Kimyo
Biokimyo_522_rangli_javoblar 8
muallif: Laziz · 47 ta savol ·
0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Translyatsiya natijasida nima hosil bo‘ladi?
- Glyukoza
- RNK
- DNK
- Polipeptid zanjiri
Javobni ko'rish
Polipeptid zanjiri
#2
Gen ekspressiyasining boshqarilishi nima uchun muhim?
- Faqat DNK parchalanishi uchun
- Faqat lipid sintezi uchun
- Hujayra faoliyatini moslashtirish uchun
- Faqat energiya ishlab chiqarish uchun
Javobni ko'rish
Hujayra faoliyatini moslashtirish uchun
#3
Yurak mushagining asosiy energiya manbai qaysi?
- Vitaminlar
- Aminokislotalar
- Laktoza
- Yog‘ kislotalari
Javobni ko'rish
Yog‘ kislotalari
#4
Miokard hujayralarida energiya zaxirasi sifatida qaysi modda xizmat qiladi?
- Kreatinfosfat
- Albumin
- Mochevina
- Glikogen
Javobni ko'rish
Kreatinfosfat
#5
Yurak mushagida kislorod yetishmovchiligi qanday holatga olib keladi?
- Anaerob glikolizning kuchayishiga
- Vitamin sinteziga
- Glikogen sinteziga
- Oqsil hosil bo‘lishiga
Javobni ko'rish
Anaerob glikolizning kuchayishiga
#6
Yurak infarktida qonda qaysi ferment miqdori oshadi?
- Kreatinfosfokinaza
- Amilaza
- Pepsin
- Lipaza
Javobni ko'rish
Kreatinfosfokinaza
#7
Troponinlarning qonda oshishi nimani ko‘rsatadi?
- Oshqozon yarasini
- Buyrak kasalligini
- Miokard shikastlanishini
- Jigar faoliyatini
Javobni ko'rish
Miokard shikastlanishini
#8
Xolesterinning ortishi qaysi kasallik rivojlanishiga olib keladi?
- Ateroskleroz
- Nefrit
- Gastrit
- Anemiya
Javobni ko'rish
Ateroskleroz
#9
Past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) qanday ta’sir ko‘rsatadi?
- Glyukozani parchalaydi
- Vitamin tashiydi
- Xolesterinni tomir devoriga olib boradi
- Himoya qiladi
Javobni ko'rish
Xolesterinni tomir devoriga olib boradi
#10
Yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YZLP) ning vazifasi nima?
- Oqsil parchalaydi
- Ortiqcha xolesterinni olib chiqadi
- Insulin ishlab chiqaradi
- Qon ivishini oshiradi
Javobni ko'rish
Ortiqcha xolesterinni olib chiqadi
#11
Yurak mushagida anaerob glikoliz natijasida nima ko‘payadi?
- Laktat
- Bilirubin
- Kreatin
- Albumin
Javobni ko'rish
Laktat
#12
Gipertoniya rivojlanishida qaysi tizim muhim rol o‘ynaydi?
- Limfa tizimi
- Hazm tizimi
- Renin-angiotenzin tizimi
- Immun tizim
Javobni ko'rish
Renin-angiotenzin tizimi
#13
Qon ivishining asosiy biologik vazifasi nima?
- Nafas olishni boshqarish
- Qon yo‘qotilishini oldini olish
- Immunitetni kuchaytirish
- Ovqat hazm qilishni tezlashtirish
Javobni ko'rish
Qon yo‘qotilishini oldini olish
#14
Qon ivishida asosiy oqsil qaysi?
- Albumin
- Fibrinogen
- Globulin
- Gemoglobin
Javobni ko'rish
Fibrinogen
#15
Fibrinogen qayerda sintezlanadi?
- Jigarda
- Yurakda
- O‘pkada
- Buyrakda
Javobni ko'rish
Jigarda
#16
Trombin qanday vazifani bajaradi?
- Vitaminlarni sintez qiladi
- Glyukozani parchalaydi
- Fibrinogenni fibringa aylantiradi
- Yog‘larni emulsiyalaydi
Javobni ko'rish
Fibrinogenni fibringa aylantiradi
#17
Qon ivishida kalsiy ionining roli qanday?
- Glyukozani tashiydi
- Fermentlarni parchalaydi
- Qon bosimini pasaytiradi
- Koagulyatsiya reaksiyalarida kofaktor bo‘lib xizmat qiladi
Javobni ko'rish
Koagulyatsiya reaksiyalarida kofaktor bo‘lib xizmat qiladi
#18
Protrombin qaysi vitamin ishtirokida sintezlanadi?
