QuizPilot › Fanlar › Iqtisodiyot
Iqtisodiyot

19_10_2026_Inson_resurslarini_boshqarish_test_platformaga_3

muallif: SANJAR · 100 ta savol · 0 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Inson resurslarini boshqarish (personal menejmenti) deganda nima tushuniladi?
  1. Davlatning mehnat va bandlik sohasidagi qonunlarini ishlab chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish va mehnat nizolarini ko‘rib chiqish faoliyati
  2. Korxona darajasida ishchi kuchi salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimi
  3. Korxonada ish haqini hisoblash, ushlab qolish va xodimlarga to‘lash bilan bog‘liq buxgalteriya ishlari majmui
  4. Xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi
Javobni ko'rish
Korxona darajasida ishchi kuchi salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimi
#2
Personal boshqaruvi (Personnel Management) va inson resurslarini boshqarish (HRM) asosiy yondashuvi bo‘yicha qanday farqlanadi?
  1. Ikkala yondashuv ham faqat ish haqi, ta’til va mehnat intizomi masalalari bilan cheklanadi
  2. Personal boshqaruvi xususiy firmalarda, HRM esa faqat davlat tashkilotlarida qo‘llanadi
  3. Personal boshqaruvi strategik va tizimli, HRM esa ma’muriy va operatsion yondashuvga tayanadi
  4. Personal boshqaruvi ma’muriy va operatsion, HRM esa strategik va tizimli yondashuvga tayanadi
Javobni ko'rish
Personal boshqaruvi ma’muriy va operatsion, HRM esa strategik va tizimli yondashuvga tayanadi
#3
Inson resurslarini boshqarish (HRM) yondashuvida xodimga qanday qaraladi?
  1. Tashkilotning strategik resursi va inson kapitali sifatida
  2. Ishlab chiqarish uskunasiga xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha kuch sifatida
  3. Mehnat jarayonining oddiy ishtirokchisi va ijrochisi sifatida
  4. Ish vaqti va ish haqi bilan o‘lchanadigan mehnat birligi sifatida
Javobni ko'rish
Tashkilotning strategik resursi va inson kapitali sifatida
#4
Universitetda «Qanday professorlar kerak, ularni qanday jalb qilamiz, ilmiy salohiyatini qanday rivojlantiramiz, kelajakda qanday rahbarlarni tayyorlaymiz?» degan savollarning qo‘yilishi qaysi yondashuvga xos?
  1. Inson resurslarini boshqarish
  2. Kadrlar hisobini yuritish
  3. Mehnat resurslaridan foydalanish
  4. Personal boshqaruvi
Javobni ko'rish
Inson resurslarini boshqarish
#5
«Inson resurslari» atamasi asosan xodimlari soni qanchadan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlarda qo‘llaniladi?
  1. 2,5 ming kishidan ortiq
  2. 100 kishidan ortiq
  3. 10 ming kishidan ortiq
  4. 5 ming kishidan ortiq
Javobni ko'rish
2,5 ming kishidan ortiq
#6
Zamonaviy tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish funksiyalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki omil qaysi?
  1. Transmilliy korporatsiyalarning rivojlanishi
  2. Korporativ madaniyatning rivojlanishi
  3. Davlat tomonidan tartibga solish
  4. Kasaba uyushmalarining faoliyati
Javobni ko'rish
Korporativ madaniyatning rivojlanishi
#7
Inson resurslarini boshqarishning Garvard sxemasida «IR chiqishi», ya’ni bevosita natijalar sifatida nimalar ko‘rsatilgan?
  1. Sadoqat, kelishilganlik va xarajatlar samaradorligi
  2. Mukofotlar tizimi, ishchi tizimlar va xodimlarning ta’siri
  3. Mehnat bozori, boshqaruv falsafasi va vazifalar texnologiyasi
  4. Aksiyadorlar, rahbarlar va kasaba uyushmalari manfaatlari
Javobni ko'rish
Sadoqat, kelishilganlik va xarajatlar samaradorligi
#8
Garvard sxemasi inson resurslarini boshqarish nazariyasiga qanday muhim g‘oyani olib kirdi?
  1. Bu ish kadrlar bo‘limining emas, balki butun rahbariyatning vazifasi ekanligini
  2. Bu ishni faqat davlat organlari amalga oshirishi lozimligini
  3. Bu ish faqat kadrlar bo‘limi mutaxassislari bajaradigan ichki texnik vazifa ekanligini
  4. Bu ish asosan ish haqi va mukofotlarni hisoblashdan iborat ekanligini
Javobni ko'rish
Bu ish kadrlar bo‘limining emas, balki butun rahbariyatning vazifasi ekanligini
#9
Kadrlarning ishlab chiqarishdagi roli haqidagi qaysi konsepsiyada inson emas, balki uning funksiyasi, ish vaqti sarfi va ish haqi bilan o‘lchanadigan mehnat ko‘rib chiqilgan?
  1. Insonni boshqarish konsepsiyasi
  2. Mehnat resurslaridan foydalanish konsepsiyasi
  3. Inson resurslarini boshqarish konsepsiyasi
  4. Personalni boshqarish konsepsiyasi
Javobni ko'rish
Mehnat resurslaridan foydalanish konsepsiyasi
#10
Jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan tashkilot xodimlari qaysi toifaga kiradi?
  1. ishchilar
  2. kadrlar
  3. mutaxassislar
  4. xizmatchilar
Javobni ko'rish
ishchilar
#11
Atkinsonning «egiluvchan firma» modeliga ko‘ra korxona xodimlari qaysi ikki guruhga bo‘linadi?
  1. Ma’muriy va ishlab chiqarish xodimlari
  2. «Yadro» va «periferiya»
  3. Asosiy va yordamchi ishchilar
  4. Rahbarlar va ijrochilar
Javobni ko'rish
«Yadro» va «periferiya»
#12
Inson resurslarini boshqarish moddiy va tabiiy resurslarni boshqarishdan nimasi bilan farq qiladi?
