Tibbiyot
tast 130 (1)
muallif: Ol1mov_Asrorbek · 129 ta savol ·
0 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Farimasevtika sohasida qonunchilik va tartibga solish qaysi asosiy tamoyilga tayanadi?
- Barcha xorijiy dorilarni mahalliy muqobillarga almashtirish, samarali dori vositalarini yetkazib berish
- Aholiga xavfsiz, sifatli va samarali dori vositalarini yetkazib berish
- Mahsulot tannarxini eng arzon darajada ushlab turish
- Apteka tarmoqlari sonini cheksiz ko'paytirish, aholiga xavfsiz, sifatli dori vositalarini yetkazib berish
Javobni ko'rish
Aholiga xavfsiz, sifatli va samarali dori vositalarini yetkazib berish
#2
Dori vositalarini retsept bo'yicha berish tartibi nima uchun muhim hisoblanadi?
- Bemorlarning o'zboshimchalik bilan davolanishi va nojo'ya ta'sirlarning oldini olish uchun
- Aptekalar tushumini oshirish uchun va nojo'ya ta'sirlarning oldini olish uchun
- Shifokorlar ish yuklamasini kamaytirish, o'zboshimchalik bilan davolanishi oldini olish uchun
- Faqat davlat shifoxonalari nazoratini ta'minlash uchun
Javobni ko'rish
Bemorlarning o'zboshimchalik bilan davolanishi va nojo'ya ta'sirlarning oldini olish uchun
#3
Retseptsiz beriladigan dori vositalari (OTC) guruhi qanday aniqlanadi?
- Tasdiqlangan maxsus ro'yxat va dori yo'riqnomasi bo'yicha
- Narxi arzon bo'lgan barcha dorilar retseptsiz beriladi
- Apteka sotuvchisi qarori bilan, dori yo'riqnomasi bo'yicha
- Xaridorning xohishiga qarab ro'yxat va dori yo'riqnomasi bo'yicha
Javobni ko'rish
Tasdiqlangan maxsus ro'yxat va dori yo'riqnomasi bo'yicha
#4
Dori vositalarini narxini shakllantirishda ustama foizlarining chegaralanishi qanday maqsadda qo'llaniladi?
- Aptekalar sonini kamaytirish uchun
- Aholi uchun hayotiy zarur dorilarning sun'iy narx oshishini oldini olish uchun
- Apteka soliqlarini oshirish uchun
- Xorijiy brendlarni bozordan chiqarish uchun, sun'iy narx oshishini oldini olish uchun
Javobni ko'rish
Aholi uchun hayotiy zarur dorilarning sun'iy narx oshishini oldini olish uchun
#5
Dori vositalari nojo'ya ta'siri (farmakovigilans) haqida ma'lumot yig'ish kimning burchi hisoblanadi?
- Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari hamda vakolatli davlat organlarining
- Dori ishlab chiqaruvchisining, hamda vakolatli davlat organlarining
- Istemolchi davlat organlarining, hamda vakolatli davlat organlarining
- Reklama agentliklarining, hamda vakolatli davlat organlarining
Javobni ko'rish
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari hamda vakolatli davlat organlarining
#6
Bemorga dori berishda farmatsevt qanday axborotni taqdim etishi shart?
- Dori haqida saqlash qoidasi to'g'ri tushuntirish chek berish
- Qabul qilish dozasi, vaqti, saqlash qoidasi va nojo'ya ta'sirlari bo'yicha to'g'ri tushuntirish
- Muqobilini taklif qilish, qabul qilish dozasi to'g'ri tushuntirish
- Shifokorning retseptini tanqid qilish va nojo'ya ta'sirlari bo'yicha to'g'ri tushuntirish
Javobni ko'rish
Qabul qilish dozasi, vaqti, saqlash qoidasi va nojo'ya ta'sirlari bo'yicha to'g'ri tushuntirish
#7
Soxtalashtirilgan dori vositasi nima?
- Boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan dori
- Arzon narxdagi dori, qalbakilashtirilgan dori
- Hujjati ko'rsatilmagan yoki qalbakilashtirilgan dori
- O'simlikdan tayyorlangan dori
Javobni ko'rish
Hujjati ko'rsatilmagan yoki qalbakilashtirilgan dori
#8
FIFO qoidasining ma’nosi nima?
- Faqat buzilgan va shikastlangan tovarlar birinchi sotiladi
- Eng qimmat tovar birinchi navbatda vitrinaga qo’yiladi
- Birinchi Kirgan — Birinchi Chiqadi
- Oxirgi Kirgan — Birinchi Chiqadi
Javobni ko'rish
Birinchi Kirgan — Birinchi Chiqadi
#9
Ovqatni hazm qilishga yordam beruvchi va me’da osti bezi faoliyatini yengillashtiruvchi vositalar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
- Omeprazol, Lansoprazol
- Essensiale, Karsil
- Metformin, Gliklazid
- Mezim, Kreon, Pankreatin
Javobni ko'rish
Mezim, Kreon, Pankreatin
#10
Omeprazol va Lansoprazol qaysi farmakologik guruhga kiradi va qanday holatlarda qo’llaniladi?
- Fermentlar — hazm qilishni yengillashtirish uchun
- Proton pompasi ingibitorlari — oshqozon yarasi va giperasid gastritda
- Gepatoprotektorlar — jigar hujayralarini tiklash uchun
- Antatsidlar — qichishish va allergiyani qoldirish uchun
Javobni ko'rish
Proton pompasi ingibitorlari — oshqozon yarasi va giperasid gastritda
#11
Qonda shakar miqdorini nazorat qiluvchi va insulin sezuvchanligini oshiruvchi preparatlar qaysilar?
- Bisoprolol, Anaprilin
- Enalapril, Lozartan
- Metformin, Gliklazid
- Essensiale, Karsil
Javobni ko'rish
Metformin, Gliklazid
#12
Jigar hujayralarini himoya qiluvchi va qayta tiklanishiga ko’maklashuvchi gepatoprotektor vositalarni toping:
- Aspirin, Klopidogrel
- Mezim, Pankreatin
- Omeprazol, Lansoprazol
- Essensiale, Karsil
Javobni ko'rish
Essensiale, Karsil
#13
Trombotsitlarning bir-biriga yopishib, tromb hosil qilishiga yolqo’ymaydigan dorilar guruhi nima deyiladi?
