DTM

Tarix · DTM

by QuizPilot · 45 questions · 2 saves · 0 likes
Play in QuizPilot
#1
Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligi Rossiyaning qaysi imperatori davrida bosib olingan?
  1. Nikolay II
  2. Nikolay I
  3. Aleksandr II
  4. Yekaterina II
Show answer
Nikolay I
#2
"Sikstin madonnasi" asarini yaratgan rassomni toping.
  1. Mikelanjelo Buonarroti
  2. Rafael Santi
  3. Migel de Servantes
  4. Leonardo da Vinchi
Show answer
Rafael Santi
#3
Eron shohi ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda mamlakatda inglizlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida qanday yo‘l tutdi?
  1. Fransiya bilan kelishuv yo‘lini tutdi
  2. Turkiya bilan erkin savdoni yo‘lga qo‘ydi
  3. Germaniya bilan hamkorlikni kuchaytirdi
  4. Sovet davlati bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi
Show answer
Germaniya bilan hamkorlikni kuchaytirdi
#4
XIX asr oxiri −XX asr boshlarida O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish bilan bo‘g‘liq tadqiqot ishlarini olib borgan qaysi rus sayyohi Pomir tog‘ tizimini o‘rganib chiqqan?
  1. N.Vasilevskiy
  2. P.Fedchenko
  3. N.A.Seversev
  4. P.P.Semyonov-Tyanshanskiy
Show answer
P.P.Semyonov-Tyanshanskiy
#5
Quyidagilardan Rim Respublikasi konsullarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganlarini aniqlang.
  1. qonunlar qabul qilgan; harbiy davrlarda qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan
  2. har yili Beshyuzlar kengashiga hisob bergan; qonunlar qabul qilgan
  3. yil davomida Respublikani boshqarib, rimliklarni sud qilgan; har yili Beshyuzlar kengashiga hisob bergan
  4. yil davomida Respublikani boshqarib, rimliklarni sud qilgan; harbiy davrlarda qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan
Show answer
yil davomida Respublikani boshqarib, rimliklarni sud qilgan; harbiy davrlarda qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan
#6
XIX asr 70-80-yillarida Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillarni toping.
  1. Germaniya tadbirkorlarining boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalanishi; Afrikada Tunis, Liviya, Marokashni bosib olishi
  2. Buyuk Britaniyadan olingan 5 mlrd marka tovon puli; sanoatning tez sur’atlar bilan harbiylashtirilishi
  3. Germaniya tadbirkorlarining boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalanishi; sanoatning tez sur’atlar bilan harbiylashtirilishi
  4. Buyuk Britaniyadan olingan 5 mlrd marka tovon puli; Afrikada Tunis, Liviya, Marokashni bosib olishi
Show answer
Germaniya tadbirkorlarining boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalanishi; sanoatning tez sur’atlar bilan harbiylashtirilishi
#7
Misrda qaysi prezident boshqaruvi davrida "Musulmon birodarlar" radikal tashkiloti terrorchi tashkilot deb e’lon qilinib, uning faollari qatag‘on qilingan?
  1. Husni Muborak
  2. Muhammad Mursi
  3. Mengistu Xayle Mariam
  4. Abdul Fattoh as-Sisi
Show answer
Abdul Fattoh as-Sisi
#8
Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping.
