DTM
Tarix · DTM
muallif: QuizPilot · 90 ta savol ·
11 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Chingizxon vafot etgan yili papaligi boshlangan Rim Papasi amalga oshirgan ishni ko‘rsating.
- U Fransiya qiroli Filipp lV ga soliq to‘lashdan bosh tortadi.
- Uning davrida inkvizitsiya o‘z qudratining cho‘qqisiga erishgan.
- U xristianlarni Quddusdagi “payg‘ambar qabrini” musulmonlardan "ozod etish"ga chaqiradi.
- U “Oy o‘z yog‘dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o‘z jilosini papalikdan olàdi”, degan so‘zlari bilan german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi.
Javobni ko'rish
U “Oy o‘z yog‘dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o‘z jilosini papalikdan olàdi”, degan so‘zlari bilan german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi.
#2
1866-yil Samarqandni egallaganidan so‘ng K. P. Kaufman qanday shartlar bilan sulh tuzishni taklif etib, amir Muzaffarga maktub yo‘llagan edi?
1) Samarqand bekligini Rossiyaga berish; 2) "harbiy harajatlarni” to‘lash; 3) Rossiya savdogarlaridan olinadigan boj miqdori tovar umumiy qiymatining 2,5 foizidan oshmasligi; 4) Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan barcha hudud Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tishi;
5) 1865-yildan buyon Turkiston o‘lkasida qo‘lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb etirof etish.
- 2, 3, 4
- 1, 3, 4
- 1, 2, 5
- 2, 4, 5
Javobni ko'rish
2, 3, 4
#3
Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping.
a) ushbu asar muallifi milodiy II asrda yashab oʻtgan; b) ushbu asarda Aleksandrning Oʻrta Osiyoga harbiy yurishi haqida ma’lumotlar mavjud; c) ushbu asar muallifi milodiy I asrda yashab oʻtgan; d) ushbu asar muallifining millati yunon boʻlgan; e) ushbu asar muallifi rimlik boʻlgan; f) Makedoniyalik Aleksadr faoliyati bilan bogʻliq asar yozgan.
- I – b, c, e; II – a, d; III – f
- I – b, c, d; II – a, e; III – f
- I – c, e; II – b, a, d; III – f
- I – c, d; II – b, a, e; III – f
Javobni ko'rish
I – c, d; II – b, a, e; III – f
#4
Muntazam qo‘shinga tayanib yirik zodagonlar va Orolbo‘yi o‘zbeklari qarshiligini sindirgan Xiva xonini aniqlang.
- Eltuzarxon
- Rahimqulixon
- Olloqulixon
- Muhammad Rahimxon I
Javobni ko'rish
Muhammad Rahimxon I
#5
Inqilob natijasida mustaqil davlatga aylandi, respublika tuzumi o‘rnatildi, savdo va sanoatni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi, erkin raqobatga, shaxsiy tashabbus va faollikka, ishbilarmonlikka keng yo‘l ochildi. Yuqoridagi fikrlar qaysi davlatga oid ekanligini aniqlang.
- Fransiya
- AQSH
- Angliya
- Rossiya
Javobni ko'rish
AQSH
#6
“U mard, jasur bo‘lib, sherlar orasida eng zo‘r she’r edi, qo‘rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. ...” Jaloliddin Manguberdiga shu tarzda ta'rif bergan shaxsga oid to‘g‘ri ma'lumotni ko‘rsating.
- U o‘z asarini “Jahon fotihi tarixi” deb nomlagan.
- U yaratgan asar Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘lgan davr haqida ma’lumot beruvchi eng qimmatli manbalardan biri sanalgan.
- U yozgan asar ko‘pincha o‘zining muhim va aniq ma’lumotlari bilan boshqa manbalarni sezilarli darajada to‘ldirgan.
- U o‘z asarida bayon topgan voqea-hodisalarining aksariyatida bevosita ishtirok etgan yoki shohid kishilarning xabarlariga tayangan, eng muhimi, xolisona va haqqoniy fikr bildirgan.
