DTM
Ona tili · DTM
muallif: QuizPilot · 45 ta savol ·
2 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
Qaysi gapda jo‘nalish kelishigini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud?
- Ular ishni bitirgandan so‘ng ketishga qaror qilishdi.
- Bog‘ tomonga bir-ikki qadam bosdi-yu, yana iziga qaytdi.
- U o‘rtog‘ini shu yerga kutib turishni rejalashtirdi.
- Birga o‘sgan o‘rtoqlariga ham bu haqida hech narsa demadi.
Javobni ko'rish
Bog‘ tomonga bir-ikki qadam bosdi-yu, yana iziga qaytdi.
#2
Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud?
- Oshni hammaga bir xil qilib suzdirdi.
- Shimoldan esgan kuchli shamol uzoq davom etgan edi.
- Bu gap osmonlarda uchib yurgan yigitni birpasda yerga tushirdi.
- Og‘ir mehnat uni nihoyatda toliqdirib qo‘ygan edi.
Javobni ko'rish
Og‘ir mehnat uni nihoyatda toliqdirib qo‘ygan edi.
#3
Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud?
- G‘afur G‘ulomning “Vaqt” she’rini yod oldik.
- Qo‘shiq −hayotning qalbdagi aks-sadosi.
- Bola tarbiyasida hamma: ota-ona ham ustozlar ham, javobgardir.
- Ey gul, nega qoshingda xor o‘ldim?
Javobni ko'rish
Bola tarbiyasida hamma: ota-ona ham ustozlar ham, javobgardir.
#4
Qo‘shib yoziladigan so‘zlar qatorini aniqlang.
- umum//xalq, dev//sifat
- olib//keldi, oy//singari
- mehmon//do‘st, qishin//yozin
- olov//rang, shu//vaqt
Javobni ko'rish
mehmon//do‘st, qishin//yozin
#5
To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
- taom, tafakkur
- ishtaxa, etiqod
- maslaxat, memor
- xavo, qa’tiy
Javobni ko'rish
taom, tafakkur
#6
Qaysi gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan?
- Hayot yo‘llaridan ishonch bilan borayotgan bolani ko‘rish dunyodagi eng go‘zal manzaradir.
- Ota-bobolarimiz yoshligimizdanoq halollik haqidagi tushunchalarni pand-nasihat yo‘li bilan ongimizga singdirishga uringanlar.
- Har xil sabablarga ko‘ra taom tanovul qilinayotganda davra aholisidan birortasining tomog‘iga ovqat tiqilib qolishi mumkin.
- Tomog‘iga ovqat tiqilib qolgan kishining yelkasiga ohistagina urib “Osh bo‘lsin!”, “Halolingiz bo‘lsin!” deyish jo‘yalidir.
Javobni ko'rish
Har xil sabablarga ko‘ra taom tanovul qilinayotganda davra aholisidan birortasining tomog‘iga ovqat tiqilib qolishi mumkin.
#7
Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan?
- Deraza oynasiga kumush yog‘du yopirildi, osuda tun butun borliqni allalay boshladi.
- Erta bahorda bodomning pushti rang gullari atrofni yanada chiroyli qilib yuboradi.
- Do‘stim, biz ham Aliyevning soyasida shunaqa mansablarni egallab o‘tiribmiz.
- Yosh chog‘im −oltin chog‘im, hayot tashvishlaridan xoli damlardir yoshlik.
Javobni ko'rish
Erta bahorda bodomning pushti rang gullari atrofni yanada chiroyli qilib yuboradi.
#8
Aniqlovchi ajratib ko‘rsatilgan gapni toping.
- Yasanib olgan Naziraxon chiqib keldi.
- O‘ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish.
- U o‘z ishini juda pishiq bajargan, xatosini topolmaysiz.
- Ey Vatan, sening tog‘laring buyuk, bog‘laring beqiyos!
Javobni ko'rish
Yasanib olgan Naziraxon chiqib keldi.
#9
Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan?
- mizg‘imoq −ko‘zi ilinmoq
- olamdan o‘tmoq −ko‘z yummoq
- yerga urmoq −oyoqosti qilmoq
- cho‘chib ketmoq −qo‘rqib ketmoq
Javobni ko'rish
cho‘chib ketmoq −qo‘rqib ketmoq
#10
Qaysi so‘zlar ravish turkumiga mansub?
