Iqtisodiyot
Atrof_muhit_iqtisodiyoti_va_iqlim_o‘zgarishi_test_savolar_2026_yil
muallif: U_Al_Aziz · 119 ta savol ·
1 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
- 1989 yilda
- 1995 yilda
- 1992 yilda
- 2000 yilda
Javobni ko'rish
1992 yilda
#2
Zarafshon davlat qo'riqxonasi qaysi viloyatda joylashgan?
- Samarqand viloyati hududida
- Qashqadaryo viloyati hududida
- Buxoro viloyati hududida
- Navoiy viloyati hududida
Javobni ko'rish
Samarqand viloyati hududida
#3
BMTning xozirgi kundagi bosh kotibi kim?
- Ban Ki-moon
- Antoniu Guterrish
- Kofi Annan
- Boutros Boutros-Ghali
Javobni ko'rish
Antoniu Guterrish
#4
Biosfera so'zining ma'nosi to'g'ri keltirilgan javobni belgilang?
- Yer yuzasi
- Hayot shari
- Orol muhiti
- Tirik organizmlar
Javobni ko'rish
Hayot shari
#5
Biosfera atamasini fanga qaysi olim kiritgan?
- J. M. Lamark
- Charles Darwin
- J. B. Lamark
- Gregor Mendel
Javobni ko'rish
J. M. Lamark
#6
Qaysi olim tomonidan yer po'stining shakllanishi va rivojlanishida tirik organizmlarning o'rni juda katta ekanligini ko'rsatib bergan?
- J. B. Lamark
- J. M. Lamark
- Charles Lyell
- Arthur Tansley
Javobni ko'rish
J. B. Lamark
#7
Ekotizim atamasi kim tomonidan fanga kiritilgan?
- Artur Tensli
- J. B. Lamark
- Alfred Russel Wallace
- Charles Darwin
Javobni ko'rish
Artur Tensli
#8
Tirik organizmlar nechta muhitda yashashga moslashgan?
- 3 ta muhitda
- 5 ta muhitda
- 4 ta muhitda
- 2 ta muhitda
Javobni ko'rish
4 ta muhitda
#9
Ekologik omillarning necha xil turi mavjud?
- 4 ta turga
- 3 ta turga
- 5 ta turga
- 2 ta turga
Javobni ko'rish
3 ta turga
#10
Antropogen omillar nima?
- Abiotik omillar
- Tabiiy jarayonlar natijasida kelib chiqadigan omillar
- Inson faoliyati ta'sirida kelib chiqadigan omillar
- Biotik omillar
Javobni ko'rish
Inson faoliyati ta'sirida kelib chiqadigan omillar
#11
Iqlim o'zgarishining insonlar salomatligiga qanday salbiy ta'sirlari mavjud?
- Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari
- Yurak-qon tomir, nafas olish tizimi kasalliklari
- Nerv tizimi buzilishi
- Teri kasalliklari
Javobni ko'rish
Yurak-qon tomir, nafas olish tizimi kasalliklari
#12
Ekstremal ob-havo hodisalariga nimalar kiradi?
- Yomg'ir, qor va do'l
- Tuman va qirov
- Kuchli toʻfon, qurgʻoqchilik va anomal issiq
- Shamollash va gripp
Javobni ko'rish
Kuchli toʻfon, qurgʻoqchilik va anomal issiq
#13
Taksonomiya so'zining ma'nosi to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang?
- Organizmlarni ma’lum elementlar asosida guruhlash va tasniflash
- Tirik organizmlarning yashash muhiti
- Ekologik omillarning ta'siri
- O'simliklar dunyosi
Javobni ko'rish
Organizmlarni ma’lum elementlar asosida guruhlash va tasniflash
#14
Zarafshon davlat qo'riqxonasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
- 1992 yilda tashkil etilgan
- 2004-yilda tashkil etilgan
- 1983-yilda tashkil etilgan
- 1975-yilda tashkil etilgan
Javobni ko'rish
1975-yilda tashkil etilgan
#15
Muruntov oltin koni respublikamizning qaysi viloyati hududida joylashgan?
- Navoiy viloyatida
- Toshkent viloyatida
- Buxoro viloyatida
- Qashqadaryo viloyatida
Javobni ko'rish
Navoiy viloyatida
#16
Muruntov oltin konidan nechanchi yildan boshlab mahsulot berishni boshladi?
- 1992 yildan boshlab
- 1975 yildan boshlab
- 1983 yildan boshlab
- 1969 yildan boshlab
Javobni ko'rish
1969 yildan boshlab
#17
Muruntov oltin koni kar'yerasidan yiliga qancha miqdorda tog' jinslari qazib olinadi?