Javobni ko'rish
U o‘z asarida bayon topgan voqea-hodisalarining aksariyatida bevosita ishtirok etgan yoki shohid kishilarning xabarlariga tayangan, eng muhimi, xolisona va haqqoniy fikr bildirgan.
#7
Xiva xonligida Matyoqub pishiq rahnamoligida Xonqa, Hazorasp, Bog‘ot tumanlari dehqonlari qo‘zg‘olon ko‘tarishdi?
- Xivaga Rossiya elchisi bo‘lib keldi
- 1902 yil
- Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‘ldi
- Qandahor viloyatida Eron bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi
Javobni ko'rish
1902 yil
#8
Italiya qirolligi tashkil topgan sana qaysi qatorda berilgan?
- 1860-yilda
- 1867-yilda
- 1864-yilda
- 1861-yilda
Javobni ko'rish
1861-yilda
#9
Germaniya qo‘shinlari tomonidan qaysi jangda urushlar tarixida birinchi marotaba kimyoviy qurol – zaharli gaz (xlor) ishlatildi?
- Somma jangda
- Marna jangida
- Verden jangida
- Ipr jangida
Javobni ko'rish
Ipr jangida
#10
1928-yil AQSHda Prezident saylovlarida g‘alaba qozongan shaxsni aniqlang.
- U. Garding
- G. Trumen
- G. Guver
- F. Ruzvelt
Javobni ko'rish
G. Guver
#11
Sirdaryo o‘rta oqimining deyarli barcha o‘ng qirg‘og‘i (Qurama) ni xonlik tarkibiga qo‘shib olgan Qo‘qon xonini aniqlang.
- Olimxon
- Umarxon
- Madalixon
- Erdonabiy
Javobni ko'rish
Madalixon
#12
Qadimgi davrda bosib olgan yerlarini “provinsiya” degan xalq tarixiga oid voqeani aniqlang.
- Bu davlat hukmdori qadimgi Fors podsholigi qarorgohi Persepol shahridan O‘rtayer dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan.
- Bu imperiya vakillari o‘zlariga nisbatan madaniy rivojlanish jihatidan ancha quyi pog‘onasida turuvchi qabilalarni “varvarlar” deb kamsitishgan.
- Bu davlatda ilotlardan tashqari to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan, shaxsan ozod kishilar – perieklar ham yashagan.
- Bu davlatda davlat maktablari bo‘lmagan. Ota-onalar o‘z bolalarini pedagogga haq to‘lab o‘qitishgan.
Javobni ko'rish
Bu imperiya vakillari o‘zlariga nisbatan madaniy rivojlanish jihatidan ancha quyi pog‘onasida turuvchi qabilalarni “varvarlar” deb kamsitishgan.
#13
Samara teatrining o‘lkamizga bir necha kunlik gastrol safari uyushtirilgan yilda tashkil topgan muassasani aniqlang.
- O‘rta Osiyo olimlar jamiyati
- Arxeologiya xavaskorlar to‘garagi
- Turkiston xalq kutubxonasi
- Turkiston muzeyi
Javobni ko'rish
O‘rta Osiyo olimlar jamiyati
#14
Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligida nima taqiqlanadi?
- ta’magirlik va fasod
- ichkilik
- o‘gʻirlik
- ta’magarlik va o‘g‘irlik
Javobni ko'rish
ta’magirlik va fasod
#15
“Oldin hech kim tuzmagan va hech kimga ma’lum bo‘lmagan alohida bir tartibda’’ tuzilgan turkiy yozma adabiyot namunasini aniqlang.
- “Hikmat’’
- “Hibat ul-haqoyiq”
- “Qutadg‘u bilig‘’
- ”Devonu lug‘oti turk’’
Javobni ko'rish
“Qutadg‘u bilig‘’
#16
Imperator Otton III ning Rim papaligiga saylangan ustozini aniqlang.
