DTM
Ona tili · DTM
by QuizPilot · 88 questions ·
4 saves · 0 likes
Play in QuizPilot
#1
Chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar qatorini belgilang.
- ola//qarg‘a, tamom//bo‘l
- kam//hosil, radio//to‘lqin
- ko‘cha//ko‘y, oyma//oy
- otash//qalb, har//vaqt
Show answer
otash//qalb, har//vaqt
#2
Quyidagi gapda ko‘p nuqta o‘rniga qaysi so‘zni qo‘yish uslubiy jihatdan to‘g‘ri hisoblanadi?
Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko‘plab chiroyli bog‘lar . . .
- farovon qilindi
- taxtlab chiqildi
- yasaldi
- barpo qilindi
Show answer
barpo qilindi
#3
Biz. . . birov. . . uyi. . . mehmon kelsa, yon qo‘shnisi, albatta, un. . . xabar oladi.
Ushbu gapda nuqtalar o‘rnida qaysi kelishik qo‘shimchasini qo‘llab bo‘lmaydi?
- jo‘nalish
- chiqish
- tushum
- o‘rin-payt
Show answer
o‘rin-payt
#4
Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud?
- Kun bo‘yi ishlab toliqgan Ilhomjon darrov uxlab qoldi.
- Biz bu qishloqqa ikki marta kelgan edik.
- Bu gapni hammaga eshittirib aytdi.
- Yarasini qandaydir dori bilan kuydiribdi.
Show answer
Yarasini qandaydir dori bilan kuydiribdi.
#5
Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan?
- Otning porlab turgan qop-qora ko‘zlari qizning qalbini zavqqa to‘ldirib yuborgan edi.
- Deraza oynasiga kumush yog‘du yopirildi, osuda tun butun borliqni allalay boshladi.
- Do‘stim, biz ham Aliyevning soyasida shunaqa mansablarni egallab o‘tiribmiz.
- Yosh chog‘im −oltin chog‘im, hayot tashvishlaridan xoli damlardir yoshlik.
Show answer
Otning porlab turgan qop-qora ko‘zlari qizning qalbini zavqqa to‘ldirib yuborgan edi.
#6
Xato yozilgan so‘zlar qatorini toping.
- sharoit, taraqqiyot
- muovin, maxfiy
- xushmuomila, tushinmoq
- qanoat, madad
Show answer
xushmuomila, tushinmoq
#7
Tog‘lar qo‘ynidadir mening qishlog‘im,
Cho‘qqilari osha ko‘rinar olam.
Ushbu she’riy parchadagi kesim(lar)ni toping.
- osha, ko‘rinar
- qo‘ynidadir, ko‘rinar
- qishlog‘im, ko‘rinar
- qishlog‘im, olam
Show answer
qo‘ynidadir, ko‘rinar
#8
Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
- Ey farzand o‘zingni mol jam qilishdan g‘ofil tutma, ammo halollik bilan mol to‘plashga harakat qil.
- Samimiylik ham −xuddi husn va aql kabi ehson.
- Odamda tasavvur bor, shuning uchun nimaningdir yoki kimningdir suratini xayoliga keltira oladi.
- Dono bo‘lmoq uchun bilimsizdan ham, o‘rganmoq kerak.
Show answer
Odamda tasavvur bor, shuning uchun nimaningdir yoki kimningdir suratini xayoliga keltira oladi.
#9
Qaysi javobda payt bildiruvchi ravishlar qatori berilgan?
- har gal, majburan, hanuz
- hamisha, allamahal, endi
- jimgina, ertadan, buguncha
- ertalab, hali, zo‘rg‘a
Show answer
hamisha, allamahal, endi
#10
Qaysi gapda o‘zaro ma’nodosh so‘zlar ishtirok etgan?
- Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga
Tunda qo‘ngan shabnam aridi.
- Bolangga ham, uyingga ham qara, ham dam ol.
- Gunafshalar qulog‘imga madhingni So‘zlab-so‘zlab charchadilar, bitmadi.
- Qon yugurdi ol yonog‘iga,
Bargi g‘ubor −changdan aridi.
Show answer
Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga
Tunda qo‘ngan shabnam aridi.
#11
Tenglamani yeching: \( \frac{7}{8} - x = \frac{9}{10} + x \)
- 2
- 3
- 1
- 0
Show answer
1
#12
Rasmdagi ma’lumotlardan foydalanib baliq uzunligining necha foizi havoda ekanligini aniqlang.
