QuizPilot › Fanlar › Iqtisodiyot
Iqtisodiyot

test global biznes variant 1

muallif: miss_aminovaa · 42 ta savol · 0 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Transmilliy korporatsiya faoliyatining kamida nechta foizi chet elda bo‘lishi kerak?
  1. 10 %
  2. 40 %
  3. 50 %
  4. 25 %
Javobni ko'rish
25 %
#2
Globallashuv nechta bosqichda amalga oshadi?
  1. 4 ta (siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik)
  2. 2 ta (makro va mikro)
  3. 3 ta (mikro, makro, mega)
  4. 1 ta (milliy darajada)
Javobni ko'rish
2 ta (makro va mikro)
#3
“Korporatsiya” qanday tushuniladi?
  1. Ichki bozor uchun kichik shirkatlar yig‘indisi
  2. Davlatning moliyaviy siyosatini boshqaruvchi organ
  3. Yirik aksiyadorlar jamiyati sifatida uyushgan shaxslar majmui
  4. Yakka tartibdagi xo‘jalik subyekti
Javobni ko'rish
Yirik aksiyadorlar jamiyati sifatida uyushgan shaxslar majmui
#4
“Franchayzing” nimani bildiradi?
  1. Mahsulotlarni majburiy eksport qilish tizimi
  2. Importni cheklashga oid davlat qarori
  3. Savdo belgisi va texnologiyadan foydalanish huquqini berish tizimi
  4. Davlat tomonidan berilgan soliq imtiyozi tizimi
Javobni ko'rish
Savdo belgisi va texnologiyadan foydalanish huquqini berish tizimi
#5
Globallashuv shakllari nechta asosiy turda ifodalanadi?
  1. 4 ta
  2. 3 ta
  3. 5 ta
  4. 2 ta
Javobni ko'rish
4 ta
#6
“Biznes” so‘zi qaysi tildan olingan?
  1. Lotincha
  2. Inglizcha
  3. Ruscha
  4. Arabcha
Javobni ko'rish
Inglizcha
#7
Xalqaro biznesning eng asosiy faoliyati?
  1. Lizing
  2. Eksport-import
  3. Kreditlash
  4. Grant berish
Javobni ko'rish
Eksport-import
#8
Marketingning bosh maqsadi?
  1. Raqobatni bartaraf etish
  2. Ishsizlikni kamaytirish
  3. Narxni pasaytirish
  4. Talabni qondirish
Javobni ko'rish
Talabni qondirish
#9
Globallashuvning muhim sababi?
  1. Urush
  2. Inflyasiya
  3. Tez aloqa
  4. Inqiroz
Javobni ko'rish
Tez aloqa
#10
Globallashuvning ijobiy tomoniga qaysi fikr eng to‘g‘ri?
  1. Tashqi savdo hajmi ortib, iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi
  2. Xalqaro hamkorlik ko‘payib, bozor aloqalari kengayadi
  3. Innovatsion g‘oyalar tez tarqalib ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi
  4. Texnologiyalar yangilanib, ishlab chiqarish shakllari boyiydi
Javobni ko'rish
Innovatsion g‘oyalar tez tarqalib ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi
#11
Globallashuv jarayonida kuzatiladigan oqibatlardan qaysi biri salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
  1. Ishlab chiqarish arzon ishchi kuchiga ega davlatlarga ko‘chib, mahalliy mehnat bozoriga ========
  2. Chet el kapitali jalb qilinib, sanoat tarmoqlari rivojlanadi
  3. Texnologiyalar almashinuvi kuchayib, ishlab chiqarish sifati ortadi
  4. Yangi bozorlar ochilib, eksport hajmi oshadi
Javobni ko'rish
Ishlab chiqarish arzon ishchi kuchiga ega davlatlarga ko‘chib, mahalliy mehnat bozoriga ========
#12
Xalqaro biznes mohiyatini qaysi ta’rif eng yaxshi ifodalaydi?
  1. Chet el investitsiyalari jalb qilinib, korporativ hamkorlik kengayadi
  2. Tovar, xizmat, resurs va texnologiyalar chegaralar orqali erkin almashiladi
  3. Savdo bitimlari kuchayib, korxonalar xalqaro raqobatga kiradi
  4. Iqtisodiy aloqalar shakllanib, davlatlar o‘rtasida integratsiya rivojlanadi
Javobni ko'rish
Tovar, xizmat, resurs va texnologiyalar chegaralar orqali erkin almashiladi
#13
Transmilliy korporatsiyalarning foydali jihati qaysi?
