O'zbekiston tarixi
tarix\
muallif: 💍 · 199 ta savol ·
17 saqlash · 0 layk
QuizPilotda o'ynash
#1
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitish jarayoni qaysi o‘quv yilidan boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarida boshlandi?
- 2022-2023
- 2022-2023
- 2018-2019
- 2020-2021
Javobni ko'rish
2018-2019
#2
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti nima?
- qadiryatlar va urf-odatlar
- inson va tabiat
- borliq masalalari
- inson va jamiyat
Javobni ko'rish
inson va jamiyat
#3
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ilmiy usul va tamoyillari nimalardan iborat?
- barcha javoblar to‘g ’ri
- Ilmiy xolislik (ob’yektivlik), tarixiy – tahliliylik, matematik hisoblash
- Mantiqiy – uzviylik, vorislik va xronologik izchillik, g‘oyaviylik va vatanparvarlik
- Tarixiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilish
Javobni ko'rish
barcha javoblar to‘g ’ri
#4
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qaysi yilgi Farmoniga ko‘ra O‘zbekistonning yangi tarixini tayyorlash va nashr qilish haqida qaror qabul qilindi?
- 1996-yil 13-dekabrdagi
- 1998-yil 13-dekabrdagi
- 1997-yil 13-dekabrdagi
- 1995-yil 13-dekabrdagi
Javobni ko'rish
1996-yil 13-dekabrdagi
#5
O‘zbekiston qachon Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan?
- 1993-yilda
- 1995-yilda
- 1992-yilda
- 1991-yilda
Javobni ko'rish
1992-yilda
#6
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) qachon tashkil topgan?
- 2010-yilda
- 1996-yilda
- 1995-yilda
- 2001-yilda
Javobni ko'rish
2001-yilda
#7
O‘zbekiston qaysi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lib, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratgan?
- Varshava shartnomasi
- MDH
- Antanta
- NATO
Javobni ko'rish
MDH
#8
O‘zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarga qanday ahamiyat berilgan?
- Iqtisodiy sohada cheklangan
- Ustuvor yo‘nalish sifatida qaralgan
- E’tibor berilmagan
- Faqat harbiy sohada rivojlantirilgan
Javobni ko'rish
Ustuvor yo‘nalish sifatida qaralgan
#9
Qaysi tarixchi olim fikricha, Markaziy Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga oladi?
- Sagdullaev
- J.Mirzoev
- Asqarov
- E.Rtveladze
Javobni ko'rish
Sagdullaev
#10
Tarixni davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida O‘zbekiston tarixini nechta davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqligi ilgari surilgan?
- 6 ta
- 5 ta
- 7 ta
- 8 ta
Javobni ko'rish
6 ta
#11
Jadidchilik harakati qachon vujudga kelgan?
- XVII asrda
- XX asr o‘rtalarida
- XIX asr oxiri – XX asr boshida
- XVIII asr boshida
Javobni ko'rish
XIX asr oxiri – XX asr boshida
#12
“Jadid” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
- Yangi
- Mustaqil
- Qadimgi
- Ilm
Javobni ko'rish
Yangi
#13
Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi nima edi?
- Ma’rifat va jamiyatni isloh qilish
- Mustamlakachilikni qo‘llab-quvvatlash
- Milliy ozodlik harakatini boshlash
- Xonliklarni tiklash
Javobni ko'rish
Ma’rifat va jamiyatni isloh qilish
#14
Jadidlar eng avvalo qaysi sohani isloh qilishga e’tibor qaratgan?
- Ta’lim tizimini
- Harbiy sohani
- Madaniyat sohasini
- Soliq tizimini
Javobni ko'rish
Ta’lim tizimini
#15
Jadid maktablari qanday nom bilan mashhur bo‘lgan?
- Usuli jadid maktablari
- Qadim maktablari
- Zamonaviy maktablar
- Madrasa maktablari
Javobni ko'rish
Usuli jadid maktablari
#16
Jadidchilik harakatining g‘oyaviy asoschilaridan biri kim edi?
- Ismoil G‘aspirali
- Alisher Navoiy
- Ahmad Yassaviy
- Yusuf Xos Xojib
Javobni ko'rish
Ismoil G‘aspirali
#17
Ismoil G‘aspirali tomonidan ilgari surilgan mashhur shior qaysi edi?
- Ozodlik va tenglik
- Kuch adolatda
- Vatan himoyasi muqaddasdir
- Tilda, fikrda, ishda birlik
Javobni ko'rish
Tilda, fikrda, ishda birlik
#18
Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri kim edi?
