DTM

Testlar banki-yosh fiziol.

muallif: Tojiyeva Gulasal · 201 ta savol · 1 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Nutq va fikrlash o‘rtasidagi bog‘liqlik nimada namoyon bo‘ladi?
  1. Nutq faqat yozma shaklda bo‘ladi
  2. Nutq faqat eshitish bilan bog‘liq
  3. Fikrlash nutqsiz ham rivojlanadi
  4. Nutq orqali fikr ifodalanadi va boshqalar nutqi orqali fikr shakllanadi
Javobni ko'rish
Nutq orqali fikr ifodalanadi va boshqalar nutqi orqali fikr shakllanadi
#2
Bola nutqi qachon shakllana boshlaydi?
  1. 6–7 oyligidan bo‘g‘in ajrata boshlaydi
  2. 5 yoshdan keyin
  3. 3 yoshdan keyin
  4. Tug‘ilgan zahoti
Javobni ko'rish
6–7 oyligidan bo‘g‘in ajrata boshlaydi
#3
Nutq rivojlanishi uchun qaysi omil eng muhim hisoblanadi?
  1. Faqat o‘yin o‘ynash
  2. Markaziy nerv tizimi va eshitish organlarining sog‘lom bo‘lishi
  3. Faqat ovqatlanish
  4. Televizor ko‘rish
Javobni ko'rish
Markaziy nerv tizimi va eshitish organlarining sog‘lom bo‘lishi
#4
Ikkinchi signal sistemasi nimani anglatadi?
  1. Faqat harakat reflekslarini
  2. Faqat sezgi organlari faoliyatini
  3. So‘zlar orqali ifodalanadigan signal tizimini
  4. Faqat eshitish qobiliyatini
Javobni ko'rish
So‘zlar orqali ifodalanadigan signal tizimini
#5
Uyqu qanday fiziologik jarayon hisoblanadi?
  1. Faqat tush ko‘rish jarayoni
  2. Nerv sistemasi va organizmning normal faoliyatini ta’minlovchi jarayon
  3. Faqat dam olish jarayoni
  4. Organizmdagi ortiqcha energiyani sarflash jarayoni
Javobni ko'rish
Nerv sistemasi va organizmning normal faoliyatini ta’minlovchi jarayon
#6
L.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra uyqu qanday hosil bo‘ladi?
  1. Miya faoliyatining kuchayishi natijasida
  2. Nafas olishning tezlashishi natijasida
  3. Ichki tormozlanishning miya po‘stlog‘ida tarqalishi natijasida
  4. Faqat yurak faoliyatining sekinlashishi natijasida
Javobni ko'rish
Ichki tormozlanishning miya po‘stlog‘ida tarqalishi natijasida
#7
Tez uyqu davrida nima sodir bo‘ladi?
  1. Tana harorati oshadi
  2. Nafas olish kuchayadi
  3. Yurak to‘xtaydi
  4. Tush ko‘rish sodir bo‘ladi
Javobni ko'rish
Tush ko‘rish sodir bo‘ladi
#8
Quyidagilardan qaysi biri uyqu gigienasiga kiradi?
  1. Uxlashdan oldin og‘ir ovqat yeyish
  2. Juda qattiq joyda uxlash
  3. Xonani shamollatish va toza havoda sayr qilish
  4. Kechasi televizor ko‘rish
Javobni ko'rish
Xonani shamollatish va toza havoda sayr qilish
#9
Narkotik uyqu qanday yuzaga keladi?
  1. Gipnoz ta’sirida
  2. Kuchli jismoniy mashqlar natijasida
  3. Kimyoviy dori moddalar ta’sirida
  4. Faqat charchoq natijasida
Javobni ko'rish
Kimyoviy dori moddalar ta’sirida
#10
Ta’lim gigiyenasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
  1. O‘quvchilarning ko‘proq dam olishini ta’minlash
  2. Kam kuch sarflab yuqori o‘zlashtirishga erishishga yordam berish
  3. Faqat dars jadvalini tuzish
  4. Faqat sport mashg‘ulotlarini tashkil qilish
Javobni ko'rish
Kam kuch sarflab yuqori o‘zlashtirishga erishishga yordam berish
#11
Maktabga qabul qilinadigan bolalar yoshi necha yoshdan boshlanadi?
  1. 10 yoshdan
  2. 5 yoshdan
  3. 8 yoshdan
  4. 6–7 yoshdan
Javobni ko'rish
6–7 yoshdan
#12
Quyidagilardan qaysi biri gigiyenik jihatdan noto‘g‘ri hisoblanadi?
  1. Qiyin fanlarni oson fanlar bilan almashtirish
  2. Jismoniy tarbiya darslarini kiritish
  3. Bir xil fanlarni ketma-ket qo‘yish
  4. Darslarni almashlab o‘tish
Javobni ko'rish
Bir xil fanlarni ketma-ket qo‘yish
#13
Tanaffus vaqtida qanday faoliyat tavsiya etiladi?
  1. Faol dam olish va harakatlanish
  2. Doimiy ravishda dars qilish
  3. Faqat o‘tirib kitob o‘qish
  4. Juda shovqinli o‘yinlar o‘ynash
Javobni ko'rish
Faol dam olish va harakatlanish
#14
Tovush tebranishlari ichki quloqqa qaysi eshitish suyakchasi orqali o‘tadi?
  1. nog‘ora parda
  2. sandon
  3. uzangi
  4. bolg‘acha
Javobni ko'rish
uzangi
#15
Tashqi quloqning asosiy vazifasi nima?
  1. nerv impulslarini miyaga uzatish
  2. muvozanatni saqlash
  3. endolimfa ishlab chiqarish
  4. tovushni tutish va yo‘nalishini aniqlash
Javobni ko'rish
tovushni tutish va yo‘nalishini aniqlash
#16
O‘rta quloq bo‘shlig‘i qaysi tuzilma orqali burun-halqumga tutashgan?
  1. chig‘anoq
  2. yarim doira kanallari
  3. yevstaxiy nayi
  4. oval darcha
Javobni ko'rish
yevstaxiy nayi
#17
Eshitish analizatorining funksional rivojlanishi taxminan necha yoshgacha davom etadi?
  1. 14–15 yoshgacha
  2. 10–11 yoshgacha
  3. 3–4 yoshgacha
  4. 6–7 yoshgacha
Javobni ko'rish
6–7 yoshgacha
#18
Quloq gigiyenasiga oid to‘g‘ri tavsiyani belgilang.
  1. qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalarni orqa partaga o‘tqazish kerak
  2. quloq og‘riganda o‘zbilarmonlik bilan davolanish mumkin
  3. quloqni qattiq narsa bilan tozalash kerak
  4. quloqni toza tutish va shifokor maslahatisiz davolanmaslik kerak
Javobni ko'rish
quloqni toza tutish va shifokor maslahatisiz davolanmaslik kerak
#19
Ko‘rish organining asosiy ta’sirlovchisi nima?
  1. havo
  2. issilik
  3. yorug‘lik
  4. tovush
Javobni ko'rish
yorug‘lik
#20
Ko‘zning qaysi qismida yorug‘likni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan?
  1. to‘r parda
  2. gavhar
  3. tomirli parda
  4. sklera
Javobni ko'rish
to‘r parda
#21
Ko‘z akkomodatsiyasi nima?
  1. ko‘zning ranglarni ajratishi
  2. ko‘zning harakatlanishi
  3. ko‘zning uzoq va yaqinni ko‘rishga moslashishi
  4. ko‘zning yorug‘likni qabul qilishi
Javobni ko'rish
ko‘zning uzoq va yaqinni ko‘rishga moslashishi
#22
Ko‘rish gigiyenasiga ko‘ra kitob bilan ko‘z orasidagi masofa qancha bo‘lishi kerak?