- Gerbert
- Lev III
- Ioan XII
- Grigoriy VII
Javobni ko'rish
Gerbert
#17
XlX asrda Xivada davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajaruvchi organ - Oliy Kengashni tashkil etgan xonning hukmronlik yillarini aniqlang.
- 1790-1804
- 1806-1825
- 1842-1845
- 1825-1842
Javobni ko'rish
1825-1842
#18
Quyidagilardan Polsha davlatida Prezidentlik qilgan shaxsni aniqlang.
- I. Ilyesku
- K. Gotvald
- N. Chaushesku
- Lex Valensa
Javobni ko'rish
Lex Valensa
#19
Qachon bo‘lib o‘tgan qurultoyda ulamochilar va sho‘royi islomchilar o‘zaro birlashib, “Ittifoqi Muslimin” siyosiy partiyasini tuzadilar?
- 1918-yil mart
- 1918-yil iyunda
- 1917-yil iyunda
- 1917-yil sentabr
Javobni ko'rish
1917-yil iyunda
#20
Yuqorida ko‘rsatilgan xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan yarimorol haqida to‘g‘ri fikrni toping.
- Bu yarim orolda qadimda liqurlar, etrusklar, lotinlar istiqomat qilishgan.
- Dastlabki varvar davlati-Vestgot qirolligi tashkil topgan.
- O‘rta asrlarda ostgotlar, langobardlar bu yarim orolda o‘z davlatini qurishgan.
- Bu yarimorolda qadimdan Normann xalqlari yashab kelmoqda.
Javobni ko'rish
Bu yarim orolda qadimda liqurlar, etrusklar, lotinlar istiqomat qilishgan.
#21
Yevropa davlatlari nimadan Turkiya ichki ishlariga aralashish quroli sifatida foydalandilar?
- Chet ellik savdogarlardan
- Mustamlakalarga harbiy yordam berishdan
- Imperiya xalqlarining milliy-ozodlik kurashidan
- Turkiyaga berilayotgan qarzlardan
Javobni ko'rish
Imperiya xalqlarining milliy-ozodlik kurashidan
#22
Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiydirgan Rim papasini aniqlang.
- Innokntiy III
- Ioan XII
- Lev III
- Silvester III
Javobni ko'rish
Lev III
#23
Fransiyada yangi o‘zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilingan (a) va Angliyada dehqonlar to‘lov evaziga ozodlikka erishgan (b) davrni aniqlang.
- a-1, b-3
- a-1, b-4
- a-2, b-3
- a-2, b-4
Javobni ko'rish
a-2, b-3
#24
Quyidagi grafikda koʻrsatilgan davlatlar va ularda mulkiy tabaqalanish kuchaygan davrlari bilan moslashtiring.
- 1 va 3
- 2 va 7
- 5 va 7
- 2
Javobni ko'rish
2
#25
Buyuk Britaniya nomi Angliya atamasi tomonidan butkul surib chiqarilgan asrda yuz bermagan voqeani aniqlang.
- Tarixiy manbalarda Qo‘qon shahriga oid ma'lumotlar uchray boshlagan.
- O‘g‘uzlar davlati parchalanib ketgan.
- Musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilina boshlangan.
- Germaniyaning Laax monastiri qurilgan.
Javobni ko'rish
Germaniyaning Laax monastiri qurilgan.
#26
Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan “slavyanlar” atamasi qachondan boshlab ishlatilgan?
- VII asr
- V asr
- IV asr
- VI asr
Javobni ko'rish
VI asr
#27
XIX asr boshida (1816-yil) Buyuk Britaniya aholisi qancha edi?
- 15 mln
- 18 mln
- 30 mln.
- 12 mln
Javobni ko'rish
12 mln
#28
Quyidagi qaysi davlat Bolqon ittifoqiga kirmagan?
- Bolgariya
- Albaniya
- Serbiya
- Chernogoriya
Javobni ko'rish
Albaniya
#29
“Aleksandr anabasisi” asarining muallifi kim?