- Statinlar (Atorvastatin)
- Antiagregantlar (Aspirin, Klopidogrel)
- Gemostatiklar (Traneksam kislotasi)
- Antikoagulyantlar (Geparin, Varfarin)
Javobni ko'rish
Antiagregantlar (Aspirin, Klopidogrel)
#14
Qon ivish omillarini bloklab, qonning suyuq holatda aylanishini ta’minlovchi vositalar qaysi?
- Antikoagulyantlar
- Anemiyaga qarshi vositalar
- Antiagregantlar
- Gemostatiklar
Javobni ko'rish
Antikoagulyantlar
#15
Jarrohlik amaliyotlarida va jarohatlarda qon ketishini to’xtatish uchun qaysi dori vositalari ishlatiladi?
- Gemostatiklar (Traneksam kislotasi, Etamzilat)
- Antiagregantlar (Klopidogrel)
- Antikoagulyantlar (Geparin)
- Diuretiklar (Furosemid)
Javobni ko'rish
Gemostatiklar (Traneksam kislotasi, Etamzilat)
#16
Gemoglobin va eritrotsitlar miqdorini oshiruvchi anemiyaga qarshi vositalar qaysi javobda berilgan?
- Traneksam kislotasi, Etamzilat
- Temir preparatlari, Vitamin B12, Foliy kislotasi
- Aspirin, Klopidogrel
- Atorvastatin, Rozuvastatin
Javobni ko'rish
Temir preparatlari, Vitamin B12, Foliy kislotasi
#17
Yurak-qon tomir tizimiga kiruvchi SAPF ingibitorlari va ARA II preparatlarining asosiy vazifasi nima?
- Xolesterin miqdorini kamaytirish
- Qon tomirlarini kengaytirish orqali bosimni pasaytirish
- Qon ivishini tezlashtirish
- Yurak urish chastotasini sekinlashtirish
Javobni ko'rish
Qon tomirlarini kengaytirish orqali bosimni pasaytirish
#18
Yurak urish chastotasini sekinlashtiradigan va yurakka tushadigan yukni kamaytiradigan Beta-blokatorlar qaysilar?
- Furosemid, Spironolakton
- Enalapril, Lozartan
- Atorvastatin, Rozuvastatin
- Bisoprolol, Anaprilin
Javobni ko'rish
Bisoprolol, Anaprilin
#19
Qondagi yomon xolesterin miqdorini kamaytirib, tomirlarda blyashkalar hosil bo’lishining oldini oluvchi vositalar ko’rsatilgan qatorni toping:
- Statinlar
- Metformin, Gliklazid
- Enalapril, Lozartan
- Bisoprolol, Anaprilin
Javobni ko'rish
Statinlar
#20
Teridagi kuchli qichishish, allergiya va yallig’lanishni (ekzema, psoriaz) tez fursatda qoldiruvchi mahalliy gormonal surtmalar (GKS) qaysilar?
- Klotrimazol, Terbinafin
- Permetrin, Benzilbenzoat
- D-Pantenol, Levomekol
- Gidrokortizon, Sinaflan
Javobni ko'rish
Gidrokortizon, Sinaflan
#21
Shikastlangan teri hujayralarining qayta tiklanishini tezlashtiruvchi regenerant preparatlarni toping:
- Klotrimazol, Terbinafin
- Amoksitsillin, Azitromitsin
- Gidrokortizon, Sinaflan
- D-Pantenol, Levomekol
Javobni ko'rish
D-Pantenol, Levomekol
#22
Furosemid va Spironolakton qaysi farmakologik guruhga va ta’sir mexanizmiga ega?
- Broncholitiklar — bronxlarni kengaytiradi
- Diuretiklar — ortiqcha suyuqlik va tuzlarni chiqaradi, shishlarni qaytaradi
- Urologik vositalar — yallig’lanishni kamaytiradi
- Nootroplar — miya qon aylanishini yaxshilaydi
Javobni ko'rish
Diuretiklar — ortiqcha suyuqlik va tuzlarni chiqaradi, shishlarni qaytaradi
#23
Sistemali gormonal preparatlarga kiruvchi qalqonsimon bez faoliyati pasayganda ishlatiladigan preparat qaysi?
- Prednizolon, Deksametazon
- Levotiroksin / L-tiroksin
- Somatropin
- Dyufaston, Progesteron
Javobni ko'rish
Levotiroksin / L-tiroksin
#24
Prednizolon va Deksametazon qaysi guruhga kiradi va qanday xususiyatga ega?
- Jinsiy gormonlar — reproduktiv tizimni boshqaradi
- Antidepressantlar — kayfiyatni ko’taradi
- Qalqonsimon bez gormonlari — metabolizmni tezlashtiradi
- Sistemali kortikosteroidlar — kuchli yallig’lanishga va allergiyaga qarshi
Javobni ko'rish
Sistemali kortikosteroidlar — kuchli yallig’lanishga va allergiyaga qarshi
#25
FAQAT bakteriyalarni o’ldiradigan yoki ularning ko’payishini to’xtatadigan dori vositalari guruhi qaysi?
- Virusga qarshi vositalar (Atsiklovir)
- Antiseptiklar va regenerantlar
- Antigelmintlar (Albendazol)
- Antibiotiklar (Amoksitsillin, Azitromitsin, Tseftriakson)
Javobni ko'rish
Antibiotiklar (Amoksitsillin, Azitromitsin, Tseftriakson)
#26
Virusning inson hujayrasiga kirib ko’payishini bloklaydigan vositalar ko’rsatilgan qatorni toping:
- Albendazol, Mebendazol
- Metronidazol, Xlorokin
- Atsiklovir, Oseltamivir
- Amoksitsillin, Azitromitsin
Javobni ko'rish
Atsiklovir, Oseltamivir
#27
Tez ko’payayotgan o’sma (saraton) hujayralarining bo’linishini to’xtatuvchi kimyoterapiya preparatlari (Tsitostatiklar) qaysi javobda ko’rsatilgan?