  1. 20–25 sm
  2. 10–15 sm
  3. 30–35 sm
  4. 40–50 sm
Javobni ko'rish
30–35 sm
#23
Somatotrop gormoni ortiqcha ishlab chiqilsa qanday holat yuz beradi?
  1. Diabet
  2. Nanizm
  3. Mixedema
  4. Gigantizm
Javobni ko'rish
Gigantizm
#24
Qalqonsimon bez gormoni tarkibida qaysi modda muhim?
  1. Kalsiy
  2. Yod
  3. Fosfor
  4. Temir
Javobni ko'rish
Yod
#25
Insulin yetishmovchiligi qaysi kasallikka olib keladi?
  1. Kretinizm
  2. Akromegaliya
  3. Bazedov kasalligi
  4. Qandli diabet
Javobni ko'rish
Qandli diabet
#26
Qon aylanish sistemasining asosiy vazifasi nima?
  1. Faqat gormon ishlab chiqarish
  2. Faqat kislorod tashish
  3. Ovqat hazm qilish
  4. Moddalarni tashish va almashinuvni ta’minlash
Javobni ko'rish
Moddalarni tashish va almashinuvni ta’minlash
#27
Yurak nechta kameradan iborat?
  1. 2 ta
  2. 5 ta
  3. 4 ta
  4. 3 ta
Javobni ko'rish
4 ta
#28
Kichik qon aylanish doirasi qayerdan boshlanadi?
  1. O‘ng bo‘lmacha
  2. Chap qorincha
  3. O‘ng qorincha
  4. Aorta
Javobni ko'rish
O‘ng qorincha
#29
Puls nima?
  1. Yurakning to‘xtashi
  2. Qon bosimining kamayishi
  3. Nafas olish tezligi
  4. Qon tomirlarining tebranishi
Javobni ko'rish
Qon tomirlarining tebranishi
#30
Nafas olish jarayonining asosiy vazifasi nima?
  1. Kislorod qabul qilish va karbonat angidrid chiqarish
  2. Gormon ajratish
  3. Ovqat hazm qilish
  4. Qon ishlab chiqarish
Javobni ko'rish
Kislorod qabul qilish va karbonat angidrid chiqarish
#31
Tashqi nafas olish deganda nima tushuniladi?
  1. Faqat nafas chiqarish jarayoni
  2. Hujayralar ichidagi gaz almashinuvi
  3. To‘qimalar bilan qon o‘rtasidagi gaz almashinuvi
  4. O‘pka bilan qon o‘rtasidagi gaz almashinuvi
Javobni ko'rish
O‘pka bilan qon o‘rtasidagi gaz almashinuvi
#32
Yangi tug‘ilgan bolalarda nafas olish tezligi taxminan nechaga teng?
  1. 40–60 marta/minut
  2. 16–18 marta/minut
  3. 25–30 marta/minut
  4. 10–15 marta/minut
Javobni ko'rish
40–60 marta/minut
#33
Nafas olish markazi qayerda joylashgan?
  1. Uzunchoq miyada
  2. Yurakda
  3. Jigarda
  4. O‘pkada
Javobni ko'rish
Uzunchoq miyada
#34
Nafas olish gigiyenasiga qaysi holat to‘g‘ri keladi?
  1. Faqat og‘iz orqali nafas olish
  2. Nafasni ushlab turish
  3. Tez-tez nafasni to‘xtatish
  4. Burun orqali nafas olish
Javobni ko'rish
Burun orqali nafas olish
#35
O‘pka alveolalarining asosiy vazifasi nima?
  1. Qonni haydash
  2. Gormon ajratish
  3. Gaz almashinuvini amalga oshirish
  4. Oziq modda ishlab chiqarish
Javobni ko'rish
Gaz almashinuvini amalga oshirish
#36
Kichik bolalarda nafas olish qanday bo‘ladi?
  1. Tez va yuzaki
  2. Sekin va chuqur
  3. Faqat burun orqali
  4. Faqat og‘iz orqali
Javobni ko'rish
Tez va yuzaki
#37
O‘pkaning tiriklik sig‘imi nimani bildiradi?
  1. Bir minutdagi nafas sonini
  2. Qon bosimini
  3. Yurak urish tezligini
  4. O‘pkaga sig‘adigan maksimal havo miqdorini
Javobni ko'rish
O‘pkaga sig‘adigan maksimal havo miqdorini
#38
Og‘iz bo‘shlig‘ida kraxmalni parchalaydigan ferment qaysi?
  1. Amilaza (ptialin)
  2. Pepsin
  3. Tripsin
  4. Lipaza
Javobni ko'rish
Amilaza (ptialin)
#39
Oshqozon shirasi tarkibida qaysi kislota mavjud?
  1. Fosfor kislota
  2. Xlorid kislota
  3. Sulfat kislota
  4. Sirka kislota
Javobni ko'rish
Xlorid kislota
#40
Oshqozonda oqsillar asosan qaysi moddaga parchalanadi?
  1. Polipeptidlar
  2. Kraxmal
  3. Glyukoza
  4. Aminokislota
Javobni ko'rish
Polipeptidlar
#41
Ingichka ichakning umumiy uzunligi qancha?
  1. 10–12 m
  2. 2–3 m
  3. 3–4 m
  4. 6–7 m
Javobni ko'rish
6–7 m
#42
O‘t suyuqligi qaysi organda ishlab chiqiladi?
  1. Ingichka ichak
  2. Oshqozon
  3. Jigar
  4. Me’da osti bezi
Javobni ko'rish
Jigar
#43
Yo‘g‘on ichakda oziq moddalar parchalanishida qaysi jarayon muhim rol o‘ynaydi?
  1. Mikroflora (bakteriyalar)
  2. Viruslar
  3. Qon plazmasi
  4. So‘lak fermentlari
Javobni ko'rish
Mikroflora (bakteriyalar)
#44
Ayirish organlarining asosiy vazifasi nima?
  1. Ichki muhit barqarorligini saqlash va chiqindilarni chiqarish
  2. Qon aylanishini tezlashtirish
  3. Kislorod ishlab chiqarish
  4. Oziq moddalarni hazm qilish
Javobni ko'rish
Ichki muhit barqarorligini saqlash va chiqindilarni chiqarish
#45
Organizmga zararli bo‘ladigan moddalar qaysilar?
  1. Glyukoza va aminokislotalar
  2. Suv va tuzlar
  3. Siydikchil, siydik kislotasi, kreatinin
  4. Vitaminlar
Javobni ko'rish
Siydikchil, siydik kislotasi, kreatinin
#46
Ayirish organlariga qaysilar kiradi?
  1. Oshqozon va ichak
  2. Miya va nervlar
  3. Buyrak, o‘pka, teri, ichak
  4. Yurak va o‘pka
Javobni ko'rish
Buyrak, o‘pka, teri, ichak
#47
Buyrakning asosiy tuzilish va funksional birligi nima?
  1. Kapillyar
  2. Alveola
  3. Neyron
  4. Nefron
Javobni ko'rish
Nefron
#48
Birlamchi siydik qayerda hosil bo‘ladi?
  1. Siydik pufagida
  2. Buyrak kapsulasida
  3. Teri bezlarida
  4. Ichakda
Javobni ko'rish
Buyrak kapsulasida
#49
Voyaga yetgan odamda bir kecha-kunduzda qancha birlamchi siydik hosil bo‘ladi?
  1. 150–170 litr
  2. 10 litr
  3. 20 litr
  4. 1,5 litr
Javobni ko'rish
150–170 litr
#50
Antidiuretik gormon (ADG) qanday ta’sir ko‘rsatadi?