- 50-60 mln m3
- 35-37 mln m3
- 20-25 mln m3
- 10-15 mln m3
Javobni ko'rish
35-37 mln m3
#18
Xom-ashyolar nechta turga bo'linadi?
- 3 turga
- 5 turga
- 2 turga
- 4 turga
Javobni ko'rish
2 turga
#19
Respublikamizdagi ko'mir konlari nomlangan qatorni toping?
- Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro
- Angren, Sharg'un va Boysun
- Toshkent, Jizzax va Sirdaryo
- Navoiy, Olmaliq va Zarafshon
Javobni ko'rish
Angren, Sharg'un va Boysun
#20
Respublikamizning qaysi joylari foydali qazilmalarga boy hududlar sanaladi?
- Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
- Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog'iston respublikasi
- Xorazm, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari
- Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari
Javobni ko'rish
Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog'iston respublikasi
#21
Bioresurslar nima?
- Foydali qazilmalar
- Tabiatdagi oʻsimlik, hayvonot dunyosi hamda mikroorganizmlar toʻliq ifodalovchi
- Atmosfera havosining tarkibi
- Suv resurslari
Javobni ko'rish
Tabiatdagi oʻsimlik, hayvonot dunyosi hamda mikroorganizmlar toʻliq ifodalovchi
#22
Flora bu nima?
- Muayyan hududda hayot kechiradigan barcha hayvonlar turlari yigʻindisi
- Ekologik omillar
- Tirik organizmlarning yashash muhiti
- Muayyan hududda shakllangan barcha oʻsimlik turlari yigʻindisi
Javobni ko'rish
Muayyan hududda shakllangan barcha oʻsimlik turlari yigʻindisi
#23
Fauna nima?
- Ekologik omillar
- Muayyan hududda hayot kechiradigan barcha hayvonlar turlari yigʻindisi
- Muayyan hududda shakllangan barcha oʻsimlik turlari yigʻindisi
- Tirik organizmlarning yashash muhiti
Javobni ko'rish
Muayyan hududda hayot kechiradigan barcha hayvonlar turlari yigʻindisi
#24
O'zbekistondagi eng katta qo'riqxona bu ......................xisoblanadi?
- Zarafshon davlat qo'riqxonasi
- Hisor davlat qoʻriqxonasi
- Chatqol davlat biosfera qo'riqxonasi
- Nurota davlat qo'riqxonasi
Javobni ko'rish
Hisor davlat qoʻriqxonasi
#25
Butun yer yuzasida o'simliklarning qancha turlari mavjud?
- Qariyb 100 000 – 150 000 atrofida tur
- Qariyb 200 000 – 250 000 atrofida tur
- Qariyb 500 000 – 600 000 atrofida tur
- Qariyb 390 000 – 400 000 atrofida tur
Javobni ko'rish
Qariyb 390 000 – 400 000 atrofida tur
#26
Respublikamiz bioxilma-xilligining umumiy soni qanchani tashkil etadi?
- Qariyb 15 000 dan ortiq
- Qariyb 27 000 dan ortiq
- Qariyb 50 000 dan ortiq
- Qariyb 10 000 dan ortiq
Javobni ko'rish
Qariyb 27 000 dan ortiq
#27
Xisor davlat qo'riqxonasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
- 1983-yilda tashkil etilgan
- 1992-yilda tashkil etilgan
- 2004-yilda tashkil etilgan
- 1975-yilda tashkil etilgan
Javobni ko'rish
1983-yilda tashkil etilgan
#28
Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasi qaysi respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
- Toshkent viloyati hududida
- Navoiy viloyati hududida
- Samarqand viloyati hududida
- Qashqadaryo viloyati hududida
Javobni ko'rish
Toshkent viloyati hududida
#29
Insonlar tomonidan o'simliklarning qancha turi aynan oziq-ovqat uchun ishlatiladi?
- 5 000 turi
- 7 000 turi
- 10 000 turi
- 2 000 turi
Javobni ko'rish
7 000 turi
#30
Yer yuzidagi oziq-ovqat mahsulotlari necha xil turgagi o'simliklar xisobiga yaratiladi?
- 30 turdagi
- 50 turdagi
- 20 turdagi
- 10 turdagi
Javobni ko'rish
20 turdagi
#31
Bug'doy, makkajo'xori va sholi yer yuzasi aholisining oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojni necha foiz qismini tashkil etadi?
- 90 % foiz qismini
- 45 % foiz qismini
- 60 % foiz qismini
- 30 % foiz qismini
Javobni ko'rish
60 % foiz qismini
#32
Biologik xilma-xillik to'g'risidagi konvensiya nechanchi yilda qabul qilingan?
- 1992 yilda qabul qilingan
- 1983 yilda qabul qilingan
- 1975 yilda qabul qilingan
- 2004 yilda qabul qilingan
Javobni ko'rish
1992 yilda qabul qilingan
#33
Mamlakatimizda "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi qonun nechanchi yilda qabul qilingan?