- Tsiklosporin, Rituksimab
- Tolperizon, Midokalm
- Diklofenak, Meloksikam
- Metotreksat, Tsisplatin
Javobni ko'rish
Metotreksat, Tsisplatin
#28
Nosteroidal yallig’lanishga qarshi vositalar (NYaQV) guruhi va uning vakillari to’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang:
- Bo’g’im va mushakdagi og’riq va yallig’lanishni qaytaruvchilar — Diklofenak, Meloksikam, Nimesulid
- Bo’g’im tog’ayini tiklovchilar — Glyukozamin, Xondroitin
- Mushak spazmini bo’hashtiruvchilar — Tolperizon / Midokalm
- Qon ivishini sekinlashtiruvchilar — Geparin, Varfarin
Javobni ko'rish
Bo’g’im va mushakdagi og’riq va yallig’lanishni qaytaruvchilar — Diklofenak, Meloksikam, Nimesulid
#29
Bo’g’im tog’ay to’qimasini oziqlantiruvchi va emirilishining oldini oluvchi xondroprotektorlar qaysilar?
- Glyukozamin, Xondroitin
- Diklofenak, Nimesulid
- Tolperizon, Midokalm
- Ambroksol, ATsTs
Javobni ko'rish
Glyukozamin, Xondroitin
#30
Mushaklardagi og’riqli spazmlarni bo’shashtiruvchi va zo’riqishni oluvchi miorelaksant vosita qaysi?
- Piratsetam
- Tolperizon / Midokalm
- Sertralin
- Diklofenak
Javobni ko'rish
Tolperizon / Midokalm
#31
Miyada qon aylanishi va moddalar almashinuvini yaxshilab, diqqat, xotira va fikrlash qobiliyatini oshiruvchi vositalar (Nootroplar) qaysilar?
- Valeriana, Zolpidem
- Sertralin, Fluoksetin
- Piratsetam, Glitsin, Ginko Biloba
- Ambroksol, Atsetilsistein
Javobni ko'rish
Piratsetam, Glitsin, Ginko Biloba
#32
Organizmda yoki teri yuzasida yashaydigan parazit qurtlarni yo’qotuvchi antigel’mint vositalar qaysilar?
- Albendazol, Mebendazol, Pirantel
- Tsiprofloksatsin, Tobramitsin
- Permetrin, Benzilbenzoat
- Metronidazol, Xlorokin
Javobni ko'rish
Albendazol, Mebendazol, Pirantel
#33
Quyuq bag’amni suyultirib, nafas yo’llaridan oson chiqib ketishiga yordam beruvchi preparatlar qaysi javobda berilgan?
- Loratadin, Ksilometazolin
- Ambroksol, Atsetilsistein
- Timolol, Latanoprost
- Salbutamol, Montelukast
Javobni ko'rish
Ambroksol, Atsetilsistein
#34
Elektron retsept tizimini tartibga soluvchi Nizom qaysi hujjat asosida va qachondan kuchga kirgan?
- Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 300-son qarori asosida, 2024-yil 1-iyunda
- O’zbekiston Respublikasi Qonuni asosida, 2026-yil 1-yanvarda
- So’liqni saqlash vazirligining 2025-yil 1-yanvardagi buyrug’i asosida, 2025-yil 1-fevralda
- Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-septabrdagi 570-son qarori asosida, 2025-yil 12-dekabrda
Javobni ko'rish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 300-son qarori asosida, 2024-yil 1-iyunda
#35
Elektron retseptda quyidagi qaysi ma’lumotlar ko’rsatiladi?
- Bemorning ish joyi va maolishi haqidagi ma’lumotlar
- Dori nomi, dozasi va qabul qilish usuli, miqdori va davomiyligi
- Faqat dori vositasining narxi va ishlab chiqarilgan davlati
- Dorixona mudirining ismi-sharifi va telefon raqami
Javobni ko'rish
Dori nomi, dozasi va qabul qilish usuli, miqdori va davomiyligi
#36
Quyidagi qaysi holatda elektron retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi?
- Narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan dorilarga
- Yurak-qon tomir kasalliklari dorilariga
- Antibiotiklar va gormonal preparatlarga
- Barcha retseptli dori vositalariga
Javobni ko'rish
Narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan dorilarga
#37
Noto’g’ri va nazorasiz qo’llanganda antibakterial rezistentlikka olib keladigan dori vositalari guruhi qaysi?
- Tashqi antiseptiklar (Betadine, Panthenol)
- Gemostatiklar (Traneksam kislotasi)
- Antasidlar (Maalox, Smecta)
- Antibiotiklar (Amoxicillin, Azithromycin, Ciprofloxacin, Ceftriaxone)
Javobni ko'rish
Antibiotiklar (Amoxicillin, Azithromycin, Ciprofloxacin, Ceftriaxone)
#38
Prednisolon, Levothyroxine va Insulin kabi gormonal preparatlar qaysi tizimga ta’sir qilgani uchun Qat’iy shifokor retsepti bilan beriladi?
- Tayanch-harakat tizimiga
- Eshitish va ko’rish a’zolariga
- Endokrin tizimga
- Faqat Ovqat hazm qilish tizimiga
Javobni ko'rish
Endokrin tizimga
#39
Dori vositalarining taqqoslama (referent) narxlari qaysi tashkilot tomonidan belgilanadi?
- Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi
- SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi
- Moliya vazirligi hududiy boshqarmasi
- Toshkent shahar hokimligi
Javobni ko'rish
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi
#40
Dori vositalarining rasmiy referent narxlari ro’yxatini qaysi veb-sayt orqali muntazam tekshirib borish mumkin?
- ssv.uz
- lex.uz
- uzpharmagency.uz
- gov.uz
Javobni ko'rish
uzpharmagency.uz
#41
Qaysi dori shakli eng tez (5-10 daqiqada) qonga so’rilib, amalda eng tez ta’sir ko’rsatadi?
- Qattiq shakllar (tabletka, kapsula)
- Yumshoq shakllar (maz, krem)
- Suyuq shakllar (eritma, sirop, suspenziya)
- Prolongirlangan tabletkalar (XR/SR)
Javobni ko'rish
Suyuq shakllar (eritma, sirop, suspenziya)
#42
Liposomal dori shakllari va nanokapsulalarning asosiy afzalligi nimada?
