Iqtisodiyot
test global biznes variant 4
muallif: miss_aminovaa · 42 ta savol ·
0 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Yumshoq valyuta nimani anglatadi?
- Barqaror va ishonchli valyuta
- Metall asosli pul birligi
- Eksportni cheklaydigan valyuta
- Beqaror va tez qadrsizlanadigan valyuta
Javobni ko'rish
Beqaror va tez qadrsizlanadigan valyuta
#2
TMKlarning ilmiy-tadqiqot sohasidagi roli qanday?
- Faqat yangi mahsulotlarni sotadi
- Texnologik rivojlanishni to‘xtatadi
- Byudjetining bir qismini R&D faoliyatiga sarflaydi
- Innovatsiyalarni davlatdan sotib oladi
Javobni ko'rish
Byudjetining bir qismini R&D faoliyatiga sarflaydi
#3
TMKlarning mahalliy iqtisodiyotlarga eng katta ta’siri qanday bo‘lishi mumkin?
- Mahalliy bozorlarda narxlarni pasaytirib, iste’molchilar uchun qulaylik yaratishi mumkin
- Davlat korxonalari bilan sheriklik qilib, milliy ishlab chiqarishni kengaytirishi mumkin
- Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni raqobatga dosh bera olmay bankrotlikka olib kelishi mumkin
- Mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotni kuchaytirishi mumkin
Javobni ko'rish
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni raqobatga dosh bera olmay bankrotlikka olib kelishi mumkin
#4
TMKlarning soliq siyosatida qanday oqibatlar kuzatiladi?
- Mahalliy soliqlarni kamaytirib, barcha korxonalarga imtiyoz yaratishi mumkin
- Davlat soliqlarini oshirib, iqtisodiyotni barqarorlashtirishi mumkin
- Soliq tizimini kuchaytirib, byudjet daromadlarini ko‘paytirishi mumkin
- Transfer narxlash orqali foydani soliq stavkasi past hududlarga o‘tkazib, davlat byudjetini kamaytirishi mumkin
Javobni ko'rish
Transfer narxlash orqali foydani soliq stavkasi past hududlarga o‘tkazib, davlat byudjetini kamaytirishi mumkin
#5
TMKlarning ijtimoiy mas’uliyat borasidagi faoliyati qanday baholanadi?
- TMKlar ijtimoiy mas’uliyatni davlat zimmasiga yuklab qo‘yadi
- TMKlar faqat foyda olishni maqsad qilib, jamiyat manfaatlarini inkor etadi
- Ayrim TMKlar CSR dasturlari orqali mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlaydi
- Mahalliy iqtisodiyotni cheklab, faqat global bozorlar uchun xizmat qiladi
Javobni ko'rish
Ayrim TMKlar CSR dasturlari orqali mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlaydi
#6
Bangladeshdagi tikuvchilik sanoati misolida TMKlar qanday muammo tug‘dirgan edi?
- Ishchilarning ish haqi dunyoda eng pastlardan biri bo‘lib, mehnat sharoitlari og‘ir edi
- Ishchilarga yuqori maosh to‘lab, ishlab chiqarishni kamaytirgan edi
- Davlat bilan hamkorlik qilib, sanoatni monopoliya qilgan edi
- Mahalliy bozorlarda raqobatni kuchaytirib, narxlarni pasaytirgan edi
Javobni ko'rish
Ishchilarning ish haqi dunyoda eng pastlardan biri bo‘lib, mehnat sharoitlari og‘ir edi
#7
TMKlarning yashirin xarajatlari qaysi ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin?
- Yangi ish o‘rinlari ochilishi orqali raqobatni kuchaytirishda
- Mahalliy mahsulotlarni subsidiyalash orqali narxlarni pasaytirishda
- Yuqori soliq stavkalari orqali davlat byudjetini ko‘paytirishda
- Past ish haqi tufayli davlatning subsidiyalarni oshirishga majbur bo‘lishida
Javobni ko'rish
Past ish haqi tufayli davlatning subsidiyalarni oshirishga majbur bo‘lishida
#8
Birinchi sanoat inqilobi qaysi asrda boshlangan?
