QuizPilot › Fanlar › Sotsiologiya
Sotsiologiya

Pedagogika ON

muallif: luvvvlaby · 148 ta savol · 1 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon nima deb ataladi?
  1. Ta’lim.
  2. Barcha javoblar to‘gri
  3. Rivojlanish
  4. Tarbiya
Javobni ko'rish
Tarbiya
#2
“Bugungi murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda”. Ushbu fikr muallifini toping.
  1. S. Djobs
  2. Sh.M.Mirziyoyev
  3. I.A.Karimov
  4. M.Abdurashidxonov
Javobni ko'rish
Sh.M.Mirziyoyev
#3
Tarbiya maqsadi ____________________ asosida belgilanadi.
  1. Ijtimoiy byurtma asosida
  2. Bolaning individualligi asosida
  3. Ma’naviy qadriyatlar asosida
  4. Tarbiyachining imkoniyatlari asosida
Javobni ko'rish
Ijtimoiy byurtma asosida
#4
Shaxsning ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi tarbiya turi.
  1. Ruxiy tarbiya
  2. Aqliy tarbiya
  3. Axloqiy tarbiya
  4. Jismoniy tarbiya
Javobni ko'rish
Aqliy tarbiya
#5
Lotin. “estezio” – “go‘zallikni his etaman” ma’nosini bildiruvchi tarbiya turini toping.
  1. Jismoniy tarbiya
  2. Nafosat tarbiya
  3. Axloqiy tarbiya
  4. Aqliy tarbiya
Javobni ko'rish
Nafosat tarbiya
#6
“Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur” mashhur iborasi kimga tegishli.
  1. Fitrat
  2. Avloniy
  3. Bexbudiy
  4. Farobiy
Javobni ko'rish
Avloniy
#7
«Hikoya qilish, o‘rgatish» tarbiya metodlarini qaysi guruhiga kiradi?
  1. Nasihat qilish
  2. Tushuntirish
  3. Mashq
  4. Namuna
Javobni ko'rish
Mashq
#8
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillani toping.
  1. Ota-onalar, pedagoglar, do‘stlar
  2. Davlat siyosati, ijtimoiy hayot.
  3. Ijtimoiy muhit, pedagogik muhit, biologik ta’sir
  4. Oila, maktab, OAV.
Javobni ko'rish
Ijtimoiy muhit, pedagogik muhit, biologik ta’sir
#9
Quyidagi bola tarbiyasidagi fikrlar kimga tegishli: Oiladagi eng og‘ir vazifa bola tug‘ilgandan keyingi farzand tarbiyasidir... Agar saodat, izzat, osoyishtalik, rohat, sharaf, nomus va e’tibor kerak bo‘lsa, tezroq avlod tarbiyasi usullarini bilib olib, bolalarimizni shu usul va qoidalar asosida tarbiyalashimiz lozim.
  1. Ushinskiy
  2. Behbudiy.
  3. Komenskiy
  4. Fitrat
Javobni ko'rish
Fitrat
#10
Qadimgi Rimda ta’lim va tarbiyaning asosiy maqsadi qanday shaxsni shakllantirishga qaratilgan edi?
  1. Diniy marosimlarga bo‘ysunuvchi va an’analarga qat’iy amal qiluvchi shaxsni tarbiyalashga
  2. Harbiy tayyorgarligi kuchli va jismonan chiniqqan fuqaroni tarbiyalashga
  3. Mustaqil fikrlovchi, har tomonlama rivojlangan va faol fuqaroni tarbiyalashga
  4. Asosan notiqlik san’atini egallagan va siyosiy nutqqa tayyor shaxsni tarbiyalashga
Javobni ko'rish
Asosan notiqlik san’atini egallagan va siyosiy nutqqa tayyor shaxsni tarbiyalashga
#11
Quyidagi fikrlar kimga tegishli: «Og‘ziga kelganni demak nodonning ishi, oldig‘a kelganni yemak hayvonning ishi»
  1. A.R.Beruniy
  2. Z.M.Bobur
  3. A.Navoiy
  4. Ibn Sino
Javobni ko'rish
A.Navoiy
#12
Ushbu ta’rif nimaga nisbatan aytilgan: Individni shaxs, mutaxassis sifatida shakllantiruvchi harakatdagi ijtimoiy-pedagogik hodisa
  1. Ijtimoiy tizim
  2. Ta’lim-tarbiya tizimi
  3. Pedagogik tizim
  4. Ta’lim texnologiyasi
Javobni ko'rish
Ta’lim-tarbiya tizimi
#13
Tarbiya mazmuni to’g’ri belgilangan qatorni toping?
  1. shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, amaliy pedagogik jarayon
  2. yosh avlodni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash
  3. muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muofiq yosh avlodni tarbiyalash
  4. ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari
Javobni ko'rish
muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muofiq yosh avlodni tarbiyalash
#14
Tarbiya turlari to’g’ri berilgan qatorni toping.
  1. iqtisodiy, jismoniy, madaniy
  2. jismoniy, aqliy, ekologik
  3. vatanparvarlik, axloqiy, iqtisodiy
  4. ekologik, iqtisodiy, rag’batlantiruvchi
Javobni ko'rish
jismoniy, aqliy, ekologik
#15
Turkiy tilda yaratilgan dastlabki ta’limiy-axloqiy asar nomi keltirilgan qatorni toping.
  1. “Hibbat-ul haqoyiq”
  2. “Mahbub-ul qulub”
  3. “Devoni lug’otit-turk”
  4. “Qutadg’u bilig”
Javobni ko'rish
“Qutadg’u bilig”
#16
Milliy qadriyatlar tushunchasiga ta‘rif bering.
  1. odamlarga hamisha bir xil munosabatda bo‘lish
  2. o‘ziga ravo ko‘rganni boshqalarga ham ravo ko‘rish
  3. xalqimiz azaldan amal qilib kelayotgan fazilatlari, odatlari va turmush tarzimizning an‘analari majmuyi
  4. hamisha pok yurish, pok bo‘lish va pokizalikka rioya qilish
Javobni ko'rish
xalqimiz azaldan amal qilib kelayotgan fazilatlari, odatlari va turmush tarzimizning an‘analari majmuyi
#17
Dunyoda yashovchi xalqlarning tajribasidan o‘tib o‘zgalar tomonidan qabul qilingan yondashuvlar majmuyi nima?
  1. Milliy qadriyatlar
  2. Globallashuv
  3. Indekatorlar
  4. Umuminsoniy qadriyatlar
Javobni ko'rish
Umuminsoniy qadriyatlar
#18
Axloqiy tarbiya nima?
  1. Axloqni etika fani o‘rganadi.
  2. Ahloq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish
  3. Bola shaxsini tarbiyalashda eng muxim tarbiya
  4. Ma’naviy rivojlanish tarbiyasi
Javobni ko'rish
Ahloq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish
#19
«Pedagogiya, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir». Pedagogikaga bu ta’rif kim tomonidan berilgan?
  1. Xamza
  2. Shakuriy
  3. Bexbudiy
  4. Avloniy
Javobni ko'rish
Avloniy
#20
“Takrorlash bilimning asosidir”. Ushbu ibora qaysi pedagog olimga tegishli?
  1. Makarenko
  2. Korchak
  3. Komenskiy
  4. Ushinskiy
Javobni ko'rish
Komenskiy
#21
“Donishnoma” asarining muallifi kim?
  1. Farg‘oniy
  2. Beruniy
  3. Farobiy
  4. Ibn Sino
Javobni ko'rish
Ibn Sino
#22
Amir Temur davlat ishlarini idora etish qoidalarini qaysi asarida batafsil bayon etgan?
  1. Sohibqiron Temur
  2. Temur tuzuklarida
  3. Malfuzoti Temuriy
  4. Voqi oti Temuriy
Javobni ko'rish
Temur tuzuklarida
#23
Qadimgi yunon pedagogikasida “kalokagatiya” tushunchasi nimani anglatadi?