- Vitamin D
- Vitamin B1
- Vitamin K
- Vitamin C
Javobni ko'rish
Vitamin K
#19
Gemofiliya qanday kasallik?
- Eritrotsitlar ko‘payishi
- Qonda glyukoza ortishi
- Qon ivishining irsiy buzilishi
- Qonda bilirubin ortishi
Javobni ko'rish
Qon ivishining irsiy buzilishi
#20
Antikoagulyant moddaga qaysi biri kiradi?
- Geparin
- Trombin
- Protrombin
- Fibrin
Javobni ko'rish
Geparin
#21
Fibrinoliz nima?
- Trombin hosil bo‘lishi
- Fibrinning parchalanishi
- Qon ivishining boshlanishi
- Protrombin sintezi
Javobni ko'rish
Fibrinning parchalanishi
#22
Trombotsitlarning asosiy vazifasi nima?
- Birlamchi tromb hosil qilish
- Kislorod tashish
- Immunitet hosil qilish
- Gormon ishlab chiqarish
Javobni ko'rish
Birlamchi tromb hosil qilish
#23
Urat toshlari asosan qaysi moddadan tashkil topadi?
- Kalsiy oksalatdan
- Fosfatlardan
- Xolesterindan
- Siydik kislotasi tuzlaridan
Javobni ko'rish
Siydik kislotasi tuzlaridan
#24
Siydik kislotasi organizmda nimaning parchalanish mahsuloti hisoblanadi?
- Lipidlarning
- Uglevodlarning
- Vitaminlarning
- Purin nukleotidlarining
Javobni ko'rish
Purin nukleotidlarining
#25
Giperurikemiya nima?
- Qonda bilirubin kamayishi
- Qonda glyukoza kamayishi
- Qonda siydik kislotasi ortishi
- Qonda oqsil ortishi
Javobni ko'rish
Qonda siydik kislotasi ortishi
#26
Buyraklarda urat toshlari hosil bo‘lishiga qaysi omil yordam beradi?
- Siydikning kislotali muhiti
- Vitamin C yetishmovchiligi
- Ko‘p suv ichish
- Siydikning ishqoriy muhiti
Javobni ko'rish
Siydikning kislotali muhiti
#27
Purin almashinuvida qaysi ferment muhim rol o‘ynaydi?
- Lipaza
- Amilaza
- Pepsin
- Ksantinoksidaza
Javobni ko'rish
Ksantinoksidaza
#28
Ksantinoksidaza fermenti qanday reaksiyani katalizlaydi?
- Glyukozani glikogenga aylantiradi
- Oqsillarni parchalaydi
- Yog‘larni emulsiyalaydi
- Ksantinni siydik kislotasiga aylantiradi
Javobni ko'rish
Ksantinni siydik kislotasiga aylantiradi
#29
Podagra kasalligi nimaga bog‘liq?
- Kalsiy yetishmovchiligiga
- Siydik kislotasi almashinuvi buzilishiga
- Gemoglobin ortishiga
- Qonda glyukoza kamayishiga
Javobni ko'rish
Siydik kislotasi almashinuvi buzilishiga
#30
Urat toshlari hosil bo‘lishining oldini olish uchun nima tavsiya etiladi?
- Suyuqlikni kamaytirish
- Ko‘p suv ichish
- Faqat yog‘li ovqat iste’mol qilish
- Oqsilni ko‘paytirish
Javobni ko'rish
Ko‘p suv ichish
#31
Allopurinol preparati qanday ta’sir ko‘rsatadi?
- Ksantinoksidazani ingibitsiya qiladi
- Amilazani faollashtiradi
- Protrombin sintezini oshiradi
- Lipaza ishlab chiqaradi
Javobni ko'rish
Ksantinoksidazani ingibitsiya qiladi
#32
Urat toshlari hosil bo‘lishida qaysi ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish xavf omili hisoblanadi?
- Purinning ko‘p manbalari bo‘lgan go‘sht mahsulotlari
- Sut mahsulotlari
- Mevalar
- Sabzavotlar
Javobni ko'rish
Purinning ko‘p manbalari bo‘lgan go‘sht mahsulotlari
#33
DNK rekombinant texnologiyasi nima?