  1. Inson resurslari vaqt o‘tishi bilan faqat eskirib, o‘z qiymatini yo‘qotib boradi
  2. Odamlar boshqaruv ta’siriga mashinalar kabi bir xil va oldindan ma’lum javob qaytaradi
  3. Odamlar boshqaruvga mexanik tarzda emas, balki ongli va hissiy munosabat bildiradi
  4. Inson bilan tashkilot o‘rtasidagi munosabat doimo qisqa muddatli bo‘ladi
Javobni ko'rish
Odamlar boshqaruvga mexanik tarzda emas, balki ongli va hissiy munosabat bildiradi
#13
Hozirgi jamiyatda insonning mehnat hayoti o‘rtacha necha yil davom etadi?
  1. 30–50 yil
  2. 35–65 yil
  3. 10–20 yil
  4. 50–70 yil
Javobni ko'rish
30–50 yil
#14
Yirik yapon kompaniyalari o‘z amaliyotida inson resurslarini boshqarishning qaysi idealini aks ettirgan?
  1. Kam darajali iyerarxiya, kuchli tashkiliy madaniyat va ishchilarning sadoqati
  2. Xodimlarni tez-tez almashtirish va qisqa muddatli shartnomalar tuzish
  3. Bozor talabiga emas, balki faqat ichki rejaga yo‘naltirilganlik
  4. Ko‘p bosqichli iyerarxiya va nazoratning qat’iy rasmiy shakllari
Javobni ko'rish
Kam darajali iyerarxiya, kuchli tashkiliy madaniyat va ishchilarning sadoqati
#15
Aqliy mehnati o‘zining mazmuni, murakkabligi bilan ajralib turadigan va uni bajarish uchun maxsus bilimni talab etadigan xodimlar guruhi qanday ataladi?
  1. mutaxassislar
  2. rahbarlar
  3. xizmatchilar
  4. kadrlar
Javobni ko'rish
mutaxassislar
#16
Kadrlarni rejalashtirish deganda nima tushuniladi?
  1. Inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlash jarayoni
  2. Or t iqcha xodimlarni lavozimidan ozod qilish jarayoni
  3. Xodimlarning ish vaqtini kunlik hisobga olib borish jarayoni
  4. Mehnat shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirish jarayoni
Javobni ko'rish
Inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlash jarayoni
#17
Kadrlarni rejalashtirish jarayoni qaysi bosqichlardan iborat?
  1. Vakansiyani e’lon qilish, nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish va mehnat shartnomasini tuzish
  2. Xodimni ishga qabul qilish, lavozimga moslashtirish, o‘qitish va ishdan bo‘shatish
  3. Ish haqini hisoblash, soliqlarni to‘lash va mehnat bo‘yicha hisobotlarni topshirish
  4. Mavjud xodimlarni baholash, kelajakdagi talabni aniqlash va rejalashtirish dasturini ishlab chiqish
Javobni ko'rish
Mavjud xodimlarni baholash, kelajakdagi talabni aniqlash va rejalashtirish dasturini ishlab chiqish
#18
Inson resurslari nazariyasining mualliflari kimlar?
  1. M. Veber, G. Ford
  2. Maslou, F. Gersberg, D. Makgregor
  3. F. Teylor, A. Fayol, G. Emerson, L. Urvik
  4. E. Meyo, K. Ardjeris, R. Likart, R. Bleyk
Javobni ko'rish
Maslou, F. Gersberg, D. Makgregor
#19
Mehnat bozori deganda nima tushuniladi?
  1. Kishilarga o‘z qobiliyatiga mos ish topish, ish beruvchilarga zarur xodimlarni yollash imkonini beruvchi mexanizmlar va tashkilotlar yig‘indisi
  2. Faqat ishsiz fuqarolarni ro‘yxatga olib, ularga ishsizlik nafaqasini tayinlaydigan davlat bandlik xizmati tizimi
  3. Tayyor tovar va xizmatlar sotiladigan, narxlar talab va taklif asosida shakllanadigan, xaridor va sotuvchi bevosita uchrashadigan bozor
  4. Korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdi qilinadigan moliya bozori
Javobni ko'rish
Kishilarga o‘z qobiliyatiga mos ish topish, ish beruvchilarga zarur xodimlarni yollash imkonini beruvchi mexanizmlar va tashkilotlar yig‘indisi
#20
Mehnat bozorida talab va taklif asosida shakllanadigan ishchi kuchining muvozanatli bahosi nima deb ataladi?
  1. Yer rentasi
  2. Kapital foizi
  3. Ish (mehnat) haqi
  4. Tadbirkorlik foydasi
Javobni ko'rish
Ish (mehnat) haqi
#21
Mehnat bozorida «sotuvchilar» sifatida kimlar ishtirok etadi?
  1. Davlat bandlik xizmati va mehnat birjalari
  2. Xodimlarni yollovchi tadbirkorlar, korxonalar va mehnat jamoalari
  3. Kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari
  4. O‘z ishchi kuchini (mehnat qobiliyatini) taklif etuvchi xodimlar
Javobni ko'rish
O‘z ishchi kuchini (mehnat qobiliyatini) taklif etuvchi xodimlar
#22
«Kafeteriy tamoyili bo‘yicha mukofotlash tizimi»ning mohiyati nimada?
  1. Imtiyozlar faqat yuqori lavozimdagi rahbarlarga beriladi
  2. Barcha xodimlarga bir xil imtiyozlar to‘plami majburiy tarzda beriladi
  3. Xodim o‘zini qoniqtiruvchi imtiyozlar paketini o‘zi tanlaydi
  4. Xodimlarga ish haqi o‘rniga korxona oshxonasida bepul ovqat beriladi
Javobni ko'rish
Xodim o‘zini qoniqtiruvchi imtiyozlar paketini o‘zi tanlaydi
#23
Ma’muriyat va ishchilar o‘rtasida bitim tuzilib, mahsulotning umumiy qiymatida ishchi kuchiga ajratiladigan bevosita xarajatlar ulushi belgilanadigan tizim qanday ataladi?
  1. Umrbod ish haqi tizimi
  2. Skenlon tizimi
  3. Raker tizimi
  4. Kafeteriy tizimi
Javobni ko'rish
Kafeteriy tizimi
#24
Yaponiya firmalarida ish haqi miqdori qaysi konsepsiya asosida aniqlanadi?