  1. Asosan aqliy salohiyat va ilmiy bilimlarni ustuvor qo‘yish tamoyilini
  2. Faqat jismoniy kuch va harbiy tayyorgarlikni rivojlantirish g‘oyasini
  3. Jismoniy go‘zallik, axloqiy poklik va aqliy kamolot uyg‘unligini
  4. San’at, musiqa va adabiyot orqali estetik didni shakllantirish g‘oyasini
Javobni ko'rish
Jismoniy go‘zallik, axloqiy poklik va aqliy kamolot uyg‘unligini
#24
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda qanday tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi?
  1. Aqliy tarbiya
  2. Jismoniy tarbiya
  3. Ijtimoiy tarbiya
  4. Ma’naviy tarbiya
Javobni ko'rish
Ma’naviy tarbiya
#25
Sparta davlatida asosiy ta’lim-tarbiya konsepsiyasining bosh maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan?
  1. Axloqan yetuk, badiiy didi rivojlangan va ijodiy tafakkurli shaxsni tarbiyalash
  2. Jismonan chiniqqan, intizomli, jasur va harbiy hayotga tayyor shaxsni tarbiyalash
  3. Aqliy rivojlangan, falsafiy fikrlaydigan va ilmiy izlanishga moyil shaxsni tarbiyalash
  4. Har tomonlama bilimli, san’atga qiziquvchi va notiqlikni egallagan shaxsni tarbiyalash
Javobni ko'rish
Jismonan chiniqqan, intizomli, jasur va harbiy hayotga tayyor shaxsni tarbiyalash
#26
Bolalar dastlab “Vatan”, “xalq” tushunchalarining mohiyatini qaerda o‘zlashtiradi?
  1. Maxallada
  2. Oilada
  3. Maktabda
  4. Maktabgacha ta’lim muassasasida
Javobni ko'rish
Oilada
#27
Jalloliddin Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asari uch qismdan iborat. Uning birinchi qismi qaysi fanga taaluqli?
  1. Axloqqa
  2. Iqtisodiyotga
  3. Ta’limga
  4. Oilaga
Javobni ko'rish
Axloqqa
#28
Jahon ilmida “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) nomiga musharraf bo‘lgan donishmand kim?
  1. Konfutsiy
  2. Farobiy
  3. Termiziy
  4. Buxoriy
Javobni ko'rish
Farobiy
#29
Zardushtiylikning asosiy g‘oyasi.
  1. Ezgu niyat, ezgu kayfiyat, ta’lim-tarbiya
  2. Ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal
  3. Saodat, e’tiqod , tafakkur
  4. Falsafa, siyosat, e’tikod
Javobni ko'rish
Ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal
#30
Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlash shakllari.
  1. Ota- onalar bilan yakka tartibda ishlash, ochiq eshiklar kunini tashkil etish.
  2. Ota- onalar yig’ilishini o’tkazish, ota- onalar qo’mitasi ish faoliyatini tashkil etish.
  3. Barcha javoblar to’g’ri.
  4. Ota- onalar bilan yozishmalar, ibratli oilalarning bola tarbiyasidagi tajribasini ommalashtirish.
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to’g’ri.
#31
Qaysi javobda tarbiyaga pedagogika fani nuqati nazaridan qaralgan?
  1. Tarbiya - odamning rivojlanishi va shaxs sifatida kamol topishini ta’minlovchi jarayon.
  2. Tarbiya odamning ruhiy rivojlanishini belgilovchi omil.
  3. Tarbiya jamiyatning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi omil.
  4. Tarbiya- jamiyat taraqqiyotini belgilovchi va ma’naviy yuksalishiga ta’sir ko`rsatuvchi omil.
Javobni ko'rish
Tarbiya - odamning rivojlanishi va shaxs sifatida kamol topishini ta’minlovchi jarayon.
#32
Yosh avlodni jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlarga rioya qilish, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, tabiatga mas`ullik munosabatini shakllantirish – qaysi tarbiya turining vazifasi hisoblanadi?
  1. Iqtisodiy tarbiya
  2. Jismoniy tarbiya
  3. Ruxiy tarbiya
  4. Axloqiy tarbiya
Javobni ko'rish
Axloqiy tarbiya
#33
O`qituvchining kasbiy sifatlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni aniqlang.
  1. Ijodkorlik, qat’iyatlilik, tashkilotchilik, bilimdonlilik, izlanuvchanlik, tashabbuskorlik, talabchanlik.
  2. Ong hissi va xulq-atvor malakalari va milliy qadriyatlar bilan oshno qilish, huquqiy ongni shakllantirish.
  3. Vatanparvarlik, izntizomlilik, yaxshilik qilish, bolalarni sevish, ijodkorlik, kuzatuvchanlik.
  4. Nutq qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish, obro` orttira olish, kelajakni ko`ra olish qobiliyati, kuzatuvchanlik, mas’uliyatlilik.
Javobni ko'rish
Vatanparvarlik, izntizomlilik, yaxshilik qilish, bolalarni sevish, ijodkorlik, kuzatuvchanlik.
#34
Qaysi asarda dehqonlarga nisbatan: “O‘zing bular bilan aralashgin, qo‘shilgin, tilda yaxshi so‘zla, yuzungni ochiq tut”deya ta’rif berilgan?
  1. Qutadg‘u bilik
  2. Hayrat ul-abror
  3. Mahbub ul-qulub
  4. Hibat ul-haqoyiq
Javobni ko'rish
Mahbub ul-qulub
#35
Ijtimoiy institutlarga nimalar kiradi?
  1. Oliy o‘quv yurtlari, maktab
  2. Oila, ta’lim, madaniyat, din, mahalla
  3. Tarbiya muassasalari.
  4. Korxonalar, viloyatlar, jamoa
Javobni ko'rish
Oila, ta’lim, madaniyat, din, mahalla
#36
Quyidagilardan qaysilari jazolash metodlariga kiradi?
  1. Ma’ruza, o‘git, etik suhbat
  2. Mashq , pedagoik talab, xayfsan berish
  3. O‘z-o‘zini baholash, uyaltirish, musobaqa
  4. Tanbeh berish, uyaltirish, ogohlantirish
Javobni ko'rish
Tanbeh berish, uyaltirish, ogohlantirish
#37
Insoniyat rivojlanishining ikkinchi bosqichiga xos bo‘lgan asosiy xususiyat qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Urf-odat va udumlarga asoslangan tarbiyaning maxsus shakl va usullarda vujudga kelishi
  2. Tarbiyaning ilmiy-nazariy tizim sifatida shakllanib borishi
  3. Tarbiyaning davlat va jamiyat siyosati darajasiga ko‘tarilishi
  4. Tarbiyaning yozma manbalarga asoslanib, maktab shaklida tashkil etilishi
Javobni ko'rish
Urf-odat va udumlarga asoslangan tarbiyaning maxsus shakl va usullarda vujudga kelishi
#38
38. Jismoniy tarbiya vazifalarini belgilang.
  1. Jismoniy rivojlanish, sog`liqni mustahkamlash, chiniqish, harakat sifatlarini rivojlantirish.
  2. Umuminsoniy madaniyat va milliy qadriyatlarni bilishga jalb qilish.
  3. Ishbilarmon, sog’lom shaxsni tarbiyalash.
  4. Mehnatga odatlanish va muhabbatni singdirish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni qaror toptirish.
Javobni ko'rish
Jismoniy rivojlanish, sog`liqni mustahkamlash, chiniqish, harakat sifatlarini rivojlantirish.