- yuzlarcha, do‘stlarcha
- minglab, so‘zlab
- zo‘rg‘a, sovg‘a
- bafurja, arang
Javobni ko'rish
bafurja, arang
#11
Har bir o‘quvchiga 7 tadan darslik kitobi berilsa, 56 ta o‘quvchiga jami nechta darslik kitobi beriladi?
- 7
- 392
- 8
- 384
Javobni ko'rish
392
#12
Skuter narxi 9850000 so‘m. Skuterni 20 % chegirma bilan necha so‘mga sotib olish mumkin?
- 7880000
- 8000000
- 7900000
- 7800000
Javobni ko'rish
7880000
#13
Qirrasi 2 m bo‘lgan kichik kubning yoniga katta kub joylashtirilgan. Katta kubning barcha qirralari yig‘indisini (m) toping (kichik kubning qirrasi katta kub qirrasining yarmiga teng).
- 32
- 64
- 48
- 96
Javobni ko'rish
48
#14
Chizmadan eng uzun kesmani toping. AB ∥CD, AB ∥KN
- CD
- EF
- KN
- AB
Javobni ko'rish
AB
#15
Hisoblang: \(\frac{6 + 1}{8} : \frac{49}{64} - 3\)
- 3
- 5
- 6
- 4
Javobni ko'rish
3
#16
Har kuni ovqat tayyorlashga 0,5 litrdan yog‘ ishlatilsa, 3 litr yog‘ necha kunga yetadi?
- 9
- 7
- 8
- 6
Javobni ko'rish
6
#17
Uzunligi 1 km bo‘lgan yo‘l chizig‘ini yo‘lsoz qayta rang berib ta’mirlamoqda. Birinchi kuni bu yo‘l chizig‘ining 235 metrini, ikkinchi kuni esa 0,31 kilometrini ta’mirladi. Ta’mirlanishi kerak bo‘lgan necha metr yo‘l chizig‘i qolgan?
- 635
- 734
- 545
- 455
Javobni ko'rish
545
#18
Hisoblang: \(2 \cdot (18 -10) + 3 \cdot (15 -12)\)
- 25
- 20
- 30
- 15
Javobni ko'rish
25
#19
12 ta o‘quvchidan birini ko‘pi bilan necha xil usulda tanlab olish mumkin?
- 10
- 6
- 12
- 11
Javobni ko'rish
12
#20
Tenglamani yeching: \(-5 : x = \frac{1}{2}\)
- 5
- 5
- 10
- 10
Javobni ko'rish
10
#21
1018 ta qo‘zg‘almas yulduzning o‘rni va holatini aniqlab, ularning astronomik jadvalini tuzgan olimni aniqlang.
- Abu Rayhon Beruniy
- Mirzo Ulug‘bek
- Qozizoda Rumiy
- Ali Qushchi
Javobni ko'rish
Mirzo Ulug‘bek
#22
Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi vakili etib tayinlangan shaxsni aniqlang.
- M.Skobelev
- F.Girs
- P.Lessar
- S.M.Duxovskoy
Javobni ko'rish
P.Lessar
#23
Ahmad Donish Buxoroning qaysi amiri haqida quyidagi fikrlarni bayon qilgan? “U amirlik qalamini kambag‘allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bog‘idan dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan sug‘urib tashladi va adolat nihollarini o‘tqazdi.”
- Amir Muzaffar
- Amir Nasrullo
- Amir Haydar
- Amir Shohmurod
Javobni ko'rish
Amir Shohmurod
#24
1917-yilda tashkil etilgan Turkiston o‘lkasi musulmonlar kengashi (kraymussovet) raisi bo‘lgan shaxsni toping.
- Ismoil G‘aspirali
- Mahmudxo‘ja Behbudiy
- Mustafo Cho‘qay
- Usmon Yusupov
Javobni ko'rish
Mustafo Cho‘qay
#25
Sulton Ahmad davrida Bobur Mirzoning otasi Umarshayx Mirzoga qaysi hududlar qo‘shib berilgan?
- Farg‘ona va Xo‘jand
- Turkiston va Taroz
- Toshkent va Sayram
- Axsi va Kesh
Javobni ko'rish
Axsi va Kesh
#26
Quyidagi qaysi mahalliy hokimlik hukmdorlari dastlab, “malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u” nomi bilan atalgan?
