QuizPilot › Fanlar › Biologiya
Biologiya

Biologiya 5-sinf II BIOLOGIYA MAKTABI 5

muallif: Alisher99361 · 49 ta savol · 2 saqlash
QuizPilotda o'ynash
#1
Ochiq urug'li o'simliklarning urug'i qayerda yetiladi?
  1. Gulpoya ustida
  2. Meva ichida
  3. Qubbada ochiq holda
  4. Yashil barglarda
Javobni ko'rish
Qubbada ochiq holda
#2
Ochiq urug'li o'simliklar poyasi shikastlansa, o'zini himoyalash uchun nima ajratadi?
  1. Smola
  2. Yod
  3. Brom
  4. Fitonsid
Javobni ko'rish
Smola
#3
Archa barglari qanday tuzilgan?
  1. Ninasimon
  2. Keng va yassi
  3. Tangachaga aylangan
  4. Shoxlangan
Javobni ko'rish
Tangachaga aylangan
#4
Qarag'ayning barglari qanday?
  1. Shoxlangan
  2. Ninasimon, uzunligi 5-7 sm
  3. Tangachasimon
  4. Keng va yassi
Javobni ko'rish
Ninasimon, uzunligi 5-7 sm
#5
Yopiq urug'li o'simliklarning urug'i qanday yetiladi?
  1. Gulpoya ustida
  2. Meva ichida, yopiq holda
  3. Qubbada ochiq holda
  4. Barglar orasida
Javobni ko'rish
Meva ichida, yopiq holda
#6
Yopiq urug'li o'simliklar nima uchun gulli o'simliklar deb ham ataladi?
  1. Ular urug' orqali ko'payadi
  2. Ular ildiz, poya va bargdan iborat
  3. Ular gul hosil qilgani uchun
  4. Ular sporalar orqali ko'payadi
Javobni ko'rish
Ular gul hosil qilgani uchun
#7
Qaysi o'simlik erta bahorda gullaydi va dastlab gul kurtaklari, keyin barg kurtaklarini yozadi?
  1. Limon
  2. Terak
  3. O‘rik
  4. Anor
Javobni ko'rish
O‘rik
#8
O‘rikning pishgan mevasi qanday ahamiyatga ega?
  1. Aqliy faoliyatni yaxshilashda
  2. Immunitetni oshirishda
  3. Yurakni quvvatlantirishda va qonni suyultirishda
  4. Moddalar almashinuvini tezlashtirishda
Javobni ko'rish
Yurakni quvvatlantirishda va qonni suyultirishda
#9
O‘rik danagining ichidagi mag‘zi nimalarga boy va nima yaxshilaydi?
  1. Kalsiyga boy, suyaklarni mustahkamlaydi
  2. B guruh vitaminlariga boy, aqliy faoliyatni yaxshilaydi
  3. S vitaminiga boy, immunitetni yaxshilaydi
  4. Temirga boy, qon aylanishini yaxshilaydi
Javobni ko'rish
B guruh vitaminlariga boy, aqliy faoliyatni yaxshilaydi
#10
Terak daraxtining balandligi qancha bo'lishi mumkin?
  1. 20-30 m
  2. 45-60 m
  3. 30-45 m
  4. 10-20 m
Javobni ko'rish
30-45 m
#11
Terak daraxti qanday o'simlik hisoblanadi va qayerlarda ishlatiladi?
  1. Dorivor o'simlik, tibbiyotda
  2. Yog'ochbop o'simlik, uy-joy qurilishida va boshqa sohalarda
  3. Manzarali o'simlik, bog'dorchilikda
  4. Mevali o'simlik, oziq-ovqat sanoatida
Javobni ko'rish
Yog'ochbop o'simlik, uy-joy qurilishida va boshqa sohalarda
#12
Terak daraxtining qanday xususiyati borligi aytilgan?
  1. Har qanday iqlim sharoitiga moslashadi
  2. Qurg'oqchilikka chidamli
  3. Chang va shovqinni yaxshi yutadi
  4. Tuproqdagi zaharli moddalarni tozalaydi
Javobni ko'rish
Chang va shovqinni yaxshi yutadi
#13
Yuksak o‘simliklar nimalar yordamida ko‘payadi?