  1. Moliyaviy oqimlar ko‘payib, xalqaro hamkorlik mustahkamlanadi
  2. Yangi bozorlar ochilib, mahsulot assortimenti kengayadi
  3. Investitsiyalar kirib keladi, ish o‘rinlari yaratiladi va texnologiyalar olib kiriladi
  4. Sanoat tarmoqlari rivojlanib, ishlab chiqarish hajmi oshadi
Javobni ko'rish
Investitsiyalar kirib keladi, ish o‘rinlari yaratiladi va texnologiyalar olib kiriladi
#14
Marketing siyosatining asosiy vazifasi nimada?
  1. Mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilib, iste’molchilar e’tiborini jalb etishga xizmat qiladi
  2. Talab va taklifni uyg‘unlashtirib foyda olish hamda iste’molchini qondirishga xizmat qiladi
  3. Bozor ulushini oshirib, korxona mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi
  4. Raqobat sharoitida ustunlikni qo‘lga kiritib, bozordagi ta’sirni kuchaytirishga xizmat qiladi
Javobni ko'rish
Talab va taklifni uyg‘unlashtirib foyda olish hamda iste’molchini qondirishga xizmat qiladi
#15
Maslou piramidasida nechta ehtiyoj darajasi mavjud?
  1. 6 ta
  2. 3 ta
  3. 5 ta
  4. 4 ta
Javobni ko'rish
5 ta
#16
Chiziqli boshqaruv tuzilmasi nechta darajali bo‘ysunishga asoslanadi?
  1. Bir necha darajali
  2. To‘rt darajali
  3. Ikki darajali
  4. Uch darajali
Javobni ko'rish
Bir necha darajali
#17
Matrisali tuzilmada xodimlar odatda nechta rahbarga bo‘ysunadi?
  1. 3 ta
  2. 2 ta
  3. 4 ta
  4. 1 ta
Javobni ko'rish
2 ta
#18
“Tizimli yondashuv” qanday tushuniladi?
  1. Tashkilotni atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi tizim sifatida ko‘rish
  2. Tashkilotni yuridik shaxslarning yig‘indisi sifatida baholash
  3. Tashkilotni faqat iqtisodiy foyda keltiruvchi subyekt sifatida ko‘rish
  4. Tashkilotni mustaqil bozor ishtirokchisi sifatida talqin qilish
Javobni ko'rish
Tashkilotni atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi tizim sifatida ko‘rish
#19
“Virtual tashkilot” atamasi nimani anglatadi?
  1. Faoliyatni faqat ichki bozor ehtiyojiga yo‘naltirish
  2. Mahsulot bo‘yicha bo‘linmalarga ajratilgan boshqaruv tizimi
  3. Texnologiya orqali turli hududdagi jamoalarni yagona tizimda bog‘lash
  4. Hududiy bo‘linmalar asosida ishlab chiqarishni kengaytirish
Javobni ko'rish
Texnologiya orqali turli hududdagi jamoalarni yagona tizimda bog‘lash
#20
Funktsional tuzilma asosi nima?
  1. Hudud
  2. Mahsulot
  3. Mutaxassislik
  4. Loyihalar
Javobni ko'rish
Mutaxassislik
#21
Chiziqli tuzilma asosini nima tashkil etadi?
  1. Bo‘ysunish
  2. Mahsulot
  3. Xizmat
  4. Hudud
Javobni ko'rish
Bo‘ysunish
#22
Matrisali tuzilma xususiyati?
  1. Ikki rahbarlik
  2. Mustaqillik
  3. Bir rahbarlik
  4. Markazlashuv
Javobni ko'rish
Ikki rahbarlik
#23
Maslou piramidasining yuqori bosqichi?
  1. Fiziologik ehtiyoj
  2. Ijtimoiy ehtiyoj
  3. O‘zini namoyon qilish
  4. Xavfsizlik
Javobni ko'rish
O‘zini namoyon qilish
#24
Firmalarning asosiy elementi?
