QuizPilot › Fanlar › Huquq
Huquq

Fuqarolik huquqi test

muallif: Abdulloh_0o6 · 253 ta savol · 1 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Fuqarolik huquqidan 1-semestr yakuniy nazorat testlari “Fuqarolik huquqi” atamasining paydo bo‘lishi qaysi davlat davriga borib taqaladi….
  1. Qadimgi Gretsiya
  2. Qadimgi Xitoy
  3. Qadimgi Rim
  4. Qadimgi Sharq
Javobni ko'rish
Qadimgi Rim
#2
Fuqarolik huquqiga ta’rif bering….
  1. ishchilar, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va hukumatlarning mehnat bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdagi huquq va majburiyatlariga taalluqli boʻlgan ommaviy va xususiy xalqaro huquqni oʻz ichiga olgan qoidalar toʻplami.
  2. yuridik jihatdan teng bo‘lgan subyektlar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisidir
  3. Davlatni idora etish jarayonida, yaʼni ijro va farmoyish faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar majmuini oʻz ichiga oladi
  4. huquqning yer munosabatlarini tartibga soluvchi sohasi.
Javobni ko'rish
yuridik jihatdan teng bo‘lgan subyektlar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisidir
#3
Fuqarolik huquq normalari bilan tartibga solinadigan yuridik jihatdan teng bo‘lgan subyektlar o‘rtasida yuzaga keladigan mulkiy, shaxsiy-nomulkiy va tashkiliy-huquqiy mazmundagi ijtimoiy munosabatlar nima…
  1. Fuqarolik huquqi manbasi
  2. Fuqarolik huquqi normasi
  3. Fuqarolik huquqi asosi
  4. Fuqarolik huquqi predmeti
Javobni ko'rish
Fuqarolik huquqi predmeti
#4
Mulkiy munosabatlar jumlasiga qaysi biri kiradi….
  1. advokatlik siriga bo‘lgan huquq
  2. oldi-sotdi
  3. qadr-qimmat huquqi
  4. telefon so‘zlashuvlari va telegraf xabarlari siri huquqi
Javobni ko'rish
oldi-sotdi
#5
Qat’iy amr xarakteriga ega bo‘lib, xatti-harakat subyektiga belgilangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadigan norma qaysi….
  1. Nomulkiy
  2. Imperativ
  3. Dispositiv
  4. Mulkiy
Javobni ko'rish
Imperativ
#6
Imperativ normalardan farqli o‘laroq, munosabat qatnashchilariga o‘z xatti-harakatlari variantlarini, subyektiv huquq va majburiyatlar xajmi to‘g‘risida kelishib olish imkonini o‘zida ifodalaydigan norma qaysi…
  1. Nomulkiy
  2. Dispositiv
  3. Imperativ
  4. Mulkiy
Javobni ko'rish
Dispositiv
#7
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillariga qaysi kirmaydi…
  1. fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari mulkining cheklanganligi
  2. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqliligi
  3. barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy tomondan bab-baravar muhofaza qilinishi
  4. mulkiy munosabatlarning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi
Javobni ko'rish
fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari mulkining cheklanganligi
#8
Fuqarolik huquqining manbalari qaysi… 1.Fuqarolik kodeksi 2. Mehnat kodeksi 3. Konstitutsiya 4. “O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi
  1. 2,4
  2. 1,4
  3. 2,3
  4. 1,3
Javobni ko'rish
1,3
#9
Fuqarolik-huquqiy munosabat nima…
  1. Jismoniy jihatdan teng bo‘lgan shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat
  2. yuridik jihatdan teng bo‘lgan shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat
  3. yuridik jihatdan teng bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat
  4. yuridik jihatdan teng bo‘lgan shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan va ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat
Javobni ko'rish
yuridik jihatdan teng bo‘lgan shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat
#10
Fuqarolik-huquqiy munosabat qanday munosabatlarning yuridik tartibga solish jarayonida yuzaga keladi…
  1. Ma’naviy
  2. Iqtisodiy
  3. Madaniy
  4. Ijtimoiy
Javobni ko'rish
Ijtimoiy
#11
Fan, adabiyot yoki san’at asarlari, ixtirolar, kashfiyotlar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, mualliflik hamda sanoat mulki huquqi normasi bilan tartibga solinadigan va qo‘riqlanadigan huquqiy munosabatlarning qanday obyekti bo‘ladi…
  1. Moddiy
  2. Hech qaysi
  3. Mulkiy
  4. Nomoddiy
Javobni ko'rish
Nomoddiy
#12
Shaxsning nomi, sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘si va boshqa shaxslarning mulkiy xarakterda bo‘lmagan manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan huquqiy munosabatlarning obyekti sifatida ko‘riladigan obyekt qaysi…
  1. Hech qaysi
  2. Moddiy
  3. Nomoddiy
  4. Intelektual
Javobni ko'rish
Nomoddiy
#13
Muayyan iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, masalan, mulk yuzasidan belgilanadigan, mulkni sotish, ijaraga qo‘yish va boshqacha shaklda qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazish, umuman, mulkiy muomala bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar qaysi…
  1. shaxsiy huquqiy munosabatlar
  2. Hech qaysi
  3. Mulkiy xarakterdagi munosabatlar
  4. Nomulkiy xarakterdagi munosabatlar
Javobni ko'rish
Mulkiy xarakterdagi munosabatlar
#14
Shaxs (fuqarolar va yuridik shaxslar)ning o‘zi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, o‘z sohibidan begonalashtirilishi va birovga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy huquqlar, chunonchi, shaxsning mualliflik nomi, qadr-qimmati va boshqa shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlardan iborat bo’lgan munosabatlar qaysi…
  1. Shaxsiy-nomulkiy huquqiy munosabatlar
  2. Ma’muriy xarakterdagi munosabatlar
  3. Hech qaysi
  4. Mulkiy xarakterdagi munosabatlar
Javobni ko'rish
Shaxsiy-nomulkiy huquqiy munosabatlar
#15
Subyektiv huquq egalari o‘z huquqlarining buzilmasligini har kimdan va hammadan talab qila oladilar. Ular noma’lum har bir kimsa tomonidan buzilishi mumkin bo‘lgani sababli har kimdan qo‘riqlanadigan munosabatlar qaysi…
  1. Mulkiy xarakterdagi munosabatlar
  2. Nomulkiy xarakterdagi munosabatlar
  3. Nisbiy huquqiy munosabat
  4. Mutloq huquqiy munosabatlar
Javobni ko'rish
Mutloq huquqiy munosabatlar
#16
Faqat bir shaxs (yoki shaxslar)gina huquq yoki majburiyat oladigan munosabatlar qaysi…
  1. Mulkiy xarakterdagi munosabatlar
  2. Nomulkiy xarakterdagi munosabatlar
  3. Nisbiy huquqiy munosabat
  4. Mutloq huquqiy munosabatlar
Javobni ko'rish
Nisbiy huquqiy munosabat
#17
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) tushunchasi nima…
  1. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari
  2. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
  3. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
  4. Boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
Javobni ko'rish
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
#18
Fuqaroning huquq layoqati u qachondan e’tiboran vujudga keladi…
  1. 14 yoshga to’lgandan
  2. Tug‘ilgan paytdan
  3. Vafot etishidan
  4. 18 yoshga to’lgandan
Javobni ko'rish
Tug‘ilgan paytdan
#19
Muomala layoqati nima…
  1. Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini yo’qotishi va ularni bajarish layoqati
  2. Hech biri
  3. Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlaridan mahrum qilish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati
  4. Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati
Javobni ko'rish
Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati
#20
Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar qanday ishlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli emas…
  1. mayda maishiy bitimlar
  2. Tasis shartnomalari
  3. tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar
  4. qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlar
Javobni ko'rish
Tasis shartnomalari
#21
Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish shartlari qanday…
  1. Hech biri
  2. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar)
  3. Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi
  4. Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi
Javobni ko'rish
Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi
#22
Fuqaroning muomala layoqatini cheklash shartlari qanday…
  1. Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi
  2. Hech biri
  3. Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi
  4. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar)
Javobni ko'rish
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi
#23
Vasiylik va homiylik nima uchun belgilanadi…
  1. huquq layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun
  2. muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini zarar yetkazish uchun
  3. muomalaga layoqatli yoki muomalaga to‘liq layoqatli fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun
  4. muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun
Javobni ko'rish
muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun
#24
Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida nechchi yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin…
  1. Ikki yil
  2. Uch yil
  3. Belgilanmagan
  4. Bir yil
Javobni ko'rish
Bir yil
#25
Agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida nechchi yil mobaynida ma’lumot bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e’lon qilishi mumkin…
  1. 2 yil
  2. 3 yil
  3. 1 yil
  4. Cheklanmagan
Javobni ko'rish
3 yil
#26
Agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida ma’lumot bo‘lmasa, basharti u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan bo‘lib, uning qayerdaligi haqida nechchi oy mobaynida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e’lon qilishi mumkin…
  1. 7
  2. 6
  3. 4
  4. 5
Javobni ko'rish
6
#27
Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaro harbiy harakatlar tamom bo‘lgan kundan e’tiboran kamida nechchi yil o‘tgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi mumkin…
  1. 2
  2. 1
  3. 3
  4. 5
Javobni ko'rish
2
#28
Qaysi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerakmas…
  1. Qarz
  2. tug‘ilish
  3. Nikoh tuzilganligi
  4. O’lim
Javobni ko'rish
Qarz
#29
O‘z mulkida, operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot nima…
  1. Yuridik shaxs
  2. Matlubotlar
  3. Davlat korxonasi
  4. Kooperativlar
Javobni ko'rish
Yuridik shaxs
#30
Ulushlarga (qo‘shilgan hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga bo‘lingan ustav fondi (ustav kapitali)ga ega bo‘lgan tijoratchi tashkilotlar quyidagilardan qaysi biri hisoblanadi…
  1. Kommandit shirkat
  2. To‘liq shirkat
  3. xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari
  4. Hech biri
Javobni ko'rish
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari
#31
Ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan tashkilot qaysi…
  1. Hech biri
  2. To‘liq shirkat
  3. Kommandit shirkat
  4. tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari
Javobni ko'rish
To‘liq shirkat
#32
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (to‘liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘lgan tashkilot qaysi…
  1. tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari
  2. Kommandit shirkat
  3. Hech biri
  4. To‘liq shirkat
Javobni ko'rish
Kommandit shirkat
#33
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat qaysi…
  1. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
  2. Shu’ba xo‘jalik jamiyati
  3. Aksiyadorlik jamiyati
  4. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat.