  1. Faqat sporasi
  2. Sporalari va urug‘lari
  3. Faqat urug‘lari
  4. Vegetativ yo'l bilan
Javobni ko'rish
Sporalari va urug‘lari
#14
Urug‘dan ko‘payadigan o‘simliklarda tashqi muhit o‘zgarishlariga nisbatan nima paydo bo‘lgan?
  1. Mutatsiyalar
  2. Moslanishlar
  3. Immunitet
  4. Qarshiliklar
Javobni ko'rish
Moslanishlar
#15
Urug‘larning meva bilan himoyalanganligi ularning nima uchun imkoniyat yaratadi?
  1. Tezroq unib chiqishi
  2. Qurg'oqchilikka chidamliligi
  3. Keng tarqalishi
  4. Hasharotlardan himoyalanishi
Javobni ko'rish
Keng tarqalishi
#16
Hozirgi kunda qanday nomli o‘simliklar keng tarqalgan?
  1. Ochiq urug‘li o‘simliklar
  2. Sporali o‘simliklar
  3. Bir hujayrali o‘simliklar
  4. Yopiq urug‘li o‘simliklar
Javobni ko'rish
Yopiq urug‘li o‘simliklar
#17
Olma daraxti ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, uning yashil barglarida nima bor?
  1. Mitochondriya
  2. Vakuola
  3. Yadro
  4. Xlorofil
Javobni ko'rish
Xlorofil
#18
Quyosh nuri ta’sirida yashil bargda qanday jarayon sodir bo‘ladi?
  1. Transpiratsiya
  2. Nafas olish
  3. Suvning bug‘lanishi
  4. Fotosintez
Javobni ko'rish
Fotosintez
#19
Olma daraxtining dastlabki mevasi yashil rangda bo‘lishiga sabab nima?
  1. Hujayrasi tarkibida antotsian pigmenti bo‘ladi
  2. Hujayrasi tarkibida pigment bo‘lmaydi
  3. Hujayrasi tarkibida karotin pigmenti bo‘ladi
  4. Hujayrasi tarkibida xlorofill pigmenti bo‘ladi
Javobni ko'rish
Hujayrasi tarkibida xlorofill pigmenti bo‘ladi
#20
Ayrim olma navlarida yashil rangning o‘zgarib, sarg‘ish qizil rangga kirishiga nima sabab bo‘ladi?
  1. Xlorofillning ko‘payishi
  2. Hujayra devorining qalinlashishi
  3. Fotosintezning to‘xtashi
  4. Karotinoidlar hisobiga
Javobni ko'rish
Karotinoidlar hisobiga
#21
Olma mevasi tarkibida qanday moddalar bo‘ladi?
  1. Glyukoza, fruktoza, saxaroza
  2. S vitamini, uglevodlar, organik kislotalar
  3. Vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar
  4. Oqsillar, yog‘lar, mineral tuzlar
Javobni ko'rish
S vitamini, uglevodlar, organik kislotalar
#22
Shifokorlar kechki ovqatdan keyin olma iste’mol qilishni tavsiya qiladilar, chunki:
  1. Qon bosimini pasaytiradi
  2. U uyquga yordam beradi
  3. Hazm jarayoniga yordam beradi
  4. Metabolizmni tezlashtiradi
Javobni ko'rish
Hazm jarayoniga yordam beradi
#23
Xona o‘simligini ekishda, ko‘p suv bug‘latmasligi uchun nima qilish kerak?
  1. Barglarini butunlay olib tashlash
  2. O‘simlikni soyaga qo‘yish
  3. Suv quyishni kamaytirish
  4. Barglarining yarmini kesib tashlash
Javobni ko'rish
Barglarining yarmini kesib tashlash
#24
Xona o‘simligini tuvakka joylashtirganda, tuproq tuvak og‘zidan qancha pastda bo‘lishi kerak?
  1. 1-2 sm
  2. 5-1 sm
  3. 3-4 sm
  4. 2-3 sm
Javobni ko'rish
1-2 sm
#25
O‘simlik ekilganda, tuproq o‘simlikning qayerigacha yopib turishi kerak?
