O'zbek tili
5-sinf_adabiyot_1-CHSB_original (2)
muallif: haydarova_8581 · 15 ta savol ·
2 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
- Shoir O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga sazovor bo‘lgan.
- Ilk she’riy to‘plamini „Qushcha“ deb nomlagan.
- Shoir davlat madhiyasi musiqasini yaratgan.
- Ilk she’ri „Qushcha“ nomi bilan respublika gazetasida chop etilgan.
Javobni ko'rish
Ilk she’ri „Qushcha“ nomi bilan respublika gazetasida chop etilgan.
#2
“Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” she’rida shoir Furqat bilan bog‘liq qaysi fikrni keltiradi?
- Furqat Vatan bog‘larini jannatga qiyoslaganini
- Furqat quyoshni Vatan ramzi deb bilganini
- Furqat Qashqar tuprog‘i haqida qayg‘urganini
- Furqat yurt boyliklarini madh etganini
Javobni ko'rish
Furqat Qashqar tuprog‘i haqida qayg‘urganini
#3
“Burgut” she’rida burgut qayerga intiladi?
- Kumush bulutlar bag‘riga
- Gavjum daraxtlar orasiga
- Tinch va sokin vodiyga
- Eng yuksak cho‘qqiga
Javobni ko'rish
Eng yuksak cho‘qqiga
#4
“Miltiraydi mitti yulduz” she’ridagi obrazlar va ularning ramziy ma’nolari o‘rtasidagi moslikni aniqlang.
- 1-c, 2-b, 3-a
- 1-b, 2-a, 3-c
- 1-d, 2-c, 3-b
- 1-b, 2-d, 3-c
Javobni ko'rish
1-b, 2-d, 3-c
#5
Ertaklarga xos xususiyatlar haqidagi hukmlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlang.
- 1–to‘g‘ri, 2–noto‘g‘ri, 3–noto‘g‘ri, 4–to‘g‘ri
- 1–noto‘g‘ri, 2–to‘g‘ri, 3–to‘g‘ri, 4–noto‘g‘ri
- 1–to‘g‘ri, 2–to‘g‘ri, 3–noto‘g‘ri, 4–to‘g‘ri
- 1–to‘g‘ri, 2–noto‘g‘ri, 3–to‘g‘ri, 4–noto‘g‘ri
Javobni ko'rish
1–to‘g‘ri, 2–noto‘g‘ri, 3–to‘g‘ri, 4–noto‘g‘ri
#6
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida berilgan holatga mos izohni aniqlang. Kenja botir o‘g‘rilar to‘dasiga o‘zini qo‘shilgandek qilib ko‘rsatadi va ularni saroy devoridan oshishga undaydi.
- U qiyin vaziyatlarda ham aql bilan yo‘l topishga intiladi.
- U har qanday vaziyatda boshqalarning ko‘rsatmasiga amal qiladi.
- U akalarining e’tiborini qozonish uchun xavfli ishga qo‘l uradi.
- U o‘g‘rilar yordamida saroy boyliklarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘ladi.
Javobni ko'rish
U qiyin vaziyatlarda ham aql bilan yo‘l topishga intiladi.
#7
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida botirlarning podshoh huzuridagi voqealari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
- 3, 1, 2, 4
- 4, 3, 1, 2
- 1, 2, 3, 4
- 2, 1, 4, 3
Javobni ko'rish
4, 3, 1, 2
#8
Alisher Navoiy qalamiga mansub she’r mazmuniga mos keluvchi hadisni aniqlang.
- Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “…sahobalar: “Ey Rasululloh, hayvonlarga suv ichirsak ham bizga savob tegurmi?” deyishdi. Janob Rasululloh: “(Biz sug‘oradirgan) har bir jonzotda biz uchun savob (ajr) bordur”, dedilar”.
- Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birovni (kurashib) yiqitgan polvon emas, balki g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan polvondir”, dedilar.
- Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham ravo ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi”, dedilar”.
- Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshi axloqdan ko‘ra tarozida og‘ir keladigan hech narsa yo‘qdir”, deb marhamat qilganlar.
Javobni ko'rish
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham ravo ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi”, dedilar”.
#9
Hadisda ta’kidlangan fazilat namoyon bo‘lgan vaziyatni aniqlang.
- Kishi o‘z manfaatini ko‘zlab, boshqalarning ehtiyojlariga befarq qaraydi.
- Kishi hayvonlarga yordam berishni insonlarga yordam berishdan ustun qo‘yadi.
- Kishi faqat o‘ziga foyda keltiradigan ishlarga vaqt ajratadi.
- Kishi yordamga muhtoj hayvonni ko‘rib, unga rahm-shafqat ko‘rsatadi.
Javobni ko'rish
Kishi yordamga muhtoj hayvonni ko‘rib, unga rahm-shafqat ko‘rsatadi.
#10
“Girgitton buvining yapon nevarasi” hikoyasidagi voqeadan kelib chiqib, hadisda qoralanadigan xatti-harakatni aniqlang.
- Birovning mulkidan egasining ruxsati bilan foydalanish.
