O'zbekiston tarixi
O'zbekistonning_eng_yangi_tarixi_fanidan_test_savollari_doclab_uz
muallif: Safira🌱 · 87 ta savol ·
5 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Mustaqillik qo’lga kiritilgunga qadar O‘zbekiston tarixi eng qadimgi davrdan boshlab nechta taraqqiyot bosqichiga bo’lingan edi?
- 2 ta
- 5 ta
- 4 ta
- 3 ta
Javobni ko'rish
5 ta
#2
Tariximizning yozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda qaysi manbalar yordamga keladi?
- Arxeologik va yozma manbalar
- Moddiy va yozma manbalar
- Yozma va arxiv manbalari
- Arxeologik, antropologik va etnografik manbalar
Javobni ko'rish
Arxeologik, antropologik va etnografik manbalar
#3
Quyidagi javoblar ichidan O‘zbekiston tarixi fanining ilmiy-nazariy uslublari va tamoyillari to’g’ri keltirilganini toping?
- Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy, xolisona o‘rganish va tahlil qilish
- Tarixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o‘rganish va yozish
- Barcha javoblar to’g’ri
- Tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o‘rganish va tahlil qilish
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to’g’ri
#4
Nima sababdan O‘zbekiston tarixi fanini o’rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati katta?
- Manbalar tarixni tilga kiritadi
- Inson qo’li va aql-zakovati bilan yaratilganligi uchun
- Haqqoniy tarix faqatgina yozma manbalarda yozib qoldirilgan
- To’g’ri javob yo’q
Javobni ko'rish
Manbalar tarixni tilga kiritadi
#5
Manbalar o‘z holatiga ko‘ra qanday ko‘rinishlarga ega bo‘ladi?
- Etnografik va moddiy-ashyoviy
- Arxeologik va moddiy
- Yozma va moddiy
- Yozma va arxiv manbalari
Javobni ko'rish
Yozma va moddiy
#6
Birlamchi manbaga nimalar kiradi?
- Yozma manbalar
- Kitoblar va adabiyotlar
- Moddiy manbalar
- Tarixiy hujjatlarning asl nusxasi
Javobni ko'rish
Tarixiy hujjatlarning asl nusxasi
#7
Quyidagi javoblarning qaysi birida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning maqsadi to’g’ri keltirilgan?
- Amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish
- Barcha javoblar to’g’ri
- Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlarni anglatish
- Jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatish
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to’g’ri
#8
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlari qaysi qonunda belgilab qo‘yilgan?
- ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
- ”Ta’lim to’g’risida”gi qonunda
- “Yoshlar to’g’risida”gi qonunda
- “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g’risida”gi qonunida
Javobni ko'rish
“O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g’risida”gi qonunida
#9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 27-mart sanasida mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan qaysi atoqli davlat arbobi xotirasini ulug‘lash maqsadida ushbu shaxs tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkan edi?
- Amir Temur
- Jaloliddin Manguberdi
- Sharof Rashidov
- Ozod Sharafiddinov
Javobni ko'rish
Sharof Rashidov
#10
O’zbekiston Respublikasida yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i to’g’ri keltirilgan javobni toping?
- 60 foizdan yuqori
- 50 foizdan yuqori
- 70 foiz
- 50 foiz
Javobni ko'rish
60 foizdan yuqori
#11
1985-yilda yurtimizda nechta maktab bor edi?
- 8716 ta
- 9256 ta
- 9188 ta
- 8891 ta
Javobni ko'rish
9188 ta
#12
1988-yilda O’zbekistonda nechta kolxoz faoliyat yuritgan?
- 867
- 752
- 837
- 1023
Javobni ko'rish
837
#13
O’tkir Hoshimovning qaysi asarida afg’on urushining oqibatlari ko’rsatib berilgan?
- Nur borki, soya bor
- Ikki eshik orasi
- Tushda kechgan umrlar
- Afg’on shamoli
Javobni ko'rish
Tushda kechgan umrlar
#14
1989-1990-yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, nechta oilaga yangi tomorqa yerlari berildi?
