QuizPilot › Fanlar › Huquq
Huquq

IMG_20261028_105049_325

muallif: Ravshan. · 30 ta savol · 0 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
[1,5 ball] Quyidagi shaxslarning xulq-atvori huquqiy xulq-atvorning qaysi shakllariga mos keladi? Jasurning oilasida saylov kuni turlicha kechdi: otasi hech qayerga bormadi va ovoz bermadi; onasi saylov jarayonida koʻngilli sifatida faol ishtirok etdi va oʻz tashabbusi bilan tashkiliy ishlarga yordam berdi; akasi esa har kungidek ishga bordi, yoʻl harakati qoidalariga odatdagidek qatʼiy rioya qildi.
  1. ota – gʻayriijtimoiy xulq-atvor; ona – faol huquqiy xulq-atvor; aka – faol xulq-atvor
  2. ota – sust huquqiy xulq-atvor; ona – faol huquqiy xulq-atvor; aka – odatiy huquqiy xulq-atvor
  3. ota – sust huquqiy xulq-atvor; ona – odatiy huquqiy xulq-atvor; aka – odatiy huquqiy xulq-atvor
  4. ota – odatiy huquqiy xulq-atvor; ona va aka – huquqqa mos xulq-atvor
Javobni ko'rish
ota – sust huquqiy xulq-atvor; ona – faol huquqiy xulq-atvor; aka – odatiy huquqiy xulq-atvor
#2
[1,5 ball] Quyidagi holatlar huquqbuzarlikning qaysi turlariga taalluqli? 1) xodim uzrli sababsiz ishga kelmadi; 2) fuqaro qarz olgan pulini kelishilgan muddatda qaytarmadi; 3) fuqaro jamoat joyida uyatli soʻzlar bilan soʻkinib, atrofidagilaming osoyishtalini buzdi; 4) shaxs oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda katta miqdorda talon-taroj qildi.
  1. 1 – intizomiy; 2 – fuqaroviy; 3 – maʼmuriy; 4 – maʼmuriy
  2. 1 – maʼmuriy; 2 – jinoiy; 3 – intizomiy; 4 – fuqaroviy
  3. 1 – fuqaroviy; 2 – intizomiy; 3 – jinoiy; 4 – maʼmuriy
  4. 1 – intizomiy; 2 – fuqaroviy; 3 – maʼmuriy; 4 – jinoiy
Javobni ko'rish
1 – intizomiy; 2 – fuqaroviy; 3 – maʼmuriy; 4 – jinoiy
#3
[1,5 ball] Quyidagi holatlarda ehtiyotsizlikning qaysi shakllari namoyon boʻlgan? 1) tajribali haydovchi svetoforming sariq chirogʻi yonganini koʻrdi, ammo oʻz mahoratiga ortiqcha ishonib, tez oʻtib ketmoqchi boʻldi va boshqa avtomobilga zarar yetkazdi; 2) qurilishdagi elektr ustasi ish tugagach elektr uzatkichni oʻchirishni unutdi, natijada boshqa ustalar elektr kuchlanishidan zarar koʻrdi.
  1. 1 – egri qasd; 2 – beparvolik
  2. 1 – oʻz-oʻziga ishonish; 2 – beparvolik
  3. 1 – beparvolik; 2 – oʻz-oʻziga ishonish
  4. 1 – egri qasd; 2 – toʻgʻri qasd
Javobni ko'rish
1 – beparvolik; 2 – oʻz-oʻziga ishonish
#4
[2,6 ball] Mahalla faollarining tashabbusi bilan har bahorda ko'chalarni tozalash uchun hashar o'tkaziladi. Shu bilan birga, tadbirkorlar o'rtasida shakllangan "ish muomalasi odati" ham mavjud. Ushbu ikki holatni huquqiy manbalari nuqtayi nazaridan baholang.
  1. Ish muomalasi odati huquqiy odat, hashar esa huquqiy odat emas.
  2. Ikkalasi ham ijtimoiy odat bo'lib, huquqiy manbasi hisoblanmaydi.
  3. Ikkalasi ham huquqiy odat, chunki ikkalasi ham uzoq davr mobaynida shakllangan.
  4. Hashar – huquqiy odat, ish muomalasi odati esa axloq normasi.
Javobni ko'rish
Hashar – huquqiy odat, ish muomalasi odati esa axloq normasi.