  1. I-mamlakat shimolidagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashgan, Vilgelm I Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro‘yxatini o‘tkazgan; II-Lenyano jangida Liga qo‘shini tomonidan imperator ritsarlari tor-mor qilingan, mamlakatda "Jakeriya" nomini olgan dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan; III-baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga "qalqon puli" solig‘ini to‘lashga ruxsat berilgan
  2. I-mamlakat shimolidagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashgan, Lenyano jangida Liga qo‘shini tomonidan imperator ritsarlari tor-mor qilingan; II-3-salib yurishida ishtirok etib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan, mamlakatda "Jakeriya" nomini olgan dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan; III-baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga "qalqon puli" solig‘ini to‘lashga ruxsat berilgan
  3. I-mamlakat shimolidagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashgan, baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga "qalqon puli" solig‘ini to‘lashga ruxsat berilgan; II-Lenyano jangida Liga qo‘shini tomonidan imperator ritsarlari tor-mor qilingan, Vilgelm I Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro‘yxatini o‘tkazgan; III-3-salib yurishida ishtirok etib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan
  4. I-mamlakat shimolidagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashgan, Lenyano jangida Liga qo‘shini tomonidan imperator ritsarlari tor-mor qilingan; II-Vilgelm I Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro‘yxatini o‘tkazgan, baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga "qalqon puli" solig‘ini to‘lashga ruxsat berilgan; III-3-salib yurishida ishtirok etib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan
Show answer
I-mamlakat shimolidagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashgan, Vilgelm I Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro‘yxatini o‘tkazgan; II-Lenyano jangida Liga qo‘shini tomonidan imperator ritsarlari tor-mor qilingan, mamlakatda "Jakeriya" nomini olgan dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan; III-baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga "qalqon puli" solig‘ini to‘lashga ruxsat berilgan
#9
O‘rta asrlarda Fransiya viloyatlari o‘rtasida boshlangan mehnat taqsimoti davrida Normandiya qaysi sohalarga ixtisoslashgan edi?
  1. temir, vinochilik, zig‘ir tolasidan surp to‘qish
  2. tuz ishlab chiqarish, zig‘ir tolasidan surp to‘qish
  3. temir, tuz ishlab chiqarish, ot va qoramol yetishtirish
  4. tuz ishlab chiqarish, jundan matolar to‘qish
Show answer
tuz ishlab chiqarish, zig‘ir tolasidan surp to‘qish
#10
1512-yil G‘ijduvonda shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda shayboniylar qo‘shiniga qo‘mondonlik qilgan shaxslarni aniqlang.
  1. Ubaydullaxon
  2. Bobur
  3. Ahmadxon
  4. Shayx Xaydar
Show answer
Ubaydullaxon
#11
Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida tarixiy asar va uning muallifi bir-biriga muvofiq keladi?
  1. 2, 4
  2. 1, 5
  3. 3, 6
  4. 2, 5
Show answer
2, 4
#12
Fransiyada 1795-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga ko‘ra, ijro hokimiyati qaysi organga berilgan?
  1. Beshyuzlar Kengashiga
  2. Konventga
  3. Direktoriyaga
  4. Oqsoqollar Kengashiga
Show answer
Direktoriyaga
#13
Xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan hududda qadimgi davrda vujudga kelgan davlatni toping.
  1. Sparta davlati
  2. Franklar davlati
  3. Etrusklar davlati
  4. Miken davlati
Show answer
Etrusklar davlati
#14
1921-yil dekabrda Tinch okeani havzasidagi o‘z orollariga egalik qilish huquqlarini kafolatlovchi shartnomani imzolagan to‘rt davlatdan ikkitasi xaritada qaysi raqamlar ostida berilgan?
  1. 3, 5
  2. 2, 6
  3. 1, 3
  4. 4, 6
Show answer
1, 3
#15
Quyidagi jadvalda voqea va uning natijasi o‘zaro mos berilgan qatorlarni aniqlang.
  1. 1920-yilning 2-sentabrida Qizil armiya tomonidan Buxoro shahrining egallanishi - Buxoro Xalq Sovet respublikasining tuzilishi
  2. Ukrainada 2014-yildagi «rangli inqilob» - Qrimning Belorussiyaga qo‘shib olinishi
  3. Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon tomonidan 1822-yilda jahonshumul ahamiyatga molik kashfiyotning amalga oshirilishi - Finikiya alifbosini o‘qish imkoni paydo bo‘lishi
  4. 1756-yilda Muhammad Rahimbiy Buxoroda hokimiyatni to‘la egalladi - Mang‘itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi
  5. 1903-yil AQSh Panamada Kolumbiyaga qarshi isyon tashkil etdi - Panamaning mustaqil respublika deb e’lon qilinishi
Show answer
Ukrainada 2014-yildagi «rangli inqilob» - Qrimning Belorussiyaga qo‘shib olinishi
#16
Yevrosiyoning subtropik iqlim mintaqasida yozda va qishda qaysi havo massalari hukmronlik qiladi?
