxarlanish qanday nomlanadi?
  1. Berillioz
  2. Antrakoz
  3. Silikoz
  4. Argiriya
Javobni ko'rish
Berillioz
#6
Osmotik bosimlari teng bo‘lgan eritmalarning nomlanishi qanday?
  1. geterogen
  2. izotonik
  3. gomogen
  4. gipotonik
Javobni ko'rish
gipotonik
#7
Agar kompleks ion musbat zaryadlangan bo‘lsa, uning nomini aniqlang?
  1. neytral
  2. anionli
  3. kationli
  4. akvakompleks
Javobni ko'rish
kationli
#8
Na3[Co(NO2)6], K2[CuCl4] komplekslari kiradigan komplekslar turini aniqlang?
  1. aralash komplekslar
  2. ichki komplekslar va kationli komplekslar
  3. akvakomplekslar
  4. atsidokomplekslar
Javobni ko'rish
aralash komplekslar
#9
Komplesonometriyada ishchi eritma vazifasini o‘taydigan modda - bu:
  1. kaliy permanganat
  2. kuchli kislota
  3. yod eritmasi
  4. Trilona B eritmasi
Javobni ko'rish
Trilona B eritmasi
#10
Alkalozda organizm a’zolarida pH quyidagilardan qaysi tarafga suriladi?
  1. kislotalik ortishi
  2. kislota xosil bo‘lishi
  3. asoslik ortishi
  4. neytrallik ortishi
Javobni ko'rish
asoslik ortishi
#11
Atsidozda organizm a’zolarida pH quyidagilardan qaysi tarafga suriladi?
  1. kislotalik ortishi
  2. asoslik ortishi
  3. kislota xosil bo‘lishi
  4. neytrallik ortishi
Javobni ko'rish
kislotalik ortishi
#12
Mitsellaning tarkibi qanday?
  1. yadro va diffuzion qavat
  2. yadro, adsorbsion va diffuzion qavat bilan birgalikda
  3. yadro va adsorbsion qavat
  4. adsorbsion va diffuzion qavat
Javobni ko'rish
yadro, adsorbsion va diffuzion qavat bilan birgalikda
#13
Bufer sig‘imi uning quyidagi xajmi uchun xisoblanadi:
  1. 5 litr
  2. 10 litr
  3. 1 litr
  4. 15 litr
Javobni ko'rish
1 litr
#14
Titrimetrik analizda neytrallashtirish usuli qo'llaniladi. Ushbu usulda qanday moddalar (titrant) ishlatiladi?
  1. AgNO3, BaCl2
  2. NaNO3, Na2S2O3
  3. NaOH, HCl
  4. KI, KMnO4
Javobni ko'rish
NaOH, HCl
#15
Oshqozon suvi ichidagi xlorid kislotasining tarkibini aniqlash uchun qaysi usuldan foydalanish kerak?
  1. Murakkab titrlash.
  2. Yodsiz kislota-asosiy titrlash
  3. Alkalimetriya, Atsidimetriya
  4. Mora Usuli
Javobni ko'rish
Alkalimetriya, Atsidimetriya
#16
Siydikda pH qiymatni doimiy saqlab turuvchi bufer eritmaning nomi
  1. Fosfatli
  2. karbonatli
  3. oqsilli
  4. Oksigemoglobinli
Javobni ko'rish
Fosfatli
#17
Amiakli bufer eritmasini tanlang ?
  1. Na2CO3 va NaHCO3
  2. HCOOH va CH3COONa
  3. NH4Cl va NH3
  4. CH3COOH va CH3COONa
Javobni ko'rish
NH4Cl va NH3
#18
Kolloid zarrachalarning bir-biri bilan birlashib yiriklashishining nomi aniqlang?
  1. Peptizatsiya
  2. Koagulyasiya
  3. Stabilizatsiya
  4. Sedimentatsiya
Javobni ko'rish
Koagulyasiya
#19
Dag‘al-dispers sistemalar qatoriga kiruvchi moddani aniqlang?
  1. Albumin eritmasi
  2. Emulsiyalar
  3. Qon
  4. Jelatin eritmasi
Javobni ko'rish
Qon
#20
Adsorbent – bu shunday moddaki, u:
  1. O‘z yuzasida boshqa moddalarni parchkalaydi
  2. O‘z yuzasida boshqa moddalarni eritadi
  3. O‘z yuzasida boshqa moddaning molekula yoki ionlarini yutadi
  4. Boshqa moddalarni teng taqsimlab beradi
Javobni ko'rish
O‘z yuzasida boshqa moddaning molekula yoki ionlarini yutadi
#21
Adsorbsiya teskari jarayonning nomi:
  1. Absorbsiya
  2. Xemosorbsiya
  3. Desorbsiya
  4. Sorbsiya
Javobni ko'rish
Desorbsiya
#22
Sirt tarangligini hisoblash uchun matematik ifodasini aniqlang?
  1. σ = S/G
  2. σ = nRT
  3. σ = G/S
  4. σ = C/RT
Javobni ko'rish
σ = G/S
#23
Sorbtsiya nima?
  1. Adsorbent va adsorbsiyani ajratish
  2. Bug'lanish jarayoni
  3. Qattiq jismlarning gaz va bug'larning yutilishi
  4. Og'irlikni tahlil qilish usuli
Javobni ko'rish
Qattiq jismlarning gaz va bug'larning yutilishi
#24
Adsorbtiv shunday moddaki, u
  1. Boshqa moddalar yuzasida yutiladi
  2. Sirt taranglikni o‘zgartiradi
  3. Sirt taranglikni oshiradi
  4. O‘z yuzasida boshqa moddalarni yutadi
Javobni ko'rish
Boshqa moddalar yuzasida yutiladi
#25
Termodinamika – bu?
