DTM
Biologiya · DTM
muallif: QuizPilot · 30 ta savol ·
10 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Jadvalning qaysi qatorlarida berilgan o'simliklarning to'pgullari to'g'ri ko'rsatilgan?
- 2, 3, 4
- 1, 2, 5
- 2, 3, 5
- 1, 3, 4
Javobni ko'rish
2, 3, 5
#2
Quyida berilgan grafikda i-RNK tarkibidagi jami nukleotidlar soni ifodalangan. Ushbu grafikdan foydalanib i-RNK uzunligini (nm) aniqlang (qo'shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm).
- 460
- 510
- 173,4
- 156,4
Javobni ko'rish
173,4
#3
Qaysi javobda umurtqasiz hayvonlar qonidagi gemosianin tarkibida kislorod tashish funksiyasini bajaradigan kimyoviy element berilgan?
- ftor
- rux
- mis
- natriy
Javobni ko'rish
mis
#4
O‘simlik hujayrasi tarkibida uchraydigan kichik molekulali organik moddalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
- geparin; kraxmal
- glitsin; nukleotid
- geparin; glitsin
- glitsin; kraxmal
Javobni ko'rish
geparin; glitsin
#5
Avtotrof organizmlar berilgan javobni aniqlang.
- silen, chupchik
- betaga, zarpechak
- lolaqizg‘aldoq, kakra
- kallima, sutlama
Javobni ko'rish
kallima, sutlama
#6
Temir bakteriyasi uchun tegishli ma’lumotlarni aniqlang.
- xlorofill pigmenti xloroplastlarida joylashgan; anorganik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan energiyadan organik moddalarni sintez qilish uchun foydalanadi
- xemosintezlovchi organizm; saprofit usulda oziqlanadi
- xlorofill pigmenti xloroplastlarida joylashgan; oqsil sintezlash xususiyatiga ega
- oqsil sintezlash xususiyatiga ega; anorganik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan energiyadan organik moddalarni sintez qilish uchun foydalanadi
Javobni ko'rish
oqsil sintezlash xususiyatiga ega; anorganik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan energiyadan organik moddalarni sintez qilish uchun foydalanadi
#7
G‘o‘za o‘simligida jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
- megasporotsit →murtak xaltasi → megaspora → tuxum hujayra
- mikrospora → mikrosporotsit → generativ hujayra → spermiy
- mikrosporotsit → mikrospora → generativ hujayra - spermiy
- megaspora → megasporotsit → murtak xaltasi → tuxum hujayra
Javobni ko'rish
mikrosporotsit → mikrospora → generativ hujayra - spermiy
#8
Quyida ta’riflarga mos keluvchi tushunchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
a) organizmlarning individual rivojlanishi;
b) organizmlarda jinsiy hujayralarning rivojlanishi;
c) urug‘lanmagan tuxum hujayradan murtakning rivojlanishi
- a - filogenez; b - partenogenez; c - gametogenez
- a - filogenez; b - gametogenez; c - partenogenez
- a - ontogenez; b - partenogenez; c - gametogenez
- a - ontogenez; b - gametogenez; c - partenogenez
Javobni ko'rish
a - ontogenez; b - gametogenez; c - partenogenez
#9
Albinizm bilan kasallangan erkak somatik hujayrasining mitoz sikli metafaza bosqichidagi kasallik paydo qiluvchi gen (a) sonini aniqlang.
- 0
- 1
- 2
- 4
Javobni ko'rish
2
#10
Polidaktiliya (1) va sindaktiliya (2) kasalliklari qanday belgilar bilan xarakterlanadi?