Javobni ko'rish
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
#34
Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat nima…
  1. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
  2. Aksiyadorlik jamiyati.
  3. Qaram xo‘jalik jamiyati
  4. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
Javobni ko'rish
Aksiyadorlik jamiyati.
#35
Nomoddiy ne’matlarning qanday turlari mavjud....
  1. Barchasi to’g’ri
  2. Intellektual faoliyat natijalari
  3. xizmat va tijorat, oila, shaxsiy xayot sirlari, shaxsga taaluqli ma’lumotlar
  4. shaxsning xayoti, sog‘ligi, sha’ni, qadr-qimmat, ishchanlik obro‘si
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#36
Agar bir (asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo‘jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeyiga ega bo‘lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo‘lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa, ushbu ikkinchi xo‘jalik jamiyat nima…
  1. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
  2. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
  3. Aksiyadorlik jamiyati
  4. Shu’ba xo‘jalik jamiyati.
Javobni ko'rish
Shu’ba xo‘jalik jamiyati.
#37
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning (ulushning) yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyat nima…
  1. Qaram xo‘jalik jamiyati.
  2. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
  3. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
  4. Shu’ba xo‘jalik jamiyati
Javobni ko'rish
Qaram xo‘jalik jamiyati.
#38
Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda a’zolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi nima....
  1. Qaram xo‘jalik jamiyati
  2. Shu’ba xo‘jalik jamiyati
  3. Ishlab chiqarish kooperativlari.
  4. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish kooperativlari.
#39
Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi nima....
  1. Jamoat birlashmalari
  2. Unitar korxona
  3. Ishlab chiqarish kooperativlari
  4. Matlubot kooperativi.
Javobni ko'rish
Matlubot kooperativi.
#40
Ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari nima....
  1. Matlubot kooperativi
  2. Qaram xo‘jalik jamiyati
  3. Unitar korxona
  4. Jamoat birlashmalari.
Javobni ko'rish
Jamoat birlashmalari.
#41
Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti nima....
  1. Matlubot kooperativi
  2. Jamoat birlashmalari
  3. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
  4. Jamoat fondlari.
Javobni ko'rish
Jamoat fondlari.
#42
Boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot nima....
  1. Jamoat birlashmalari
  2. Muassasalar.
  3. Qaram xo‘jalik jamiyati
  4. Unitar korxona
Javobni ko'rish
Muassasalar.
#43
Tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalariga birlashishlari nima deb ataladi....
  1. Unitar korxona
  2. Yuridik shaxslar birlashmalari.
  3. Matlubot kooperativi
  4. Ishlab chiqarish kooperativlari
Javobni ko'rish
Yuridik shaxslar birlashmalari.
#44
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridan iborat jamiyat qaysi....
  1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlar.
  2. Yuridik shaxslar birlashmalari
  3. Muassasalar
  4. Jamoat fondlari
Javobni ko'rish
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlar.
#45
Yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi....
  1. mansub ashyolar
  2. bo‘linmaydigan ashyolar
  3. Ko‘chmas mulk.
  4. murakkab ashyolar
Javobni ko'rish
Ko‘chmas mulk.
#46
Muomalada bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari nima....
  1. mansub ashyolar
  2. muomaladan chiqarilgan obyektlar
  3. murakkab ashyolar
  4. bo‘linmaydigan ashyolar
Javobni ko'rish
muomaladan chiqarilgan obyektlar
#47
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan yoki muomalada bo‘lishga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan (muomalada harakatlanishi cheklangan obyektlar) fuqarolik huquqi obyektlari nima....
  1. muomalada harakatlanishi cheklangan obyektlar.
  2. mansub ashyolar
  3. Ko‘chmas mulk
  4. muomaladan chiqarilgan obyektlar
Javobni ko'rish
muomalada harakatlanishi cheklangan obyektlar.
#48
Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish natijasida xususiyatlarini o‘zgarishsiz saqlaydigan va o‘z maqsadiga ko‘ra ishlatish mumkin bo‘lgan ashyolar hisoblanadigan ashyolar nima....
  1. Ko‘chmas mulk
  2. muomaladan chiqarilgan obyektlar
  3. murakkab ashyolar
  4. Ko‘char ashyolar.
Javobni ko'rish
Ko‘char ashyolar.
#49
Bir marta foydalanish natijasida butunlay yo‘qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda o‘zgaradigan narsalar....
  1. mansub ashyolar
  2. Iste’mol qilinadigan.
  3. bo‘linmaydigan ashyolar
  4. Ko‘char ashyolar
Javobni ko'rish
Iste’mol qilinadigan.
#50
Birmuncha uzoq vaqt davomida o‘zining sifatini saqlaydigan narsalar nima....
  1. Ko‘char ashyolar
  2. mansub ashyolar
  3. Iste’mol qilinmaydigan ashyolar.
  4. Iste’mol qilinadigan
Javobni ko'rish
Iste’mol qilinmaydigan ashyolar.
#51
Alohida faqat o‘zlarigagina xos belgilari va o‘ziga xos, yolg‘iz sifatlari bo‘lgan ashyolar nima....
  1. turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar
  2. Iste’mol qilinadigan
  3. xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar.
  4. Iste’mol qilinmaydigan ashyolar
Javobni ko'rish
xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar.
#52
Noyob, ya’ni o‘zi bir dona bo‘lgan ashyolar nima....
  1. Ko‘char ashyolar
  2. Iste’mol qilinadigan
  3. xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar.
  4. muomaladan chiqarilgan obyektlar
Javobni ko'rish
xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar.
#53
Bo‘lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o‘zida saqlab qoladigan va shu bilan birga o‘zining xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini yo‘qotmaydigan ashyo nima....
  1. turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar
  2. noyob, ya’ni o‘zi bir dona bo‘lgan ashyolar
  3. Bo‘linadigan.
  4. bo‘linmaydigan ashyolar
Javobni ko'rish
Bo‘linadigan.
#54
Bo‘lish natijasida qismlari dastlabki ashyo (butun)ning xossalarini yo‘qotadigan, uning xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini o‘zgartiradigan ashyo nima....
  1. Ko‘char ashyolar
  2. Iste’mol qilinadigan
  3. bo‘linmaydigan ashyolar.
  4. muomaladan chiqarilgan obyektlar
Javobni ko'rish
bo‘linmaydigan ashyolar.
#55
Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bog‘liq mustaqil ashyo nima....
  1. Bo‘linadigan
  2. muomaladan chiqarilgan obyektlar
  3. asosiy ashyo.
  4. Ko‘char ashyolar
Javobni ko'rish
asosiy ashyo.
#56
Asosiy ashyoga xizmat qilishi kerak bo‘lgan va u bilan umumiy xo‘jalik vazifasi orqali bog‘liq ashyo nima....
  1. asosiy ashyo
  2. Bo‘linadigan
  3. turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar
  4. mansub ashyo.
Javobni ko'rish
mansub ashyo.
#57
Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo nima....
  1. bo‘linmaydigan ashyolar
  2. asosiy ashyo
  3. Murakkab ashyolar.
  4. mansub ashyo
Javobni ko'rish
Murakkab ashyolar.
#58
Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar nima....
  1. mansub ashyo
  2. asosiy ashyo
  3. Murakkab ashyolar
  4. qimmatli qog‘ozlar.
Javobni ko'rish
qimmatli qog‘ozlar.
#59
Basharti bu axborot uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonun yo‘li bilan undan erkin bahramand bo‘lish mumkin bo‘lmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko‘rgan hollarda himoya etadigan ashyo nima....
  1. asosiy ashyo
  2. qimmatli qog‘ozlar
  3. Murakkab ashyolar
  4. Xizmat va tijorat siri.
Javobni ko'rish
Xizmat va tijorat siri.
#60
Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tashkilot nima....
  1. tijoratchi tashkilot.
  2. Xizmat va tijorat siri
  3. tijoratchi bo‘lmagan tashkilot
  4. mansub ashyo
Javobni ko'rish
tijoratchi tashkilot.
#61
Asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot nima....
  1. qimmatli qog‘ozlar
  2. tijoratchi bo‘lmagan tashkilot.