#5
[2,6 ball] Bir vazirlik o'z faoliyat sohasiiga oid buyruq qabul qildi. Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, buyruqning bir bandi amaldagi qonun talabiga zid. Idora xodimi: "Buyruq sohaga ixtisoslashgan organ tomonidan qabul qilingan, shuning uchun aynan shu soha bo'yicha u qonundan ustun turadi", – dedi. Ushbu vaziyatda qaysi xulosa to'g'ri?
  1. Buyruq ham, qonun ham normativ-huquqiy hujjat bo'lgani uchun ular teng yuridik kuchga ega.
  2. Xodim haq; maxsus soha hujjati o'sha sohada umumiy qonundan ustun.
  3. Buyruq amal qiladi, chunki u maxsus vakolatli organ tomonidan qabul qilingan.
  4. Vazirlik buyruq'i qonunosti hujjati hisoblanadi. Qonunga zid bo'lishi mumkin emas.
Javobni ko'rish
Vazirlik buyruq'i qonunosti hujjati hisoblanadi. Qonunga zid bo'lishi mumkin emas.
#6
[2,6 ball] Quyidagi normalar o'zlarida mustahkamlangan qoidalar xususiyatiga ko'ra qanday guruhlarga taalluqli? 1) fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig'imlarni to'lashi shart; 2) o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va xavfli bo'lgan ishlarda qo'llash taqiqlanadi; 3) har kimga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlana di.
  1. 1 – man qiluvchi; 2 – huquq beruvchi; 3 – majburiyat yuklovchi
  2. 1 – majburiyat yuklovchi; 2 – man qiluvchi; 3 – rag'batlantiruvchi norma
  3. 1 – huquq beruvchi; 2 – majburiyat yuklovchi; 3 – man qiluvchi
  4. 1 – majburiyat yuklovchi; 2 – man qiluvchi; 3 – huquq va vakolat beruvchi norma
Javobni ko'rish
1 – majburiyat yuklovchi; 2 – man qiluvchi; 3 – huquq va vakolat beruvchi norma
#7
[2,6 ball] Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan 30 yoshli shaxs qo'shnisining hovlisidagi mol-mulkka zarar yetkazdi. Zarar ko'rgan qo'shni undan huquqbuzar sifatida javobgarlikka tortishni talab qildi. Ushbu vaziyatda qaysi huquqiy xulosa to'g'ri?
  1. Shaxs subyekt hisoblanadi, ammo unga faqat intizomiy jazo qo'llaniladi.
  2. Shaxs huquqbuzarlik subyekti hisoblanadi, chunki qilmish sodir etilgan va zarar yetkazilgan.
  3. Shaxs huquqbuzarlik subyekti bo'la olmaydi.
  4. Shaxs huquqbuzarlik obyekti hisoblanadi, javobgarlik esa unga nisbatan qo'llaniladi.
Javobni ko'rish
Shaxs huquqbuzarlik subyekti hisoblanadi, chunki qilmish sodir etilgan va zarar yetkazilgan.
#8
[0,9 ball] “X” davlatida davlat boshlig’i saylanuvchi mansabdor shaxs bo’lib, uni asosan parlament saylaydi. “Y” davlatida esa prezidentni bevosita xalq saylaydi, u juda keng vakolatlarga ega va ijro hokimiyatining bevosita boshqaruvchisi hisoblanadi. Ushbu davlatlarning boshqaruv shaklini aniqlang.
  1. Ikkalasi ham federativ davlat hisoblanadi.
  2. “X” davlati – aralash respublika, “Y” davlati – parlamentar respublika
  3. “X” davlati – prezidentlik respublikasi, “Y” davlati – parlamentar respublika
  4. “X” davlati – parlamentar respublika, “Y” davlati – prezidentlik respublikasi
Javobni ko'rish
“X” davlati – parlamentar respublika, “Y” davlati – prezidentlik respublikasi
#9
[0,9 ball] Uchta xalqaro hujjat tayyorlandi; birinchisi – O’zbekiston Respublikasi nomidan; ikkinchisi – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan; uchinchisi – Adliya vazirligi nomidan. Mazkur barcha xalqaro hujjatlar o’z vakolatlari doirasida boshqa davlatning tegishli organi bilan imzolandi. Ushbu hujjatlar mos ravishda qanday ataladi?
