Kimyo
Biokimyo_522_rangli_javoblar 2
muallif: Laziz · 47 ta savol ·
1 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Insulin qaysi jarayonni faollashtiradi?
- Glikogenoliz
- Glyukoneogenez
- Glikogenez
- Lipoliz
Javobni ko'rish
Glikogenez
#2
Adrenalin qaysi jarayonni kuchaytiradi?
- Oqsil sintezi
- Glyukozaning siydik bilan chiqishi
- Glikogen sintezi
- Glikogen parchalanishi
Javobni ko'rish
Glikogen parchalanishi
#3
Kortizol glyukoza almashinuviga qanday ta’sir qiladi?
- Insulin sekretsiyasini oshiradi
- Glyukoneogenezni kuchaytiradi
- Glikolizni to‘xtatadi
- Glyukozani kamaytiradi
Javobni ko'rish
Glyukoneogenezni kuchaytiradi
#4
Ochlik vaqtida qondagi glyukozani saqlab turuvchi asosiy jarayon qaysi?
- Lipogenez
- Glyukoneogenez
- Glikoliz
- Ketogenez
Javobni ko'rish
Glyukoneogenez
#5
Glyukoza gomeostazida jigar qanday rol o‘ynaydi?
- Glyukozani zahiralaydi va ajratadi
- Insulin ishlab chiqaradi
- glyukozani parchalaydi
- Faqat keton tanachalari hosil qiladi
Javobni ko'rish
Glyukozani zahiralaydi va ajratadi
#6
GLUT4 transportyori qaysi to‘qimalarda uchraydi?
- Jigar va buyrakda
- Ichak va oshqozonda
- Mushak va yog‘ to‘qimasida
- Miya va eritrotsitlarda
Javobni ko'rish
Mushak va yog‘ to‘qimasida
#7
Gipoglikemiya deganda nima tushuniladi?
- Qonda keton tanachalari ortishi
- Qonda xolesterin ortishi
- Qonda sut kislotasi ortishi
- Qonda glyukoza miqdorining kamayishi
Javobni ko'rish
Qonda glyukoza miqdorining kamayishi
#8
Lipidlarning organizmdagi asosiy energetik vazifasi nima?
- eritrositlarni energiya bilan taminlash
- glikogen sintezlash
- Vitamin parchalanishini oldini olish
- Energiya zahirasini hosil qilish
Javobni ko'rish
Energiya zahirasini hosil qilish
#9
Neytral yog‘larning asosiy tarkibiy qismlari qaysilar?
- Nukleotid va fosfolipid
- Glyukoza va aminokislota
- Xolesterin va fosfat
- Glitserol va yog‘ kislotalari
Javobni ko'rish
Glitserol va yog‘ kislotalari
#10
Fosfolipidlarning asosiy biologik vazifasi nima?
- Gormon sintezi
- ATP hosil qilish
- Hujayra membranasi tarkibiga kirish
- Gemoglobin sintezi
Javobni ko'rish
Hujayra membranasi tarkibiga kirish
#11
Xolesterinning organizmdagi asosiy vazifalaridan biri:
- Steroid gormonlar sintezi uchun substrat bo‘ladi
- Energiya manbai bo‘ladi
- Fermentlarni parchalaydi
- Glikogen hosil qiladi
Javobni ko'rish
Steroid gormonlar sintezi uchun substrat bo‘ladi
#12
Lipidlarning hazmi asosan qayerda amalga oshadi?
- Yo‘g‘on ichakda
- Og‘iz bo‘shlig‘ida
- Ingichka ichakda
- Oshqozonda
Javobni ko'rish
Ingichka ichakda
#13
Yog‘larning emulsifikatsiyasi uchun nima zarur?
- Safro kislotalari
- Tripsin
- Insulin
- Pepsin
Javobni ko'rish
Safro kislotalari
#14
Pankreatik lipaza qanday vazifani bajaradi?
- DNKni parchalaydi
- Triglitseridlarni parchalaydi
- Oqsillarni parchalaydi
- Uglevodlarni parchalaydi
Javobni ko'rish
Triglitseridlarni parchalaydi
#15
Triglitseridlarning hazm mahsulotlari qaysilar?