  3. tijoratchi tashkilot
  4. Murakkab ashyolar
Javobni ko'rish
tijoratchi bo‘lmagan tashkilot.
#62
Qanday talablarga javob beradigan tashkilotlar yuridik shaxs bo‘la olmaydi....
  1. mulkiy mustaqillik
  2. tashkiliy birlik
  3. fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi
  4. qaram mulkiy javobgarlik.
Javobni ko'rish
qaram mulkiy javobgarlik.
#63
Yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil bo‘lganligini, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqaruv organlari va bo‘linmalari orqali muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishligini bildiradigan yuridik shaxsning sifati nima....
  1. tashkiliy birlik.
  2. mulkiy mustaqillik
  3. fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi
  4. mustaqil mulkiy javobgarlik
Javobni ko'rish
tashkiliy birlik.
#64
Yuridik shaxsga ma’lum bir mol-mulkni mulk (xo‘jalik yuritish, operativ boshqaruv) huquqi asosida tegishliligini bildiradigan yuridik shaxs sifati qaysi....
  1. mustaqil mulkiy javobgarlik
  2. fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi
  3. tashkiliy birlik
  4. mulkiy mustaqillik.
Javobni ko'rish
mulkiy mustaqillik.
#65
Yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli bo‘lgan (davlat tashkiloti esa, o‘ziga biriktirib qo‘yilgan) mulki bilan javob beradigan yuridik shaxs sifati qaysi....
  1. mustaqil mulkiy javobgarlik.
  2. fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi
  3. mulkiy mustaqillik
  4. tashkiliy birlik
Javobni ko'rish
mustaqil mulkiy javobgarlik.
#66
Yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o‘z nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib, turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy xarakterda bo‘lmagan huquqlarga ega bo‘la olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi tushuniladigan yuridik shaxs sifati qaysi....
  1. mustaqil mulkiy javobgarlik
  2. mulkiy mustaqillik
  3. tashkiliy birlik
  4. fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi.
Javobni ko'rish
fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi.
#67
Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi. Bu fikr to’g’rimi....
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Yo’q
  3. Bilmayman
  4. Ha
Javobni ko'rish
Ha
#68
Agar qonundan yoki milliy odatdan boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro o‘z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradimi....
  1. Bilmayman
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. Yo’q
  4. Ha
Javobni ko'rish
Ha
#69
Nechchi yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning (kichik yoshdagi bolalarning) yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy voyaga yetmaganlar yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning yashash joyi hisoblanadi....
  1. 15
  2. 12
  3. 14.
  4. 13
Javobni ko'rish
14.
#70
Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni nechchi yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi....
  1. 18.
  2. 19
  3. 12
  4. 20
Javobni ko'rish
18.
#71
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladimi?
  1. Bilmayman
  2. Ha.
  3. Yo’q
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha.
#72
Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasmi....
  1. Bilmayman
  2. Ha
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Yo’q
Javobni ko'rish
Ha
#73
Fuqaro qaysi paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir....
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan chiqarilgan paytdan
  3. yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
#74
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz qanday ishlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli emas....
  1. Yuridik shaxs tashkil etish
  2. o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish
  3. fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish
  4. To‘g‘ri javob yo‘q
Javobni ko'rish
Yuridik shaxs tashkil etish
#75
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin....
  1. Ha
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. Bilmayman
  4. Yo’q
Javobni ko'rish
Ha
#76
Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar qanday ishlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlilar....
  1. qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlar
  2. Mayda maishiy bitimlar
  3. tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar
  4. Hammasi to’g’ri
Javobni ko'rish
Hammasi to’g’ri
#77
Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkinmi....
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Yo’q
  3. Bilmayman
  4. Ha
Javobni ko'rish
Ha
#78
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni kim amalga oshiradi....
  1. Bilmayman
  2. Hech biri
  3. Vasiysi
  4. Yuridik shaxs
Javobni ko'rish
Vasiysi
#79
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkinmi....
  1. Yo’q
  2. Bilmayman
  3. Ha
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#80
Kimlar muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi....
  1. Vasiy va homiy.
  2. Bilmayman
  3. Yuridik shaxs
  4. Hech biri to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Vasiy va homiy.
#81
Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan kunni aniqlash mumkin bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa —qachondan boshlanadi....
  1. keyingi yilning birinchi yanvaridan.
  2. Bilmayman
  3. shu yilning birinchi yanvaridan
  4. Muddatsiz
Javobni ko'rish
keyingi yilning birinchi yanvaridan.
#82
Bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaroning mol-mulkini doimiy suratda boshqarib turish zarur bo‘lsa, bu mol-mulk sudning qaroriga muvofiq vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadigan va ushbu organ bilan tuziladigan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida ish olib boradigan shaxsga topshiriladimi....
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Bilmayman
  3. Ha
  4. Yo’q
Javobni ko'rish
Ha
#83
Vasiylik va homiylik organi yo‘qolgan fuqaroning qayerdaligi to‘g‘risida ma’lumot olingan kundan boshlab bir yil o‘tganga qadar ham uning mol-mulkini muhofaza qiluvchi shaxsni belgilashi mumkinmi....
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Ha
  3. Yo’q
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Ha
#84
Bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda, sud uni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarorni bekor qila oladimi....
  1. Ha
  2. Yo’q
  3. Bilmayman
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#85
Qaysi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak....
  1. tug‘ilish
  2. nikoh tuzilganligi
  3. o’lim
  4. hammasi to’g’ri.
Javobni ko'rish
hammasi to’g’ri.
#86
Qaysi hujjatda yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qo‘yilishi, shuningdek ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar bo‘lishi kerak....
  1. Ta’sis shartnomasi
  2. nizomi
  3. barcha javoblar to’g’ri
  4. ustavi
Javobni ko'rish
barcha javoblar to’g’ri
#87
Qaysi hujjatda taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish majburiyatini oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgilab qo‘yiladi....
  1. Ta’sis shartnomasi.
  2. Bilmayman
  3. Barcha javoblar to’g’ri
  4. Yuridik shaxs ustavi
Javobni ko'rish
Ta’sis shartnomasi.
#88
Yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo‘linmasi nima....
  1. Bilmayman
  2. Barchasi xato
  3. Vakolatxona.
  4. Filiallar
Javobni ko'rish
Vakolatxona.
#89
Yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasi nima....
  1. Bilmayman
  2. Vakolatxona.
  3. Barchasi xato
  4. Filiallar
Javobni ko'rish
Filiallar
#90
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanadimi....
  1. Bilmayman
  2. Yo’q
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Ha
Javobni ko'rish
Yo’q
#91
Yuridik shaxs qaysi hollarda tugatilishi mumkin....
  1. uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi
  2. Barchasi to’g’ri.
  3. moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda
  4. faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruxsatnomasiz yoxud vakolatli organni xabardor qilmasdan amalga oshirilgan yoki qonunda taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri.
#92
Moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran nechchi yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra, yuridik shaxs tugatilishi mumkin....
  1. 2
  2. 1
  3. 3
  4. 4
Javobni ko'rish
3
#93
Xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining ishtirokchilari qanday huquqlarga egalar....
  1. shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish
  2. shirkatning yoki jamiyatning ishlarini boshqarishda qatnashish
  3. Barcha javoblar to’g’ri
  4. foydani taqsimlashda qatnashish
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to’g’ri
#94
Shaxs nechta to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin
  1. 3
  2. 1
  3. Ko‘plab
  4. 2
Javobni ko'rish
1
#95
Jamoat fondi har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilib borishi shartmi....
  1. Bilmayman
  2. Yo’q
  3. Ha
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#96
Butun korxona mulkiy kompleks sifatida qanday mulk hisoblanadi....
  1. Bilmayman
  2. Ko’chmas
  3. Ko’char
  4. Barchasi to’g’ri
Javobni ko'rish
Ko’chmas
#97
Boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan ashyolar qanday ashyolar hisoblanadi
  1. Xususiy
  2. barchasi to’g’ri
  3. Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan.
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan.
#98
Mansub ashyo, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bog‘liq bo‘ladimi....
  1. Ha
  2. Yo’q
  3. Bilmayman
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#99
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ashyo egasiga tegishlimi....
  1. Ha
  2. Yo’q
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Ha
#100
Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari nima....
  1. Bitimlar.
  2. Obyekt
  3. Hamma javob to‘g‘ri
  4. Subyekt
Javobni ko'rish
Bitimlar.
#101
Bitim tuzish uchun qonunchilikka yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo‘lsa, bunday bitim qanday bitim hisoblanadi....
  1. Uch tomonlama
  2. Bir tomonlama.
  3. Ikki tomonlama
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Bir tomonlama.
#102
Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum bo‘lgan holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bunday bitim qanday bitim hisoblanadi....
  1. Barchasi to’g’ri
  2. Sharti bekor qilingan
  3. Sharti kechiktirilgan.
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Sharti kechiktirilgan.
#103
Agar taraflar huquq va burchlarning bekor bo‘lishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar, bunday bitim qanday bitim hisoblanadi....
  1. Barchasi to’g’ri
  2. Bilmayman
  3. Sharti kechiktirilgan
  4. Sharti bekor qilingan.
Javobni ko'rish
Sharti bekor qilingan.
#104
Agar shartning yuz berishiga uning yuz berishidan manfaatdor bo‘lmagan taraf insofsizlik bilan qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, bu shart....