  1. Poyasining yarimgacha
  2. Barglarigacha
  3. Ildiz bo‘g‘zigacha
  4. Urug‘igacha
Javobni ko'rish
Ildiz bo‘g‘zigacha
#26
Xona o‘simligini parvarishlashda tuvak kichiklik qilib qolganini nimadan bilish mumkin?
  1. Yangi kurtaklar paydo bo‘lishidan
  2. Gullashining ko‘payishidan
  3. O‘simlikning tez o‘sishidan
  4. Pastki barglari sarg‘ayishidan
Javobni ko'rish
Pastki barglari sarg‘ayishidan
#27
Tuproq aralashmasini tayyorlash uchun qanday nisbatda ingredientlar ishlatiladi?
  1. 1/3 qism bog‘ tuprog‘i, 1/2 qism torf, 1/6 qism bioo‘g‘it
  2. 1/3 qism bog‘ tuprog‘i, 1/3 qism torf, 1/3 qism bioo‘g‘it
  3. 1/2 qism bog‘ tuprog‘i, 1/4 qism torf, 1/4 qism bioo‘g‘it
  4. 1/4 qism bog‘ tuprog‘i, 1/2 qism torf, 1/4 qism bioo‘g‘it
Javobni ko'rish
1/3 qism bog‘ tuprog‘i, 1/3 qism torf, 1/3 qism bioo‘g‘it
#28
O‘simliklarning ko‘rinish turlari qanday bo‘lishi mumkin?
  1. Daraxt, gul, o‘t
  2. Buta, gul, ildiz
  3. Daraxt, buta, o‘t
  4. O‘t, meva, urug‘
Javobni ko'rish
Daraxt, buta, o‘t
#29
Quyidagi o‘simliklardan qaysi biri gulli o‘simliklarga misol bo‘la oladi?
  1. Archa
  2. Suv o‘ti
  3. Qoqi
  4. Qarag‘ay
Javobni ko'rish
Qoqi
#30
O‘simlikni ko‘chirib o‘tkazishda tuvak tagiga nima solish tuproqda suv to‘planib qolishining oldini oladi?
  1. Tosh
  2. Qum
  3. Shag‘al
  4. Keramzit
Javobni ko'rish
Keramzit
#31
O‘simlikni eski tuvakdan ajratish uchun nima qilish kerak?
  1. Tuvakni ag‘darib, o‘simlikni urib tushirish
  2. Tuvak yon tomonlarini bosib, o‘simlikni tortib olish
  3. Tuvak tagiga urib, o‘simlikni tortib olish
  4. Tuvak tagiga ohista urib, o‘simlikni tortib olish
Javobni ko'rish
Tuvak tagiga ohista urib, o‘simlikni tortib olish
#32
Yangi ko‘chirilgan o‘simliklar dastlab qancha vaqt salqin joyda saqlanishi kerak?
  1. 4-5 kun
  2. 2-3 kun
  3. 3-4 kun
  4. 1-2 kun
Javobni ko'rish
3-4 kun
#33
O‘zbekistonda qancha yuksak o‘simlik turi o‘sadi?
  1. 450 dan ortiq
  2. 45 000 dan ortiq
  3. 45000 dan ortiq
  4. 4500 dan ortiq
Javobni ko'rish
4500 dan ortiq
#34
Yalpiz tarkibida nimalar bo‘lib, ular asabni tinchlantirishga yordam beradi?
  1. Yod va fosfor
  2. Mentol va efir moylari
  3. S Vitamini va temir
  4. Kalsiy va magniy
Javobni ko'rish
Mentol va efir moylari
#35
Yalpiz barglari qanday ovqatlarga qo‘shib iste’mol qilinadi?
  1. Meva salatlariga
  2. Qaynatmalarga
  3. Salatlar va sho‘rvalarga
  4. Suyuq ovqat yoki somsaga
Javobni ko'rish
Suyuq ovqat yoki somsaga
#36
Yalpizning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmasi nima uchun tavsiya etiladi?
  1. Bosh og‘rig‘ini qoldirish uchun
  2. Yurak xastaliklarini davolash uchun
  3. Tish og‘rig‘i, milk yallig‘lanishini davolash uchun
  4. Oshqozon yaralarini davolash uchun
Javobni ko'rish
Tish og‘rig‘i, milk yallig‘lanishini davolash uchun
#37
Na’matak asosan nimadan ko‘proq foydalaniladi?