- Amir Temur
- Bobur Mirzo
- Mahmudxo‘ja Behbudiy
- Muhammad Shayboniyxon
Javobni ko'rish
Mahmudxo‘ja Behbudiy
#19
Mahmudxo‘ja Behbudiy qaysi faoliyati bilan mashhur bo‘lgan?
- Harbiy sarkarda
- Savdogar
- Shoir
- Jadid ma’rifatchisi va dramaturg
Javobni ko'rish
Jadid ma’rifatchisi va dramaturg
#20
Jadidlar qanday usuldagi ta’limni targ‘ib qilgan?
- Zamonaviy va dunyoviy ta’limni
- Harbiy ta’limni
- Qadimiy usuldagi ta’limni
- Faqat diniy ta’limni
Javobni ko'rish
Zamonaviy va dunyoviy ta’limni
#21
Abdulla Avloniy jadidchilik harakatida qaysi yo‘nalishda faol bo‘lgan?
- Siyosatda
- Diplomatiyada
- Harbiy sohada
- Ma’rifat va pedagogika sohasida
Javobni ko'rish
Ma’rifat va pedagogika sohasida
#22
Munavvarqori Abdurashidxonov nimasi bilan mashhur?
- Jadid maktablari tashkilotchisi bo‘lgani bilan
- Xon bo‘lgani bilan
- Harbiy qo‘mondon bo‘lgani bilan
- Olim bo‘lgani bilan
Javobni ko'rish
Jadid maktablari tashkilotchisi bo‘lgani bilan
#23
Jadidlar matbuotga qanday qaragan?
- Ma’rifat tarqatish vositasi deb bilgan
- Faqat diniy matbuotni qo‘llagan
- Keraksiz deb hisoblagan
- Taqiqlash tarafdori bo‘lgan
Javobni ko'rish
Ma’rifat tarqatish vositasi deb bilgan
#24
“Taraqqiy” gazetasi qaysi harakat bilan bog‘liq edi?
- Jadidlar
- Qo‘qon xonligi
- Mang‘itlar
- Bolsheviklar
Javobni ko'rish
Jadidlar
#25
Jadidlar ayollar ta’limiga qanday munosabatda bo‘lgan?
- Faqat diniy ta’limni qo‘llagan
- Qarshi bo‘lgan
- Qo‘llab-quvvatlagan
- Befarq bo‘lgan
Javobni ko'rish
Qo‘llab-quvvatlagan
#26
Jadidchilik harakati qaysi hududlarda rivojlangan?
- Amerikada
- Turkiston, Qrim va Volgabo‘yida
- Xitoyda
- Yevropada
Javobni ko'rish
Turkiston, Qrim va Volgabo‘yida
#27
Jadidlar teatr san’atiga qanday qaragan?
- E’tibor bermagan
- Tarbiya va ma’rifat vositasi deb bilgan
- Taqiqlash kerak deb bilgan
- Faqat diniy mavzudagi tomoshalarni qo‘llagan
Javobni ko'rish
Tarbiya va ma’rifat vositasi deb bilgan
#28
Jadidchilik harakati vakillari qaysi davrda qatag‘onga uchragan?
- 1930-yillarda
- XIX asr boshida
- XX asr boshida
- 1950-yillarda
Javobni ko'rish
1930-yillarda
#29
Jadidlarning siyosiy qarashlarida qanday g‘oya muhim o‘rin tutgan?
- Xalq hokimiyatini o‘rnatish
- Monarxiyani kuchaytirish
- Milliy uyg‘onish va taraqqiyot
- Mustamlakachilikni qo‘llab-quvvatlash
Javobni ko'rish
Milliy uyg‘onish va taraqqiyot
#30
Jadidchilik harakati Turkiston tarixida qanday ahamiyat kasb etgan?
- Faqat diniy oqim bo‘lgan
- Siyosiy partiya bo‘lgan
- Milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik harakati bo‘lgan
- Harbiy ittifoq bo‘lgan
Javobni ko'rish
Milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik harakati bo‘lgan
#31
Amir Temur davrida ilm-fan markazi bo‘lgan shahar?
- Qo‘qon
- Samarqand
- Buxoro
- Xiva
Javobni ko'rish
Samarqand
#32
Mirzo Ulug‘bek qaysi fan rivojiga hissa qo‘shgan?
- Astronomiya
- Kimyo
- Biologiya
- Fizika
Javobni ko'rish
Astronomiya
#33
Ulug‘bek rasadxonasi qayerda joylashgan?
