DTM
Huquq · DTM
by QuizPilot · 30 questions ·
0 saves · 0 likes
Play in QuizPilot
#1
Quyidagilarni TO’G’RI moslashtiring. Ashyolar tasnifi: 1) Bo’linadigan ashyolar; 2) Iste’mol qilinmaydigan ashyolar; 3) turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar; 4) Asosiy ashyolar. a) Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyoga bog’liq mustaqil ashyolar; b) bo’lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o’zida saqlab qo’ladigan va shu bilan birga o’zining xo’jalik ahamiyatini yo’qotmaydigan ashyolar; c) qayta-qayta foydalanishga mo’ljallangan, bunda o’zining dastlabki holatini uzoq vaqt davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolar; d) bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega bo’lgan hamda soni, og’irligi, o’lchovi va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar.
- a-3, b-2, c-4, d-1
- a-2, b-4, c-1, d-1
- a-4, b-1, c-2, d-3
- a-1, b-3, c-2, d-4
Show answer
a-4, b-1, c-2, d-3
#2
A ismli shaxs o’z boshlig’idan vazifa oldi. A bu vazifani noqonuniy ekanligini biladi, lekin agar bajarmasa ishdan ketishi aniq. A noqonuniy bo’lsa ham ushbu vazifani bajarishga qaror qildi. A ning harakati jinoyatni istisno qiluvchi holat deb topiladimi?
- ushbu vaziyatda oxirgi zarurat deb topiladi
- A va C javoblar to’g’ri
- jinoyatni istisno qiluvchi holat mavjud. Ya’ni A buyruqni bajaryapti
- yuqoridagi vaziyatda jinoyatni istisno qiluvchi holat mavjud emas. A javobgarlikka tortiladi
Show answer
yuqoridagi vaziyatda jinoyatni istisno qiluvchi holat mavjud emas. A javobgarlikka tortiladi
#3
Abu Ali ibn Sinoga tegishli bo’lmagan gapni aniqlang.
- Agar sen inson bo’lsang, xalq ehtiyoji to’g’risida qayg’urmaydiganni inson deb atamaggin
- Yolg’izlik halokatga olib keladi. Inson o’z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi
- Bekorchilik va maishatparastlik nafaqat odobsizlikni tug’diradi, ular bilan bir vaqtda bemorlikka ham sabab bo’ladi
- Aql tarozisida tortib ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir
Show answer
Yolg’izlik halokatga olib keladi. Inson o’z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi
#4
Quyidagilarni TO’G’RI moslashtiring. I. Prezidentlik respublikasi II. Parlamentar Respublika III. Parlamentar monarxiya a-Norvegiya b-Braziliya c-Hindiston d-Meksika e-Gretsiya f-Daniya
- I-c, e; II-b, f, III-a, d
- I-b, d; II-c, e; III-a, f
- I-b, d; II-c, f; III-a, e
- I-a, b; II-c, d; III-e, f
Show answer
I-b, d; II-c, e; III-a, f
#5
Quyidagilardan NOTO’G’RISINI aniqlang. (Asos: Jinoyat kodeksi 43-moddasi. 29. 01. 2025 holatiga ko’ra) Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatdan quyidagi asosiy jazolar qo’llanilishi mumkin: 1) jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish; 2) harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish 3) xizmat bo’yicha cheklash, ozodlikdan cheklash 4) qamoq
- 2, 3
- 2, 4
- 1, 4
- 1, 3
Show answer
2, 3
#6
Xalqaro Oila kunini nishonlash haqidagi qaror qabul qilinganligining maqsadi nimaga qaratilgan?