  1. yuz bermagan deb hisoblanadi
  2. Bilmayman
  3. yuz bergan deb hisoblanadi
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
yuz bergan deb hisoblanadi
#105
Agar shartning yuz berishiga ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor bo‘lgan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan bo‘lsa, bu shart....
  1. sodir bo‘lgan hisoblanadi
  2. sodir bo‘lmagan hisoblanadi
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
sodir bo‘lmagan hisoblanadi
#106
Bitimlar qanday shaklda tuziladi....
  1. Bilmayman
  2. Og’zaki va yozma
  3. Yozma
  4. Og’zaki
Javobni ko'rish
Og’zaki va yozma
#107
Sukut saqlash qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda bitim tuzishga bo‘lgan xohish-irodaning ifodasi hisoblanadimi....
  1. Bilmayman
  2. Ha
  3. Yo’q
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#108
Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yo‘li bilan tasdiqlangan bitim, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, qanday bitim hisoblanadi....
  1. Yozma
  2. Bilmayman
  3. O’gzaki
  4. Barchasi to’g’ri
Javobni ko'rish
O’gzaki
#109
Yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonunchilik va shartnomaga zid bo‘lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkinmi....
  1. Ha
  2. Yo’q
  3. Bilmayman
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#110
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o‘zaro ayirboshlash, agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qanday bitimga misol bo’la oladi....
  1. Barchasi to’g’ri
  2. Bilmayman
  3. Yozma
  4. O’gzaki
Javobni ko'rish
Yozma
#111
Fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining nechchi baravaridan ortiq summadagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi....
  1. 10.
  2. 30
  3. 20.
  4. 40
Javobni ko'rish
10.
#112
Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladimi....
  1. Yo’q
  2. Ha
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Ha
#113
Nechchi yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emas....
  1. 12
  2. 19
  3. 14
  4. 11
Javobni ko'rish
14
#114
Muomalaga layoqatli taraf, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tarafga u ko‘rgan haqiqiy zararni to‘lashi shartmi....
  1. Yo’q
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. Ha
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Ha
#115
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvand vositalarni suiiste’mol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkinmi....
  1. Bilmayman
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. Ha
  4. Yo’q
Javobni ko'rish
Ha
#116
Garchi muomalaga layoqatli bo‘lsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda bo‘lgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim shu fuqaroning yoki huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari bunday bitimni tuzish natijasida buzilgan boshqa shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinmi....
  1. Yo’q
  2. Bilmayman
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Ha
Javobni ko'rish
Ha
#117
Jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinmi....
  1. Bilmayman
  2. Yo’q
  3. Ha
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#118
Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro og‘ir holatlar yuz berishi tufayli o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo‘lgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinmi....
  1. Yo’q
  2. Bilmayman
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Ha
Javobni ko'rish
Ha
#119
Yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim)....
  1. Bilmayman
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. Haqiqiy bitim hisoblanadi
  4. O‘z-o‘zidan haqiqiy emas
Javobni ko'rish
O‘z-o‘zidan haqiqiy emas
#120
Yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinmi....
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Yo’q
  3. Bilmayman
  4. Ha
Javobni ko'rish
Ha
#121
Haqiqiy emas deb topilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas hisoblanadimi….
  1. Ha
  2. Bilmayman
  3. Yo’q
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#122
Bitimning mazmunidan uning faqat kelajak vaqt uchun bekor qilinishi mumkinligi anglashilsa, haqiqiy emas deb topilgan bitim kelajak vaqt uchun harakatdan to‘xtaydimi….
  1. Ha
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. Yo’q
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Ha
#123
Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolati bo’lgan bir shaxs kim….
  1. Vakillik
  2. Vakolat beruvchi
  3. vakil
  4. To`g`ri javob yo`q
Javobni ko'rish
vakil
#124
O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni …. orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  1. vakil
  2. Vakillik
  3. To`g`ri javob yo`q
  4. Vakolat beruvchi
Javobni ko'rish
vakil
#125
. . . . . o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
  1. Vakolat beruvchi
  2. vakil
  3. To`g`ri javob yo`q
  4. Vakillik
Javobni ko'rish
vakil
#126
Muomalaga layoqatli shaxslar o‘zlari tanlagan …….. orqali bitimlar tuzishlari mumkin
  1. To`g`ri javob yo`q
  2. Vakillik
  3. vakil
  4. Vakolat beruvchi
Javobni ko'rish
vakil
#127
Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimlarni ularning nomidan kim tuzadilar…
  1. vasiylari, ota-onalari, farzandlikka oluvchilari
  2. davlat
  3. To`g`ri javob yo`q
  4. qo‘shnisi
Javobni ko'rish
vasiylari, ota-onalari, farzandlikka oluvchilari
#128
Tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ular nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik qiluvchi shaxs (tijorat vakili) vakilning vakolatlari ko‘rsatilgan ……. asosida, ish olib boradi.
  1. Elektron shartnoma
  2. yozma shartnoma
  3. Og`zaki shartnoma
  4. Hammasi to`g`ri
Javobni ko'rish
yozma shartnoma
#129
Tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ular nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik qiluvchi shaxs (tijorat vakili) vakilning vakolatlari ko‘rsatilgan yozma shartnoma asosida, bunday vakolatlar ko‘rsatilmagan taqdirda esa — …….. asosida ham ish olib boradi.
  1. Og`zaki shartnoma
  2. Ishonchnoma
  3. Kafil
  4. Hammasi to`g`ri
Javobni ko'rish
Ishonchnoma
#130
Agar taraflar bilan tuzilgan bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tijorat vakili shartlashilgan haqni va topshiriqni bajarish vaqtida qilgan chiqimlarini teng ulushlarda to‘lashni shartnomadagi taraflardan ……
  1. talab qilishga haqli
  2. Mustaqil tarzda o`zi to`laydi
  3. Talab qilishga haqli emas
  4. Hammasi to`g`ri
Javobni ko'rish
talab qilishga haqli
#131
Tijorat vakili o‘ziga berilgan topshiriqni bajarib bo‘lganidan keyin ham savdo bitimlari to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni…..
  1. Saqlab qo`yadi
  2. Istalgan joyga taqdim qilishi mumkin
  3. Sir saqlashi shart
  4. Hammasi to`g`ri
Javobni ko'rish
Sir saqlashi shart
#132
Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat nima…
  1. Muddat
  2. Ishonchnoma
  3. Bilmayman
  4. Vakillik
Javobni ko'rish
Ishonchnoma
#133
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkinmi….
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Bilmayman
  3. Ha
  4. Yo’q
Javobni ko'rish
Ha
#134
Ishonchnoma qanday shakllarda rasmiylashtiriladi….
  1. Yozma
  2. Oddiy yozma
  3. Oddiy yozma va notarial
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Oddiy yozma va notarial
#135
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari turi qanday….
  1. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilmagan ishonchnomalar
  2. Og‘zaki
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
Javobni ko'rish
Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
#136
Gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari turi qanday….
  1. Og‘zaki
  2. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilmagan ishonchnomalar
Javobni ko'rish
Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
#137
Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bosiladimi….
  1. Yo’q
  2. Bilmayman
  3. Ha
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#138
Davlat mulkiga asoslangan yuridik shaxs nomidan pul va boshqa mulkiy boyliklarni olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma shu yuridik shaxsning bosh (katta) buxgalteri tomonidan ham imzolanishi kerakmi….
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Yo’q
  3. Bilmayman
  4. Ha
Javobni ko'rish
Ha
#139
Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma ….
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Haqiqiy hisoblanadi
  3. Ishonchnomada berilgan muddat ko`rsatilishi shart emas
  4. Haqiqiy emas
Javobni ko'rish
Haqiqiy emas
#140
Ishonchnoma ko‘pi bilan nechchi yil muddatga berilishi mumkin….
  1. 3
  2. 2
  3. 5
  4. 1
Javobni ko'rish
3
#141
Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab nechchi yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi….
  1. 5
  2. 2
  3. 1
  4. 3
Javobni ko'rish
1
#142
Notarius tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o‘z kuchini saqlaydimi….
  1. Hech bir javob to’g’ri emas
  2. Yo’q
  3. Ha
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Ha
#143
Ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shartmi….
  1. Ha
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. Bilmayman
  4. Yo’q
Javobni ko'rish
Ha
#144
Ishonchnomaning amal qilishi qanday hollarda bekor bo‘ladi….
  1. ishonchnoma muddatining tamom bo‘lishi
  2. ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi
  3. Barcha javob to’g’ri
  4. ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi
Javobni ko'rish
Barcha javob to’g’ri
#145
Ishonchnomaning amal qilishi qanday hollarda bekor bo‘ladi….
  1. nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining toʻxtatilishi, nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining toʻxtatilishi;
  2. ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi;
  3. Barcha javob to’g’ri
  4. ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi
Javobni ko'rish
Barcha javob to’g’ri
#146
Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor bo‘lganligi haqida ishonchnoma olgan shaxsni, shuningdek ishonchnoma qaratilgan o‘ziga ma’lum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shartmi….
  1. Ha
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. Bilmayman
  4. Yo’q
Javobni ko'rish
Ha
#147
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilguncha yoki bilishi lozim bo‘lgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs yoki uning huquqiy vorislari uchun uchinchi shaxslarga nisbatan o‘z kuchini saqlab qoladimi….