- Dori moddasini faqat kasallangan to’qimaga yetkazib, nojo’ya ta’sirlarni 5-10 barobargacha kamaytiradi
- Xona haroratida 10 yil davomida buzilmay saqlanadi
- Faqat teri yuzasiga surtish uchun qo’llaniladi
- Oshqozonda tez eriydi, nojo’ya ta’sirlarni 5-10 barobargacha kamaytiradi
Javobni ko'rish
Dori moddasini faqat kasallangan to’qimaga yetkazib, nojo’ya ta’sirlarni 5-10 barobargacha kamaytiradi
#43
Prolongirlangan (SR, XR, ER, Retard) dori shakllari bilan ishlashda qaysi amaliyot QAT’IYAN TAQIQLANADI?
- Kuniga 1 marta suv bilan ichish
- Shifokor ko’rsatmasi bo’yicha saqlash
- Ovqatdan keyin qabul qilish
- Tabletkalarni chaynash, maydalash yoki bo’lish
Javobni ko'rish
Tabletkalarni chaynash, maydalash yoki bo’lish
#44
Durojezik (Fentanil) va Versatis (Lidokain) qaysi dori shakliga va yuborish yo’liga kiradi?
- Inyeksion eritmalar (parenteral)
- Transdermal plastirlar (teri orqali uzluksiz yetkazish)
- Enteral (og’iz orqali tomiziladigan) tomchilar
- Rektal supozitoriylar
Javobni ko'rish
Transdermal plastirlar (teri orqali uzluksiz yetkazish)
#45
Pentaxim vaksinasining tarkibi qanday va u nechta kasallikka qarshi qo’llaniladi?
- 3 ta kasallikka qarshi (Qizamiq, qizilcha, parotit)
- 6 ta kasallikka qarshi (Gepatit B bilan birga)
- 5 ta kasallikka qarshi (AKDS + poliomiyelit + XIB)
- Faqat gripp va pnevmoniyaga qarshi
Javobni ko'rish
5 ta kasallikka qarshi (AKDS + poliomiyelit + XIB)
#46
Humalog (Lispro), Novorapid (Aspart) va Apidra (Glulisine) qaysi insulin guruhiga kiradi va qachon yuboriladi?
- Ultra-kalta ta’sirli insulinlar; ovqatdan darhol oldin yoki keyin yuboriladi
- Aralash insulinlar; faqat uyqudan oldin yuboriladi
- O’rtacha davomiylikdagi insulinlar; haftada 1 marta yuboriladi
- Uzoq ta’sirli insulinlar; kuniga 1 marta kechasi yuboriladi
Javobni ko'rish
Ultra-kalta ta’sirli insulinlar; ovqatdan darhol oldin yoki keyin yuboriladi
#47
Insulin flakonlari yoki shpris-ruchkalari bilan ishlashda qaysi holat QAT’IYAN TAQIQLANADI va nima uchun?
- Muzlatgichning o’rta javonida saqlash
- Teriga inyeksiya qilishdan oldin spirt bilan artish
- Ochilgan shpris-ruchkani 28 kun davomida xona haroratida saqlash
- Qattiq silkitish; chunki oqsil molekulalari agregatsiyaga uchrab, dori kuchi kamayadi
Javobni ko'rish
Qattiq silkitish; chunki oqsil molekulalari agregatsiyaga uchrab, dori kuchi kamayadi
#48
Onkologiyada ko’krak bezi saratoniga qarshi qo’llaniladigan Herceptin dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi (INN) qaysi?
- Trastuzumab
- Infliximab
- Bevacizumab
- Rituximab
Javobni ko'rish
Trastuzumab
#49
Gemofiliya A kasalligida qon ivish jarayonini tiklash uchun qaysi biologik omil (Factor) preparatlari ishlatiladi?
- Fibrinogen (Riastap)
- Factor IX (Octannine F, Benefix)
- Human Albumin
- Factor VIII (Octanate, Immunate, Advate)
Javobni ko'rish
Factor VIII (Octanate, Immunate, Advate)
#50
Muzlatgichda (2-8°C haroratda) saqlanishi shart bo’lgan dori vositalari guruhini ko’rsating:
- Aloe ekstrakti va FIBS ampulalari
- Barcha vaksinalar, immunoglobulinlar va ochilmagan zaxira insulinlar
- Valeriana va Pustirnik tindirmalari
- Tetratsiklin va Gidrokortizon ko’z mazlari
Javobni ko'rish
Barcha vaksinalar, immunoglobulinlar va ochilmagan zaxira insulinlar
#51
Ochilgan insulin shpris-ruchkasini saqlash me’yoriy shartlar qanday?
- Muzlatgich ichida -20°C da 1 yil
- Muzlatgich eshigida cheksiz muddatga
- Xona haroratida (15-25°C) 28 kungacha
- Quyosh nuri ostida 3 oy
Javobni ko'rish
Xona haroratida (15-25°C) 28 kungacha
#52
Dorixonada muzlatgichdagi termometr ko’rsatkichlari kuniga necha marta tekshiriladi va u qayerga O’rnatilishi shart?
- Oyda 1 marta; muzlatgichning ustki tashqi tomoniga
- Kuniga 2 marta; o’rta javonga
- Kuniga 1 marta; muzlatgich eshikchasiga
- Haftada 1 marta; muzlatgichning eng pastki qismiga
Javobni ko'rish
Kuniga 2 marta; o’rta javonga
#53
O’sish gormoni yetishmovchiligida qo’llaniladigan Genotropin va Norditropin preparatlarining ta’sir etuvchi moddasi nima?
- Carbetocin
- Desmopressin
- Terlipressin
- Somatropin
Javobni ko'rish
Somatropin
#54
Glaukoma tomchilarini (Latanoprost, Travoprost) ochilgunga qadar saqlash tartibi qanday?
- 30-35°C issiq xonada saqlanadi
- 2-8°C muzlatgichda saqlanadi
- Maxsus yoritilgan shisha idishda saqlanadi
- Qattiq muzlatgich kamerasi (-18°C) da saqlanadi
Javobni ko'rish
2-8°C muzlatgichda saqlanadi
#55
Virusga qarshi preparatlar kasallikning qaysi davrida eng samarali hisoblanadi?
- Kasallik batamom tugaganda
- 3–5 kundan keyin
- Faqat asoratlar rivojlanganda
- Dastlabki 24–48 soatida
Javobni ko'rish
Dastlabki 24–48 soatida
#56
Bolalarga virusli infeksiyalarda Reye sindromi xavfi tufayli qaysi dori taqiqlanadi?