  1. Foydadan ulush ajratishning Skenlon konsepsiyasi
  2. «Kafeteriy tamoyili» bo‘yicha mukofotlash konsepsiyasi
  3. Faqat ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga qarab haq to‘lash konsepsiyasi
  4. «Ishchi kuchini qayta tiklash hayotiy sikli» konsepsiyasi
Javobni ko'rish
«Ishchi kuchini qayta tiklash hayotiy sikli» konsepsiyasi
#25
G‘arb mehnat bozorining prinsipial xususiyatlaridan biri nima?
  1. Tadbirkorlik faoliyatining keng tarqalganligi
  2. Ish haqining davlat tomonidan qat’iy belgilanishi
  3. Kasaba uyushmalarining umuman yo‘qligi
  4. Davlat sektorida bandlikning to‘liq ustunligi
Javobni ko'rish
Tadbirkorlik faoliyatining keng tarqalganligi
#26
Quyidagilardan qaysi biri mehnat bozorining funksional tashkiliy tuzilmasiga kiradi?
  1. Tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari va qimmatli qog‘ozlar birjalari
  2. Soliq idoralari, bojxona xizmati va g‘aznachilik organlari
  3. Ulgurji va chakana savdo tarmoqlari hamda logistika markazlari
  4. Kadrlar tayyorlash, yollash va kontrakt tizimlari hamda mehnat birjalari
Javobni ko'rish
Kadrlar tayyorlash, yollash va kontrakt tizimlari hamda mehnat birjalari
#27
Qaysi mamlakatda bilimlar iqtisodiyoti rasman davlat strategiyasi sifatida tan olingan?
  1. Xitoy
  2. AQSH
  3. Yaponiya
  4. Germaniya
Javobni ko'rish
AQSH
#28
Boshqaruv mehnatining predmeti nima?
  1. Obyektning holati, faoliyati va rivojlanishidagi zarur o‘zgarishlar haqidagi axborot
  2. Obyektning talab qilingan rejimda ishlashini ta’minlovchi boshqaruv qarorlari va amaliy harakatlar
  3. Xodimlarga to‘lanadigan ish haqi fondi va mukofotlar miqdori
  4. Mehnat sarflanadigan soha — tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmasi
Javobni ko'rish
Obyektning holati, faoliyati va rivojlanishidagi zarur o‘zgarishlar haqidagi axborot
#29
Boshqaruv mehnatining mahsuli nima hisoblanadi?
  1. Obyektning holati, faoliyati va rivojlanishidagi o‘zgarishlar haqida yig‘ilgan axborot
  2. Mehnat sarflanadigan soha — tashkilot va uning bo‘linmalari
  3. Obyektning talab qilingan rejimda ishlashi uchun zarur boshqaruv qarorlari va amaliy harakatlar
  4. Korxona hisobot davrida ishlab chiqargan tayyor mahsulotning umumiy hajmi va qiymati
Javobni ko'rish
Obyektning talab qilingan rejimda ishlashi uchun zarur boshqaruv qarorlari va amaliy harakatlar
#30
Xodim faqat bitta rahbarga bo‘ysunishi, bir nechta funksional rahbar bo‘lsa, ulardan faqat birining topshirig‘ini bajarishi qaysi tamoyilga xos?
  1. Markazlashtirish va demokratlashtirish uyg‘unligi tamoyili
  2. Barqarorlik tamoyili
  3. Intizomiylik tamoyili
  4. Yakkashaxslik tamoyili
Javobni ko'rish
Yakkashaxslik tamoyili
#31
Shakllangan mehnat jamoasini saqlash, kadrlar ketishini kamaytirish va personal tarkibini barqarorlashtirish qaysi tamoyilning talabidir?
  1. Vakolatli rahbarlik tamoyili
  2. Barqarorlik tamoyili
  3. Yakkashaxslik tamoyili
  4. Rag‘batlantirish tamoyili
Javobni ko'rish
Barqarorlik tamoyili
#32
Vakolatli (kompetentli) rahbarlik tamoyili rahbardan nimani talab qiladi?
  1. Faqat yuqori rahbariyat ko‘rsatmalarini so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarishni
  2. Xodimlarning har bir harakatini qat’iy va batafsil nazorat qilib borishni
  3. Yuqori kasbiy mahorat, bilim va malaka bo‘yicha xodimlardan ustun turishni
  4. Barcha qarorlarni xodimlar bilan maslahatlashmasdan yolg‘iz o‘zi qabul qilishni
Javobni ko'rish
Yuqori kasbiy mahorat, bilim va malaka bo‘yicha xodimlardan ustun turishni
#33
Jamoa va personal xatti-harakatlari jamoaning umumiy farovonligini ta’minlashga qaratilishi lozimligi qaysi tamoyilda ifodalangan?
  1. Intizomiylik va mas’uliyat tamoyili
  2. Ishni rejali, tartibli va izchil bajarish tamoyili
  3. Adolatlilik va har bir shaxsni hurmat qilish tamoyili
  4. Umumiy manfaatlarning xususiy manfaatlardan ustunligi tamoyili
Javobni ko'rish
Umumiy manfaatlarning xususiy manfaatlardan ustunligi tamoyili
#34
Rahbar mehnatining shartli ravishda ajratiladigan uchta tarkibiy qismi qaysilar?
  1. Ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv mehnati
  2. Moliyaviy, tijorat va texnik xizmat mehnati
  3. Jismoniy, aqliy va ijodiy-tadqiqotchilik mehnati
  4. Rejalashtirish, nazorat qilish va hisobot tayyorlash mehnati
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv mehnati
#35
F.Teylor hisob-kitobiga ko‘ra kuniga 12,5 tonna yuk tashiydigan ishchi mehnati to‘g‘ri tashkil etilganda kuniga qancha yuk tashishi mumkin?
  1. 15 tonna
  2. 60 tonna
  3. 47 tonna
  4. 55 tonna
Javobni ko'rish
47 tonna
#36
Menejerlar uchun berilgan tavsiyaga ko‘ra moddiy rag‘batlantirish tizimi o‘rtacha unumdorlikdan yuqori darajaga yo‘naltirilishi lozim. Tarmoq bo‘yicha o‘rtacha unumdorlik smenada 200 dona mahsulot bo‘lsa, rag‘batlantirish tizimi qaysi ko‘rsatkichga mo‘ljallanadi?