- 16%
- 16¾%
- 16⅓%
- 15%
Show answer
16%
#13
Arqon 2:3 nisbatda ikki bo‘lakka bo‘lindi. Kichik bo‘lakning uzunligi 12 metr bo‘lsa, dastlab (bo‘linmagan) arqonning uzunligi necha metr bo‘lgan?
- 36
- 30
- 25
- 24
Show answer
30
#14
Hisoblang: \(11^{\frac{2}{3}} \cdot 11^{\frac{4}{3}} \cdot 11^{\frac{5}{6}} \cdot 11^{\frac{7}{6}}\)
- 4
- 3⅓
- 3½
- 4½
Show answer
3⅓
#15
Rasmda berilgan uchburchakning perimetrini toping.
- 22
- 20
- 21
- 23
Show answer
23
#16
Oilada 4 kishi bor. Ulardan har birining tug‘ilgan kunida qolganlarining har biri bittadan sovg‘a berishadi. Bir yilda bu oilada (tug‘ilgan kun uchun yig‘ilgan) jami sovg‘alar soni eng ko‘pi bilan nechta bo‘ladi?
- 12
- 8
- 4
- 16
Show answer
12
#17
Kubning qirrasi 5 dm bo‘lsa, hajmini (dm³) toping.
- 512
- 729
- 125
- 1000
Show answer
125
#18
Quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri?
- 10 m² = 1000 dm²
- 10 m² = 1000 cm²
- 10 m² = 10000 mm²
- 10 m² = 100 dm²
Show answer
10 m² = 100 dm²
#19
Hisoblang: \(2 \cdot (18 - 6) + 3 \cdot (9 - 12)\)
- 39
- 15
- 15
- 27
Show answer
15
#20
Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri?
- 48 = 7 · 5 + 6
- 48 = 6 · 5 + 6
- 48 = 8 · 5 + 8
- 48 = 6 · 5 + 9
Show answer
48 = 6 · 5 + 6
#21
VII asrda Movarounnahrga harbiy yurishlarini boshlagan xalqlarni toping.
- mo‘g‘ullar
- qoraxitoylar
- arablar
- xiyoniylar
Show answer
arablar
#22
1186-yilda butunlay tugatilgan davlatni toping.
- Qoraxoniylar davlati
- Somoniylar davlati
- Saljuqiylar davlati
- G‘aznaviylar davlati
Show answer
Saljuqiylar davlati
#23
1864-yil M.Chernyayev qaysi shaharni egallash uchun olib borgan birinchi harakatida mag‘lubiyatga uchragan?
- Samarqand
- O‘ratepa
- Xiva
- Toshkent
Show answer
O‘ratepa
#24
Quyida sanab o‘tilgan siyosiy arboblardan qaysi biri O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari vazifasida faoliyat yuritmagan?
- Abdulla Avloniy
- Rafiq Nishonov
- Inomjon Usmonxo‘jayev
- Islom Karimov
Show answer
Abdulla Avloniy
#25
O‘zbekiston Respublikasida 1995-yilda tashkil etilgan siyosiy partiyani toping.
- O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
- O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi
- O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
- O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
Show answer
O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi
#26
Buxoro xonligida xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasi bilan qaysi mansabdagi amaldor shug‘ullangan?
- dodxoh
- ko‘kaldosh
- mehtar
- xon yasovuli
Show answer
ko‘kaldosh
#27
Shohruxbiy vafotidan keyin Qo‘qon xonligi taxtiga o‘tirgan shaxsni aniqlang.
- Abdulkarimbiy
- Erdonabiy
- Abdurahimbiy
- Norbo‘tabiy
Show answer
Erdonabiy
#28
Shohrux 1409-yilda kimni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlagan?
- Husayn Boyqaroni
- Mirzo Ulug‘bekni
- Xalil Sultonni
- Mironshohni
Show answer
Xalil Sultonni
#29
Kushon davlatida qaysi hukmdor hukmronligi davrida poytaxt Baqtriyadan Peshovar (hozirgi Pokiston) ga ko‘chirilgan?
- Kanishka
- Doro I
- Demetriy
- Kir II
Show answer
Kanishka
#30
Xiva xonligida yerni ijaraga olib, hosilning teng yarmiga ishlovchilar qanday atalgan?
