Kimyo
Biokimyo_522_rangli_javoblar 7
muallif: Laziz · 47 ta savol ·
0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Jigar biokimyosida sariqlik nimaning buzilishi bilan bog‘liq?
- Oqsil sintezi
- Vitamin almashinuvi
- Bilirubin almashinuvi
- Glikogen almashinuvi
Javobni ko'rish
Bilirubin almashinuvi
#2
Buyrakning asosiy biokimyoviy vazifasi qaysi?
- Moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarish
- Qon ishlab chiqarish
- Gormon parchalanishi
- Ovqat hazm qilish
Javobni ko'rish
Moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarish
#3
Buyraklarda siydik hosil bo‘lishining birinchi bosqichi nima?
- Reabsorbsiya
- Filtratsiya
- Sekretsiya
- Diffuziya
Javobni ko'rish
Filtratsiya
#4
Birlamchi siydik tarkibi nimaga o‘xshaydi?
- Qon plazmasiga
- Safroga
- So‘lakka
- Limfaga
Javobni ko'rish
Qon plazmasiga
#5
Buyraklarda suvning qayta so‘rilishi qanday ataladi?
- Sekretsiya
- Reabsorbsiya
- Filtratsiya
- Fermentatsiya
Javobni ko'rish
Reabsorbsiya
#6
Buyrak faoliyatini baholovchi asosiy ko‘rsatkich qaysi?
- Kreatinin
- Bilirubin
- Gemoglobin
- Albumin
Javobni ko'rish
Kreatinin
#7
Kreatinin organizmda nimaning parchalanish mahsuloti hisoblanadi?
- Uglevodlarning
- Kreatinfosfatning
- Yog‘larning
- Vitaminlarning
Javobni ko'rish
Kreatinfosfatning
#8
Siydikning asosiy azotli komponenti qaysi?
- Mochevina
- Kreatin
- Bilirubin
- Ammiak
Javobni ko'rish
Mochevina
#9
Buyrak orqali chiqariladigan pigment qaysi?
- Ksantin
- Melanin
- Uroxrom
- Karotin
Javobni ko'rish
Uroxrom
#10
Siydik hosil bo‘lishida ADH gormoni qanday rol o‘ynaydi?
- Mochevina sintezini oshiradi
- Filtratsiyani kamaytiradi
- Suv reabsorbsiyasini kuchaytiradi
- Glyukozani parchalaydi
Javobni ko'rish
Suv reabsorbsiyasini kuchaytiradi
#11
Buyraklarda kislota-ishqor muvozanatini saqlashda qaysi ion muhim?
- Temir
- Vodorod ioni
- Xlor
- Kalsiy
Javobni ko'rish
Vodorod ioni
#12
Proteinuriya nima?
- Siydikda glyukoza bo‘lishi
- Siydikda keton tanachalari bo‘lishi
- Siydikda bilirubin bo‘lishi
- Siydikda oqsil bo‘lishi
Javobni ko'rish
Siydikda oqsil bo‘lishi
#13
Glyukozuriya nima?
- Siydikda oqsil bo‘lishi
- Qonda glyukoza kamayishi
- Qonda bilirubin ortishi
- Siydikda glyukoza bo‘lishi
Javobni ko'rish
Siydikda glyukoza bo‘lishi
#14
Buyraklarda eritropoetin gormoni qanday vazifani bajaradi?
- Yog‘ parchalanishini tezlashtiradi
- Eritrotsitlar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi
- Qon ivishini oshiradi
- Insulin ishlab chiqaradi
Javobni ko'rish
Eritrotsitlar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi
#15
Kreatinin klirensi nimani ko‘rsatadi?
- Yurak faoliyatini
- Jigar faoliyatini
- O‘pka hajmini
- Buyrak filtratsion faoliyatini
Javobni ko'rish
Buyrak filtratsion faoliyatini
#16
Siydikning normal pH muhiti qanday?