- Gerodot
- Kvint Kursiy Ruf
- Strabon
- Arrian
Javobni ko'rish
Arrian
#30
Madagaskar ustidan protektorat o‘rnatdi va uning tashqi siyosatini nazorat qiladigan bo‘ldi (a) va Bismarkning siyosiy rejalarini amalga oshirish yo‘lidagi asosiy g‘ov (b) bo‘lgan davlatlarni aniqlang. 1) Fransiya; 2) Rossiya; 3) Buyuk Britaniya.
- a-2, b-1
- a-1, b-3
- a-2, b-3
- a-1, b-2
Javobni ko'rish
a-1, b-3
#31
Bugun havo bulutli bo’ldi-yu, qor yog’madi. Ushbu gapdagi “-yu” yuklamasi qanday vazifada kelgan?
- Biriktiruv bog’lovchisi vazifasida
- Ayiruv bog’lovchisi vazifasida
- Inkor bog’lovchisi vazifasida
- Zidlov bog’lovchisi vazifasida
Javobni ko'rish
Zidlov bog’lovchisi vazifasida
#32
Bunim yo’q, unim yo’q, Uyimda unim yo’q. Ishimda unum yo’q, Aytishga unim yo’q. Ushbu she’riy parchada asosi shakldosh bo’lgan so’zlar qaysi so’z turkum(lar)iga tegishli?
- ot, fe’l
- ot, olmosh
- ot, olmosh, fe’l
- ot
Javobni ko'rish
ot, fe’l
#33
Qaysi javobda o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bir xil turkumga mansub bo‘la oladigan asosdan yasalgan yasama so‘z bilan ifodalangan so’z qatnashgan?
- Yozgi ta’tilda buvimning yumushlariga yordam bermoqchiman.
- Poliz ekinlaridan bo‘shagan yerlar shudgor qilindi
- Uchrashuvdan keyin mehmonlar to‘kin dasturxonga taklif qilindi.
- Shoir vatanida turg‘un yashay olmadi.
Javobni ko'rish
Shoir vatanida turg‘un yashay olmadi.
#34
Qaysi qatordagi so’z soda yasama ravish hisoblanmaydi?
- dastlab
- ertalab
- bittalab
- saharlab
Javobni ko'rish
bittalab
#35
“I” qo’shimchasi quyidagi qaysi so’zga qo’shilsa, sifat yasovchi bo’lishi mumkin?
- jannat
- do’st
- tinch
- boy
Javobni ko'rish
do’st
#36
Otlashgan sifat berilgan gapni toping.
- Ahmoqlarning yuragi og’zida, donolarning tili yuragidadir.
- Ko’pi ketib, ozi qoldi.
- Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil.
- Maqtanganning uyiga bor, kerilganning to’yiga bor.
Javobni ko'rish
Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil.
#37
Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri otlashgan sifatlarga xos emas?
- Otga xos egalik qo’shimchasini qabul qiladi.
- Otga xos yasovchi qo’shimchalarni qabul qiladi.
- Otga xos ko’plik qo’shimchasini qabul qiladi.
- Gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajaradi.
Javobni ko'rish
Otga xos yasovchi qo’shimchalarni qabul qiladi.
#38
Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang, yomondan burun o’lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang, yaxshilik bilan unasan. Ushbu maqolda nechta sifat otlashib kelgan?
- 1
- 3
- 2
- 4
Javobni ko'rish
2
#39
Otlashgan sifat qaysi gapda berilgan?
- Izchil mehnat hamma to’siqlarni yengadi.
- Otning yaxshisi uloqda bilinadi.
- Baxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislatdir.
- Ichki go’zallik bilan yo’g’rilmagan har qanday tashqi husn mukammal bo’la olmaydi.
Javobni ko'rish
Otning yaxshisi uloqda bilinadi.
#40
Borgandi, borgammish, borarkan so’zlarida ajratib ko’rsatilgan birliklar haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
- zamon qo’shimchalari
- shaxs-son qo’shimchalari
- to’liqsiz fe’llar
- mayl shakllari
Javobni ko'rish
mayl shakllari
#41
Qaysi ko’makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi?