- 1 - panjalarning tutashib ketishi; 2 - qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik
- 1 - qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi; 2 - barmoqlarning kalta bo‘lishi
- 1 - panjalarning tutashib ketishi; 2 - barmoqlarning kalta bo‘lishi
- 1 - qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi; 2 - panjalarning tutashib ketishi
Javobni ko'rish
1 - qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi; 2 - panjalarning tutashib ketishi
#11
Quyida berilgan navlar seleksiyaning qaysi usullari yordamida yaratilganligini aniqlang.
a) "Samarqand-3"; b) "Saratov-29";
- a - sun’iy mutagenez; b - eksperimental poliploidiya
- a - genetik injeneriya; b - sun’iy mutagenez
- a - eksperimental poliploidiya; b - duragaylash
- a - sun’iy mutagenez; b - duragaylash
Javobni ko'rish
a - sun’iy mutagenez; b - duragaylash
#12
Quyida berilgan organizmlar qaysi sinflarga mansubligini aniqlang.
a) exinokokk; b) krevetka
- a - so‘rg‘ichlilar; b - kam tuklilar
- a - tasmasimon chuvalchanglar; b - ikki pallalilar
- a - tasmasimon chuvalchanglar; b - qisqichbaqasimonlar
- a - kiprikli chuvalchanglar; b - qisqichbaqasimonlar
Javobni ko'rish
a - tasmasimon chuvalchanglar; b - qisqichbaqasimonlar
#13
Qaysi javobda shampinion va g‘o‘za gommozi uchun umumiy bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- oqsil sintezi ribosomalarda sodir bo‘ladi; lipid va oqsillardan iborat bo‘lgan plazmolemmaga ega
- oqsil sintezi ribosomalarda sodir bo‘ladi; hujayra qobig‘i murein moddasidan iborat
- lipid va oqsillardan iborat bo‘lgan plazmolemmaga ega; hujayra qobig‘i murein moddasidan iborat
- hujayra qobig‘i murein moddasidan iborat; oqsil sintezi ribosomalarda sodir bo‘ladi
Javobni ko'rish
oqsil sintezi ribosomalarda sodir bo‘ladi; lipid va oqsillardan iborat bo‘lgan plazmolemmaga ega
#14
Qaysi javobda belbog‘li ulotriksga xos bo‘lgan ma’lumot berilgan?
- dengizlarda uchraydi, qo‘ng‘ir suvo‘tlar bo‘limiga mansub
- avtotrof usulda oziqlanadi, hech narsaga yopishmay, suvda erkin holda qalqib turadi
- rizoid yordamida suv ostiga birikib o‘sadi, xromatofori belbog‘ shaklida joylashgan
- qizil suvo‘tlar bo‘limiga mansub, rizoidsiz ko‘p hujayrali suvo‘t
Javobni ko'rish
rizoid yordamida suv ostiga birikib o‘sadi, xromatofori belbog‘ shaklida joylashgan
#15
Sporalilar sinfiga mansub organizmni aniqlang.
- tripanosoma
- nozema
- exinokokk
- tufelka
Javobni ko'rish
nozema
#16
Qaysi javobda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning barchasi silovsin uchun xos?
- yuragi uch kamerali; bosh miya katta yarimsharlarida ilonizi burmalari rivojlangan; yirtqich sutemizuvchilar turkumi vakili
- gomoyoterm organizm; bosh miya katta yarimsharlarida ilonizi burmalari rivojlangan; yirtqich sutemizuvchilar turkumi vakili
- yuragi uch kamerali; bir marta olgan havosidan ikki marta nafas oladi; buyragi bitta, tasmasimon shaklda
- gomoyoterm organizm; bir marta olgan havosidan ikki marta nafas oladi; buyragi bitta, tasmasimon shaklda
Javobni ko'rish
gomoyoterm organizm; bosh miya katta yarimsharlarida ilonizi burmalari rivojlangan; yirtqich sutemizuvchilar turkumi vakili
#17
Yuqori va pastki kurak tishlar bir-biriga ishqalanishi tufayli charxlanib o‘tkirlashadigan (a), yuqori jag‘i va tanglayida konussimon tishlari joylashgan (b) va tishlarga ega bo‘lmagan (c) umurtqali hayvonlar berilgan javobni aniqlang.
