Iqtisodiyot
test global biznes variant 3
muallif: miss_aminovaa · 42 ta savol ·
0 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
“Litsenziya” tushunchasi qanday ta’riflanadi?
- Soliq imtiyozini belgilovchi hujjat
- Sud organlari tomonidan chiqarilgan qaror
- Korxonalar o‘rtasidagi shartnoma turi
- Muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun davlat tomonidan beriladigan ruxsatnoma
Javobni ko'rish
Muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun davlat tomonidan beriladigan ruxsatnoma
#2
WTO tashkil topgan yilni ko‘rsating.
- 1985-yil
- 1970-yil
- 1995-yil
- 2000-yil
Javobni ko'rish
1995-yil
#3
O‘zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik uchun ariza bergan yil:
- 2010-yil
- 1994-yil
- 2020-yil
- 2001-yil
Javobni ko'rish
1994-yil
#4
BMTga a’zo davlatlar soni nechta?
- 205 ta
- 193 ta
- 175 ta
- 150 ta
Javobni ko'rish
193 ta
#5
Demografik o‘zgarishlarning biznes strategiyasiga qanday ta’siri bo‘ladi?
- Kadrlar siyosatini cheklash bilan kifoyalanadi
- Mahsulot narxini sun’iy ravishda oshiradi
- Kompaniyalar iste’molchi profillarini shakllantirib, kelajak strategiyasini moslashtiradi
- Faqat mavjud iste’molchilar sonini hisobga oladi
Javobni ko'rish
Kompaniyalar iste’molchi profillarini shakllantirib, kelajak strategiyasini moslashtiradi
#6
Aholining kamayishi biznes uchun qanday oqibatlarga olib keladi?
- Kompaniyalar yangi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tadi
- Eksport-import hajmi barqaror bo‘lib qoladi
- Davlat soliqlari keskin kamayadi
- Ishchi kuchining qisqarishi va bolalar mahsulotlariga talabning pasayishi
Javobni ko'rish
Ishchi kuchining qisqarishi va bolalar mahsulotlariga talabning pasayishi
#7
Migratsiya global iste’mol bozorlariga qanday ta’sir qiladi?
- Ichki bozorlarda faqat narxlarni ko‘taradi
- Savdoni faqat mahalliy bozorlarda rivojlantiradi
- Milliy korxonalarni qisqartirishga majbur qiladi
- Yangi ehtiyoj va mahsulotlarga talabni yuzaga keltiradi
Javobni ko'rish
Yangi ehtiyoj va mahsulotlarga talabni yuzaga keltiradi
#8
Aholining yosh-jins tarkibi biznes uchun nima sababdan muhim?
- Moliyaviy siyosatni butunlay boshqaradi
- Ishchi kuchi, iste’molchilar va xizmatlarga bo‘lgan talabni shakllantiradi
- Xalqaro siyosiy muhitni belgilaydi
- Faqat aholining diniy qarashlarini belgilaydi
Javobni ko'rish
Ishchi kuchi, iste’molchilar va xizmatlarga bo‘lgan talabni shakllantiradi
#9
Ijtimoiy muhit biznes samaradorligiga qanday ta’sir qiladi?
- Faqat eksport-import bitimlarini ko‘paytiradi
- Davlat byudjetini barqarorlashtiradi
- Qadriyatlar va munosabatlar asosida qarorlar va strategiyalarni shakllantiradi
- Tabiiy resurslardan foydalanishni cheklaydi
Javobni ko'rish
Qadriyatlar va munosabatlar asosida qarorlar va strategiyalarni shakllantiradi
#10
Aholi sonining o‘sishi biznes uchun qanday natija beradi?
- Savdo imkoniyatlari qisqaradi
- Iqtisodiy faollik pasayadi
- Tovar va xizmatlarga talab ortadi
- Ishchi kuchi kamayadi
Javobni ko'rish
Tovar va xizmatlarga talab ortadi
#11
Tug‘ilish darajasining pasayishi qanday oqibat beradi?