- Samarqand
- Buxoro
- Xiva
- Toshkent
Javobni ko'rish
Samarqand
#34
Ali Qushchi kim bo‘lgan?
- Me'mor
- Harbiy
- Astronom va matematik
- Shoir
Javobni ko'rish
Astronom va matematik
#35
Temuriylar davri nimasi bilan mashhur?
- Savdo-sotiqning rivojlanishi bilan
- Ilm-fan va madaniyat rivoji bilan
- Qoloqlik bilan
- Faqat urushlar bilan
Javobni ko'rish
Ilm-fan va madaniyat rivoji bilan
#36
Yangi davr fani qachondan shakllana boshladi?
- XII asrdan
- XVI-XVII asrlardan
- XIX asrdan
- IX asrdan
Javobni ko'rish
XVI-XVII asrlardan
#37
Isaak Nyuton qaysi qonunni yaratgan?
- Kvant nazariyasi
- Elastiklik qonuni
- Nisbiylik nazariyasi
- Tortishish qonuni
Javobni ko'rish
Tortishish qonuni
#38
Dekart qaysi usul asoschisi?
- Analitik geometriya
- Astronomiya
- Musiqa nazariyasi
- Tibbiyot
Javobni ko'rish
Analitik geometriya
#39
XVIII-XIX asrlarda sanoat inqilobi qayerda boshlandi?
- Germaniya
- Rossiya
- Angliya
- Fransiya
Javobni ko'rish
Angliya
#40
O‘zbekiston tarixining yettinchi davri qanday nomlanadi va qaysi davrni o‘z ichiga oladi?
- Urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi, "Ilk o‘rta asrlar davri"
- Eng yangi davr, 1991-yil 31-avgustdan to bugungi kungacha
- Mustamlakachilik, Rossiya imperiyasi bosqinidan to 1917-yil oktabr to‘ntarishigacha
- Temuriylar davri, X asrdan XII asrgacha
Javobni ko'rish
Eng yangi davr, 1991-yil 31-avgustdan to bugungi kungacha
#41
Mustaqil taraqqiyot davri nechta bosqichga bo‘linadi va qaysilar?
- 2 bosqich (1991-2005, 2006-bugungi kun)
- 3 bosqich (1991-1999, 2001-2009, 2010-2017)
- 3 bosqich (1991-2000, 2001-2010, 2010-2017)
- 3 bosqich (1990-1999, 2000-2009, 2009-2017)
Javobni ko'rish
3 bosqich (1991-1999, 2001-2009, 2010-2017)
#42
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyun kuni qabul qilingan qaysi qarori O‘zbekistonning eng yangi tarixini yaratishda muhim burilish bo‘lib xizmat qildi?
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Tarix instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
- O’zbekiston Respublikasi Arxeologiya ilmiy tekshirish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi Etnografiya ilmiy tekshirish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Javobni ko'rish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
#43
XIX asrda kim evolyutsiya nazariyasini yaratdi?
- Nyuton
- Darvin
- Aristotel
- Galiley
Javobni ko'rish
Darvin
#44
1-prezidentimiz I.A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasi nechanchi yilda chop etilgan?
- 1998
- 2000
- 1997
- 1999
Javobni ko'rish
1998
#45
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish ob’yekti nima hisoblanadi?
- Mamlakatning eng yangi tarixi davri
- Mamlakatning qadimgi tarixi davri
- Mamlakatning o‘rta asrlar tarixi davri
- Mamlakatning mustamlakachilik davri
Javobni ko'rish
Mamlakatning eng yangi tarixi davri
#46
XX asr qanday davr deb ataladi?
- Temir davri
- Bronza davri
- Tosh davri
- Ilmiy-texnika taraqqiyoti asri
Javobni ko'rish
Ilmiy-texnika taraqqiyoti asri
#47
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa nimalardan iborat?
- Yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish
- O‘tmishdagi xatolardan saboq chiqarish va kelajak avlodlar uchun xavfsiz muhit yaratish
- Barcha javoblar to‘g‘ri
- Yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash
Javobni ko'rish
Barcha javoblar to‘g‘ri
#48
Moddiy manbalarga nimalar ta‘luqli?