#39
Insoniyat rivojlanishining uchinchi bosqichiga xos bo‘lgan muhim belgilar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Yozuvning paydo bo‘lishi, maktablarning tashkil topishi va ilmiy ta’limning yuzaga kelishi
  2. Davlatlarning vujudga kelishi, qonunlarning yaratilishi va rasmiy ta’lim tizimi
  3. Diniy ta’limotlarning shakllanishi, kitob madaniyatining rivojlanishi va ustoz-shogird an’anasi
  4. Oilaning paydo bo‘lishi, initsiatsiya udumlarining shakllanishi va ibtidoiy jamoa tarbiyasi
Javobni ko'rish
Yozuvning paydo bo‘lishi, maktablarning tashkil topishi va ilmiy ta’limning yuzaga kelishi
#40
Insoniyat rivojlanishining birinchi bosqichiga xos bo‘lgan asosiy belgi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Tarbiyaning maxsus ijtimoiy vazifa sifatida ajralib chiqishi
  2. Ta’lim va tarbiyaning mustaqil ijtimoiy institut sifatida shakllanishi
  3. Yozma ta’limning paydo bo‘lishi va maktablarning tashkil etilishi
  4. Ilmiy-pedagogik tizimlarning vujudga kelishi
Javobni ko'rish
Tarbiyaning maxsus ijtimoiy vazifa sifatida ajralib chiqishi
#41
Tarbiya diagnostikasi berilgan qatorni toping
  1. Kuzatuv, suhbat, test
  2. Sintez, umumlashtirish, abstraktlash
  3. Kompter diagnostikasi, pedagogik test
  4. Proektiv test, modellashtirish
Javobni ko'rish
Kuzatuv, suhbat, test
#42
“Tarbiya – bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishini ta’minlashning amaliy jarayonlarini o‘z ichiga olishi kerak” degan fikr muallifi kim?
  1. Iogann Genrix Pestalotsiy
  2. Jon Lokk
  3. Herbert Spenser
  4. Yan Amos Komenskiy
Javobni ko'rish
Iogann Genrix Pestalotsiy
#43
Axloqiy munosabatlar dastlab qayerda shakllanadi?
  1. Maxallada
  2. Maktabda
  3. Oilada
  4. OAV orqali
Javobni ko'rish
Oilada
#44
Jismoniy tarbiya darslari orqali o’quvchilarda shakllantiriladigan sifatlar
  1. Chiniqish, mas’uliyatni his qilish, oliyjanoblik.
  2. Vatanparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo’ylik.
  3. Kamtarlik, xushmuomalalik, bag’rikenglik.
  4. Kuch, epchillik, chaqqonlik, chidamlilik, tezkorlik.
Javobni ko'rish
Kuch, epchillik, chaqqonlik, chidamlilik, tezkorlik.
#45
Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislar soni qanchani tashkil etadi?
  1. 500 ming
  2. 600 ming
  3. 300 ming
  4. 100 ming
Javobni ko'rish
600 ming
#46
Inson kamolotida uch narsa- “irsiyat, muhit, tarbiya” muhim rol o‘ynaydi degan fikrni ilk bor ilgari surgan olimning nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Farobiy
  2. Motrudiy
  3. Beruniy
  4. Ibn Sino
Javobni ko'rish
Ibn Sino
#47
Inson tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi fan bu:
  1. Axloqshunoslik
  2. Psixologiya
  3. Odobnoma
  4. Pedagogika
Javobni ko'rish
Pedagogika
#48
Insonning biologik mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi tushuncha – bu:
  1. Inson
  2. Individ
  3. Sub’ekt
  4. Shaxs
Javobni ko'rish
Individ
#49
Quyida qaysi tarbiya turi vazifasi ko‘rsatilgan: O`quvchilarni mehnat qilishga odatlantirish va unga muhabbatni tarbiyalash, o`z–o`ziga xizmat qilishga, o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatish, kasbga yo’naltirish, zarur mehnat ko’nikmalarini shakllantirish.
  1. Mehnat tarbiyasi
  2. Jismoniy tarbiya
  3. Axloqiy tarbiya
  4. Aqliy tarbiya
Javobni ko'rish
Mehnat tarbiyasi
#50
«Uchdan keyin kech» nomli bola tarbiyasi haqidagi asar muallifini toping
  1. Masaru Ibuka
  2. Zigmund Freyd
  3. Konfutsiy
  4. YAnush Korchak
Javobni ko'rish
Masaru Ibuka
#51
Individual sifatlarga, intellektual va irodaviy sifatlarga ega bo’lgan odam bu-
  1. Individ
  2. Sub’ekt
  3. Inson
  4. Shaxs
Javobni ko'rish
Shaxs
#52
Oilaning eng muhim vazifasi bu.
  1. Farzand uchun sog’lom muhit yaratish.
  2. Tinch- totuv yashash.
  3. Reproduktiv va farzand tarbiyasi
  4. Oilani asrab avaylash
Javobni ko'rish
Reproduktiv va farzand tarbiyasi
#53
Kaykovusning “Qobusnoma” asari necha bobdan iborat ?
  1. 37 bob
  2. 44 bob
  3. 41bob
  4. 39 bob
Javobni ko'rish
44 bob
#54
Tarbiyada bolaning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish, qobiliyatlarini kuzatish va rivojlantirish zarurligini ilmiy asoslab bergan alloma kim?
  1. Alisher Navoiy
  2. Abu Ali ibn Sino
  3. Imom G‘azzoliy
  4. Abu Nasr Forobiy
Javobni ko'rish
Abu Ali ibn Sino
#55
Tarbiyada ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda asosiy sanaluvchi metod, bu:
  1. Didaktik o‘yin
  2. Namoyish
  3. Mashq
  4. Muammoli
Javobni ko'rish
Mashq
#56
Malaka – bu:
  1. Insonni uzoq yillar davomida o‘zlashtira olgan bilimlar majmuasi
  2. Bilimlarni amalda bir necha bor qo‘llanilishi orqali sodir bo‘ladi
  3. Ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan, bexato bajariladigan harakati
  4. Mehnat qilish jarayonida hosil bo‘lgan ko‘nikmalar natijasi hisoblanadi
Javobni ko'rish
Ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan, bexato bajariladigan harakati
#57
Movarounnaxrda davlat arboblaridan kim XV asrda maktablar islohotini o‘tkazdi?
  1. Navoiy
  2. Husayn Boyqaro
  3. Ulug‘bek
  4. Bobur
Javobni ko'rish
Ulug‘bek
#58
Oila tarbiyasining asosiy yo‘nalishlari – bu:
  1. Aqliy zakovat, insoniy fazilatlarni shakllantirish hisoblanadi
  2. Ahloqiy fazilat, vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish hisoblanadi
  3. Bolalarni insonparvarlik umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat
  4. Aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi hisoblanadi
Javobni ko'rish
Aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi hisoblanadi
#59
Savol-javob evristik suhbat metodi asoschisi qaysi faylasuf olim?
  1. Demokrit
  2. Suqrot
  3. Aflotun
  4. Arastu
Javobni ko'rish
Suqrot
#60
Tarbiyaviy soat necha qismdan iborat va ular qaysilar?
  1. 4ta: yo’naltiruv- chi, ma’rifiy, baholovchi, ma’naviy.
  2. 3 qismdan: ma’naviy- ma’rifiy, baholovchi, yo’naltiruvchi
  3. 2qismdan: ma’rifiy, baholovchi.
  4. 1 qismdan: yo’naltiruvchi.
Javobni ko'rish
3 qismdan: ma’naviy- ma’rifiy, baholovchi, yo’naltiruvchi
#61
O’z - o’ziga ta’sir qiluvchi usullar.
  1. O’z - o’zini majbur qilish.
  2. O’z - o’zi- ga ta’sir qilish.
  3. Ko’nikma hosil qilish.
  4. Iroda va qat’iyatlilik
Javobni ko'rish
O’z - o’zini majbur qilish.
#62
Tarbiyaviy tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
  1. Matematik-statistik, evrestik, innavatsion tajriba
  2. Tabiiy tajriba, laboratoriya tajribasi, tajriba ishi
  3. Bolalarni ijodini o‘rganish, statistika va boshqalar
  4. Laboratoriya tajribasi, amaliy tajribasi, anketa-sinov tajribasi
Javobni ko'rish
Tabiiy tajriba, laboratoriya tajribasi, tajriba ishi
#63
Tarbiya qaysi fanlar klassifikatsiyasiga kiradi?
  1. Didaktik
  2. Siyosiy
  3. Huquqiy
  4. Ijtimoiy
Javobni ko'rish
Ijtimoiy
#64
Xalq o’yinlarining tarbiyaviy ahamyatini izohlang.
