QuizPilot › Fanlar › Falsafa
Falsafa

Аli Qushchi_20261007_195722_0000 1

muallif: Nonenwn · 17 ta savol · 4 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
“Falsafa” so‘zining yunoncha “philo” va “sophia” qismlaridan tashkil topgan ma’nosi qaysi?
  1. Insonshunoslik
  2. Haqiqatni izlash
  3. Donishmandlikka muhabbat
  4. Ilmiy metod
Javobni ko'rish
Donishmandlikka muhabbat
#2
Aristotelning “Metafizika” asarida asosiy e’tibor qaratilgan falsafiy muammo qaysi?
  1. Jamiyatning sinfiy tuzilishi
  2. Borliqning sabab va shakllari
  3. Ilmiy bilishning nazariy asoslari
  4. Ezgulik va yovuzlik masalasi
Javobni ko'rish
Borliqning sabab va shakllari
#3
Falsafa fani qanday savollarga javob izlaydi?
  1. Faqat iqtisodiy savollarga
  2. Texnik masalalarga
  3. Olam, inson va jamiyatning mohiyati haqidagi savollarga
  4. Faqat siyosiy savollarga
Javobni ko'rish
Olam, inson va jamiyatning mohiyati haqidagi savollarga
#4
A. Avgustin falsafasida “Vaqt” tushunchasi qanday izohlanadi?
  1. Vaqt - jamiyat taraqqiyoti natijasi
  2. Vaqt - inson ruhiy kechinmalarining ichki o‘lchovi
  3. Vaqt - faqat ilmiy hodisa sifatida qabul qilinadi
  4. Vaqt - tabiatdagi mexanik jarayonning ifodasi
Javobni ko'rish
Vaqt - inson ruhiy kechinmalarining ichki o‘lchovi
#5
Ontologiya nimalarni o‘rganadi?
  1. Borliqning umumiy qonuniyatlarini
  2. Jamiyat tuzilishini
  3. Insonning ruhiy dunyosini
  4. Bilish jarayonini
Javobni ko'rish
Borliqning umumiy qonuniyatlarini
#6
Falsafaning gnoseologiya bo‘limi nimani o‘rganadi?
  1. Siyosiy tuzumni
  2. Xulq-atvorni
  3. Bilish nazariyasini
  4. Dinga oid tushunchalarni
Javobni ko'rish
Bilish nazariyasini
#7
“Dunyoqarash” tushunchasi nimani bildiradi?
  1. Faqat diniy qarashlar
  2. Insonning olamga nisbatan munosabatlari tizimi
  3. Texnik ko‘nikmalar
  4. Faqat ilmiy bilimlar majmuasi
Javobni ko'rish
Insonning olamga nisbatan munosabatlari tizimi
#8
Falsafaning qadriyatlar haqidagi bo‘limi nima deb ataladi?
  1. Politologiya
  2. Aksiologiya
  3. Ontologiya
  4. Logika
Javobni ko'rish
Aksiologiya
#9
Dialektika tamoyillariga ko‘ra rivojlanish qanday kechadi?
  1. Ichki qarama-qarshiliklar asosida
  2. Tasodifiy jarayon sifatida
  3. Mutlaq tinchlikda
  4. Turg‘unlik orqali
Javobni ko'rish
Ichki qarama-qarshiliklar asosida
#10
“Falsafasiz jamiyat yo‘nalishsiz kemaga o‘xshaydi” degan fikr nimani anglatadi?
  1. Falsafa siyosatni almashtiradi
  2. Falsafa jamiyatning yo‘nalishini belgilaydi
  3. Falsafa faqat tarixga tegishli
  4. Falsafa amaliy foydasiz
Javobni ko'rish
Falsafa jamiyatning yo‘nalishini belgilaydi
#11
Falsafaning jamiyat hayotidagi integrativ vazifasi nimani anglatadi?
  1. Fanlarni bir-biridan ajratadi
  2. Turli fanlar o‘rtasida bog‘liqlik yaratadi
  3. Dinni chetlashtiradi
  4. Jamiyatni izolyatsiya qiladi
Javobni ko'rish
Turli fanlar o‘rtasida bog‘liqlik yaratadi
#12
Jamiyat taraqqiyotida falsafaning tarbiyaviy roli nimada?
  1. Yoshlarni faqat texnikaga qiziqtiradi
  2. Insonda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantiradi
  3. Odamlarni bo‘ysundirishga xizmat qiladi
  4. Jamiyatni faqat iqtisodiy jihatdan rivojlantiradi
Javobni ko'rish
Insonda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantiradi
#13
Falsafaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida quyidagi fikrlardan qaysi biri eng to‘g‘ri?
  1. Falsafa faqat kishilarning shaxsiy dunyoqarashini shakllantiradi
  2. Falsafa jamiyat taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilovchi nazariy asos yaratadi
  3. Falsafa jamiyatdagi iqtisodiy tizimlarni bevosita boshqaradi
  4. Falsafa faqat tarixiy jarayonlarni o‘rganish bilan cheklanadi
Javobni ko'rish
Falsafa jamiyat taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilovchi nazariy asos yaratadi
#14
Falsafaning ijtimoiy ong tizimidagi o‘rni nimada namoyon bo‘ladi?
  1. Inson ongida qadriyatlar va maqsadlarni shakllantirib, ijtimoiy jarayonlarga yo‘naltiruvchi kuch beradi
  2. Faqat diniy qarashlar bilan raqobatda mavjud bo‘ladi
  3. Jamiyatdagi barcha qonunlarni yaratadi
  4. Jamiyat taraqqiyotidan mustaqil bo‘lib, faqat nazariy masalalarni ko‘rib chiqadi
Javobni ko'rish
Inson ongida qadriyatlar va maqsadlarni shakllantirib, ijtimoiy jarayonlarga yo‘naltiruvchi kuch beradi
#15
Platonning qaysi asarida “g‘oyalar dunyosi” (ideyalar olami) haqidagi ta’limot to‘liq ifoda etilgan?
  1. “Poetika”
  2. “Davlat”
  3. “Organon”
  4. “Metafizika”
Javobni ko'rish
“Davlat”
#16
Dunyoqarashning tuzilishi qanday?
  1. Dunyoni tasavvur qilish
  2. Axlqni yuksaltirish
  3. Estetik yukslish
  4. Dunyoni sezish, idrok etish, tushunish
Javobni ko'rish
Dunyoni sezish, idrok etish, tushunish
#17
Dunyoni sezish bu?
  1. Fаqаt оb’ektlаrni аnglаsh
  2. Insоn o‘zini tushunish
  3. Аql yordаmidа tushunish
  4. Bu o‘zini qurshаgаn dunyoni sezgilаr yordаmidа hissiy idrоk etish
Javobni ko'rish
Bu o‘zini qurshаgаn dunyoni sezgilаr yordаmidа hissiy idrоk etish
QuizPilotda o'ynash