  1. tropik va mo‘tadil
  2. subekvatorial va tropik
  3. ekvatorial va subekvatorial
  4. subtropik va tropik
Show answer
tropik va mo‘tadil
#17
Farg‘ona iqtisodiy rayoni qaysi sanoat mahsulotlarini chetga chiqaradi?
  1. mashina va asbob-uskunalar, g‘alla
  2. asbob-uskunalar, ko‘mir
  3. ip-gazlamalar, sement
  4. shifer, yog‘och va taxta
Show answer
ip-gazlamalar, sement
#18
Qaysi daryo mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi?
  1. Chirchiq
  2. Qoradaryo
  3. Murg‘ob
  4. Oqsuv
Show answer
Murg‘ob
#19
Yevrosiyoyning eng katta qismini qaysi iqlim mintaqasi egallaydi?
  1. arktika
  2. subarktika
  3. subtropik
  4. mo‘tadil
Show answer
mo‘tadil
#20
Dunyo okeanini birinchi bo‘lib kim beshta okeanga ajratgan?
  1. Y.Lisyanskiy
  2. Varenius
  3. Lavuazye
  4. Vegener
Show answer
Varenius
#21
O‘zbekiston hududining iqlimiga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni belgilang.
  1. ba’zan hududiga Arktika va Sibir havo massalarining kirib kelishi va turib qolishi natijasida qishda qor ko‘p yog‘adi; yog‘inni asosan Atlantikadan esadigan tropik havo massalari keltiradi, shuning uchun yillik yog‘in miqdori hududi bo‘ylab sharqdan g‘arbga tomonga ortib boradi
  2. ba’zan hududiga Arktika va Sibir havo massalarining kirib kelishi va turib qolishi natijasida qishda qor ko‘p yog‘adi; hududiga yil davomida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy shamollar esib turadi
  3. hududiga yil davomida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy shamollar esib turadi; O‘rta Osiyoning janubiy qismi tog‘lar bilan o‘ralganligi iliq tropik havo massalarining O‘zbekiston hududiga kirib kelishiga to‘siq bo‘ladi
  4. hududiga yil davomida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy shamollar esib turadi; yog‘inni asosan Atlantikadan esadigan tropik havo massalari keltiradi, shuning uchun yillik yog‘in miqdori hududi bo‘ylab sharqdan g‘arbga tomonga ortib boradi
Show answer
ba’zan hududiga Arktika va Sibir havo massalarining kirib kelishi va turib qolishi natijasida qishda qor ko‘p yog‘adi; hududiga yil davomida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy shamollar esib turadi
#22
Afrika qit’asidagi qaysi davlatlar neft va tabiiy gazni qazib olish va eksportga chiqarish hajmi bilan ajralib turadi?
  1. Angola, Liviya, Ekvatorial Gvineya
  2. JAR, KDR, Sudan
  3. Niger, Uganda, Jazoir
  4. Efiopiya, Misr, Nigeriya
Show answer
Angola, Liviya, Ekvatorial Gvineya
#23
Aristotel geografiya fani rivojiga qanday hissa qo‘shgan?
  1. Olamning markazida Yer turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi
  2. Yerning o‘lchamlarini nazariy jihatdan aniqladi
  3. Yerning geografik koordinatalarini aniqladi
  4. Yerning Quyosh atrofida aylanishini isbotladi
Show answer
Olamning markazida Yer turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi
#24
Tog‘ etagidagi mutlaq balandligi 442 metr bo‘lgan A va shu tog‘ cho‘qqisidagi B nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik 750 metrni tashkil qiladi. Agar A nuqtada havo bosimi 752 mm Hg bo‘lsa, B nuqtadagi havo bosimini aniqlang.
  1. 623 mm Hg
  2. 762 mm Hg
  3. 742 mm Hg
  4. 677 mm Hg
Show answer
677 mm Hg
#25
Quyidagilardan vulqonli orollarni aniqlang.
  1. Valkano, Fiji
  2. Nauru, Marshall
  3. Pasxa, Tuamotu
  4. Solomon, Gilbert
Show answer
Valkano, Fiji
#26
Osiyoning iqtisodiy rivojlanganligi va xo‘jaligining iqtisoslashuviga ko‘ra sust rivojlanayotgan agrar-industrial mamlakatlar guruhiga kiruvchi davlatlarini aniqlang.