- a - ondatra, nutriya; b - yashil qurbaqa, ko‘l baqasi; c - so‘fito‘rg‘ay, boltayutar
- a - uy sichqoni, ko‘k sug‘ur; b - oq ayiq, bo‘ri; c - ko‘k kit, qalqontumshuq
- a - uy sichqoni, tolay tovushqoni; b - ko‘k kit, delfin; c - ilonburgut, latcha
- a - sariq yumronqoziq, kulrang kalamush; b - ko‘l baqasi, povituxa; c - kolibri, xongul
Javobni ko'rish
a - sariq yumronqoziq, kulrang kalamush; b - ko‘l baqasi, povituxa; c - kolibri, xongul
#18
Eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen B, plazmasida esa agglyutinini mavjud bo‘lgan odam qaysi qon guruhiga mansub odamlarga donorlik qilishi mumkin?
- II va IV
- III va IV
- II
- I
Javobni ko'rish
II va IV
#19
Odamlarda uchraydigan quyidagi kasalliklar va ularga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. a) nevrit; b) uretrit;
- a - sezuvchi nerv tolalarining zararlanishi; b - siydik chiqarish yo‘lining yallig‘lanishi
- a - harakatlantiruvchi nervlarning zararlanishi; b - siydik chiqarish yo‘lining yallig‘lanishi
- a - sezuvchi nerv tolalarining zararlanishi; b - arteriyalarda qon bosimining oshib ketishi
- a - harakatlantiruvchi nervlarning zararlanishi; b - buyraklarning yallig‘lanishi
Javobni ko'rish
a - harakatlantiruvchi nervlarning zararlanishi; b - siydik chiqarish yo‘lining yallig‘lanishi
#20
Odamlarda qalqonsimon bez funksiyasi kuchayganda (1), qalqonoldi bezlar funksiyasi pasayganda (2) yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlang.
- 1 - moddalar almashinuvi kuchayib, nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2 - qonda kalsiy miqdori kamayib, nerv-muskul qo‘zg‘aluvchanligi ortadi
- 1 - nerv sistemasining qo‘zg‘alishi pasayib, qovoqlar shishib ketadi; 2 - qonda kalsiy miqdori kamayib, nerv-muskul qo‘zg‘aluvchanligi ortadi
- 1 - moddalar almashinuvi kuchayib, nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2 - qonda kalsiy miqdori ortadi, suyaklar yumshab, deformatsiyaga uchraydi
- 1 - nerv sistemasining qo‘zg‘alishi pasayib, qovoqlar shishib ketadi; 2 - qonda kalsiy miqdori ortadi, suyaklar yumshab, deformatsiyaga uchraydi
Javobni ko'rish
1 - moddalar almashinuvi kuchayib, nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2 - qonda kalsiy miqdori kamayib, nerv-muskul qo‘zg‘aluvchanligi ortadi
#21
Qaysi oilaga mansub o‘simliklar gulida changchilar soni oltita bo‘lib, ulardan uchtasi tashqi, uchtasi esa ichki halqada o‘rnashgan?
- qovoqdoshlar
- karamdoshlar
- ituzumdoshlar
- loladoshlar
Javobni ko'rish
karamdoshlar
#22
O‘simliklarning quyidagi qismlari qaysi to‘qimaga mansubligini aniqlang. a) kanopning lub tolalari; b) terakning elaksimon naylari
- a - hosil qiluvchi to‘qima; b - mexanik to‘qima
- a - mexanik to‘qima; b - o‘tkazuvchi to‘qima
- a - o‘tkazuvchi to‘qima; b - mexanik to‘qima
- a - mexanik to‘qima; b - ajratuvchi to‘qima
Javobni ko'rish
a - mexanik to‘qima; b - o‘tkazuvchi to‘qima
#23
Quyida moslashishning qaysi turlari aks ettirilgan?
a) kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi;
b) zaharsiz amerika suvilonining rang jihatdan zaharli korall aspidiga taqlid qilishi
- a - chalg‘ituvchi rang; b - mimikriya hodisasi
- a - himoya rangi; b - ogohlantiruvchi rang
- a - maskirovka; b - himoya rangi
- a - maskirovka; b - mimikriya hodisasi
Javobni ko'rish
a - maskirovka; b - mimikriya hodisasi
#24
Simbioz munosabatning kommensalizm (a) va mutualizm (b) turlariga mos keluvchi javobni aniqlang.