- XX asrning boshlarida
- XIX asrning 20-yillarida
- XVII asrning 80-yillarida
- XVIII asrning 60-yillarida
Javobni ko'rish
XVIII asrning 60-yillarida
#9
Stephenson parovozni qachon ixtiro qilgan?
- 1825-yilda
- 1830-yilda
- 1800-yilda
- 1814-yilda
Javobni ko'rish
1814-yilda
#10
Beshinchi texnologik tizim keng tarqalishi qaysi davrdan boshlangan?
- 1990-yillardan
- 1980-yillarning o‘rtalaridan
- 1960-yillardan
- 2000-yillardan
Javobni ko'rish
1980-yillarning o‘rtalaridan
#11
“Innovatsion iqtisodiyot” nima?
- Faqat xizmatlar sohasiga asoslangan iqtisodiyot
- Faqat resurslarga asoslangan iqtisodiyot
- Innovatsiyalarni rivojlanishning asosiy omili sifatida ko‘radigan iqtisodiyot
- Xomashyo eksportiga yo‘naltirilgan iqtisodiyot
Javobni ko'rish
Innovatsiyalarni rivojlanishning asosiy omili sifatida ko‘radigan iqtisodiyot
#12
“Yashil iqtisodiyot” nimani anglatadi?
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanishga asoslangan iqtisodiyot
- Davlatning markazlashgan boshqaruvini
- Sanoat ishlab chiqarishini ko‘paytirishni
- Faqat qishloq xo‘jaligiga asoslangan tizimni
Javobni ko'rish
Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanishga asoslangan iqtisodiyot
#13
Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi qaysi sohada muhim hujjat?
- Jahon savdo tashkiloti asosida
- Atrof-muhitni saqlash va barqaror rivojlanishda
- Moliyaviy bozorlarni tartibga solishda
- Texnik innovatsiyalarni joriy etishda
Javobni ko'rish
Atrof-muhitni saqlash va barqaror rivojlanishda
#14
Oslo qo‘llanmasi nechanchi yilda chop etilgan?
- 2000-yilda
- 1975-yilda
- 1985-yilda
- 1992-yilda
Javobni ko'rish
1992-yilda
#15
Beshinchi texnologik tizimning asosiy omili nima?
- Transport tizimlari
- Tabiiy resurslardan foydalanish
- Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
- Mikroelektronika va dasturiy ta’minot
Javobni ko'rish
Mikroelektronika va dasturiy ta’minot
#16
XIX asr oxirida sanoatda yetakchi davlatlar qaysilar edi?
- Rossiya va Italiya
- AQSH va Germaniya
- Fransiya va Ispaniya
- Yaponiya va Hindiston
Javobni ko'rish
AQSH va Germaniya
#17
Globalizatsiyaning birinchi texnologik bosqichi nimalarga asoslangan edi?
- Yashil iqtisodiyot tamoyillari
- Transport vositalarining integratsiyasi
- Kompyuter texnologiyalarining rivoji
- Mashinalar davri va sanoat inqilobi
Javobni ko'rish
Mashinalar davri va sanoat inqilobi
#18
Moliyaviy inqiroz texnologik rivojlanishga qanday ta’sir qiladi?
- Real aktivlarga investitsiyalarni yo‘naltirish orqali yangi texnologik tuzumning kengayishiga yordam beradi
- Faqat eski texnologiyalarning o‘sishiga turtki beradi
- Faqat mavjud ishlab chiqarishni qisqartiradi
- Yangi texnologiyalarni to‘liq to‘xtatadi
Javobni ko'rish
Real aktivlarga investitsiyalarni yo‘naltirish orqali yangi texnologik tuzumning kengayishiga yordam beradi
#19
Osiyo mamlakatlari beshinchi texnologik tizimni o‘zlashtirishda qanday natijalarga erishdi?
- Qishloq xo‘jaligiga qaytdi
- Faqat xizmat ko‘rsatish sohasida rivojlandi
- Yangi texnologiyalarni qabul qilmadi
- Yangi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish va transmilliy kapitalni jalb etishga muvaffaq bo‘ldi
Javobni ko'rish
Yangi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish va transmilliy kapitalni jalb etishga muvaffaq bo‘ldi
#20
“Innovatsion iqtisodiyot” tushunchasi qanday ehtiyojni qondiradi?