  1. 300 dona
  2. 200 dona
  3. 270 dona
  4. 240 dona
Javobni ko'rish
240 dona
#37
Korxonada 80 nafar xodim bir yilda 4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi. Mehnat unumdorligi, ya’ni bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi qancha?
  1. 500 mln so‘m
  2. 30 mln so‘m
  3. 20 mln so‘m
  4. 50 mln so‘m
Javobni ko'rish
50 mln so‘m
#38
Kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti o‘z xohishi bilan va mehnat intizomini buzgani uchun ishdan bo‘shaganlar sonini xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soniga bo‘lib, 100 foizga ko‘paytirish orqali topiladi. Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni 250 kishi, shu sabablarga ko‘ra 20 kishi ishdan bo‘shagan bo‘lsa, koeffitsiyent necha foizni tashkil etadi?
  1. 8 %
  2. 25 %
  3. 2 %
  4. 12,5 %
Javobni ko'rish
8 %
#39
Xalqaro atamashunoslikda «labor turnover» atamasi nimani anglatadi?
  1. Mehnat unumdorligining yillik o‘sish sur’ati
  2. Xodimlarning ishdan bo‘shatilishi va yangi ishchilarning yollanishi
  3. Xodimlarni yuqori lavozimga ko‘tarish jarayoni
  4. Inson kapitaliga investitsiya bilan bog‘liq ish joyini o‘zgartirish
Javobni ko'rish
Xodimlarning ishdan bo‘shatilishi va yangi ishchilarning yollanishi
#40
Quyidagilardan qaysi biri xodimlarni tanlashda qo‘llaniladigan maxsus usullarga kirmaydi?
  1. Ruhiy testlash usuli
  2. Taqrizlarni tekshirish usuli
  3. Amaliy ish o‘yinlarini o‘tkazish usuli
  4. Ish haqi fondini rejalashtirish usuli
Javobni ko'rish
Ish haqi fondini rejalashtirish usuli
#41
Personal boshqaruvi samaradorligini tahlil qilishda xodimlarning qoniqish darajasi qaysi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi?
  1. Personalga xarajatlarning mahsulot sotish hajmidagi ulushi
  2. Bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi va uning dinamikasi
  3. Kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti va absenteizm (ishga kelmaslik) darajasi
  4. Barchasi to'g'ri
Javobni ko'rish
Barchasi to'g'ri
#42
Motivlash deganda nima tushuniladi?
  1. Shaxs yoki guruhni muayyan maqsadga erishish uchun faoliyatga rag‘batlantirish jarayoni
  2. Xodimlar faoliyatini rasmiy hujjatlar asosida nazorat qilib borish
  3. Xodimlarga oylik ish haqini mehnat shartnomasida belgilangan muddatda to‘lab borish tartibi
  4. Xodimlarni intizomiy jazo choralari orqali ishlashga majburlash
Javobni ko'rish
Shaxs yoki guruhni muayyan maqsadga erishish uchun faoliyatga rag‘batlantirish jarayoni
#43
Ehtiyoj nima?
  1. Insonning muayyan mukofot olishni kutib yurishi
  2. Insonning o‘zida fiziologik yoki ruhiy yetishmovchilikni anglashi
  3. Insonning o‘zini atrofdagilar bilan solishtirib, adolatli baholashi
  4. Insonning rahbar ko‘rsatmasini bajarishga tayyorligi
Javobni ko'rish
Insonning o‘zida fiziologik yoki ruhiy yetishmovchilikni anglashi
#44
Quyidagilardan qaysi biri motivatsiyaning jarayonli (protsessual) nazariyalariga kiradi?
  1. V.Vrumning kutish nazariyasi
  2. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi nazariyasi
  3. Makklellandning egallangan ehtiyojlar nazariyasi
  4. F.Gersbergning ikki omil nazariyasi
Javobni ko'rish
V.Vrumning kutish nazariyasi
#45
Quyidagilardan qaysi biri motivatsiyaning mazmunli nazariyalariga kiradi?
  1. V.Vrumning kutish nazariyasi
  2. Dj.Adamsning adolatlilik nazariyasi
  3. Porter–Louler modeli
  4. K.Alderferning ERG nazariyasi
Javobni ko'rish
K.Alderferning ERG nazariyasi
#46
Psixolog Abraham Maslou kishi xulq-atvori ehtiyojlarning keng doirasi bilan belgilanadi degan g‘oyani qaysi yilda ilgari surgan?
  1. 1943 yilda
  2. 1984 yilda
  3. 1911 yilda
  4. 1947 yilda
Javobni ko'rish
1943 yilda
#47
Nomzodlarning kasbiy va psixologik sifatlarini o‘rganish jarayoni
  1. kasbga yo‘naltirish
  2. mehnat faoliyatini baholash
  3. attestatsiya
  4. kadrlarni tanlash
Javobni ko'rish
kasbga yo‘naltirish
#48
K.Alderfer nazariyasi Maslou nazariyasidan nimasi bilan farq qiladi?
  1. Faqat insonning fiziologik ehtiyojlarini o‘rganadi
  2. Ehtiyojlar iyerarxiyasining mavjudligini butunlay inkor etib, ularni faqat teng deb hisoblaydi
  3. Ehtiyojlarning bir darajasidan boshqasiga istalgan yo‘nalishda o‘tish mumkin deb hisoblaydi
  4. Ehtiyojlardan faqat pastdan yuqoriga qarab o‘tish mumkin deb hisoblaydi
Javobni ko'rish
Ehtiyojlarning bir darajasidan boshqasiga istalgan yo‘nalishda o‘tish mumkin deb hisoblaydi
#49
Alderferning ERG nazariyasida ehtiyojlar qaysi guruhlarga bo‘linadi?