  1. Mevalaridan
  2. Yaproqlaridan
  3. Poyasidan
  4. Gullaridan
Javobni ko'rish
Mevalaridan
#38
Na’matak qaynatmasi qachon tavsiya etiladi?
  1. Uyquga ketishdan oldin
  2. Yozda chanqovbosdi ichimlik sifatida
  3. Odamning quvvati kamayganida, organizmda vitaminlar yetishmaganda
  4. Qishda shamollaganda
Javobni ko'rish
Odamning quvvati kamayganida, organizmda vitaminlar yetishmaganda
#39
Qaysi o‘simlikning qaynatmasida vitaminlar ko‘proq saqlanib qoladi?
  1. Yalpiz
  2. Isiriq
  3. Na’matak
  4. Shirinmiya
Javobni ko'rish
Na’matak
#40
Na’matak tarkibidagi C vitamini nima vazifani bajaradi?
  1. Immunitetni oshiradi
  2. Arterial bosimni ko‘taradi
  3. Teri kasalliklarini davolaydi
  4. Qonni quyultiradi
Javobni ko'rish
Immunitetni oshiradi
#41
Isiriq qanday o‘simlik hisoblanadi?
  1. Ko‘p yillik o‘simlik
  2. Manzarali daraxt
  3. Subtropik buta
  4. Bir yillik o‘t
Javobni ko'rish
Ko‘p yillik o‘simlik
#42
Isiriqning dorivorlik xususiyati qachon yuqori bo‘ladi?
  1. Kuzda bargi to‘kilganda
  2. O‘simlikning meva bergan davrida
  3. Yozda meva berganda
  4. Bahorda gullaganda
Javobni ko'rish
O‘simlikning meva bergan davrida
#43
Quritilgan isiriqni kuydirib hidlash nima uchun tavsiya etiladi?
  1. Bosh og‘rig‘ini yo‘qotish uchun
  2. O‘simlikning hidini yaxshilash uchun
  3. Uy hayvonlarini bezovta qilish uchun
  4. Xonadagi hasharotlarni haydash uchun
Javobni ko'rish
Bosh og‘rig‘ini yo‘qotish uchun
#44
Isiriqning qaynatmasi nima uchun davo bo‘ladi?
  1. Nafas qisishida
  2. Teri kasalliklarini davolash uchun
  3. Uyquni yaxshilash uchun
  4. Ovqat hazmini yaxshilash uchun
Javobni ko'rish
Nafas qisishida
#45
Shirinmiya ildizpoyasidan tayyorlangan qaynatma qanday kasalliklarga davo sifatida ishlatiladi?
  1. Buyrak toshlariga
  2. Oshqozon kasalliklariga
  3. Quruq yo‘tal, tomoq og‘rig‘iga
  4. Mushak og‘riqlariga
Javobni ko'rish
Quruq yo‘tal, tomoq og‘rig‘iga
#46
Dorixonalarda shirinmiya qanday ko‘rinishda sotuvga chiqariladi?
  1. Likyor shaklida
  2. Quritilgan ildiz shaklida
  3. Tabletkalar shaklida
  4. Sirop ko‘rinishida
Javobni ko'rish
Sirop ko‘rinishida
#47
Aloe bargini qirg‘ichdan qirib, asal bilan qo‘shib iste’mol qilish nima uchun foyda beradi?
  1. Terini yumshatish uchun
  2. Ko‘rishni yaxshilash uchun
  3. Shamollash, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda
  4. Sochni mustahkamlash uchun
Javobni ko'rish
Shamollash, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda
#48
Zaharli o‘simliklarning qaysi qismi ko‘pincha chiroyli va yoqimli hidli bo‘ladi?
  1. Poyasi
  2. Ildizi
  3. Guli
  4. Urug‘i
Javobni ko'rish
Guli
#49
Kanakunjutning qaysi qismida zaharli moddalar ko‘p uchraydi?
  1. Poyasida
  2. Gullarida
  3. Yaproqlarida
  4. Urug‘ida
Javobni ko'rish
Urug‘ida
QuizPilotda o'ynash