  1. Tashqaridan qo’shimcha energiya sistemaga sarflansa
  2. Tashqaridan qo’shimcha energiya sistemaga sarflanmasa
  3. Energiya yo’q bo’lmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi
  4. Energiyani bir turdan ikkinchi turiga o’tishi
Javobni ko'rish
Energiyani bir turdan ikkinchi turiga o’tishi
#26
Koagullanishning oddiy ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan bosqichining nomi:
  1. Yashirin koagullanish
  2. Koagullovchi ionning zaryadi katta bo’lsa
  3. Uzoq vaqt dializ qilish
  4. Sirt taranglik
Javobni ko'rish
Yashirin koagullanish
#27
Suyuqlik -gaz turiga kiradigan dispers sistemalarga misol:
  1. Shakar choy
  2. loyqa
  3. Tuman
  4. qotishmalar
Javobni ko'rish
Tuman
#28
Aerozolda dispers muhit quyidagi holatda boʻladi:
  1. Suyuq
  2. Qattiq
  3. Suspenziya
  4. gaz
Javobni ko'rish
gaz
#29
Koordinatsion son – bu ………… ligandlar soni (jumlani to'ldiring)
  1. To’g’ridan to’g’ri tashqi sefera atomi bilan bog’langan
  2. To’g’ridan to’g’ri ichki sfera atomi bilan bog’langan
  3. To’g’ridan to’g’ri tashqi va ichki sfera atomi bilan bog’langan
  4. To’g’ridan to’g’ri markaziy atom bilan bog’langan
Javobni ko'rish
To’g’ridan to’g’ri markaziy atom bilan bog’langan
#30
Qonning bufer sig’imining asosiy qismi to’g’ri keladigan bufer sistema – bu:
  1. Fosfatli
  2. Gidrokarbonatli
  3. oqsilli
  4. ammiakli
Javobni ko'rish
Gidrokarbonatli
#31
Odam organizmida uchramaydigan bufer sistema:
  1. ammiakli
  2. Fosfatli
  3. karbonatli
  4. oqsilli
Javobni ko'rish
ammiakli
#32
Siydikda pH qiymatni doimiy saqlab turuvchi bufer eritmaning nomi:
  1. Fosfatli
  2. Gidrokarbonatli
  3. ammiakli
  4. oqsilli
Javobni ko'rish
Fosfatli
#33
Qonga gipotonik eritma qo’shilganda kuzatiladigan xodisa:
  1. izotonik
  2. Gemoliz
  3. Gipotonik
  4. Izoosmiya
Javobni ko'rish
Gemoliz
#34
Kesson kasalligining sababi:
  1. Yuqori bosimdan past bosimga keskin o’tish
  2. Yuqori haroratdan normal bosimga keskin o’tish
  3. Yuqori haroratdan past bosimga keskin o’tish
  4. Yuqori bosimdan normal bosimga keskin o’tish
Javobni ko'rish
Yuqori bosimdan normal bosimga keskin o’tish
#35
Alyuminiy changi bilan nafas olganda qaysi kasallik kelib chiqadi:
  1. Argiriya
  2. Antrakoz
  3. Silikoz
  4. Alyuminoz
Javobni ko'rish
Alyuminoz
#36
Ko’mir kukuni bilan nafas olish natijasida kelib chiqadigan kasallik:
  1. Antrakoz
  2. Alyuminoz
  3. Silikoz
  4. Argiriya
Javobni ko'rish
Antrakoz
#37
Kremniy oksid kukuni bilan nafas olish natijasida kelib chiqadigan kasallik:
  1. Alyuminoz
  2. Argiriya
  3. Antrakoz
  4. Silikoz
Javobni ko'rish
Silikoz
#38
Quyidagi kasalliklarda faollashtirilgan ko’mir ishlatiladi:
  1. Oshqozon ichak kasalliklarida, metiorizmda
  2. Nafas olish buzilganida
  3. Zaharlanganda (gazdanlardan)
  4. Bosh, ayoq va qo’l og’riganida
Javobni ko'rish
Oshqozon ichak kasalliklarida, metiorizmda
#39
Organizmga mis ortiqcha kelib tushishi bilan bog’liq kasallik:
  1. Kasb
  2. Endemik
  3. Raxit
  4. Vilson
Javobni ko'rish
Vilson
#40
Qonga izotonik eritma quyilganda kuzatiladigan hodisaning nomi:
  1. Izoosmiya
  2. Gipotonik
  3. Gemoliz
  4. izotonik
Javobni ko'rish
Izoosmiya
#41
Xujayra ichida ta’sir ko’rsatadigan bufer sistema asosan - bu:
  1. Gidrokarbonatli
  2. Fosfatli
  3. Oqsilli
  4. Ammiakli
Javobni ko'rish
Gidrokarbonatli
#42
Quyidagi kompleks birikmalardan kation kompleksni tanlang ?
  1. K2[PtCl6]
  2. K[AlH4]
  3. [Cr(H2O)4Cl2]Cl
  4. K3[Fe(CN)6]
Javobni ko'rish
[Cr(H2O)4Cl2]Cl
#43
Ma`lum miqdorda organizmda bo`lib, biologik funksiyasi to`liq o`rganilmagan, ko`payib ketishi organizmni zaharlaydigan elementlar qanday ataladi ?
