DTM

Kimyo · DTM

muallif: QuizPilot · 20 ta savol · 0 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
No’malum amino kislota eritmasiga natriy nitrit va mo’l miqdordagi xlorid kislota aralashmasi qo’shilganda 3,36 l (n.sh) Gaz hosil bo’ldi, huddi shuncha miqdordagi amino kislota eritmasiga mo’l miqdordagi farmaldegid qo’shilganda esa 13,05 g organic modda hosil bo’lsa, amino kislotani aniqlang.
  1. valin
  2. leysin
  3. alanine
  4. glitsin
Javobni ko'rish
alanine
#2
Quyidagi qaysi amino kislotalar dezaminlanish reaksiyalariga kirishadi? 1) 3- aminoizovalerian kislota 2)glikokol 3) 4-amino izokapron kislota 4) 2-amino-3 metil pentan kislota
  1. 1,3
  2. 1,3,4
  3. 2,4
  4. 1,2,3,4
Javobni ko'rish
1,3,4
#3
0,05 mol α-amino kislota qizdirilganda tarkibida 24,08*10²² ta sp3 orbitali bo’lgan oson kristallanuvchi moddaga (toliq) aylanadi. Amino kislotani aniqlang.
  1. alanine
  2. valin
  3. glitsin
  4. leysin
Javobni ko'rish
alanine
#4
Ma’lum miqdor gippur kislota mol miqdordagi issiq suvga tushirilganda to’liq gidrolizga uchrab eritma hosil qildi. Olingan eritma 1:3 massa nisbatda ikki qismga ajratildi. Birinchi eritmaga natriy nitrit va mo’l miqdordagi HCI kislota aralashmasi qo’shilganda 2,24 l (n.sh) gaz hosil bo’lsa, ikkinchi eritmani to’liq neytrallash uchun 20% li NaOH eritmasidan qanday massada (g) talab etiladi.
  1. 40
  2. 120
  3. 160
  4. 60
Javobni ko'rish
120
#5
Ekvimolyar nisbatda olingan amino kislota 24g massali ningidrin yordamida oksidlanib 6,6 g organic moddaga aylandi. Amino kislotani aniqlang.
  1. glitsin
  2. valin
  3. alanin
  4. leysin
Javobni ko'rish
alanin
#6
120,4•10¹⁹ ta oqsil molekulasi Foli reaksiyasi orqali analiz qilinganda 14,34 g cho’kma hosil bo’lsa, bitta oqsil molekulasida nechta peptid bog’ mavjudligini aniqlang. (oqsil molekulasining 25% ini sistein qoldig’i tashkil qiladi deb hisoblang).
  1. 149
  2. 199
  3. 99
  4. 119
Javobni ko'rish
99
#7
Milon reaksiyasi yordamida qanday amino kislota(lar) aniqlanadi?
  1. tirozin
  2. fenilalanin; tirozin; triptofan
  3. tirozin; triptofan
  4. sistein; fenilalanin
Javobni ko'rish
tirozin; triptofan
#8
Quyidagi qaysi amino kislota(lar)ni ningidrin reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin?
  1. 2-amino-3-metil butan kislota, 3-amino-3-metil pentan kislota, 3-amino-4-metilpentan kislota va 2-amino-propan kislota
  2. 3-amino-3-metil pentan kislota va 3-amino-4-metilpentan kislota
  3. 2-amino-3-metil butan kislota va 2-amino-propan kislota
  4. 2-amino-3-metil butan kislota va 2-amino-propan kislota
Javobni ko'rish
2-amino-3-metil butan kislota va 2-amino-propan kislota
#9
Kazein, albumin va gemoglabin tarkibida valin amino kislotasi uchraydi, bunday mahsulotlar achiganda valin qanday moddaga aylanadi?
  1. izobutilamin
  2. 2-metilbuten-2 kislota
  3. izobutilspirt
  4. izopentil amin
Javobni ko'rish
izobutilspirt
#10
Bug’doy tarkibiga kiruvchi gliadin oqsili qaysi gruppaga mansup?
  1. Prolamin
  2. Skleroprotein
  3. Glukoproteid
  4. Protamin
Javobni ko'rish
Prolamin
#11
Arpa tarkibiga kiruvchi gordein oqsili qaysi gruppaga mansup?
  1. Protamin
  2. Prolamin
  3. Glukoproteid
  4. Skleroprotein
Javobni ko'rish
Prolamin
#12
Makkajo’xori tarkibiga kiruvchi zein oqsili qaysi gruppaga mansup?
  1. Prolamin
  2. Protamin
  3. Glukoproteid
  4. Skleroprotein
Javobni ko'rish
Prolamin
#13
Baliq spermatazoidi tarkibiga kiruvchi oqsil qaysi gruppaga mansup?
  1. Protamin
  2. Glukoproteid
  3. Prolamin
  4. Skleroprotein
Javobni ko'rish
Protamin
#14
Ipak tarkibiga kiruvchi fibroini oqsili qaysi gruppaga mansup?
  1. Prolamin
  2. Glukoproteid
  3. Protamin
  4. Skleroprotein
Javobni ko'rish
Skleroprotein
#15
Teri tarkibiga kiruvchi keratin oqsili qaysi gruppaga mansup?
  1. Glukoproteid
  2. Protamin
  3. Prolamin
  4. Skleroprotein
Javobni ko'rish
Skleroprotein
#16
So’lak tarkibiga kiruvchi mutsin oqsili qaysi gruppaga mansup?
  1. Skleroprotein
  2. Glukoproteid
  3. Prolamin
  4. Protamin
Javobni ko'rish
Glukoproteid
#17
Sut tarkibiga kiruvchi kazein oqsili qaysi gruppaga mansub?
  1. Prolamin
  2. Protamin
  3. Glukoproteid
  4. Fosfoproteid
Javobni ko'rish
Fosfoproteid
#18
Qaysi gruppaga kiruvchi oqsillar tarkibida oltingugurt bo’lmaydi?
  1. Fosfoproteid
  2. Prolamin
  3. Glukoproteid
  4. Protamin
Javobni ko'rish
Fosfoproteid
#19
Qaysi gruppaga kiruvchi oqsillar tarkibida oltingugurt ko’p bo’ladi?
  1. Skleroprotein
  2. Prolamin
  3. Protamin
  4. Glukoproteid
Javobni ko'rish
Protamin
#20
Yangi tayyorlangan Cu(OH)₂ eritmasi bilan ko’k rang hosil qiluvchi 12 g peptidning ishqoriy muhitdagi gidrolizidan bir xil mahsulot hosil bo’ldi. Olingan eritmaga natriy nitrit va mo’l miqdordagi xlorid kislota aralashmasi qo’shilganda 3,36 l(n.sh) gaz hosil bo’lsa, amino kislotani aniqlang.
  1. Valin
  2. Alanin
  3. Glitsin
  4. Izoleysin
Javobni ko'rish
Glitsin
QuizPilotda o'ynash