  1. Nepal, Myanma, Butan
  2. Afg‘oniston, Yaman, Sharqiy Timor
  3. Bangladesh, Kambodja, KXDR
  4. Mongoliya, Laos, Livan
Show answer
Afg‘oniston, Yaman, Sharqiy Timor
#27
G‘arbiy Yevropada joylashgan hamda Yevropa va butun jahon miqyosida katta ta’sir doirasiga ega bo‘lgan yirik shaharlardan birini toping.
  1. Vilnyus
  2. Oslo
  3. Madrid
  4. London
Show answer
London
#28
Yoz oylarida O‘rta Osiyo ustida turib qoladigan kontinental tropik havo massasi o‘lkaning tekisliklari ustida vujudga kelgandan so‘ng qanday iqlimiy sharoit tarkib topadi?
  1. o‘lka hududi iliq, namchil va bulutli bo‘ladi
  2. bu yerda harorat juda baland, quruq va g‘uborli bo‘ladi
  3. bu yerda harorat biroz pasayadi, havo esa bulutli bo‘ladi
  4. o‘lka hududi salqin bo‘lib, bir oz yog‘ingarchilik bo‘ladi
Show answer
bu yerda harorat juda baland, quruq va g‘uborli bo‘ladi
#29
Grafikdagi ma’lumotlar asosida 2015-yilda shahar aholisi tug‘ilish va immigratsiya hisobiga necha kishiga ko‘payganini aniqlang (jami aholisi yil boshida 100 000 kishi).
  1. 200
  2. 1000
  3. 2000
  4. 100
Show answer
2000
#30
Hindiston hududida asosan, qaysi oylarda ko‘p yog‘in yog‘adi?
  1. noyabr-yanvar
  2. iyun-oktabr
  3. may-iyun
  4. mart-aprel
Show answer
iyun-oktabr
#31
Osiyoning iqtisodiy rivojlanganligi va xo‘jaligining iqtisoslashuviga ko‘ra turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan mamlakatlar guruhiga kiruvchi davlatlarini aniqlang.
  1. Shri-Lanka, Tailand
  2. Myanma, Bruney
  3. Livan, Maldiv Res
  4. Sharqiy Timor, Malayziya
Show answer
Shri-Lanka, Tailand
#32
Okeaniyadagi qaysi mamlakat AQSh nazorati ostidagi hududdan mustaqil davlatga aylandi (1994-yil)?
  1. Yangi Zelandiya
  2. Yangi Kaledoniya
  3. Nauru
  4. Palau
Show answer
Palau
#33
Surxondaryo tabiiy geografik okrugini shimol tomonidan Hisor tizmasi o‘rab turadi. Hisor tizmasi janubi-g‘arbida Chaqchar, Boysun, Surxontog‘ kabi tarmoqlari joylashgan bo‘lib, ular . . . (I) erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida burmalangan. G‘arbdagi . . . (II) tog‘ining suvayirg‘ich qismidan Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara o‘tadi. Matndagi nuqtalar o‘rniga quyidagi ma’lumotlardan mos keladigan javobni toping.
  1. I-1; II-3
  2. I-1; II-4
  3. I-2; II-4
  4. I-2; II-3
Show answer
I-1; II-4
#34
Muruntov, Ko‘kpatas oltin konlari qayerda joylashgan?
  1. Qoraqumda
  2. Mirzacho‘lda
  3. Qizilqumda
  4. Ustyurtda
Show answer
Qizilqumda
#35
Navoiy viloyati sanoatining asosiy tarmoqlarini aniqlang.