- 1992 yil 5-iyunda qabul qilingan
- 2004 yil 3-dekabrda qabul qilingan
- 1975 yil 1-yanvarda qabul qilingan
- 1983 yil 10-martda qabul qilingan
Javobni ko'rish
2004 yil 3-dekabrda qabul qilingan
#34
Mamlakatimiz faunasida nechta turdagi sut emizuvchilar mavjud?
- 100 dan ortiq hayvon turi
- 97 ga yaqin hayvon turi
- 120 ga yaqin hayvon turi
- 50 ga yaqin hayvon turi
Javobni ko'rish
97 ga yaqin hayvon turi
#35
Respublikamizda qancha turdagi qushlar mavjud?
- 424 dan ortiq qush turi
- 400 dan ortiq qush turi
- 300 dan ortiq qush turi
- 500 dan ortiq qush turi
Javobni ko'rish
424 dan ortiq qush turi
#36
Respublikamizda qancha turdagi hashoratlar mavjud?
- 11 000 dan ortiq hasharot turi
- 10 000 dan ortiq hasharot turi
- 9 000 dan ortiq hasharot turi
- 12 000 dan ortiq hasharot turi
Javobni ko'rish
11 000 dan ortiq hasharot turi
#37
Mamlakatimizda qancha turdagi baliqlar mavjud?
- 50 turdagi dan ortiq baliq turi
- 60 turdagi dan ortiq baliq turi
- 100 turdagi dan ortiq baliq turi
- 70 turdagi dan ortiq baliq turi
Javobni ko'rish
70 turdagi dan ortiq baliq turi
#38
Mamlakatimiz nechanchi yilda Xalqaro biologik xilma-xillik konvensiyasiga a'zo bo'lgan?
- 1995 yilda
- 2000 yilda
- 1990 yilda
- 1998 yilda
Javobni ko'rish
1995 yilda
#39
Muhofaza etiladigan hududlar qanday maqsadlarda tashkil etiladi?
- Qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish maydonlarini ko'paytirish
- Tabiiy ekotizim va bioxilma-xillikni asrash hamda qayta tiklash
- Sanoatni rivojlantirish va aholi punktlarini kengaytirish
- Turizm infratuzilmasini yaxshilash
Javobni ko'rish
Tabiiy ekotizim va bioxilma-xillikni asrash hamda qayta tiklash
#40
Muhofaza etiladigan hududlar nechta toifaga bo'linadi?
- 10 ta asosiy toifaga
- 5 ta asosiy toifaga
- 7 ta asosiy toifaga
- 3 ta asosiy toifaga
Javobni ko'rish
7 ta asosiy toifaga
#41
Qizilqum davlat qo'riqxonasi qaerda joylashgan?
- Navoiy va Jizzax viloyatlarida
- Buxoro va Xorazm viloyatlarida
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
- Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida
Javobni ko'rish
Buxoro va Xorazm viloyatlarida
#42
Qizilqum davlat qo'riqxonasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
- 1971 yilda
- 1975 yilda
- 1980 yilda
- 1965 yilda
Javobni ko'rish
1971 yilda
#43
Qizilqum davlat qo'riqxonasining umumiy yer maydoni qanchani tashkil etadi?
- 8 000 gektar
- 15 000 gektar
- 10 311 gektar
- 5 000 gektar
Javobni ko'rish
10 311 gektar
#44
Kitob davlat geologiya qo'riqxonasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
- 1985 yilda
- 1975 yilda
- 1970 yilda
- 1979 yilda
Javobni ko'rish
1979 yilda
#45
Kitob davlat geologiya qo'riqxonasida nimalar davlat muhofazasiga olingan?
- Devon davri paleontologik hamda stratigrafik qatlamlari va uning noyob toshqotgan tabiati
- Noyob minerallar va geologik tuzilmalar
- Arxeologik yodgorliklar va qadimgi manzilgohlar
- O'rta osiyo flora va faunasi namunalari
Javobni ko'rish
Devon davri paleontologik hamda stratigrafik qatlamlari va uning noyob toshqotgan tabiati
#46
Kitob davlat geologiya qo'riqxonasining umumiy yer maydoni qancha?
- 4 000 gektar
- 5 000 gektar
- 2 000 gektar
- 3 000 gektar
Javobni ko'rish
4 000 gektar
#47
Zomin davlat qo'riqxonasi dengiz sathidan qancha balandlikda joylashgan?
- 1 760 metrdan 3 500 metrgacha
- 1 500 metrdan 3 000 metrgacha
- 1 000 metrdan 2 000 metrgacha
- 2 000 metrdan 4 000 metrgacha
Javobni ko'rish
1 760 metrdan 3 500 metrgacha
#48
Zomin davlat qo'riqxonasida nimalar mavjud?