  1. Yashash, aloqa va o‘sish ehtiyojlari guruhlarga bo‘linadi
  2. Fiziologik, xavfsizlik va estetik ehtiyojlar
  3. Muvaffaqiyat, tegishlilik va hokimiyat ehtiyojlari
  4. Gigienik va motivlashtiruvchi ehtiyojlar
Javobni ko'rish
Yashash, aloqa va o‘sish ehtiyojlari guruhlarga bo‘linadi
#50
D.Makklelland o‘z konsepsiyasida qaysi ehtiyojlarni ajratib ko‘rsatgan?
  1. Muvaffaqiyatga, tegishlilikka va hokimiyatga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘rsatgan
  2. Gigienik va motivlashtiruvchi ehtiyojlar
  3. Yashashga, aloqaga va o‘sishga bo‘lgan ehtiyojlar
  4. Fiziologik, xavfsizlik va o‘zini namoyon qilish ehtiyojlari
Javobni ko'rish
Muvaffaqiyatga, tegishlilikka va hokimiyatga bo‘lgan ehtiyojlar ko‘rsatgan
#51
F.Gersbergning ikki omil nazariyasiga ko‘ra quyidagilardan qaysi biri gigienik omilga kiradi?
  1. Tinch va toza ish sharoiti
  2. Xizmatda ko‘tarilish imkoniyati
  3. Yaxshi ishlagani uchun tan olinish
  4. Ishda muvaffaqiyatga erishish
Javobni ko'rish
Tinch va toza ish sharoiti
#52
V.Vrumning kutish nazariyasida «valentlik» deganda nima tushuniladi?
  1. Inson uchun maqsadga erishish darajasining jozibadorligi va ustuvorligi
  2. Insonning o‘z xatti-harakati kerakli natijaga olib kelishiga bo‘lgan ishonchi
  3. Ehtiyojni qondirishga intilishdagi muvaffaqiyatsizlik
  4. Insonning o‘z mukofotini boshqalarniki bilan solishtirishi
Javobni ko'rish
Inson uchun maqsadga erishish darajasining jozibadorligi va ustuvorligi
#53
Dj.Adamsning adolatlilik nazariyasiga ko‘ra xodim motivatsiyasiga nima sezilarli ta’sir ko‘rsatadi?
  1. Rahbarning qattiq nazorati va qo‘llaydigan jazo choralari
  2. O‘z mukofoti va sarflagan kuchini boshqalarniki bilan solishtirib, adolatli baholashi
  3. Ehtiyojlarning asosan quyi darajadan yuqori darajaga qarab izchil qondirilib borishi
  4. Ish joyidagi sharoitning faqat tinch, toza va qulay bo‘lishi hamda yaxshi jamoa
Javobni ko'rish
O‘z mukofoti va sarflagan kuchini boshqalarniki bilan solishtirib, adolatli baholashi
#54
Ikki xodim bir xil ishni bajaradi. A xodim oyiga 160 soat ishlab, 8 mln so‘m oladi, B xodim esa 200 soat ishlaydi. Adolatlilik nazariyasiga ko‘ra B xodim o‘zini adolatli taqdirlangan deb hisoblashi uchun uning ish haqi qancha bo‘lishi kerak?
  1. 12 mln so‘m
  2. 10 mln so‘m
  3. 14 mln so‘m
  4. 8 mln so‘m
Javobni ko'rish
10 mln so‘m
#55
Porter–Louler modelining eng muhim xulosasi qaysi?
  1. Xodimning qoniqishi mehnat natijalarining yagona sababi hisoblanadi
  2. Qobiliyat yetishmasligini ortiqcha harakat bilan to‘liq qoplash mumkin
  3. Aynan mehnat natijalari xodim qoniqishining sababi hisoblanadi, aksincha emas
  4. Mukofot hajmi xodimning sarflagan harakatiga umuman bog‘liq emas
Javobni ko'rish
Aynan mehnat natijalari xodim qoniqishining sababi hisoblanadi, aksincha emas
#56
Motivatsiya bo‘yicha Xotorn tadqiqotlari qaysi kompaniya zavodida o‘tkazilgan?
  1. General Motors
  2. Western Electric
  3. General Electric Motor
  4. Ford Motor
Javobni ko'rish
Western Electric
#57
Porter–Louler modelida ichki mukofotga nima misol bo‘ladi?
  1. Qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar berilishi
  2. Mehnat haqi darajasining oshirilishi va mukofot puli berilishi
  3. Atrofdagilarning tan olishi va o‘zini hurmat qilish hissi
  4. Mehnat sharoitlarining yaxshilanishi
Javobni ko'rish
Atrofdagilarning tan olishi va o‘zini hurmat qilish hissi
#58
Boshqaruv uslubi deganda nima tushuniladi?
  1. Xodimlar faoliyatini davriy baholashda qo‘llaniladigan mezonlar majmui
  2. Rahbarning boshqaruvda qo‘llaydigan o‘ziga xos va barqaror usul hamda harakatlari yig‘indisi
  3. Rahbarning ish kunini soatlar bo‘yicha rejalashtirish va taqsimlash tartibi
  4. Tashkilotning rasmiy tuzilmasi va uning bo‘linmalari o‘rtasidagi bo‘ysunish bog‘lanishlari
Javobni ko'rish
Rahbarning boshqaruvda qo‘llaydigan o‘ziga xos va barqaror usul hamda harakatlari yig‘indisi
#59
«Boshqaruv nimalar bilan amalga oshiriladi?» degan savol korxonani boshqarishning qaysi aspektiga tegishli?
  1. Funksional aspekt
  2. Instrumental aspektiga
  3. Institutsional aspekt
  4. Strategik aspekt
Javobni ko'rish
Funksional aspekt
#60
Rahbar g‘oya va rejalarni jamoa a’zolari, hatto o‘z o‘rinbosarlari bilan ham maslahatlashmasdan amalga oshirib, qattiq nazorat o‘rnatadigan boshqaruv uslubi qaysi?
  1. Demokratik (kollegial) uslub
  2. Liberal (erkin) uslub
  3. Avtokratik (avtoritar) uslub
  4. Byurokratik (rasmiy) uslub
Javobni ko'rish
Avtokratik (avtoritar) uslub
#61
Boshqarishga rasmiy yondashuvga asoslanib, «me’yor doirasi»da amalga oshiriladigan va yo‘riqnomalar orqali rahbar hamda ijrochilar tashabbusini bo‘g‘adigan uslub qaysi?