- Urbanizatsiya tezlashadi
- Ishchi kuchi ortadi
- Bolalar uchun mahsulotlarga talab kamayadi
- Migratsiya kamayadi
Javobni ko'rish
Bolalar uchun mahsulotlarga talab kamayadi
#12
Etnik tarkibdagi o‘zgarishlar qaysi sohalarga ta’sir qiladi?
- Xalqaro diplomatiyaga
- Davlat boshqaruviga
- Oziq-ovqat, kiyim-kechak va xizmatlarga
- Tabiiy resurslar qazib olishga
Javobni ko'rish
Oziq-ovqat, kiyim-kechak va xizmatlarga
#13
Global biznesda urbanizatsiya qanday rol o‘ynaydi?
- Mahalliy bozorlarda savdo imkoniyatlarini qisqartiradi
- Aholining shaharlarda to‘planishi iste’mol bozorini kengaytiradi
- Migratsiyani butunlay to‘xtatadi
- Faqat sanoat ishlab chiqarishini rivojlantiradi
Javobni ko'rish
Aholining shaharlarda to‘planishi iste’mol bozorini kengaytiradi
#14
Germaniyada chet ellik fuqarolar aholisining necha foizini tashkil etadi?
- 2% dan kam
- 5% atrofida
- 20% ga yaqin
- 10% dan ortig‘i
Javobni ko'rish
10% dan ortig‘i
#15
“Demografik muhit” deganda nimani tushunamiz?
- Mahalliy siyosiy muhitning biznesga ta’siri
- Aholi soni, tarkibi va o‘zgarishlarining biznesga ta’siri
- Iqlim o‘zgarishlarining ishlab chiqarishga ta’siri
- Bozorning moliyaviy resurslari
Javobni ko'rish
Aholi soni, tarkibi va o‘zgarishlarining biznesga ta’siri
#16
“Ijtimoiy muhit” tushunchasiga nimalar kiradi?
- Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati
- Faoliyat yuritayotgan korxonalarning ichki siyosati
- Tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari
- Aholining qadriyatlari, istaklari, e’tiqodlari va munosabatlari
Javobni ko'rish
Aholining qadriyatlari, istaklari, e’tiqodlari va munosabatlari
#17
Dunyoda erkaklar soni ayollardan qancha ko‘proq?
- 25 millionga yaqin
- 70 millionga yaqin
- 15 millionga yaqin
- 46 millionga yaqin
Javobni ko'rish
46 millionga yaqin
#18
0–14 yoshdagi bolalar orasida har 1000 qizga nechta o‘g‘il bola to‘g‘ri keladi?
- 1010
- 950
- 990
- 1070
Javobni ko'rish
1070
#19
Afrikada 21-asr oxiriga kelib qancha megapolis shakllanishi kutilmoqda?
- 9 ta
- 5 ta
- 13 ta
- 20 ta
Javobni ko'rish
13 ta
#20
Xalqaro savdo shartnomasining mazmuni nimani o‘z ichiga oladi?
- Davlatlarning huquq va majburiyatlarini belgilab, iqtisodiy munosabatlarning huquqiy tartibini ko‘rsatadi
- Davlatlar o‘rtasida madaniy almashinuvni tartibga soladi
- Faqat moliyaviy hisobotlarni yuritish tartibini belgilaydi
- Tashkilotlar ichidagi boshqaruv tizimini belgilaydi
Javobni ko'rish
Davlatlarning huquq va majburiyatlarini belgilab, iqtisodiy munosabatlarning huquqiy tartibini ko‘rsatadi
#21
Elektron savdoning afzalliklari orasida asosiy jihat:
- Faqat ichki bozorda xaridorlarni tanlash imkonini beradi
- Mahsulotlarni cheklangan hududda sotish imkonini beradi
- Yetkazib beruvchilar bilan faqat lokal darajada ishlash imkonini beradi
- Kompaniyalarga geografik joylashuvdan qat’i nazar, global bozorga chiqish imkonini beradi
Javobni ko'rish
Kompaniyalarga geografik joylashuvdan qat’i nazar, global bozorga chiqish imkonini beradi
#22
Kollizion normalarning vazifasi nimada?