  1. Bilmayman
  2. Yo’q
  3. Ha
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#148
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydimi….
  1. Ha
  2. Bilmayman
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Yo’q
Javobni ko'rish
Ha
#149
Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shartmi….
  1. Ha
  2. Yo’q
  3. Hech bir javob to’g’ri emas
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
Ha
#150
Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga qaysilar kiradi….
  1. Obligatsiya
  2. Barchasi to’g’ri
  3. Veksel
  4. Chek
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#151
Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga qaysilar kiradi….
  1. konosament
  2. Barchasi to’g’ri
  3. aksiya
  4. jamg‘arma sertifikatlari
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#152
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari qaysilar….
  1. mas’uliyati cheklangan jamiyat
  2. Barchasi to’g’ri
  3. Aksiyadorlik jamiyatlari
  4. Ishlab chiqarish kooperativlari
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#153
Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar ….
  1. Haqiqiy hisoblanadi
  2. Hech bir javob to’g’ri emas
  3. O‘z-o‘zidan haqiqiy emas
  4. Bilmayman
Javobni ko'rish
O‘z-o‘zidan haqiqiy emas
#154
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar qaysilar kiradi….
  1. Matlubot kooperativ
  2. Barchasi to’g’ri
  3. Jamoat birlashmalari
  4. Jamoat fondlari
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#155
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar qaysilar kiradi….
  1. Muassasalar
  2. Barchasi to’g’ri
  3. Yuridik shaxslar birlashmalari
  4. Jamoat fondlari
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#156
Shaxsiy-nomulkiy huquqlar nimalar kiradi….
  1. Barchasi to’g’ri
  2. nomga bo‘lgan huquq
  3. sihat-salomatlikka bo‘lgan huquq
  4. qadr-qimmat huquqi
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#157
Shaxsiy-nomulkiy huquqlar nimalar kiradi….
  1. farzandlikka olish siri huquq
  2. Barchasi to’g’ri
  3. bank siriga bo‘lgan huquq
  4. telegraf xabarlari siri huquqi
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#158
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari qaysilar….
  1. Barchasi to’g’ri
  2. barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy tomondan bab-baravar muhofaza qilinishi
  3. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqliligi
  4. mulkiy munosabatlarning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#159
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari qaysilar….
  1. qonuniy asoslarga ega bo‘lmasdan turib, hech kim ishtirokchilarning xususiy ishlariga o‘zboshimchalik bilan aralashmasligi
  2. qonunda nimaki taqiqlanmagan bo‘lsa, ruxsat berilishi
  3. Barchasi to’g’ri
  4. fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari mulkining daxlsizligi
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#160
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari qaysilar….
  1. shartnoma tuzish erkinligi
  2. Barchasi to’g’ri
  3. fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilarining buzilgan huquqlarining tiklanishi
  4. fuqarolik huquqlarining to‘sqinliksiz amalga oshirilishi
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#161
Fuqarolarning muomala layoqati qanday guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi….
  1. to‘liq muomalaga layoqatlilik
  2. qisman muomalaga layoqatlilik, muomala layoqati cheklanganlik
  3. to‘la muomalaga layoqatsizlar
  4. Barchasi to’g’ri
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#162
Fuqarolarning muomala layoqatida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, sud tomonidan ruhiy kasal va aqli zaif deb topilganlar qanday guruhga kirishadi….
  1. to‘liq muomalaga layoqatlilik
  2. qisman muomalaga layoqatlilik
  3. to‘liq muomalaga layoqatsizlar
  4. Barchasi to’g’ri
Javobni ko'rish
to‘liq muomalaga layoqatsizlar
#163
Fuqarolarning muomala layoqatida 6-14 yoshli hamda 14-18 yoshli voyaga yetmaganlar qanday guruhga kirishadi….
  1. qisman muomalaga layoqatlilik
  2. to‘liq muomalaga layoqatlilik
  3. Barchasi to’g’ri
  4. to‘liq muomalaga layoqatsizlar
Javobni ko'rish
qisman muomalaga layoqatlilik
#164
Fuqarolarning muomala layoqatida aqli raso 18 yoshdan oshgan hamda emansipatsiya holati qo‘llanilganlar va 18 yoshga yetmasdan nikoh munosabatlariga kirishgan fuqarolar qanday guruhga kirishadi….
  1. qisman muomalaga layoqatlilik
  2. to‘liq muomalaga layoqatsizlar
  3. to‘liq muomalaga layoqatlilik
  4. Barchasi to’g’ri
Javobni ko'rish
to‘liq muomalaga layoqatlilik
#165
Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomadaboshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘ladimi....
  1. Ha
  2. Yo’q
  3. Bilmayman
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#166
Vazifasiga va tayinlanish maqsadiga zarar yetkazmagan holda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk ko‘char mulk jumlasiga kiradimi....
  1. Yo’q
  2. Bilmayman
  3. Ha
  4. Hech bir javob to’g’ri emas
Javobni ko'rish
Ha
#167
Nomoddiy ne’matlarning qanday turlari mavjud....
  1. shaxsning xayoti, sog‘ligi, sha’ni, qadr-qimmat, ishchanlik obro‘si
  2. Barchasi to’g’ri
  3. xizmat va tijorat, oila, shaxsiy xayot sirlari, shaxsga taaluqli ma’lumotlar
  4. Intellektual faoliyat natijalari
Javobni ko'rish
Barchasi to’g’ri
#168
Fuqarolik huquqining metodi qanday vazifani bajaradi?
  1. huquq sohasining predmetini o‘rganadi
  2. huquqiy munosabatlarni tartibga solish usuli hisoblanadi
  3. shartnomaga kiritish tartibini belgilaydi
  4. mulkiy munosabatlarni tartibga soladi
Javobni ko'rish
huquqiy munosabatlarni tartibga solish usuli hisoblanadi
#169
Fuqarolik kodeksi necha bo‘lim va moddadan iborat?
  1. olti bo‘lim 1199 modda
  2. besh bo‘lim 1199 modda
  3. ikki bo‘lim 1199 modda
  4. to‘rt bo‘lim 1199 modda
Javobni ko'rish
olti bo‘lim 1199 modda
#170
Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik huquqining funksiyasi hisoblanadi?
  1. javobgarlikning belgilanishi
  2. taraflarning tengligi
  3. tartibga solish, himoya qilish
  4. himoya qilish, o‘rganish
Javobni ko'rish
tartibga solish, himoya qilish
#171
Qanday huquqlar boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin bo‘lmagan huquqlar hisoblanadi?
  1. shartnoma bo‘yicha olgan majburiyat
  2. kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog‘langan huquqlar
  3. mulk bilan bog‘liq huquqlar
  4. mulkiy huquqlar
Javobni ko'rish
kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog‘langan huquqlar
#172
Fuqarolik huquqining manbalari an’anaviy ravishda necha turga ajraladi?
  1. qonun va qonun osti hujjatlari
  2. qonunlar va Oliy Sud Plenumining qarorlari
  3. ish muomalasi odatlari
  4. analogiyaning qo‘llanilishi
Javobni ko'rish
qonun va qonun osti hujjatlari
#173
Qonun osti hujjatlariga nimalar kiradi?
  1. Oliy sud Plenumining qarorlari
  2. Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomlar
  3. Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
  4. Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari
Javobni ko'rish
Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
#174
Oliy sud Plenumining qarorlari fuqarolik huquqining manbai sanaladimi?
  1. mulkiy munosabatlar mazmuni aks etgan qarorlar manba bo‘ladi
  2. faqat sudlar uchun tushuntirishlar vazifasini bajaradi.
  3. ha, albatta fuqarolik huquqining manbai bo‘la oladi.
  4. faqat mulkiy munosabatlarni tartibga solishda
Javobni ko'rish
ha, albatta fuqarolik huquqining manbai bo‘la oladi.
#175
Fuqarolik huquqiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz?
  1. fuqarolik huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar
  2. nomulkiy munosabatlar
  3. mulkni topshirish bilan bog‘liq munosabatlar
Javobni ko'rish
fuqarolik huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar
#176
Fuqarolik huquqiy munosabatlar qanday elementlardan tarkib topgan?
  1. obyekt, subyekt, mazmun
  2. harakat va harakatsizlik
  3. obyekt va subyekt
  4. huquq va majburiyatlar
Javobni ko'rish
obyekt, subyekt, mazmun
#177
Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik-huquqiy munosabat obyekti hisoblanadi?
  1. taraflarning tengligi
  2. shartnomaning erkinligi
  3. mulkning daxlsizligi
  4. ishlar bajarish
Javobni ko'rish
ishlar bajarish
#178
Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari kimlar?
  1. faqat fuqarolar
  2. yuridik shaxslar va fuqarolar
  3. fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat
  4. yuridik shaxslar, chet el fuqarolari
Javobni ko'rish
fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat
#179
Zarar deganda nimani tushunasiz?
  1. shaxsning mol-mulkini yo‘qotishi yoki shikaslanishi
  2. ololmay qolgan daromadlar
  3. shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari
  4. barcha javoblar to‘g‘ri
Javobni ko'rish
barcha javoblar to‘g‘ri
#180
Fuqarolarning huquq layoqati nima?
  1. huquq va burchlarni tasarruf qilish layoqati.
  2. huquq va burchlarni amalga oshirish layoqati.
  3. huquq va burchlarga ega bo‘lishi va amalga oshirishi layoqati.
