QuizPilot › Fanlar › O'zbek adabiyoti
O'zbek adabiyoti

badiiy_obraz_25_test

muallif: Mn_Shvkt28 · 25 ta savol · 0 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Nima uchun badiiy obraz san’atning tafakkur shakli hisoblanadi?
  1. Faqat tarixiy voqealarni aks ettirgani uchun
  2. Voqelikni faqat ilmiy faktlar orqali ifodalagani uchun
  3. Insonlarning tashqi qiyofasini tasvirlagani uchun
  4. San’atkor dunyoni obrazlar orqali anglab, o‘z munosabatini ifodalagani uchun
Javobni ko'rish
San’atkor dunyoni obrazlar orqali anglab, o‘z munosabatini ifodalagani uchun
#2
Obrazli tafakkur va ilmiy tafakkurning asosiy farqi nimada?
  1. Ilmiy tafakkur his-tuyg‘ularga, obrazli tafakkur raqamlarga tayanadi
  2. Obrazli tafakkur konkret individuallik orqali umumlashadi, ilmiy tafakkur esa umumiy xususiyatlarga
  3. Ikkalasi ham faqat umumiy tushunchalarga tayanadi
  4. Ularning o‘rtasida hech qanday farq yo‘q
Javobni ko'rish
Obrazli tafakkur konkret individuallik orqali umumlashadi, ilmiy tafakkur esa umumiy xususiyatlarga
#3
Badiiy obrazning individuallashtirilgan umumlashma ekanligi nimani anglatadi?
  1. Obraz faqat bitta insonning hayotini aks ettiradi
  2. Obraz faqat xayoliy voqealardan yaratiladi
  3. Obrazda individual xususiyatlar orqali umumiy hayotiy haqiqat ifodalanadi
  4. Obraz barcha insonlarni bir xil tasvirlaydi
Javobni ko'rish
Obrazda individual xususiyatlar orqali umumiy hayotiy haqiqat ifodalanadi
#4
Badiiy obrazning ratsional va emotsional birligi qanday namoyon bo‘ladi?
  1. Faqat qahramonning tashqi ko‘rinishida
  2. Aql va hissiy munosabatning uyg‘unligida
  3. Faqat muallifning shaxsiy hayotida
  4. Ilmiy xulosa va tarixiy faktlarda
Javobni ko'rish
Aql va hissiy munosabatning uyg‘unligida
#5
Badiiy obrazning metaforikligi deganda nima tushuniladi?
  1. Voqealarni tarixiy ketma-ketlikda tasvirlash
  2. Bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochish
  3. Asarda faqat real voqealarni aks ettirish
  4. Qahramonning tashqi ko‘rinishini batafsil tasvirlash
Javobni ko'rish
Bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochish
#6
Badiiy obrazning ko‘p ma’noliligi asosan nima bilan bog‘liq?
  1. Muallifning tarjimai holi bilan
  2. Asarning hajmi bilan
  3. Asardagi personajlar soni bilan
  4. Obrazning assotsiativligi va o‘quvchi talqini bilan
Javobni ko'rish
Obrazning assotsiativligi va o‘quvchi talqini bilan
#7
Qaysi qatorda inson obrazini yaratishning asosiy vositalari to‘g‘ri berilgan?
  1. Portret, muallif xarakteristikasi, badiiy psixologizm, personaj nutqi
  2. Qofiya, vazn, radif, turoq
  3. Syujet, kompozitsiya, konflikt, janr
  4. Sarlavha, sahifa, bob, epigraf
Javobni ko'rish
Portret, muallif xarakteristikasi, badiiy psixologizm, personaj nutqi
#8
Individual obrazga qaysi ta’rif mos keladi?
  1. Muayyan ijtimoiy guruhning umumiy xususiyatlarini ifodalovchi obraz
  2. Faqat tarixiy shaxslar asosida yaratilgan obraz
  3. Turli asarlarda takrorlanadigan obraz
  4. O‘ziga xos fe’l-atvori va betakror xususiyatlari bilan ajralib turuvchi obraz
Javobni ko'rish
O‘ziga xos fe’l-atvori va betakror xususiyatlari bilan ajralib turuvchi obraz
#9
Personaj ruhiyatining ichki monolog orqali ochilishi qanday psixologik tasvir hisoblanadi?
  1. Bevosita psixologik tasvir
  2. Bilvosita psixologik tasvir
  3. Muallif xarakteristikasi
  4. Portret tasviri
Javobni ko'rish
Bevosita psixologik tasvir
#10
Badiiy obrazning xarakter mantiqiga muvofiq harakatlanishi nimani anglatadi?
  1. Qahramon voqealarga ta’sir ko‘rsata olmaydi
  2. Qahramon har doim ijobiy bo‘lishi kerak
  3. Qahramonning harakatlari uning shakllangan xarakteriga mos bo‘ladi
  4. Qahramon faqat muallif xohishiga ko‘ra harakat qiladi
Javobni ko'rish
Qahramonning harakatlari uning shakllangan xarakteriga mos bo‘ladi
#11
“Obraz” so‘zining o‘zbekcha lug‘aviy ma’nosi qaysi javobda berilgan?