- Faqat davlat investitsiyasini
- Innovatsiyalarning doimiy o‘zgarishini aks ettiruvchi zamonaviy ko‘rsatkichlarga ehtiyojni
- Tabiiy resurslardan foydalanish ehtiyojini
- Xomashyo eksportiga ehtiyojni
Javobni ko'rish
Innovatsiyalarning doimiy o‘zgarishini aks ettiruvchi zamonaviy ko‘rsatkichlarga ehtiyojni
#21
Rio-de-Janeyro deklaratsiyasining ahamiyati nimada?
- Atrof-muhitni saqlash va barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni belgilab berdi
- Innovatsiyalarni moliyalashtirish tizimini shakllantirdi
- Jahon savdo tashkilotini yaratdi
- Transport inqilobiga asos bo‘ldi
Javobni ko'rish
Atrof-muhitni saqlash va barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni belgilab berdi
#22
Kapitalning ozod qilinishi yangi texnologik tizimda nimaga olib keladi?
- Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoyalar ko‘payadi
- Kapitalning faqat moliya sektoriga o‘tishiga olib keladi
- Faqat eski texnologiyalarni qayta ishlab chiqishga xizmat qiladi
- Sanoatning o‘sishini sekinlashtiradi
Javobni ko'rish
Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoyalar ko‘payadi
#23
Makroiqtisodiyot nechta asosiy bozorni qamrab oladi?
- 3 ta bozorni
- 5 ta bozorni
- 6 ta bozorni
- 4 ta bozorni
Javobni ko'rish
4 ta bozorni
#24
Apple kompaniyasining AQShdagi do‘konlari soni nechta?
- 300 ta
- 273 ta
- 150 ta
- 217 ta
Javobni ko'rish
217 ta
#25
Davlat byudjetida taqchillikka qancha foizgacha yo‘l qo‘yiladi?
- 30% gacha
- 20% gacha
- 10% gacha
- 50% gacha
Javobni ko'rish
20% gacha
#26
Iqtisodiy tizim nima?
- Mahsulot ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol munosabatlarini belgilovchi tamoyillar majmuasi
- Fiskal va pul-kredit siyosati yig‘indisi
- Daromadni taqsimlash jarayoni
- Faqat soliq siyosati
Javobni ko'rish
Mahsulot ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol munosabatlarini belgilovchi tamoyillar majmuasi
#27
Marjinal daromad qanday tushuniladi?
- Davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar
- Qo‘shimcha mahsulot birligini sotishdan olinadigan qo‘shimcha daromad
- Umumiy daromad summasi
- O‘rtacha mahsulot narxi
Javobni ko'rish
Qo‘shimcha mahsulot birligini sotishdan olinadigan qo‘shimcha daromad
#28
Makro muhit omillariga qaysilar kiradi?
- Faqat ichki omillar
- Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va texnologik omillar
- Faqat marketing strategiyasi
- Korxona xodimlari soni
Javobni ko'rish
Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va texnologik omillar
#29
Byudjet taqchilligi qachon yuzaga keladi?
- Foiz stavkalari tushganda
- Daromad ortganda
- Inflyatsiya pasaysa
- Xarajat daromaddan oshganda
Javobni ko'rish
Xarajat daromaddan oshganda
#30
An’anaviy iqtisodiyotning belgisi nima?
- Bozor ochiqligi
- Xususiy mulkning ustuvorligi
- Qo‘l mehnati va natural xo‘jalik
- Yuqori texnologiyalar
Javobni ko'rish
Qo‘l mehnati va natural xo‘jalik
#31
Bozor iqtisodiyotining belgisi nima?
- Faqat davlat mulki
- Xususiy mulkning yetakchilik qilishi
- Xizmat sohasining yo‘qligi
- Natural xo‘jalik
Javobni ko'rish
Xususiy mulkning yetakchilik qilishi
#32
PEST tahlili nimalarni aniqlash uchun qo‘llanadi?