- Ibuprofen
- Nimesulid
- Paratsetamol
- Aspirin
Javobni ko'rish
Aspirin
#57
Isitma tushirishda va og'riqda kattalar va bolalar uchun birinchi tanlov (eng xavfsiz) dori qaysi?
- Diklofenak
- Aspirin
- Paratsetamol
- Ketorolak
Javobni ko'rish
Paratsetamol
#58
Kompleks parashoklarni qabul qilishda paketlar oralig'idagi tanaffus kamida qancha bo'lishi kerak?
- 12 soat
- 4-6 soat
- 1-2 soat
- 8-10 soat
Javobni ko'rish
4-6 soat
#59
Tomirni toraytiruvchi burun sprey va tomchilarini ko'pida necha kundan ortiq ishlatish mumkin emas?
- 14 kun
- 2 kun
- 5 kun
- 10 kun
Javobni ko'rish
5 kun
#60
Tomoq og'rig'iga qarshi shimiladigan tabletkalarni qabul qilgandan keyin kamida qancha vaqt ovqat yemaslik va suyuqlik ichmaslik kerak?
- 10 daqiqa
- 15 daqiqa
- 60 daqiqa
- 30 daqiqa
Javobni ko'rish
30 daqiqa
#61
Izotonik tuzli eritmalarda tuz konsentratsiyasi qancha bo'ladi?
- 5%
- 2%
- 9%
- 5%
Javobni ko'rish
9%
#62
Kuchli burun bitishida shishgan hujayralardan ortiqcha suyuqlikni tortib oluvchi eritma turi qaysi?
- Izotonik eritma
- Gipertonik eritma
- Distillangan suv
- Ishqorli eritma
Javobni ko'rish
Gipertonik eritma
#63
NPVS preparatlarining ta'sir qilish mexanizmi nimaga asoslangan?
- Histamin retseptorlarini bloklaydi
- Bakteriyalar devorini yemiradi
- Viruslar genomi ko'payishini to'xtatadi
- Prostaglandinlar sintezini ta'minlovchi SOK-1 va SOK-2 fermentlarini bloklaydi
Javobni ko'rish
Prostaglandinlar sintezini ta'minlovchi SOK-1 va SOK-2 fermentlarini bloklaydi
#64
Quyidagilardan qaysi biri selektiv (SOK-2 ni bloklovchi) NPVS guruhiga kiradi?
- Ketorolak
- Meloksikam
- Diklofenak
- Ibuprofen
Javobni ko'rish
Meloksikam
#65
Selektiv NPVS preparatlarining noselektivlarga nisbatan asosiy afzalligi nimada?
- Bolalar uchun umuman xavfsiz
- Qon bosimini tushiradi
- Oshqozon-ichak shilliq qavatiga nojo'ya ta'siri kamroq
- Bakteriyalarni o'ldiradi
Javobni ko'rish
Oshqozon-ichak shilliq qavatiga nojo'ya ta'siri kamroq
#66
Kuchli og'riqsizlantiruvchi ta'sirga ega noselektiv NPVS vositasi qaysi?
- Xlorgeksidin
- Ketorolak
- Ksilometazolin
- Paratsetamol
Javobni ko'rish
Ketorolak
#67
NPVS preparatlarini oshqozon-ichak tizimiga nojo'ya ta'sirini kamaytirish uchun qachon qabul qilish tavsiya etiladi?
- Ochiq qoringa (ovqatdan oldin)
- Suvsiz, chaynamasdan
- Har doim ovqatdan keyin
- Faqat tunda uyqudan oldin
Javobni ko'rish
Har doim ovqatdan keyin
#68
NPVS guruhi dorilari uzoq muddat qabul qilinganda oshqozonni ximoya qilish uchun shifokor qaysi dorini birga tayinlashi mumkin?
- Paratsetamol
- Nazivin
- Sinupret
- Omeprazol
Javobni ko'rish
Omeprazol
#69
Antibiotiklar haqidagi qaysi fikr to'g'ri?
- ORVI ning birinchi kunidanoq profilaktika uchun ichiladi
- Viruslarni tez fursatda o'ldiradi
- Viruslarga ta'sir qilmaydi, faqat bakterial asoratlar rivojlanganda beriladi
- Isitmani tushiruvchi asosiy vosita hisoblanadi
Javobni ko'rish
Viruslarga ta'sir qilmaydi, faqat bakterial asoratlar rivojlanganda beriladi
#70
H1-antigistamin preparatlarining 1-avlodiga qaysi xususiyat xos?
- Kuchli va tez, lekin sedativ ta'sirga egalik
- Faqat burun spreyi shaklida chiqarilish
- Faqat oshqozon yaralarida qo'llanish
- Sedatsiyasiz ta'sir ko'rsatish
Javobni ko'rish
Kuchli va tez, lekin sedativ ta'sirga egalik
#71
Quyidagilardan qaysi biri 2-avlod H1-antigistamin preparatiga kiradi?
- Xlorfeniramin (Suprastin)
- Difengidramin
- Setirizin / Loratadin
- Prometazin (Pipolfen)
Javobni ko'rish
Setirizin / Loratadin
#72
H2-retseptor antagonistlari asosan qaysi kasalliklarda qo'llaniladi?
- Bronxit va sinusitda
- Suvchechak va grippda
- Faqat teri qichishishida
- Oshqozon yarasi, gastrit va GERKda
Javobni ko'rish
Oshqozon yarasi, gastrit va GERKda
#73
Doksilamin suktsinati (NORMADOKS) preparati asosan qaysi holatlarda tayinlanadi?
- Burun bitishini ochish uchun
- Allergiya profilaktikasida
- Uyqu uchun hamda homiladorlikdagi ko'ngil aynishida
- Oshqozon kislotasini ko'paytirish uchun
Javobni ko'rish
Uyqu uchun hamda homiladorlikdagi ko'ngil aynishida
#74
Azelastin (ALLERGODIL) preparatining asosiy chiqarilish shakli qaysi?