- Xalqlarning og‘zaki ijodi
- Tarixiy rivoyatlar
- Mehnat qurollari, uy ro‘zg‘or buyumlari
- Diniy tasavvurlar
Javobni ko'rish
Mehnat qurollari, uy ro‘zg‘or buyumlari
#49
Yunon va Rim manbalarini aniqlang
- Хvaday namak, Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma», «Мahobharata»
- Herodot «Tarix», Tits Liviy «Rim shahrining asos solinishidan buyon»
- Gay Pliniy Sеkund «Оddiy tarix», Polibiy «Umumiy tarix», Strabon «Gеografiya», Ptolomеy Klavdiy «Gеografiya»
- Sima Tsyan «Shi Tszi» - («Тarixiy esdaliklar»), Byan Gu «Tsyan Хan Shu» -(«Avvalgi Xan sulolasining tarixi»), Li Yan-Shou «Bey Shu» («Shimoliy sulolalar tarixi»)
Javobni ko'rish
Gay Pliniy Sеkund «Оddiy tarix», Polibiy «Umumiy tarix», Strabon «Gеografiya», Ptolomеy Klavdiy «Gеografiya»
#50
Ibtidoiy jamoa tuzumi qanday davrni ifodalaydi?
- Eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo‘lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug‘ va oila boshlig‘i ayol bo‘lgan
- Ijtimoiy tengsizlikning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq davr
- Birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarindoshlar jamoasi
- Insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan, hamma birgalikda mehnat qilgan
Javobni ko'rish
Insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan, hamma birgalikda mehnat qilgan
#51
... Markaziy Osiyoda Eftallar davlatiga asos soladi.
- Xusrav I
- Bumin
- Vima Kadfiz
- Vaxshunuvor
Javobni ko'rish
Vaxshunuvor
#52
Eftallar davlatiga nechanchi asrda asos solingan?
- V asrning o`rtalarida (457 yilda)
- VI asrning o`rtalarida (557 yilda)
- IV asrning oxirlarida (395 yilda)
- VII asrning o`rtalarida (657 yilda)
Javobni ko'rish
V asrning o`rtalarida (457 yilda)
#53
Qur’onda keltirilishicha Kaʼbaga… asos solgan
- Odam alayhissalom
- Ibrohim alayhissalom
- Nuh alayhissalom
- Ismoil alayhissalom
Javobni ko'rish
Ibrohim alayhissalom
#54
Arabiston yarim orolidagi ko‘chmanchilar kimlar deb atalgan?
- Kadivarlar
- Safforiylar
- Kashovarlar
- Badaviylar
Javobni ko'rish
Badaviylar
#55
“Islom” so‘zini ma‘nosi
- Sadoqat va itoat etish
- Tinchlik
- A va Б javoblar to‘g‘ri
- Bo‘ysunish
Javobni ko'rish
A va Б javoblar to‘g‘ri
#56
Ma’mun akademiyasi qayerda joylashgan?
- Buxoroda
- Xorazmda
- Samarqandda
- Toshkentda
Javobni ko'rish
Xorazmda
#57
Ilmiy tafakkur nimani anglatadi?
- Shaxsiy fikrni ustun qo'yish
- Faqat diniy qarash
- Hodisalarni ilmiy asosda tushunish
- Afsona yaratish
Javobni ko'rish
Hodisalarni ilmiy asosda tushunish
#58
Antik olimlardan biri Arximed qaysi fan bilan shug‘ullangan?
- Fizika va matematika
- Tilshunoslik
- Tarix
- Falsafa
Javobni ko'rish
Fizika va matematika
#59
Arablarning Markaziy Osiyoga bosqini necha bosqichga amalga oshirilgan?
- 1 bosqich (705-720)
- 2 bosqich (650-704, 705-715)
- 3 bosqich (650-704, 705-715, 720-730)
- 4 bosqich (650-704, 705-715, 720-730, 740-750)
Javobni ko'rish
2 bosqich (650-704, 705-715)
#60
Xorazmshohlar nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
- 1000-1071
- 977-1136
- 1077-1231
- 1136-1231
Javobni ko'rish
1077-1231
#61
Xorazmshoh hukmdorlar berilgan qatorni toping
- Allouddin Muhammad, Muhammad Xorazmshoh
- Sulton Sanjar, Xorazmshoh Atsiz
- Anushtegin, Jaloliddin Manguberdi
- Qutayba ibn Muslim
Javobni ko'rish
Anushtegin, Jaloliddin Manguberdi
#62
“Bayt ul-hikma” qayerda va qachon tashkil etilgan?