  1. Hazmni tezlashtiradi
  2. Qon bosimini pasaytiradi
  3. Siydik ajralishini ko‘paytiradi
  4. Siydik ajralishini kamaytiradi
Javobni ko'rish
Siydik ajralishini kamaytiradi
#51
Yangi tug‘ilgan bolalarda siydik qanday bo‘ladi?
  1. Tuzsiz
  2. Ishqoriy
  3. O‘ta kislotali
  4. Neytral
Javobni ko'rish
O‘ta kislotali
#52
Maktab gigiyenasi nimani o‘rganadi?
  1. Sport turlarini
  2. Kimyoviy reaksiyalarni
  3. Faqat dars o‘tish usullarini
  4. Bolalar sog‘lig‘i va o‘quv muhitini
Javobni ko'rish
Bolalar sog‘lig‘i va o‘quv muhitini
#53
Sinf xonasida harorat nechchi daraja bo‘lishi kerak?
  1. 25–30°C
  2. 10–15°C
  3. 30–35°C
  4. 18–22°C
Javobni ko'rish
18–22°C
#54
Har bir o‘quvchi uchun qancha maydon ajratilishi kerak?
  1. 3–4 m²
  2. 1–1,5 m²
  3. 0,5–1 m²
  4. 2–3 m²
Javobni ko'rish
1–1,5 m²
#55
Tabiiy yorug‘lik qaysi tomondan tushishi maqsadga muvofiq?
  1. Tepadan
  2. O‘ng tomondan
  3. Chap tomondan
  4. Orqa tomondan
Javobni ko'rish
Chap tomondan
#56
Gigiyenik talablar buzilganda nima yuzaga keladi?
  1. Hech qanday ta’sir bo‘lmaydi
  2. Skolioz va ko‘rish muammolari
  3. Faqat bosh og‘rig‘i
  4. Faqat charchoq
Javobni ko'rish
Skolioz va ko‘rish muammolari
#57
O‘quv yuklamasi gigiyenasi nima?
  1. O‘quvchilarning aqliy va jismoniy zo‘riqishini tartibga solish tizimi
  2. Ovqatlanish rejimini belgilash tizimi
  3. Sport mashg‘ulotlarini tashkil etish tizimi
  4. Faqat dam olishni tashkil etish tizimi
Javobni ko'rish
O‘quvchilarning aqliy va jismoniy zo‘riqishini tartibga solish tizimi
#58
O‘quv yuklamasiga nimalar kiradi?
  1. Faqat sport mashg‘ulotlari
  2. Faqat uyqu va dam olish
  3. Dars, mustaqil tayyorgarlik, nazorat ishlari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar
  4. Faqat dars mashg‘ulotlari
Javobni ko'rish
Dars, mustaqil tayyorgarlik, nazorat ishlari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar
#59
Murakkab fanlarni qaysi vaqtda o‘qitish tavsiya etiladi?
  1. Ertalab
  2. Tushdan keyin
  3. Kechqurun
  4. Tunda
Javobni ko'rish
Ertalab
#60
Aqliy mehnat jarayonida eng muhim talab qaysi?
  1. Uyquni kamaytirish
  2. Faqat jismoniy kuch
  3. Diqqat, xotira, tafakkur va tasavvur
  4. Faqat tez yugurish
Javobni ko'rish
Diqqat, xotira, tafakkur va tasavvur
#61
Charchashning asosiy belgilaridan biri qaysi?
  1. Bosh og‘rishi va tez toliqish
  2. Diqqatning oshishi
  3. Ko‘rish yaxshilanishi
  4. Kuchning ortishi
Javobni ko'rish
Bosh og‘rishi va tez toliqish
#62
Uyqu gigiyenasiga to‘g‘ri amal qilish uchun nima muhim?
  1. Uyqudan oldin telefon ishlatish
  2. Xonani yopiq saqlash
  3. Har kuni bir vaqtda uxlash
  4. Kech uxlab, erta turish
Javobni ko'rish
Har kuni bir vaqtda uxlash
#63
Salomatlik keng ma’noda nima?
  1. Insonning faqat jismoniy kuchi
  2. Ruhiy, biologik va ijtimoiy faollikni saqlash jarayoni
  3. Faqat kasallik yo‘qligi
  4. Faqat sport bilan shug‘ullanish
Javobni ko'rish
Ruhiy, biologik va ijtimoiy faollikni saqlash jarayoni
#64
Salomatlikning qanday ko‘rsatkichlari mavjud?
  1. Faqat ijtimoiy
  2. Faqat jismoniy
  3. Faqat psixologik
  4. Antropometrik, klinik, fiziologik va biokimyoviy
Javobni ko'rish
Antropometrik, klinik, fiziologik va biokimyoviy
#65
Bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘i nechta guruhga bo‘linadi?
  1. 5 ta
  2. 3 ta
  3. 2 ta
  4. 4 ta
Javobni ko'rish
5 ta
#66
Tamaki chekish organizmga qanday ta’sir qiladi?
  1. Kislorod tanqisligi va kasalliklar keltirib chiqaradi
  2. Faqat ovqat hazmini yaxshilaydi
  3. Modda almashinuvini yaxshilaydi
  4. Faqat kuch beradi
Javobni ko'rish
Kislorod tanqisligi va kasalliklar keltirib chiqaradi
#67
Yosh fiziologiyasi fani nimani o`rgatadi?
  1. Bola organizmining yoshiga hos hususiyatlarini
  2. Tana tuzilishini
  3. Odam organizmining hujayraviy tuzilishi
  4. Embrion rivojlanishini
Javobni ko'rish
Bola organizmining yoshiga hos hususiyatlarini
#68
Birinchi bolalik davrini belgilang?
  1. 4-7 yosh
  2. 1-2 yosh
  3. 17-18 yosh
  4. 12-15 yosh
Javobni ko'rish
1-2 yosh
#69
Yangi tug`ilgan bolaning bo`yi o`rtacha necha sm bo`ladi?
  1. 48-50 sm
  2. 60-65 sm
  3. 25-30 sm
  4. 70-80 sm
Javobni ko'rish
48-50 sm
#70
Qiz bolalarda bo`yining o`sishi asosan necha yoshda to`xtaydi?
  1. 17-18 yoshda
  2. 13-14 yoshda
  3. 12-15 yoshda
  4. 23-24 yoshda
Javobni ko'rish
17-18 yoshda
#71
Akseleratsiya nima?
  1. Normal holat
  2. Rivojlanish tekisligi
  3. Tezlashuv
  4. Sust rivojlanish
Javobni ko'rish
Tezlashuv
#72
“Barkamol avlod yili” dasturini qachon qabul qilingan?
  1. 2014 yil 27 yanvardagi 1255-sonli
  2. 2010 yil 27 yanvardagi 1271-sonli
  3. 2010 yil 30 yanvardagi 1261-sonli
  4. 2016 yil 27 yanvardagi 1235-sonli
Javobni ko'rish
2010 yil 27 yanvardagi 1271-sonli
#73
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yosh avlodni sog'lomlashtirish muammolarini majmuali hal etishning kengaytirilgan dasturi”ni qachon tasdiqladi?
  1. 1995 yil 3 dekabrda
  2. 1997 yil 3 dekabrda
  3. 1993 yil 3 dekabrda
  4. 1998 yil 6 dekabrda
Javobni ko'rish
1993 yil 3 dekabrda
#74
Refleksni tushunchasini kim kashf etdi?
  1. S.P.Botkin
  2. G. Proxaski
  3. R. Dekart
  4. I.M.Sechenov
Javobni ko'rish
R. Dekart
#75
Qaysi yillar ,,Sog`lom avlod yili,, deb e`lon qilingan?