- Inyeksion eritma
- Chaynash uchun tabletkalar
- Shamchalar (sushpozitoriy)
- Nazal sprey
Javobni ko'rish
Nazal sprey
#75
Oshqozonda kislota ishlab chiqarilishini eng kuchli bloklovchi dori vositalari guruhi qaysi?
- Antatsidlar
- Prokinetiklar
- Probiotiklar
- Proton nasosi ingibitorlari
Javobni ko'rish
Proton nasosi ingibitorlari
#76
Quyidagilardan qaysi biri Proton nasosi ingibitorlari guruhiga kiradi?
- Almagel
- Omeprazol / Pantoprazol
- Metoklopramid
- Famotidin
Javobni ko'rish
Omeprazol / Pantoprazol
#77
Oshqozondagi mavjud kislotani neytrallovchi va shilliq qavatni qoplovchi vositalar nima deyiladi?
- Fermentlar (Kreon)
- Antatsidlar (Almagel, Maaloks)
- Prokinetiklar (Domperidon)
- Antigistaminlar
Javobni ko'rish
Antatsidlar (Almagel, Maaloks)
#78
Me'da-ichak yo'li harakatini (motilikasini) tezlashtiruvchi vositalar qanday nomlanadi?
- Antatsidlar
- PNI ingibitorlari
- Prebiotiklar
- Prokinetiklar
Javobni ko'rish
Prokinetiklar
#79
Qaysi dori vositalari prokinetiklar guruhiga mansub?
- Suprastin va Ataraks
- Lineks va Hilak Forte
- Omeprazol va Famotidin
- Domperidon va Itoprid
Javobni ko'rish
Domperidon va Itoprid
#80
Qushishga qarshi (ko'ngil aynishini to'xtatuvchi) dori vositasini ko'rsating:
- Loratadin
- Almagel
- Mezim / Pankreatin
- Ondansetron / Metoklopramid
Javobni ko'rish
Ondansetron / Metoklopramid
#81
Ichak mikroflorasini (foydali bakteriyalar balansini) tiklovchi vositalar qaysilar?
- Antatsidlar (Fosfalugel)
- Fermentlar (Kreon, Mezim)
- Probiotiklar (Lineks, Bifiform, Hilak Forte)
- H2-blokatorlar
Javobni ko'rish
Probiotiklar (Lineks, Bifiform, Hilak Forte)
#82
Me'daoldi bezi ishini yengillashtiruvchi va ovqat hazm bo'lishini yaxshilovchi o'rinbosar terapiya vositalari qaysilar?
- Fermentativ preparatlar
- Antigistaminlar
- PNI vositalari
- Prokinetiklar
Javobni ko'rish
Fermentativ preparatlar
#83
Olopatadin (OLOPATALLERG) dori vositasining asosiy qo'llaniladigan shakli qaysi?
- Ichish uchun suspenziya
- Ko'z tomchisi (oftalmik) va Nazal sprey
- Muskul ichiga inyeksiya
- Sushpozitoriy
Javobni ko'rish
Ko'z tomchisi (oftalmik) va Nazal sprey
#84
GERK (Gastroezofageal refluqs kasalligi) uchun qaysi belgi xarakterli emas?
- Surunkali yo'tal
- Oshqozon kislotasining qizilo'ngachga chiqishi
- Ko'krak qafasida kuydirish va nordon ta'm
- Ichakda bakterial floraning oshib ketishi
Javobni ko'rish
Ichakda bakterial floraning oshib ketishi
#85
Suvda eriydigan vitaminlar guruhiga qaysilar kiradi?
- D va B12 vitaminlari
- Faqat A va C vitaminlari
- A, D, E va K vitaminlari
- C vitamini va B guruhi vitaminlari
Javobni ko'rish
C vitamini va B guruhi vitaminlari
#86
A vitamini yetishmovchiligining asosiy belgisi qaysi?
- Milk qonashi
- Raxit va osteoporoz
- Shabko'rlik
- Tsinga kasalligi
Javobni ko'rish
Shabko'rlik
#87
Qaysi vitamin yetishmaganda suyaklar yumshashi va mo'rtlashishi (raxit, osteoporoz) kuzatiladi?
- D vitamini
- A vitamini
- K vitamini
- C vitamini
Javobni ko'rish
D vitamini
#88
D3 va K2 vitaminlarining birgalikdagi asosiy vazifasi nimadan iborat?
- B12 vitaminini parchalash
- Kaltsiyni so'rib, to'g'ri suyak va tishlarga yo'naltirish
- Asab tizimini qo'zg'atish
- Temirning so'rilishini bloklash
Javobni ko'rish
Kaltsiyni so'rib, to'g'ri suyak va tishlarga yo'naltirish
#89
Temir preparatlarini qaysi ichimliklar bilan birga qabul qilish uning so'rilishini bloklaydi?
- Apelsin sharbati
- Sut bilan
- Oddiy suv
- Choy va qahva
Javobni ko'rish
Choy va qahva
#90
C vitamini bilan qaysi mineral birga qabul qilinganda uning so'rilishi sezilarli oshadi?
- Rux
- Magniy
- Temir
- Kaltsiy
Javobni ko'rish
Temir
#91
Oqsillarning "bloklari" deb nimaga aytiladi?
- Yog'larga
- Makroelementlarga
- Uglevodlarga
- Aminokislotalarga
Javobni ko'rish
Aminokislotalarga
#92
Organizm o'zi sintez qila olmaydigan va faqat ovqatdan olinishi shart bo'lgan aminokislotalar nechta va qanday nomlanadi?
- 12 ta, Almashadigan
- 20 ta, Zaxira
- 5 ta, Murakkab
- 9 ta, Almashmaydigan
Javobni ko'rish
9 ta, Almashmaydigan
#93
Temir (Fe) minerali organizmda qanday asosiy funksiyani bajaradi?
- Ko'z ko'rishini yaxshilaydi
- Gemoglobin tarkibida to'qimalarga kislorod tashiydi
- Uyquni tartibga soladi
- Suyak mustahkamligini ta'minlaydi
Javobni ko'rish
Gemoglobin tarkibida to'qimalarga kislorod tashiydi
#94
Magniy va B6 vitamini kombinatsiyasining afzalligi nimada?
- Magniyning so'rilishini to'xtatadi
- Xamma javoblar to’g’ri.