  1. Essensial
  2. Noorganogen
  3. Silikoz
  4. Organogen
Javobni ko'rish
Noorganogen
#44
Suyak shakllanishi, tish emalini va dentinni hosil qilish uchun qanday element kerak?
  1. Xlor
  2. Ftor
  3. Natriy
  4. Kaliy
Javobni ko'rish
Ftor
#45
Organizmning barcha a’zolarida ta’sir ko’rsatuvchi bufer sistema
  1. Oqsilli
  2. Gidrokarbonatli
  3. Ammiakli
  4. Fosfatli
Javobni ko'rish
Oqsilli
#46
Organik birikmalar qanday asosiy sinflarga bo’linadi?
  1. Metallar va geterosiklik birikmalar
  2. Metalmaslar va Aromatik birikmalar
  3. Ochiq zanjirli va yopiq zanjirli
  4. Kislotalar va tuzlar
Javobni ko'rish
Ochiq zanjirli va yopiq zanjirli
#47
Geterosiklik birikmalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?
  1. Uglerod zanjirida (-OH) guruh saqlagan birikmalar
  2. To’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar
  3. Xalqasida faqat uglerod va vadarod elementidan iborat bo’lgan birikmalar
  4. Xalqasida uglerod va vadaroddan tashqari (N,O,S,P) geteroatom saqlagan birikmalar
Javobni ko'rish
Xalqasida uglerod va vadaroddan tashqari (N,O,S,P) geteroatom saqlagan birikmalar
#48
Siklopentan tarkibida nech uglerod atomlari bo’ladi?
  1. 6 ta
  2. 3 ta
  3. 5 ta
  4. 4 ta
Javobni ko'rish
5 ta
#49
Organik karbon kislotalar o’zida qanday funksional guruh saqlaydi?
  1. COOH
  2. =NH
  3. SH
  4. OH
Javobni ko'rish
COOH
#50
Oragnik birikmalarda geometrik izomeriya qasi turdagi izomeriya hissoblanadi?
  1. Struktura
  2. Optik
  3. Fazofiy
  4. Sinflararo
Javobni ko'rish
Fazofiy
#51
Ikkita xiral uglerod saqlagan molekulani ko’rsating?
  1. Moy kislota
  2. Vino kislota
  3. Olma kislota
  4. Sirka kislota
Javobni ko'rish
Vino kislota
#52
Quyidagi moddalar qatorida kislotalilik ortib borish tartibini ko’rsating? 1) glitserin 2) etelenglikol 3) etanol
  1. 3,1,2
  2. 1,2,3
  3. 3,2,1
  4. 2,3,1
Javobni ko'rish
3,2,1
#53
Qaysi organik birikmalar qaytarilishidan spirtlar hosil bo’ladi?
  1. Aldegidlar va ketonlar
  2. Nitrobirikmalar va nitrillar
  3. Alkenlar va alkinlar
  4. Fenollar va alkanlar
Javobni ko'rish
Aldegidlar va ketonlar
#54
Izomoy aldegid tarkibida nechta uglerod atomi bor?
  1. 4 ta
  2. 3ta
  3. 2 ta
  4. 5 ta
Javobni ko'rish
4 ta
#55
Aldegilar uchun sifat reaksiyasi qaysi?
  1. Vodorod bilan qaytarilish
  2. Birikish va ajralish reaksiaysi
  3. Mis va kumush ko’zgu reaksiyasi
  4. Kondensatlanish reaksiyasi
Javobni ko'rish
Mis va kumush ko’zgu reaksiyasi
#56
Formalin nima?
  1. Farmaaldegid 4% eritmasi
  2. Formaaldegid 40% eritmasi
  3. Tollens reaktivi
  4. Sirka kislota 40% eritmasi
Javobni ko'rish
Formaaldegid 40% eritmasi
#57
Tollens reaksivi bilan ijobiy samara beradigan modda?
  1. Fenol
  2. Propanal
  3. Etanol
  4. Etil propil efir
Javobni ko'rish
Propanal
#58
Quyidagilar ichidan qaysi biri keton?
  1. Formalin
  2. Sirka aldegid
  3. Etanol
  4. Atseton
Javobni ko'rish
Atseton
#59
Sirka aldegidi qaysi uglevodorod gidratlanishidan olinadi?
  1. Propan
  2. Etilen
  3. Buradien-1,3
  4. Atsetilen
Javobni ko'rish
Atsetilen
#60
Izopropil spirtining oksidlanishidan qanday okso birikma olinadi?
  1. Butanon
  2. Dimetil keton
  3. Dimetil sirka aldegid
  4. Propanal
Javobni ko'rish
Dimetil keton
#61
Xloral gidrat tibbiyotda nima maqsadda ishlatiladi?
  1. Shamollashga qarshi
  2. Tinchlantiruvchi sifatida
  3. Ishlatilmaydi
  4. Og’riq qoldiruvchi
Javobni ko'rish
Tinchlantiruvchi sifatida
#62
Aromatik kislotani ko’rsating?
  1. Sirka kislota
  2. Toluol
  3. Valerian kislota
  4. Benzoy kislota
Javobni ko'rish
Benzoy kislota
#63
Sut kislotasi qanday karbon kislota qatoriga kiradi?
  1. Dikarbon kislota
  2. Geterofunksional kislota
  3. Aromatik kislota
  4. To’yinmagan karbon kislota
Javobni ko'rish
Geterofunksional kislota
#64
Monokarbon kislotalar ichida eng kuchli kislota qaysi?