- 800 ming
- 850 ming
- 700 ming
- 900 ming
Javobni ko'rish
800 ming
#15
1979-1989-yillarda bo’lib o’tgan “Afg’on urushi”da qancha o’zbekistonlik jangchi ishtirok etgan?
- 65 mingdan ortiq
- 100 mingdan ortiq
- 45 mingdan ortiq
- 55 mingdan ortiq
Javobni ko'rish
65 mingdan ortiq
#16
Qachon O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining sessiyasi vatanimiz tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta'sis etish to'g'risida qaror qabul qildi?
- 1990-yil 20-iyun
- 1990-yil 10-dekabr
- 1990-yil 24-mart
- 1991-yil 29-dekabr
Javobni ko'rish
1990-yil 24-mart
#17
“O'zbekistonning Mustaqillik Deklarasiyasi” qachon qabul qilindi?
- 1990-yil 20-iyun
- 1991-yil 31-avgust
- 1990-yil 24-mart
- 1990-yil 10-dekabr
Javobni ko'rish
1990-yil 20-iyun
#18
“O'zbekistonning Mustaqillik Deklarasiyasi” nechta moddadan iborat?
- 10
- 15
- 17
- 12
Javobni ko'rish
17
#19
XX asr 80-yillarning oxirlarida O’zbekiston SSSR bo’yicha yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha nechanchi o’rinda turgan?
- 10
- 11
- 12
- 13
Javobni ko'rish
12
#20
XX asr 80-yillarning oxirlarida O’zbekiston aholisining nechchi foizi oyiga o’rta hisobda 75 so’mdan kam daromad olgan?
- 40 foizi
- 45 foizi
- 36 foizi
- 50 foizi
Javobni ko'rish
45 foizi
#21
O‘zbekiston Respublikasining boshqaruvga ko‘ra shakli qanday?
- Parlamentar Respublika
- Respublika
- Konstitutsion monarxiya
- Monarxiya
Javobni ko'rish
Respublika
#22
Quyidagi davlatlardan qaysi biri O‘zbekistonning mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan?
- Xitoy
- AQSH
- Turkiya
- Eron
Javobni ko'rish
Turkiya
#23
1992-yilning 8-dekabrigacha Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik Konstitutsiyasi vazifasini bajargan hujjatni aniqlang?
- O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida gi Qonun
- O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida gi Oliy Kengash bayonoti
- O‘zbekistonning Mustaqillik Deklarasiyasi
- O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida gi Qonun
Javobni ko'rish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida gi Qonun
#24
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi VIII sessiyasida qaysi qonun qabul qilingan?
- Davlat madhiyasi to‘g‘risida
- Milliy pul birligi to‘g‘risida
- Davlat bayrog‘i to‘g‘risida
- Davlat gerbi to‘g‘risida
Javobni ko'rish
Davlat bayrog‘i to‘g‘risida
#25
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri bu…
- 12 muchalning timsoli
- Musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir
- Mukammallik, barkamollik timsoli
- O‘zbekistonning ma’muriy bo‘linishiga ishora
Javobni ko'rish
O‘zbekistonning ma’muriy bo‘linishiga ishora
#26
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘idagi moviy rang nimaning ramzidir?
- Tiriklik ramzi
- Har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo‘sh urib turgan hayotiy kuch
- Mangu osmon va musaffo suv
- Tinchlik va poklik
Javobni ko'rish
Mangu osmon va musaffo suv
#27
O‘zbekiston Respublikasida Vitse-Prezident lavozimi qachon tugatildi?
- 1991 yil 18 noyabr
- 1992 yil 8 dekabr
- 1992 yil 4 yanvar
- 1991 yil 29 dekabr
Javobni ko'rish
1992 yil 4 yanvar
#28
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
- 1992 yil 2 iyul
- 1992 yil 2 iyun
- 1992 yil 20 iyun
- 1992 yil 20 iyul
Javobni ko'rish
1992 yil 2 iyul
#29
O‘zbekiston Respublikasining “Bayram kunlari haqida” gi Qonuni qachon qabul qilingan?
