Kimyo

Biokimyo_522_rangli_javoblar 3

muallif: Laziz · 47 ta savol · 2 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Safro kislotalari nimadan sintezlanadi?
  1. Piruvatdan
  2. Glyukozadan
  3. Triglitseriddan
  4. Xolesterindan
Javobni ko'rish
Xolesterindan
#2
Glukagonning yog‘ almashinuviga ta’siri:
  1. Xolesterin sintezini oshiradi
  2. Lipolizni kuchaytiradi
  3. Triglitserid sintezini oshiradi
  4. Lipogenezni kuchaytiradi
Javobni ko'rish
Lipolizni kuchaytiradi
#3
Yog‘ to‘qimasida gormonga sezgir lipaza qaysi jarayonni katalizlaydi?
  1. Triglitserid parchalanishi
  2. Fosfolipid sintezi
  3. Keton tanacha sintezi
  4. Xolesterin sintezi
Javobni ko'rish
Triglitserid parchalanishi
#4
Keton tanachalarining asosiy substrati nima?
  1. Glyukoza
  2. Piruvat
  3. Asetil-KoA
  4. Laktat
Javobni ko'rish
Asetil-KoA
#5
Keton tanachalariga qaysi modda kirmaydi?
  1. Asetoatsetat
  2. β-gidroksibutirat
  3. Aseton
  4. Piruvat
Javobni ko'rish
Piruvat
#6
Ochlikda keton tanachalari nima uchun muhim?
  1. Safro sintezi uchun
  2. Vitamin parchalanishi uchun
  3. Oqsil sintezi uchun
  4. Energiya manbai sifatida
Javobni ko'rish
Energiya manbai sifatida
#7
Diabetik ketoatsidoz nimaning ortishi bilan bog‘liq?
  1. Xolesterin
  2. Keton tanachalari
  3. Insulin
  4. Glikogen
Javobni ko'rish
Keton tanachalari
#8
Keton tanachalarining ortib ketishi qonda nimaga olib keladi?
  1. Alkalozga
  2. Metabolik atsidozga
  3. Giperproteinemiyaga
  4. Giperglikemiyaga
Javobni ko'rish
Metabolik atsidozga
#9
Oqsillarning hazmi qayerda boshlanadi?
  1. Yo‘g‘on ichakda
  2. Og‘iz bo‘shlig‘ida
  3. Oshqozonda
  4. Ingichka ichakda
Javobni ko'rish
Oshqozonda
#10
Oshqozonda oqsillarni parchalaydigan asosiy ferment qaysi?
  1. Pepsin
  2. Lipaza
  3. Tripsin
  4. Amilaza
Javobni ko'rish
Pepsin
#11
Pepsin qaysi muhitda faol ishlaydi?
  1. Faqat suvli
  2. Neytral
  3. Kislotali
  4. Ishqoriy
Javobni ko'rish
Kislotali
#12
Pepsinogenning pepsinga aylanishida nima muhim rol o‘ynaydi?
  1. Tripsin
  2. Safro
  3. Xlorid kislota
  4. Insulin
Javobni ko'rish
Xlorid kislota
#13
Tripsin qayerda hosil bo‘ladi?
  1. Oshqozonda
  2. Oshqozon osti bezida
  3. Buyrakda
  4. Jigarda
Javobni ko'rish
Oshqozon osti bezida
#14
Tripsin qanday ferment hisoblanadi?
  1. Lipolitik
  2. Amilolitik
  3. Glikolitik
  4. Proteolitik
Javobni ko'rish
Proteolitik
#15
Tripsinogenni faollashtiruvchi ferment qaysi?
  1. Lipaza
  2. Enteropeptidaza
  3. Amilaza
  4. Pepsin
Javobni ko'rish
Enteropeptidaza
#16
Ximotripsin qanday bog‘larni parchalaydi?
  1. Glikozid bog‘larini
  2. Efir bog‘larini
  3. Vodorod bog‘larini
  4. Peptid bog‘larini
Javobni ko'rish
Peptid bog‘larini
#17
Oqsillarning yakuniy hazm mahsulotlari nima?