  1. Sirka kislota
  2. Oksalat kislota
  3. Moy kislota
  4. Chumoli kislota
Javobni ko'rish
Chumoli kislota
#65
Sirka kislota bilan metanol tasirlashganda qanday organik birikma hosil bo’ladi?
  1. Metilatsetat
  2. Metilformiat
  3. Etilformiat
  4. Etilatsetat
Javobni ko'rish
Metilatsetat
#66
Karbon kislotalarning xlor angdridlarini korsating?
  1. Bunday maxsulotlar yo’q
  2. R-SH
  3. R-CO-ONa
  4. R-COCl
Javobni ko'rish
R-COCl
#67
Ikki asosli karbon kislotalarni ko’rsating?
  1. Chumoli kislota
  2. Moy kislota
  3. Sirka kislota
  4. Oksalat kislota
Javobni ko'rish
Oksalat kislota
#68
Malon kislotasi qizdirilib dekarboksillanishidan qanday moddalar hosil bo’ladi?
  1. Sirka kislotasi va karbonat angidirid
  2. Propan kislotasi va karbonat angidirid
  3. Oksalat kislota va chumoli kislota
  4. Chumoli kislota va karbonat angidirid
Javobni ko'rish
Sirka kislotasi va karbonat angidirid
#69
Natriy benzoatning tibbiyotdagi ahamiyati qanday?
  1. Yurak kasallliklariga qarshi
  2. Narkozda ishlatiladi
  3. Istima tushuruvchi
  4. Dezinfeksiyalovchi vosita
Javobni ko'rish
Dezinfeksiyalovchi vosita
#70
Quyidagilardan qaysi biri polifunksional birikma?
  1. Benzoy kislota va etilen diamin
  2. Glitserin va qaxrabo kislota
  3. Etil amin va chumoli kislota
  4. Etil spirit va sirka kislota
Javobni ko'rish
Glitserin va qaxrabo kislota
#71
Gidraxinon, rezorsin pirogallol kabi birikmalar qanday organik birikmalar qatoriga kiradi?
  1. Geterofunksional birikmalar
  2. Alifatik sipirtlar
  3. Polifunksional birikmalar
  4. Aromatik karbon kislotalar
Javobni ko'rish
Polifunksional birikmalar
#72
Etilenglikol va gliserin uchun qaysi reagent sifat reaksiyasi hosil qiladi?
  1. Mis sulfat
  2. Natriy gidroksid
  3. Mis (II)-gidroksid
  4. Sirka kislota
Javobni ko'rish
Mis (II)-gidroksid
#73
Glitserin trinitratining 1% eritmasi tibbiyotda nima maqsadda ishlatiladi?
  1. Dezinfeksiyalovchi vosita
  2. Zaharli hissoblanadi
  3. Istima tushuruvchi
  4. Stenokardiyani davolashda
Javobni ko'rish
Stenokardiyani davolashda
#74
Putressin va kadaverin tarkibida qanday funksional guruhlar bor?
  1. Amino
  2. Bunday moddalar yo’q
  3. gidriksil
  4. karboksil
Javobni ko'rish
Amino
#75
Glioksal moddasi tarkibida qanday funksional guruhlar saqlaydi?
  1. 1ta gidroksil guruh
  2. 2ta karboksil
  3. Amino guruh
  4. 2ta aldegid guruh
Javobni ko'rish
2ta aldegid guruh
#76
Glitserinning qanday organik birikmalari organizmda metabolism jarayonida qatnashadi?
  1. Buday moddalar yo’q
  2. Glitserinning sirka efirlari
  3. Nitroglitserin
  4. glitserofasfadlar
Javobni ko'rish
glitserofasfadlar
#77
Ko’p atomli fenollar uchun sifat reaksiyasi qanday?
  1. Temir (III)- xlorid
  2. Kumush ko’zgu reaksiyasi
  3. Mis (II)-gidrosid
  4. Feling suyuqligi
Javobni ko'rish
Temir (III)- xlorid
#78
Geterofunksional birikmalar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?
  1. Tarkibida geteroatom saqlaydi
  2. Tarkibida bir nechta bir xil turdagi funksional guruh saqlaydi
  3. Tarkibida bir nechta har xil turdagi funksional guruh saqlaydi
  4. Tarkibida faqat bir xil funksional guruh saqlaydi
Javobni ko'rish
Tarkibida bir nechta har xil turdagi funksional guruh saqlaydi
#79
Malein kislotasi kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan tasirlashganda qanday organic birikma hosil qiladi?
  1. Vino kislota
  2. Olma kislotasi
  3. Sut kislota
  4. Fumar kislota
Javobni ko'rish
Vino kislota
#80
Kolamin qanday modda?
  1. Glikol
  2. Diamin
  3. amino spirt
  4. Dikarbon kislota
Javobni ko'rish
amino spirt
#81
Fenatsetin (Parasetamol) dori moddasiga qaysi geterofunksional birikma asos bo’ladi?
  1. p-amino fenol
  2. m-amino benzoy kislota
  3. p-nitro fenol
  4. limon kislotasi
Javobni ko'rish
p-amino fenol
#82
Limon kisltasi, sut kislotasi, vino kislotasi qanday geterofunksional birikmalar qatoriga kiradi?