- Savdo shartnomalarida moliyaviy majburiyatlarni taqsimlash
- Qaysi davlat huquqi qo‘llanishi lozimligini aniqlash orqali huquqiy to‘qnashuvlarni hal qilish
- Eksport-import ruxsatnomalarini berish
- Xalqaro tashkilotlar byudjetini nazorat qilish
Javobni ko'rish
Qaysi davlat huquqi qo‘llanishi lozimligini aniqlash orqali huquqiy to‘qnashuvlarni hal qilish
#23
UNIDRUA tomonidan tayyorlangan qoidalar qanday xarakterga ega?
- Faqat xalqaro arbitraj sudining qarorlarini tartibga soladi
- Milliy soliq qonunlarini belgilab beradi
- Eksport-import stavkalarini yagona qilib belgilaydi
- Asosan moddiy-huquqiy normalar bo‘lib, ayrim hollarda kollizion normalarni ham o‘z ichiga oladi
Javobni ko'rish
Asosan moddiy-huquqiy normalar bo‘lib, ayrim hollarda kollizion normalarni ham o‘z ichiga oladi
#24
Xalqaro elektron savdo maydonchalari qaysi turlarga bo‘linadi?
- Milliy korxonalarga mo‘ljallangan lokal savdo tizimlari
- Banklar tomonidan boshqariladigan ichki to‘lov tizimlari
- Xaridlarni boshqarish, yetkazib beruvchilar bilan to‘la sikl ishlash, tarmoq (vertikal) savdo maydonchalari va ko‘p tarmoqli elektron bozorlar
- Faqat davlat nazorati ostida ishlaydigan savdo tizimlari
Javobni ko'rish
Xaridlarni boshqarish, yetkazib beruvchilar bilan to‘la sikl ishlash, tarmoq (vertikal) savdo maydonchalari va ko‘p tarmoqli elektron bozorlar
#25
Xalqaro tovarlar oldi-sotdisini tartibga soluvchi asosiy hujjat qaysi?
- Keyptaun konvensiyasi
- Ottava konvensiyasi
- Jeneva konvensiyasi
- Vena konvensiyasi
Javobni ko'rish
Vena konvensiyasi
#26
Elektron savdo tizimlaridan biri:
- Davlat byudjeti tizimi
- Xaridlarni boshqarish tizimi
- Bank-moliya tizimi
- Mahalliy soliq tizimi
Javobni ko'rish
Xaridlarni boshqarish tizimi
#27
Xalqaro savdo palatasi arbitrajining vazifasi:
- Eksportni subsidiyalash
- Ichki bozorda narx belgilash
- Shartnoma nizolarini hal etish
- Soliq siyosatini nazorat qilish
Javobni ko'rish
Shartnoma nizolarini hal etish
#28
UNIDRUAning asosiy maqsadi:
- Davlatlar o‘rtasida bojxona birligini yaratish
- Milliy qonunlarni bekor qilish
- Bank-moliya tizimlarini birlashtirish
- Xususiy huquqlarni muvofiqlashtirish
Javobni ko'rish
Xususiy huquqlarni muvofiqlashtirish
#29
O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksi kollizion normalar bo‘yicha qaysi bobda ko‘rsatilgan?
- 45-bob
- 82-bob
- 71-bob
- 63-bob
Javobni ko'rish
71-bob
#30
“Kollizion norma” qanday tushuniladi?
- Davlatlar o‘rtasidagi savdo to‘g‘risidagi bitim
- Bir ijtimoiy munosabatga bir nechta huquqiy norma to‘g‘ri kelishi holati
- Elektron savdo maydonchalari
- Xalqaro moliyaviy hisob-kitob tizimi
Javobni ko'rish
Bir ijtimoiy munosabatga bir nechta huquqiy norma to‘g‘ri kelishi holati
#31
“Xalqaro lizing” deganda nima tushuniladi?