  1. elektroenergetika, to‘qimachilik, eletrotexnika
  2. neft-kimyo, yoqilg‘i, tog‘-kon sanoati
  3. rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati
  4. neft-gaz, oziq-ovqat sanoati, farmasevtika
Show answer
rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati
#36
Quyidagi ma’lumotlar qaysi davlat aholisiga tegishli ekanligini toping: 1) urbanizatsiya darajasi 57 % ga teng; 2) aholining milliy tarkibida asosiy millatning salmog‘i 67,5 % ni tashkil etadi; 3) jami aholisining 3 % ini o‘zbeklar tashkil etadi
  1. Qirg‘iziston
  2. Tojikiston
  3. Qozog‘iston
  4. Turkmaniston
Show answer
Qozog‘iston
#37
Yer po‘stida eng ko‘p tarqalgan kimyoviy elementlardan birini toping.
  1. kremniy
  2. vodorod
  3. simob
  4. uglerod
Show answer
kremniy
#38
Antarktida materigiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar qaysi javobda berilgan?
  1. muzsiz zaminining cho‘kmasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, “janubiy magnit qutbi” shu yerda joylashgan
  2. eng keksa materik, muz tagi relyefining o‘rtacha qalinligi 1000 metrgacha boradi, chuqur botiqlari bor
  3. chuchuk suv zaxirasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, hududidan neft va tabiiy gaz qazib olinadi
  4. Yer yuzasining “sovuqlik qutbi” Antarktika yarimorolida joylashgan, eng past joyi Vinson massivi
Show answer
eng keksa materik, muz tagi relyefining o‘rtacha qalinligi 1000 metrgacha boradi, chuqur botiqlari bor
#39
Farg‘ona iqtisodiy rayoni mashinasozligining yirik markazlarini aniqlang.
  1. Oltiariq, Qo‘qon
  2. Quvasoy, Andijon
  3. Oltiariq, Farg‘ona
  4. Farg‘ona, Namangan
Show answer
Oltiariq, Qo‘qon
#40
Okean tubining relyef shakllari va ularning chuqurligi mos tushadigan to‘g‘ri javobni aniqlang: 1) 3000 m gacha; 2) 6000 m gacha. a) shelf; b) batial; c) abissal.
  1. 1-b, 2-a
  2. 1-b, 2-c
  3. 1-a, 2-b
  4. 1-a, 2-c
Show answer
1-a, 2-c
#41
Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan to‘g‘ri javobni toping. I II III Malayziya Singapur a) mamlakat sanoati uchun xomashyo resurslarini qo‘shni davlatlardan import qiladi; b) iqtisodiy rivojlanganligi va xo‘jaligining ixtisoslashuviga ko‘ra, Osiyoning yangi industrial davlatlari tarkibiga kiradi; c) mamlakat sanoati, asosan, ko‘ptarmoqli mashinasozlikka ixtisoslashgan
  1. I-b; II-c; III-a
  2. I-c; II-a; III-b
  3. I-a; II-c; III-b
  4. I-c; II-b; III-a
Show answer
I-b; II-c; III-a
#42
Lotin Amerikasi mamlakatlari ichida quyidagi qaysi davlat paxtani ko‘p eksport qiladi?
  1. Salvador
  2. Urugvay
  3. Braziliya
  4. Ekvador
Show answer
Braziliya
#43
Ozon qatlamining yemirilishiga eng ko‘p ta’sir etuvchi kimyoviy birikmani belgilang.
  1. argon
  2. freon
  3. radon
  4. neon
Show answer
freon
#44
Quyidagi yozuvsiz xaritada Pireney, Hindiston va Arabiston yarimorollari qaysi raqamlar bilan belgilanganligini mos ravishda toping.
  1. 1, 3, 6
  2. 1, 4, 2
  3. 2, 5, 4
  4. 3, 5, 6
Show answer
3, 5, 6
#45
Quyidagi ma’lumotlar qaysi davlatga tegishli: 1) aholi tabiiy ko‘payishining past darajasi bilan ajralib turadi (yiliga 0,1-0,2%); 2) aholisi eng zich darajada Kanto tekisligida joylashgan; 3) etnik tarkibiga ko‘ra bir millatli davlat; 4) Inchxon, Kvanchju va Tedjon eng yirik shaharlari qatoriga kiradi; 5) mamlakatda jahondagi eng yirik megalopolislardan biri shakllangan.
  1. 1, 2, 5
  2. 2, 3, 5
  3. 2, 3, 4
  4. 1, 3, 4
Show answer
2, 3, 4
Play in QuizPilot