DTM

Kimyo · DTM

muallif: QuizPilot · 20 ta savol · 1 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Miltiqning patroni (o’qi) kapsulasi tarkibida sifatli detonator sifatida portlovchi simob - Hg(ONC)₂ dan foydalaniladi. Chunki o’q otilganda portlovchi simob parchalanadi va parchalanish tizimi bo’lmagan 50*20*3m o’lchami miltiq otish zalida kichik kalibirli miltiqda necha marta o’q uzgandan so’ng, zalida havo nafas olish uchun xafli hisoblanadi? (simobning havoda ruxsat etilgan miqdori 2*10⁻⁵ g/m³)? Har bir patron tarkibidagi 7,1 mg portlovchi Hg bor.
  1. 12
  2. 16
  3. 24
  4. 15
Javobni ko'rish
15
#2
Noma’lum elementning tabiatda bir- biridan 2 m.a.b farq qiluvchi 2 ta izotopi uchraydi. Agar bitta izotopi atomi tarkibida neytronning mol ulushi 31,43% , boshqasida esa 35,14% ga teng bo’lsa, elementni aniqlang.
  1. B
  2. Mg
  3. Be
  4. Al
Javobni ko'rish
Al
#3
Ma’lum hajmli ko’lbaga normal bosimda neon gazi to’ldirilgan, huddi shunday hajmli boshqa kolba esa 141,86 kPa bosimda noma’lum gaz bilan to’ldirilganda har ikkala ko’lbalarning massalari tenglashdi. Noma’lum gazni aniqlang.
  1. N₂
  2. O₂
  3. CH₄
  4. CO₂
Javobni ko'rish
CO₂
#4
40 g mis va mis(I)oksiddan iborat aralashma 492 g 80% li sulfat kislotada eritilganda eritilganda eritmadagi tuzning massa ulushi 19,2% ni tashkil qildi. Hosil bo’lgan eritmadagi kislotaning massa ulushini aniqlang.
  1. 43,8
  2. 49
  3. 57,16
  4. 78,72
Javobni ko'rish
57,16
#5
Oltingugurt va misdan iborat birikma namunasi mo’l miqdordagi kislorodda yondirildi, bunda hosil bo’lgan gaz 300 ml 0,2 M kaliy permanganatning kislotali muhitdagi eritmasini rangsizlantiradi. Yonish natijasida hosil bo’lgan qattiq qoldiqni eritish uchun esa
  1. 30 ml 2 M HCl ishlatildi.
  2. 20 ml 3 M H₂SO₄ ishlatildi.
  3. 40 ml 1 M H₂SO₄ ishlatildi.
  4. 60 ml 0,5 M HNO₃ ishlatildi.
Javobni ko'rish
30 ml 2 M HCl ishlatildi.
#6
30 g 36,5% li xlorid kislota eritmasi sarf bo’lsa, dastlabki namunaning massasini aniqlang.
  1. 14,4
  2. 24
  3. 26,4
  4. 19,2
Javobni ko'rish
14,4
#7
Kalsiy va kalsiy karbiddan iborat aralashma xlorid kislota bilan ishlanganda ajralgan gazlar aralashmasini katalizator ustidan o’tkazildi va reaksiya to’liq borgandan so’ng massa nisbati 0,7:7,5 bo’lgan oddiy va murakkab moddadan iborat gazlar aralashmasi hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmadagi kalsiyning massa ulushini aniqlang.
  1. 68
  2. 32
  3. 25,6
  4. 74,4
Javobni ko'rish
25,6
#8
1:9 mol nisbatda olingan ikki atomli molekulalardan tashkil topgan ikkita oddiy gazsimon moddalar 20C da va yuqori bosimda yopiq idishda aralashtirildi. Idish 215C gacha qizdirilganda yuqori unum (100%) bilan gazsimon murakkab modda hosil bo’ldi va reaksiya so’gida idishdagi bosim dastlabki bosimga tenglashdi. Dastlabki kam miqdorda olingan gazning bir molida nechta proton bo’loadi?
  1. 38
  2. 14
  3. 34
  4. 79
Javobni ko'rish
14
#9
1:5 mol nisbatda olingan ikkiatomli molekulalardan tashkil topgan ikkita oddiy gazsimon moddalar 0 C da va yuqori yuqori bosimda yopiq idishda aralashtirildi. Idish 273 C gacha qizdirilganda yuqori unum(100%) bilan gazsimon murakkab modda hosil bo’ldi va reaksiya so’ngida idishdagi bosim dastlabki bosimga tenglashdi. Hosil bo’lgan murakkab gazning bir molida nechta praton bo’ladi?
  1. 72
  2. 38
  3. 74
  4. 34
Javobni ko'rish
34
#10
1:8 mol nisbatda olingan ikkiatomli molekulalardan tashkil topgan ikkita oddiy gazsimon moddalar 10 C da va yuqori yuqori bosimda yopiq idishda aralashtirildi. Idish 236 C gacha qizdirilganda yuqori unum(100%) bilan gazsimon murakkab modda hosil bo’ldi va reaksiya so’ngida idishdagi bosim dastlabki bosimga tenglashdi. Dastlab mo’l miqdorda olingan gazning bir molida nechta praton bo’ladi.
  1. 38
  2. 34
  3. 14
  4. 70
Javobni ko'rish
34
#11
Vodorod, is gazi va metandan iborat aralashma (D(H₂)=8,4) ning 1 hajmini to’liq yondirish uchun 6,25 hajm havo sarf bo’lsa, yonishdan so’ng hosil bo’lgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini (n.sh) aniqlang.
