DTM
Tarix · DTM
muallif: QuizPilot · 40 ta savol ·
5 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
O’rta Osiyo aholisining asosiy qismi VI-VII asrlarda qaysi dinga e’tiqod qilgan?
- buddaviylik
- nasroniylik
- moniylik
- zardushtiylik
Javobni ko'rish
zardushtiylik
#2
Qaysi daryo qadimda Politimet deb atalgan?
- Sirdaryo
- Zarafshon
- Amudaryo
- Qashqadaryo
Javobni ko'rish
Amudaryo
#3
O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan?
- 2 ta
- 5 ta
- 4 ta
- 3 ta
Javobni ko'rish
4 ta
#4
Mo’g’ullarga qarshi kurashda halok bo’lgan allomani toping.
- Bahouddin Naqshband
- Abu Rayhom Bernniy
- Ahmad Yassaviy
- Najmiddin Kubro
Javobni ko'rish
Najmiddin Kubro
#5
Quyidagi qaysi mahalliy hokimlik hukmdorlari dastlab, “malikshoh”, keyinchalik “yabg’u” nomi bilan atalgan?
- Sug’d
- Tohariston
- Farg’ona
- Eloq
Javobni ko'rish
Tohariston
#6
Qaysi daryo qadimda Yaksart deb atalgan?
- Sirdaryo
- Zarafshon
- Amudaryo
- Qashqadaryo
Javobni ko'rish
Sirdaryo
#7
Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar bosqini davrida o’z mustaqilligini saqlab qolgan davlat (hudud)ni toping.
- Baqtriya
- Marg’iyona
- Xorazm
- So’g’diyona
Javobni ko'rish
Xorazm
#8
Arab xalifaligiga qarshi ko’tarilgan “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloniga rahbarlik qilgan shaxsni toping.
- Hoshim ibn Hakim
- Abu Muslim
- Mahmud Torobiy
- Rofe ibn Lays
Javobni ko'rish
Mahmud Torobiy
#9
Sharqda Arastadan (Aristotel) keyingi yirik mutafakkir — “Muallim us-soniy” nomi bilan shuhrat topgan allomani toping.
- Ahmad al-Farg’oniy
- Abu Ali ibn Sino
- Abu Nasr Forobiy
- Abu Rayhon Beruniy
Javobni ko'rish
Abu Nasr Forobiy
#10
Mil.avv. VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko’plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud nima deb nomlangan?
- Davan
- Xorasmiya
- Baqtriana
- So’g’diyona
Javobni ko'rish
So’g’diyona
#11
“Avesto” qaysi dinning muqaddas kitobi hisoblanadi?
- zardushtiylik
- nasroniylik
- moniylik
- buddaviylik
Javobni ko'rish
zardushtiylik
#12
O’rta Osiyo hududlarini bosib olishga harakat qilgan dastlabki fors podshosini toping.
- Doro III
- Doro I
- Kir II
- Kambiz II
Javobni ko'rish
Doro I
#13
Quyidagi qaysi alloma o’zining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni birinchi bo’lib ilgari surgan? (o’rta asrlarda)
- Abu Nasr Forobiy
- Abu Rayhon Beruniy
- Ahmad al-Farg’oniy
- Abu Ali ibn Sino
Javobni ko'rish
Abu Rayhon Beruniy
#14
Farg’ona hukmdorlari ilk o’rta asrlarda qanday nomlangan?
- Ixshid
- Sho(shoh)
- Yabg’u
- Xoqon
Javobni ko'rish
Ixshid
#15
Qaysi daryo qadimda Oks deb atalgan?
- Qashqadaryo
- Sirdaryo
- Zarafshon
- Amudaryo
Javobni ko'rish
Amudaryo
#16
Qaysi shaharda Chingizxon karvonining talanishi Xorazmshohlar va Mo’g’ullar davlati o’rtasida urush boshlanishiga bahona bo’lgan?
- O’tror
- Samarqand
- Buxoro
- Balx
Javobni ko'rish
O’tror
#17
Mo’g’ullarga qarshi kurash olib borgan Temur Malik quyidagi qaysi shahar hokimi edi?
- Buxoro
- Samarqand
- O’tror
- Xo’jand
Javobni ko'rish
Xo’jand
#18
Qaysi sulola hukmronligi davrida, Xorazmda “Dorulhikma va maorif” (Bilimdonlik va maorif uyi) tashkil etilgan?
- Anushteginiylar
- Ma’muniylar
- Afrig’iylar
- Shayboniylar
Javobni ko'rish
Anushteginiylar
#19
VIII asr boshlarida arablarning Movarounnahrga harbiy yurishlariga boshchilik qilgan shaxsni toping.
- Muoviya I
- Rofe ibn Lays
- Ubaydulloh ibn Ziyod
- Qutayba ibn Muslim
Javobni ko'rish
Qutayba ibn Muslim
#20
Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi nima deb atalgan?