- Sug‘d
- Toxariston
- Farg‘ona
- Eloq
Javobni ko'rish
Farg‘ona
#27
Somoniylar davlatida xalqaro savdo-sotiqda ishlatilgan kumush tangalar nima deb atalgan?
- kepaki
- fals
- fulusi adliya
- dirham
Javobni ko'rish
dirham
#28
1873-yil Xiva bosib olingach, xon xazinasini kontributsiya (tovon) evaziga musodara qilib Sankt-Peterburgga jo‘natgan shaxsni aniqlang.
- N.Veryovkin
- K.P.Kaufman
- M.Chernyayev
- M.Skobelev
Javobni ko'rish
K.P.Kaufman
#29
O‘zbekistonda 1996-yil qanday yil deb e’lon qilingan?
- "Amir Temur" yili
- "Alisher Navoiy" yili
- "Mirzo Ulug‘bek" yili
- "Jaloliddin Manguberdi" yili
Javobni ko'rish
"Amir Temur" yili
#30
Sug‘d yozuvi qaysi qadimgi yozuv asosida vujudga kelgan?
- oromiy yozuvi
- xorazm yozuvi
- toxar yozuvi
- baqtriya yozuvi
Javobni ko'rish
oromiy yozuvi
#31
Qaysi javobda qadimgi Misr afsonalariga daxldor bo‘lmagan xudo nomi keltirilgan?
- Anubis
- Ptax
- Okean
- Tot
Javobni ko'rish
Okean
#32
1931-yilda e’lon qilingan Xitoy Sovet Respublikasining raisi etib saylangan shaxsni belgilang.
- Chan Kayshi
- Sun Yatsen
- U Peyfu
- Mao Szedun
Javobni ko'rish
Mao Szedun
#33
Kastiliya qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib, o‘z elchilarini 1402-yilning bahorida dastlab Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboradi. Elchilarga qanday ma’lumotlarni to‘plash topshirilgan edi?
- Amir Temur va Boyazidning kuch-qudrati haqida; Amir Temurning To‘xtamishga qarshi urush rejasi haqida; Amir Temur va Boyazid qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida
- Amir Temur va Boyazidning kuch-qudrati haqida; Amir Temurning Boyazidning boyliklari va qo‘shinlarining soni haqida; Amir Temur va Boyazid qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida
- Amir Temurning To‘xtamishga qarshi urush rejasi haqida; Amir Temur va Boyazid qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida; Amir Temurning Germaniya va Italiya davlatlari bilan olib borayotgan aloqalari haqida
- Amir Temurning Boyazidning boyliklari va qo‘shinlarining soni haqida; Amir Temurning To‘xtamishga qarshi urush rejasi haqida; Amir Temurning Germaniya va Italiya davlatlari bilan olib borayotgan aloqalari haqida
Javobni ko'rish
Amir Temur va Boyazidning kuch-qudrati haqida; Amir Temurning To‘xtamishga qarshi urush rejasi haqida; Amir Temur va Boyazid qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida
#34
Shayboniylar davrida joriy etilgan quyidagi soliqlar va ularga mos keluvchi javoblarni aniqlang.
1) zobitona; 2) madadi lashkar; 3) zakot.
a) aholi mol-mulkidan olinadigan soliq; b) hukmdor uchun yig‘iladigan maxsus soliq; c) davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun yig‘iladigan soliq; d) harbiy soliq
- 1-b, 2-d, 3-a
- 1-c, 2-d, 3-b
- 1-b, 2-c, 3-d
- 1-c, 2-b, 3-a
Javobni ko'rish
1-c, 2-d, 3-b
#35
“Homiy, himoyachi” degan ma’noni anglatuvchi atamani toping.
- puritan
- protektor
- termidor
- komprador
Javobni ko'rish
protektor
#36
Ikkinchi jahon urushidan keyin taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlagan quyidagi davlatlardan qaysilari XX asrning 90 yillarida ahvoli og‘irlashib, dunyoning eng kambag‘al mamlakatlari qatoriga kirgan?