  4. huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati.
Javobni ko'rish
huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati.
#181
Fuqarolar to‘la muomala layoqatiga qachondan boshlab ega bo‘ladi?
  1. 17 yoshga to‘lgach
  2. 15 yoshga to‘lgach
  3. 16 yoshga to‘lgach
  4. 18 yoshga to‘lgach
Javobni ko'rish
18 yoshga to‘lgach
#182
Shaxs 18 yoshga to‘lmasdan turib to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishi mumkinmi? Qaysi hollarda?
  1. voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan bo‘lsa
  2. bitimlar tuzishi va majburiyatlarda ishtirok etishlari bilan
  3. ota-onalarining roziligi bilan
  4. qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonat qo‘ygandan boshlab
Javobni ko'rish
voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan bo‘lsa
#183
Emansipatsiya - nima?
  1. 14 yoshga to‘lgan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish
  2. 17 yoshga to‘lgan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish
  3. 16 yoshga to‘lgan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish
  4. 15 yoshga to‘lgan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish
Javobni ko'rish
16 yoshga to‘lgan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish
#184
Qachon fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin?
  1. ruhiy kasal yoki aqli zaif bo‘lsa
  2. shaxs o‘z harakatlarni tushuna olmasa
  3. spirtli ichimliklar suiiste’mol qilgan taqdirda
  4. giyohvandlik vositalarini suiistemol qilgan taqdirda
Javobni ko'rish
ruhiy kasal yoki aqli zaif bo‘lsa
#185
Qaysi hollarda fuqaroni muomala layoqati cheklab kuyilishi mumkin?
  1. Fuqaro aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan bo‘lib qolsa
  2. Fuqaro spirtli ichimliklarni suiistemol qilish natijasida
  3. Fuqaro spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiistemol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib quyayotgan bo‘lsa.
  4. Fuqaro ruhiy kasalligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan bo‘lib qolsa.
Javobni ko'rish
Fuqaro spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiistemol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib quyayotgan bo‘lsa.
#186
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni kim amalga oshiradi?
  1. uning vasiyi
  2. v) uning shartnomaviy vakili
  3. uning homiysi
  4. ota-onasi
Javobni ko'rish
uning vasiyi
#187
Fuqaro qachondan boshlab bedarak yo‘qolgan deb topilishi mumkin?
  1. uning qaerdaligi haqida yashash joyida 6 oy davomida ma’lumotlar bo‘lmasa
  2. uning qaerdaligi haqida yashash joyida 1 yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa
  3. uning qaerdaligi haqida yashash joyida 2 yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa
  4. uning qaerdaligi haqida yashash joyida 3 yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa
Javobni ko'rish
uning qaerdaligi haqida yashash joyida 1 yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa
#188
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning mazmuni nima?
  1. subektiv fuqarolik majburiyat
  2. mol – mulkni topshirish, ishlar bajarish
  3. huquq va majburiyatlar yig‘indisi
  4. subektiv huquqlar
Javobni ko'rish
subektiv huquqlar
#189
Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari qaysi biri?
  1. ta’sis shartnomasi, ustav, nizom
  2. faqat ta’sis shartnoma
  3. ustav
  4. Fuqarolik kodeksi va qonunlar
Javobni ko'rish
ta’sis shartnomasi, ustav, nizom
#190
Yuridik shaxs qachondan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi?
  1. umumiy yig‘ilish qarori e’lon qilingan kundan boshlab
  2. davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab
  3. tegishli organning farmoyishi chiqishi bilan
  4. ta’sis etilgandan boshlab
Javobni ko'rish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab
#191
Alohida belgilar tushirish orqali ajratib quyilgan ashyolar qanday nomlanadi?
  1. turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
  2. xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
  3. bo‘linadigan ashyolar
  4. iste’mol qilinadigan ashyolar
Javobni ko'rish
xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar
#192
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lish asoslari nima deb nomlanadi?
  1. obyektlar
  2. bitimlar
  3. yuridik tarkib
  4. yuridik faktlar
Javobni ko'rish
yuridik faktlar
#193
Yuridik faktlar qanday turlarga ajraladi?
  1. huquq yo‘l qo‘ygan harakatlar, huquq yo‘l qo‘ymagan harakatlar
  2. harakat va harakatsiz
  3. yuridik aktlar va hodisalar
  4. harakatlar va hodisalarga
Javobni ko'rish
harakatlar va hodisalarga
#194
Bitim deb nimaga aytiladi?
  1. fuqarolik huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi o‘zgarishi va bekor bo‘lish asoslari
  2. fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari
  3. fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasidagi vujudga kelgan munosabatlar
  4. ikki yoki undan ortiq shaxslaring fuqarolik huquq va burchlarini belgilash to‘g‘risidagi kelishuvi
Javobni ko'rish
fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari
#195
Ishtirokchilar soniga ko‘ra bitimlar qanday turlarga ajraladi?
  1. og‘zaki, yozma
  2. oddiy va murakkab
  3. bir tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p tomonlama
  4. huquq o‘rnatuvchi, huquqni bekor qiluvchi
Javobni ko'rish
bir tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p tomonlama
#196
Bitimning shakli qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. og‘zaki, notarial guvohlantiriladigan
  2. bir tomonlama, ikki tomonlama
  3. og‘zaki, yozma
  4. davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yozma
Javobni ko'rish
og‘zaki, yozma
#197
Qaysi holllarda bitimning oddiy, yozma shaklga rioya qilish kerak?
  1. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma barobaridan ortiq summadagi bitimlar
  2. bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh barobaridan ortiq summadagi bitimlar
  3. bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobaridan ortiq summadagi bitimlar
  4. bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki barobaridan ortiq summadagi bitimlar
Javobni ko'rish
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobaridan ortiq summadagi bitimlar
#198
Vakillikning vujudga kelish asoslari?
  1. qonunga asosan, ishonchnomaga asosan
  2. ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga asosan
  3. sud qaroriga, ishonchnomaga asosan
  4. ishonchnomaga asosan
Javobni ko'rish
ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga asosan
#199
Vakilga har qanday uchinchi shaxslar oldida mulkni boshqargan holda bitimlar tuzish uchun beriladigan ishonchnoma qanday nomlanadi?
  1. bir martalik ishonchnoma
  2. maxsus ishonchnoma
  3. ikki tomonlama ishonchnoma
  4. bosh ishonchnoma
Javobni ko'rish
bosh ishonchnoma
#200
Muddatlar necha turga bo’linadi va ular qaysilar
  1. 3 ta shartomali natarius tomonidan belgilanadigan, qonuniy muddatlar
  2. 3 ta qonuniy, shartnomali va sud tomonidan belgilanadigan muddatlar
  3. 1 shartnomali muddatlar
  4. 2. ta qonuniy, muddatsiz
Javobni ko'rish
3 ta qonuniy, shartnomali va sud tomonidan belgilanadigan muddatlar
#201
Da’vo muddatlarining turlari qaysi javobda to‘g'ri berilgan?
  1. Qisqartirilgan va uzaytirilgan muddatlar.
  2. Moddiy va protsessual muddatlar.
  3. Qonuniy va shartnomali muddatlar.
  4. Umumiy va maxsus da’vo muddatlari.
Javobni ko'rish
Umumiy va maxsus da’vo muddatlari.
#202
Qonunda belgilangan taraflarning kelishuviga muvofiq o’zgartiriladigan muddatlar
  1. Mutlaq aniq muddatlar.
  2. Imperativ muddatlar.
  3. Dispozitiv muddatlar.
  4. Qisman aniq muddatlar.
Javobni ko'rish
Dispozitiv muddatlar.
#203
Da’vo muddati o’tishining to’xtalishi qanday holatlarda yuz beradi
  1. agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga o‘tkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qo‘shinlari va ichki qo‘shinlar tarkibida bo‘lsa;
  2. Barcha javoblar to‘g‘ri
  3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;
  4. agar da’vo qo`zg`atilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib bo`lmaydigan favqulodda hodisa (yengib bo`lmas kuch) to`sqinlik qilgan bo`lsa;
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri
#204
Da’vo muddati o’tishining to’xtalishi qanday holatlarda yuz beradi
  1. agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo‘lmasa;
  2. mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilgan taqdirda.
  3. barcha javoblar to‘g‘ri
  4. tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatining amal qilishi to‘xtatilgan bo‘lsa.
Javobni ko'rish
barcha javoblar to‘g‘ri
#205
Da’vo muddatini kimlar tiklay oladi
  1. notarius
  2. huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar
  3. sud
  4. Prokuror
Javobni ko'rish
sud
#206
Davo muddatining o’tishi qaysi hollarda uziladi.
  1. Belgilangan tartibda davo qo’zg’atilishi bilan, majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan
  2. Da’vo muddatining o‘tishi yuqorida ko‘rsatilgan umumiy asoslardan tashqari yana maxsus asoslar bo’lmagan taqdirda
  3. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilgan taqdirda.
  4. Agar da’vo muddatining o‘tishi to‘xtaganda muddat yangidan hisoblanmasa,
Javobni ko'rish
Belgilangan tartibda davo qo’zg’atilishi bilan, majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan
#207
Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari deganda nimani tushunasiz?