  1. Barchasi hukumatiararo shartnoma hisoblanadi.
  2. 1 – idoralararo shartnoma, 2 – davlatlararo shartnoma, 3 – hukumatiararo shartnoma
  3. 1 – xalqaro shartnoma, 2 va 3 lar fuqarolik shartnomalari hisoblanadi.
  4. 1 – davlatlararo shartnoma, 2 – hukumatiararo shartnoma, 3 – idoralararo shartnoma
Javobni ko'rish
1 – davlatlararo shartnoma, 2 – hukumatiararo shartnoma, 3 – idoralararo shartnoma
#10
[0,9 ball] Madina do’kondan qo’l telefonini sotib oldi. U sotuvchidan tovar sifati va kafolat muddati haqida ma’lumot berishni so’radi, so’ngra belgilangan summani to’ladi. Ushbu huquqiy munosabatning tarkibiy qismlarini aniqlang.
  1. subyekt – faqat Madina; obyekt – pul; Madinaning to’lovi – subyektiv huquq
  2. subyekt – Madina va do’kon egasi; obyekt – shartnoma; ma’lumot berish – yuridik fakt
  3. Bu huquqiy munosabat emas, oddiy ijtimoiy munosabat, chunki shartnoma yozma shaklda tuzilmagan.
  4. subyektlar – Madina va sotuvchi; obyekt – telefon (mulkiy huquqlar); tovar haqida ma’lumot olish –
Javobni ko'rish
subyekt – Madina va do’kon egasi; obyekt – shartnoma; ma’lumot berish – yuridik fakt
#11
[1,5 ball] Quyidagi konstitutsiyaviy normada NOTO'G'RI qo'llanilgan so'z yoki so'z birikmasini aniqlang. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xavfsizlik kengashini shakllantiradi hamda uning Rahbarini tayinlaydi.
  1. o'z vakolatlarini amalga oshirish
  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  3. tashkiliy, huquqiy, tahliliy
  4. Xavfsizlik kengashi
Javobni ko'rish
tashkiliy, huquqiy, tahliliy
#12
[1,5 ball] "P" davlatida yagona siyosiy partiya hukmronlik qiladi, saylovchilarga muqobil nomzodni tanlash imkoniyati berilmaydi, o'zga-cha fikrga qarshi ochiq kurashiladi, fuqarolarning huquq va erkinliklari muntazam poymol etiladi. Ayni paytda hujjatlarda biror irqning ustunligi e'lon qilinmagan va boshqa davlat hujjatlari bosib olishga urinish kuzatilmagan. "P" davlatidagi siyosiy tartibotni aniqlang.
  1. fashistik tartibot
  2. Demokratik tartibot, chunki saylovlar rasman o'tkazilmoqda.
  3. Bu boshqaruv shakli bo'lib, cheklangan monarxiya deb ataladi.
  4. totalitar tartibot
Javobni ko'rish
totalitar tartibot
#13
[1,5 ball] Quyidagi ajratib ko'rsatilgan konstitutsiyaviy normadagi tarkibiy elementlarni aniqlang "Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar".
  1. Uchala element (gipoteza, dispozitsiya, sanksiya) ham to'liq va aniq ifodalangan.
  2. Sanksiya, chunki majburiyat bajarilmasa javobgarlik kelib chiqadi.
  3. Dispozitsiya, chunki normada hech qanday shart yo'q.
  4. Gipoteza, chunki shartlar bajarilishi bilan norma harakatga keladi.
Javobni ko'rish
Dispozitsiya, chunki normada hech qanday shart yo'q.
#14
[1,5 ball] Sevinchning oilasida bir yilda quyidagi huquqiy holatlar yuz berdi: 1) qarindoshining nikohi FHDYO'o bo'limida qayd etildi; 2) akasi "A holding" MCHJ direktori bilan mehnat shartnomasini imzoladi; 3) otasi bankdan qoramol sotib olish uchun kredit oldi; 4) amakisi tabiatni muhofaza qilish talablarini buzgani uchun sud tomonidan majburiy jamoat ishlariga jalb qilindi. Ushbu munosabatlar qaysi huquq sohalari bilan tartibga solinadi?