  1. Amino kislota
  2. Amino spirt
  3. Gidroksikislota
  4. ketokislota
Javobni ko'rish
Gidroksikislota
#83
GOMK qisqartmasi qaysi geterofunksional birikmani ifodalaydi va tibbiyotda qanday maqsadda ishlatiladi?
  1. Alfa amino moy kislotasi tibbiyotda ishlatilmaydi
  2. Bunday modda yo’q
  3. Gamma gidroksi butan kislotasi yo’talga qarshi
  4. Gamma oksi moy kislotasi narkoz sifatida
Javobni ko'rish
Gamma oksi moy kislotasi narkoz sifatida
#84
Salitsil kislotasi asosida qanday dorivor moddalar olingan?
  1. Laktid va lakton
  2. Demidrol va xolin
  3. Parasetamol va novakain
  4. Aspirin va salol
Javobni ko'rish
Aspirin va salol
#85
Alfa amino kislotalar qizdirilganda degidratlanishidan qanday maxsulotlar hosil bo’ladi?
  1. Laktamlar
  2. Epoksidlar
  3. Laktidlar
  4. Diketopiperazinlar
Javobni ko'rish
Diketopiperazinlar
#86
Quyidagi omillardan qaysi biri organik birikmalarning reaksion qobiliyatiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatadi?
  1. Molekulaning molekulyar massasi
  2. Molekulaning ranggi
  3. Molekulaning agregat holati
  4. Funktsional guruhlarning tabiati
Javobni ko'rish
Funktsional guruhlarning tabiati
#87
Aldegidlarning biologik tizimlarda yuqori reaksion qobiliyatga ega bo‘lishining asosiy sababi nima?
  1. Molekuladagi vodorod bog‘larining yo‘qligi
  2. Uglevodorod zanjirining uzunligi
  3. Molekulaning katta hajmga ega bo‘lishi
  4. Karbonil guruhdagi uglerod atomining elektrofil xususiyati
Javobni ko'rish
Karbonil guruhdagi uglerod atomining elektrofil xususiyati
#88
Karbon kislotalarning kislotalik xossasi asosan qaysi xususiyati bilan izohlanadi?
  1. Karboksil guruhidagi vodorod ionining oson ajralishi
  2. Gidrokarbon zanjirining tarmoqlanishi
  3. Molekulaning yuqori molekulyar massaga ega bo‘lishi
  4. Molekuladagi uglerod atomlarining soni ortishi
Javobni ko'rish
Karboksil guruhidagi vodorod ionining oson ajralishi
#89
Polifunksional birikmalarning biologik faol moddalarda keng uchrashining asosiy sababi nima?
  1. Faqat energetik vazifa bajarishi
  2. Suvda erimasligi
  3. Ularning past molekulyar massaga ega bo‘lishi
  4. Bir nechta funksional guruhlar orqali turli biologik reaksiyalarda ishtirok etishi
Javobni ko'rish
Bir nechta funksional guruhlar orqali turli biologik reaksiyalarda ishtirok etishi
#90
Quyidagi moddalar ichida geterofunksional birikmaga misol qaysi?
  1. Aseton
  2. Etanol
  3. Etanol
  4. Glitsin
Javobni ko'rish
Etanol
#91
Quyidagilardan qaysi biri polimer emas?
  1. yog‘
  2. nuklein kislota
  3. uglevod
  4. oqsil
Javobni ko'rish
uglevod
#92
Biokimyoviy jarayonlarga to‘sqinlik qiladigan moddalar qanday nomlanadi?
  1. antipod
  2. nukleotid
  3. nukleozid
  4. antimetabolit
Javobni ko'rish
antimetabolit
#93
Nukleozid tarkibida qaysi qismlar bo‘ladi?
  1. Azotli asos + lipid
  2. Uglevod + fosfat
  3. Azotli asos + uglevod
  4. Azotli asos + fosfat
Javobni ko'rish
Azotli asos + uglevod
#94
Nukleozidlarning polifosfatlari qaysi biologik jarayonlarda muhim ahamiyatga ega?
  1. Vitamin hosil bo‘lishi
  2. Lipid parchalanishi
  3. Energiya almashinuvi
  4. Moddalar almashinuvi
Javobni ko'rish
Moddalar almashinuvi
#95
Sovunlanadigan oddiy lipidlar qaysilar?
  1. Triglitseridlar
  2. Steroidlar
  3. Vitaminlar
  4. Terpenlar
Javobni ko'rish
Triglitseridlar
#96
Fosfolipidlar qaysi tuzilishga kiradi?
  1. Sovunlanadigan oddiy lipidlar
  2. Sovunlanmaydigan lipidlar
  3. Steroidlar
  4. Sovunlanadigan murakkab lipidlar
Javobni ko'rish
Sovunlanmaydigan lipidlar
#97
Sovunlanmaydigan lipidlar qaysilar?
  1. Triglitseridlar
  2. Steroidlar va terpenlar
  3. Fosfolipidlar
  4. Glikolipidlar
Javobni ko'rish
Steroidlar va terpenlar
#98
Terpenlar …
  1. Aminokislotalardan tashkil topgan
  2. Izopren qoldig‘idan tashkil topgan
  3. Fosfat qoldig‘idan tashkil topgan
  4. Nukleotid qoldig‘idan tashkil topgan
Javobni ko'rish
Izopren qoldig‘idan tashkil topgan
#99
Xolesterin qaysi guruhga kiradi?
  1. Steroidlar
  2. Glikolipidlar
  3. Fosfolipidlar
  4. Terpenlar
Javobni ko'rish
Steroidlar
#100
Nuklein kislotalarda vodorod bog‘lari qaysi qismlar orasida hosil bo‘ladi?