  1. Monogliseridlar
  2. Ketotanachalar
  3. Aminokislotalar
  4. Disaxaridlar
Javobni ko'rish
Aminokislotalar
#18
Aminokislotalar asosan qayerda so‘riladi?
  1. Oshqozonda
  2. Qizilo‘ngachda
  3. Ingichka ichakda
  4. Yo‘g‘on ichakda
Javobni ko'rish
Ingichka ichakda
#19
Aminokislotalarning enterotsitlarga kirishi ko‘pincha qanday transport orqali amalga oshadi?
  1. Na⁺-bog‘liq faol transport
  2. Endotsitoz
  3. Oddiy diffuziya
  4. Fagotsitoz
Javobni ko'rish
Na⁺-bog‘liq faol transport
#20
So‘rilgan aminokislotalar dastlab qaysi organga boradi?
  1. Buyrakka
  2. Yurakka
  3. Talqqa
  4. Jigarga
Javobni ko'rish
Jigarga
#21
Organizmda aminokislotalarning “aminokislota fondi” nima?
  1. Erkin aminokislotalar yig‘indisi
  2. Qondagi glyukoza
  3. Faqat jigar oqsillari
  4. Faqat mushak oqsillari
Javobni ko'rish
Erkin aminokislotalar yig‘indisi
#22
Transaminatsiya jarayonining mohiyati nima?
  1. Oqsil denaturatsiyasi
  2. Aminokislota sintezi
  3. Aminoguruhning ko‘chirilishi
  4. CO₂ ajralishi
Javobni ko'rish
Aminoguruhning ko‘chirilishi
#23
Transaminatsiya reaksiyalarini qaysi fermentlar katalizlaydi?
  1. Proteazalar
  2. Dekarboksilazalar
  3. Aminotransferazalar
  4. Lipazalar
Javobni ko'rish
Aminotransferazalar
#24
Aminotransferazalarning kofermenti nima?
  1. FAD
  2. NADH
  3. Piridoksalfosfat
  4. Biotin
Javobni ko'rish
Piridoksalfosfat
#25
ALT fermentining to‘liq nomi:
  1. Aspartataminotransferaza
  2. Gamma-glutamiltransferaza
  3. Alaninaminotransferaza
  4. Laktatdegidrogenaza
Javobni ko'rish
Alaninaminotransferaza
#26
AST fermentining to‘liq nomi:
  1. Piruvatkinaza
  2. Kreatinkinaza
  3. Alaninaminotransferaza
  4. Aspartataminotransferaza
Javobni ko'rish
Aspartataminotransferaza
#27
ALT va AST ning qonda oshishi nimani ko‘rsatadi?
  1. Vitamin yetishmovchiligini
  2. Uglevod hazmi buzilishini
  3. Hujayra zararlanishini
  4. Temir ortiqligini
Javobni ko'rish
Hujayra zararlanishini
#28
Alaninning transaminatsiyasi natijasida nima hosil bo‘ladi?
  1. Laktat
  2. Asetil-KoA
  3. Piruvat
  4. Sitrat
Javobni ko'rish
Piruvat
#29
Aspartatning transaminatsiyasi natijasida nima hosil bo‘ladi?
  1. Oksaloatsetat
  2. Aseton
  3. Laktat
  4. Piruvat
Javobni ko'rish
Oksaloatsetat
#30
Dezaminatsiya nima?
  1. Aminoguruhning ajralishi
  2. Aminoguruh qo‘shilishi
  3. Fosfat qo‘shilishi
  4. CO₂ ajralishi
Javobni ko'rish
Aminoguruhning ajralishi
#31
Oksidlovchi dezaminatsiyada muhim ferment qaysi?
  1. Lipaza
  2. Piruvatkinaza
  3. Tripsin
  4. Glutamatdegidrogenaza
Javobni ko'rish
Glutamatdegidrogenaza
#32
Aminokislotalarning dekarboksillanishi natijasida nima hosil bo‘ladi?