  1. 2002
  2. 2001
  3. 2000
  4. 2003
Javobni ko'rish
2002
#76
So’ngi 100 ichida o’rta maktab yoshidagi bolalarning bo’yi necha sm ga, vazni esa qancha kg ga ortdi.
  1. 5-15 sm, 8-10 kg
  2. 10-15 sm, 4-8 kg
  3. 10-15 sm, 6-10 kg
  4. 5-10 sm, 6-8 kg
Javobni ko'rish
10-15 sm, 6-10 kg
#77
Kichik maktab yoshidagi bolalar yoshini belgilang.
  1. 7 yoshdan 18 yoshgacha
  2. 11 yoshdan 14 yoshgacha
  3. 7 yoshdan 11 yoshgacha
  4. 15 yoshdan 18 yoshgacha
Javobni ko'rish
7 yoshdan 11 yoshgacha
#78
Birinchi signal sistemasini belgilang?
  1. Ko’rish, eshitish, xotira, muvozanat
  2. Nutq, xotira, xissiyot, idrok
  3. Ko’rish, eshitish, xissiyot, ta’m bilish, xid bilish
  4. Ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, muvozanat
Javobni ko'rish
Ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, muvozanat
#79
Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. Uni intizomga chaqirish oson. U o’z hissiyotlarini ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Ushbu temperament qaysi tipga xos?
  1. Melanxolik
  2. Flegmatik
  3. Sangvinik
  4. Xolerik
Javobni ko'rish
Sangvinik
#80
Bolaning tepa va ensa suyaklari orasida kichik liqildoq va tepa chakka suyaklari orasida ikkitadan jami 4 ta yon liqildoqlari necha yoshidan ular suyakka aylanib boradi?
  1. 2 yoshdan
  2. 6 oylikdan
  3. 1 yoshdan
  4. 1,5 yoshdan
Javobni ko'rish
1,5 yoshdan
#81
Organizmning tashqi va ichki muhit ta’siriga javob reaksiyasi?
  1. Refleks
  2. Ta’sirlanish
  3. Qo’zg’alish
  4. Temperament
Javobni ko'rish
Qo’zg’alish
#82
Organizmdagi organlar ishini boshqaradigan nerv sistemasini belgilang?
  1. Markaziy nerv sistemasi
  2. Sezgi a’zolari nerv sistemasi
  3. Barcha javoblar to’g’ri
  4. Oliy nerv sistemasi
Javobni ko'rish
Markaziy nerv sistemasi
#83
33-34 ta suyakdan tashkil topgan gavda skeletini belgilang!
  1. To’sh suyagi
  2. Umurtqa pog’onasi
  3. Ko’krak qafasi
  4. Kamar suyaklari
Javobni ko'rish
Ko’krak qafasi
#84
Tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi baland, ko’kraklari ham past, baland, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Ushbu noto’g’ri shakillangan qad-qomat turini belgilang!
  1. Kifotik
  2. Lordotik
  3. Skoliotik
  4. Egilgan
Javobni ko'rish
Skoliotik
#85
Organizmdagi juft suyaklar sonini belgilang!
  1. 600 ta
  2. 206 ta
  3. 36 ta
  4. 85 ta
Javobni ko'rish
36 ta
#86
Ovqat hazm qilish a’zolarini tuzilishini ketma-ketligini belgilang!
  1. Og’iz bo’shlig’I, traxeya, oshqozon, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak.
  2. Og’iz bo’shlig’I, qizilo’ngach, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak, yo’g’on ichk, ko’r ichak, to’g’ri ichak.
  3. Og’iz bo’shlig’I, qizilo’ngach, oshqozon, 12 barmoqli ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak.
  4. Og’iz bo’shlig’I, qizilo’ngach, oshqozon, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak.
Javobni ko'rish
Og’iz bo’shlig’I, qizilo’ngach, oshqozon, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak.
#87
6-7 yoshdagi bolalarda jigarning vazni qancha bo’ladi?
  1. 1260 g
  2. 665 g
  3. 460 g
  4. 675 g
Javobni ko'rish
460 g
#88
Qonning tarkibidagi suvning miqdorini belgilang?
  1. 70%
  2. 22%
  3. 92%
  4. 84%
Javobni ko'rish
84%
#89
Organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini normal o’tishida ishtirok etadigan vitaminni belgilang.
  1. A vitamini
  2. B vitamini
  3. C vitamini
  4. D vitamini
Javobni ko'rish
D vitamini
#90
Bolaning necha oyligidan boshlab sut tishlari chiqa boshlaydi.
  1. 1 yoshidan
  2. 6-8
  3. 4-5
  4. 5-10
Javobni ko'rish
6-8
#91
Biologik katalizator-fermentlarning organizmdagi vazifasini belgilang?
  1. hazm qilish organlarida istemol qilingan oziqlarni parchalash
  2. organizmda gumoral boshqarishda ishtirok etish
  3. refleks hosil qilish
  4. nerv impulslarini o’tkazish
Javobni ko'rish
hazm qilish organlarida istemol qilingan oziqlarni parchalash
#92
Ichki sekretsiya bezlarining bir qismi hisoblangan qalqonsimon bez qanday garmon ishlab chiqaradi?
  1. Gonadotrop
  2. Tiroksin
  3. Somatotrop
  4. Laktotrop
Javobni ko'rish
Tiroksin
#93
Oʻsish nima?
  1. Rivojlanish
  2. Keskinlashuv
  3. Sifat jihatdan yangilanish
  4. Oʻz tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan koʻpayish.
Javobni ko'rish
Oʻz tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan koʻpayish.
#94
Teri, koʻz, hid bilish, quloq, taʼm bilish organlarida joylashgan retseptorlar qaysi retseptorlarga kiradi?
  1. Ekstroreseptorlar
  2. Interoreseptorlar va Ekstroreseptorlar
  3. Interoreseptorlar
  4. Proprioreseptorlar
Javobni ko'rish
Ekstroreseptorlar
#95
Orqa miya umurtqa pog`onasi kanalida birinchi bo`yin umurtqasi bilan ikkinchi bel umurtqasi oralig`ida joylashgan bo`lib, uning vazni yangi tug`ilgan bolada qancha bo'ladi?
  1. 3,2 g
  2. 12 g
  3. 6 g
  4. 10 g
Javobni ko'rish
6 g
#96
“Barkamol avlod yili” dasturi qachon tasdiqlandi?
  1. 2015 yil 27 yanvar
  2. 2000 yil 10 yanvar
  3. 2011 yil 10 yanvar
  4. 2010 yil 27 yanvar
Javobni ko'rish
2011 yil 10 yanvar
#97
O’rta maktab yoshdagi bolalar yoshini belgilang?
  1. 7 yoshdan 11 yoshgacha
  2. 15 yoshdan 18 yoshgacha
  3. 7 yoshdan 18 yoshgacha
  4. 11 yoshdan 14 yoshgacha
Javobni ko'rish
11 yoshdan 14 yoshgacha
#98
Odam tanasidagi somatik hujayralaridagi xromosomalar soni nechta?
  1. 36 ta
  2. 46 ta
  3. 23 ta
  4. 48 ta
Javobni ko'rish
46 ta
#99
Ikkinchi signal sistemasini belgilang?
  1. Nutq, xotira, xissiyot, idrok
  2. Ko’rish, eshitish, xotira, muvozanat
  3. Ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, muvozanat
  4. Ko’rish, eshitish, xissiyot, ta’m bilish, xid bilish
Javobni ko'rish
Nutq, xotira, xissiyot, idrok
#100
Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilidan boshlab, necha yoshgacha ayniqsa jadal sur'atda o’sadi.
  1. 5-7 yoshidan
  2. 14-18 yoshidan
  3. 11-14 yoshidan
  4. 10-12 yoshidan
Javobni ko'rish
11-14 yoshidan
#101
Markaziy nerv sistemasini belgilang?