  1. Azot asoslari orasida
  2. Fosfat guruhlari orasida
  3. Uglevodlar orasida
  4. Lipidlar orasida
Javobni ko'rish
Azot asoslari orasida
#101
Steroidlarning asosini qaysi modda tashkil qiladi?
  1. Nukleotid yadrosi
  2. Izopren yadrosi
  3. Aromatik yadrosi
  4. Siklopentanopergidrofenantren
Javobni ko'rish
Siklopentanopergidrofenantren
#102
Qaysi sintetik kortikosteroid hisoblangan steroidli gormon revmatizm, bronxial astma, teri shamollash holatlarini davolashda ishlatiladi?
  1. estran
  2. androstan
  3. progesteron
  4. prednizolon
Javobni ko'rish
prednizolon
#103
DNK replikatsiyasi qayerda sodir bo‘ladi?
  1. yadroda
  2. mitoxondriyada
  3. ribosomada
  4. sitoplazmada
Javobni ko'rish
yadroda
#104
Irsiy axborotlarni saqlash, nasldan naslga o‘tkazish va oqsillar biosintezini amalga oshiradigan moddalar qaysi?
  1. oqsil
  2. yog‘
  3. uglevod
  4. nuklein kislota
Javobni ko'rish
nuklein kislota
#105
Nuklein kislotalar tarkibida geterohalqalarning qaysi tautomer shakli uchraydi?
  1. laktam
  2. yenol
  3. laktim
  4. karboksil
Javobni ko'rish
laktam
#106
Nukleozidlar gidrolizi bajariladigan pH muhiti qanday?
  1. kislotali
  2. ishqoriy
  3. etil spirtli muhitda
  4. neytral
Javobni ko'rish
ishqoriy
#107
Nuklein kislotalarning ikkilamchi tuzilishi shakllanishida qatnashadigan bog‘ning turi qanday?
  1. glikozid
  2. fosfodiefir
  3. murakkab efir
  4. vodorod
Javobni ko'rish
vodorod
#108
Nuklein kislotalarning uchlamchi tuzilishi shakllanishida asosan qatnashadigan aminokislotaning nomi nima?
  1. arginin
  2. prolin
  3. triptofan
  4. asparagin
Javobni ko'rish
arginin
#109
Oddiy lipidlarning tabiatda uchrashi 1. yog‘lar; 2. moylar; 3. mumlar. a. o‘simliklar mag‘zida bo‘lib, to‘yinmagan kislota qoldig‘i tutadi; b. hayvonlarda uchraydi ular to‘yingan yog‘ kislotasini murakkab efiridir; c. asalari uyasida bo‘ladi, bir atomli yuqori molekulali spirtlarning murakkab efiridir.
  1. 1a, 2b, 3c
  2. 1c, 2a, 3b
  3. 1b, 2c, 3a
  4. 1b, 2a, 3c
Javobni ko'rish
1b, 2a, 3c
#110
Glitserolipidlarning tuzilish analogi bu …
  1. glikolipid
  2. sfingolipid
  3. oddiy lipid
  4. fosfolipid
Javobni ko'rish
glikolipid
#111
DNK denaturatsiyasida qaysi bog‘lar uziladi?
  1. vodorod va gidrofob
  2. kovalent va ion
  3. gidrofob va gidrofil
  4. donor-akseptor va ion
Javobni ko'rish
vodorod va gidrofob
#112
Hujayrada RNKning nechta turi uchraydi?
  1. 3
  2. 4
  3. 5
  4. 2
Javobni ko'rish
3
#113
Yuqori molekular yog‘ kislotalari va yuqori molekular spirtlarning eterifikatsiyalanishidan hosil bo‘lgan moddalar ... deyiladi.
  1. moylar
  2. oqsillar
  3. mumlar
  4. yog‘lar
Javobni ko'rish
mumlar
#114
Komplementarlik - bu ... bog‘lari bilan bilan bog‘langan azotli asoslarning qat'iyan bir biriga to‘g‘ri kelishi.
  1. donor-akseptor
  2. ion
  3. kovalent
  4. vodorod
Javobni ko'rish
vodorod
#115
"Gidroliz soni", "yod soni" kabi tushunchalar quyidagi moddalarning qaysi biri uchun xos?
  1. uglevodlar
  2. nuklein kislotalar
  3. yog‘lar
  4. oqsillar
Javobni ko'rish
yog‘lar
#116
… – rangsiz, xloformga o’xshash hidli, tez oksidlanadigan, shuning uchun havoda tez qorayadigan, kislotalar ta’siriga chidamsiz suyuq modda.
  1. Glitserin
  2. Gallit
  3. Pirrol
  4. Sirka kislota
Javobni ko'rish
Pirrol
#117
Yuryev reaksiyasida quyidagi qaysi 3 modda qatnashadi?
  1. Pirrol, furan, tiofen
  2. Etanol, etanal, etan kislota
  3. Gallit, silvin, silvinit
  4. Piridin, pirimidin, piperidin
Javobni ko'rish
Pirrol, furan, tiofen
#118
Gistamin quyidagi qaysi geterohalqali birikma asosi hisoblanadi?
  1. Piridin
  2. Imidazol
  3. Pirrol
  4. Pirimidin
Javobni ko'rish
Imidazol
#119
Psixiatriyada keng qo’llaniladigan tinchlantiruvchi, uyqu chaqiruvchi (trankvilizator) xususiyatga ega dori vositasi – Fenobarbital quyidagi qaysi geterohalqali birikma hosilasi?