  1. Barchasi fuqarolik huquqi doirasida tartibga solinadi.
  2. 1 - oila huquqi; 2 – fuqarolik huquqi; 3 – mehnat huquqi; 4 – jinoyat huquqi
  3. 1 – oila huquqi; 2 – mehnat huquqi; 3 – fuqarolik huquqi; 4 – ma'muriy huquq
  4. 1 – oila huquqi; 2 – mehnat huquqi; 3 – fuqarolik huquqi; 4 – jinoyat huquqi
Javobni ko'rish
1 – oila huquqi; 2 – mehnat huquqi; 3 – fuqarolik huquqi; 4 – ma'muriy huquq
#15
[0,9 ball] Bir hafta davomida quyidagi voqealar sodir boʻldi: 1) tumanda yangi umumtaʼlim maktabi foydalanishga topshirildi; 2) mamlakat qoʻshni davlat bilan savdo bitimini imzoladi; 3) viloyatda sanoat chiqindilari ustidan ekologik nazorat kuchaytirildi; 4) xorijiy davlatda Oʻzbekiston elchixonasi ochildi. Ushbu voqealar davlat funksiyalari boʻyicha qanday taqsimlanadi?
  1. 1 va 3 – ichki funksiyalar; 2 – tashqi funksiyalar; 4 – oraliq funksiya
  2. 1 va 2 – ichki funksiyalar; 3 va 4 – tashqi funksiyalar
  3. 1 va 4 – ichki funksiyalar; 2 va 3 – tashqi funksiyalar
  4. 1 va 3 – ichki funksiyalar; 2 va 4 – tashqi funksiyalar
Javobni ko'rish
1 va 3 – ichki funksiyalar; 2 va 4 – tashqi funksiyalar
#16
[0,9 ball] Uchta shartli davlat oʻrganilmoqda: “A” davlatida monarx maxsus saylov yoʻli bilan besh yil muddatga hokimiyatga keladi; “B” davlatida monarxning hukmronligi konstitutsiya va parlament bilan cheklangan; “D” davlatida davlat boshqaruvi va diniy hokimiyat monarxning qoʻlida toʻplangan. Ushbu davlatlarning boshqaruvi shakllarini aniqlang.
  1. A – teokratik monarxiya; B – mutlaq monarxiya; D – noanʼanaviy monarxiya
  2. A – noanʼanaviy monarxiya; B – cheklangan monarxiya; D – teokratik monarxiya
  3. A – cheklangan monarxiya; B – noanʼanaviy monarxiya; D – mutlaq monarxiya
  4. A – noanʼanaviy monarxiya; B – teokratik monarxiya; D – cheklangan monarxiya
Javobni ko'rish
A – noanʼanaviy monarxiya; B – cheklangan monarxiya; D – teokratik monarxiya
#17
[0,9 ball] “M” davlatida yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi, yagona fuqarolik va qatʼiy tartibdagi maʼmuriy-hududiy tuzilish mavjud. “N” davlatida esa har bir subyekt oʻzining alohida konstitutsiyasi hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega, oliy qonun chiqaruvchi idora ikki palatali boʻlib, yuqori palata subyektlar manfaatlarini ifoda etadi. Ushbu davlatlarning tuzilish shaklini aniqlang.
  1. M – unitar davlat, N – federativ davlat
  2. M – federativ davlat, N – unitar davlat
  3. M – unitar davlat, N – konfederatsiya
  4. M – unitar davlat, N – konfederativ davlat
Javobni ko'rish
M – unitar davlat, N – federativ davlat
#18
[0,9 ball] Kamola avtobusga chiqdi. Yonida tik turgan keksa ayolga (A) joy boʻshatmadi. Chipta ham (B) olmadi. Nazoratchi kelmagani uchun hech kim unga eʼtiroz bildirmadi. Kamolaning harakatlariga toʻgʻri huquqiy baho bering.
  1. A – axloq normasining buzilishi; B – huquq normasining buzilishi; Ammo har ikki holat huquqiy
  2. Ikkala harakat ham faqat axloq normalarining buzilishi, chunki nazoratchi kelmagan.
  3. A – axloq normasining buzilishi; B – huquq normasining buzilishi.
  4. Ikkala harakat ham huquqbuzarlik hisoblanadi, chunki ikkalasi ham jamoat joyida sodir etilgan.
Javobni ko'rish
A – axloq normasining buzilishi; B – huquq normasining buzilishi; Ammo har ikki holat huquqiy
#19
[2,6 ball] 19 yoshli Anvar qo'shnisining tovuqlaridan bezor bo'ldi va ularni yo'q qilish maqsadida tovuqlar suv ichadigan idishga kimyoviy modda soldi. Shu payt qo'shnining yosh bolalari o'sha idishdagi suvdan ichayotganini ko'rdi, biroq ularni ogohlantirmadi. Natijada bolalarning sog'lig'iga jiddiy shikast yetdi. Anvarning aybi qanday shakllarda namoyon bo'lgan?