  1. O’quvchilarni hozir javoblikka o’rgatish.
  2. O’quvchilarni bilm olishga urgatish.
  3. O’quvchilarni sezgirlikka, ziyraklikka, fikr yuritishga o’rgatish.
  4. O’quvchilarni vatanparvarlikka o‘rgatish.
Javobni ko'rish
O’quvchilarni sezgirlikka, ziyraklikka, fikr yuritishga o’rgatish.
#65
Tarbiyaviy vaziyatlarni taxlil qilish texnologiyasi nomi qaerda to‘g‘ri berilgan?
  1. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi
  2. Case study
  3. Muammoli ta’lim texnologiyasi
  4. Loyixalash texnologiyasi
Javobni ko'rish
Case study
#66
O’quvchining burch va vazifalariga nimalar kiradi?
  1. O’z-o’zini boshkarish va bilim olish.
  2. Jamoat ishlarida katnashishukituvchilariga buysunish.
  3. Tadbirlarda katnashish.
  4. Maktab mulkini asrash, bilim olish va tarbiyaviy ishlarga katnashish
Javobni ko'rish
Maktab mulkini asrash, bilim olish va tarbiyaviy ishlarga katnashish
#67
Jamoani jipslashtirishda qanday ta’lim texnologiyalaridan foydalanish kerak?
  1. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari
  2. Muammoli ta’lim texnologiyasi
  3. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari
  4. Guruhda ishlash texnologiyalari
Javobni ko'rish
Guruhda ishlash texnologiyalari
#68
“Bolaning tabiati rivojlanishga moyil bo‘ladi, uni qanday g‘oyalar bilan to‘ldirish ota-ona va ustozga bog‘liq” ushbu fikrlar muallifi kim?
  1. Imom Buxoriy
  2. A.Avloniy
  3. Abu Nasr Forobiy
  4. Alisher Navoiy
Javobni ko'rish
A.Avloniy
#69
“Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi” ushbu fikrlar muallifi kim?
  1. Aristotel
  2. Demokrit
  3. Suqrot
  4. Pifagor
Javobni ko'rish
Aristotel
#70
“Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o‘z bolalarini tarbiyalashi, o‘qitishi, hunarga o‘rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak” ushbu fikrlar muallifi kim?
  1. S.Sheroziy
  2. J.Rumiy
  3. M.Ulug‘bek
  4. Z.Bobur
Javobni ko'rish
Z.Bobur
#71
Shaxsni tarbiyalash quyidagi manbalar asosida amalga oshiriladi:
  1. Avlodlar tomonidan to’plangan bilim va madaniy qadriyatlarni uzatish jarayonidir.
  2. Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot , yo najopt – yo halokat , yo saodat – yo falokat masalasidir
  3. Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi.
  4. Ajdodlarimiz yaratgan badiiy, falsafiy, san’at asarlarini o‘zlashtirish orqali yangi xislatlarni o‘zlashtirish kabilar
Javobni ko'rish
Ajdodlarimiz yaratgan badiiy, falsafiy, san’at asarlarini o‘zlashtirish orqali yangi xislatlarni o‘zlashtirish kabilar
#72
Xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, adab degan ma’nolarni anglatadi -
  1. Tarbiya
  2. Ma’naviyat
  3. Axloq
  4. Odob
Javobni ko'rish
Axloq
#73
Pedagogika fanining predmeti to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
  1. Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish
  2. Pedagogik faoliyat turlari va shakllari
  3. Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanish qonuniyatlari
  4. Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanish jarayoni
Javobni ko'rish
Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanish qonuniyatlari
#74
Tarbiya jarayonining vazifalarini ko‘rsating.
  1. Tarbiyani yo‘naltiriluvchanligining sistemalashtirilishi
  2. Tarbiya barkamollik dasturiga xizmat qilishi
  3. Barcha javoblar to‘g‘ri
  4. Tarbiyaning maqsadli va manzilli bo‘lishini ta’minlash
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri
#75
“Fozil odamlar shahri” asarining muallifi kim?
  1. Beruniy
  2. Ibn Sino
  3. Xorazmiy
  4. Farobiy
Javobni ko'rish
Farobiy
#76
Estetik tarbiyaning maqsadini aniqlang
  1. o‘qituvchining bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya berishda xalqimizning o‘ziga xos milliy tarbiyasidan o‘rinli foydalanishi yaxshi samara beradi.
  2. ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganishdir.
  3. aqliy, axloqiy, jismoniy va mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
  4. tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash
Javobni ko'rish
tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash
#77
Sharq allomalaridan kim ta’lim – tarbiyaga birinchi bo‘lib ta’rif bergan?
  1. Ibn Sino
  2. Farobiy
  3. Al-Xorazmiy
  4. Beruniy
Javobni ko'rish
Farobiy
#78
O‘quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ko‘proq nimalarga e’tibor bermoq lozim?
  1. Ahloqiy tarbiyaga
  2. Mehnatda mashq qildirishga
  3. Ishbilarmon kishini tarbiyalashga
  4. Iqtisodiy tarbiyaga
Javobni ko'rish
Mehnatda mashq qildirishga
#79
Quyidagi mashqlardan qaysi biri chaqqonlik (tezkorlik) sifatini rivojlantiradi?
  1. Turnikda tortinish
  2. Estafeta yuguriqlari va to‘sqinliklardan o‘tish mashqlari
  3. Og‘ir shtangani ko‘tarish
  4. 30–60 daqiqa yugurish
Javobni ko'rish
Estafeta yuguriqlari va to‘sqinliklardan o‘tish mashqlari
#80
Organizmning uzoq vaqt davomida charchamasdan ishlash qobiliyati qanday jismoniy sifatga kiradi?
  1. Kuch
  2. Epchillik
  3. Chidamlilik
  4. Tezkorlik
Javobni ko'rish
Chidamlilik
#81
Pedagogik jarayonda “tarbiya” tushunchasining eng to‘g‘ri ta’rifi qaysi?
  1. Faqat axloqiy sifatlarni shakllantirish jarayoni
  2. Insonning tug‘ma xususiyatlarini o‘zgartirish jarayoni
  3. Shaxsni ongli ravishda har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan tizimli ta’sir+
  4. O‘quvchiga ma’lumot yetkazish va tekshirish jarayoni
Javobni ko'rish
Shaxsni ongli ravishda har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan tizimli ta’sir+
#82
Jismoniy tarbiya pedagogikaning qaysi asosiy vazifasini bajaradi?
  1. Shaxsning jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarini rivojlantiradi
  2. Faqat sog‘lom turmush targ‘iboti bilan cheklanadi
  3. O‘quvchilarning faqat sportga qiziqishini oshiradi
  4. O‘quvchini sportchilar tayyorlashga majbur qiladi
Javobni ko'rish
Shaxsning jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarini rivojlantiradi
#83
Ruhiy tarbiya ilmiy-psixologik nuqtai nazardan quyidagi qaysi jarayonlarning tizimli shakllantirilishini o'z ichiga oladi?
  1. Faqat jismoniy chidamlilik va sportdagi yutuqlar.
  2. Shaxsiy, hissiy, ijtimoiy va kognitiv salohiyatlarni rivojlantirish.
  3. Faqat professional kasbiy ko'nikmalarni egallash.
  4. Faqat akademik bilimlar va xotirani yaxshilash.
Javobni ko'rish
Shaxsiy, hissiy, ijtimoiy va kognitiv salohiyatlarni rivojlantirish.
#84
Ruhiy tarbiya berishda maktabning asosiy vazifalaridan biri qaysi?
  1. Bolaning barcha hissiy muammolarini faqat ota-ona zimmasiga yuklash
  2. Bolaga moddiy ta’minot berish
  3. Farzandni faqat akademik bilimlar bilan ta’minlash
  4. Bolaga ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatish va jamoaga moslashtirish
Javobni ko'rish
Bolaga ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatish va jamoaga moslashtirish
#85
Quyidagilardan qaysi biri ota-onaning ruhiy tarbiyada eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi?