- Subtropik o'simliklar va qushlar
- Koʻp asrlik tabiiy archazorlar hamda "Qizil kitob"ga kirgan noyob hayvonlar
- Cho'l o'simliklari va noyob sudralib yuruvchilar
- O'rmon hayvonlari va yovvoyi gullar
Javobni ko'rish
Koʻp asrlik tabiiy archazorlar hamda "Qizil kitob"ga kirgan noyob hayvonlar
#49
Nurota davlat qo'riqxonasi qaysi viloyatda joylashgan?
- Buxoro viloyatida
- Jizzax viloyatida
- Navoiy viloyatida
- Samarqand viloyatida
Javobni ko'rish
Jizzax viloyatida
#50
Nurota davlat qo'riqxonasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
- 1970-yilda
- 1968-yilda
- 1975-yilda
- 1980-yilda
Javobni ko'rish
1975-yilda
#51
Surxon davlat qo'riqxonasi Surxondaryo viloyatining qaysi tumanida joylashgan?
- Sherobod tumanida
- Denov tumanida
- Termiz tumanida
- Sariosiyo tumanida
Javobni ko'rish
Sherobod tumanida
#52
Ekologik xavfsizlik tushunchasiga to'g'ri ta'rif berilgan qatorni toping?
- Ekologik muammolarni hal qilish bo'yicha xalqaro hamkorlik
- Tabiiy resurslardan foydalanishning samaradorligi
- Inson, jamiyat va davlatning ekologik xavf-hatarlardan himoyalanganlik holati
- Atrof-muhitning ifloslanish darajasi
Javobni ko'rish
Inson, jamiyat va davlatning ekologik xavf-hatarlardan himoyalanganlik holati
#53
Insonlar mehnati faoliyatining tabiatga ta'sirini bir nechta omilga bo'linadi?
- 4 ta turga boʻlinadi
- 2 ta turga boʻlinadi. Insonning tabiatga koʻrsatadigan bevosita hamda bilvosita taʼsir shakllarini toʻliq qamragan
- 1 ta turga boʻlinadi
- 3 ta turga boʻlinadi
Javobni ko'rish
2 ta turga boʻlinadi. Insonning tabiatga koʻrsatadigan bevosita hamda bilvosita taʼsir shakllarini toʻliq qamragan
#54
Hozirda respublikamiz aholisining necha foizi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan?
- Aholining qariyb 75 foiz qismi
- Aholining qariyb 83 foiz qismi
- Aholining qariyb 90 foiz qismi
- Aholining qariyb 70 foiz qismi
Javobni ko'rish
Aholining qariyb 83 foiz qismi
#55
Respublikamiz hududlari orasida toza ichimlik suvi bilan eng kam ta'minlangan hudud qaysi?
- Navoiy viloyati
- Buxoro viloyati
- Xorazm viloyati
- Qoraqalpog'iston respublikasi
Javobni ko'rish
Qoraqalpog'iston respublikasi
#56
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari konstitutsiyamizning qaysi moddalarida ko'rsatib o'tilgan?
- 49, 62, 66, 68 va 115 moddalarida
- 50, 70, 80 moddalarida
- 10, 20, 30 moddalarida
- 40, 50, 60 moddalarida
Javobni ko'rish
49, 62, 66, 68 va 115 moddalarida
#57
Konstitutsiyamizning qaysi moddasida "Yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi umummilliy boylikdir" deb yozib qo'yilgan?
- 115-moddada
- 49-moddada
- 62-moddada
- 68-moddada
Javobni ko'rish
68-moddada
#58
Konstitutsiyamizning qaysi moddasida "Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega " deb yozib qo'yilgan?
- 115-moddada
- 49-moddada
- 62-moddada
- 68-moddada
Javobni ko'rish
49-moddada
#59
Ekologiya sohasida huquqbuzarlik sodir etilganda qanday ma'muriy jazo choralari qo'llaniladi?
- Maʼmuriy jarima solish, huquqbuzarlik ashyosini musodara qilish yoki maʼmuriy qamoq
- Maʼmuriy qamoqqa olish
- Huquqbuzarlik ashyosini musodara qilish
- Faqat maʼmuriy jarima solish
Javobni ko'rish
Maʼmuriy jarima solish, huquqbuzarlik ashyosini musodara qilish yoki maʼmuriy qamoq
#60
Mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasini bosh ijro etuvchi organ bu-?
- Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi
- Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Javobni ko'rish
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
#61
Ikkinchi jahon urushidan so'ng tabiatni muhofaza qilishga oid qancha miqdorda shartnoma va konvensiyalar tuzilgan?