- Qonda shakar miqdorini oshiradi va asabni tinchlantiradi
- Magniyning hujayraga kirishini osonlashtiradi va asabni tinchlantiradi
Javobni ko'rish
Magniyning hujayraga kirishini osonlashtiradi va asabni tinchlantiradi
#95
Yunoncha "chele" (qisqich) so'zidan olingan, mineral ionining aminokislotalar bilan o'rab olinish shakli nima deyiladi?
- Sulfat shakli
- Oksid shakli
- Xelat shakli
- Noorganik tuzlar
Javobni ko'rish
Xelat shakli
#96
Minerallarning Xelat shakli so'rilish ko'rsatkichi (foizi) taxminan qanchani tashkil etadi?
- 5%
- 90%
- 10-15%
- 25-30%
Javobni ko'rish
90%
#97
Minerallarning Xelat shakliga qaysi misol to'g'ri keladi?
- Temir sulfat
- Magniy bisglitsinat / Temir bisglitsinat
- Kaltsiy xlorid
- Magniy oksidi
Javobni ko'rish
Magniy bisglitsinat / Temir bisglitsinat
#98
Xelat shaklidagi minerallarning oshqozon-ichak tizimi uchun qanday afzalligi bor?
- Oshqozon uchun xavfsiz, ko'ngil aynishi va og'riq keltirmaydi
- Oshqozon uchun xavfsiz, ich surish xususiyatiga ega
- Oshqozonda kuchli nordon muhit yaratadi
- Ishtahani butunlay yo'qotadi
Javobni ko'rish
Oshqozon uchun xavfsiz, ko'ngil aynishi va og'riq keltirmaydi
#99
Qaysi minerallar guruhiga organizmga ko’p miqdorda kerak bo'ladigan Kaltsiy va Magniy kiradi?
- Vitaminlar
- Makroelementlar
- Aminokislotalar
- Mikroelementlar
Javobni ko'rish
Makroelementlar
#100
Avtoriya (Gidroksizin) preparati qaysi farmakologik guruhga kiradi?
- Trisiklik antidepressant
- Anksiolitik, H1-gistamin va markaziy m-xolinoreseptorlar blokatori
- Opioid analgetik
- Tutqanoqqa qarshi vosita
Javobni ko'rish
Anksiolitik, H1-gistamin va markaziy m-xolinoreseptorlar blokatori
#101
Alzepil (Donepezil) dori vositasi qanday maqsadda qo'llaniladi?
- Demensiyani davolash uchun
- Uyquni yaxshilash uchun
- Gormonal buzilishlarda
- Muskuat og'riqlarida
Javobni ko'rish
Demensiyani davolash uchun
#102
Amitriptilin dori vositasini berish kategoriyasi va nazorat rejimi qanday?
- Qat'iy ginekologik nazorat
- Retsept boʻyicha (Rx), Standart nazorat
- Retsept boʻyicha (Rx), Kuchaytirilgan hisob
- Retseptsiz (OTC)
Javobni ko'rish
Retsept boʻyicha (Rx), Standart nazorat
#103
Andante (Zaleplon) preparati qanday guruh dori vositasi hisoblanadi?
- Antipsixotik
- Anabolik steroid
- Nootrop vosita
- Benzodiazepin reseptorlari agonisti, uyqu keltiruvchi
Javobni ko'rish
Benzodiazepin reseptorlari agonisti, uyqu keltiruvchi
#104
Benzonal (Benzobarbital) qaysi nazorat rejimi va guruhga kiradi?
- Retsept boʻyicha (Rx), Standart nazorat
- Retseptsiz
- Retsept boʻyicha (Rx), Taqsimot-miqdoriy hisob (PKU)
- Qat'iy gospital nazorat
Javobni ko'rish
Retsept boʻyicha (Rx), Taqsimot-miqdoriy hisob (PKU)
#105
Gabapentin (Gabagamma, Gabaten, Zardeks, Tebantin) ta'sir mexanizmi yoki xususiyati qaysi?
- Asetilxolinesteraza ingibitori
- Antiprogestagen
- GAMKning tarkibiy analogi
- M-xolinoblokator
Javobni ko'rish
GAMKning tarkibiy analogi
#106
Gabanerv tarkibiga Gabapentin bilan birga qaysi modda kiradi?
- Karbidopa
- Kodein
- Metilkobalamin
- Fenilefrin
Javobni ko'rish
Metilkobalamin
#107
Gopantam va Gopantomid preparatlarining ta'sir etuvchi moddasi (XPN) nima?
- Valproy kislotasi
- Gopanten kislotasi
- Karbamazepin
- Aminofenilmoy kislotasi
Javobni ko'rish
Gopanten kislotasi
#108
Depakin va Konvuleks dori vositalarining XPN moddasi qaysi?
- Lamotrijin
- Okskarbamazepin
- Levetirasetam
- Valproy kislotasi / Natriy valproat
Javobni ko'rish
Valproy kislotasi / Natriy valproat
#109
Zonisamid ta'sir etuvchi moddasiga ega bo'lgan tutqanoqqa qarshi preparat qaysi?
- Zoresan
- Letiram
- Lamiktal
- Karbaleks
Javobni ko'rish
Zoresan
#110
Karbamazepin moddasining savdo nomlariga qaysilar kiradi?
- Lamitor, Lanistor, Lamiktal
- Rosemid, Rispaksol, Sedareks
- Karbaleks, Mezakar, Melepsin
- Somnol, Soneks, Sonnat
Javobni ko'rish
Karbaleks, Mezakar, Melepsin
#111
Lamotrijin (Lamiktal, Lanistor) ta'sir mexanizmi nimadan iborat?
- SV2A sinaptik pufakchalar oqsili bilan bog'lanish
- H1-gistaminoblokator
- Glutamat ajralishining ingibitori
- Karboangidraza ingibitori
Javobni ko'rish
Glutamat ajralishining ingibitori
#112
SV2A sinaptik pufakchalar oqsili bilan bog'lanuvchi tutqanoqqa qarshi vosita qaysi?
- Depakin (Valproat)
- Letiram (Levetirasetam)
- Oksapin (Okskarbamazepin)
- Benzonal (Benzobarbital)
Javobni ko'rish
Letiram (Levetirasetam)
#113
Mizoprostol (Saytotek) dori vositasi qanday ta'sirga ega va nazorati qanday?