  1. Somatik va vegetativ nerv tolalari
  2. Bosh va orqa miya
  3. Simpatik va parasimpatik nerv tolasi
  4. Bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari
Javobni ko'rish
Bosh va orqa miya
#102
Organizmda analizatorlar ishini boshqarib, organizmni tashqi muhit bilan bog’lovchi nerv sistemasini belgilang?
  1. Oliy nerv sistemasi
  2. Barcha javoblar to’g’ri
  3. Markaziy nerv sistemasi
  4. Sezgi a’zolari nerv sistemasi
Javobni ko'rish
Markaziy nerv sistemasi
#103
12 juft suyakdan tashkil topgan gavda skeletini belgilang!
  1. Ko’krak qafasi
  2. To’sh suyagi
  3. Kamar suyaklari
  4. Umurtqa pog’onasi
Javobni ko'rish
Ko’krak qafasi
#104
Kuraklar qanotga o’xshab ko’tarilib, orqa yelka qismi do’mbayib, bukir holat yuzaga keladi. Ushbu notog’ri shakillangan qad-qomat turini belgilang!
  1. Lordotik
  2. Egilgan
  3. Skoliotik
  4. Kifotik
Javobni ko'rish
Kifotik
#105
Organizmdagi toq suyaklar sonini belgilang!
  1. 36 ta
  2. 600 ta
  3. 206 ta
  4. 85 ta
Javobni ko'rish
85 ta
#106
Ovqat hazm qilish a’zolarini tuzilishini ketma-ketligini belgilang!
  1. Og’iz bo’shlig’I, traxeya, oshqozon, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak.
  2. Og’iz bo’shlig’I, qizilo’ngach, oshqozon, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak.
  3. Og’iz bo’shlig’I, qizilo’ngach, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak, ko’r ichak.
  4. Og’iz bo’shlig’I, qizilo’ngach, oshqozon, 12 barmoqli ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak.
Javobni ko'rish
Og’iz bo’shlig’I, qizilo’ngach, oshqozon, 12 barmoqli ichak, ingichka ichak, yo’g’on ichk, to’g’ri ichak.
#107
16 - yoshdagi bolalarda jigarning vazni qancha bo’ladi?
  1. 675 g
  2. 460 g
  3. 665 g
  4. 1260 g
Javobni ko'rish
665 g
#108
Miya to’qimasining tarkibidagi suvning miqdorini belgilang?
  1. 92%
  2. 22%
  3. 70%
  4. 84%
Javobni ko'rish
84%
#109
Organizmda o’sish jarayonini ta’minlashta ishtirok etadigan vitaminni belgilang.
  1. A vitamini
  2. B vitamini
  3. C vitamini
  4. D vitamini
Javobni ko'rish
A vitamini
#110
Bolalarda sut tishlarining soni nechta bo’ladi.
  1. 20
  2. 34
  3. 32
  4. 22
Javobni ko'rish
20
#111
Biologik katalizator-fermentlarning organizmdagi vazifasini belgilang?
  1. organizmni gumoral boshqarishda ishtirok etish
  2. nerv impulslarini o’tkazish
  3. refleks hosil qilish
  4. hazm qilish organlarida istemol qilingan oziqlarni parchalash
Javobni ko'rish
hazm qilish organlarida istemol qilingan oziqlarni parchalash
#112
Katta maktab yoshdagi bolalar yoshini belgilang?
  1. 7 yoshdan 11 yoshgacha
  2. 11 yoshdan 14 yoshgacha
  3. 15 yoshdan 18 yoshgacha
  4. 7 yoshdan 18 yoshgacha
Javobni ko'rish
7 yoshdan 11 yoshgacha
#113
Bolalarda yozma va og’zaki nutqning shakillanishi qaysi signal sistemasi hisobiga amalga oshadi?
  1. Markaziy nerv sistemasining faoliyati hisobiga
  2. Oliy nerv sistemasining faoliyati hisobiga
  3. Ikkinchi signal sistemasining hisobiga
  4. Birinchi signal sistemasining hisobiga
Javobni ko'rish
Ikkinchi signal sistemasining hisobiga
#114
G‘ayrati, ishchanligi, chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Faolligi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi. Diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Ushbu temperament qaysi tipga xos?
  1. Xolerik
  2. Flegmatik
  3. Melanxolik
  4. Sangvinik
Javobni ko'rish
Flegmatik
#115
Qad-qomatning shakllanishi necha yoshgacha davom etadi.
  1. 25 yoshgacha
  2. 30 yoshgacha
  3. 20 yoshgacha
  4. 18 yoshgacha
Javobni ko'rish
25 yoshgacha
#116
Temperament qaysi nerv sistemasida shakillanadi?
  1. Birinchi signal sistemasida
  2. Oliy nerv faoliyatida
  3. Markaziy nerv sistemasida
  4. Periferik nerv sistemasida
Javobni ko'rish
Oliy nerv faoliyatida
#117
Periferik nerv sistemasini belgilang?
  1. Simpatik va parasimpatik nerv tolasi
  2. Bosh va orqa miya
  3. Bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari
  4. Somatik va vegetativ nerv tolalari.
Javobni ko'rish
Bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari
#118
Birinchi va ikkinchi signal sistemalarini boshqaruvchi nerv sistemasini belgilang!
  1. Barcha javoblar to’g’ri
  2. Sezgi a’zolari nerv sistemasi
  3. Oliy nerv sistemasi
  4. Markaziy nerv sistemasi
Javobni ko'rish
Oliy nerv sistemasi
#119
33-34 ta suyakdan tashkil topgan gavda skeletini belgilag!
  1. Umurtqa pog’onasi
  2. To’sh suyagi
  3. Kamar suyaklari
  4. Ko’krak qafasi
Javobni ko'rish
Ko’krak qafasi
#120
Gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq, ko’krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat umurtqa pog’onasining bel qismi me’yordan ko’proq oldinga bukilishi, bo’yin qismida esa oldinga kamroq bukilishi kuzatiladi. Ushbu notog’ri shakillangan qad-qomat turini belgilang!
  1. Lordotik
  2. Skoliotik
  3. Egilgan
  4. Kifotik
Javobni ko'rish
Lordotik
#121
Organizmdagi muskullar sonini belgilang!
  1. 206 ta
  2. 600 ta
  3. 85 ta
  4. 36 ta
Javobni ko'rish
600 ta
#122
12- yoshdagi bolalarda jigarning vazni qancha bo’ladi?
  1. 460 g
  2. 675 g
  3. 665 g
  4. 1130 g
Javobni ko'rish
460 g
#123
Suyaklarning tarkibidagi suvning miqdorini belgilang?
  1. 92%
  2. 84%
  3. 70%
  4. 22%
Javobni ko'rish
70%
#124
Doimiy tishlarining soni nechta bo’ladi.
  1. 20
  2. 34
  3. 32
  4. 22
Javobni ko'rish
32
#125
Antropometrik o‘lchovlar natijasi qaysi holatda noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin?
  1. Bir xil metod qo‘llanganda
  2. Tinch holatda o‘lchansa
  3. O‘lchov ertalab olinmasa
  4. Standart asbob ishlatilganda
Javobni ko'rish
O‘lchov ertalab olinmasa
#126
BMI 18.5 dan past bo‘lsa bu nimani bildiradi?
  1. Semizlik
  2. Ozg‘inlik
  3. Me’yor
  4. Gipertoniya
Javobni ko'rish
Ozg‘inlik
#127
Antropometriyada “standart pozitsiya” nima uchun kerak?