- barzikorlar
- bevatanlar
- yarimchilar
- vaqfchilar
Show answer
barzikorlar
#31
Erkakning otasi daltonizm bo‘yicha sog‘, onasi esa daltonizm bilan kasallangan. Shu erkak somatik hujayrasining mitoz sikli telofazasining sitokinezidan so‘ng hujayradagi d (I), D (II) allellari sonini aniqlang.
- I-1; II-0
- I-0; II-2
- I-2; II-1
- I-2; II-2
Show answer
I-0; II-2
#32
Qaysi javobda to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan?
- Y.Yanskiy qondagi qizil qon donachalarni birinchi marta o‘rgangan.
- G.Mendel uy hayvonlarida uchraydigan virusli kasallikni o‘rgangan.
- Ekosistema atamasi V.V.Dokuchayev tomonidan fanga kiritilgan.
- Mutatsiya atamasini fanga genetik olim G.De-Friz kiritgan.
Show answer
Mutatsiya atamasini fanga genetik olim G.De-Friz kiritgan.
#33
RNK polimeraza fermenti ta’sirida sintezlangan nuklein kislota tarkibidagi guanin nukleotidi matritsa vazifasini bajargan zanjirdagi timindan 42 taga, adenindan 10 taga kam, guanindan esa 8 taga ko‘pligi aniqlandi. Agar i-RNK tarkibida 102 ta sitozin borligi ma’lum bo‘lsa, DNK qo‘sh zanjiri tarkibidagi sitozin nukleotidlari sonini aniqlang.
- 110
- 272
- 212
- 102
Show answer
272
#34
Qaysi javobda ko‘p hujayrali suvo‘t (a), prokarriot organizm (b), zamburug‘ (c) berilgan?
- a - xlamidomonada; b - qoqshol qo‘zg‘atuvchisi; c - vertitsill
- a - xlorella; b - ichburug‘ qo‘zg‘atuvchisi; c - usneya
- a - xara; b - nostok; c - zang kasalligi qo‘zg‘atuvchisi
- a - kladofora; b - nostok; c - ensefalit qo‘zg‘atuvchisi
Show answer
a - xara; b - nostok; c - zang kasalligi qo‘zg‘atuvchisi
#35
Dengiz tulkisining nafas olish organiga xos xususiyatlarni aniqlang.
- kapillyar qon tomirlariga ega; murtak varaqasining endoderma qavatidan rivojlanadi
- murtak varaqasining mezoderma qavatidan rivojlanadi; kapillyar qon tomirlariga ega
- murtak varaqasining mezoderma qavatidan rivojlanadi; hid bilish funksiyasini bajaradi
- murtak varaqasining endoderma qavatidan rivojlanadi; hid bilish funksiyasini bajaradi
Show answer
murtak varaqasining mezoderma qavatidan rivojlanadi; kapillyar qon tomirlariga ega
#36
Ekologik piramida qoidasiga asoslanib 70 kg o‘simlikni iste’mol qilgan bizon massasi qanchaga oshganligini (kg) aniqlang. (Bizonning biomassasi o‘simlikning 40 % quruq moddasi massasi hisobiga ortadi.)
- 28
- 2,8
- 42
- 4,2
Show answer
28
#37
Genetik kod jadvalida triptofan - UGG, valin - GUU, leysin - UUA, treonin - ACC kodonlar yordamida ifodalansa, quyidagi t-RNK qaysi aminokislotani translatsiya joyiga tashib keltirishini aniqlang. UGG
- valin
- leysin
- triptofan
- treonin
Show answer
triptofan
#38
Qora qarag‘ay va zuhrasochga xos bo‘lgan umumiy tushunchalarni aniqlang.
- anteridiy, urug‘, urug‘kurtak
- arxegoniy, anteridiy, urug‘
- produtsent organizm, urug‘, fitosenoz vakili
- arxegoniy, produtsent organizm, fitosenoz vakili
Show answer
arxegoniy, produtsent organizm, fitosenoz vakili
#39
Quyidagi rasmda akula, ixtiozavrlar va delfin tasvirlangan. Ushbu rasmga mos keluvchi javobni aniqlang.