- olmoq
- chiqmoq
- tashlamoq
- boshlamoq
Javobni ko'rish
olmoq
#42
Qaysi gapda ketmoq fe’li ko’makchi fe’l vazifasida qo’llanmagan?
- Salim dars payti birdan gapirib ketdi.
- Anvar bugun biznikiga kelib ketdi.
- Mo’ysafid gullarni shiyponga qo’yib, mehmonlar bilan ko’risha ketdi.
- O’yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho’zilib ketdi.
Javobni ko'rish
Mo’ysafid gullarni shiyponga qo’yib, mehmonlar bilan ko’risha ketdi.
#43
Otamiz aravaga qo’shilgan otni yetaklab borardi, xullas, zovboshiga borishimni taqiqlab qo’yishgandi uydagilar. Ushbu gapda qanday fe’llar ishtirok etgan?
- 1 ta qo’shma fe’l, 1ta ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
- 1 ta mustaqil fe’l, 1ta ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
- 2 ta qo’shma fe’l
- 2 ta ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
Javobni ko'rish
1 ta qo’shma fe’l, 1ta ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
#44
…. bir maslahatni aytib bo’ladi, …. ro’zg’or ishini. Nuqtalar o’rniga qaysi bog’lovchini qo’yish mumkin?
- yo…yo
- na…na
- goh…goh
- ham…ham
Javobni ko'rish
ham…ham
#45
Registon ta’lim tizimi boshqa o’quv markazlaridan sifatli ta’limi va o’qitish standartlari bilan ajralib turadi. Ushbu gapda belgisiz qo’llanilgan kelishik qo’shimchasini qabul qilgan so’z qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
- hol
- aniqlovchi
- ega
- to’ldiruvchi
Javobni ko'rish
ega
#46
Balki so’zi bog’lovchi vazifasida qo’llanmagan gapni toping.
- Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymaydi, balki yana ko’paydi.
- Xalqni qo’rqitgan emas, balki, xalq dardiga sherik bo’lgan odam marddir.
- Balki, ertalab o’ziga isitib berish uchun shunday deyayotgandir.
- Sobir nafaqat o’qishda, balki, sportda ham eng faol o’quvchi.
Javobni ko'rish
Balki, ertalab o’ziga isitib berish uchun shunday deyayotgandir.
#47
O’timli fe’llarni toping.
- kiymoq, quvonmoq
- almashmoq, jilmaymoq
- so’roqlamoq, so’ramoq
- o’xshamoq, so’rattirmoq
Javobni ko'rish
so’roqlamoq, so’ramoq
#48
Qaysi qatordagi gapda qaratqich kelishigi ishtirok etmagan?
- Buning odam bo’lmaydi.
- Buning qiyin joyi yo’q.
- Buning siri nimada?
- Buning oxiri nima bilan tugashi yolg’iz xudoga ayon.
Javobni ko'rish
Buning odam bo’lmaydi.
#49
“Botir tikuvchi” ertagi boshqa ertaklardan aynan nimasi bilan farqlanishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
- Voqealar rivoji, ertak yakuni ham boshqa ertaklardan hech qanday farqlanmaydi.
- Ertak butunlay boshqacha yakunlanadi, ya’ni boshqa ertaklar singari bosh qahramon o’zi ko’rsatgan qahramonliklar evaziga juda kata boyliklarga, rohat-farog’atga, yoki toj-u taxtga ega bo’lmaydi: “Tikuvchi bo’lsa oshini oshab, yoshini yashab, kamzul, ishton va nimchalarini tikaveribdi…”
- Asar qahramoni turli qahramonliklar ko’rsatib, qirolning qiziga uylanishi, to’yi esa “qirq kecha-yu, qirq kunduz” davom etishi bilan boshqa ertaklardan ajralib turadi.