- Bag‘dodda IX asr
- Bog‘dodda VIII asr
- Damashqda VIII asr
- Bog‘dodda VI asr
Javobni ko'rish
Bog‘dodda VIII asr
#63
Madrasa so‘zining lug‘aviy ma‘nosi
- o‘rganmoq
- o‘rganuvchi, ta‘lim oluvchi
- maktab
- o‘rgatuvchi, ta‘lim beruvchi
Javobni ko'rish
o‘rganmoq
#64
“Buxoro tarixi” asarining muallifi
- Najmiddin Kubro
- Nasriddin Tusiy
- Abu Rayhon Beruniy
- Narshaxiy
Javobni ko'rish
Narshaxiy
#65
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Farmoni bilan Xiva shaxridagi Xorazm Ma’mun Akademiyasi qachondan qayta tashkil qilingan
- 1998 yil 11 noyabrda
- 1996 yil 11 noyabrda
- 1999 yil 11 noyabrda
- 1997 yil 11 noyabrda
Javobni ko'rish
1997 yil 11 noyabrda
#66
2005-yilda Xorazmda Xorazm Maʼmun akademiyasining necha yilligi nishonlanishi belgilandi?
- 1000
- 1200
- 1050
- 1100
Javobni ko'rish
1000
#67
Hadis so‘zining ma‘nosi nima?
- xabar, yangilik
- vositachi
- hikoya
- muqaddas
Javobni ko'rish
xabar, yangilik
#68
Muhaddislar kimlar?
- payg‘ambarlar
- olimlar
- tarixchilar
- xadisshunoslar
Javobni ko'rish
xadisshunoslar
#69
Temuchin nechanchi yilda mo‘g‘ullarni xoni deb e‘lon qilindi?
- 1204
- 1205
- 1206
- 1219
Javobni ko'rish
1206
#70
“O‘tror voqeasi” nechanchi yilda yuz bergan?
- 1218
- 1220
- 1221
- 1219
Javobni ko'rish
1219
#71
Chingizxon vafotidan so‘ng Movaraunnahr hududi qaysi ulush tarkibiga kiradi?
- Oltin O‘rda
- Oq O‘rda
- Chig‘atoy
- Ilxonlik
Javobni ko'rish
Chig‘atoy
#72
Shamsiddin Kulol qanday tarixiy shaxs edi?
- Amir Temurning yaqin do‘sti
- Amir Temurning sarkardasi
- Amir Temurning ustozi
- Amir Temurning otasi
Javobni ko'rish
Amir Temurning ustozi
#73
Mo‘g‘ullarning Markaziy Osiyodan quvib chiqarilishi qaysi yilda boshlangan?
- 1362
- 1361
- 1370
- 1364
Javobni ko'rish
1361
#74
Balx shahri Amir Temurga qachon taslim bo‘ldi va Amir Husayn qatl etildi?
- 1365-yilning 10 aprelida
- 1361-yilning 10 aprelida
- 1362-yilning 10 aprelida
- 1370-yilning 10 aprelida
Javobni ko'rish
1370-yilning 10 aprelida
#75
Balx shahri Amir Temurga taslim bo`ldi va Amir Husayn qatl etildi. Qaysi yilda?
- 1370-yilning 10 aprelida
- 1365-yilning 10 aprelida
- 1362-yilning 10 aprelida
- 1361-yilning 10 aprelida
Javobni ko'rish
1362-yilning 10 aprelida
#76
Amir Temurning 3 yillik yurishlarida qaysi hududlar egallandi?
- Halab, Hums, Damashq, Bag`dod va Turkiya
- Janubiy Ozarbayjon, shimoliy Iroq, Gurjiston
- G`arbiy Eron, Iroq, Kavkaz
- Hindiston va Xitoy
Javobni ko'rish
G`arbiy Eron, Iroq, Kavkaz
#77
Amir Temurning 5 yillik yurishlarida qaysi hududlar egallandi?
- G`arbiy Eron, Iroq, Kavkaz
- Halab, Hums, Damashq, Bag`dod va Turkiya
- Janubiy Ozarbayjon, shimoliy Iroq, Gurjiston
- Xorazm va Movarounnahr
Javobni ko'rish
Janubiy Ozarbayjon, shimoliy Iroq, Gurjiston
#78
Amir Temurning 7 yillik yurishlari qaysi yillarda yuz bergan?
- 1399-1404
- 1390-1397
- 1380-1387
- 1398-1403
Javobni ko'rish
1390-1397
#79
Amir Temurning To‘xtamish bilan bo’lgan jangi qaysi yilda bo'lib o'tgan?
- 1395-yil Terek yaqinidagi jang
- 1362-yil Seyiston jangi
- 1360-yilda Chirchiq daryosi bo`yida bo`lgan jang
- 1402-yil Chubuq mavzeidagi jang
Javobni ko'rish
1395-yil Terek yaqinidagi jang
#80
Amir Temurning Mahmud Boyazid I bilan bo’lgan jangi qaysi yilda bo'lib o'tgan?