- umurtqalilarning turli sistematik guruhlariga mansub hayvonlarda konvergensiya hodisasi
- bir populyatsiya doirasida bir-biridan farqlanuvchi bir nechta polimorf formalarining hosil bo‘lishi
- bir sinfga mansub organizmlarning bir yo‘nalishda o‘xshash belgilarni paydo qilishi
- bir sinfga mansub organizmlarda ajdod tur belgilarining tarqalishini ifodalovchi divergent evolutsiya hodisasi
Show answer
umurtqalilarning turli sistematik guruhlariga mansub hayvonlarda konvergensiya hodisasi
#40
Atavizm hodisasiga misol berilgan javobni aniqlang.
- otning ikkinchi va to‘rtinchi barmoqlari
- kitning dumg‘aza va orqa oyoq skeleti qoldiqlari
- pashshaning ikkinchi juft qanotlari
- ba’zan orqasida xira yo‘l-yo‘l chiziqlar bo‘lgan toychalarning tug‘ilishi
Show answer
kitning dumg‘aza va orqa oyoq skeleti qoldiqlari
#41
Quyida berilgan hayvonlarning biosferadagi yashash muhitini aniqlang: a) karakatitsa; b) zaxkash; c) ko‘rsichqon
- a - gidrosfera; b, c - litosfera
- a - litosfera; b, c - gidrosfera
- a, c - gidrosfera; b - litosfera
- a - gidrosfera; b - litosfera; c - atmosfera
Show answer
a - gidrosfera; b, c - litosfera
#42
Odamda murtak varaqasining ektodermasidan rivojlanuvchi tuzilmalar ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
- adashgan nerv va uzunchoq miya
- o‘pka arteriyasi va o‘ng va chap o‘pka
- orqa miya va ichak epiteliysi
- o‘mrov osti muskuli va ovqat hazm qilish bezlari
Show answer
adashgan nerv va uzunchoq miya
#43
Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni belgilang. Bakteriofagda . . . bo‘ladi.
- yoqacha, endoplazmatik to‘r
- RNK, g‘ilof
- boshcha, mitoxondriya
- boshcha, ribosoma
Show answer
RNK, g‘ilof
#44
Odamda qaysi kasallikni bakteriya keltirib chiqaradi?
- vilt
- o‘lat
- serroz
- gepatit
Show answer
o‘lat
#45
Ituzumdoshlar oilasi (a), shuvoq turkumi (b), qizil suvo‘tlar bo‘limi (c), lolasimonlar sinfi (d) ga mansub o‘simliklarni aniqlang.
- a −Olga sorbariyasi, pomidor; b −qora jusan, yovshan shuvog‘i; c −porfira, fillofora; d −greyg lolasi, g‘umay
- a −mingdevona, qalampir; b −oq saksovul, qora saksovul; c −yapon laminariyasi, nemalion; d −qo‘ng‘irbosh, qo‘shbarg piyoz
- a −qora ituzum, kartoshkagul; b −oq shuvoq, turon shuvog‘i; c −ulva, nemalion; d −olg‘i, nor piyoz
- a −Oloy xiyoli, kartoshka; b −qora jusan, ermon shuvog‘i; c −fillofora, nemalion; d −xolmon, tog‘arpa
Show answer
a −qora ituzum, kartoshkagul; b −oq shuvoq, turon shuvog‘i; c −ulva, nemalion; d −olg‘i, nor piyoz
#46
Qaysi xususiyatlar yo‘sinlarning gametofiti uchun xos?
- Jinsiy bo‘g‘in hisoblanadi, ko‘p hujayrali, poya-bargli o‘simlik.
- Jinssiz bo‘g‘in hisoblanadi, shoxlangan yashil ip, mustaqil oziqlanadi.
- Sporadan rivojlanadi, sporofit hisobiga oziqlanadi.
- Zigotadan rivojlanadi, spora hosil qiladi.
Show answer
Jinssiz bo‘g‘in hisoblanadi, shoxlangan yashil ip, mustaqil oziqlanadi.
#47
O‘pkadan chiqadigan havoning eng ko‘p miqdori, ya’ni nafas, rezerv nafas olish va nafas chiqarish havosi birgalikda . . . tashkil qiladi. Uning sig‘imi odatda 3500 ml ga teng bo‘ladi.