  1. Bolaga ko‘proq moddiy narsalar olib berish
  2. Bolani doimo tanqid qilib turish
  3. Hissiyotlarni nomlash va boshqarishni o‘rgatish
  4. Bolaga faqat maktabdagi darslarni o‘rgatish
Javobni ko'rish
Hissiyotlarni nomlash va boshqarishni o‘rgatish
#86
Biror kishi xafa bo'lgan paytda o'zining aynan g'azablanayotganini anglay olsa va bu g'azab qaysi voqea sababli kelib chiqqanini tahlil qilsa. Bu ruhiy tarbiyaning qaysi elementi bilan bevosita bog'liq?
  1. Munosabatlarni Boshqarish
  2. O‘z-o‘zini Anglash (Self-Awareness)
  3. Mas'uliyatli Qaror Qabul Qilish
  4. Ijtimoiy Anglash (Empatiya)
Javobni ko'rish
O‘z-o‘zini Anglash (Self-Awareness)
#87
Ruhiy tarbiyaga berilgan to'g'ri ta'rifni toping
  1. Bolalarda intellektni rivojlantirishda kitoblarning o'rni
  2. Bolalarga madaniyatli bo'lishni o'rgatish
  3. Ota-onaning farzandiga munosabati
  4. Insonning ichki dunyosini, xulq-atvorini, iymon-e'tiqodini va ma'naviy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan uzluksiz jarayon
Javobni ko'rish
Insonning ichki dunyosini, xulq-atvorini, iymon-e'tiqodini va ma'naviy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan uzluksiz jarayon
#88
Axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi nima?
  1. Texnik bilimlarni oshirish
  2. San’atga mehr uyg‘otish
  3. Insonda yaxshi xulq-atvor va odobni shakllantirish
  4. Bolalarni sportga qiziqtirish
Javobni ko'rish
Insonda yaxshi xulq-atvor va odobni shakllantirish
#89
Axloqiy tarbiyada oilaning roli nimada namoyon bo‘ladi?
  1. Bolaga moddiy yordam berish
  2. O‘qituvchini kuzatib boorish
  3. Faqat dars qilishni nazorat qilish
  4. Bolaga birinchi axloqiy ko‘nikmalarni singdirish
Javobni ko'rish
Bolaga birinchi axloqiy ko‘nikmalarni singdirish
#90
Bolalarda halollikni shakllantirishning eng samarali yo‘li qaysi?
  1. Gap bilan tez-tez eslatish
  2. Qattiq jazolash
  3. O‘zingiz halol bo‘lib, namuna ko‘rsatish
  4. Ko‘p hadyalar berish
Javobni ko'rish
O‘zingiz halol bo‘lib, namuna ko‘rsatish
#91
Maktabdagi axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi qaysi?
  1. Texnika darslarini ko‘paytirish
  2. Sport musobaqalarini tashkil qilish
  3. O‘quvchilarga tartib, intizom va hurmatni o‘rgatish
  4. Faqat baho qo‘yish
Javobni ko'rish
O‘quvchilarga tartib, intizom va hurmatni o‘rgatish
#92
Quyidagi qaysi holat axloqiy xulqning ijobiy namunasi?
  1. Navbatni buzish
  2. Do‘stga yordam berish
  3. Kattalarga salom bermaslik
  4. O‘yinchoqni yashirish
Javobni ko'rish
Do‘stga yordam berish
#93
Axloqiy tarbiya nima?
  1. Odamning jismoniy kuchini rivojlantirish jarayoni
  2. To‘g‘ri va noto‘g‘rini farqlash, odob-axloq qoidalariga amal qilishni o‘rgatuvchi jarayon
  3. Faqat ota-onalarga beriladigan ta’lim turi
  4. Odamning faqat ichki dunyosini bezash san’ati
Javobni ko'rish
To‘g‘ri va noto‘g‘rini farqlash, odob-axloq qoidalariga amal qilishni o‘rgatuvchi jarayon
#94
Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifasi qaysi?
  1. O‘quvchilarda yaxshi xulq-odob, hurmat va mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirish
  2. Darslarni qiziqarli o‘tkazish
  3. O‘quvchilarga faqat nazariy bilim berish
  4. O‘quvchilarning sportga qiziqishini oshirish
Javobni ko'rish
O‘quvchilarda yaxshi xulq-odob, hurmat va mas’uliyat kabi fazilatlarni shakllantirish
#95
Bolalarda axloqiy xulq-atvorni shakllantirishda eng muhim omil qaysi?
  1. Bolaga ko‘p topshiriqlar berish orqali intizomni kuchaytirish
  2. Faqat nazariy axloqiy qoidalarni o‘qitish
  3. Kattalarning shaxsiy namunasi va kundalik xulq-atvordagi izchillik
  4. Jismoniy mashg‘ulotlarni ko‘paytirish
Javobni ko'rish
Kattalarning shaxsiy namunasi va kundalik xulq-atvordagi izchillik
#96
Agar ta’lim qonuniy hujjatlarsiz ishlasa, qanday muammolar yuzaga keladi?
  1. Darsliklar tartibsiz bo‘ladi
  2. O‘qituvchining huquqlari himoyasiz qoladi
  3. Barcha javoblar to‘g‘ri
  4. Davlat standartlari yo‘qoladi
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri
#97
Konstruktivizm nazariyasining (J. Piaje, L. Vygotskiy) asosiy mazmuni qaysi fikrda to‘g‘ri ifodalangan?
  1. Bilimlarni o‘quv jarayonida tizimli tushuntirish va mustahkamlash asosiy o‘rinda turishi
  2. O‘rganish jarayonida fan mazmunini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish ustuvor bo‘lishi
  3. Talabaning bilimni faol o‘zlashtirishi, tajriba va muhit bilan muloqot asosida qurishi
  4. Talabaning bilimi o‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan faoliyat jarayonida izchil shakllantirilishi
Javobni ko'rish
Talabaning bilimni faol o‘zlashtirishi, tajriba va muhit bilan muloqot asosida qurishi
#98
Konstruktivizmga ko‘ra, talaba ta’lim jarayonida qanday rolni bajaradi?
  1. O‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan faoliyatda bilimlarni izchil o‘zlashtiruvchi ishtirokchi
  2. O‘quv topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarni bosqichma-bosqich egallovchi subyekt
  3. Fan mazmunini o‘zlashtirishda yo‘naltirilgan va boshqariladigan o‘rganuvchi
  4. Bilimni mustaqil quruvchi, tajriba va ijtimoiy muloqot orqali rivojlanuvchi shaxs
Javobni ko'rish
Bilimni mustaqil quruvchi, tajriba va ijtimoiy muloqot orqali rivojlanuvchi shaxs
#99
Tajriba asosidagi ta’lim nazariyasining (J. Dyui) markaziy g‘oyasi nimadan iborat?
  1. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni tizimli bayon etishdan
  2. Bilimlarni mantiqiy tizim asosida mustahkamlab borishdan
  3. O‘quv mazmunini fan asoslari asosida ketma-ket berishdan
  4. O‘qish jarayonini hayotiy tajriba va amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘lashdan
Javobni ko'rish
O‘qish jarayonini hayotiy tajriba va amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘lashdan
#100
Quyidagi mashg‘ulotlardan qaysi biri J. Dyui nazariyasiga eng mos keladi?
  1. O‘quv matnlarini tahlil qilib, umumiy xulosalar chiqarish
  2. Amaliy mashg‘ulotlar, loyihalar va ko‘nikmaga yo‘naltirilgan topshiriqlarni bajarish
  3. Mavzular bo‘yicha og‘zaki va yozma nazorat ishlarini o‘tkazish
  4. Muammoli savollar asosida nazariy tushunchalarni muhokama qilish
Javobni ko'rish
Amaliy mashg‘ulotlar, loyihalar va ko‘nikmaga yo‘naltirilgan topshiriqlarni bajarish
#101
Ekologik tizim nazariyasida (U. Bronfenbrenner) ta’lim jarayoni qanday talqin qilinadi?