- Vitaminlar sintezini o‘rganish usuli
- Oqsillarning parchalanish jarayoni
- Organizmda energiya hosil bo‘lish jarayoni
- Turli manbalardan olingan DNK bo‘laklarini birlashtirish usuli
Javobni ko'rish
Turli manbalardan olingan DNK bo‘laklarini birlashtirish usuli
#34
Rekombinant DNK texnologiyasida ko‘p ishlatiladigan ferment qaysi?
- Lipaza
- Pepsin
- Restriktaza
- Amilaza
Javobni ko'rish
Restriktaza
#35
Gen muhandisligi yordamida olinadigan rekombinant preparatlardan biri qaysi?
- Glyukoza
- Mochevina
- Xolesterin
- Insulin
Javobni ko'rish
Insulin
#36
Gen ekspressiyasini boshqarishda muhim rol o‘ynovchi qism qaysi?
- Ribosoma
- Promotor
- Sentriola
- Lizosoma
Javobni ko'rish
Promotor
#37
Klonlashtirish nima?
- Fermentlarning sintezi
- Genetik jihatdan bir xil nusxalarni yaratish jarayoni
- Oqsillarning denaturatsiyasi
- Hujayraning parchalanishi
Javobni ko'rish
Genetik jihatdan bir xil nusxalarni yaratish jarayoni
#38
Tibbiyotda klonlashtirishning asosiy ahamiyati nimada?
- Ovqat hazm qilishni kuchaytirish
- Vitaminlarni parchalanishini tezlashtirish
- To‘qima va organlarni tiklash imkoniyatini yaratish
- Qon bosimini pasaytirish
Javobni ko'rish
To‘qima va organlarni tiklash imkoniyatini yaratish
#39
Rekombinant DNK texnologiyasida vektor sifatida ko‘pincha nima ishlatiladi?
- Lizosoma
- Ribosoma
- Plazmida
- Mitoxondriya
Javobni ko'rish
Plazmida
#40
Gen terapiyasining asosiy maqsadi nima?
- Barcha hujayralarni yo‘q qilish
- Fermentlarni inaktivatsiya qilish
- Nuqsonli genlarni tuzatish yoki almashtirish
- Qon ivishini kamaytirish
Javobni ko'rish
Nuqsonli genlarni tuzatish yoki almashtirish
#41
Klonlashtirishning qaysi turi tibbiyotda regenerativ maqsadlarda qo‘llaniladi?
- Vegetativ klonlashtirish
- Molekulyar parchalanish
- Tabiiy klonlashtirish
- Terapevtik klonlashtirish
Javobni ko'rish
Terapevtik klonlashtirish
#42
Quyidagilardan qaysi biri gen ekspressiyasiga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi?
- Atmosfera bosimi
- Transkripsion faktorlar
- Ovqatning ta’mi
- Suvning qaynash harorati
Javobni ko'rish
Transkripsion faktorlar
#43
Sitoxrom P-450 tizimining asosiy vazifasi nima?
- Glyukoza sintezini kuchaytirish
- DNK replikatsiyasini boshqarish
- Oqsil sintezini tezlashtirish
- Dori va toksik moddalarni metabolizmga uchratish
Javobni ko'rish
Dori va toksik moddalarni metabolizmga uchratish
#44
Sitoxrom P-450 induktorlari qanday ta’sir ko‘rsatadi?
- Ferment faolligini pasaytiradi
- Ferment sintezi va faolligini oshiradi
- DNK parchalanishini kuchaytiradi
- Hujayra bo‘linishini to‘xtatadi
Javobni ko'rish
Ferment sintezi va faolligini oshiradi
#45
Quyidagilardan qaysi biri sitoxrom P-450 induktori hisoblanadi?
- Paratsetamol
- Fenobarbital
- Insulin
- Penitsillin
Javobni ko'rish
Fenobarbital
#46
Sitoxrom P-450 ingibitorlari qanday ta’sir qiladi?
- Ferment faolligini oshiradi
- Vitaminlar sintezini tezlashtiradi
- ATF hosil bo‘lishini kuchaytiradi
- Dori metabolizmini sekinlashtiradi
Javobni ko'rish
Dori metabolizmini sekinlashtiradi
#47
Quyidagilardan qaysi biri sitoxrom P-450 ingibitori hisoblanadi?
- Rifampitsin
- Adrenalin
- Fenobarbital
- Eritromitsin
Javobni ko'rish
Eritromitsin
QuizPilotda o'ynash