- qo‘shimcha havoni
- o‘pkaning tiriklik sig‘imini
- zaxiradagi havoni
- qoldiq havoni
Show answer
o‘pkaning tiriklik sig‘imini
#48
Quyidagi sxemada funariya yo‘sinining hayot sikli ifodalangan bo‘lib, X ni aniqlang. (rizoid → spora → sporangiy-band → X → arh egoniy va anteridiy → poya-barg)
- ildizpoya
- sporangiy
- zigota
- tuguncha
Show answer
zigota
#49
Moslanish shakllari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang: 1) uzoq vaqt suv ostida bo‘ladigan tulenlar qonida mioglobin ishtiroki; 2) kallima kapalagining qanotlari bargga o‘xshash; 3) Amerika som balig‘i chavoqlari tuxumlarini qorin tomonga yopishtirib yurishi.
- 1, 3 −fiziologik moslanish; 2 −morfologik moslanish
- 1 −fiziologik moslanish; 2 −morfologik moslanish; 3 −etologik moslanish
- 1 −fiziologik moslanish; 2 −etologik moslanish; 3 −morfologik moslanish
- 1 −morfologik moslanish; 2 −fiziologik moslanish; 3 −etologik moslanish
Show answer
1 −fiziologik moslanish; 2 −morfologik moslanish; 3 −etologik moslanish
#50
Jadvalning qaysi qatorlarida gormonlar, ularni ishlab chiqaradigan ichki sekretsiya bezlari va gormonlar funksiyalari bir-biriga muvofiq tarzda berilgan? (1 Insulin — Buyrak usti bezining po‘stloq qismi — Oqsil va uglevod almashinuvini boshqaradi; 2 Adrenalin — Buyrak usti bezining mag‘iz qismi — Arterial qon bosimini tushiradi; 3 Estrogen — Buyrak usti bezining po‘stloq qismi — Ayollarda jinsiy bezlar funksiyasini kuchaytiradi; 4 Timozin — Ayrisimon bez — Bolalarda jinsiy bezlar funksiyasini susaytiradi; 5 Vazo-pressin — Epifiz — Qon tomirlarini kengaytiradi; 6 Melatonin — Epifiz — Pigment almashinuvini boshqaradi)
- 1, 2, 4
- 3, 4, 6
- 4, 5, 6
- 2, 3, 5
Show answer
3, 4, 6
#51
Jadvaldagi noma’lum X o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. (Sinf: Magnoliyasimon; Oila: X; Tur: kanop; Sinf: Lolasimon; Oila: piyozdoshlar; Tur: qum piyoz)
- loladoshlar
- ituzumdoshlar
- gulxayridoshlar
- ra’nodoshlar
Show answer
ituzumdoshlar
#52
Shakli o‘zgargan barglarni aniqlang.
- qulupnayning jingalagi; do‘lananing tikanlari; partenosissusning jingalagi
- zirkning tikanlari; burchoqning gajaklari; kaktusning tikanlari
- kaktusning tikanlari, zirkning tikanlari; bodringning gajaklari
- burchoqning gajaklari; bodringning gajaklari; kaktusning tikanlari
Show answer
kaktusning tikanlari, zirkning tikanlari; bodringning gajaklari
#53
Kuropatkada mitozning profaza (a) va korsakda anafaza (b) davri uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.
- a-1, 3; b-4, 6
- a-5, 6; b-2, 4
- a-4, 5; b-1, 3
- a-1, 5; b-2, 3
Show answer
a-1, 5; b-2, 3
#54
Qorabayir va Plimutrok zotlari uchun umumiy bo‘lgan ma’lumotlarni belgilang.
- bosh va orqa miya rivojlangan; embrioni faqat ona organizmida rivojlanadi; yuragi to‘rt kamerali
- bosh va orqa miya rivojlangan; xordalilar tipiga mansub; yuragi to‘rt kamerali
- siydik yo‘li kloakaga ochiladi; oshqozoni ikki bo‘lmali; embrioni faqat ona organizmida rivojlanadi
- siydik yo‘li kloakaga ochiladi; oshqozoni ikki bo‘lmali; xordalilar tipiga mansub
Show answer
siydik yo‘li kloakaga ochiladi; oshqozoni ikki bo‘lmali; xordalilar tipiga mansub
#55
Karam o‘simligiga xos xususiyatlarni aniqlang.