- 1401-yilda Chirchiq daryosi bo`yida bo`lgan jang
- 1391-yil Qunduzcha yaqinidagi jang
- 1402-yil Chubuq mavzeidagi jang
- 1395-yil Terek yaqinidagi jang
Javobni ko'rish
1402-yil Chubuq mavzeidagi jang
#81
Amir Temur qayerda vafot etdi?
- O‘tror shahrida
- Buxoro shahrida
- Hirot shahrida
- Samarqand shahrida
Javobni ko'rish
O‘tror shahrida
#82
Amir Temur qachon vafot etgan?
- 1405-yil
- 1402-yil
- 1410-yil
- 1400-yil
Javobni ko'rish
1405-yil
#83
Amir Temur vafotidan so‘ng taxt uchun kurash qaysi sulola vakillari o‘rtasida kechgan?
- Saljuqiylar
- Qo'ng'irotlar
- Shayboniylar
- Temuriylar
Javobni ko'rish
Temuriylar
#84
Temuriylar davlatida Amir Temurdan keyin hokimiyatni egallagan shaxs kim?
- Mironshoh
- Umar Shayx Mirzo
- Shohrux Mirzo
- Husayn Boyqaro
Javobni ko'rish
Shohrux Mirzo
#85
Shohrux Mirzo poytaxtni qaysi shaharga ko‘chirgan?
- Buxoro
- Hirot
- Toshkent
- Samarqand
Javobni ko'rish
Hirot
#86
Shohrux Mirzo hukmronligi qaysi yillarga to‘g‘ri keladi?
- 1405–1447-yillar
- 1410–1425-yillar
- 1370–1405-yillar
- 1450–1470-yillar
Javobni ko'rish
1405–1447-yillar
#87
Ulug‘bek kimning o‘g‘li edi?
- Amir Temurning
- Husayn Boyqaroning
- Mironshohning
- Shohrux Mirzoning
Javobni ko'rish
Shohrux Mirzoning
#88
Ulug‘bek qaysi shaharda hukmronlik qilgan?
- Toshkent
- Buxoro
- Samarqand
- Hirot
Javobni ko'rish
Samarqand
#89
Ulug‘bek rasadxonasi qayerda qurilgan?
- Hirot
- Toshkent
- Buxoro
- Samarqand
Javobni ko'rish
Samarqand
#90
Ulug‘bekning mashhur astronomik asari qaysi?
- Qutadg‘u bilig
- Boburnoma
- Tarixi mulk ajam
- Ziji Jadidi Ko‘ragoniy
Javobni ko'rish
Ziji Jadidi Ko‘ragoniy
#91
Ulug‘bek qachon vafot etgan?
- 1469-yil
- 1449-yil
- 1425-yil
- 1450-yil
Javobni ko'rish
1449-yil
#92
Husayn Boyqaro qaysi shaharda hukmronlik qilgan?
- Qarshi
- Buxoro
- Hirot
- Samarqand
Javobni ko'rish
Hirot
#93
Husayn Boyqaro davrida qaysi shoir va mutafakkir ijod qilgan?
- Alisher Navoiy
- Lutfiy
- Ahmad Yassaviy
- Mahmud Qoshg‘ariy
Javobni ko'rish
Alisher Navoiy
#94
Temuriylar davrida Hirot nima bilan mashhur bo‘lgan?
- Harbiy qal’alar bilan
- Diniy markaz sifatida
- Savdo porti sifatida
- Ilm-fan va madaniyat markazi sifatida
Javobni ko'rish
Ilm-fan va madaniyat markazi sifatida
#95
Temuriylar davlatining zaiflashishiga asosiy sabab nima edi?
- Dengiz savdosining pasayishi
- Tabiiy ofatlar
- Qo‘shni davlatlarning bosqinchiligi
- Ichki taxt kurashlari
Javobni ko'rish
Ichki taxt kurashlari
#96
Temuriylar davrida miniatura san’ati rivojlangan markaz qaysi edi?
- Samarqand
- Xiva
- Qo‘qon
- Hirot
Javobni ko'rish
Hirot
#97
Temuriylar davrining so‘nggi yirik vakillaridan biri kim edi?
- Jaloliddin Manguberdi
- Muhammad Shayboniyxon
- Amir Temur
- Husayn Boyqaro
Javobni ko'rish
Husayn Boyqaro
#98
Amir Temurning mashhur piri kim edi?