- 1992 yil 1 iyun
- 1993 yil 2 iyul
- 1992 yil 2 iyun
- 1993 yil 1 iyun
Javobni ko'rish
1992 yil 2 iyun
#30
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
- 1991 yil 10 dekabr
- 1991 yil 8 dekabr
- 1992 yil 20 iyul
- 1992 yil 10 dekabr
Javobni ko'rish
1992 yil 10 dekabr
#31
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash sohasida mamlakatda ushbu sohaga oid qancha qonun hujjatlari qabul qilindi?
- 20
- 30
- 10
- 5
Javobni ko'rish
10
#32
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish konsepsiyada nima ta’kidlangan?
- Muddatidan oldin ovoz berish muammosini hal etish
- O’zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida qonunlarni qabul qilish
- Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi bir qator qonunlarga o’zgartirish kiritish
Javobni ko'rish
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi bir qator qonunlarga o’zgartirish kiritish
#33
Quyidagi farmonlarning qabul qilingan yillari bilan moslashtirilgan javobni belgilang: 1) 1999-yil; 2) 2017-yil; 3) 2004-yil. a) Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida; b) Mahalla institutini yanada takomillashtirish; c) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida.
- 1-a; 2-b; 3-c
- 1-c; 2-b; 3-a
- 1-b; 2-c; 3-a
- 1-a; 2-c; 3-b
Javobni ko'rish
1-c; 2-b; 3-a
#34
Prezidentning nechanchi yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi?
- 2017-yildagi
- 2004-yildagi
- 2010-yildagi
- 1999-yildagi
Javobni ko'rish
2017-yildagi
#35
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug`bek Abdusalamov Shavkat Mirziyoyevga Prezidentlik guvohnomasini qachon topshirgan edi?
- 2016 y. 9-dekabr
- 2015 y. 14-mart
- 2016 y. 14-dekabr
- 2017-y. 2-fevral
Javobni ko'rish
2016 y. 14-dekabr
#36
1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan qonunlar to’g’ri berilgan javobni belgilang?
- O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida
- Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida
- Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida va Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida
Javobni ko'rish
O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida
#37
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarda nechchi yoshga to‘lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan?
- 18
- 25
- 21
- 19
Javobni ko'rish
18
#38
Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. ….. yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, …… yoshga to‘lganlar Oliy Majlisga, ….. yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega.
- 35, 25, 21
- 35, 30, 20
- 25, 24, 21
- 35, 25, 20
Javobni ko'rish
35, 25, 21
#39
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov qachon oʻtkaziladi?
- dekabr oyi 2-oʻn kunligining 1-yakshanbasida
- dekabr oyi 1-oʻn kunligining 3-yakshanbasida
- dekabr oyi 3-oʻn kunligining 2-yakshanbasida
- dekabr oyi 3-oʻn kunligining 1-yakshanbasida
Javobni ko'rish
dekabr oyi 3-oʻn kunligining 1-yakshanbasida
#40
Ko‘ppartiyaviylik tizimi nima?
- davlat hokimiyatini boshqarish huquqini saylov yo‘li bilan qo‘lga kiritish uchun kurashuvchi u yoki bu sinf va qatlamning ilg‘or, ongli, uyushgan qismini birlashtirgan tashkilot
- jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi
- deputatlari doimiylik asosida ishlaydigan, asosiy vazifasi qonun yaratishdan iborat bo‘lgan partiyalar tizimi
- jamiyat hayotida bir partiyaning faoliyat yuritishi
Javobni ko'rish
jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi
#41
Jamiyatda demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovi nima hisoblanadi?
- ko’ppartiyaviylikning mavjudligi
- siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi
- siyosiy partiyalarning viloyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishi
- siyosiy partiyalarning hokimiyat tomonidan boshqarilishi
Javobni ko'rish
siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi
#42
“O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”ga o‘tishda qanday omillar asos qilib olindi?