  1. Moliyaviy resurs
  2. Texnologiya
  3. Bozor
  4. Odamlar
Javobni ko'rish
Odamlar
#25
Klassik boshqaruv nazariyasining asosiy xususiyatiga qaysi javob mos keladi?
  1. Xodimlarning psixologik ehtiyojlariga asosiy e’tibor qaratilishi
  2. Innovatsion texnologiyalarni joriy etishga asoslangan bo‘lishi
  3. Tuzilish va iyerarxiya orqali tartibni saqlashga urg‘u berilishi
  4. Bozor ehtiyojlariga moslashuvni kuchaytirishga yo‘naltirilishi
Javobni ko'rish
Tuzilish va iyerarxiya orqali tartibni saqlashga urg‘u berilishi
#26
Insoniy munosabatlar nazariyasi nimaga ko‘proq urg‘u beradi?
  1. Tashkilotning tashqi iqtisodiy sharoitlariga moslashishga
  2. Texnik resurslarni samarali ishlatishga qaratilishiga
  3. Boshqaruvni qat’iy nazorat va intizom orqali amalga oshirishga
  4. Xodimlarning motivatsiyasi va ijtimoiy aloqalarini kuchaytirishga
Javobni ko'rish
Xodimlarning motivatsiyasi va ijtimoiy aloqalarini kuchaytirishga
#27
Tizimli yondashuvning afzalligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Tashkilotni faqat iqtisodiy natija keltiruvchi subyekt sifatida ko‘rib chiqish
  2. Tashkilotni maqsadlar yig‘indisi sifatida formal tahlil qilish
  3. Tashkilotni ijtimoiy va texnik jihatlarni birlashtirgan yaxlit tizim sifatida tahlil qilish
  4. Tashkilotni faqat ishlab chiqarish birligi sifatida talqin qilish
Javobni ko'rish
Tashkilotni ijtimoiy va texnik jihatlarni birlashtirgan yaxlit tizim sifatida tahlil qilish
#28
Funktsional tuzilmaning asosiy afzalligi nimada?
  1. Korxonaning barcha faoliyati yagona rahbar tomonidan boshqarilishi
  2. Rahbarlarning faqat umumiy qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi
  3. Xodimlarning turli hududlar bo‘yicha bo‘linib ishlashi
  4. Mutaxassislarning o‘z sohasida chuqur ixtisoslashuvi va samaradorlikka erishishi
Javobni ko'rish
Mutaxassislarning o‘z sohasida chuqur ixtisoslashuvi va samaradorlikka erishishi
#29
Virtual tashkilotning eng muhim belgisi qaysi javobda berilgan?
  1. Turli joylarda ishlovchi jamoalarning texnologiya orqali yagona tizimda bog‘lanishi
  2. Hududiy bo‘linmalar orqali ishlab chiqarishni tartibga solish
  3. Loyihalar asosida vaqtinchalik guruhlar shakllantirish
  4. Mahsulot bo‘yicha bo‘linmalarni ajratib samaradorlikka erishish
Javobni ko'rish
Turli joylarda ishlovchi jamoalarning texnologiya orqali yagona tizimda bog‘lanishi
#30
Fikrlash dizaynining boshqa usullardan asosiy farqi nimada?
  1. Davlat qonunlariga asoslanishi
  2. Yangi texnologiyalarni tez joriy etishi
  3. Muammoni foydalanuvchi nuqtai nazaridan hal qilishga yo‘naltirilganligi
  4. Bozor iqtisodiyotini chuqur tahlil qilishi
Javobni ko'rish
Muammoni foydalanuvchi nuqtai nazaridan hal qilishga yo‘naltirilganligi
#31
Empatiya dizayn jarayonida nima uchun muhim?
  1. Raqobatchilarni kuzatish uchun
  2. Bozor kon’yunkturasini tahlil qilish uchun
  3. Marketing xarajatlarini kamaytirish uchun
  4. Foydalanuvchi ehtiyojlarini chuqur anglash va innovatsion yechimlar topish uchun
Javobni ko'rish
Foydalanuvchi ehtiyojlarini chuqur anglash va innovatsion yechimlar topish uchun
#32
G‘oyalarni tanlashda qanday mezonlardan foydalaniladi?