- Ertak butunlay boshqacha yakunlanadi: ertak oxirida bosh qahramon – Gans dushmanlar, xususan, yovuz qirol bilan mardlarcha olishib, jangda halok bo’ladi.
Javobni ko'rish
Ertak butunlay boshqacha yakunlanadi, ya’ni boshqa ertaklar singari bosh qahramon o’zi ko’rsatgan qahramonliklar evaziga juda kata boyliklarga, rohat-farog’atga, yoki toj-u taxtga ega bo’lmaydi: “Tikuvchi bo’lsa oshini oshab, yoshini yashab, kamzul, ishton va nimchalarini tikaveribdi…”
#50
“Kuntug’mish” dostonida qaysi obraz Xolbekaning shirxo’rasi edi?
- Tohir vazir
- Buvraxon
- Shoir vazir
- Xolmo’min
Javobni ko'rish
Xolmo’min
#51
O’.Umarbekovning qaysi asarida adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi ta’sirli aks ettiriladi?
- “ Odam bo’lish qiyin”
- “Yoz yomg’iri”
- “Jimjitlik”
- “Sevgim,sevgilim”
Javobni ko'rish
“Jimjitlik”
#52
Kimning ijodi orqali milliy adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib keldi?
- O’.Umarbekov
- Qodiriy
- Muxtor
- Qahhor
Javobni ko'rish
Muxtor
#53
“Oq kema” asarida qaysi obraz o’zi sezmagan holda kamdan kam uchraydigan baxtli odam deya ta’riflanadi?
- O’rozqul
- Bola
- Seidahmad
- Mo’minchol
Javobni ko'rish
Seidahmad
#54
Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida qaysi obrazga qo’shtegirmonlik kishi deya ta’riflanadi?
- Muhammad Yusuf
- Xo’ja Iso
- Bo’lus G’ozi
- Abduxalil
Javobni ko'rish
Bo’lus G’ozi
#55
Qaysi asarda “Podshohlarga yaqin yurmoq, ajdarga yaqin yurmoqdan xavfli” degan jumla uchraydi?
- “Qiyomat qarz” asarida
- “Sab’ai sayyor” dostonida
- “Ravshan” dostonida
- “Me’mor” asarida
Javobni ko'rish
“Me’mor” asarida
#56
Maxtumquli qaysi she’rida turkman xalqiga xos g’urur, oriyat, ittifoqlik tuyg’ulari haqida iftixor bilan yozadi?
- “Adolat yaxshi”
- “Ajab ermas”
- “Shoir bo’lsang, xabar ber”
- “Turkman binosi”
Javobni ko'rish
“Adolat yaxshi”
#57
“Tegirmonchining qizi” obrazi qaysi asarda uchraydi?
- “O’g’ri”
- “Qoplon”
- ”Dahshat”
- “Me’mor”
Javobni ko'rish
“Me’mor”
#58
Qaysi shoirning ilk she’ri “Qushcha” nomi ostida chiqqan?
- Obidjon
- Avloniy
- Oripov
- M.Jalil
Javobni ko'rish
Avloniy
#59
Kimlarning merosi 20jildni tashkil qiladi?
- Navoiy, A.Oripov
- Oybek, Cho’lpon
- Mirkarim Osim, Oybek
- Oybek, Navoiy
Javobni ko'rish
Mirkarim Osim, Oybek
#60
“Akatsiya gullagan joyda” asarining janrini toping.
- poema
- liberetto
- doston
- qissa
Javobni ko'rish
qissa
#61
Hamiha, so‘ nggi, ochiqdan ochiq, birma-bir, g‘olibona, naridan beri, oldinma-ketin, har gal. Berilga so‘zlardan nechtasi yasama ravish sanaladi?
- 7 ta
- 3 ta
- 5 ta
- 6 ta
Javobni ko'rish
6 ta
#62
Qaysi gap tarkibida barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
- Univesitet faoliyati to‘g‘risidagi tashviqot ishlarini olib borishda faol qatnashdik
- Bugunki ko‘rikda qanashish uchun litsey tamonidan ushta o‘quvchi tavsiya etilgan.