  1. Qon bosimini aniqlash uchun
  2. Xatolikni kamaytirish uchun
  3. Ko‘zni himoya qilish uchun
  4. Tez o‘lchash uchun
Javobni ko'rish
Xatolikni kamaytirish uchun
#128
Bo‘y uzunligi kun davomida o‘zgaradi, sababi:
  1. Qon aylanishi
  2. Umurtqa disklarining siqilishi
  3. Gormonlar
  4. Nafas olish
Javobni ko'rish
Umurtqa disklarining siqilishi
#129
Antropometriya natijalari asosan qaysi sohada muhim?
  1. Faqat kimyoda
  2. Astronomiyada
  3. Tibbiyot va sportda
  4. Faqat biologiyada
Javobni ko'rish
Tibbiyot va sportda
#130
Biologik yosh pasport yoshidan katta bo‘lsa, bu nimani bildiradi?
  1. Organizm yosh
  2. Organizm tez qarimoqda
  3. Genetika yaxshi
  4. O‘sish kuchli
Javobni ko'rish
Organizm tez qarimoqda
#131
Biologik yoshni aniqlashda eng ishonchli ko‘rsatkich qaysi?
  1. Bo‘y uzunligi
  2. Funksional testlar
  3. Soch rangi
  4. Ko‘z rangi
Javobni ko'rish
Funksional testlar
#132
Quyidagilardan qaysi biri biologik yoshga bevosita ta’sir qiladi?
  1. Jismoniy faollik
  2. Kitob o‘qish
  3. Qon guruhi
  4. Kiyim uslubi
Javobni ko'rish
Jismoniy faollik
#133
Stress uzoq davom etsa biologik yoshga ta’siri qanday bo‘ladi?
  1. O‘zgartirmaydi
  2. Qarishni tezlashtiradi
  3. Faqat bo‘yga ta’sir qiladi
  4. Yoshartiradi
Javobni ko'rish
Qarishni tezlashtiradi
#134
Biologik yoshni baholashda quyidagilardan qaysi biri kiritiladi?
  1. Oyoq o‘lchami
  2. Yurak-qon tomir ko‘rsatkichlari
  3. Soch uzunligi
  4. Faqat vazn
Javobni ko'rish
Yurak-qon tomir ko‘rsatkichlari
#135
Aqliy ishchanlik pasayishining asosiy sababi nima?
  1. Charchoq va uyqusizlik
  2. To‘g‘ri ovqatlanish
  3. Yaxshi uyqu
  4. Sport
Javobni ko'rish
Charchoq va uyqusizlik
#136
Optimal aqliy ishchanlik qaysi sharoitda kuzatiladi?
  1. Shovqinli muhitda
  2. Tunda charchaganda
  3. Toza havo va dam olgandan keyin
  4. Och qoringa
Javobni ko'rish
Toza havo va dam olgandan keyin
#137
Diqqatning tez chalg‘ishi nimani bildiradi?
  1. Kuchli immunitet
  2. Past ishchanlik
  3. Yuqori ishchanlik
  4. Yaxshi xotira
Javobni ko'rish
Past ishchanlik
#138
Aqliy ishchanlikni eng ko‘p pasaytiruvchi omil qaysi?
  1. Vitaminlar
  2. Suv ichish
  3. Stress
  4. Sport
Javobni ko'rish
Stress
#139
Miyaning samarali ishlashi uchun eng muhimi nima?
  1. Kam ovqatlanish
  2. Uyqu va dam olish
  3. Sovuq muhit
  4. Doimiy charchash
Javobni ko'rish
Uyqu va dam olish
#140
Golovin jadvali qaysi maqsadda ishlatiladi?
  1. Yurak urishini o‘lchash
  2. Ko‘rish o‘tkirligini aniqlash
  3. Eshitishni tekshirish
  4. Qon bosimini o‘lchash
Javobni ko'rish
Ko‘rish o‘tkirligini aniqlash
#141
Ko‘rish o‘tkirligi 0.5 bo‘lsa bu nimani bildiradi?
  1. Normal ko‘rish
  2. Pasaygan ko‘rish
  3. Ko‘rish yo‘q
  4. Juda yaxshi ko‘rish
Javobni ko'rish
Pasaygan ko‘rish
#142
Ko‘rish o‘tkirligi pasayishining asosiy sababi nima?
  1. Ko‘zni zo‘riqtirish
  2. Sport
  3. To‘g‘ri ovqatlanish
  4. Uyqu
Javobni ko'rish
Ko‘zni zo‘riqtirish
#143
Golovin jadvali sinovida bemor nimani aniqlaydi?
  1. Haroratni
  2. Harflar yoki belgilarni masofadan ko‘rish
  3. Tovushni
  4. Rangni
Javobni ko'rish
Harflar yoki belgilarni masofadan ko‘rish
#144
Ko‘zni himoya qilishning eng yaxshi usuli qaysi?
  1. Ekranga yaqin o‘tirish
  2. To‘g‘ri yoritish va dam berish
  3. Yoritishni kamaytirish
  4. Ko‘zni ko‘p ishga solish
Javobni ko'rish
To‘g‘ri yoritish va dam berish
#145
Sinf xonasining gigiyenik holatini baholashda asosiy mezon nima?
  1. Devor rangi
  2. Yoritish, shamollatish va tozalik
  3. Parta rangi
  4. Eshik turi
Javobni ko'rish
Yoritish, shamollatish va tozalik
#146
Sinf xonasida tabiiy yoritish yetarli bo‘lishi uchun eng muhim omil nima?
  1. Deraza maydoni va joylashuvi
  2. Deraza pardasi
  3. Parta soni
  4. Devor balandligi
Javobni ko'rish
Deraza maydoni va joylashuvi
#147
Gigiyenik jihatdan optimal harorat sinfda qanday bo‘lishi kerak?
  1. 25–30°C
  2. 18–22°C
  3. 30–35°C
  4. 10–15°C
Javobni ko'rish
18–22°C
#148
Sinfda CO₂ miqdori oshib ketsa nima kuzatiladi?
  1. Faollik oshadi
  2. Charchoq va diqqat pasayadi
  3. Ko‘rish yaxshilanadi
  4. Uyqu kamayadi
Javobni ko'rish
Charchoq va diqqat pasayadi
#149
Sinf gigiyenasini buzuvchi asosiy omil nima?
  1. Shamollatish
  2. Chang va ifloslanish
  3. Toza havo
  4. Yoritish
Javobni ko'rish
Chang va ifloslanish
#150
To‘g‘ri tuzilgan dars jadvalining asosiy maqsadi nima?
  1. O‘qituvchini band qilish
  2. Dars sonini ko‘paytirish
  3. Dam olishni kamaytirish
  4. O‘quvchilarning ishchanligini saqlash
Javobni ko'rish
O‘quvchilarning ishchanligini saqlash
#151
Dars jadvalida bir xil fan ketma-ket qo‘yilsa nima bo‘ladi?
  1. Charchoq tezlashadi
  2. Dam olish ortadi
  3. Xotira kuchayadi
  4. Diqqat oshadi
Javobni ko'rish
Charchoq tezlashadi
#152
Jismoniy tarbiya darsi odatda qachon qo‘yiladi?
  1. Tanaffusdan keyin yoki oxirgi soatlarda
  2. Nazariy darslar orasida
  3. Matematikadan oldin
  4. Ertalab 1-soatda
Javobni ko'rish
Tanaffusdan keyin yoki oxirgi soatlarda
#153
Dars jadvalini tuzishda eng muhim gigiyenik prinsip nima?
  1. Imtihonni kamaytirish
  2. O‘qituvchi xohishi
  3. Darsni ko‘paytirish
  4. O‘quvchi yuklamasini me’yorlash
Javobni ko'rish
O‘quvchi yuklamasini me’yorlash
#154
Spirtli ichimliklar organizmda birinchi navbatda qaysi organga zarar yetkazadi?