  1. Shaxs rivojiga ta’sir etuvchi pedagogik muhitlar majmuasi sifatida
  2. Ta’lim subyektlari o‘rtasidagi pedagogik munosabatlar tizimi sifatida
  3. Oila, maktab, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimi sifatida
  4. Ta’lim muassasasi faoliyatiga bog‘liq ijtimoiy jarayon sifatida
Javobni ko'rish
Oila, maktab, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimi sifatida
#102
Konstruktivizm va tajriba asosidagi ta’lim nazariyalarini birlashtiruvchi asosiy jihat qaysi?
  1. O‘rganishda talaba faolligi va tajribaning yetakchi o‘rin tutishi
  2. Ta’lim mazmunining kompetensiyalar asosida belgilanishi
  3. Ta’lim jarayonining tizimli va rejalashtirilgan holda olib borilishi
  4. Pedagogik nazorat va baholashning muhim ahamiyat kasb etishi
Javobni ko'rish
O‘rganishda talaba faolligi va tajribaning yetakchi o‘rin tutishi
#103
Slaydda keltirilgan nazariyalar majmuasi nimaga xizmat qiladi?
  1. O‘quv rejalari mazmunini modernizatsiya qilishga
  2. Pedagogik faoliyatning tashkiliy mexanizmlarini kuchaytirishga
  3. Ta’lim jarayonining metodik asoslarini tizimlashtirishga
  4. Ta’limni faol, hayot bilan bog‘liq va ko‘p omilli tizim sifatida rivojlantirishga
Javobni ko'rish
Ta’limni faol, hayot bilan bog‘liq va ko‘p omilli tizim sifatida rivojlantirishga
#104
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning huquqiy poydevori sifatida qaysi hujjatlar majmuasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlari
  2. “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun, “Pedagog maqomi to‘g‘risida” Qonun va Prezident farmonlari
  3. Vazirlik buyruqlari, metodik tavsiyalar va yo‘riqnomalar
  4. O‘quv-uslubiy majmualar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
Javobni ko'rish
“Ta’lim to‘g‘risida” Qonun, “Pedagog maqomi to‘g‘risida” Qonun va Prezident farmonlari
#105
O‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirishga doir davlat dasturlari va strategik hujjatlarni to‘g‘ri aks ettiruvchi qator qaysi?
  1. Ta’lim sifatini baholash milliy dasturi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish nizomlari
  2. O‘quv jarayonini modernizatsiya qilish dasturi va kredit-modul tizimini joriy etish nizomi
  3. 2030-yilgacha ta’lim konsepsiyasi, Yoshlar siyosati strategiyasi va Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
  4. Innovatsion rivojlanish davlat dasturi va raqamli ta’limni joriy etish konsepsiyasi
Javobni ko'rish
2030-yilgacha ta’lim konsepsiyasi, Yoshlar siyosati strategiyasi va Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
#106
Ta’lim tizimini rivojlantirishning psixologik asoslari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Biogenetik, ijtimoiy (sotsial) va psixogenetik yondashuvlar
  2. Kognitiv, emotsional va motivatsion rivojlanish yo‘nalishlari
  3. Kasbiy yo‘naltirish, moslashuv va refleksiya jarayonlari
  4. Intellektual salohiyat, irodaviy sifatlar va kommunikativ rivojlanish
Javobni ko'rish
Kognitiv, emotsional va motivatsion rivojlanish yo‘nalishlari
#107
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
  1. 2020-yil 23-sentabr
  2. 1992-yil 7-avgust
  3. 1997-yil 30-avgust
  4. 2020-yil 19-may
Javobni ko'rish
2020-yil 23-sentabr
#108
Quyidagi qatorlardan qaysi biri uzluksiz ta’lim tizimiga kiruvchi ta’lim turlarini aks ettiradi?
  1. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim, mustaqil ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim hamda malaka oshirish tizimi
  2. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim, oliy ta’lim, magistratura bosqichi, mustaqil ta’lim hamda ixtisoslashtirilgan kurslar
  3. Umumiy o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, masofaviy ta’lim, qayta tayyorlash tizimi
  4. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim
Javobni ko'rish
Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim
#109
Quyidagi qatorlardan qaysi biri uzluksiz ta’lim tizimiga kiruvchi ta’lim turlarini to‘g‘ri va to‘liqroq aks ettiradi?
  1. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim, mustaqil ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim hamda malaka oshirish tizimi
  2. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim, oliy ta’lim, magistratura bosqichi, mustaqil ta’lim hamda ixtisoslashtirilgan kurslar
  3. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim
  4. Umumiy o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, masofaviy ta’lim, qayta tayyorlash tizimi
Javobni ko'rish
Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim
#110
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish qaysi yo‘nalishda mustahkamlangan?
  1. Ta’limni moliyalashtirishga oid normalar doirasida belgilangan
  2. Ta’lim tizimini boshqarish normalari doirasida belgilangan
  3. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan normalar doirasida belgilangan
  4. Ta’lim faoliyatini tashkil etish qoidalari doirasida ko‘rsatilgan
Javobni ko'rish
Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan normalar doirasida belgilangan
#111
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatiga doir talablar qaysi yondashuv asosida ifodalangan?
  1. Nodavlat muassasalar faoliyatini litsenziyalash, attestatsiya va akkreditatsiya tamoyili asosida ifodalangan
  2. Nodavlat muassasalar faoliyatini ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tkazish tamoyili asosida ifodalangan
  3. Nodavlat muassasalar faoliyatini cheklash tamoyili asosida ifodalangan
  4. Nodavlat muassasalar faoliyatini soddalashtirish tamoyili asosida ifodalangan
Javobni ko'rish
Nodavlat muassasalar faoliyatini litsenziyalash, attestatsiya va akkreditatsiya tamoyili asosida ifodalangan
#112
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ta’lim tizimini moliyalashtirishda davlatning roli qanday belgilangan?
  1. Ta’limni faqat budjetdan tashqari manbalar orqali moliyalashtirish
  2. Ta’limni asosan ta’lim xizmatlari orqali moliyalashtirish
  3. Ta’limni asosan homiylik mablag‘lari asosida rivojlantirish
  4. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlarini belgilash
Javobni ko'rish
Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlarini belgilash
#113
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida xalqaro hamkorlik qaysi yo‘nalishda ifodalangan?
  1. Xorijiy ta’lim dasturlarini ichki tizimdan chiqarib tashlash
  2. Xorijiy ta’lim muassasalari faoliyatini cheklash mexanizmlarini belgilash
  3. Ta’lim jarayonini faqat milliy model asosida tashkil etish
  4. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va huquqiy asoslarini belgilash
Javobni ko'rish
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va huquqiy asoslarini belgilash
#114
Pedagog xodimlarning huquqiy maqomi Qonunda qanday yondashuv asosida mustahkamlangan?
  1. Ularning faoliyatini faqat nazorat mexanizmlari asosida belgilash
  2. Ularning huquqlari, majburiyatlari, ijtimoiy kafolatlari va kasbiy himoyasini belgilash
  3. Ularning faoliyatini faqat ichki tartib-qoidalar asosida belgilash
  4. Ularning ish faoliyatini faqat attestatsiya talablari asosida belgilash
Javobni ko'rish
Ularning huquqlari, majburiyatlari, ijtimoiy kafolatlari va kasbiy himoyasini belgilash
#115
Umumiy o‘rta ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari qaysi variantda to‘g‘ri ifodalangan?
  1. Umumiy o‘rta ta’limda attestatsiya jarayonlarini kengaytirish va sinf yuklamasini oshirish
  2. Darsliklarni yangilash, STEM yo‘nalishini joriy etish va inklyuziv ta’limni rivojlantirish
  3. Umumiy o‘rta ta’limni to‘liq masofaviy shaklga o‘tkazish va mustaqil ta’limni ustuvor qilish
  4. Umumiy o‘rta ta’limda nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va fanlar sonini oshirish
Javobni ko'rish
Darsliklarni yangilash, STEM yo‘nalishini joriy etish va inklyuziv ta’limni rivojlantirish
#116
Pedagogika fanining obyekti nimadan iborat?