- Sarvar judda qo‘rqib ketganidan voqianing butun tavsifini unga birma bir aytib berdi.
- Har doim ona tayyorlagan shirin shirin taomlarni tanavvul qilish xush yoqadi.
Javobni ko'rish
Sarvar judda qo‘rqib ketganidan voqianing butun tavsifini unga birma bir aytib berdi.
#63
Berilgan she’riy parchada olmosh so‘z turkumiga mansub so‘zlar miqdori nechta?
- 3 ta
- bunday so‘zlar yo‘q
- 1 ta
- 2 ta
Javobni ko'rish
3 ta
#64
Tutuq belgisi noo‘rin qo‘yilgan so‘zlarni aniqlang. 1) sha’n 2) ta’ma 3) al’amon: 4) ta’qiq 5) as’asa 6) mo‘jiza
- 1, 2, 3, 4, 5, 6
- 2, 4, 6
- 1, 3, 5
- 1, 3, 6
Javobni ko'rish
1, 3, 5
#65
Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo‘lsa,bu - sog‘liq, o‘limdan ham qo‘rqinchliroq narsa bor bo‘lsa,bu - kasallik, hayotga teng narsa - boylik, o‘lim bilan barobar narsa - faqirlik. Ushbu gapdagi yasama otlarni aniqlang.
- qadrli, sog‘liq, o‘lim
- sog‘liq, o‘lim, kasallik, boylik, faqirlik
- boylik, faqirlik o‘lim teng narsa
- qo‘rqinchli, kasallik, o‘lim
Javobni ko'rish
sog‘liq, o‘lim, kasallik, boylik, faqirlik
#66
Qalamkash, avvalo, inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog‘i lozim. Ushbu gap ega ishtirokiga ko’ra qanday gap ?
- egasi yashiringan
- egali gap
- egasi umumlashgan
- egasi noma’lum
Javobni ko'rish
egali gap
#67
Hech yasholmas muhabbat ayriliqdan o‘rganib. Ushbu gapda so‘zlar imlosida nechta tovush tushgan?
- 2 ta
- 1 ta
- 4 ta
- 3 ta
Javobni ko'rish
2 ta
#68
t va d tovushlarining qaysi belgisi farqlovchi belgi hisoblanadi?
- portlovchilik
- jarangli-jarangsizlik
- til oldilik
- til oldilik, portlovchilik
Javobni ko'rish
jarangli-jarangsizlik
#69
Qaysi qatorda qo‘shma ravish qo‘llangan?
- O‘lmas har gal tog‘dan mamnun qaytar edi.
- Surayyo bu yolg‘ondan hayron bo‘lib qoldi.
- Tohir mug‘ombirona nazar tashladi.
- Ko‘chada tasodifan Ra’noni uchratib qoldim.
Javobni ko'rish
Ko‘chada tasodifan Ra’noni uchratib qoldim.
#70
Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan?
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Ushbu she’riy parchada qaysi olmoshlar ishtirok etgan?
- Belgilash olmoshi.
- So‘roq olmoshi, belgilash olmoshi
- Gumon olmoshi bo‘lishsizlik olmoshi
- So‘roq olmoshi, bo‘lishsizlik olmoshi
Javobni ko'rish
So‘roq olmoshi, bo‘lishsizlik olmoshi
#71
\(\frac{73}{79} + \frac{66}{79}\) bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shing.
- \(10\frac{1}{5}\)
- \(\frac{60}{79}\)
- \(1\frac{1}{4}\)
- \(\frac{149}{158}\)
Javobni ko'rish
\(\frac{60}{79}\)
#72
Hisoblang: 14 −(9 + 21): 2 + 45: 3
- 15
- 16
- 17
- 14
Javobni ko'rish
16
#73
Ikkita aylana eng ko’pi bilan nechta kesishish nuqtasiga ega bo’ladi?