  1. Avtokratik uslub
  2. Byurokratik uslub
  3. Aristokratik uslub
  4. Demokratik uslub
Javobni ko'rish
Byurokratik uslub
#62
Mak-Gregor nazariyasiga ko‘ra qaror qabul qilgunga yoki reja ishlab chiqqunga qadar xodimlar maslahatiga quloq soladigan «konsultant» rahbar qaysi uslubga mos keladi?
  1. Aristokratik uslubga
  2. Byurokratik uslubga
  3. Avtokratik uslubga
  4. Demokratik uslubga
Javobni ko'rish
Demokratik uslubga
#63
Hokimiyat deganda nima tushuniladi?
  1. Tashkilotdagi rasmiy lavozimlar ro‘yxati
  2. Xodimlarning rahbarga bo‘lgan shaxsiy hurmati
  3. Rahbarning moddiy va moliyaviy resurslarga egalik qilish huquqi
  4. Boshqalarning xulq-atvoriga ta’sir etish imkoniyati
Javobni ko'rish
Boshqalarning xulq-atvoriga ta’sir etish imkoniyati
#64
Bo‘ysunuvchilarning rahbarning yuqori malakasi, bilimi va tajribasiga ishonib, unga ongli ravishda itoat etishiga asoslangan hokimiyat qaysi? (Vrach va bemor munosabati bunga yorqin misol bo‘ladi.)
  1. Qonuniy hokimiyat
  2. Mukofotga asoslangan hokimiyat
  3. Ekspert hokimiyat
  4. Etalon hokimiyat
Javobni ko'rish
Ekspert hokimiyat
#65
Rahbarning shaxsiy fazilatlari va yetakchilik qobiliyatiga, ijrochilarning unga o‘xshashga intilishiga asoslangan hokimiyat qanday ataladi?
  1. Majburlashga asoslangan hokimiyat
  2. Etalon (namuna) hokimiyat
  3. Qonuniy hokimiyat
  4. Ekspert hokimiyat
Javobni ko'rish
Etalon (namuna) hokimiyat
#66
Ijrochi shaxsga emas, balki lavozimga e’tibor qaratib, boshliqqa bo‘ysunish an’anasiga asoslangan hokimiyat qaysi?
  1. Mukofotga asoslangan hokimiyat
  2. Ekspert hokimiyat
  3. Qonuniy (an’anaviy) hokimiyat
  4. Etalon hokimiyat
Javobni ko'rish
Qonuniy (an’anaviy) hokimiyat
#67
Ish qidirib yuruvchilar tomonidan taqdim etiladigan, tashkilot talablariga javob beradigan, kuchli tomonlarini ta’riflab beruvchi ma’lumotnoma reklama
  1. rezume
  2. to'g'ri javob yo'q
  3. tavsiyanoma
  4. tavsifnoma
Javobni ko'rish
rezume
#68
Liderlik rahbarlikdan nimasi bilan farq qiladi?
  1. Liderlik faqat yuqori lavozimdagi shaxslarga beriladigan unvondir
  2. Liderlik faqat rasmiy iyerarxiya, lavozim va yo‘riqnoma qoidalariga asoslanadi
  3. Liderlik rasmiy bo‘ysunish bilan birga liderning shaxsiy sifatlariga ham asoslanadi
  4. Liderlik faqat texnik qurilma va mashinalarni boshqarishda qo‘llanadi
Javobni ko'rish
Liderlik rasmiy bo‘ysunish bilan birga liderning shaxsiy sifatlariga ham asoslanadi
#69
Rahbar ish vaqtining yuqori rahbariyat rejalashtirgan yig‘ilish, kengash va yig‘ilishlarga sarflanadigan qismi qanday ataladi?
  1. Shaxsiy vaqt
  2. Subdirektiv vaqt
  3. Direktiv vaqt
  4. Bo‘sh vaqt
Javobni ko'rish
Direktiv vaqt
#70
Nazoratga qo‘yiladigan «soddalik» talabi nimani anglatadi?
  1. Nazorat natijalarini xodimlar va bo‘lim rahbarlaridan sir saqlashni
  2. Nazoratni faqat hisobot yili oxirida bir marta o‘tkazishni
  3. Nazoratni faqat rahbarning o‘zi amalga oshirishini
  4. Nazoratni tekshiruvchilar ham, tekshiriluvchilar ham tushunishini
Javobni ko'rish
Nazoratni tekshiruvchilar ham, tekshiriluvchilar ham tushunishini
#71
Ichki va tashqi nizolarni ijobiy hal qiluvchi, sheriklar va hukumat bilan aloqalar o‘rnatuvchi zamonaviy menejer qaysi rolda namoyon bo‘ladi?
  1. Nazoratchi
  2. Innovator
  3. Tarbiyachi
  4. Diplomat
Javobni ko'rish
Diplomat
#72
Komanda (jamoa) deganda nima tushuniladi?
  1. Bitta korxonada mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan barcha xodimlar va rahbarlarning umumiy yig‘indisi
  2. Norasmiy asosda birlashgan, umumiy maqsadi va aniq vazifalari bo‘lmagan kishilarning guruhi
  3. Murakkab amaliy muammolarni yechish uchun maxsus tuzilgan yuqori malakali mutaxassislarning kichik guruhi
  4. Bitta rahbarga bo‘ysunuvchi, rasmiy tuzilmada alohida ajratilgan tarkibiy bo‘linmaning xodimlari
Javobni ko'rish
Murakkab amaliy muammolarni yechish uchun maxsus tuzilgan yuqori malakali mutaxassislarning kichik guruhi
#73
Amerika menejmenti «komanda» tushunchasini qaysi sohadan olgan?
  1. Armiyadan
  2. Siyosatdan
  3. Yapon menejmentidan
  4. Sportdan
Javobni ko'rish
Sportdan
#74
Boshqaruvchilik komandasining soni qaysi oraliqda bo‘lishi mumkin?