- oilada farzandalarning ko`payishiga
- bayramlarning sonini yanada oshirishga
- davlatlarning birlashishiga
- oila mustahkam bo`lishiga
Show answer
oila mustahkam bo`lishiga
#7
Quyidagilardan fashistik tartibotga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang. 1) bu tartibotda hukmronlik qilgan har qanday muxolifot yo’q qilinadi 2) yagona partiyaning hukmronligi o’rnatiladi 3) biron-bir irqning hukmronligi e’lon qilinadi 4) bu tartibotda o’zgacha fikrlarga qarshi kurashiladi 5) boshqa hududlarni bosib olishga harakat kuchayadi 6) saylovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatlari bo’lmaydi
- 1, 3, 5
- 2, 4, 5
- 1, 3, 4
- 2, 4, 6
Show answer
2, 4, 5
#8
Quyidagilarni tegishliligiga qarab TO’G’RI moslashtiring. Huquqiy davlatning belgilari: 1) Hokimiyatning qonuniyligi 2) Demokratiyaning rivojlanganligi va takomillashganligi 3) Inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi. a) hokimiyat demokratik saylovlar yo’li bilan shakllanadi. Davlat hokimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi b) inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda manfaatlari oliy qadriyat hisoblanadi c) xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanadi
- 1c, 2b, 3a
- 1a, 2b, 3c
- 1a, 2c, 3b
- 1b, 2c, 3a
Show answer
1a, 2c, 3b
#9
Har bir insonga berilgan ikkita katta sovg’a nimalardan iborat?
- Imkoniyat va zakovat
- Bilim va ko’nikma
- Vaqt va imkoniyat
- Aqli va vaqt
Show answer
Vaqt va imkoniyat
#10
Quyidagilardan qaysilari O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish asoslari hisoblanadi (Fuqarolik to’g’risidagi qonunning 25-moddasiga muvofiq)?
- 2 va 4
- 1 va 3
- 1 va 4
- 2 va 3
Show answer
2 va 3
#11
Quyidagi hukmlardan qaysilari to’g’ri va noto’g’ri?
- I-noto’g’ri, II-to’g’ri, III-to’g’ri, IV-noto’g’ri
- I-noto’g’ri, II-to’g’ri, III-noto’g’ri, IV-to’g’ri
- I-to’g’ri, II-to’g’ri, III-noto’g’ri, IV-to’g’ri
- I-to’g’ri, II-noto’g’ri, III-noto’g’ri, IV-to’g’ri
Show answer
I-noto’g’ri, II-to’g’ri, III-noto’g’ri, IV-to’g’ri
#12
Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanishi hamda majburiyatlarni bajarishi Jinoyat kodeksining qaysi prinsipiga to’g’ri keladi?
- Qonuniylik prinsipi
- Insonparvarlik prinsipi
- Demokratizm prinsipi
- Fuqarolarning qonun oldida tengligi
Show answer
Qonuniylik prinsipi
#13
Quyidagi ma’lumotlarni bir-biriga moslashtiring: I. Afv, II. Amnitsiya
- a-II, b-I, c-I, d-I, e-I, f-II
- a-I, b-II, c-I, d-I, e-II, f-I
- a-I, b-I, c-II, d-II, e-II, f-I
- a-II, b-II, c-II, d-II, e-I, f-II
Show answer
a-II, b-I, c-I, d-I, e-I, f-II
#14
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasiga ko’ra, yashash huquqi har bir insonning nima huquqidir?
- Daxlsiz huquqi
- Mutlaq huquqi
- Ajralmas huquqi
- Uzviy huquqi
Show answer
Ajralmas huquqi
#15
Ehtiyot choralari qo’llanilishining maqsad va asoslari nimalardan iborat?
- Sudlanuvchini surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo’yin tovlanishini oldini olish, uning bundan buyongi jinoiy faoliyatini oldini olish, uning ish bo’yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo’l qo’ymaslik, uning qonunda belgilangan huquq va erkinliklarini vaqtinchalik cheklash
- Sudlanuvchini surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo’yin tovlanishini oldini olish, uning bundan buyongi jinoiy faoliyatini oldini olish, uning ish bo’yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo’l qo’ymaslik, hukmni ijro etilishini ta’minlash
- Sudlanuvchini surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo’yin tovlanishini oldini olish, uning bundan buyongi jinoiy faoliyatini oldini olish, uning ish bo’yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo’l qo’ymaslik, hukmni ijro etilishini ta’minlash
- Uning bundan buyongi jinoiy faoliyatini oldini olish, uning ish bo’yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo’l qo’ymaslik, hukmni ijro etilishini ta’minlash
Show answer
Sudlanuvchini surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo’yin tovlanishini oldini olish, uning bundan buyongi jinoiy faoliyatini oldini olish, uning ish bo’yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo’l qo’ymaslik, uning qonunda belgilangan huquq va erkinliklarini vaqtinchalik cheklash
#16
Quyidagilardan qaysi voqea boshqalarga qaraganda oldinroq sodir bo’lgan?