  1. Piridin
  2. Pirrol
  3. Purin
  4. Pirimidin
Javobni ko'rish
Pirimidin
#120
Kayfiyat va emotsiyalarni boshqaruvchi neyromediator – Serotonin quyidagi qaysi geterohalqali birikma hosilasi?
  1. Indol
  2. Purin
  3. Xinolin
  4. Imidazol
Javobni ko'rish
Indol
#121
Qahva va ayniqsa choy tarkibida mavjud bo’lgan, markaziy asab tizimiga qo’zg’atuvchi ta’sir qiluvchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi, siydik ajralishini yaxshilovchi – Koffein moddasi quyidagi qaysi geterohalqali birikma hosilasi hisoblanadi?
  1. Pirimidin
  2. Piridin
  3. Indol
  4. Purin
Javobni ko'rish
Purin
#122
Alkaloidlar deb nimaga aytiladi?
  1. Ayrim hayvonlarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan kislorod saqlovchi (kislota xossasiga ega) geterofunksional birikmalar
  2. Ayrim hayvonlarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azot saqlovchi (asos xossasiga ega) geterofunksional birikmalar
  3. Ayrim o’simliklarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan kislorod saqlovchi (kislota xossasiga ega) geterohalqali birikmalar
  4. Ayrim o’simliklarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azot saqlovchi (asos xossasiga ega) geterohalqali birikmalar
Javobni ko'rish
Ayrim o’simliklarda uchraydigan, fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azot saqlovchi (asos xossasiga ega) geterohalqali birikmalar
#123
Nicotiana tabacum o’simligidan olinadigan, erkin holda tamaki hidli, rangsiz, moysimon suyuqlik hisoblangan, ganglioblokator, yuqori dozada esa periferik nerv sistemasiga kuchli ta’sirga ega bo’lgan Nikotin quyidagi qaysi geterohalqali birikma asosi hisoblanadi?
  1. Piperidin, pirrol
  2. Pirimidin, imidazol
  3. Piridin, pirrolidin
  4. Purin, pirrolin
Javobni ko'rish
Piridin, pirrolidin
#124
2-amino 6-okso purin quyida keltirilgan geterohalqali birikmalarning qaysi biriga mos keladi?
  1. Timin
  2. Adenin
  3. Sitozin
  4. Guanin
Javobni ko'rish
Guanin
#125
2,4-diokso 6-metil pirimidin quyida keltirilgan geterohalqali birikmalarning qaysi biriga mos keladi?
  1. Timin
  2. Guanin
  3. Sitozin
  4. Uratsil
Javobni ko'rish
Timin
#126
Benzopirrol quyidagi geterohalqali birikmalarning qaysi biri?
  1. Gistamin
  2. Serotonin
  3. Fenolftalein
  4. Furatsillin
Javobni ko'rish
Serotonin
#127
Quyidagilardan qaysi biri Chargaff qoidasiga to’g’ri kelmaydi?
  1. Adenin=Uratsil
  2. Purin asoslari = Pirimidin asoslari
  3. Guanin=Sitozin
  4. Adenin=Timin
Javobni ko'rish
Adenin=Uratsil
#128
DNK fragmentida guanin soni 40 ta va ushbu DNK fragmentida vodorod bog’lar soni umumiy 240 ta bo’lsa, pirimidin asoslari soni nechta bo’ladi?
  1. 200
  2. 100
  3. 60
  4. 40
Javobni ko'rish
100
#129
Alfa-aminokislotalarning eng birinchi vakili quyidagi moddalarning qaysi biri?
  1. Kolamin
  2. Glitserin
  3. Glitsin
  4. Alanin
Javobni ko'rish
Glitsin
#130
Quyidagilardan qaysi biri monoamino dikarbon kislota?
  1. Serin va Treonin
  2. Sistein va Metionin
  3. Lizin va Arginin
  4. Asparagin kislota (Aspartat) va Glutamin kislota (Glutamat)
Javobni ko'rish
Asparagin kislota (Aspartat) va Glutamin kislota (Glutamat)
#131
Quyidagilardan qaysi biri diamino monokarbon kislota?
  1. Asparagin va Glutamin kislota
  2. Serin va Treonin
  3. Lizin va Arginin
  4. Sistein va Metionin
Javobni ko'rish
Lizin va Arginin
#132
Quyidagilardan qaysi biri oksi aminokislota?
  1. Serin va Treonin
  2. Sistein va Metionin
  3. Lizin va Arginin
  4. Asparagin va Glutamin kislota
Javobni ko'rish
Serin va Treonin
#133
Quyidagilardan qaysi biri tio aminokislota?
  1. Sistein va Metionin
  2. Asparagin va Glutamin kislota
  3. Lizin va Arginin
  4. Serin va Treonin
Javobni ko'rish
Sistein va Metionin
#134
Quyidagilardan qaysi biri aromatik aminokislota?
  1. Gistidin va Triptofan
  2. Fenilalanin va Tirozin
  3. Valin va Leysin
  4. Prolin
Javobni ko'rish
Fenilalanin va Tirozin
#135
Quyidagilardan qaysi biri alifatik aminokislota?
  1. Gistidin va Triptofan
  2. Valin va Izoleysin
  3. Prolin
  4. Fenilalanin va Tirozin
Javobni ko'rish
Valin va Izoleysin
#136
Quyidagilardan qaysi biri geterohalqali aminokislota?