- Shayx Xudoydod
- Sharofiddin Ali Yazdiy
- Said Kulol
- Mir Said Baraka
Javobni ko'rish
Mir Said Baraka
#99
Boburiylar davrida markazlashgan davlat tizimini mustahkamlab, diniy bag‘rikenglik siyosatini olib borgan hukmdor kim?
- Akbarshoh
- Bahodirshoh II
- Shoh Jahon
- Humoyun
Javobni ko'rish
Akbarshoh
#100
Buxoro xonligiga kim asos solgan?
- Ubaydullaxon
- Abulfayzxon
- Muhammad Shayboniyxon
- Abdullaxon II
Javobni ko'rish
Muhammad Shayboniyxon
#101
Buxoro xonligi qaysi sulola hukmronligi davrida tashkil topgan?
- Shayboniylar
- Mang‘itlar
- Temuriylar
- Ashtarxoniylar
Javobni ko'rish
Shayboniylar
#102
Muhammad Shayboniyxon qachon vafot etgan?
- 1526-yil
- 1500-yil
- 1505-yil
- 1510-yil
Javobni ko'rish
1510-yil
#103
Shayboniylardan keyin Buxoro xonligida qaysi sulola hokimiyatga kelgan?
- Qo‘ng‘irotlar
- Temuriylar
- Mang‘itlar
- Ashtarxoniylar
Javobni ko'rish
Ashtarxoniylar
#104
Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoro xonligi qanday holatga kelgan?
- Eng qudratli davriga erishgan
- Bosib olingan
- Parokanda bo‘lgan
- Zaiflashgan
Javobni ko'rish
Eng qudratli davriga erishgan
#105
Abdullaxon II qaysi shaharning iqtisodiy rivojiga katta e’tibor bergan?
- Buxoro
- Samarqand
- Xiva
- Termiz
Javobni ko'rish
Xiva
#106
Ashtarxoniylar sulolasi qaysi asrlarda hukmronlik qilgan?
- XVI–XVIII asrlar
- XVII–XIX asrlar
- XIV–XV asrlar
- XIX–XX asrlar
Javobni ko'rish
XVI–XVIII asrlar
#107
Buxoro xonligida mang‘itlar sulolasi qachon hokimiyatga kelgan?
- XVI asr boshida
- XIX asr oxirida
- XVIII asr o‘rtalarida
- XVII asr boshida
Javobni ko'rish
XVIII asr o‘rtalarida
#108
Mang‘itlar sulolasining birinchi yirik vakili kim edi?
- Doniyolbiy
- Nasrullaxon
- Amir Shohmurod
- Muhammad Rahimbiy
Javobni ko'rish
Doniyolbiy
#109
Mang‘itlar davrida davlat boshlig‘i qanday unvon bilan atalgan?
- Xon
- Amir
- Sultan
- Bek
Javobni ko'rish
Amir
#110
Buxoro amirligi qaysi sulola davrida shakllangan?
- Shayboniylar
- Mang‘itlar
- Ashtarxoniylar
- Temuriylar
Javobni ko'rish
Mang‘itlar
#111
Amir Nasrullo qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
- 1826–1860-yillar
- 1702–1711-yillar
- 1800–1826-yillar
- 1910–1920-yillar
Javobni ko'rish
1826–1860-yillar
#112
Buxoro xonligi iqtisodiyotida asosiy o‘rin tutgan soha qaysi edi?
- Sug‘orma dehqonchilik
- Hunarmandchilik
- Kon sanoati
- Dengiz savdosi
Javobni ko'rish
Sug‘orma dehqonchilik
#113
Buxoro amirligi bilan Rossiya o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar qaysi asrda kuchaygan?
- XV asr
- XIX asr
- XVII asr
- XVIII asr
Javobni ko'rish
XIX asr
#114
Rossiya qo‘shinlari tomonidan Samarqand qachon egallangan?
- 1842-yil
- 1868-yil
- 1876-yil
- 1881-yil
Javobni ko'rish
1868-yil
#115
1868-yilgi shartnomadan keyin Buxoro amirligi qanday maqomga ega bo‘ldi?
- To‘liq mustaqil bo‘ldi
- Xiva bilan birlashdi
- Rossiya protektoratiga aylandi
- Mustaqilligini yo‘qotdi
Javobni ko'rish
Rossiya protektoratiga aylandi
#116
Amir Muzaffar qaysi davlat bilan urush olib borgan?
- Rossiya imperiyasi
- Hindiston
- Xitoy
- Afg‘oniston
Javobni ko'rish
Rossiya imperiyasi
#117
Buxoro amirligida jadidchilik harakati qaysi asr oxiri – qaysi asr boshida rivojlandi?