- 4
- 1
- 2
- 3
Javobni ko'rish
2
#74
Yigʻindini hisoblang. 11 + 13 + 15 + 17 + 19 + 21 + 23 + 25 + 27
- 231
- 171
- 120
- 130
Javobni ko'rish
171
#75
𝐸𝐾𝑈𝐾(36,5,9) ni toping.
- 120
- 180
- 4500
- 360
Javobni ko'rish
180
#76
5643,17056 sonining mingdan birlar xonasida qaysi raqam turibdi?
- 5
- 1
- 0
- 6
Javobni ko'rish
1
#77
4,7 kg konfet va 4,7 kg pecheniy sotib olindi. Agar 1 kg pecheniy 1500 so‘m, konfetning narxi pecheniynikidan 1000 so‘m ortiq bo‘lsa, bu xarid uchun qancha pul to‘langan?
- 1820
- 19860
- 18980
- 18800
Javobni ko'rish
18800
#78
Bir hafta davomida havo harorati quyidagicha boʻldi: 19°C, 21°C, 22°C, 19°C, 18°C, 24°C, 24°C. Bu hafta davomidagi oʻrtacha harorat qanchani tashkil qilgan?
- 20°
- 19°
- 21°
- 20,5°
Javobni ko'rish
20,5°
#79
Bitta qovoq necha kilogramm (qovoqlar og‘irligi teng)?
- 4 kg 400 g
- 4 kg 450 g
- 5 kg 450 g
- 4 kg 540 g
Javobni ko'rish
4 kg 400 g
#80
Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak?
- 110
- 150
- 100
- 120
Javobni ko'rish
100
#81
Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Universiada” sport musobaqasi nechanchi yildan boshlab o‘tkazilib kelinmoqda?
- 1999-yil
- 2000-yil
- 1998-yil
- 1997-yil
Javobni ko'rish
1997-yil
#82
O‘rta Osiyoda neolit davri qaysi oraliq bilan davrlashtiriladi?
- miloddan avvalgi12-7 ming-yil avval
- miloddan avvalgi 40-12 ming-yil avval
- miloddan avvalgi 100-40 ming-yil avval
- miloddan avvalgi 6-4 ming-yil avval
Javobni ko'rish
miloddan avvalgi12-7 ming-yil avval
#83
Buxoro amirligini Rossiya protektoratiga aylantirgan shartnoma qaysi shaharda imzolangan edi?
- Buxoro
- Karmana
- Kogon
- Samarqand
Javobni ko'rish
Kogon
#84
Somoniylar davrida qayer o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur edi?
- Eloq
- Shosh
- Kesh
- Sug‘d
Javobni ko'rish
Sug‘d
#85
Ashtarxoniylar sulolasi Buxoro xonligida necha yil hukmronlik qilgan?
- 170-yil
- 155-yil
- 165-yil
- 175-yil
Javobni ko'rish
175-yil
#86
2000-yilda qayerda kurash bo‘yicha 2-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi?
- Turkiyaning Anqara shahrida
- Rossiyaning Moskva shahrida
- Toshkentda
- Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida
Javobni ko'rish
Toshkentda
#87
“Teatr-bu ibratxona” so‘zlari muallifi kim?
- Fitrat
- Behbudiy
- Cho‘lpon
- Qodiriy
Javobni ko'rish
Behbudiy
#88
Qachon Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi?
- 1371-yil -8 may
- 1375-yil 12-mart
- 1370-yil 10-aprel
- 1365-yil 11-aprel
Javobni ko'rish
1370-yil 10-aprel
#89
Qaysi asarda Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyodagi harbiy yurishlari haqida ma’lumot keltirilgan?
- “Aleksandr anabasisi” asarida
- “Geografiya” asarida
- “Tarix” asarida
- “Makedoniyalik Aleksandr tarixi” asarida
Javobni ko'rish
“Aleksandr anabasisi” asarida
#90
Chevrolet Orlando qachondan ishlab chiqildi?
- 2014
- 2013
- 2011
- 2012
Javobni ko'rish
2011
QuizPilotda o'ynash