- Mahalliy korxonalar o‘rtasidagi ijaraga berish bitimi
- Turli mamlakatlarda joylashgan korxonalar o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasi
- Eksport-import litsenziyasi
- Davlatlar o‘rtasidagi kredit shartnomasi
Javobni ko'rish
Turli mamlakatlarda joylashgan korxonalar o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasi
#32
Vena konvensiyasi qachon qabul qilingan?
- 2001-yil
- 1995-yil
- 1976-yil
- 1980-yil
Javobni ko'rish
1980-yil
#33
UNIDRUA tashkiloti qachon asos solingan?
- 1973-yil
- 1926-yil
- 1944-yil
- 1988-yil
Javobni ko'rish
1926-yil
#34
UNIDRUAga nechta mamlakat a’zo?
- 48 ta
- 72 ta
- 55 ta
- 63 ta
Javobni ko'rish
63 ta
#35
UNCTAD ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyodagi TMKlarning umumiy soni taxminan nechta?
- 80 mingdan ortiq
- 50 mingdan kam
- 30 mingdan ortiq
- 100 mingdan kam
Javobni ko'rish
80 mingdan ortiq
#36
Global TMKlar tomonidan nazorat qilinadigan xorijdagi filal va sho‘ba korxonalari soni nechaga yaqin?
- 500 mingdan kam
- 1 milliondan kam
- 200 mingdan ortiq
- 800 mingdan ortiq
Javobni ko'rish
800 mingdan ortiq
#37
TMI (transmilliylik indeksi) nechta asosiy komponent asosida hisoblanadi?
- 4 ta asosiy komponent
- 2 ta asosiy komponent
- 5 ta asosiy komponent
- 3 ta asosiy komponent
Javobni ko'rish
3 ta asosiy komponent
#38
“Franchayzing” qanday atama bilan izohlanadi?
- Tayyor biznes modelini litsenziya asosida ishlatish huquqi
- Milliy bozorni davlat himoyasiga olish
- Xususiy korxonalarning birlashish jarayoni
- Davlat tomonidan beriladigan subsidiya tizimi
Javobni ko'rish
Tayyor biznes modelini litsenziya asosida ishlatish huquqi
#39
“Offshor hudud” deganda nimani tushunamiz?
- Faqat eksport bilan shug‘ullanadigan kompaniya
- Past soliq stavkalari va soddalashtirilgan tartibga ega hudud
- Yirik davlatlar o‘rtasidagi erkin savdo zonasi
- Mahalliy bozor uchun yopiq iqtisodiy hudud
Javobni ko'rish
Past soliq stavkalari va soddalashtirilgan tartibga ega hudud
#40
TMKlarning eng katta kuchli tomonlaridan biri qaysi?
- Mahalliy bozorda narxlarni kamaytirish
- Davlat korxonalarini subsidiyalash
- Keng miqyosli kapital va texnologiyalarni jalb qilish
- Faqat ichki bozorga xizmat qilish
Javobni ko'rish
Keng miqyosli kapital va texnologiyalarni jalb qilish
#41
TMKlarning bir zaif tomoni qaysi?
- Mahalliy eksportni oshirish
- Yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish
- Mahalliy raqobatchilarni siqib chiqarish xavfi
- Innovatsiyalarni rivojlantirish
Javobni ko'rish
Mahalliy raqobatchilarni siqib chiqarish xavfi
#42
Qattiq valyuta qanday tavsiflanadi?
- Davlat tomonidan majburiy qo‘llanadigan valyuta
- Faqat ichki muomalada qo‘llanadigan valyuta
- Barqaror va xalqaro bozorlarda keng qabul qilinadigan valyuta
- Tez qadrsizlanadigan va beqaror valyuta
Javobni ko'rish
Barqaror va xalqaro bozorlarda keng qabul qilinadigan valyuta
QuizPilotda o'ynash