  1. Tish
  2. Soch
  3. Jigar
  4. Teri
Javobni ko'rish
Jigar
#155
Zararli odatlar qaysi yoshda eng xavfli hisoblanadi?
  1. Faqat kattalarda
  2. Bolalik va o‘smirlikda
  3. Keksalikda
  4. Faqat chaqaloqlarda
Javobni ko'rish
Bolalik va o‘smirlikda
#156
Zararli odatlardan saqlanishning eng samarali yo‘li nima?
  1. Do‘stlarni ko‘paytirish
  2. Ovqatni kamaytirish
  3. Uyquni kamaytirish
  4. Sog‘lom turmush tarzi va sport
Javobni ko'rish
Sog‘lom turmush tarzi va sport
#157
Har xil tovushlarni ajratish qaysi yoshdagi bolada shakllanadi?
  1. 3 – 5 oylik
  2. 1 – 2 oylik
  3. 2 – 3 oylik
  4. 5 – 6 oylik
Javobni ko'rish
5 – 6 oylik
#158
Suyaklar o‘zaro bir-biri bilan necha xil birikadi?
  1. 2 xil
  2. 3 xil
  3. 4 xil
  4. 5 xil
Javobni ko'rish
3 xil
#159
Qad-qomatda bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi. Bu qaysi qad-qomatga tegishli?
  1. Egilgan
  2. Lordotik
  3. Skolioz
  4. Kifotik
Javobni ko'rish
Kifotik
#160
Qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bu qaysi qad-qomatga tegishli?
  1. Lordotik
  2. Kifotik
  3. Skolioz
  4. Egilgan
Javobni ko'rish
Kifotik
#161
Immunitet nima?
  1. To‘qimaning shakllanishi
  2. Organizmning rivojlanishi
  3. Xomilaning o‘sishi, rivojlanishi
  4. Organizmning himoya funktsiyasi
Javobni ko'rish
Organizmning himoya funktsiyasi
#162
Qonni zaharli moddalardan tozalaydigan a'zo qaysi?
  1. Yurak
  2. O‘pka
  3. Buyrak
  4. Jigar
Javobni ko'rish
Jigar
#163
Buyrakda siydik hosil bo‘lish necha davrga bo‘linadi?
  1. 4
  2. 2
  3. 3
  4. 5
Javobni ko'rish
3
#164
Nafas olish markazi qaysi organda joylashgan?
  1. Miyacha
  2. Uzunchoq miya
  3. O‘pka
  4. Orqa miya
Javobni ko'rish
Uzunchoq miya
#165
Yosh fiziologiyasi fanining asosiy o‘rganish obyekti nima?
  1. Odamning anatomik tuzilishi va kasalliklari
  2. Turli yoshdagi bolalar va o‘smirlar organizmi
  3. Barcha tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari
  4. Faqat maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologiyasi
Javobni ko'rish
Turli yoshdagi bolalar va o‘smirlar organizmi
#166
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani nechanchi yildan pedagogika oliy o‘quv yurtlari rejasiga kiritilgan?
  1. 1980-yil
  2. 1970-yil
  3. 1960-yil
  4. 1990-yil
Javobni ko'rish
1970-yil
#167
Tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino ifloslangan suv va havoni qanday kasalliklar tarqalishida asosiy rol o‘ynashini uqtirgan?
  1. Asab tizimi kasalliklari
  2. Tayanch-harakat tizimi kasalliklari
  3. Yuqumli kasalliklar
  4. Irsiy kasalliklar
Javobni ko'rish
Yuqumli kasalliklar
#168
Organizmdagi hujayralar soni, organlar massasi va uzunligining miqdor jihatdan o‘zgarishi nima deb ataladi?
  1. Geteroxroniya
  2. Differensiyalanish
  3. Rivojlanish
  4. O‘sish
Javobni ko'rish
O‘sish
#169
Bolalikning qaysi davrida "birinchi fiziologik cho‘zilish" (bo‘yning jadal o‘sishi) kuzatiladi?
  1. Katta maktab yoshida (15-18 yosh)
  2. Maktabgacha yosh davrida (6-7 yoshda)
  3. Go‘daklik davrida (1 yoshgacha)
  4. Dastlabki bolalik davrida (1-3 yosh)
Javobni ko'rish
Maktabgacha yosh davrida (6-7 yoshda)
#170
Geteroxroniya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
  1. O‘sish jarayonining to‘xtab qolishi
  2. Organizmdagi barcha a’zolarning bir vaqtda rivojlanishi
  3. Organ va tizimlarning turlicha jadallikda, notekis rivojlanishi
  4. Bolaning faqat aqliy jihatdan o‘sib ketishi
Javobni ko'rish
Organ va tizimlarning turlicha jadallikda, notekis rivojlanishi
#171
"O‘smir yuragi" yoki "yoshlar gipertoniyasi" ko‘pincha qaysi yosh davriga xos xususiyatdir?
  1. 12 yoshdan 15 yoshgacha
  2. 21 yoshdan keyin
  3. 1 yoshdan 3 yoshgacha
  4. 7 yoshdan 11 yoshgacha
Javobni ko'rish
12 yoshdan 15 yoshgacha
#172
Odam fiziologiyasi rivojlanishiga Nobel mukofoti bilan hissa qo‘shgan, oliy nerv faoliyati tiplarini o‘rgangan olim kim?
  1. I.M. Sechenov
  2. V. Garvey
  3. N.P. Gundobin
  4. I.P. Pavlov
Javobni ko'rish
I.P. Pavlov
#173
Inson salomatligini 100% deb olsak, uning necha foizi turmush tarziga (hayot kechirishiga) bog‘liq?
  1. 20%
  2. 10%
  3. 25%
  4. 50%
Javobni ko'rish
50%
#174
Hujayraning qaysi organoidi uni energiya bilan ta’minlovchi "stansiya" hisoblanadi va kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi?
  1. Lizosoma
  2. Ribosoma
  3. Mitoxondriya
  4. Golji kompleksi
Javobni ko'rish
Mitoxondriya
#175
"Akseleratsiya" atamasi fanga nechanchi yilda va kim tomonidan kiritilgan?
  1. 1888-yilda, V. Valdeyer
  2. 1953-yilda, Uotson va Krik
  3. 1871-yilda, Levenguk
  4. 1935-yilda, R. Kox
Javobni ko'rish
1888-yilda, V. Valdeyer
#176
Organizmdagi to‘qimalar necha guruhga bo‘linadi?
  1. 4 guruhga (epiteliy, biriktiruvchi, muskul, nerv)
  2. 3 guruhga (suyuq, zich, yumshoq)
  3. 2 guruhga (bir qavatli va ko‘p qavatli)
  4. 5 guruhga (suyak, qon, muskul, nerv, teri)
Javobni ko'rish
4 guruhga (epiteliy, biriktiruvchi, muskul, nerv)
#177
Nerv hujayrasining uzun va kalta o‘siqlari qanday nomlanadi?
  1. Neyrit va neyrogliya
  2. Xromosoma va gen
  3. Sentriola va miofibrilla
  4. Akson va dendrit
Javobni ko'rish
Akson va dendrit
#178
Organizmning funksional tizimlari va organlarining turli tezlikda shakllanishi va yetilishiga nima deyiladi?
  1. Sistemiogenez
  2. Gomeostaz
  3. Akseleratsiya
  4. Geteroxroniya
Javobni ko'rish
Geteroxroniya
#179
Odam skeletida jami nechta alohida suyaklar mavjud?
  1. 150 tadan ortiq
  2. 206 dan ortiq
  3. 300 taga yaqin
  4. 180 ta
Javobni ko'rish
206 dan ortiq
#180
Suyakning organik moddasi nima deb ataladi va u suyak vaznining necha qismini tashkil etadi?