- ildizmevasi asosiy ildiz metamarfozidan shakllangan; gullari murakkab soyabonda yig‘ilgan
- hayotiy shakli jihatidan andiz bilan bir guruhga mansub; bir yil ichida urug‘idan unib chiqadi, o‘sadi, gullaydi va meva tugib hayotini tugatadi
- gullari murakkab soyabonda yig‘ilgan; gullari oddiy shingil to‘pgulda joylashgan
- gullari oddiy shingil to‘pgulda joylashgan; gullari uzun gulpoyada gulbandlari yordamida navbat bilan joylashgan
Show answer
ildizmevasi asosiy ildiz metamarfozidan shakllangan; gullari murakkab soyabonda yig‘ilgan
#56
"Biologiya" atamasini fanga kiritgan olimlarni aniqlang.
- M.Shleyden va T.Shvann
- Ch.Darvin
- F.Galton
- G.R.Treviranus va J.B.Lamark
Show answer
G.R.Treviranus va J.B.Lamark
#57
Umurtqasiz (a) va umurtqali (b) konsument organizmlarni aniqlang.
- a-5; b-2, 6
- a-1, 8; b-3, 7
- a-3, 8; b-2, 6
- a-7; b-4, 8
Show answer
a-5; b-2, 6
#58
Qaysi javobda bakra baliq haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan?
- Shartsiz reflekslari instinkt deyiladi.
- Jabra arteriyalaridan venoz qon qorin aortasi tomon oqadi.
- O‘q skeleti tog‘aydan iborat, jabra qopqoqlari va suzgich pufagi bo‘lmaydi.
- Urg‘ochilarda bir juft urug‘don, erkaklarida bir juft tuxumdon bo‘ladi.
Show answer
O‘q skeleti tog‘aydan iborat, jabra qopqoqlari va suzgich pufagi bo‘lmaydi.
#59
Na2SO4 tarkibida ion bog‘lanish qaysi atomlar o‘rtasida yuzaga keladi?
- kislorod va kislorod
- natriy va oltingugurt
- oltingugurt va kislorod
- natriy va kislorod
Show answer
natriy va kislorod
#60
Quyidagi 2 ta bir-biridan mustaqil reaksiyalar zanjirlaridagi X1 oksid, X2 o‘rta tuz, Z3 uglevodorod, Z4 esa molekulasida 1 ta azot atomi mavjud bo‘lgan modda ekanligi ma’lum bo‘lsa, X1 va Z3 moddalarning nisbiy molekulyar massalari yig‘indisini aniqlang.
- 138
- 149
- 168
- 230
Show answer
138
#61
Noma’lum aldegid namunasi teng ikki qismga bo‘lindi. Aldegidning birinchi qismi mis (II)-gidroksid bilan reaksiyaga kirishishi natijasida 28,8 g qizil cho‘kma va ma’lum miqdorda karbon kislota hosil bo‘ldi. Aldegidning ikkinchi qismi vodorod bilan qaytarilganda 12 g spirt hosil bo‘ldi. Aldegiddan olingan karbon kislota va spirt o‘zaro (H+ ishtirokida) reaksiyaga kirishganda hosil bo‘lgan moddaning massasini va kimyoviy formulasini toping.
- 46,4 g; CH3CH2COOCH(CH3)2
- 23,2 g; CH3CH2COOCH2CH2CH3
- 11,6 g; CH3CH2COOCH(CH3)2
- 23,2 g; CH3COOCH(CH3)2
Show answer
46,4 g; CH3CH2COOCH(CH3)2
#62
To‘kilgan simobni tezda zararsizlantirishning oddiy usullaridan biri − bu simob to‘kilgan joyga yod eritmasini sepish (2Hg + I2 = Hg2I2). 4,02 g simobni zararsizlantirish uchun necha gramm 5 %li yod eritmasi kerak? (Ar(Hg)=201)
- 101,6
- 50,8
- 2,54
- 25,4
Show answer
2,54
#63
Massasi 16,8 g bo‘lgan noma’lum alken yetarli miqdordagi kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan oksidlanganda 1/5 mol cho‘kma hosil bo‘ldi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan organik moddani aniqlang.
- C2H4(OH)2
- C5H10(OH)2
- C4H8(OH)2
- C3H6(OH)2
Show answer
C3H6(OH)2
#64
Doimiy tok manbaiga ketma-ket ulangan AgNO3, CuSO4 va AuCl3 larning mo‘l eritmalari orqali 300 minut davomida kuchi 5,36 A bo‘lgan tok o‘tkazildi. Katodlarda hosil bo‘lgan metallarning massalarini (g) aniqlang (inert elektrod).