  1. bolalarga nisbatan to'g'ri qasd
  2. bolalarga nisbatan beparvolik
  3. bolalar sog'lig'iga nisbatan egri qasd
  4. bolalar sog'lig'iga nisbatan o'z-o'ziga ishonish
Javobni ko'rish
bolalar sog'lig'iga nisbatan egri qasd
#20
[2,6 ball] 16 yoshli Bekzod qonunda ko'rsatilgan shartlar asosida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda va sud qarori bilan to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilindi. Oradan bir oy o'tib, u faoliyati davomida hamkoriga moddiy zarar yetkazdi. Hamkor zararni Bekzodning ota-onasidan undirishni talab qildi. Ushbu vaziyatda qaysi xulosa to'g'ri?
  1. Zararni ota-onasi qoplaydi, chunki Bekzod hali 18 yoshga to'lmagan.
  2. Emansipatsiya faqat mehnat munosabatlariga taalluqli bo'lgani uchun zarar ham, homiylik ham ota-
  3. Bekzod to'la muomala layoqatiga ega bo'lgani uchun barcha javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
  4. Bekzod yetkazgan zarar uchun o'zi javob beradi, ota-onasi javobgar bo'lmaydi.
Javobni ko'rish
Bekzod yetkazgan zarar uchun o'zi javob beradi, ota-onasi javobgar bo'lmaydi.
#21
[2,6 ball] Uch holat bir vaqtda ko'rib chiqildi: 10 yoshli Z. sinfdoshining qo'l telefonini yashirincha olib qo'ydi; 15 yoshli Q. do'kondan qimmatbaho mahsulotlarni yashirin ravishda o'g'irladi; 12 yoshli L. jamoat joyida bezorilik qildi, ancha miqdorda zarar kelib chiqdi. Ushbu shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi qanday hal qilinadi?
  1. Uchchulasi ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.
  2. Z. va L. jinoiy javobgarlikka tortilmaydi; 15 yoshli Q. jinoiy javobgarlikka tortiladi.
  3. Faqat L. javobgarlikka tortiladi, qolganlariga hech qanday chora ko'rilmaydi.
  4. Uchchalasiga ham faqat ma'muriy javobgarlik qo'llaniladi, chunki ular voyaga yetmagan.
Javobni ko'rish
Z. va L. jinoiy javobgarlikka tortilmaydi; 15 yoshli Q. jinoiy javobgarlikka tortiladi.
#22
[2,6 ball] 15 yoshli Mohira yozgi ta'til kunlarida konservlash korxonasiga ishga kirdi. Ota-onasi bunga o'zaki rozilik bergan. Mohira haftasiga 30 soat ishlaydi, ba'zi kunlari esa smenasi kechqurun boshlanib, tungi soatlarda tugaydi. Lekin ish haqi o'z vaqtida to'lab kelinmoqda. Ushbu vaziyatga to'g'ri huquqiy baho bering.
  1. Qonun buzilish holatlari mavjud emas.
  2. Ish vaqtiga oid talab buzilgan. Ota-onaning roziligiga oid talab buzilgan.
  3. Faqat ish vaqtiga oid talab buzilgan.
  4. 15 yoshli shaxs umuman ishga qabul qilinishi mumkin emas, shuning uchun butun mehnat munosabati
Javobni ko'rish
Ish vaqtiga oid talab buzilgan. Ota-onaning roziligiga oid talab buzilgan.
#23
Quyidagi fikrga huquqiy baho bering. Aziz maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgani uchun jarimaga tortildi. Azizning ukasi esa jinoyat sodir etgani uchun ham jarimaga jazosiga hukm qilindi. Biroq Azizning ukasiga katta miqdordagi jarima jazosi tayinlandi. Sud majlisida Aziz: “Jarima – bir xil jazo, shuning uchun uning miqdori ham bir xil miqdorda belgilanishi kerak”, – dedi.
  1. Fikr toʻgʻri: jarima har ikki holatda ham bir xil miqdorda belgilanaidi.
  2. Fikr toʻgʻri: farq faqat jarimani kim undirishidadir.
  3. Fikr notoʻgʻri: maʼmuriy jarima fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan, mansabdor shaxslarga 10 baravaridan oshmasligi kerak; jinoyat uchun jarima esa bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda belgilanaidi.