  1. Xulosa
  2. Aks
  3. Tafakkur
  4. Tasavvur
Javobni ko'rish
Aks
#12
Badiiy obraz nima?
  1. Faqat ilmiy tushuncha
  2. Voqelikning o‘zgartirilmagan nusxasi
  3. Borliqning san’atkor tomonidan ijodiy qayta ishlangan aksi
  4. Tarixiy ma’lumotlar yig‘indisi
Javobni ko'rish
Borliqning san’atkor tomonidan ijodiy qayta ishlangan aksi
#13
Badiiy adabiyotda markaziy o‘rinni qaysi obraz egallaydi?
  1. Narsa-buyum obrazi
  2. Inson obrazi
  3. Hayvon obrazi
  4. Tabiat obrazi
Javobni ko'rish
Inson obrazi
#14
Personajning tashqi qiyofasini so‘z bilan tasvirlash nima deyiladi?
  1. Dialog
  2. Portret
  3. Syujet
  4. Psixologizm
Javobni ko'rish
Portret
#15
Personajning gap-so‘zlari orqali uning dunyoqarashi va xarakterini ochish qaysi vositaga tegishli?
  1. Muallif xarakteristikasi
  2. Peyzaj
  3. Personaj nutqi
  4. Ramziy obraz
Javobni ko'rish
Personaj nutqi
#16
Qaysi asarda Qobil bobo obrazi uchraydi?
  1. O‘g‘ri
  2. Ayol
  3. Na’matak
  4. Kecha
Javobni ko'rish
O‘g‘ri
#17
Badiiy psixologizm nima?
  1. Asarning tarixini bayon qilish
  2. Qahramonning tashqi qiyofasini chizish
  3. Tabiat manzaralarini tasvirlash
  4. Personaj ruhiyatini ochib berish
Javobni ko'rish
Personaj ruhiyatini ochib berish
#18
O‘zbek mumtoz she’riyatida gul va bulbul, sham va parvona qanday obrazlarga misol bo‘ladi?
  1. Xarakter
  2. Individual obraz
  3. Topos
  4. Detal obraz
Javobni ko'rish
Topos
#19
Cho‘lpon ijodida tez-tez uchraydigan “yo‘l” obrazi qanday obraz hisoblanadi?
  1. Xarakter
  2. Portret
  3. Motiv
  4. Superlogik obraz
Javobni ko'rish
Motiv
#20
Badiiy obrazlar tasnifi nechta asosiy jihatdan amalga oshiriladi?
  1. Uch
  2. Besh
  3. To‘rt
  4. Ikki
Javobni ko'rish
Uch
#21
Quyidagi obrazlardan qaysi biri muayyan ijtimoiy-tarixiy davr va muhitga xos xususiyatlarni mujassam etgan tipik obraz hisoblanadi?
  1. “Mening o‘g‘rigina bolam”dagi Roqiya bibi
  2. “O‘tmishdan ertaklar”dagi Babar
  3. Cho‘lpon ijodidagi “yo‘l” obrazi
  4. “Kecha va kunduz”dagi Akbarali
Javobni ko'rish
“Kecha va kunduz”dagi Akbarali
#22
M.Epshteyn tasnifiga ko‘ra predmetlilik darajasi bo‘yicha badiiy reallikning qatlamlari qaysi javobda to‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan?
  1. Detal obrazlar, voqea-hodisalar obrazi, xarakter va sharoit, dunyo va taqdir obrazi
  2. Xarakter, detal, dunyo, voqea-hodisa
  3. Portret, dialog, psixologizm, xarakter
  4. Individual obraz, tipik obraz, motiv, topos
Javobni ko'rish
Detal obrazlar, voqea-hodisalar obrazi, xarakter va sharoit, dunyo va taqdir obrazi
#23
Faxriyorning “Arafa” she’ridagi zanglagan qilichning yarim oy shaklida yaraqlashi va qizil devor qanday obraz turiga misol bo‘ladi?
  1. Individual obraz
  2. Avtologik obraz
  3. Metalogik obraz
  4. Detal obraz
Javobni ko'rish
Metalogik obraz
#24
Ifoda va tasvir planlari bir-biriga mos tushadigan obrazlar qanday nomlanadi?
  1. Superlogik
  2. Metalogik
  3. Avtologik
  4. Arxetip
Javobni ko'rish
Avtologik
#25
Quyidagi fikrlardan qaysi biri superlogik obrazning xususiyatini to‘g‘ri ifodalaydi?
  1. Obraz faqat insonning tashqi qiyofasini ifodalaydi
  2. Tasvir va ifoda mos kelmaydi, ular orasida bevosita muayyan munosabat ham kuzatilmaydi, ma’no
  3. Tasvirlanayotgan va ifodalanayotgan narsalar to‘liq mos keladi
  4. Tasvir va ifoda o‘rtasida faqat o‘xshashlik mavjud bo‘ladi
Javobni ko'rish
Tasvir va ifoda mos kelmaydi, ular orasida bevosita muayyan munosabat ham kuzatilmaydi, ma’no
QuizPilotda o'ynash