  1. 3 dan 12 kishigacha
  2. 12 dan 25 kishigacha
  3. 2 dan 5 kishigacha
  4. 10 dan 20 kishigacha
Javobni ko'rish
3 dan 12 kishigacha
#75
Nima uchun komanda soni uch kishidan kam bo‘la olmaydi?
  1. Ikki kishilik guruhda lider tayinlash va vazifa taqsimlash mumkin emas
  2. Ikki kishi o‘rtasidagi faoliyat avvalo shaxsiy munosabat sifatida qabul qilinadi
  3. Ikki kishi murakkab muammolarni yechish uchun yetarli bilimga ega bo‘lmaydi
  4. Mehnat qonunchiligida komanda kamida uch kishidan iborat bo‘lishi belgilangan
Javobni ko'rish
Ikki kishi o‘rtasidagi faoliyat avvalo shaxsiy munosabat sifatida qabul qilinadi
#76
R.M.Belbin tasnifiga ko‘ra kashfiyotchilik va intellektga ega, lekin amaliy detallarni baholay olmaydigan jamoa a’zosi qaysi rolni bajaradi?
  1. G‘oyalar generatori
  2. Ishchi asalari
  3. Nazoratchi
  4. Analitik
Javobni ko'rish
G‘oyalar generatori
#77
SMART texnikasida «Time bound» (vaqt bo‘yicha chegaralangan) talabi qaysi savolga javob beradi?
  1. Maqsad yetarli darajada aniqmi?
  2. Jamoa a’zolari maqsadga rozimi?
  3. Maqsadga qachon erishish lozim?
  4. Natijaga erishish darajasi qanday baholanadi?
Javobni ko'rish
Maqsadga qachon erishish lozim?
#78
Jamoani lider qaysi uslubda boshqaradi?
  1. Byurokratik uslubda
  2. Aristokratik uslubda
  3. Liberal uslubda
  4. Avtoritar uslubda
Javobni ko'rish
Liberal uslubda
#79
Quyidagilardan qaysi biri liderning strategik vazifasi hisoblanadi?
  1. A’zolarning o‘zaro shaxsiy munosabatlarini kuzatib, yaxshilab borish
  2. Komanda manfaatlarini har qanday vaziyatda himoya qilish
  3. Mutaxassislarning faqat komanda qoidalari va me’yorlariga rioya qilishini ta’minlash
  4. Jamoa mafkurasini ishlab chiqish va strategik maqsadlarni aniqlash
Javobni ko'rish
Jamoa mafkurasini ishlab chiqish va strategik maqsadlarni aniqlash
#80
Boshqarish jarayoni qaysi bosqichdan boshlanadi?
  1. Maqsadning qo‘yilishidan
  2. Faoliyat variantlarini tanlashdan
  3. Tahlil va mulohaza ishlaridan
  4. Ma’lumotlar yig‘ishdan
Javobni ko'rish
Maqsadning qo‘yilishidan
#81
«Eshigi yopiq» siyosatini olib boruvchi rahbarga qaysi tadbir tavsiya etiladi?
  1. Muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar bo‘yicha qabul vaqtini oldindan belgilash
  2. Xodimlarni umuman qabul qilmasdan, barcha masalalarni faqat yozma ravishda hal qilish
  3. Xodimlarni ish kunining istalgan vaqtida navbatsiz va oldindan kelishmasdan qabul qilish
  4. Xodimlarni qabul qilish ishlarini to‘liq ravishda o‘rinbosariga topshirib qo‘yish
Javobni ko'rish
Muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar bo‘yicha qabul vaqtini oldindan belgilash
#82
Rahbarning ish yuzasidan o‘tkaziladigan uchrashuvida suhbatdoshlar orasidagi masofa qancha bo‘lishi tavsiya etiladi?
  1. 30-40 sm
  2. 1-2 metr
  3. 3 metrdan ko‘p
  4. 5-6 metr
Javobni ko'rish
1-2 metr
#83
Pareto tamoyilining mohiyati nimadan iborat?
  1. Natijalarning katta qismi sabablarning katta qismidan kelib chiqadi
  2. Sabab va natija o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik bo‘lmaydi
  3. Sabablarning kichik qismi natijalarning katta qismini keltirib chiqaradi
  4. Barcha sabablar natijaga bir xil darajada ta’sir ko‘rsatadi
Javobni ko'rish
Sabablarning kichik qismi natijalarning katta qismini keltirib chiqaradi
#84
Rahbarning kunlik ish rejasida 15 ta vazifa bor. Pareto tamoyiliga ko‘ra ulardan nechtasi kutilayotgan natijaning 80 foizini ta’minlaydi?
  1. 2 ta
  2. 3 ta
  3. 8 ta
  4. 5 ta
Javobni ko'rish
3 ta
#85
Menejerning oylik ishlari 60 ta vazifadan iborat. ABC tahliliga ko‘ra eng muhim, A toifasiga kiruvchi vazifalar taxminan nechta bo‘ladi?
  1. 12 ta
  2. 39 ta
  3. 7 ta
  4. 9 ta
Javobni ko'rish
9 ta
#86
P.Druker taklif etgan samarali xulq-atvor metodikalariga qaysi biri kiradi?
  1. Barcha ishlarni shaxsan o‘zi bajarish
  2. Nazoratni natijaga emas, ish jarayoniga qaratish
  3. Asosiy e’tiborni xodimlarning ojiz tomonlariga qaratish
  4. Vaqtni boshqarish va ustuvorliklarni belgilash
Javobni ko'rish
Vaqtni boshqarish va ustuvorliklarni belgilash
#87
Filipp Krosbining «Sifat uchun to‘lashmaydi» degan aforizmi qanday ma’noni bildiradi?
  1. Sifatli mahsulot har doim arzon narxda sotiladi
  2. Tayyorlovchi sifat uchun emas, balki uning yo‘qligi uchun to‘laydi
  3. Iste’molchi sifatli mahsulot uchun ortiqcha pul to‘lashni istamaydi
  4. Sifat nazorati uchun xarajat qilishning hojati yo‘q
Javobni ko'rish
Tayyorlovchi sifat uchun emas, balki uning yo‘qligi uchun to‘laydi
#88
Ford korporatsiyasi iste’molchi ehtiyojlarini qondirishni strategiyasining asosiy maqsadi qilib qo‘ygach, sifatni qanday talqin qila boshlagan?