- Xalqaro tajriba va xo‘jalik imkoniyatlari
- Qonunning ustivorligi va davlatning bosh islohotchiligi
- Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish
- Iqtisodning siyosatdan ustivorligi va kuchli ijtimoiy himoya
Javobni ko'rish
Xalqaro tajriba va xo‘jalik imkoniyatlari
#43
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar nechta yo‘nalishda olib boriladi?
- 4
- 6
- 5
- 7
Javobni ko'rish
5
#44
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida O‘zbekistonda qanday kreditlar uchun sharoitlar yaratish kerakligi ta’kidlangan edi?
- Kam foizli
- Uzoq muddatli
- Spekulyativ
- Kreditlarni olmaslik ta’kidlangan
Javobni ko'rish
Uzoq muddatli
#45
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘m qachon muomalaga kiritildi?
- 1993 yil 21 mart
- 1994 yil 1 oktyabr
- 1993 yil 18 noyabr
- 1994 yil 1 iyul
Javobni ko'rish
1994 yil 1 iyul
#46
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qachon e’lon qilindi?
- 2017 yil 27 fevral
- 2017 yil 2 fevral
- 2017 yil 7 fevral
- 2017 yil 17 fevral
Javobni ko'rish
2017 yil 7 fevral
#47
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishdan iborat?
- 10 ta
- 4 ta
- 7 ta
- 5 ta
Javobni ko'rish
5 ta
#48
O’zbekiston Respublikasida qaysi yildan boshlab aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o’zgartirildi?
- 1997 yil
- 1994 yil
- 1995 yil
- 1992 yil
Javobni ko'rish
1994 yil
#49
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning “2007-2010-yillarga yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yanada kuchaytirishga oid chora–tadbirlari dasturi to’g’risida”gi qarori qachon qabul qilingan?
- 2003 yil
- 2005 yil
- 2006 yil
- 2002 yil
Javobni ko'rish
2006 yil
#50
O’zbekiston Respublikasida 2002-yil mamlakatimizda qanday yil deb e’lon qilindi?
- Obod mahalla yili
- Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
- Mehr va muruvvat yili
- Qariyalarni qadrlash yili
Javobni ko'rish
Mehr va muruvvat yili
#51
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining nechanchi bo’limi Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag’ishlangan?
- 3
- 5
- 2
- 4
Javobni ko'rish
5
#52
Qaysi yilda Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi o‘zining 130 yilligini nishonlagan?
- 2001 yil
- 2003 yil
- 2004 yil
- 2002 yil
Javobni ko'rish
2004 yil
#53
Qachondan boshlab mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, 21 mart – “Navro‘z” umumxalq milliy bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi?
- 1993 yildan
- 1991 yildan
- 1990 yildan
- 1992 yildan
Javobni ko'rish
1990 yildan
#54
Amir Temur yodi xotirasiga atab bunyod etilgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi qachon bo‘lib o‘tdi?
- 1997 yil 21 aprel
- 1997 yil 18 oktyabr
- 1996 yil 18 oktyabr
- 1996 yil 9 aprel
Javobni ko'rish
1996 yil 18 oktyabr
#55
Qachon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi?
- 1996 yil 26 aprel
- 1995 yil 22 dekabr
- 1995 yil may
- 1999 yil 10 iyun
Javobni ko'rish
1999 yil 10 iyun
#56
Toshkent Islom universiteti qachon tashkil etilgan?
- 2000 yil
- 1998 yil
- 1999 yil
- 1997 yil
Javobni ko'rish
1999 yil
#57
Qachon Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi?
- 1993-yil 21 fevral
- 1992-yil 1 mart
- 1992-yil 2 iyul
- 1992-yil 28 fevral
Javobni ko'rish
1992-yil 28 fevral
#58
1996 yil 11-sentabrda Toshkentda nima ochildi?