- a - zarpechakning yo‘ng‘ichqa poyasini o‘rab olishi; b - baliqlarning aktiniyalar paypaslagichlari orasiga yashirinib olishi
- a - o‘rmondagi qizilishton va bug‘unning munosabati; b - termitlar ichagida bir hujayrali xivchinlilarning yashashi
- a - epifit o‘simliklarning daraxt po‘stlog‘ida o‘sishi; b - lishaynik tanasidagi zamburug‘ va suvo‘tning munosabati
- a - o‘simliklarning asalarilar yordamida changlanishi; b - zamburug‘lar va yuksak o‘simliklar o‘rtasidagi mikoriza
Javobni ko'rish
a - epifit o‘simliklarning daraxt po‘stlog‘ida o‘sishi; b - lishaynik tanasidagi zamburug‘ va suvo‘tning munosabati
#25
Quyidagi vazifalar ekologiyaning qaysi bo‘limlari tomonidan o‘rganiladi?
a) har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganish;
b) organizmning hayotiy sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvorlarini o‘rganish
- a – sinekologiya; b – tarixiy ekologiya
- a – demekologiya; b – evolutsion ekologiya
- a – sinekologiya; b – autekologiya
- a – demekologiya; b – autekologiya
Javobni ko'rish
a – sinekologiya; b – autekologiya
#26
Biosferadagi tirik moddaning funksiyalari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
1) nursimonlarda kremniyning to‘planishi;
2) tog‘ jinslarining lishayniklar tomonidan yemirilishi
- 1 - konsentratsiyalash funksiyasi; 2 - energetik funksiyasi
- 1 - konsentratsiyalash funksiyasi; 2 - destruktiv funksiyasi
- 1 - gaz almashinish funksiyasi; 2 - transport funksiyasi
- 1 - gaz almashinish funksiyasi; 2 - destruktiv funksiyasi
Javobni ko'rish
1 - konsentratsiyalash funksiyasi; 2 - destruktiv funksiyasi
#27
125 ta vodorod bog‘i mavjud bo‘lgan DNK fragmenti uchun \(\frac{G1 + G2}{A2 + A1}\) =1 ifoda o‘rinli bo‘lsa, fragment uzunligini (nm) aniqlang. (DNKning birinchi zanjiridagi nukleotidlar G1, A1, C1, T1, ikkinchi zanjiridagi nukleotidlar G2, A2, C2, T2 tarzida ifodalangan. Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm.)
- 68
- 51
- 17
- 34
Javobni ko'rish
68
#28
Energetik almashinuv jarayonida 6 molekula glyukoza to‘liq va to‘liqsiz parchalandi. Natijada esa 5520 kJ energiya ATFga bog‘landi. Ushbu jarayonlarda necha molekula sut kislotasi parchalanmay qolganligini aniqlang.
- 7
- 5
- 4
- 8
Javobni ko'rish
5
#29
Bangidevona o‘simligida poya rangining qizilligi (A) yashilligi (a) ustidan, meva rangining qizilligi (B) sariqligi (b) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Ushbu belgilar nogomologik xromosomalarda joylashgan genlar orqali irsiylanadi. Tajribada AaBb * Aabb genotipli o‘simliklar chatishtirilishi natijasida olingan qizil poyali va sariq mevali o‘simliklar avlodning qancha qismini tashkil etishini aniqlang.
- 7/8
- 1/8
- 4/8
- 3/8
Javobni ko'rish
3/8
#30
Quyidagi rasmda odamning ko‘rish jarayoni tasvirlangan. Ushbu holatga mos keluvchi javobni aniqlang.
1) yaqindagi buyumlarni aniq ko‘ra oladi;
2) yaqindagi buyumlarni aniq ko‘ra olmaydi;
3) ko‘z kosasining cho‘ziq bo‘lishi bilan bog‘liq;
4) ko‘z kosasining qisqa bo‘lishi bilan bog‘liq.
- 2, 4
- 2, 3
- 1, 3
- 1, 4
Javobni ko'rish
2, 3
QuizPilotda o'ynash