- O‘ziga tegishli bo‘lmagan mevani egasining ruxsatisiz uzib olish.
- Birovning mulkini asrab-avaylash va unga zarar yetkazmaslik.
- O‘ziga tegishli mol-mulkni boshqalar bilan baham ko‘rish.
Javobni ko'rish
O‘ziga tegishli bo‘lmagan mevani egasining ruxsatisiz uzib olish.
#11
Abdusaid Ko‘chimovning “Boychechak” hikoyasi qahramoni Fotima obrazi yuzasidan bildirilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang.
- Begona bolani ham o‘z farzandidek yaxshi ko‘ruvchi haqiqiy o‘zbek ayoli timsoli.
- Odamlarni uzoq yillar turli giyohlar bilan davolagan qishloqlik mehribon ayol.
- Farzandsiz bo‘lganligi uchun boshqa bolalarni ham suymaydigan ayol.
- Uch farzandi urushda halok bo‘lgach, qishloq chetida yolg‘iz o‘zi yashovchi kampir.
Javobni ko'rish
Begona bolani ham o‘z farzandidek yaxshi ko‘ruvchi haqiqiy o‘zbek ayoli timsoli.
#12
“Boychechak” hikoyasidagi voqealardan kelib chiqib, hukmlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlang: 1. Murod Qo‘zivoyni o‘yinga qo‘shmaslik uchun uni ayblaydi va yig‘ilgan puldan ulush bermaslikka urinadi. 2. Qo‘zivoyga boychechak qadrli bo‘lgani uchun uni boshqalarga berishni istamaydi. 3. Bahrilla Usmonning ahvolini hisobga olib, yig‘ilgan pullarni unga berishni taklif qiladi. 4. Murod o‘z qilmishini anglasa ham, pullarning qolganini bermasdan qochib ketadi.
- 1–noto‘g‘ri; 2–to‘g‘ri; 3–noto‘g‘ri; 4–to‘g‘ri.
- 1–to‘g‘ri; 2–to‘g‘ri; 3–to‘g‘ri; 4–noto‘g‘ri.
- 1–to‘g‘ri; 2–noto‘g‘ri; 3–to‘g‘ri; 4–to‘g‘ri.
- 1–to‘g‘ri; 2–noto‘g‘ri; 3–to‘g‘ri; 4–noto‘g‘ri.
Javobni ko'rish
1–to‘g‘ri; 2–noto‘g‘ri; 3–to‘g‘ri; 4–noto‘g‘ri.
#13
Matnazar Abdulhakimning “Darsdan so‘ng” she’ri voqealari yuzasidan to‘g‘ri hukmni aniqlang.
- O‘quvchilar daftarini yo‘qotib qo‘yganligi uchun o‘qituvchiga topshirolmaydi.
- O‘qituvchi uyi yaqinligi uchun dugonasinikida qolishni istamaydi.
- Qishloqdagi chiroqlar va kuchuklar ayolning hayotini saqlab qoladi.
- She’rda “mudhish bir sharpa” deganda bo‘ri nazarda tutilgan.
Javobni ko'rish
She’rda “mudhish bir sharpa” deganda bo‘ri nazarda tutilgan.
#14
“Darsdan so‘ng” she’ridan olingan parchada ajratilgan misralar mazmunini to‘g‘ri izohlagan xulosani aniqlang: “Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda, Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi. Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi Hammadan ham yomon yig‘ladi...”
- Shoir o‘quvchilarning muallima oldidagi aybini tan olganini va undan kechirim so‘raganini tasvirlagan.
- Shoir fojiaviy voqea fonida daftar topshirmagan o‘quvchilarning holatini bo‘rttirib tasvirlagan.
- Shoir yetti o‘quvchining qishloq boshiga tushgan sinovdan qattiq ta’sirlanganini tasvirlagan.
- Shoir o‘quvchilarning yirtqichdan qo‘rqib, muallimaga yordam berishga shoshilganini ifodalagan.
Javobni ko'rish
Shoir fojiaviy voqea fonida daftar topshirmagan o‘quvchilarning holatini bo‘rttirib tasvirlagan.
#15
Abdusaid Ko‘chimovning “Boychechak” hikoyasidan olingan badiiy parcha haqida to‘g‘ri mulohazani aniqlang.
- Kampirning bahor kelganidan quvonishi tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarning inson kayfiyatiga ta’sirini ko‘rsatadi.
- Kampirning boychechakni e’zozlab Murodga suyunchi berishi xalq orasida bahor kelishiga alohida quvonch bilan munosabatda bo‘lish an’anasi borligini ko‘rsatadi.
- Kampirning boychechakni ko‘zlariga surtishi uning gulning go‘zalligidan zavqlanib, bahor manzarasidan estetik zavq olayotganini ko‘rsatadi.
- Kampirning boychechakni ko‘zlariga surtishi uning bu gulni bel og‘rig‘iga davo deb bilishini anglatadi.
Javobni ko'rish
Kampirning boychechakni ko‘zlariga surtishi uning bu gulni bel og‘rig‘iga davo deb bilishini anglatadi.
QuizPilotda o'ynash