- Temuriylar tarixi davlat muzeyi
- Xotira va qadrlash muzeyi
- Olimpiya shon-shuhrat muzeyi
- O’zbekiston tarixi davlat muzeyi
Javobni ko'rish
Olimpiya shon-shuhrat muzeyi
#59
1997 yilda qaysi shaharlarning 2500 yilligi nishonlandi?
- Samarqand, Toshkent
- Marg’ilon, Termiz
- Buxoro, Xiva
- Toshkent, Buxoro
Javobni ko'rish
Samarqand, Toshkent
#60
1997-yil martda qabul qilingan hukumat qaroriga asosan o'tkazilayotgan xalqaro musiqa festivalini aniqlang.
- Asrlar sadosi
- Ofarin
- Sharq taronalari
- Boqiy ovozlar
Javobni ko'rish
Sharq taronalari
#61
O'zbekistonning qaysi shaharlaridagi muzey-qo’riqxonalar butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar saqlanayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan?
- Buxoro, Samarqand, Xiva
- Termiz, Samarqand, Xiva
- Shahrisabz, Termiz, Qarshi
- Xiva, Shahrisabz, Buxoro
Javobni ko'rish
Buxoro, Samarqand, Xiva
#62
Prezident Sh. Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni qachon ilgari surdi?
- 2017 yil fevral oyida
- 2019 yil mart oyida
- 2018 yil yanvar oyida
- 2020 yil sentyabr oyida
Javobni ko'rish
2019 yil mart oyida
#63
Ta’lim to’g’risidagi Qonun qachon qabul qilingan?
- 1997-yil 29-avgust
- 1995-yil 23-avgust
- 1992-yil 2-iyun
- 1995-yil 27-avgust
Javobni ko'rish
1997-yil 29-avgust
#64
Davlat ta'lim standarti nima?
- Nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya ko'rinishidagi axborot turlari.
- Davlat ta'lim standarti- umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi.
- O`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qilish.
- Boshlang`ich umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi.
Javobni ko'rish
Davlat ta'lim standarti- umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi.
#65
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan qachon "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonun qabul qilindi?
- 1993-yil 5-oktabrda
- 1993-yil 5-sentyabrda
- 1993-yil 2-mayda
- 1993-yil 2-sentyabrda
Javobni ko'rish
1993-yil 2-sentyabrda
#66
2018-yilda mamlakatimizda nechta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi?
- 13 ta
- 14 ta
- 18 ta
- 10 ta
Javobni ko'rish
13 ta
#67
“El-yurt umidi” jamg’armasi qachon tashkil etilgan?
- 2018-yil 25-sentyabr
- 2017-yil 25-avgust
- 2018-yil 25-avgust
- 2017-yil 25-sentyabr
Javobni ko'rish
2018-yil 25-sentyabr
#68
Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun qachon qabul qilindi?
- 2019-yil 23-sentyabr
- 2018-yil 23-sentyabr
- 2020-yil 23-sentyabr
- 2017-yil 23-sentyabr
Javobni ko'rish
2020-yil 23-sentyabr
#69
Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qachon qabul qilingan?
- 2018-yil 20-aprelda
- 2020-yil 20-aprelda
- 2019-yil 20-aprelda
- 2017-yil 20-aprelda
Javobni ko'rish
2017-yil 20-aprelda
#70
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qachon qabul qilindi?
- 2018-yil 30-iyunda
- 2018-yil 30-mayda
- 2017-yil 30-mayda
- 2017-yil 30-iyunda
Javobni ko'rish
2018-yil 30-mayda
#71
Davlatimiz rahbarining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qachon e’lon qilindi?