  1. Monosaxaridlar
  2. Keton tanachalari
  3. Triglitseridlar
  4. Biogen aminlar
Javobni ko'rish
Biogen aminlar
#33
Gistidinning dekarboksillanishidan qanday modda hosil bo‘ladi?
  1. Serotonin
  2. Gistamin
  3. Dofamin
  4. Tiramin
Javobni ko'rish
Gistamin
#34
Serotonin qaysi aminokislotadan hosil bo‘ladi?
  1. Histidin
  2. Glutamat
  3. Triptofan
  4. Tirozin
Javobni ko'rish
Triptofan
#35
Dofamin va noradrenalin qaysi aminokislotadan sintezlanadi?
  1. Glitsin
  2. Triptofan
  3. Tirozin
  4. Metionin
Javobni ko'rish
Tirozin
#36
GABA (gamma-aminomoy kislota) qaysi aminokislotadan hosil bo‘ladi?
  1. Alanin
  2. Serin
  3. Aspartat
  4. Glutamat
Javobni ko'rish
Glutamat
#37
Biogen aminlarning asosiy biologik vazifasi:
  1. Faqat energiya manbai bo‘lish
  2. Oqsillarni parchalanishi
  3. Mediator va regulyator funksiyalarni bajarish
  4. DNK sintezlash
Javobni ko'rish
Mediator va regulyator funksiyalarni bajarish
#38
Azot almashinuvining asosiy oxirgi mahsuloti qaysi?
  1. Bilirubin
  2. Kreatin
  3. Xolesterin
  4. Siydikchil (mochevina)
Javobni ko'rish
Siydikchil (mochevina)
#39
Siydikchil organizmda asosan qayerda sintezlanadi?
  1. Mushakda
  2. Jigarda
  3. Taloqda
  4. Buyrakda
Javobni ko'rish
Jigarda
#40
Siydikchil sintezi qanday sikl orqali amalga oshadi?
  1. Krebs sikli
  2. Ornitin sikli
  3. Glikoliz
  4. Pentozofosfat yo‘li
Javobni ko'rish
Ornitin sikli
#41
Siydikchil siklining birinchi bosqichida qaysi modda hosil bo‘ladi?
  1. Sitrat
  2. Karbamoilfosfat
  3. Piruvat
  4. Laktat
Javobni ko'rish
Karbamoilfosfat
#42
Karbamoilfosfat sintetaza I fermenti qayerda joylashgan?
  1. Lizosomada
  2. Mitoxondriyada
  3. Sitoplazmada
  4. Yadroda
Javobni ko'rish
Mitoxondriyada
#43
Siydikchil siklining asosiy vazifasi nima?
  1. Glyukoza sintezi
  2. Ammiakni zararsizlantirish
  3. ATP parchalanishi
  4. Yog‘ sintezi
Javobni ko'rish
Ammiakni zararsizlantirish
#44
Ammiak organizm uchun qanday modda hisoblanadi?
  1. Vitamin
  2. Zaharli modda
  3. Ferment
  4. Energiya manbai
Javobni ko'rish
Zaharli modda
#45
Qonda ammiak miqdorining ortishi nima deyiladi?
  1. Giperammonemiya
  2. Ketonemiya
  3. Azotemiya
  4. Giperglikemiya
Javobni ko'rish
Giperammonemiya
#46
Giperammonemiya ayniqsa qaysi tizimga zarar yetkazadi?
  1. Suyak tizimiga
  2. Hazm tizimiga
  3. Markaziy nerv tizimiga
  4. Nafas tizimiga
Javobni ko'rish
Markaziy nerv tizimiga
#47
Siydikchil siklida ornitin qanday rol o‘ynaydi?
  1. Ammiak parchalaydi
  2. Energiya beradi
  3. Fermentni inhibitsiya qiladi
  4. Siklning tashuvchi molekulasi
Javobni ko'rish
Siklning tashuvchi molekulasi
QuizPilotda o'ynash