- O’zbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo bo’ldi
- BMT Toshkentda o’z vakolatxonasini ochdi
- O’zbekiston Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qildi
- MDH nizomi qabul qilindi
Show answer
MDH nizomi qabul qilindi
#17
Sud nikohdan ajratish asoslari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. (Asos: Oila kodeksi 41-modda)
- Sud ariza berilgandan so’ng barcha masalalarni aniqlab, ularga oydinlik kiritgandan so’ng ularni nikohdan ajratadi
- Agar nikohdan ajrashish haqida sudga da’vo ariza bergan er va xotin o’rtasida voyaga yetmagan farzandlar bo’lgan taqdirda nikohdan ajratiladi
- Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashining va oilaning saqlab qolishga imkoniyat yo’q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi
- Alimen to’lash bo’yicha majburiyatlar kelishib olinganidan so’ng sud nikohdan ajratadi
Show answer
Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashining va oilaning saqlab qolishga imkoniyat yo’q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi
#18
Vestfaliya sulhi imzolangandan keyin davlatlar qanday huquqlarni tan oldilar?
- kichik davlatlar katta davlatlarga bo’ysunishini
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik kelishuvini
- barcha fuqarolarning teng huquqliligini
- bir-birlarining suveren huquqlarini
Show answer
bir-birlarining suveren huquqlarini
#19
”Agar oilaning baxtini boylik belgilaganda edi, bironta boy xonadonda oilaviy janjal koʻtarilmas edi.” Ushbu gap muallifini aniqlang
- Teodor Ruzvelt
- Sh.Mirziyayev
- Abu Ibn Sino
- Tohir Malik
Show answer
Teodor Ruzvelt
#20
Quyidagilardan yakuniy hukmni aniqlang. (TO’G’RI / NOTO’G’RI) Axloq va huquq o’rtasidagi asosiy farqlar quyidagilar:
- 1 to’g’ri, 2 noto’g’ri, 3 to’g’ri, 4 to’g’ri
- 1 to’g’ri, 2 noto’g’ri, 3 noto’g’ri, 4 to’g’ri
- 1 to’g’ri, 2 to’g’ri, 3 noto’g’ri, 4 to’g’ri
- 1 noto’g’ri, 2 to’g’ri, 3 noto’g’ri, 4 to’g’ri
Show answer
1 to’g’ri, 2 noto’g’ri, 3 to’g’ri, 4 to’g’ri
#21
BMT Bosh Assambleyasida sessiyalar bo’lib o’tgan. Quyidagi ma’lumotlarni sessiyalarga oid bo’lgan ma’lumotlar bilan to’g’ri moslashtiring. (Manba 10-sinf davlat va huquq asoslari)
- Shavkat Mirziyayev ilk bor Bosh Assambleya sessiyasida nutq so’zladi - 76-sessiya, 2021-yilning 21-sentabr sanasida bo’lib o’tgan - 44-sessiya, O’zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida” gi qonunni ratifikatsiya qildi - 76-sessiya
- to’gri javob yo’q
- Shavkat Mirziyayev ilk bor Bosh Assambleya sessiyasida nutq so’zladi - 72-sessiya, 2021-yilning 21-sentabr sanasida bo’lib o’tgan - 44-sessiya, O’zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida” gi qonunni ratifikatsiya qildi - 76-sessiya
- Shavkat Mirziyayev ilk bor Bosh Assambleya sessiyasida nutq so’zladi - 72-sessiya, O’zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida” gi qonunni ratifikatsiya qildi - 44-sessiya, 2021-yilning 21-sentabr sanasida bo’lib o’tgan - 76-sessiya
Show answer
Shavkat Mirziyayev ilk bor Bosh Assambleya sessiyasida nutq so’zladi - 72-sessiya, 2021-yilning 21-sentabr sanasida bo’lib o’tgan - 44-sessiya, O’zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida” gi qonunni ratifikatsiya qildi - 76-sessiya
#22
Quyidagilardan munitsipal mulkka taaluqli qatorni aniqlang. (Asos: Fuqarolik kodeksi 214-215-moddalar)
- davlat ahamiyatiga ega bo’lgan moddiy madaniy meros obyektlari
- davlat hokimiyati va boshqaruvi Respublika organlarining mol-mulki
- oltin zaxirasi
- xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassalari
Show answer
xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassalari
#23
Huquq normasining asosiy vazifasi nima?