- Neytral emas
- Kuchsiz kislotali
- Faqat ishqoriy
- Faqat kislotali
Javobni ko'rish
Kuchsiz kislotali
#17
Buyraklarda ammoniogenezning vazifasi nima?
- Vitamin sintezi
- Oqsil sintezi
- Yog‘ almashinuvi
- Kislota-ishqor muvozanatini saqlash
Javobni ko'rish
Kislota-ishqor muvozanatini saqlash
#18
Gematuriya nima?
- Siydikda qon bo‘lishi
- Siydikda glyukoza bo‘lishi
- Siydikda oqsil bo‘lishi
- Siydikda bilirubin bo‘lishi
Javobni ko'rish
Siydikda qon bo‘lishi
#19
Buyrak usti bezlari ishlab chiqaradigan aldosteron qanday ta’sir qiladi?
- Glyukoza so‘rilishini kamaytiradi
- Oqsil sintezini to‘xtatadi
- Kaliy chiqarilishini kamaytiradi
- Natriy reabsorbsiyasini oshiradi
Javobni ko'rish
Natriy reabsorbsiyasini oshiradi
#20
Buyraklarda D vitamini qanday shaklga aylanadi?
- Fermentga
- Inaktiv shaklga
- Steroidga
- Faol shaklga
Javobni ko'rish
Faol shaklga
#21
Oliguriya nima?
- Siydikda glyukoza bo‘lishi
- Siydik ajralishining kamayishi
- Siydik ajralishining ortishi
- Siydikda oqsil bo‘lishi
Javobni ko'rish
Siydik ajralishining kamayishi
#22
Anuriya nima?
- Siydikning ishqoriylashuvi
- Siydikning quyuqlashishi
- Siydik ajralishining to‘xtashi
- Siydikning ko‘payishi
Javobni ko'rish
Siydik ajralishining to‘xtashi
#23
Buyrak yetishmovchiligida qonda qaysi modda ko‘payadi?
- Albumin
- Gemoglobin
- Glyukoza
- Mochevina
Javobni ko'rish
Mochevina
#24
Buyrak kanalchalarida glyukozaning qayta so‘rilishi qanday transport orqali amalga oshadi?
- Passiv diffuziya
- Filtratsiya
- ikkilamchi Faol transport
- Osmos
Javobni ko'rish
ikkilamchi Faol transport
#25
Siydikning sariq rangi qaysi modda bilan bog‘liq?
- Uroxrom
- Bilirubin
- Ksantin
- Melanin
Javobni ko'rish
Uroxrom
#26
Buyraklar organizmda qanday homeostazni saqlaydi?
- Faqat haroratni
- Faqat nafas olishni
- Suv-tuz muvozanatini
- Faqat qon ivishini
Javobni ko'rish
Suv-tuz muvozanatini
#27
azotemiya nima?
- Qonda azotli moddalar ortishi
- Qonda glyukoza ortishi
- Qonda lipid kamayishi
- Qonda oqsil kamayishi
Javobni ko'rish
Qonda azotli moddalar ortishi
#28
Pepsin qaysi moddani parchalaydi?
- Yog‘larni
- Oqsillarni
- Vitaminlarni
- Uglevodlarni
Javobni ko'rish
Oqsillarni
#29
Ingichka ichakda asosan nima so‘riladi?
- Faqat vitaminlar
- Oziq moddalar
- Faqat suv
- Faqat minerallar
Javobni ko'rish
Oziq moddalar
#30
Oshqozon-ichak tizimida B12 vitamini so‘rilishi uchun qaysi modda zarur?
- Tripsin
- Safro kislotasi
- Kasl ichki omili
- Albumin
Javobni ko'rish
Kasl ichki omili
#31
O‘tkir pankreatitning asosiy sababi qaysi?
- Me’da osti bezi fermentlarining erta faollashuvi
- Vitamin yetishmovchiligi
- Gormonal buzilishlar
- Gemoglobin kamayishi
Javobni ko'rish
Me’da osti bezi fermentlarining erta faollashuvi
#32
O‘tkir pankreatitda qaysi ferment qonda ko‘payadi?