- Monogliserid va yog‘ kislotalari
- Nukleotidlar
- Aminokislotalar
- Monosaxaridlar
Javobni ko'rish
Monogliserid va yog‘ kislotalari
#16
Yog‘ kislotalari va monogliseridlar enterotsitlarda nimaga aylanadi?
- Ketotanachalarga
- Triglitseridlarga
- Glikogen
- Xolesterin
Javobni ko'rish
Triglitseridlarga
#17
Ichak enterotsitlarida hosil bo‘lgan triglitseridlar qanday transport shaklida tashiladi?
- Albumin
- Xilomikron
- LDL
- HDL
Javobni ko'rish
Xilomikron
#18
Xilomikronlarning asosiy vazifasi nima?
- Ovqat lipidlarini to‘qimalarga tashish
- Xolesterinni jigarga olib borish
- Glyukozani tashish
- Vitaminlarni parchalanishi
Javobni ko'rish
Ovqat lipidlarini to‘qimalarga tashish
#19
Lipoproteinlipaza fermentining asosiy vazifasi nima?
- Ketogenez
- Fosfolipid sintezi
- Xolesterin sintezi
- Triglitseridlarni parchalanishi
Javobni ko'rish
Triglitseridlarni parchalanishi
#20
Yog‘ to‘qimasida triglitseridlarning parchalanishi qanday ataladi?
- Lipogenez
- Lipoliz
- Glikoliz
- Ketogenez
Javobni ko'rish
Lipoliz
#21
Lipolizni qaysi gormon kuchaytiradi?
- Adrenalin
- Somatostatin
- Insulin
- Sekretin
Javobni ko'rish
Adrenalin
#22
Yog‘ kislotalarining β-oksidlanishi qayerda kechadi?
- Yadroda
- Mitoxondriyada
- Sitoplazmada
- Ribosomada
Javobni ko'rish
Mitoxondriyada
#23
Karnitinning asosiy vazifasi nima?
- Triglitserid sintezi
- Xolesterin sintezi
- Glikogen parchalanishi
- Yog‘ kislotalarini mitoxondriyaga tashish
Javobni ko'rish
Yog‘ kislotalarini mitoxondriyaga tashish
#24
Ketotanachalar asosan qayerda hosil bo‘ladi?
- Jigarda
- Buyrakda
- Mushakda
- Miyada
Javobni ko'rish
Jigarda
#25
Keton tanachalariga qaysilar kiradi?
- Glyukoza va fruktoza
- Piruvat va laktat
- Asetoatsetat, β-gidroksibutirat, aseton
- Sitrat va oksaloatsetat
Javobni ko'rish
Asetoatsetat, β-gidroksibutirat, aseton
#26
Ketoz ko‘proq qaysi holatda rivojlanadi?
- Ochlik va diabetda
- Ovqatdan keyin
- Giperglikemiyada
- Gipolipidemiyada
Javobni ko'rish
Ochlik va diabetda
#27
Lipogenez nima?
- Xolesterin parchalanishi
- Keton tanacha hosil bo‘lishi
- Yog‘ parchalanishi
- Yog‘ kislotalari sintezi
Javobni ko'rish
Yog‘ kislotalari sintezi
#28
Yog‘ kislotalari sintezi asosan qayerda kechadi?
- Mitoxondriyada
- Sitoplazmada
- Yadroda
- Lizosomada
Javobni ko'rish
Sitoplazmada
#29
Xolesterin sintezining tezlikni cheklovchi fermenti qaysi?
- Asetil-KoA-karboksilaza
- Lipaza
- Fosfolipaza
- HMG-KoA reduktaza
Javobni ko'rish
HMG-KoA reduktaza
#30
Statinlar qaysi fermentni ingibirlaydi?
- Piruvatkinaza
- HMG-KoA reduktaza
- Tripsin
- Lipaza
Javobni ko'rish
HMG-KoA reduktaza
#31
HDL ning asosiy vazifasi nima?
- Ovqat lipidlarini tashish
- Glyukozani tashish
- Ortiqcha xolesterinni jigarga olib borish
- Triglitserid tashish
Javobni ko'rish
Ortiqcha xolesterinni jigarga olib borish
#32
LDL ning asosiy vazifasi nima?