  4. Fikr notoʻgʻri: jarima faqat maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi, jinoyat uchun qoʻllanilmaydi.
Javobni ko'rish
Fikr notoʻgʻri: maʼmuriy jarima fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan, mansabdor shaxslarga 10 baravaridan oshmasligi kerak; jinoyat uchun jarima esa bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda belgilanaidi.
#24
16 yoshli Sevinch oʻzining stipendiyasini yigʻib, velosiped sotib oldi – ota-onasi bundan keyinroq xabar topdi. Oradan bir oy oʻtib, u buvisidan meros qolgan uyni sotish uchun shartnoma tuzmoqchi boʻldi va notariusga murojaat qildi. Notarius shartnomani rasmiylashtirmadi. Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering.
  1. Sevinch oʻz stipendiyasini mustaqil tasarruf etishga haqli, biroq uyni sotish bitimini ota-onasining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) yozma roziligisiz tuza olmaydi.
  2. Sevinch oʻz stipendiyasini mustaqil tasarruf etishga haqli, uyga oid bitim esa vasylik organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
  3. Ikkala bitim ham haqiqiy emas, chunki Sevinch 18 yoshga toʻlmagan.
  4. Ikkala bitim ham haqiqiy, chunki 14 yoshdan keyin barcha bitimlar mustaqil tuziladi.
Javobni ko'rish
Sevinch oʻz stipendiyasini mustaqil tasarruf etishga haqli, biroq uyni sotish bitimini ota-onasining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) yozma roziligisiz tuza olmaydi.
#25
Ikki qo'shni o'rtasida yer uchastkasining chegarasi bo'yicha nizo chiqdi. Avval kimning mulk huquqi qay darajada ekanligi aniqlanishi kerak. So'ngra taraflardan biri sudga murojaat qildi va ish sud majlisida ko'rildi. Ushbu vaziyatda huquq sohalari qanday taqsimlanadi?
  1. Mulkiy huquqlarni fuqarolik huquqi, sudga murojaat qilish va ishni ko'rish tartibini esa fuqarolik protsessual huquqi belgilab beradi.
  2. Ikkala masala ham to'liq fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi.
  3. Ikkala masala ham to'liq fuqarolik protsessual huquqi bilan tartibga solinadi.
  4. Mulkiy huquqlarni fuqarolik huquqi, sudga murojaat qilish va ishni ko'rish tartibini esa yerga oid protsessual huquq belgilab beradi.
Javobni ko'rish
Mulkiy huquqlarni fuqarolik huquqi, sudga murojaat qilish va ishni ko'rish tartibini esa fuqarolik protsessual huquqi belgilab beradi.
#26
Bekzodning otasi “Bunyodkor savdo” MCHJ ulgurji savdo do’konini yuritadi. Onasi esa “Mehr nuri” xayriya jamg’armasida ishlaydi. Darsda Bekzod: “Ikkala tashkilot ham daromad ko’radi, demak ikkalasi ham tijorat tashkiloti”, – dedi. Shahzoda ismli o’quvchi esa unga quyidagi e’tiroz bildirdi: “Do’konni otangiz yuritayotgani uchun u umuman tashkilot emas, jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi”. Ushbu vaziyatga to’g’ri huquqiy baho bering.
  1. Faqat xayriya jamg’armasi yuridik shaxs, do’kon esa jismoniy shaxsning mulki sifatida bu maqomga ega bo’lmaydi.
  2. Ikkalasining ham fikri noto’g’ri: ulgurji savdo do’koni – tijorat, xayriya jamg’armasi – notijorat tashkiloti bo’lib, ikkalasi ham yuridik shaxs hisoblanadi.
  3. Shahzodaning fikri to’g’ri: do’konni jismoniy shaxs yuritayotgan bo’lsa, u yuridik shaxs bo’la olmaydi.
  4. Bekzodning fikri to’g’ri: daromad ko’ruvchi har ikki tashkilot tijorat tashkiloti hisoblanadi.
Javobni ko'rish
Ikkalasining ham fikri noto’g’ri: ulgurji savdo do’koni – tijorat, xayriya jamg’armasi – notijorat tashkiloti bo’lib, ikkalasi ham yuridik shaxs hisoblanadi.