  1. Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanish qonuniyatlari
  2. Pedagogik texnologiyalar va metodlar majmui
  3. Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanish jarayoni
  4. Shaxs rivojlanishining ichki mexanizmlari
Javobni ko'rish
Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanish jarayoni
#117
Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar qaysi qatorda to‘g‘ri aks ettirilgan?
  1. Maktabgacha ta’limda baholash tizimini joriy etish va attestatsiyani kuchaytirish
  2. Maktabgacha ta’limda qat’iy standart dasturlarni kuchaytirish va nazoratni oshirish
  3. Bolalarni erta ixtisoslashtirish va akademik fanlarga ustuvorlik berish
  4. 6 yoshdan majburiy ta’lim, Montessori va zamonaviy metodlar hamda ota-ona va tarbiyachi hamkorligi
Javobni ko'rish
6 yoshdan majburiy ta’lim, Montessori va zamonaviy metodlar hamda ota-ona va tarbiyachi hamkorligi
#118
Akseleratsiya tushunchasi qaysi holatni ifodalaydi?
  1. Jismoniy rivojlanishning yosh me’yorlariga nisbatan tezlashib borishi
  2. Jismoniy rivojlanishning o‘rtacha ko‘rsatkichlardan orqada qolishi
  3. Jismoniy rivojlanishning yosh me’yorlariga mos, barqaror kechishi
  4. Jismoniy rivojlanish sur’atlarining umumiy sekinlashuvi
Javobni ko'rish
Jismoniy rivojlanishning yosh me’yorlariga nisbatan tezlashib borishi
#119
Retardatsiya tushunchasi nimani anglatadi?
  1. O‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 2–3 yil kechikish
  2. Jismoniy rivojlanishning yosh me’yorlariga nisbatan tezlashib borishi
  3. Jismoniy rivojlanishning yosh me’yorida kechishi
  4. Jismoniy rivojlanish sur’atlarining umumiy sekinlashuvi
Javobni ko'rish
O‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 2–3 yil kechikish
#120
Detselepatsiya tushunchasi nimani anglatadi?
  1. Jismoniy rivojlanishning yosh me’yorlariga nisbatan tezlashib borishi
  2. Jismoniy rivojlanish sur’atlarining sekinlashuvi
  3. Jismoniy rivojlanishning yosh me’yorida kechishi
  4. O‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 2–3 yil kechikish
Javobni ko'rish
Jismoniy rivojlanish sur’atlarining sekinlashuvi
#121
Bola so‘nggi paytlarda kattalarning deyarli barcha iltimoslariga “yo‘q” deb javob bermoqda, hatto o‘zi xohlaydigan ish taklif qilinsa ham rad etadi. U hamma narsani o‘zi bajarishga urinadi (“Men o‘zim!”), tez-tez o‘jarlik qiladi, norozilik bildiradi, ba’zan ataylab qarshilik ko‘rsatadi va o‘z xohishini o‘tkazishga harakat qiladi. Ushbu holatlar majmui psixologiyada qanday tushuncha bilan izohlanadi?
  1. Uch yosh inqirozi
  2. Ijtimoiy moslashuv jarayoni
  3. O‘smirlik davridagi emotsional beqarorlik
  4. Shaxs xarakterining barqarorlashuvi
Javobni ko'rish
Uch yosh inqirozi
#122
Bola hayotida asosiy faoliyat turi sifatida o‘yin asta-sekin o‘rnini o‘qish faoliyati egallay boshladi. U o‘qish, yozish, hisoblash ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirmoqda, bilim olishga qiziqishi kuchaygan. Mantiqiy fikrlash, taqqoslash, umumlashtirish kabi aqliy amallari rivojlanmoqda. O‘z muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligiga nisbatan munosabat bildiradi, o‘ziga baho bera boshlaydi, tengdoshlari bilan do‘stlik munosabatlari chuqurlashmoqda. Ushbu holatlar majmui rivojlanishning qaysi davriga xos?
  1. Kichik maktab yoshi davri
  2. O‘smirlik davri
  3. Maktabgacha yosh davri
  4. Ilk bolalik davri
Javobni ko'rish
Kichik maktab yoshi davri
#123
Bola so‘nggi paytlarda o‘zini ko‘proq anglashga harakat qilmoqda, tashqi ko‘rinishi va shaxsiy xususiyatlariga kuchli e’tibor qaratmoqda. Tengdoshlari bilan munosabatlar uning hayotida birinchi o‘ringa chiqib, guruhga tegishli bo‘lish ehtiyoji kuchaygan. Kayfiyati tez-tez o‘zgaradi, mustaqillikka intiladi, kattalar bilan kelishmovchiliklar ko‘paygan. Mantiqiy va mavhum fikrlash rivojlanib, hayot, ma’no va kelajak haqida savollar bera boshlagan. Ushbu holatlar majmui rivojlanishning qaysi davriga xos?
  1. Kichik maktab yoshi davri
  2. O‘smirlik davri
  3. O‘spirinlik (ilk yoshlik) davri
  4. Ilk bolalik davri
Javobni ko'rish
O‘smirlik davri
#124
Inson tarbiyasida nafsni poklash, yaxshi odoblarni singdirish hamda ustoz rahbarligida ilm va amal uyg‘unligini asosiy omil sifatida ko‘rsatgan mutafakkir kim?
  1. Alisher Navoiy
  2. Abu Ali ibn Sino
  3. Imom G‘azzoliy
  4. Abu Nasr Forobiy
Javobni ko'rish
Imom G‘azzoliy
#125
O‘quvchi darslarda faol ishtirok etmoqda, mustaqil topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarmoqda, sinfdoshlariga yordam bermoqda. O‘qituvchi uning bu ijobiy xulqini mustahkamlash maqsadida uni omma oldida maqtaydi, faxriy yorliq bilan taqdirlaydi va ota-onasiga minnatdorchilik bildiradi. Ushbu vaziyatda qaysi tarbiya metodi qo‘llanilmoqda?
  1. Rag‘batlantirish metodi
  2. Talab qo‘yish va nazorat metodi
  3. Ishontirish metodi
  4. Jazolash metodi
Javobni ko'rish
Rag‘batlantirish metodi
#126
O‘quvchi maktab ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda buzmoqda, dars jarayoniga xalaqit bermoqda va sinfdoshlariga nisbatan hurmatsizlik qilmoqda. O‘qituvchi bu holatning oldini olish maqsadida unga ogohlantirish beradi, ayrim imtiyozlarini vaqtincha cheklaydi hamda xatti-harakatlari uchun mas’uliyat yuklaydi. Ushbu vaziyatda qaysi tarbiya metodi qo‘llanilmoqda?
  1. Rag‘batlantirish metodi
  2. Jazolash metodi
  3. Mashq qildirish metodi
  4. Ishontirish metodi
Javobni ko'rish
Jazolash metodi
#127
Maktabda o‘quvchilar muntazam ravishda jamoaviy mehnat ishlarida ishtirok etmoqda, sport to‘garaklariga qatnashib, intizom va irodani rivojlantirmoqda, shuningdek, rasm chizish, teatr va musiqiy mashg‘ulotlar orqali o‘z ichki dunyosini boyitmoqda. Loyiha ishlari orqali ularda mustaqil fikrlash va mas’uliyat hissi shakllanmoqda. Ushbu tarbiyaviy yondashuv qaysi metodga asoslangan?
  1. Faoliyat orqali tarbiyalash metodi
  2. So‘z orqali ta’sir etish metodi
  3. Nazorat va baholash metodi
  4. Ishontirish va tushuntirish metodi
Javobni ko'rish
Faoliyat orqali tarbiyalash metodi
#128
Konvensiya nechta davlat ratifikatsiya qilganidan keyin kuchga kirgan?
  1. 50 ta davlat
  2. 2 ta davlat
  3. 40 ta davlat
  4. 60 ta davlat
Javobni ko'rish
40 ta davlat
#129
“Inklyuziya” atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi?