- 500 ga yaqin
- 300 ga yaqin
- 100 ga yaqin
- 700 ga yaqin
Javobni ko'rish
500 ga yaqin
#62
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb yilning qaysi sanasi e'lon qilingan?
- 21-mart sanasi
- 22-aprel sanasi
- 1-iyun sanasi
- 5-iyun sanasi
Javobni ko'rish
5-iyun sanasi
#63
Materiklarning umumiy hajmi qancha?
- 9 ming km²
- 1 million gektar
- 35 million gektar
- 510 million km²
Javobni ko'rish
510 million km²
#64
Respublikamizning umumiy maydoni qancha?
- 1 million gektar
- 35 million gektar
- 9 ming km²
- 510 million km²
Javobni ko'rish
9 ming km²
#65
Respublikamiz yer maydonining qancha qismini cho'l-dashtlar tashkil etadi?
- 510 million km²
- 1 million gektar
- 9 ming km²
- 35 million gektar
Javobni ko'rish
35 million gektar
#66
Respublikamiz yer maydonining qancha qismini yaylovlar tashkil etadi?
- 9 ming km²
- 1 million gektar
- 35 million gektar
- 510 million km²
Javobni ko'rish
1 million gektar
#67
Degradatsiya so'zining ma'nosi nima?
- Ob'ektning rivojlanish jarayoni
- Atrof-muhitning barqarorlashuvi
- Tizimning asta-sekin yomonlashishi, pasayishi va tanazzulga uchrashi
- Tizimning asta-sekin yaxshilanishi
Javobni ko'rish
Tizimning asta-sekin yomonlashishi, pasayishi va tanazzulga uchrashi
#68
Yer sharida qancha miqdorda sug'oriladigan maydonlar mavjud?
- Qariyb 100–150 million gektar maydon
- Qariyb 400–450 million gektar maydon
- Qariyb 200–250 million gektar maydon
- Qariyb 340–354 million gektar maydon
Javobni ko'rish
Qariyb 340–354 million gektar maydon
#69
Qaysi olim "Tuproq bizning eng qimmatbaho boyligimiz" degan fikrni bildirgan?
- Rus olimi Mendeleyev
- O'zbek olimi Al-Xorazmiy
- Ingliz olimi Nyuton
- Fransuz olimi Jan Dorst
Javobni ko'rish
Fransuz olimi Jan Dorst
#70
Mamlakatimizda "Yer kodeksi" qachon qabul qilingan?
- 2005 yil 10-iyulda
- 1995 yil 1-yanvarda
- 1998 yil 30-aprelda
- 2000 yil 15-martda
Javobni ko'rish
1998 yil 30-aprelda
#71
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har yili mamlakatimizda qancha miqdorda daraxt va buta ko'chatlarini ekish rejalashtirilgan?
- 200 mln dona
- 300 mln dona
- 50 mln dona
- 100 mln dona
Javobni ko'rish
200 mln dona
#72
Tabiiy ifloslanishga nimalar kiradi?
- Chiqindilar va sanoat chiqindilari
- Qishloq xo'jaligi kimyoviy moddalari
- Zavod tutunlari, avtomobil gazlari
- Vulqon otilishi, qum boʻroni va chang-toʻzonlar
Javobni ko'rish
Vulqon otilishi, qum boʻroni va chang-toʻzonlar
#73
Sun'iy ifloslanishga nimalar kiradi?
- Quyosh nurlanishi va shamol
- Vulqon otilishi va tabiiy chang-toʻzonlar
- Zavod tutunlari, avtomobil gazlari va chiqindilar
- O'simliklarning tabiiy jarayonlari
Javobni ko'rish
Zavod tutunlari, avtomobil gazlari va chiqindilar
#74
Atmosferani ifloslovchi birikmalar necha asosiy guruhga bo'linadi?
- 4 ta
- 3 ta
- 5 ta
- 2 ta
Javobni ko'rish
4 ta
#75
"Tangri go’zaldir, go’zallikni yaxshi ko’radi" bu so'zlar qaysi manbadan olingan?
- Qadimgi yunon falsafasidan
- Yevropa adabiyotidan
- Sharq donishmandlari asarlaridan
- Islom dinidagi muqaddas hadislar toʻplamidan
Javobni ko'rish
Islom dinidagi muqaddas hadislar toʻplamidan
#76
Orolqum cho'li qayerda joylashgan?
- Orol dengizining qurigan tubi hududida
- Ustyurt platosi ustida
- Qizilqum cho'lining shimolida
- Qoraqum cho'lining janubida
Javobni ko'rish
Orol dengizining qurigan tubi hududida
#77
"Biz xech qachon quduqdagi suv qurimaguncha, suvning bahosi qanchaligini bilmaymiz" bu ibora qaysi millat xalq maqoli?