  1. Xitrin, 1/4 qismini
  2. Ossein, 1/3 qismini
  3. Fiziologik tuz, 1/2 qismini
  4. Kalsiy, 2/3 qismini
Javobni ko'rish
Ossein, 1/3 qismini
#181
Umurtqa pog'onasining qavariq tomoni oldinga chiqib turgan egriligi (masalan, bo‘yin va bel qismida) qanday nomlanadi?
  1. Osteoporoz
  2. Kifoz
  3. Skolioz
  4. Lordoz
Javobni ko'rish
Lordoz
#182
Bosh skeletida qaysi suyaklar boshqa suyaklar bilan harakatli (bo‘g‘im orqali) birikkan?
  1. Burun va ko‘z kosasi suyaklari
  2. Peshona va tepa suyaklari
  3. Pastki jag' va til osti suyagi
  4. Chakka va ensa suyaklari
Javobni ko'rish
Pastki jag' va til osti suyagi
#183
Umurtqa pog'onasining yon tomonga qiyshayishi bilan bog‘liq bo‘lgan nuqson qaysi?
  1. Yassioyoqlik
  2. Skolioz
  3. Lordoz
  4. Kifoz
Javobni ko'rish
Skolioz
#184
Bo‘g‘imning qaysi qismi bo‘g‘im yuzasini moylab, ishqalanishni kamaytiradigan suyuqlik ishlab chiqaradi?
  1. Bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi qizil ilik
  2. Bo‘g‘im xaltachasining ichki qavati (sinoviy parda)
  3. Suyakning zich qavati
  4. Bo‘g‘im boylamlari
Javobni ko'rish
Bo‘g‘im xaltachasining ichki qavati (sinoviy parda)
#185
Bolalarda qad-qomatning to‘g‘ri shakllanishi uchun partada o‘tirganda ko‘krak bilan parta qirrasi orasida necha sm masofa bo‘lishi kerak?
  1. 20 sm
  2. 5 sm
  3. 2-3 sm
  4. 10 sm
Javobni ko'rish
2-3 sm
#186
Yassioyoqlikning kelib chiqishiga quyidagi sabablardan qaysi biri to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Faqat qattiq va poshnasiz poyabzal kiyish
  2. Yuqoridagilarning barchasi
  3. Og‘ir yuk ko‘tarish
  4. Juda yoshlikdan (8-10 oyligidan) boshlab uzoq vaqt oyog‘ida tik turg‘izish
Javobni ko'rish
Juda yoshlikdan (8-10 oyligidan) boshlab uzoq vaqt oyog‘ida tik turg‘izish
#187
Chaqaloqlarda muskullar vazni tana massasining necha foizini tashkil etadi?
  1. 44,2 %
  2. 23,3 %
  3. 27,2 %
  4. 32,6 %
Javobni ko'rish
23,3 %
#188
15 yoshli o‘smirning o‘ng qo‘l kaftining o‘rtacha kuchi (dinamometr bo‘yicha) necha kg ni tashkil qiladi?
  1. 30,0–32,0 kg
  2. 4,0–4,5 kg
  3. 12,0–15,0 kg
  4. 5,1–5,5 kg
Javobni ko'rish
5,1–5,5 kg
#189
Gipodinamiya tushunchasining ma’nosi nima?
  1. Haddan tashqari ko‘p harakat qilish
  2. Harakatning yetishmasligi (harakatga "to‘ymaslik")
  3. Muskul tonusining muvozanatlashishi
  4. Muskul massasining tez ortishi
Javobni ko'rish
Harakatning yetishmasligi (harakatga "to‘ymaslik")
#190
11–15 yoshli o‘quvchilarning harakatga bo‘lgan sutkalik tabiiy talabi qancha lokomotsiya (harakat) atrofida bo‘ladi?
  1. 40–50 ming
  2. 5–10 ming
  3. 10–15 ming
  4. 21–30 ming
Javobni ko'rish
10–15 ming
#191
To‘g‘ri o‘tirishni ta’minlash uchun ko‘z bilan ruchka uchigacha (yoki kitobgacha) bo‘lgan masofa necha sm bo‘lishi maqsadga muvofiq?
  1. 20–25 sm
  2. 10–15 sm
  3. 30–35 sm
  4. 45–50 sm
Javobni ko'rish
20–25 sm
#192
L.F. Listov formulasi bo‘yicha bo‘yi 148 sm bo‘lgan bola nechanchi raqamli partada o‘tirishi kerak?
  1. 6-partada
  2. 9-partada
  3. 7-partada
  4. 8-partada
Javobni ko'rish
7-partada
#193
Sinfda oxirgi qatordagi parta bilan doska (taxta) orasidagi masofa ko‘pi bilan necha metr bo‘lishi kerak?
  1. 5–6 metr
  2. 8–9 metr
  3. 3–4 metr
  4. 12–15 metr
Javobni ko'rish
5–6 metr
#194
Bajaradigan vazifasiga ko‘ra nerv sistemasi qaysi ikki qismga bo‘linadi?
  1. Miyelinli va miyelinsiz
  2. Markaziy va periferik
  3. Simpatik va parasimpatik
  4. Somatik va vegetativ
Javobni ko'rish
Somatik va vegetativ
#195
Neyronning retsiptordan qo‘zg‘alishni qabul qilib, uni ishchi organga (muskul yoki bezga) uzatuvchi uzun o‘simtasi nima deyiladi?
  1. Gangliya
  2. Sinaps
  3. Akson
  4. Dendrit
Javobni ko'rish
Akson
#196
Nerv tolasining 1 sekundda necha marta qo‘zg‘alishni o‘tkaza olish xususiyati (labilligi) qanchaga teng?
  1. 500
  2. 200
  3. 120
  4. 1000
Javobni ko'rish
120
#197
Miyelin qavati qalin (diametri 12-22 mkm) bo‘lgan "A guruh" nerv tolalari bo‘ylab qo‘zg‘alish impulsi qanday tezlikda tarqaladi?
  1. 70-120 m/sek
  2. 0,5-2 m/sek
  3. 3-14 m/sek
  4. 15-30 m/sek
Javobni ko'rish
70-120 m/sek
#198
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bosh miyasining vazni tana vaznining taxminan necha qismini tashkil etadi?
  1. 1/20 qismini
  2. 1/40 qismini
  3. 1/8 – 1/9 qismini
  4. 1/2 qismini
Javobni ko'rish
1/8 – 1/9 qismini
#199
Uzunchoq miyada qaysi hayotiy muhim reflekslarning nerv markazlari joylashgan?
  1. Muskullar tonusini va muvozanatni saqlash
  2. Uglevodlar va tuz almashinuvini boshqarish
  3. Ko‘rish va eshitishning birlamchi markazlari
  4. Nafas olish, qon tomirlar harakati, yutish, yo‘talish
Javobni ko'rish
Nafas olish, qon tomirlar harakati, yutish, yo‘talish
#200
Orqa miyadan necha juft nervlar chiqib, gavda va oyoq-qo‘llarni nerv bilan ta’minlaydi?
  1. 7 juft
  2. 31 juft
  3. 43 juft
  4. 12 juft
Javobni ko'rish
31 juft
#201
Simpatik nerv sistemasi ta’sirlanganda organizmda qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi?
  1. Yurak urishi susayadi, ko‘z qorachig‘i torayadi
  2. Me’da-ichak yo‘lining harakati ortadi
  3. Moddalar almashinuvi sekinlashadi
  4. Yurak qisqarishlari soni ortadi, ko‘z qorachig‘i kengayadi
Javobni ko'rish
Yurak qisqarishlari soni ortadi, ko‘z qorachig‘i kengayadi
QuizPilotda o'ynash