  1. Barcha javoblar toʼgʼri.
  2. mulkning daxlsizligiga
  3. fuqarolik huquqlari toʼsqinliksiz amalga oshirilishiga
  4. shartnomaning erkinligiga
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#208
Qanday munosabatlar Oʼzbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda boʼladi?
  1. xizmatlar
  2. Barcha javoblar toʼgʼri.
  3. moliyaviy mablagʼlar
  4. Tovarlar
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#209
Qanday tovarlar va xizmatlar harakatda boʼlishini cheklash qonunchilikka muvofiq joriy etilishi mumkin?
  1. insonlarning hayoti va sogʼligʼini himoya qilish;
  2. Xavfsizlikni taʼminlash
  3. tabiatni va madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish
  4. Barcha javoblar toʼgʼri.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#210
Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarni koʼrsating?
  1. Barcha javoblar toʼgʼri
  2. shartnoma majburiyatlari va oʼzga majburiyatlar
  3. intellektual faoliyat natijalariga boʼlgan huquqlarning vujudga kelish asoslari
  4. mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#211
Fuqarolik qonunchiligi bilan qanday munosabatlar tartibga solinmaydi?
  1. Bir tarafning ikkinchi tarafga maʼmuriy boʼysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga;
  2. Soliq munosabatlarga;
  3. moliyaviy va boshqa maʼmuriy munosabatlar
  4. Barcha javoblar toʼgʼri.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#212
Fuqarolik qonunchiligining vaqt boʼyicha amal qilishi qanday hollarda namoyon boʼladi?
  1. Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas
  2. amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʼllaniladi
  3. Barcha javoblar toʼgʼri.
  4. Аgar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy boʼlgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan boʼlsa, tuzilgan shartnomaning shartlari oʼz kuchini saqlab qoladi
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#213
Ish muomalasi odatlari nima?
  1. Barcha javoblar toʼgʼri
  2. qonunchilikda nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi
  3. biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligi
  4. Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qoʼllaniladigan
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#214
Notoʼgʼri norma berilgan munosabatni koʼrsating.
  1. Nikoh tuzish natijasida ega boʼlingan muomala layoqati oʼn sakkiz yoshga toʼlmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham toʼla saqlanib qoladi
  2. muomala layoqati u voyaga yetgach, yaʼni oʼn sakkiz yoshga toʼlgach toʼla hajmda vujudga keladi.
  3. Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan oʼtgan fuqaro nikohdan oʼtgan vaqtdan eʼtiboran toʼla hajmda muomala layoqatiga ega boʼladi
  4. Barcha javoblar toʼgʼri.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#215
Jismoniy shaxsning toʼlovga qobiliyatsizligi deganda nimani tushunasiz?
  1. Jismoniy shaxs pul majburiyatlari boʼyicha kreditorlarning talablarini toʼla hajmda qanoatlantirishga qodir boʼlmasa
  2. soliqlar hamda yigʼimlar boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajarishga qodir boʼlmasa
  3. sud tomonidan toʼlovga qobiliyatsiz deb topilgan boʼlsa.
  4. Barcha javoblar toʼgʼri
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#216
Notoʼgʼri norma berilgan munosabatni koʼrsating?
  1. fan, adabiyot yoki sanʼat asarining, ixtironing yoxud oʼz intellektual faoliyatining qonun bilan qoʼriqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;
  2. Oʼn toʼrt yoshdan oʼn sakkiz yoshgacha boʼlgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz oʼz ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
  3. Barcha javoblar toʼgʼri.
  4. qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qoʼyish va ularni tasarruf etish;
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#217
Notoʼgʼri norma berilgan munosabatni koʼrsating?
  1. qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablagʼlarni tasarruf etish borasidagi bitimlar.
  2. Olti yoshdan oʼn toʼrt yoshgacha boʼlgan kichik yoshdagi bolalar mayda maishiy bitimlar;
  3. Barcha javoblar toʼgʼri.
  4. tekin manfaat koʼrishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat roʼyxatidan oʼtkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#218
Notoʼgʼri norma berilgan munosabatni koʼrsating?
  1. Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab boʼlgan asoslar bekor boʼlsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va unga belgilangan vasiylikni bekor qiladi
  2. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi
  3. Barcha javoblar toʼgʼri.
  4. Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʼz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qoʼyilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#219
Fuqaroni bedarak yoʼqolgan deb topishga nima asos boʼladi?
  1. manfaatdor shaxslarning arizasi boʼlsa
  2. Fuqaro toʼgʼrisida bir oy davomida maʼlumotlar boʼlmasa
  3. IIB xizmatining maʼlumoti boʼlsa
  4. Fuqaro harbiy xizmatga ketgan boʼlsa
Javobni ko'rish
manfaatdor shaxslarning arizasi boʼlsa
#220
Notoʼgʼri norma berilgan munosabatni koʼrsating?
  1. Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini bekor qilish va tiklash fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan, manfaatdor shaxslar oʼrtasida nizo boʼlsa yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar boʼlsa — sud qarori asosida amalga oshiriladi
  2. Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini tuzatish va oʼzgartirish yetarli asoslar boʼlsa hamda manfaatdor shaxslar oʼrtasida nizo boʼlmasa, fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi
  3. Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʼzgartirish, jinsning oʼzgartirilishi kabi voqea va faktlar fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegishli oʼzgartishlar kiritish yoʼli bilan ifodalanadi
  4. Barcha javoblar toʼgʼri.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#221
Notoʼgʼri norma berilgan munosabatni koʼrsating?
  1. Tijoratchi tashkilot boʼlmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy taʼminlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
  2. Tijoratchi tashkilot boʼlgan yuridik shaxs xoʼjalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
  3. Tijoratchi boʼlmagan tashkilot oʼzining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanishi mumkin.
  4. Barcha javoblar toʼgʼri.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#222
Notoʼgʼri norma berilgan munosabatni koʼrsating?
  1. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) uning taʼsis hujjatlarida koʼrsatiladi.
  2. Yuridik shaxs oʼzi bilan boʼladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega boʼlishi lozim hamda oʼzining pochta manzili oʼzgarganligi toʼgʼrisida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart.
  3. Barcha javoblar toʼgʼri.
  4. Yuridik shaxsning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʼlmasa, u davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan joy bilan belgilanadi.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#223
Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik nima?
  1. Yuridik shaxslar qoʼshib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatida koʼrsatilganligidan yoki koʼrsatilmaganligidan qatʼi nazar yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʼtadi.
  2. Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy shakli oʼzgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatida koʼrsatilganligidan yoki koʼrsatilmaganligidan qatʼi nazar yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʼtadi.
  3. Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʼshilganida, bu yuridik shaxsga qoʼshilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatida koʼrsatilganligidan yoki koʼrsatilmaganligidan qatʼi nazar oʼtadi.
  4. Barcha javoblar toʼgʼri.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri.
#224
Masʼuliyati cheklangan jamiyat bu?
  1. bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilab qoʼyilgan miqdorlardagi ulushlarga boʼlingan jamiyat tan olinadi
  2. Jamiyatning oʼz hissasini toʼla qoʼshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʼyicha har bir ishtirokchi hissasining toʼlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʼladilar
  3. Masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʼyicha javobgar boʼlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʼliq zarar uchun oʼzlari qoʼshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʼladilar
  4. Barcha javoblar toʼgʼri
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#225
Аktsiyadorlik jamiyati bu?
  1. Ustav fondi muayyan aktsiyalar soniga boʼlingan jamiyat aktsiyadorlik jamiyati hisoblanadi
  2. Barcha javoblar toʼgʼri
  3. Аktsiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aktsiyadorlik jamiyati ekanligi oʼz ifodasini topishi kerak
  4. aktsiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aktsiyadorlar) uning majburiyatlari boʼyicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʼliq zarar uchun oʼzlariga qarashli aktsiyalar qiymati doirasida javobgar boʼladilar
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#226
Fuqarolik huquqlarining obʼektlari boʼlmagan qatorni belgilang?
  1. pul va qimmatli qogʼozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar
  2. ishlar va xizmatlar
  3. Barcha javoblar toʼgʼri
  4. ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, sanʼat asarlari
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#227
Intellektual mulk huquqi oʼzining tabiatiga koʼra nechta turga boʼlinadi?
  1. 4 turga
  2. 5 turga
  3. 3 turga
  4. 2 turga
Javobni ko'rish
2 turga
#228
Muallif soʼziga qaysi qatorda toʼgʼri taʼrif berilgan
  1. oʼzga shaxsnining asaridan foydalanuvchi shaxs
  2. huquqlarni sotib olgan shaxs
  3. ijodiy mehnati bilan asar yaratgan shaxs
  4. Barcha javoblar toʼgʼri
Javobni ko'rish
ijodiy mehnati bilan asar yaratgan shaxs
#229
Mualliflik huquqi Oʼzbekiston Respublikasida qaysi qonunlar bilan tartibga solinadi
  1. Fuqarolik kodeksi hamda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʼgʼrisida”gi Qonun
  2. Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik kodeksi
  3. “Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida”gi
  4. Selektsiya yutuqlari toʼgʼrisida
Javobni ko'rish
Fuqarolik kodeksi hamda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʼgʼrisida”gi Qonun
#230
Quyidagilardan qaysi biri mualliflik huquqi obʼekti hisoblanmaydi?