- Ingliz xalq maqoli
- Arab xalq maqoli
- Rus xalq maqoli
- O'zbek xalq maqoli
Javobni ko'rish
Ingliz xalq maqoli
#78
Yer yuzasining qancha qismini suvlar egallagan?
- Taxminan 80 foiz
- Taxminan 71 foiz
- Taxminan 50 foiz
- Taxminan 60 foiz
Javobni ko'rish
Taxminan 71 foiz
#79
Muzliklarning 90 foizi qaysi materikda joylashgan?
- Yevroosiyo materigi
- Afrika materigi
- Shimoliy Amerika materigi
- Antarktida materigi
Javobni ko'rish
Antarktida materigi
#80
Jahondagi muzliklarning necha foizi Grenlandiya orolida joylashgan?
- Taxminan 10%
- Taxminan 20%
- Taxminan 15%
- Taxminan 5%
Javobni ko'rish
Taxminan 10%
#81
Dunyo okeanlaridan har yili qancha miqdordagi suv parlanadi?
- Qariyb 600,000 kub kilometr suv
- Qariyb 400,000 kub kilometr suv
- Qariyb 300,000 kub kilometr suv
- Qariyb 505,000 kub kilometr suv
Javobni ko'rish
Qariyb 505,000 kub kilometr suv
#82
Grenlandiya oroli ma'muriy jihatdan qaysi mamlakat hududi hisoblanadi?
- Norvegiya qirolligi
- Islandiya
- Shvetsiya qirolligi
- Daniya qirolligi
Javobni ko'rish
Daniya qirolligi
#83
Respublikamizda oqib turadigan suvning umumiy hajmi miqdori qancha kub metrga teng?
- Qariyb 45–50 milliard kub metr suv
- Qariyb 65–70 milliard kub metr suv
- Qariyb 75–80 milliard kub metr suv
- Qariyb 55–56 milliard kub metr suv
Javobni ko'rish
Qariyb 55–56 milliard kub metr suv
#84
Inson o'z tanasida yengil suvsizlikni his etsa qanday holatlar sodir bo'ladi?
- Ko'ngil aynishi, qusish
- Tana haroratining ko'tarilishi
- Hushidan ketish, tomir urishining tezlashishi
- Chanqoq, ogʻiz qurishi va bosh ogʻrigʻi
Javobni ko'rish
Chanqoq, ogʻiz qurishi va bosh ogʻrigʻi
#85
Inson tanasidagi buyrakdan 1 sutka mobaynida qancha miqdorda qon o'tadi?
- Qariyb 50 – 70 litr atrofida
- Qariyb 150 – 180 litr atrofida
- Qariyb 200 – 250 litr atrofida
- Qariyb 100 – 120 litr atrofida
Javobni ko'rish
Qariyb 150 – 180 litr atrofida
#86
Qishloq xo'jaligida 1 kg guruch yetishtirish uchun qancha miqdorda suv sarflanadi?
- 1 000 litr
- 3 000 litr
- 4 000 litr
- 2 000 litr
Javobni ko'rish
4 000 litr
#87
Respublikamizda transchegaraviy suv ob'ektlariga qaysi daryolar kiradi?
- Zarafshon va Qashqadaryo daryolari tizimi
- Amudaryo va Sirdaryo daryolari tizimi
- Naryn va Chirchiq daryolari tizimi
- Ohangaron va Angren daryolari tizimi
Javobni ko'rish
Amudaryo va Sirdaryo daryolari tizimi
#88
Hozirgi paytda respublikamizda irrigatsiya maqsadlarida nechta suv omboridan foydalanilmoqda?
- 51 ta
- 31 ta
- 61 ta
- 41 ta
Javobni ko'rish
51 ta
#89
Mamlakatimizdagi eng yirik suv omborlari qaysilar?
- Tuyamoʻyin, Chorvoq va Toshkent suv omborlari
- Andijon, Oqqovoq va Qaynarsoy suv omborlari
- Chorvoq, Andijon va Oqqovoq suv omborlari
- Tuyamoʻyin, Chorvoq va Andijon suv omborlari
Javobni ko'rish
Tuyamoʻyin, Chorvoq va Andijon suv omborlari
#90
Ekotizim tushunchasi qaysi olim tomonidan birinchi bor qo'llanilgan?
- Sharl Kulon
- Artur Tensli
- Maykl Faradey
- Alessandro Volta
Javobni ko'rish
Artur Tensli
#91
Suv havzalari nechta guruhga bo'linadi?
- 1 ta guruhga
- 4 ta guruhga
- 2 ta guruhga
- 3 ta guruhga
Javobni ko'rish
2 ta guruhga
#92
Lentik muhitga nimalar kiradi?