- Ichki resurslarni
- Tashqi muhit omillarini
- Xodimlarning samaradorligini
- Mahsulot tannarxini
Javobni ko'rish
Tashqi muhit omillarini
#33
Makro muhit kompaniya faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
- Faqat korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlaydi
- Korxona ichki moliyaviy hisobotlarini boshqaradi
- Kompaniya qarorlarini shakllantirishda tashqi omillar orqali ta’sir ko‘rsatadi
- Ichki bozorni to‘liq nazorat qiladi
Javobni ko'rish
Kompaniya qarorlarini shakllantirishda tashqi omillar orqali ta’sir ko‘rsatadi
#34
Iqtisodiy resurslarning taqchilligi nimani anglatadi?
- Oldindan belgilangan yoki zarur darajadagi resurs, mablag‘ va tovarlarning yetishmasligi
- Daromadlarning keskin ortishi bilan bog‘liq jarayonni
- Inflyatsiya doimiy ravishda pasayib borishini
- Xizmatlar ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan holatni
Javobni ko'rish
Oldindan belgilangan yoki zarur darajadagi resurs, mablag‘ va tovarlarning yetishmasligi
#35
Daromadning asosiy manbai nimadan iborat?
- Davlat tomonidan berilgan subsidiya va grantlardan
- Xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmidan
- Mahsulot sotishdan tushgan tushum, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlaridan qolgan qism
Javobni ko'rish
Mahsulot sotishdan tushgan tushum, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlaridan qolgan qism
#36
O‘rtacha daromad qanday aniqlanadi?
- Umumiy xarajatni umumiy daromadga bo‘lish orqali aniqlanadi
- Faqat qo‘shimcha daromadni hisoblash orqali aniqlanadi
- Mahsulot tannarxidan chiqarib tashlangan foyda orqali aniqlanadi
- Yalpi daromadni sotilgan mahsulotlar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi
Javobni ko'rish
Yalpi daromadni sotilgan mahsulotlar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi
#37
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining belgisi qaysi?
- Natural xo‘jalik va qo‘l mehnatiga asoslanishi
- Xususiy mulkning yetakchilik qilishi va bozor aloqalariga asoslanishi
- Ochiq iqtisodiy tizim va xizmat sohasining kengayishi
- Davlat mulki hukmronligi, markazlashgan rejalashtirish va resurslarni majburiy taqsimlash
Javobni ko'rish
Davlat mulki hukmronligi, markazlashgan rejalashtirish va resurslarni majburiy taqsimlash
#38
YuNSITRAL (BMT xalqaro savdo huquqi komissiyasi) qachon tashkil etilgan?
- 1988-yil 1-yanvarda
- 1992-yil 22-yanvarda
- 1974-yil 11-aprelda
- 1966-yil 17-dekabrda
Javobni ko'rish
1966-yil 17-dekabrda
#39
“Xalqaro tovarlar oldi-sotdisi to‘g‘risida”gi Vena konvensiyasi nechta moddadan iborat?
- 88 ta modda
- 101 ta modda
- 75 ta modda
- 120 ta modda
Javobni ko'rish
101 ta modda
#40
O‘zbekiston Respublikasi Vena konvensiyasiga qachon qo‘shilgan?
- 2000-yil 1-yanvarda
- 1998-yil 10-iyunda
- 1997-yil 1-dekabrda
- 1995-yil 5-mayda
Javobni ko'rish
1997-yil 1-dekabrda
#41
Plyuralizm qanday siyosiy tizimni bildiradi?
- Turli mafkura va manfaat guruhlarining birgalikda mavjudligi
- Faqat bitta mafkuraning mavjudligi
- Fuqarolik erkinliklarini to‘liq cheklash
- Davlatning markazlashgan boshqaruvi
Javobni ko'rish
Turli mafkura va manfaat guruhlarining birgalikda mavjudligi
#42
Kapitalizm qanday tizimdir?
- Siyosiy partiyalar ustuvor bo‘lgan tizim
- Xususiy mulk va bozor mexanizmi ustuvor bo‘lgan tizim
- Mulkni umumiy bo‘lish tizimi
- Davlat egaligi ustuvor bo‘lgan tizim
Javobni ko'rish
Xususiy mulk va bozor mexanizmi ustuvor bo‘lgan tizim
QuizPilotda o'ynash