  1. Alanin va Izoleysin
  2. Fenilalanin va Tirozin
  3. Gistidin va Triptofan
  4. Prolin
Javobni ko'rish
Gistidin va Triptofan
#137
Quyidagilardan qaysi biri siklik aminokislota?
  1. Prolin
  2. Fenilalanin va Tirozin
  3. Glitsin va Leysin
  4. Gistidin va Triptofan
Javobni ko'rish
Prolin
#138
Quyidagilardan qaysi biri oqsilning peptid bog’iga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga yangi tayyorlangan mis (II) gidroksid ta’sir ettirib, binafsha (qizil-pushti) rangli kompleks birikma hosil qilinadi?
  1. Ksantoprotein
  2. Foli
  3. Ningidrin
  4. Biuret
Javobni ko'rish
Biuret
#139
Quyidagilardan qaysi biri oqsilning benzol halqasiga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga nitrat kislota ta’sir ettirib, sariq rangli birikma hosil qilinadi?
  1. Ningidrin
  2. Millon
  3. Foli
  4. Ksantoprotein
Javobni ko'rish
Ksantoprotein
#140
Quyidagilardan qaysi biri oqsil tarkibidagi sulfid bog’iga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga ishqoriy muhitda qo’rg’oshin (II) atsetat ta’sir ettirib, qora rangli cho’kma hosil qilinadi?
  1. Foli
  2. Ksantoprotein
  3. Millon
  4. Ningidrin
Javobni ko'rish
Foli
#141
Quyidagilardan qaysi biri oqsil tarkibidagi erkin aminoguruhiga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga ningidrin eritmasi ta’sir ettirib, ko’k-binafsha rangli kompleks birikma hosil qilinadi?
  1. Millon
  2. Ningidrin
  3. Ksantoprotein
  4. Foli
Javobni ko'rish
Ningidrin
#142
Quyidagilardan qaysi biri oqsil tarkibidagi tirozinga sifat reaksiya hisoblanib, oqsilga simob nitrat tuzining nitrit va nitrat kislotalardagi eritmasi ta’sir ettirib, qizil-qo’ng’ir rangli kompleks birikma hosil qilinadi?
  1. Ningidrin
  2. Foli
  3. Millon
  4. Ksantoprotein
Javobni ko'rish
Millon
#143
Quyidagilardan qaysi biri glyukozaga struktur izomer?
  1. Galaktoza
  2. Mannoza
  3. Saxaroza
  4. Fruktoza
Javobni ko'rish
Fruktoza
#144
Quyidagilardan qaysi biri glyukozaga epimer?
  1. Riboza va Dezoksiriboza
  2. Laktoza va Maltoza
  3. Galaktoza va Mannoza
  4. Fruktoza va Arabinoza
Javobni ko'rish
Galaktoza va Mannoza
#145
DNK (1) va RNK (2) tarkibida qaysi monosaxaridlar uchraydi?
  1. 1-Glyukoza; 2-Fruktoza
  2. 1-Fruktoza; 2-Glyukoza
  3. 1-Dezoksiriboza; 2-Riboza
  4. 1-Riboza; 2-Dezoksiriboza
Javobni ko'rish
1-Dezoksiriboza; 2-Riboza
#146
Galaktozemiya qanaqa kasallik?
  1. Organizmda galaktoza yetishmovchiligi kuzatiladi
  2. Organizmda galaktozani parchalovchi ferment ortib ketadi
  3. Organizmda galaktoza ortiqcha (ko’p) ishlab chiqariladi
  4. Organizmda galaktozani parchalovchi ferment yetishmaydi
Javobni ko'rish
Organizmda galaktozani parchalovchi ferment yetishmaydi
#147
Quyidagilardan qaysi biri disaxaridlar?
  1. Riboza, Dezoksiriboza, Arabinoza va Ksiloza
  2. Kraxmal, Glikogen, Xitin va Sellyuloza
  3. Saxaroza, Laktoza, Maltoza va Sellobioza
  4. Glyukoza, Galaktoza, Mannoza va Fruktoza
Javobni ko'rish
Saxaroza, Laktoza, Maltoza va Sellobioza
#148
Quyidagilardan qaysi biri polisaxaridlar?
  1. Kraxmal, Glikogen, Xitin va Sellyuloza
  2. Glyukoza, Galaktoza, Mannoza va Fruktoza
  3. Saxaroza, Laktoza, Maltoza va Sellobioza
  4. Riboza, Dezoksiriboza, Arabinoza va Ksiloza
Javobni ko'rish
Kraxmal, Glikogen, Xitin va Sellyuloza
#149
Saxaroza tarkibida quyidagi monosaxaridlardan qaysi biri mavjud?
  1. alfa-Glyukoza va betta-Galaktoza
  2. alfa-Glyukoza va betta-Fruktoza
  3. betta-Glyukoza va alfa-Fruktoza
  4. betta-Glyukoza va alfa-Galaktoza
Javobni ko'rish
alfa-Glyukoza va betta-Fruktoza
#150
Laktoza tarkibida quyidagi monosaxaridlardan qaysi biri mavjud?
  1. betta-Glyukoza va alfa-Fruktoza
  2. alfa-Glyukoza va betta-Fruktoza
  3. betta-Glyukoza va alfa-Galaktoza
  4. alfa-Glyukoza va betta-Galaktoza
Javobni ko'rish
alfa-Glyukoza va betta-Galaktoza
QuizPilotda o'ynash