- fuqarolarning qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash
- huquqiy munosabatlarni tartibga solish
- ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
- insonlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyat shakllanishi uchun sharoit yaratish
Show answer
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
#24
Nuqtalar o`rnini to`ldiring. …. – harom bilan halolning chegarasini belgilaydigan vijdon qozisi.
- vijdon
- qanoat
- ishq
- sabr
Show answer
vijdon
#25
Fuqarolar o’rtasidagi qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi BHM ning necha baravaridan ortiq bo’lsa, oddiy yozma shaklda tuziladi? (Asos: Fuqarolik kodeksi 733-modda)
- yigirma baravari
- o’ttiz baravari
- o’n baravari
- ellik baravari baravari
Show answer
ellik baravari baravari
#26
Bolaning nomulkiy huquqlari NOTO’G’RI ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
- o’z ota-onasini bilishi
- meros huquqidan foydalanishi
- bobo, buvisi bilan ko’rishish
- o’z familiyasiga ega bo’lishi
Show answer
meros huquqidan foydalanishi
#27
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining to’qqizinchi bobi nimaga bag’ishlangan?
- Fuqarolarning burchlari
- Siyosiy huquqlar
- Iqtisodiy, ijtimoiy va ekalogik huquqlar
- Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekalogik huquqlar.
Show answer
Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekalogik huquqlar.
#28
Nikoh haqiqiy emas deb topilgandan so’ng Sanjar va Sanobar to’liq muomala layoqatini saqlab qolishadimi?
- Sanjar muomala layoqatini saqlab qoladi, Sanobar esa yo’qotadi
- ha saqlab qolishadi
- to’liq muomala layoqati saqlab qolinishi ham mumkin, u 18 yoshga to’lguncha to’xtatib turilishi ham mumkin. Bu masalani hal qilish sudning vakolatiga kiradi
- ular to’liq muomala layoqatini yo’qotadilar, chunki nikoh haqiqiy emas deb topilgandan so’ng, sud tomonidan to’liq muomala layoqati ham 18 yoshga to’lgunga qadar bekor qilinadi
Show answer
to’liq muomala layoqati saqlab qolinishi ham mumkin, u 18 yoshga to’lguncha to’xtatib turilishi ham mumkin. Bu masalani hal qilish sudning vakolatiga kiradi
#29
Quyidagilarni bir-biriga to’g’ri moslashtiring. Qonun bo’yicha vorislik:
- 1b, 2d, 3c, 4a
- 1b, 2a, 3d, 4c
- 1c, 2b, 3a, 4d
- 1b, 2c, 3a, 4d
Show answer
1b, 2c, 3a, 4d
#30
Shaxzod 22 yoshda. Uning onasi Salomat aya esa qarib qolgan. U Shaxzoddan aliment olish bo’yicha sudga murojaat qilgan hamda sud Shaxzodga aliment to’lash bo’yicha hal qiluv qarori chiqarib bergan. Salomat aya oradan 4 oy o’tgach yana murojaat qilib, o’g’li pul to’lamayotganligini aytgan hamda unga nisbatan qonuniy chora ko’rilishini so’ragan. Vaziyatga huquqiy baho bering. Yuqoridagi vaziyatda Shaxzod jinoiy javobgarlikka tortiladimi?
- shaxs bir vaqtning o’zida ham jinoiy ham ma’muriy javobgarlikka tortiladi
- Shaxzod jinoiy javobgarlikka tortiladi chunki u Jinoyat kodeksining 123-moddasida ko’rsatilgan jinoyatni sodir etgan
- Shaxzod jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, sababi u sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oy mobaynida to’lamasa jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Yuqorida esa to’rt oy davomida to’lamagan
- Shaxzod jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, chunki u jinoiy javobgarlikka tortilishida oldin ma’muriy javobgarlikka tortilishi kerak
Show answer
Shaxzod jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, sababi u sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oy mobaynida to’lamasa jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Yuqorida esa to’rt oy davomida to’lamagan
Play in QuizPilot