  1. Sifat iste’molchi tomonidan aniqlanadi
  2. Sifat — mahsulotning yuqori narxi va murakkab tuzilishidir
  3. Sifat — chizma va texnik shartlardagi talablarga mos kelishdir
  4. Sifat — sifat bo‘limi tasdiqlagan hisobotlar majmuidir
Javobni ko'rish
Sifat iste’molchi tomonidan aniqlanadi
#89
PDCA siklida «Check» bosqichi nimani anglatadi?
  1. Tekshirish (nazorat)
  2. Ta’sir ko‘rsatish (tuzatish)
  3. Amalga oshirish
  4. Rejalashtirish
Javobni ko'rish
Tekshirish (nazorat)
#90
PDCA konsepsiyasini birinchi bo‘lib kim yaratgan?
  1. E.Deming
  2. K.Isikava
  3. U.Shuxart
  4. Feygenbaum
Javobni ko'rish
U.Shuxart
#91
Kaydzen (kaizen) nima?
  1. Sifat menejmenti bo‘yicha xalqaro standartlashtirish tashkiloti ishlab chiqqan talablar majmui
  2. Xodimlar sonini qisqartirish orqali xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan yapon usuli
  3. Mahsulot sifatini faqat yakuniy bosqichda tekshirishga asoslangan yapon nazorat tizimi
  4. Jarayonlar va boshqaruvni to‘xtovsiz takomillashtirishga yo‘naltirilgan yapon falsafasi va amaliyoti
Javobni ko'rish
Jarayonlar va boshqaruvni to‘xtovsiz takomillashtirishga yo‘naltirilgan yapon falsafasi va amaliyoti
#92
Yaponiya firmalaridagi «besh nol» dasturi qoidalariga qaysi biri kiradi?
  1. Nuqsonli mahsulotni keyingi bosqichga uzatib, oxirida saralash
  2. Oldingi bosqichdan nuqsonli mahsulotni qabul qilmaslik
  3. Nuqsonlarni faqat yakuniy nazorat bosqichida aniqlash
  4. Texnologik rejimlarni ishchi xohishiga ko‘ra o‘zgartirish
Javobni ko'rish
Oldingi bosqichdan nuqsonli mahsulotni qabul qilmaslik
#93
E.Deming yondashuviga ko‘ra past samaradorlik va yomon sifatning sababi ko‘pincha nimada?
  1. Xodimlarning dangasaligida
  2. Ishlab chiqarish tizimida
  3. Xomashyoning sifatsizligida
  4. Iste’molchilarning o‘ta talabchanligida
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish tizimida
#94
E.Demingning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tavsiyalaridan biri qaysi?
  1. Natijani emas, ish hajmini taqdirlang
  2. Ijodiy ishni emas, so‘zsiz bo‘ysunishni taqdirlang
  3. Riskni o‘ziga olganni emas, undan qochganni taqdirlang
  4. Tez ishni emas, sifatni taqdirlang
Javobni ko'rish
Tez ishni emas, sifatni taqdirlang
#95
Sifatni har tomonlama boshqarish (TQM) konsepsiyasi nimani ifodalaydi?
  1. Faqat sifat bo‘limi xodimlari bajaradigan, boshqa bo‘linmalarga aloqasi bo‘lmagan texnik nazorat ishlarini
  2. Mahsulotni loyihalash bosqichida tayyorlangan chizma va texnik shartlarni tasdiqlash tartibini
  3. Faqat tayyor mahsulotni omborga topshirishdan oldin uning sifatini tekshirish va saralash tartibini
  4. Barcha darajalarda yuqori sifatga qaratilgan, sotuvdan keyingi xizmatni ham qamrab oluvchi chora-tadbirlar majmuini
Javobni ko'rish
Barcha darajalarda yuqori sifatga qaratilgan, sotuvdan keyingi xizmatni ham qamrab oluvchi chora-tadbirlar majmuini
#96
Xodimlarga nazariy va uslubiy bilimlarni berishda qo‘llaniladigan o‘qitishning passiv usuli
  1. instruktaj
  2. ma’ruza
  3. rotatsiya
  4. amaliy o‘yinlar
Javobni ko'rish
ma’ruza
#97
Mehnat sifatining qancha qismi tarbiya va anglash bilan, qancha qismi bilim bilan ta’minlanadi?
  1. 100 % tarbiya va anglash, 0 % bilim
  2. 90 % tarbiya va anglash, 10 % bilim
  3. 95 % tarbiya va anglash, 5 % bilim
  4. 50 % tarbiya va anglash, 5 % bilim
Javobni ko'rish
95 % tarbiya va anglash, 5 % bilim
#98
Xodimlardan juftliklar tuzilib, ularning ishni bajarish darajasi o‘zaro solishtiriladigan baholash usuli qanday ataladi?
  1. O‘zaro taqqoslash usuli
  2. Majburiy taqqoslash usuli
  3. Reyting tizimini tuzish usuli
  4. Kritik holat usuli
Javobni ko'rish
Majburiy taqqoslash usuli
#99
Bo‘limda 40 nafar xodim bor. Majburiy taqqoslash usulida xodimlar 15 % – yuqori, 20 % – o‘rtachadan yuqori, 30 % – o‘rtacha, 20 % – o‘rtachadan past va 15 % – past darajada ijro etuvchilarga taqsimlanadi. Yuqori va o‘rtachadan yuqori darajada ijro etuvchi xodimlar jami nechta bo‘ladi?
  1. 8 ta
  2. 12 ta
  3. 16 ta
  4. 14 ta
Javobni ko'rish
14 ta
#100
General Electric kompaniyasida menejerlar 20 % – yuqori, 70 % – o‘rtacha va 10 % – quyi darajadagilarga taqsimlanadi. 150 nafar menejer baholansa, o‘rtacha darajadagi menejerlar nechta bo‘ladi?
  1. 115 ta
  2. 105 ta
  3. 170 ta
  4. 30 ta
Javobni ko'rish
105 ta
QuizPilotda o'ynash