- Vyetnam; Filippin; Malayziya
- Indoneziya; Filippin; Malayziya
- Indoneziya; Kambodja; Laos
- Vyetnam; Kambodja; Laos
Javobni ko'rish
Vyetnam; Kambodja; Laos
#37
Tarixiy-mantiqiy bog‘liqlik (ketma-ketlik, moslik) to‘g‘ri berilgan javobni toping.
- Hirot hukmdorlari −Abu Said −Abulfayzxon
- Hirot hukmdorlari −Abulqosim Bobur −Abu Said mirzo
- Xiva xonlari −Subhonqulixon −Erdonabiy
- Xiva xonlari −Abdullaxon II −Olimxon
Javobni ko'rish
Hirot hukmdorlari −Abulqosim Bobur −Abu Said mirzo
#38
Germaniyaning 1870-1918-yillardagi tarixiga oid ma’lumotni aniqlang.
- GFRning NATOga kirishi
- Germaniya Federativ Respublikasining vujudga kelishi
- Germaniyaning agrar davlatdan industrial davlatga aylanishi
- K.Adenauer kanslerligining boshlanishi
Javobni ko'rish
Germaniyaning agrar davlatdan industrial davlatga aylanishi
#39
II jahon urushi yillarida O‘zbekistonda mehnatkashlarning kuchi bilan barpo etilgan kanallarni aniqlang.
- Kosonsoy; Rudasoy
- Shimoliy Farg‘ona; So‘x-Shohimardon
- Kosonsoy; So‘x-Shohimardon
- Shimoliy Farg‘ona; Kosonsoy
Javobni ko'rish
Kosonsoy; So‘x-Shohimardon
#40
Quyida berilganlardan XVI-XVIII asrlarga oid bo‘lganlarini toping.
- Afyun urushi; Tilzit shartnomasi; Vena kongressi
- Afyun urushi; Vestfal sulhi; Vena kongressi
- O‘ttiz yillik urush; Tilzit shartnomasi; Yetti yillik urush
- O‘ttiz yillik urush; Vestfal sulhi; Yetti yillik urush
Javobni ko'rish
O‘ttiz yillik urush; Vestfal sulhi; Yetti yillik urush
#41
“U Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ga uch yillik, besh yillik, yetti yillik yurishlarni amalga oshirgan. 1381-yilda Seiston, Mozandaronni egallagan. Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni o‘z qo‘l ostida birlashtirgan”. Yuqoridagi ma’lumotlar qaysi hukmdor haqida ekanligini toping.
- Tug‘luq Temur
- Xalil Sulton Mirzo
- Amir Temur
- Kebek
Javobni ko'rish
Amir Temur
#42
Qaysi davr boshlanishi bilan muzlik davri poyoniga yetgan?
- o‘rta paleolit
- mezolit
- eneolit
- ilk paleolit
Javobni ko'rish
mezolit
#43
Rim va Karfagen o‘rtasidagi birinchi Puni urushi qanday natija bilan yakunlangan?
- Karfagen g‘alaba qozonib, Sitsiliyani egalladi va Rimni o‘lpon to‘lashga majbur qildi
- Karfagen g‘alaba qozonib, janubiy Italiyani bosib oldi
- Rim Karfagenni to‘liq bosib oldi
- Rim g‘alaba qozonib, Sitsiliyani egalladi va Karfagenni o‘lpon to‘lashga majbur qildi
Javobni ko'rish
Rim g‘alaba qozonib, Sitsiliyani egalladi va Karfagenni o‘lpon to‘lashga majbur qildi
#44
Yangi davrda quyidagi qaysi voqea tufayli Germaniya orqali o‘tadigan savdo yo‘llari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan?
- dengiz savdo yo‘llarining Atlantika okeaniga ko‘chganligi
- AQSh ning tashkil topishi
- Levant va Shimoliy savdo yo‘llarining ochilishi
- dengiz savdo yo‘llarining O‘rtayer dengiziga ko‘chganligi
Javobni ko'rish
dengiz savdo yo‘llarining Atlantika okeaniga ko‘chganligi
#45
VI asrda qaysi sulolaning hokimiyat tepasiga kelishi bilan to‘rt asr davom etgan Xitoydagi o‘zaro urushlarga chek qo‘yilgan?
- Sin
- Suy
- Yuan
- Sun
Javobni ko'rish
Suy
QuizPilotda o'ynash