#27
Diyorbek o’z tasavvuridagi “Zamin” nomli shartli hududni tasvirladi. Bu hududda doimiy aholi va aniq chegara mavjud, boshqaruv apparati tuzilgan, umummajburiy huquq normalari amal qiladi. Biroq aholidan hech qanday to’lov undirilmaydi, byudjet qo’shni davlat tomonidan shakllantiriladi va tashqi siyosat masalalarini ham qo’shni davlat hal qiladi. “Zamin”ga davlatning asosiy belgilari nuqtayi nazaridan baho bering.
  1. “Zamin” davlat hisoblanmaydi, ammo tuzilishiga ko’ra u faqat federatsiya subyekti bo’la oladi.
  2. “Zamin” davlat hisoblanmaydi, chunki davlatning asosiy belgilari – soliq tizimi va suverenitet mavjud emas.
  3. “Zamin” to’laqonli davlat, chunki aholi, hudud, boshqaruv apparati va huquq tizimi mavjud.
  4. “Zamin” davlat, chunki davlat uchun soliq tizimi majburiy belgi hisoblanmaydi.
Javobni ko'rish
“Zamin” davlat hisoblanmaydi, chunki davlatning asosiy belgilari – soliq tizimi va suverenitet mavjud emas.
#28
Gulnozaning muomala layoqatiga oid to'g'ri javobni aniqlang.
  1. Nikoh bekor qilingani uchun uning muomala layoqati avtomatik ravishda cheklanadi.
  2. Gulnoza 18 yoshga to'lgunga qadar to'la muomala layoqatiga ega bo'lolmaydi.
  3. 17 yoshda qonuniy asosda (hech qanday istisnolarsiz) nikohdan o'tish mumkin emas.
  4. Nikohdan o'tgan vaqtdan e'tiboran to'la hajmdagi muomala layoqatiga ega bo'lgan va nikoh 18 yoshga to'lmasdan bekor qilingan taqdirda ham muomala layoqati saqlanib qoladi.
Javobni ko'rish
Nikohdan o'tgan vaqtdan e'tiboran to'la hajmdagi muomala layoqatiga ega bo'lgan va nikoh 18 yoshga to'lmasdan bekor qilingan taqdirda ham muomala layoqati saqlanib qoladi.
#29
Sardorning xulosasiga huquqiy baho bering.
  1. Xulosa noto'g'ri: yuridik pretsedent Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya huquq tizimida uchraydi, Oʻzbekiston Respublikasining huquq tizimida esa qoʻllanilmaydi.
  2. Xulosa to'g'ri: O'zbekiston Oliy sudining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
  3. Xulosa noto'g'ri: Sud qarori xalqaro shartnoma kuchiga ega.
  4. Xulosa to'g'ri: chunki ilgʻor xorijiy sud tajribasi barcha davlatlar uchun namuna boʻladi.
Javobni ko'rish
Xulosa noto'g'ri: yuridik pretsedent Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya huquq tizimida uchraydi, Oʻzbekiston Respublikasining huquq tizimida esa qoʻllanilmaydi.
#30
Sud majlisida jinoyat sodir etganida 17 yoshda bo'lgan sudlanuvchiga jazo tayinlanmoqda. Ushbu fikrga huquqiy baho bering: "Bundag' og'ir qilmish uchun asosiy jazodan tashqari qo'shimcha jazo ham tayinlansin, eng og'ir hollarda esa mamlakatimizda o'lim jazosi ham bor".
  1. Fikr qisman to'g'ri: voyaga yetmaganlarga ham qo'shimcha jazolar tayinlanishi mumkin. O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosi Konstitutsiyaga muvofiq taqiqlanadi.
  2. Fikr qisman to'g'ri: 18 yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga qo'shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasida esa o'lim jazosi Konstitutsiyaga muvofiq taqiqlanadi.
  3. Fikr qisman to'g'ri: qo'shimcha jazo mumkin emas, ammo o'lim jazosi hozir ham qisman mavjud.
  4. Fikr to'liq noto'g'ri: 18 yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga qo'shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosi Konstitutsiyaga muvofiq taqiqlanadi.
Javobni ko'rish
Fikr qisman to'g'ri: 18 yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga qo'shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasida esa o'lim jazosi Konstitutsiyaga muvofiq taqiqlanadi.
QuizPilotda o'ynash