  1. Moliyaviy natijalar
  2. Ta’sirchanlik, kutilmaganlik va oqilonalik
  3. Bozor ulushi
  4. Reklama samaradorligi
Javobni ko'rish
Ta’sirchanlik, kutilmaganlik va oqilonalik
#33
Prototiplash jarayonida qanday afzalliklarga erishiladi?
  1. Davlat siyosatini shakllantirish
  2. Tez va arzon sinov, foydalanuvchilar bilan samarali muloqot, innovatsion imkoniyatlarni tekshirish
  3. Moliyaviy natijalarni prognozlash
  4. Bozor monopoliyasini yaratish
Javobni ko'rish
Tez va arzon sinov, foydalanuvchilar bilan samarali muloqot, innovatsion imkoniyatlarni tekshirish
#34
Jek Uelchning fikricha, ta’lim tizimida qanday yondashuv samarali bo‘ladi?
  1. Marketing qonunlarini amalda qo‘llash
  2. O‘quvchilarga nimani emas, balki qanday fikrlashni o‘rgatish
  3. Texnologiyalarni chuqur o‘rgatish
  4. Bozor iqtisodiyoti qoidalarini yodlash
Javobni ko'rish
O‘quvchilarga nimani emas, balki qanday fikrlashni o‘rgatish
#35
Fikrlash dizayni qanday mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga qaratilgan?
  1. Faqat ichki bozor uchun yaratilgan xizmatlar
  2. Foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot va xizmatlar
  3. Moliyaviy xizmatlar
  4. Texnik imkoniyatlarni kengaytiruvchi mahsulotlar
Javobni ko'rish
Foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot va xizmatlar
#36
Fokuslashtirishning asosiy vazifasi nima?
  1. Daromadlarni ko‘paytirish
  2. Marketingni kuchaytirish
  3. Muammoni aniq ifodalash
  4. Investitsiyalarni jalb qilish
Javobni ko'rish
Muammoni aniq ifodalash
#37
G‘oyalar ishlab chiqishda qanday tamoyil muhim?
  1. “Yo‘q, lekin …” tamoyili
  2. “Bir yo‘l – bitta yechim” tamoyili
  3. “Ha va …” tamoyili
  4. “Bozor hal qiladi” tamoyili
Javobni ko'rish
“Ha va …” tamoyili
#38
Prototiplar nima uchun zarur?
  1. Huquqiy hujjatlar ishlab chiqish uchun
  2. G‘oyalarni sinash va foydalanuvchilar bilan muloqot qilish uchun
  3. Moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun
  4. Marketing kampaniyalarini tayyorlash uchun
Javobni ko'rish
G‘oyalarni sinash va foydalanuvchilar bilan muloqot qilish uchun
#39
Test o‘tkazishning asosiy vazifasi nima?
  1. Foydani oshirish
  2. Bozor ulushini kengaytirish
  3. Muammoning sababini tushunish va teskari aloqa olish
  4. Kadrlar siyosatini aniqlash
Javobni ko'rish
Muammoning sababini tushunish va teskari aloqa olish
#40
“Empatiya” nima?
  1. Yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish
  2. Tovarni tashqi bozorga chiqarish
  3. O‘zini boshqa odam o‘rniga qo‘yib, uning hissiyot va ehtiyojlarini tushunish
  4. Muammoni texnik vositalar bilan hal qilish
Javobni ko'rish
O‘zini boshqa odam o‘rniga qo‘yib, uning hissiyot va ehtiyojlarini tushunish
#41
“Prototiplash” tushunchasi nimani anglatadi?
  1. Muammoni hal qilish uchun oddiy maket yaratish va sinab ko‘rish
  2. Marketing strategiyasini yaratish
  3. Moliyaviy model ishlab chiqish
  4. Foydalanuvchi qadriyatlarini aniqlash
Javobni ko'rish
Muammoni hal qilish uchun oddiy maket yaratish va sinab ko‘rish
#42
Fikrlash dizayni usulining asoschilari kim?
  1. Stiv Jobs va Devid Kelli
  2. Xasso Plattner va Devid Kelli
  3. Xasso Plattner va Jek Uelch
  4. Xasso Plattner va Larri Peyj
Javobni ko'rish
Xasso Plattner va Devid Kelli
QuizPilotda o'ynash