  1. lotincha inclusio – qamrab olingan
  2. inglizcha inclusion – qo‘shilgan
  3. fransuzcha inclusion – kiritilgan
  4. yaponcha inkuru – ajratilgan
Javobni ko'rish
lotincha inclusio – qamrab olingan
#130
1980-yillarning o‘rtalaridan hozirgacha qaysi model amal qiladi?
  1. integratsiya modeli
  2. inklyuziya modeli
  3. savdo-bozor modeli
  4. normalizatsiya modeli
Javobni ko'rish
inklyuziya modeli
#131
20-asr boshidan 60-yillar o‘rtasigacha amal qilgan “tibbiy model” nimaga olib kelgan?
  1. nogironlarning qisman integratsiyasiga
  2. nogironlarning sport bilan shug‘ullanishiga
  3. nogironlarning alohida maktablarga ajratilishiga
  4. nogironlarning izolyatsiyasiga
Javobni ko'rish
nogironlarning izolyatsiyasiga
#132
PQ-4860-son qaror qachon qabul qilingan?
  1. 2020-yil 13-oktabrda
  2. 2021-yil 13-oktabrda
  3. 2020-yil 13-dekabrda
  4. 1991-yil 1-sentabrda
Javobni ko'rish
2020-yil 13-oktabrda
#133
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qaysi moddasi “Inklyuziv ta’lim” deb nomlangan?
  1. 120-modda
  2. 20-modda
  3. 55-modda
  4. 9-modda
Javobni ko'rish
20-modda
#134
Bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kimning xulosasiga binoan yuboriladi?
  1. tibbiy-pedagogik maslahat kengashi xulosasiga
  2. mahalla fuqarolar yig‘ini raisi xulosasiga
  3. psixologik-pedagogik maktab konsiliumi xulosasiga
  4. tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasiga
Javobni ko'rish
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasiga
#135
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining necha foizi nogironlikka ega?
  1. 18 foizi
  2. 12 foizi
  3. 15 foizi
  4. 50 foizi
Javobni ko'rish
15 foizi
#136
Inklyuziya rivojlanishining uch jihati qaysilar?
  1. inklyuziv madaniyat, siyosat va moliyalashtirish
  2. inklyuziv madaniyat, siyosat va amaliyot
  3. inklyuziv madaniyat, amaliyot va tibbiyot
  4. inklyu1.
Javobni ko'rish
inklyuziv madaniyat, siyosat va amaliyot
#137
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasidagi ta’rifni to‘ldiring: «Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va ________ hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan».
  1. ota-onalarning moddiy ahvolini
  2. jismoniy imkoniyatlar cheklanganligini
  3. individual qobiliyatlar darajasini
  4. individual imkoniyatlarning xilma-xilligini
Javobni ko'rish
individual imkoniyatlarning xilma-xilligini
#138
Umumta’lim maktabida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun alohida sinf ochildi. Bu bolalar boshqa o‘quvchilar bilan faqat tanaffusda va maktab tadbirlarida uchrashadi. Bu holat qaysi modelga mos keladi?
  1. Inklyuziya modeliga
  2. Eksklyuziya modeliga
  3. Segregatsiya modeliga
  4. Integratsiya modeliga
Javobni ko'rish
Integratsiya modeliga
#139
Ota-ona tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lgan farzandini mahalladagi umumta’lim maktabining 1-sinfiga berishni so‘radi. Direktor esa «Bunday bolalar faqat ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qiydi» deb rad etdi. Qonun asosida qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Direktor haq, chunki bunday bolalar faqat davlat ixtisoslashtirilgan muassasalarida o‘qitiladi
  2. Direktor haq, chunki nogironligi bo‘lgan bolalar maktab ta’limidan ozod qilinadiziv sport, san’at va savdo
  3. Rad etish qisman to‘g‘ri: bola o‘sha maktabda faqat alohida sinfda o‘qishi mumkin
  4. Rad etish asossiz: bola umumta’lim maktabida inklyuziv shaklda ta’lim olish huquqiga ega
Javobni ko'rish
Rad etish asossiz: bola umumta’lim maktabida inklyuziv shaklda ta’lim olish huquqiga ega
#140
«Uchdan keyin kech» kitobining muallifi kim?
  1. Akio Morita
  2. Sinichi Suzuki
  3. Alisher Navoiy
  4. Masaru Ibuka
Javobni ko'rish
Masaru Ibuka
#141
Masaru Ibuka qaysi kompaniyaning asoschilaridan biri?
  1. Coca-Cola
  2. Toshiba
  3. Panasonic
  4. Sony
Javobni ko'rish
Sony
#142
Kitob Yaponiyada birinchi marta qaysi yilda nashr etilgan?
  1. 1971-yilda
  2. 1977-yilda
  3. 1991-yilda
  4. 1871-yilda
Javobni ko'rish
1971-yilda
#143
Masaru Ibukaning mashhur fikrini to‘ldiring: «Hech bir bola daho bo‘lib tug‘ilmaydi va ...»
  1. daholik faqat irsiyat orqali beriladi
  2. hamma bolalar bir xil qobiliyatli tug‘iladi
  3. hech biri iste’dodsiz bo‘lib tug‘ilmaydi
  4. hech biri ahmoq bo‘lib ham tug‘ilmaydi
Javobni ko'rish
hech biri iste’dodsiz bo‘lib tug‘ilmaydi
#144
Masaru Ibuka bola tarbiyasida nimani o‘zgartirishni taklif qiladi?
  1. o‘qitish usulini emas, balki mazmunini
  2. o‘qitish mazmunini emas, balki usulini
  3. bolani maktabga umuman bermaslikni
  4. o‘qitish mazmunini ham, usulini ham butunlay
Javobni ko'rish
o‘qitish mazmunini emas, balki usulini
#145
Ikki yoshli bolaning onasi «Klassik musiqani bolam hali tushunmaydi, unga erta» deb o‘ylaydi. Ibuka g‘oyalariga ko‘ra ona qanday yo‘l tutgani to‘g‘ri?
  1. Bolaga hozirdan klassik musiqani muntazam tinglatishi kerak
  2. Bolani har qanday musiqa va tovushdan asrashi kerak
  3. Uch yoshdan keyin bolani musiqa to‘garagiga berishi kerak
  4. Bolaga faqat sodda bolalar qo‘shiqlarini tinglatishi kerak
Javobni ko'rish
Bolaga hozirdan klassik musiqani muntazam tinglatishi kerak
#146
Masaru Ibukaga ko‘ra, bola aqliy rivojlanishining hal qiluvchi davri qaysi?
  1. o‘n sakkiz yoshdan keyingi davr
  2. uch yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan davr
  3. tug‘ilgandan uch yoshgacha bo‘lgan davr
  4. tug‘ilgandan bir yoshgacha bo‘lgan davr
Javobni ko'rish
tug‘ilgandan uch yoshgacha bo‘lgan davr
#147
Oilada buvi bola bilan o‘zbekcha, ona esa ruscha gaplashadi. Ota «Ikki til bolani chalg‘itadi, bittasini tanlaylik» deydi. Ibuka g‘oyalariga ko‘ra qaysi yo‘l to‘g‘ri?
  1. Bola bilan maktab yoshigacha hech qaysi tilda kam gaplashish
  2. Avval bitta tilni o‘rgatib, ikkinchisini uch yoshdan keyin boshlash
  3. Ikkinchi tilni faqat multfilm va kitoblar orqali tanishtirib borish
  4. Ikkala tilda gaplashishni davom ettirish, bola ikkalasini tabiiy o‘zlashtiradi
Javobni ko'rish
Ikkala tilda gaplashishni davom ettirish, bola ikkalasini tabiiy o‘zlashtiradi
#148
Quyidagi misollardan qaysi biri ekologik tizim yondashuviga eng mos keladi?
  1. O‘quv jarayoniga jamoatchilik tashkilotlarini jalb etish
  2. Oila – maktab – mahalla hamkorligiga asoslangan tarbiyaviy faoliyat
  3. Ta’lim muassasasi va talabalar o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari
  4. Talabalar uchun tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimi
Javobni ko'rish
Oila – maktab – mahalla hamkorligiga asoslangan tarbiyaviy faoliyat
QuizPilotda o'ynash