- Tez o'quvchi daryolar, soylar
- Okeanlar va dengizlar
- Turgʻun va sekin oʻquvchi koʻllar, hovuzlar hamda botqoqliklar
- Togʻ sharsharalari va buloqlar
Javobni ko'rish
Turgʻun va sekin oʻquvchi koʻllar, hovuzlar hamda botqoqliklar
#93
Lotik muhitga nimalar kiradi?
- Okeanlar
- Hovuzlar va sekin oquvchi daryolar
- Turgʻun koʻllar va botqoqliklar
- Tez oʻquvchi daryolar, soylar, togʻ sharsharalari va buloqlar
Javobni ko'rish
Tez oʻquvchi daryolar, soylar, togʻ sharsharalari va buloqlar
#94
Ekoturizm bu nima?
- Sanoat hududlarida sayohat qilish
- Tabiatga zarar yetkazib sayohat qilish
- Sayohat qilish va tabiatni asrashga hissa qo'shish yo'nalishi
- Shahar ichida tabiatni o'rganish
Javobni ko'rish
Sayohat qilish va tabiatni asrashga hissa qo'shish yo'nalishi
#95
Elektr haqidagi fan qaysi yillardan boshlab rivojlana boshlandi?
- 1600-yillardan
- 1700-yillardan
- 1900-yillardan
- 1800-yillardan
Javobni ko'rish
1800-yillardan
#96
Elektr rivojiga ulkan hissa qo'shgan olimlardan biri kim?
- Iosif Nyuoton
- Albert Eynshteyn
- Nikola Tesla
- Artur Tensli
Javobni ko'rish
Nikola Tesla
#97
150 Mvtga ega bo'lgan Tuyamo'yin GES mamlakatimizning qaysi hududida joylashgan?
- Qashqadaryo viloyati
- Xorazm viloyati
- Toshkent viloyati
- Buxoro viloyati
Javobni ko'rish
Xorazm viloyati
#98
Tovoqsoy GESi mamlakatimizning qaysi hududida joylashgan?
- Samarqand viloyati
- Qashqadaryo viloyati
- Xorazm viloyati
- Toshkent viloyati
Javobni ko'rish
Toshkent viloyati
#99
Xisorak GESi mamlakatimizning qaysi hududida joylashgan?
- Qashqadaryo viloyati
- Toshkent viloyati
- Toshkent shahri
- Xorazm viloyati
Javobni ko'rish
Qashqadaryo viloyati
#100
Oqtepa GESi mamlakatimizning qaysi hududida joylashgan?
- Toshkent shahri
- Toshkent viloyati
- Xorazm viloyati
- Qashqadaryo viloyati
Javobni ko'rish
Toshkent shahri
#101
Mamlakatimizda hozirda issiqlik elektr stansiyalarini umumiy soni nechtani tashkil etadi?
- 15 ta
- 16 ta
- 17 ta
- 18 ta
Javobni ko'rish
17 ta
#102
Qayta tiklanadigan energiya manbalariga nimalar kiradi?
- Neft, gaz va ko'mir
- Geotermal energiya
- Yadro energiyasi
- Quyosh nuri, shamol kuchi va gidroenergiya
Javobni ko'rish
Quyosh nuri, shamol kuchi va gidroenergiya
#103
Oziq-ovqat xavfsizligi nima?
- Aholining toʻyingan va xavfsiz oziq-ovqatga yetarli darajada erisha olish holati
- Oziq-ovqat narxining doimiy o'zgarib turishi
- Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatsiz bo'lishi
- Aholining toʻyingan va xavfsiz oziq-ovqatga erisha olmasligi
Javobni ko'rish
Aholining toʻyingan va xavfsiz oziq-ovqatga yetarli darajada erisha olish holati
#104
Dunyoda aholisi eng ko'p mamlakat qaysi davlat?
- Xitoy
- Hindiston
- Indoneziya
- AQSH
Javobni ko'rish
Hindiston
#105
Mamlakatimiz aholisining qancha qismi qishloq xo'jaligida band?
- Taxminan 25–27 foiz
- Taxminan 20-22 foiz
- Taxminan 30-32 foiz
- Taxminan 15-17 foiz
Javobni ko'rish
Taxminan 25–27 foiz
#106
Respublikamizda har bir sug'oriladigan 1 gektar yerga qancha aholimiz to'g'ri keladi?
- Qariyb 5–6 nafar aholi
- Qariyb 6–7 nafar aholi
- Qariyb 10–11 nafar aholi
- Qariyb 8–9 nafar aholi
Javobni ko'rish
Qariyb 8–9 nafar aholi
#107
Dunyo okeanlari sathi hozirgi kunga kelib qanchaga ko'tarilgan?