  1. 18
  2. 17,5
  3. 15,1
  4. 20
Javobni ko'rish
17,5
#12
Suvsiz natriy karbonat va gidrokarbonatlari aralashmasi qizdirilganda hosil bo’lgan gazning hajmi(n.sh) qizdirilishdan olingan qattiq qoldiqqa mo’l miqdordagi xlorid kislota ta’sir ettirilganda ajralgan gaz hajmining 60% ni tashkil qilsa, dastlabki aralashmadagi moddalarning mol nisbatini mos ravishda toping.
  1. 3:4
  2. 1:2
  3. 2:1
  4. 1:3
Javobni ko'rish
1:3
#13
0,2 mol to’yingan uglevodorod to’liq yondirilishidan olingan olingan gazlar aralashmasi 150 g 57% li Ba(OH)₂ eritmasiga yuttirilganda 39,4 g cho’kma olingan bo’lsa, noma’lum bir molekula siklan tarkibidagi sp³ orbitallar sonini aniqlang.
  1. 12
  2. 4
  3. 20
  4. 16
Javobni ko'rish
16
#14
Ekvimolyar nisbatda olingan natriyning ikki xil galagenidlari aralashmasi teng ikki qismga ajratildi. Birinchi qism mo’l miqdordagi Ca(OH)₂ eritmasiga qo’shildi, ikkinchi qism esa mo’l miqdorda olingan AgNO₃ eritmasiga tushurildi. Agar ikkinchi qism aralashmasidan hosil bo’lgan cho’kmani massasi, birinchi qismda olingan cho’kmaning massasidan 3,68 marta katta bo’lsa, dastlabki aralashmadagi og’ir galagenidni aniqlang.
  1. NaBr
  2. NaF
  3. NaJ
  4. NaCI
Javobni ko'rish
NaJ
#15
Marganes(IV) oksid va rux gidroksiddan iborat 9,3 g aralashma konsentrlangan xlorid kislotada to’liq eritildi. Bunda 1,12 l(n.sh) gaz hosil bo’ldi. Olingan eritmaga mo’l miqdordagi ammoniy sulfid qo’shildi. Bunda olingan cho’kma ajratib olindi, quritildi va mo’l miqdordagi kislorodda yondirildi. Yonishdan so’ng hosil bo’lgan qattiq qoldiqning massasini aniqlang.
  1. 6,84
  2. 6,72
  3. 8,4
  4. 7,65
Javobni ko'rish
6,84
#16
Aluminiy va ruxdan iborat 9,2 g aralashma bilan 9,6 g oltingugurt qo’shib havosiz joyda qisdirildi. Bunda olingan qattiq aralashma suvda eritildi. Suvda erimay qolgan qoldiq ajratib olindi va quritildi. Bunda uning massasi 19,1 g ni tashkil qildi. Bu qattiq qoldiq konsentrlangan nitrat kislota bilan ishlanganda ajralgan qo’g’ir rangli gazning hajmini(n.sh) aniqlang.
  1. 13,44
  2. 40,32
  3. 24,64
  4. 6,72
Javobni ko'rish
6,72
#17
Tarkibida marganes (II) va rux sulfatlar saqlovchi eritmaga mo’l miqdordagi ammoniy sulfide qo’shilganda 45,5 g cho’kma hosil bo’ldi. Olingan cho’kma mo’l miqdordagi xlorid kislotada to’liq eritildi. Bunda hosil bo’lgan gaz konsentrlangan nitrat kislota eritmasi orqali o’tkazilganda 89,6 l (n.sh) qo’ng’ir rangli gaz hosil bo’lsa, boshlang’ich eritmadagi sulfatlar aralashmasining massasini aiqlang.
  1. 46,3
  2. 61,4
  3. 79,5
  4. 77,5
Javobni ko'rish
61,4
#18
Ikkita organic moddadan iborat aralashma yondirilganda faqat karbonat angidrid va suv hosil bo’ladi. Yonish mahsulotlarining umumiy massasi 32 g bo’lib, undagi vodorodning massa ulushi 5% ni tashkil qiladi. Agar dastlabki aralashmadagi uglerodning massa ulushi 40% ni tashkil qilsa, organic moddalarni aniqlang.
  1. C₂H₅OH, CH₃OH
  2. CH₄, CH₃OH
  3. C₂H₅OH, C₂H₆
  4. CH₃OCH₃, C₃H₈
Javobni ko'rish
CH₄, CH₃OH
#19
Simob(II) va alyuminiy nitratdan iborat 26.9 g aralashmani kuchli qizdirilishidan olingan gazlar aralashmasi kaliy gidroksid eritmasi, orqali o’tkazildi. Bunda yutilmay qolgan gazning hajmi 560 ml (n.sh) tashkil qilsa, dastlabki aralashmadagi Hg(NО₃)₂ ning mol ulushini aniqlang.
  1. 40
  2. 50
  3. 37,5
  4. 25
Javobni ko'rish
50
#20
Suyuq holatda olingan bir asosli to’yingan karbon kislotaning molekulyar massasi, shu kislotaning propil efiri molekulyar massasi bilan 10:8,5 nisbatda bo’lsa, kislotani aniqlang.
  1. etan kislota
  2. butan kislota
  3. metan kislota
  4. propan kislota
Javobni ko'rish
propan kislota
QuizPilotda o'ynash