- 108; 32; 197/3
- 216; 32; 197/3
- 10,8; 6,4; 19,7
- 216; 64; 197
Show answer
216; 32; 197/3
#65
Hajmi 2 litr bo‘lgan eritmadagi kationning modda miqdori 1,2 mol, anionning konsentratsiyasi esa 0,6 mol/l. Eritmaga tushirilgan lakmus indikatori qizil rangga kirganligi ma’lum bo‘lsa, eritmadagi erigan moddani aniqlang (αerigan modda = 100 %; suvning dissotsiatsiyalanishi hisobga olinmasin).
- Na2CO3
- HNO3
- KOH
- H2SO4
Show answer
H2SO4
#66
56 g polietilen (−CH2 −CH2−)20000 necha mol?
- 1 · 10−4
- 1 · 10−3
- 1 · 10−2
- 1 · 10−5
Show answer
1 · 10−5
#67
17,6 g to‘yingan bir asosli karbon kislota tarkibida m(C +H)/m(O)=1,75 bo‘lsa, ushbu kislota na’munasi metanol bilan to‘liq ta’sirlashib (H+ ishtirokida) necha gramm murakkab efir hosil qiladi?
- 20,4
- 25,5
- 29,0
- 23,2
Show answer
23,2
#68
X(g) ↔ Y(g) + Z(g) reaksiya tenglamasi bo‘yicha muvozanat holatidagi X moddaning konsentratsiyasi 2 mol/l bo‘lsa, X moddaning dastlabki konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang. (KM=0,5)
- 3
- 8
- 5
- 4
Show answer
4
#69
KOH va H4P2O7 reaksiyasi natijasida jami necha xil tuz hosil bo‘lishi mumkin?
- 2
- 5
- 3
- 4
Show answer
4
#70
Zichliklari 0,5 g/ml va 1,5 g/ml bo‘lgan eritmalar aralashtirilganda 0,7 kg (ρ=0,7 g/ml) bo‘lgan eritma olindi. Dastlabki eritmalar hajmini (litr) aniqlang (zichlik nisbiy olingan).
- 0,6; 0,4
- 0,5; 0,5
- 0,8; 0,2
- 0,3; 0,7
Show answer
0,6; 0,4
#71
Quyidagi moddalardan qaysilarining tarkibida 2,5·NA ta kislorod atomi bo‘ladi? 1) 49 g H2SO4; 2) 31,5 g HNO3; 3) 54 g N2O5; 4) 1 mol HOCN; 5) 27 g H2O; 6) 1,25 mol CO2.
- 1, 2
- 1, 4
- 2, 5
- 3, 6
Show answer
3, 6
#72
0,02 mol noma’lum alkan kislorodda to‘liq yondirildi. Bu jarayonda oksidlovchi qaytaruvchidan 1·NA ta elektron olgan bo‘lsa, alkanni aniqlang.
- oktan
- pentan
- geptan
- geksan
Show answer
geptan
#73
X mol CaC2 va 4,2 mol Ca dan iborat aralashma suvga solindi. Hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi katalizator ishtirokida barcha gidrogenlanish reaksiyalari tugagunicha qizdirildi. Natijada noma’lum gaz va vodoroddan iborat (gazlar massalarining nisbati mos ravishda 10:1) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. CaC2 va Ca aralashmasining massasini (g) aniqlang.
- 232
- 210,7
- 244,8
- 347,2
Show answer
244,8
#74
232 g AgNO3 eritmasi tuz tugaguncha elektroliz qilinganda eritma massasi 10 % ga kamaydi. Ajralgan gaz hajmini (l, n.sh.) aniqlang (inert elektrod).
- 3,36
- 2,24
- 1,12
- 4,48
Show answer
2,24
#75
CnH2n+2O formulaga mos keladigan moddalarni toping.