  1. gʼoya
  2. enktsiplopediya
  3. tasviriy sanʼat asari
  4. tarjima asar
Javobni ko'rish
gʼoya
#231
Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari boshqa shaxslarga oʼtkaziladimi?
  1. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari mavjud emas.
  2. Qisman oʼtkaziladi
  3. Ha
  4. Yoʼq
Javobni ko'rish
Ha
#232
Mualliflik huquqi subʼekti, vafotidan soʼng uning muhofaza davri qanchani tashkil etadi?
  1. 70 yil
  2. muddatsiz
  3. 25 yil
  4. 50 yil
Javobni ko'rish
70 yil
#233
Intellektual mulk boʼyicha xalqaro tashkilot nomi?
  1. YuNESKO
  2. YuNISEF
  3. BIMT
  4. BMT
Javobni ko'rish
BIMT
#234
Mualliflik huquqi obektlari boʼlgan asarlar qatori toʼgʼri berilgan qatorni toping?
  1. tasviriy sanʼat asarlari, manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari, arxitektura, shaharsozlik va bogʼ-park barpo etish sanʼati asarlari;
  2. barcha javoblar toʼgʼri
  3. musiqali drama asarlari, xoreografiya asarlari va pantomimalar, audiovizual asarlar, rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari
  4. adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʼquv, publitsistik va boshqa asarlar), drama va stsenariy asarlari, matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
Javobni ko'rish
barcha javoblar toʼgʼri
#235
Mualliflik huquqi obektlari hisoblanmaydigan materiallar qaysi qatorda toʼgʼri keltirib oʼtilgan?
  1. rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, toʼxtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari, rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar)
  2. insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʼljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.
  3. barcha javoblar toʼgʼri
  4. xalq ijodiyoti asarlari, oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar
Javobni ko'rish
barcha javoblar toʼgʼri
#236
Mualliflik huquqi qachondan boshlab yuzaga keladi?
  1. davlat registratsiyasidan oʼtgandan boshlab yuzaga keladi
  2. yaratish fakti boʼyicha yuzaga keladi
  3. guvohnoma berilgandan boshlab yuzaga keladi
  4. Аgentlikka ariza topshirilgandan soʼng yuzaga keladi
Javobni ko'rish
yaratish fakti boʼyicha yuzaga keladi
#237
Notoʼgʼri tarif berilgan qatorni aniqlang
  1. Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki koʼp taraflama (shartnomalar) boʼlishi mumkin.
  2. Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan koʼp taraf (koʼp taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan boʼlishi kerak.
  3. Bitim tuzish uchun qonunchilikka yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli boʼlsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi.
  4. barcha javoblar toʼgʼri
Javobni ko'rish
barcha javoblar toʼgʼri
#238
Qanday bitimlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish shart?
  1. barcha javoblar toʼgʼri
  2. merosni qabul qilib olish
  3. Ipoteka
  4. uzoq muddatli ijara
Javobni ko'rish
barcha javoblar toʼgʼri
#239
Notoʼgʼri tarif berilgan qatorni aniqlang
  1. agar daʼvogar yoki javobgar harbiy holatga oʼtkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qoʼshinlari va ichki qoʼshinlar tarkibida boʼlsa
  2. Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli
  3. barcha javoblar toʼgʼri
  4. agar daʼvo qoʼzgʼatilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib boʼlmaydigan favqulodda hodisa (engib boʼlmas kuch) toʼsqinlik qilgan boʼlsa
Javobni ko'rish
barcha javoblar toʼgʼri
#240
Mulk huquqining obʼektlari berilgan qatorni toping
  1. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo boʼshligʼi, oʼsimlik va hayvonot dunyosi
  2. intellektual mulk obʼektlari
  3. barcha javoblar toʼgʼri
  4. korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qogʼozlar
Javobni ko'rish
barcha javoblar toʼgʼri
#241
Xususiy mulk huquqining subʼektlari berilgan qatorni toping
  1. Fuqarolar
  2. ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli boʼlmagan boshqa yuridik shaxslar
  3. barcha javoblar toʼgʼri
  4. xoʼjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari
Javobni ko'rish
barcha javoblar toʼgʼri
#242
Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash va undan ulush ajratish deganda nimani tushunasiz?
  1. Ulushli mulk ishtirokchisi oʼz ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga haqli.
  2. Ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar oʼrtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin.
  3. barcha javoblar toʼgʼri.
  4. Ulushli mulk ishtirokchilari umumiy mol-mulkni taqsimlash yoki ulardan birining ulushini ajratish usuli va shartlari toʼgʼrisida kelishuvga erisha olmasalar, ulushli mulk ishtirokchisi oʼz ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli
Javobni ko'rish
barcha javoblar toʼgʼri.
#243
Mulkdor oʼz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishi bu?
  1. barcha javoblar toʼgʼri
  2. Vindikatsiya
  3. insofli egallovchi
  4. negator daʼvo
Javobni ko'rish
Vindikatsiya
#244
Mulkdor oʼz huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʼliq boʼlmasa ham, bartaraf etishni talab qilishi bu?
  1. vindikatsiya daʼvo
  2. insofli egallovchi
  3. negator daʼvo
  4. barcha javoblar toʼgʼri
Javobni ko'rish
negator daʼvo
#245
Fuqarolik huquqiy munosabati boʼlib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar koʼrsatish, pul toʼlash va hokazo yoki muayyan harakatdan oʼzini saqlashga majbur boʼlishi bu?
  1. Majburiyat
  2. Daʼvo talabi
  3. Insofli harakat
  4. Barcha javoblar toʼgʼri
Javobni ko'rish
Majburiyat
#246
Majburiyatni bajarish joyi deganda nimani tushunasiz?
  1. koʼchmas mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʼyicha — mol-mulk turgan joyda;
  2. Barcha javoblar toʼgʼri
  3. qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan oʼzga majburiyatlari boʼyicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga maʼlum boʼlgan boʼlsa;
  4. tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʼyicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#247
Pul majburiyati boʼyicha talablarni qondirish navbati qanday?
  1. Barcha javoblar toʼgʼri
  2. asosiy qarz boʼyicha muddati oʼtgan qarzdorlik va muddati oʼtgan foiz toʼlovlari mutanosib ravishda;
  3. joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz boʼyicha qarzdorlik;
  4. neustoyka (jarima, penya);
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#248
Qarzni depozitga qoʼyish yoʼli bilan majburiyatni bajarish?
  1. majburiyat boʼyicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yoʼqligi koʼrinib turgan boʼlsa, xususan bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar oʼrtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan;
  2. Barcha javoblar toʼgʼri
  3. majburiyat bajarilishi lozim boʼlgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs boʼlmasa;
  4. kreditor muomalaga layoqatsiz boʼlsa va uning vakili boʼlmasa yoki vakil rozi boʼlmasa;
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#249
Majburiyatning bajarilishi usullar qanday?
  1. kafillik
  2. Barcha javoblar toʼgʼri
  3. qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish
  4. neustoyka
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#250
Аyni bir mol-mulkka boʼlgan oʼz huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi toʼgʼrisida garov reestriga yozuv kiritgan kreditorlarning talablari qanday navbatga muvofiq qanoatlantiriladi?
  1. ikkinchi navbatda majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkni olish yoki kreditor tomonidan ushbu mol-mulkni qarzdorga berishdan kelib chiqadigan majburiyatlar boʼyicha talablar qanoatlantiriladi;
  2. uchinchi navbatda, agar mol-mulk kreditor tomonidan taqdim etilgan mablagʼlar yoki mol-mulk hisobidan olingan (ishlab chiqarilgan) boʼlsa, mol-mulk bilan taʼminlanadigan majburiyatlar boʼyicha talablar qanoatlantiriladi;
  3. Barcha javoblar toʼgʼri
  4. birinchi navbatda mazkur mol-mulkni ushlab qolish yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotish orqali taʼminlanadigan majburiyatlar boʼyicha talablar qanoatlantiriladi;
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#251
Undiruv garov narsasiga qanday hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin?
  1. qonunda boshqa shaxsning yoki organning garov toʼgʼrisida shartnoma tuzish uchun roziligi yoxud ruxsati haqidagi talab belgilangan boʼlsa
  2. garovga qoʼyuvchi yoʼqolgan boʼlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʼlmasa.
  3. Barcha javoblar toʼgʼri
  4. garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʼzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʼlsa
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#252
Notoʼgʼri tarif berilgan qatorni aniqlang
  1. Barcha javoblar toʼgʼri
  2. Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni taʼminlash uchun ham tuzilishi mumkin.
  3. Kafillik shartnomasi boʼyicha kafil boshqa shaxs oʼz majburiyatini toʼla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʼz zimmasiga oladi
  4. Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy boʼlmasligiga olib keladi.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
#253
Mualliflik huquqining amal qilish sohasi
  1. Barcha javoblar toʼgʼri
  2. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan asarlarga
  3. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari boʼlgan yoki Oʼzbekiston Respublikasi hududida doimiy turish joyiga ega boʼlgan mualliflarning yoki mualliflik huquqining boshqa dastlabki egalik qiluvchilarining asarlariga
  4. mualliflarining fuqaroligi va doimiy turish joyidan qatʼi nazar, Oʼzbekiston Respublikasida birinchi marta chop etilgan asarlarga
Javobni ko'rish
Barcha javoblar toʼgʼri
QuizPilotda o'ynash