- Maltaza
- Pepsin
- Amilaza
- Laktaza
Javobni ko'rish
Amilaza
#33
O‘tkir pankreatitda qon p;azmasida lipaza miqdori qanday o‘zgaradi?
- Kamayadi
- Butunlay yo‘qoladi
- Oshadi
- O‘zgarmaydi
Javobni ko'rish
Oshadi
#34
Pankreatitda me’da osti bezida qaysi jarayon kuzatiladi?
- Autoliz
- Vitamin hosil bo‘lishi
- Glikogen sintezi
- Safro ishlab chiqarilishi
Javobni ko'rish
Autoliz
#35
O‘tkir pankreatitda qonda qaysi elektrolit kamayadi?
- Kaliy
- Kalsiy
- Natriy
- Temir
Javobni ko'rish
Kalsiy
#36
O‘tkir pankreatitda yog‘ nekrozi nimaga bog‘liq?
- Pepsin faolligiga
- Amilaza faolligiga
- Tripsin yetishmovchiligiga
- Lipaza faolligining ortishiga
Javobni ko'rish
Lipaza faolligining ortishiga
#37
O‘tkir pankreatitda tripsinning faollashuvi nimaga olib keladi?
- To‘qimalarning o‘z-o‘zini hazm qilishiga
- Uglevod parchalanishiga
- Qon ivishining pasayishiga
- Vitamin sinteziga
Javobni ko'rish
To‘qimalarning o‘z-o‘zini hazm qilishiga
#38
Pankreatitda kuzatiladigan giperglikemiya nimaga bog‘liq?
- Jigar faoliyatining ortishiga
- Insulin ishlab chiqarilishining buzilishiga
- O‘t ajralishining kamayishiga
- Buyrak faoliyatining pasayishiga
Javobni ko'rish
Insulin ishlab chiqarilishining buzilishiga
#39
O‘tkir pankreatitda qonda qaysi ko‘rsatkich diagnostik ahamiyatga ega?
- Bilirubin
- Amilaza faolligi
- Gemoglobin
- Albumin
Javobni ko'rish
Amilaza faolligi
#40
Gen ekspressiyasi nima?
- DNK parchalanishi
- Lipid sintezi
- Genetik axborotning funksional mahsulotga aylanishi
- Oqsil parchalanishi
Javobni ko'rish
Genetik axborotning funksional mahsulotga aylanishi
#41
Gen ekspressiyasining birinchi bosqichi qaysi?
- Replikatsiya
- Mutatsiya
- Transkripsiya
- Translyatsiya
Javobni ko'rish
Transkripsiya
#42
Transkripsiya jarayonida qaysi ferment ishtirok etadi?
- Amilaza
- Ligaza
- DNK-polimeraza
- RNK-polimeraza
Javobni ko'rish
RNK-polimeraza
#43
Transkripsiya natijasida nima hosil bo‘ladi?
- mRNK
- Oqsil
- Lipid
- DNK
Javobni ko'rish
mRNK
#44
Translyatsiya jarayoni qayerda amalga oshadi?
- Golji majmuasida
- Lizosomada
- Yadroda
- Ribosomada
Javobni ko'rish
Ribosomada
#45
Genetik kodning asosiy birligi nima?
- Ferment
- Genom
- Kodoni
- Nukleosoma
Javobni ko'rish
Kodoni
#46
Kodon nechta nukleotiddan tashkil topgan?
- 2 ta
- 4 ta
- 1 ta
- 3 ta
Javobni ko'rish
3 ta
#47
tRNK ning asosiy vazifasi nima?
- Energiya hosil qilish
- Lipidlarni parchalanishi
- Aminokislotalarni ribosomaga tashish
- DNK sintezi
Javobni ko'rish
Aminokislotalarni ribosomaga tashish
QuizPilotda o'ynash