DTM

Ona tili · DTM

muallif: QuizPilot · 10 ta savol · 5 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Tarkibidagi barcha undoshlari til indoshlari sanalgan so‘zlarni aniqlang.
  1. uzviylik
  2. chiroyli
  3. g‘azab
  4. nazariy
  5. g‘animat
Javobni ko'rish
nazariy
#2
Qaysi javobda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori berilgan?
  1. qadamba-qadam, xilqat, xalovat
  2. taqiqlamoq, juz’iy, tatbiq etmoq
  3. hukm, tana qilmoq, hashorat
  4. xulq atvor, mojaro, maxbus
Javobni ko'rish
taqiqlamoq, juz’iy, tatbiq etmoq
#3
Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘z ma’nosida kelgan so‘zning ko‘chma ma’noda kelgan so‘z bilan o‘zaro shakldoshlik hosil qilishi kuzatiladi?
  1. Daraxt shoxlari shamolda og‘ir tebranib qo‘yardi. Shoxlari katta bu ho‘kizning yonidan qo‘rqibroq o‘tdi.
  2. Yer yuzi birpasda oppoq qorga burkandi. Qizning oppoq yuzi xijolatdan qizarib ketdi.
  3. Do‘stlari soni tobora ortgan yigit juda ishchan kayfiyatda edi. U yelkasiga ortgan shu zahmat bilan uzoq yashay olmadi.
  4. Oradan besh asr o‘tsa ham, ushbu hikmatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. U asr namozini o‘qish uchun ichkari uyga kirib ketdi.
Javobni ko'rish
Do‘stlari soni tobora ortgan yigit juda ishchan kayfiyatda edi. U yelkasiga ortgan shu zahmat bilan uzoq yashay olmadi.
#4
Ushbu gapda nechta tub mavhum ot qatnashgan: "Bunda na g‘am bor, na azob, bunda yashash quvonchi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi."
  1. 6 ta
  2. 4 ta
  3. 3 ta
  4. 5 ta
Javobni ko'rish
5 ta
#5
Qaysi javobda vazifadosh ko‘makchi qatnashgan?
  1. Onam qo‘shnilar to‘g‘risida doim iliq gaplarni aytadilar.
  2. Men faqat sizning foydangiz uchun harakat qilyapman, xolos.
  3. Ular hamon futbol haqida bahs qilishar edi.
  4. Yer uzra tushdi oqshom, oy shu’lasi bir mayin…
Javobni ko'rish
Onam qo‘shnilar to‘g‘risida doim iliq gaplarni aytadilar.
#6
Qaysi javobda tobe qismi sifat bilan ifodalangan otli so‘z birikmalari berilgan?
  1. notanish yo‘l, xursand inson
  2. do‘stlarcha muomala, sekin harakat
  3. hammadan go‘zal, akamdan uzun
  4. yaxshi gapirmoq, chiroyli kuylamoq
Javobni ko'rish
notanish yo‘l, xursand inson
#7
Ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismidagi gap bo‘laklarining joylashuv tartibi qaysi javobda shartli belgilar asosida to‘g‘ri ko‘rsatilgan? "Bugun siz bilan bu masalani atroflicha gaplashamiz, toki bunday noxush vaziyat hech qachon qaytarilmasin."
  1. Hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, kesim, hol
  2. Kesim, hol, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchi, hol
  3. Hol, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, to‘ldiruvchi
  4. Hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, kesim
Javobni ko'rish
Hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, kesim
#8
Jangda o‘lgan emas biror bahodir, bari halok bo‘lgan xiyonatlardan, toshday uxlaganda to‘shlarin ochib yo zahar qo‘shilgan ziyofatlardan. Ushbu misralar bilan boshlangan she’r so‘ngida “qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni” degan xulosasi orqali bahodirlarning o‘limida nomard odamlarning qo‘li borligini ta’kidlagan ijodkor kim?
  1. To‘ra Sulaymon
  2. Shavkat Rahmon
  3. Abdulla Oripov
  4. O‘ljas Sulaymonov
Javobni ko'rish
Shavkat Rahmon
#9
Ushbu parcha qaysi asardan olingan va asarning qaysi qahramoni hatto mo‘min-musulmonning bu odatiga ham rioya qilmaydi, rafiqasini “Fitna” deb chaqiradi, umuman olganda, o‘z ahli ayoliga past nazar bila qaraydiganlar toifasidan edi?
  1. “Kecha va kunduz”da Akabarali mingboshi
  2. “O‘tkan kunlar”da Homid
  3. “Kecha va kunduz” romanida Razzoq so‘fi
  4. “Dunyoning ishlari‘ qissasida Dalavoy
Javobni ko'rish
“Kecha va kunduz” romanida Razzoq so‘fi
#10
Qaysi javobdagi baytda “chiroyli dalillash”, “sharhlash” ma’nosini beruvchi she’riy san’at qo‘llangan?
  1. Istading, ey dil, joning kerakmasmu sanga? Kufr-u zulmin sevding, imoning kerakmasmu sanga?
  2. Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
  3. Har nechakim sabr ta’mirini bunyod ayladim, Ashk selobida vayron o‘ldi obodim, eshit.
  4. Sabo tahrikidin yo‘q, balki og‘zing sharmidin boshin Quyi solmoqqa moyil bo‘lg‘usidur har zamon g‘uncha.
Javobni ko'rish
Sabo tahrikidin yo‘q, balki og‘zing sharmidin boshin Quyi solmoqqa moyil bo‘lg‘usidur har zamon g‘uncha.
QuizPilotda o'ynash