- etanal, dimetil efir
- geksanal, 3-metilpentanon-2
- izopropil spirt, metiletil efir
- m-krezol, benzil spirt
Show answer
izopropil spirt, metiletil efir
#76
50 ml propen va propan aralashmasiga 20 ml vodorod qo‘shib ma’lum sharoitda Ni katalizatori ustidan o‘tkazildi. Gidrogenlanish reaksiyasi to‘liq sodir bo‘lgach, gazlar aralashmasining hajmi 60 ml ni tashkil etdi. Barcha o‘lchashlar bir xil sharoitda amalga oshirilgan bo‘lsa, dastlabki alkanning hajmini (ml) toping.
- 40
- 30
- 20
- 34
Show answer
30
#77
Ushbu sxemadagi Z moddani aniqlang.
Pb(NO3)2 → PbO2 + NO2 + O2
PbO2 + CO → PbO + CO2
PbO + C → Pb + CO2
- CO
- PbO
- CO2
- PbO2
Show answer
PbO
#78
2,3,3-trimetilpentanni necha xil alkenni gidrogenlab olish mumkin? (alkan va alkenning asosiy zanjiridagi uglerod atomlari soni teng)
- 3
- 2
- 4
- 1
Show answer
1
#79
X+ kationidagi elektronlar soni Mn2+ kationidagi elektronlar sonidan 2,3 marta kam bo‘lsa, X elementni aniqlang.
- Na
- Cs
- Li
- K
Show answer
K
#80
Qaysi metall xlorid kislota bilan ta’sirlashganda vodorodni siqib chiqaradi?
- Zn
- Hg
- Ag
- Au
Show answer
Zn
#81
Rasmda ko‘rsatilgan A moddaning metall nitratligini bilgan holda, hosil bo‘lgan B moddani aniqlang.
(Moddalarning rangi va shakli tabiiy emas.)
A → B + O2
A)kaliy oksidi
B)kaliy gidroksid
C)kaliy nitrit
D)kaliy peroksid
- kaliy nitrit
- kaliy gidroksid
- kaliy oksidi
- kaliy peroksid
Show answer
kaliy nitrit
#82
Apatit, gips, marmar tarkibiga kiruvchi metallni aniqlang.
- Ca
- Ag
- Au
- Hg
Show answer
Ca
#83
40 g kaliy nitrat 360 g suvda eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) toping.
- 5
- 20
- 10
- 15
Show answer
10
#84
Metanol sanoatda is gazi va vodoroddan sintez qilib olinadi. 2/5 mol metanol olish uchun necha litr (n.sh.) gazlar aralashmasi reaksiyaga kirishishi kerak?
CO + 2H2 → CH3OH
- 53,76
- 22,4
- 26,88
- 67,2
Show answer
26,88
#85
Berilgan reaksiyalar asosida B moddani aniqlang.
A + B → X (t°, Ni)
CuO + A → Cu + H2O
CH3COOCH3 + NaOH → X + CH3COONa
- metilamin
- metan
- metan kislota
- metanal
Show answer
metanal
#86
A va B atomlaridan hosil bo‘lgan A2B3 va A2B5 birikmalaridan 0,01 moldan olinganda massalari mos ravishda 1,1 g va 1,42 g bo‘lsa, A va B ning nisbiy atom massalarini aniqlang.
- A = 31; B = 16
- A = 62; B = 16
- A = 31; B = 32
- A = 16; B = 31
Show answer
A = 31; B = 16
#87
Sxemaning quyi yacheykalariga mos keluvchi qiymatlar (a, b, c) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini tanlang.
a = etilpropilketon molekulasidagi uglerod atomlarining soni
b = etilpropilketon molekulasidagi vodorod atomlarining soni
c = etilpropilketon molekulasidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig‘indisi
- a=5; b=10; d=−8
- a=6; b=12; c=−14
- a=5; b=10; c=−6
- a=6; b=12; c=−10
Show answer
a=6; b=12; c=−14
#88
Jadvalning qaysi qator(lar)ida noto‘g‘ri ma’lumotlar keltirilgan?
1. Eritmaning konsentratsiyasi: konsentratsiyani kamaytirish (ya’ni suv qo‘shish) gidroliz reaksiyasini sekinlashtiradi.
2. Harorat: haroratni kamaytirish gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi.
3. Eritmaning muhiti: eritma muhitiga nisbatan teskari muhitga ega bo‘lgan modda qo‘shish gidroliz reaksiyasini sekinlashtiradi.
- 1, 2
- 1, 3
- faqat 3
- faqat 2
Show answer
faqat 2
Play in QuizPilot