- 2018-yil 5-oktyabr
- 2017-yil 5-sentyabr
- 2018-yil 5-sentyabr
- 2017-yil 5-oktyabr
Javobni ko'rish
2018-yil 5-sentyabr
#72
Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat suveritenti qachon e'lon qilingan
- 1990 yil 14 dekabrda
- 1990 yil 23 sentabr
- 1989 yil 31 avgust
- 1990 yil 18 noyabr
Javobni ko'rish
1990 yil 14 dekabrda
#73
Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqorg'i kengesining dastlabki raisi kim bo'lgan
- Dauletbay Shamshetov
- Bahram Jumaniyozov
- Amin Tojiev
- Musa Erniyazev
Javobni ko'rish
Dauletbay Shamshetov
#74
Qoraqalpog'iston Respublikasi Juqorg'i kengashda nechta deputat faoliyat olib boradi
- 150ta
- 86ta
- 100ta
- 120ta
Javobni ko'rish
86ta
#75
Qoraqalpog'iston Respublikasi tashqi aloqalar vazirligi qachon tashkil qilingan
- 1992 yil
- 1990 yil
- 1994 yil
- 1991 yil
Javobni ko'rish
1992 yil
#76
Hozirgi kunda Qoraqalpog'iston Ministrlar kengashi raisi lavozimida kim faoliyat olib boradi
- Amin Tojiev
- Saparmurod Avezmetov
- Bahram Jumaniyazov
- Baxadir Yangibayev
Javobni ko'rish
Baxadir Yangibayev
#77
Qoraqalpog'iston Respublikasi konstitutsiyasi qachon qabul qilingan
- 1993 yil 9 aprel
- 1992 yil 1 yanvar
- 1994 yil 1 yanvar
- 1992 yil 14 dekabr
Javobni ko'rish
1993 yil 9 aprel
#78
Toshkentda Qoraqalpog'iston madaniyat kunlari qachon o'tkazilgan.
- 1992 yil mart
- 1993 yil yanvar
- 1993 yil noyabr
- 1994 yil noyabr
Javobni ko'rish
1993 yil yanvar
#79
Qoraqalpog'iston Juqorg'i kengasi raisi lavozimida 1997-2002 yillarda kim faoliyat olib borgan
- Timur Kamolov
- Amin Tojiyev
- Musa Erniyazov
- Dauletbay Shamshetov
Javobni ko'rish
Timur Kamolov
#80
Qoraqalpog'istondan Toshkent madaniyat kunlari qachon o'tkazilgan
- 1994 yil yanvar
- 1994 yil noyabr
- 1993 yil noyabr
- 1993 yil yanvar
Javobni ko'rish
1993 yil noyabr
#81
Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat bayrog'i qachon qabul qilingan
- 1994 yil 16 mart
- 1993 yil 9 aprel
- 1991 yil 18 noyabr
- 1992 yil 14 dekabr
Javobni ko'rish
1991 yil 18 noyabr
#82
1991- yil aprel oyidda Ukraina, Rossiya, Belarus, O’zbekiston, Qozog’iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi qaysi shaharda bo’lib o’tdi?
- Kiyev
- Olma-ota
- Minsk
- Toshkent
Javobni ko'rish
Kiyev
#83
O’zbekiston 1992-yil fevral oyida qaysi xalqaro tashkilotga a’zo bo’ldi?
- Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YEXHT)ga
- NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga
- Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (EKO)ga
- Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga
Javobni ko'rish
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (EKO)ga
#84
2012-yil London shahrida bo’lib o’tgan olimpiada sport o’yinlarida o’zbekistonlik sportchilar nechta oltin medal qo’lga kiritgan?
- 1 ta
- 3 ta
- 4 ta
- 2 ta
Javobni ko'rish
1 ta
#85
2016-yil aprel oyida qaysi shaharda jahonning 175 ta mamlakati ‘Iqlim tog’risidagi kelishuv”ga imzo chekdi?
- London
- Parij
- Berlin
- Bryussel
Javobni ko'rish
Parij
#86
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 6-7-mart kunlari qaysi xorijiy mamlakatda davlat tashrifi bilan bo’ldi?
- Qozog’iston
- Turkmaniston
- Rossiya
- Xitoy
Javobni ko'rish
Turkmaniston
#87
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 4-5-aprel kunlari qaysi xorijiy mamlakatda davlat tashrifi bilan bo’ldi?
- Turkmaniston
- Xitoy
- Qozog’iston
- Rossiya
Javobni ko'rish
Rossiya
QuizPilotda o'ynash