- Aminokislota tashish
- Vitamin parchalanishi
- Ketotanacha tashish
- Xolesterinni to‘qimalarga olib borish
Javobni ko'rish
Xolesterinni to‘qimalarga olib borish
#33
Ateroskleroz rivojlanishida qaysi lipoprotein muhim rol o‘ynaydi?
- Albumin
- LDL
- HDL
- Xilomikron
Javobni ko'rish
LDL
#34
Essensial yog‘ kislotalari organizmda:
- Faqat bolalarda kerak bo‘ladi
- Ko‘p miqdorda sintezlanadi
- Jigarda hosil bo‘ladi
- Sintezlanmaydi va ovqat bilan olinadi
Javobni ko'rish
Sintezlanmaydi va ovqat bilan olinadi
#35
Omega-3 yog‘ kislotalarining foydali ta’siri:
- Lipolizni to‘xtatadi
- Yurak-qon tomir xavfini kamaytiradi
- Qon bosimini oshiradi
- Aterosklerozni kuchaytiradi
Javobni ko'rish
Yurak-qon tomir xavfini kamaytiradi
#36
Insulin lipid almashinuviga qanday ta’sir qiladi?
- Ketogenezni kuchaytiradi
- β-oksidlanishni kuchaytiradi
- Lipogenezni faollashtiradi
- Lipolizni kuchaytiradi
Javobni ko'rish
Lipogenezni faollashtiradi
#37
Murakkab lipidlarga qaysilar kiradi?
- Monogliseridlar
- Triglitseridlar
- Fosfolipidlar va glikolipidlar
- Yog‘ kislotalari
Javobni ko'rish
Fosfolipidlar va glikolipidlar
#38
Fosfolipidlarning asosiy tarkibiy qismi nima?
- Glyukoza va galaktoza, fosfat qoldig‘i
- yog‘ kislotalari, fosfat qoldig‘i
- Nukleotidlar, yog‘ kislotasi va fosfat qoldig‘i
- Glitserol, yog‘ kislotasi va fosfat qoldig‘i
Javobni ko'rish
Glitserol, yog‘ kislotasi va fosfat qoldig‘i
#39
Sfingomiyelin qaysi murakkab lipid turiga kiradi?
- Sfingofosfolipid
- Steroid
- Mum
- Triglitserid
Javobni ko'rish
Sfingofosfolipid
#40
Glikolipidlarning asosiy biologik vazifasi nima?
- Hujayralararo tanib olish va membrana funksiyasi
- ATP sintezi
- energiya berish
- Safro hosil qilish
Javobni ko'rish
Hujayralararo tanib olish va membrana funksiyasi
#41
Gangliozidlar qaysi to‘qimada ko‘p uchraydi?
- Suyakda
- Buyrak
- Jigar
- Nerv to‘qimasida
Javobni ko'rish
Nerv to‘qimasida
#42
Sfingolipidozlar nimaning buzilishi natijasida yuzaga keladi?
- Lizosomal fermentlar yetishmovchiligi
- Oqsil sintezi kuchayishi
- Gormon yetishmovchiligi
- Uglevod hazmi buzilishi
Javobni ko'rish
Lizosomal fermentlar yetishmovchiligi
#43
Tay-Saks kasalligida qaysi modda to‘planadi?
- Xolesterin
- Gangliozid GM2
- Triglitserid
- Glikogen
Javobni ko'rish
Gangliozid GM2
#44
Gaucher kasalligida qaysi modda to‘planadi?
- Laktoza
- Glyukoserebrozid
- Sfingomiyelin
- Xolesterin efiri
Javobni ko'rish
Glyukoserebrozid
#45
Xolesterinning asosiy sintez joyi qayer?
- Taloq
- Miya
- Mushak
- Jigar
Javobni ko'rish
Jigar
#46
Xolesterin sintezi uchun asosiy substrat nima?
- Asetil-KoA
- Laktat
- Glitserol
- Piruvat
Javobni ko'rish
Asetil-KoA
#47
Xolesterin organizmda nima uchun kerak?
- Glikogen sintezi uchun
- Faqat energiya manbai
- DNK parchalanishi uchun
- Steroid gormonlar va membrana sintezi uchun
Javobni ko'rish
Steroid gormonlar va membrana sintezi uchun
QuizPilotda o'ynash