- yabg’u
- ixshid
- kadivar
- mardikar
Javobni ko'rish
mardikar
#21
III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti quyidagi qaysi shahar xarobasining o’rnida bo’lgan?
- Quva
- Afrosiyob
- Varaxsha
- Tuproqqal’a
Javobni ko'rish
Tuproqqal’a
#22
Arablarning Movarounnahrga dastlabki harbiy yurishlari nechanchi asrda boshlangan?
- VII asrda
- VI asrda
- IX asrda
- VIII asrda
Javobni ko'rish
VIII asrda
#23
X asrda musulmon sharqidagi ilk ilmgoh – Farjak madrasasi qaysi shaharda bunyod etilgan?
- Xiva
- Choch
- Buxoro
- Samarqand
Javobni ko'rish
Samarqand
#24
O’rta Osiyoga bostirib kirgan yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurashga kim boshchilik qilgan?
- Shiroq
- To’maris
- Spitaman
- Frada
Javobni ko'rish
Spitaman
#25
1017-yilda Xorazmni bosib olgan g’aznaviy hukmdorni toping.
- Ma’sud G’aznaviy
- Mahmud G’aznaviy
- Sobuqtegin
- Alptegin
Javobni ko'rish
Mahmud G’aznaviy
#26
Qaysi vatandoshimiz tavalludining 800 yillik yubileyi 1999-yilda nishonlangan?
- Zahiriddin Muhammad Bobur
- Alisher Navoiy
- Jaloliddin Manguberdi
- Amir Temur
Javobni ko'rish
Amir Temur
#27
Amir Temur davlatining poytaxti bo’lgan shaharni toping.
- Buxoro
- Kesh
- Samarqand
- Shosh
Javobni ko'rish
Samarqand
#28
XIV asrda Chig’atoy xonlaridan kim birinchi bo’lib o’z qarorgohini Movarounnahrga ko’chirgan?
- Tug’luq Temur
- Munke
- Abulxayrxon
- Kebek
Javobni ko'rish
Kebek
#29
O’zbekiston hududidagi qaysi manzilgohda ilk Shahar alomatlari ko’zga tashlanadi?
- Jarqo’ton
- Selengur
- Ko’lbuloq
- Obishir
Javobni ko'rish
Jarqo’ton
#30
O’zbekistonda 2000-yil 30-avgustda ta'sis etilgan ordenni toping.
- "Jaloliddin Manguberdi"
- "Amir Temur"
- "Mustaqillik"
- "Alisher Navoiy"
Javobni ko'rish
"Amir Temur"
#31
Qoraxoniylar davlatida viloyatlarni kimlar boshqargan?
- amid
- arslonxon
- eloqxоnlar
- kutvol
Javobni ko'rish
eloqxоnlar
#32
"Fozil odamlar shahri" asari muallifini toping.
- Abu Ali ibn Sino
- Ahmad al-Farg’oniy
- Abu Nasr Farobiy
- Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
Javobni ko'rish
Abu Nasr Farobiy
#33
Qadimda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan qaysi dinda inson vafot etganda marhumning jasadini yerga ko’mish, olovda kuydirish, suvga tashlab yuborish taqiqlangan?
- buddaviylik
- zardushtiylik
- moniylik
- qam
Javobni ko'rish
moniylik
#34
Ilk o’rta asrlarda Xorazmni boshqargan sulolani belgilang. (IV-X asrlar)
- Anushteginiylar
- Afrig’iylar
- Temuriylar
- Saljuqiylar
Javobni ko'rish
Afrig’iylar
#35
Qaysi davlatda mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallagan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan?
- Somoniylar davlatida
- Turk xoqonligida
- Qarluqlar davlatida
- O’g’uzlar davlatida
Javobni ko'rish
Somoniylar davlatida
#36
Mil. avv. 1 ming yillikda O'rta Osiyoda qaysi din keng tarqalgan?
- moniylik
- nasroniylik
- zardushtiylik
- islom
Javobni ko'rish
zardushtiylik
#37
Zaiflashib borayotgan Qang' davlatidan birinchi bo'lib ajralib chiqqan hududni toping.
- Xorazm
- Farg’ona
- Choch
- Eloq
Javobni ko'rish
Farg’ona
#38
“Movarounnahr” atamasining ma'nosi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
- “erzgu amallar haqida xabar beruvchi”
- “bo’ysunish, itoat etish”
- “daryoning narigi tomoni”
- “qirg’oq bo’yida yashovchilar”
Javobni ko'rish
“daryoning narigi tomoni”
#39
Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan bilgalikda ishlatilish davri nima deb ataladi?
- bronza
- mezolit
- neolit
- eneolit
Javobni ko'rish
eneolit
#40
Chig’atoy ulusiga Movarounnahrdan tashqari yana qaysi hududlar kirgan?
- Yettisuv va Sharqiy Turkiston
- Eron va Iroq
- Xorazm va Xuroson
- Xuroson va Mozandaron
Javobni ko'rish
Yettisuv va Sharqiy Turkiston
QuizPilotda o'ynash