- Uyqu keltiruvchi; Standart nazorat
- Prostaglandin E1; ginekologik / Kuchaytirilgan nazorat
- Antidepressant; Standart nazorat
- Neyroleptik; PKU nazorati
Javobni ko'rish
Prostaglandin E1; ginekologik / Kuchaytirilgan nazorat
#114
Mifepriston preparati qanday nazorat rejimida beriladi?
- Taqsimot-miqdoriy hisob (PKU)
- Retseptsiz
- Qat'iy gospital nazorat
- Standart nazorat
Javobni ko'rish
Taqsimot-miqdoriy hisob (PKU)
#115
Nakom dori vositasining tarkibiy qismlari qaysilar?
- Tropikamid + Fenilefrin
- Levodopa + Karbidopa
- Gabapentin + Metilkobalamin
- Zopiklon + Sedativ majmua
Javobni ko'rish
Levodopa + Karbidopa
#116
Nalbuk (Nalbufin) dori vositasi qaysi guruhga kiradi?
- Nootrop vosita
- Trisiklik antidepressant
- Opioid analgetik
- Anabolik steroid
Javobni ko'rish
Opioid analgetik
#117
Noofen va Fenibut preparatlarining faol ta'sir etuvchi moddasi nima?
- Valproy kislotasi
- Donepezil
- Aminofenilmoy kislotasi
- Gopanten kislotasi
Javobni ko'rish
Aminofenilmoy kislotasi
#118
Omnadren 250, Retabolil va Testosteron efirlari qaysi nazorat rejimiga kiradi?
- Standart nazorat
- Taqsimot-miqdoriy hisob
- Qat'iy ginekologik nazorat
- Erkin sotiladigan
Javobni ko'rish
Taqsimot-miqdoriy hisob
#119
Pentalgin - ICN / Pentalgin-N nimasi sababli PKU hisobiga kiritilgan?
- Tarkibida risperidon borligi uchun
- Tarkibida fenobarbital/kodein borligi uchun
- Tarkibida progesteron borligi uchun
- Tarkibida paroksetin borligi uchun
Javobni ko'rish
Tarkibida fenobarbital/kodein borligi uchun
#120
SSRI (Serotoninni qayta qamrab olishning selektiv ingibitori) guruhiga kiruvchi antidepressantlarni ko'rsating:
- Noofen, Gopantam
- Rispaksol, Sonapaks
- Reksetin , Stimuloton , Fluoksetin
- Amitriptilin, Mirtel
Javobni ko'rish
Reksetin , Stimuloton , Fluoksetin
#121
Risperidon ta'sir etuvchi moddali atipik neyroleptiklarga qaysi dori vositalari kiradi?
- Somnol, Sonaleks, Soneks
- Midaks, Midotrop, Midrimaks
- Gabagamma, Gabaten, Zardeks
- Rispaksol, Rosemid, Sedareks
Javobni ko'rish
Rispaksol, Rosemid, Sedareks
#122
Zopiklon (Somnol, Soneks, Sonnat) dori vositasi qaysi guruhga mansub?
- Antipsixotik neyroleptik
- Siklopirrolon, uyqu keltiruvchi vosita
- Parkinsonga qarshi vosita
- M-xolinoblokator
Javobni ko'rish
Siklopirrolon, uyqu keltiruvchi vosita
#123
PKU (Taqsimot-miqdoriy hisob) dori vositalari dorixonada qanday jurnallarda ro'yxatdan o'tkaziladi?
- Ip bilan bog'langan, varoqlari raqamlangan, maxsus jurnallarda
- Faqat og'zaki hisobot beriladi
- Elektron jadval shart emas
- Oddiy daftarlarda
Javobni ko'rish
Ip bilan bog'langan, varoqlari raqamlangan, maxsus jurnallarda
#124
PKU (Taqsimot-miqdoriy hisob) preparatlarini sotishda raqamli nazorat va elektron retsept tizimida qaysi kod kiritilishi shart?
- Bemorning shaxsini tasdiqlovchi JSHSHIR kodi
- Bemorning STIR kodi
- Dorixona litsenziya raqami
- Shifokorning pasport seriyasi
Javobni ko'rish
Bemorning shaxsini tasdiqlovchi JSHSHIR kodi
#125
PKU (Taqsimot-miqdoriy hisob) guruhiga kiruvchi vositalarga yozilgan retseptlar dorixonada qancha muddat saqlanishi lozim?
- Saqlash talab etilmaydi, darhol tashlab yuboriladi
- 1 yildan 3 yilgacha
- 5 yildan 10 yilgacha
- 1 oydan 6 oygacha
Javobni ko'rish
1 yildan 3 yilgacha
#126
Psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar dorixonada qayerda saqlanishi kerak?
- Sotiuv zolidagi maxsus seyf yoki metall javonlarda
- Qulflanadigan maxsus seyf yoki metall javonlarda
- Ochiq vitrinada
- Omborxonadagi javonda
Javobni ko'rish
Qulflanadigan maxsus seyf yoki metall javonlarda
#127
Kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi qanday oqibatlarga olib keladi?
- Hech qanday javobgarlik yo'q
- Dori vositasini musodara qilish, litsenziyani bekor qilish va jinoiy javobgarlik
- Og'zaki ogohlantirish, 2-qaytalansa ma'muriy jarima
- Ma'muriy jarima, litsenziyani bekor qilish va jinoiy javobgarlik
Javobni ko'rish
Dori vositasini musodara qilish, litsenziyani bekor qilish va jinoiy javobgarlik
#128
Dimedrol (Difengidramin) planshet shakli O'zbekiston Respublikasida qaysi hisob rejimiga kiritilgan?
- Qat'iy gospital nazorat
- Taqsimot-miqdoriy hisob
- Retseptsiz beriladigan
- Standart nazorat
Javobni ko'rish
Qat'iy gospital nazorat
#129
Tropikamid saqlovchi ko'z tomchilari (Midaks, Midotrop, Midrimaks) berilish kategoriyasi qanday?
- Taqsimot-miqdoriy hisob (PKU)
- Qat'iy ginekologik nazorat
- Standart nazorat
- Retseptsiz (OTC)
Javobni ko'rish
Retseptsiz (OTC)
QuizPilotda o'ynash