- Jami qariyb 11–14 santimetrga
- Jami qariyb 21–24 santimetrga
- Jami qariyb 25–28 santimetrga
- Jami qariyb 15–18 santimetrga
Javobni ko'rish
Jami qariyb 21–24 santimetrga
#108
Iqlim o'zgarishining mamlakatimizdagi salbiy oqibatlariga nimalar kiradi?
- Qor yog'ishining ko'payishi
- Suv tanqisligi, anomal issiqlik, qurgʻoqchilik hamda choʻllanishning kuchayishi
- Suvning ko'payishi, anomal sovuq
- Yomg'irlarning ko'payishi
Javobni ko'rish
Suv tanqisligi, anomal issiqlik, qurgʻoqchilik hamda choʻllanishning kuchayishi
#109
Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun nimalarga e'tibor qaratish lozim?
- Tabiiy resurslardan foydalanmaslik
- Chiqindilarni ko'paytirish
- Resurslarni ko'p sarflash, chiqindilarni tashlab yuborish
- Resurslarni tejash, chiqindilarni qayta ishlash hamda ekotizimlarni asrash
Javobni ko'rish
Resurslarni tejash, chiqindilarni qayta ishlash hamda ekotizimlarni asrash
#110
2025 yilda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qancha mablag' ajratildi?
- 4,4 trillion so'm
- 3,4 trillion so'm
- 2,4 trillion so'm
- 5,4 trillion so'm
Javobni ko'rish
3,4 trillion so'm
#111
"2030 yilgacha bo'lgan davrda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi prezident farmoni qachon qabul qilindi?
- 2019 yil 30 oktyabrda
- 2018 yil 30 oktyabrda
- 2021 yil 30 oktyabrda
- 2020 yil 30 oktyabrda
Javobni ko'rish
2019 yil 30 oktyabrda
#112
Atmosferada biosferaning chegarasi qanchaga teng?
- 10–15 kilometr balandlikkacha
- 20–25 kilometr balandlikkacha
- 15–20 kilometr balandlikkacha
- 25–30 kilometr balandlikkacha
Javobni ko'rish
20–25 kilometr balandlikkacha
#113
Gidrosferada biosferaning chegarasi qanchaga teng?
- Gidrosferaning 5 km chuqurligigacha
- Gidrosferaning o'rtacha chuqurligigacha
- Gidrosferaning eng yuza qismigacha
- Gidrosferaning eng quyi tubigacha, yaʼni yuk 11 km
Javobni ko'rish
Gidrosferaning eng quyi tubigacha, yaʼni yuk 11 km
#114
Litosferada biosferaning chegarasi qanchani tashkil etadi?
- 3-5 kilometr chuqurlikkacha
- 10-12 kilometr chuqurlikkacha
- 7-10 kilometr chuqurlikkacha
- 5-7 kilometr chuqurlikkacha
Javobni ko'rish
7-10 kilometr chuqurlikkacha
#115
Quyidagilardan qaysilari qayta tiklanadigan resurslarga kiradi?
- Barcha tirik organizmlar
- Qazilma boyliklar
- Oʻsimlik va hayvonot dunyosi, suv hamda atmosfera havosi resurslari
- Yonuvchi qazilmalar, metall maʼdanlari
Javobni ko'rish
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi, suv hamda atmosfera havosi resurslari
#116
Quyidagilardan qaysilari tugallanadigan resurslarga kiradi?
- Quyosh nuri va shamol kuchi
- Yonuvchi qazilmalar, metall maʼdanlari hamda barcha tirik organizmlar
- Oʻsimlik va hayvonot dunyosi
- Suv va atmosfera havosi
Javobni ko'rish
Yonuvchi qazilmalar, metall maʼdanlari hamda barcha tirik organizmlar
#117
Ozon qatlamining qalinligi qanchaga teng?
- Siqilgan holatda qariyb 2 millimetrga
- Siqilgan holatda qariyb 1 millimetrga
- Siqilgan holatda qariyb 4 millimetrga
- Siqilgan holatda qariyb 3 millimetrga
Javobni ko'rish
Siqilgan holatda qariyb 3 millimetrga
#118
Tabiatda chuchuk suvning miqdori qanchani tashkil qiladi?
- Suvning qariyb 1.5 foizi
- Suvning qariyb 2.5 foizi
- Suvning qariyb 4.5 foizi
- Suvning qariyb 3.5 foizi
Javobni ko'rish
Suvning qariyb 2.5 foizi
#119
Tabiatda sho'r suvning miqdori qancha foizni tashkil etadi?
- Suvning qariyb 99.5 foizi
- Suvning qariyb 98.5 foizi
- Suvning qariyb 96.5 foizi
- Suvning qariyb 97.5 foizi
Javobni ko'rish
Suvning qariyb 97.5 foizi
QuizPilotda o'ynash