- XVI–XVII asr
- XVIII–XIX asr
- XX asr o‘rtalarida
- XIX asr oxiri – XX asr boshida
Javobni ko'rish
XIX asr oxiri – XX asr boshida
#118
Buxoro amirligining so‘nggi amiri kim bo‘lgan?
- Doniyolbiy
- Nasrullo
- Olimxon
- Muhammad Olimxon
Javobni ko'rish
Olimxon
#119
Buxoro amirligi qachon tugatilgan?
- 1924-yil
- 1917-yil
- 1920-yil
- 1925-yil
Javobni ko'rish
1920-yil
#120
Xiva xonligi qachon tashkil topgan?
- 1501-yil
- 1526-yil
- 1511-yil
- 1510-yil
Javobni ko'rish
1511-yil
#121
Xiva xonligiga kim asos solgan?
- Muhammad Shayboniyxon
- Elbarsxon
- Ilbarsxon
- Abdullaxon II
Javobni ko'rish
Elbarsxon
#122
Xiva xonligi dastlab qaysi hududda shakllangan?
- Toshkentda
- Farg‘onada
- Xorazmda
- Buxoroda
Javobni ko'rish
Xorazmda
#123
Xiva xonligining poytaxti dastlab qaysi shahar bo‘lgan?
- Xiva
- Toshkent
- Urganch
- Vazir
Javobni ko'rish
Urganch
#124
Xiva qachondan xonlik poytaxtiga aylangan?
- XVII asr boshida
- XVI asr boshida
- XVIII asr boshida
- XVI asr oxirida
Javobni ko'rish
XVI asr boshida
#125
Xiva xonligida qaysi sulola uzoq hukmronlik qilgan?
- Qo‘ng‘irotlar
- Temuriylar
- Shayboniylar
- Ashtarxoniylar
Javobni ko'rish
Qo‘ng‘irotlar
#126
Arab Muhammadxon davrida qanday holat yuz bergan?
- Davlat kengaygan
- Rossiya bilan ittifoq tuzilgan
- Ichki nizolar kuchaygan
- Savdo rivojlangan
Javobni ko'rish
Ichki nizolar kuchaygan
#127
Abulg‘ozi Bahodirxon kim sifatida mashhur?
- Faqat harbiy sarkarda
- Savdogar
- Shoir
- Xon va tarixchi
Javobni ko'rish
Xon va tarixchi
#128
Abulg‘ozi Bahodirxon qaysi asarni yozgan?
- Qutadg‘u bilig
- Devoni lug‘otit turk
- Boburnoma
- Shajarayi turk
Javobni ko'rish
Shajarayi turk
#129
Xiva xonligi iqtisodiyotida asosiy o‘rin tutgan soha qaysi edi?
- Konchilik
- Dengiz savdosi
- Qo‘shmachilik
- Sug‘orma dehqonchilik
Javobni ko'rish
Sug‘orma dehqonchilik
#130
Qo‘ng‘irotlar sulolasi qachon hokimiyat tepasiga kelgan?
- XVIII asr oxirida
- XVII asrda
- XVI asrda
- XX asr boshida
Javobni ko'rish
XVIII asr oxirida
#131
Muhammad Rahimxon I qaysi sulola vakili edi?
- Qo‘ng‘irotlar
- Ashtarxoniylar
- Shayboniylar
- Temuriylar
Javobni ko'rish
Qo‘ng‘irotlar
#132
Xiva xonligida madaniyat va me’morchilik qaysi davrda rivojlandi?
- Muhammad Rahimxon va Olloqulixon davrida
- Elbarsxon davrida
- Abulg‘ozi Bahodirxon davrida
- Arab Muhammadxon davrida
Javobni ko'rish
Muhammad Rahimxon va Olloqulixon davrida
#133
Ichan qal’a qayerda joylashgan?
- Xivada
- Samarqandda
- Toshkentda
- Buxoroda
Javobni ko'rish
Xivada
#134
Rossiya imperiyasi Xiva xonligiga qachon yurish qilgan?
- 1865-yil
- 1917-yil
- 1873-yil
- 1842-yil
Javobni ko'rish
1873-yil
#135
1873-yildan keyin Xiva xonligi qanday maqomga ega bo‘lgan?
- Mustaqil xonlik
- To‘liq mustaqil davlat
- Buxoro tarkibiga qo‘shilgan
- Rossiya protektorati
Javobni ko'rish
Rossiya protektorati
#136
Xiva xonligining so‘nggi xoni kim bo‘lgan?
- Muhammad Aminxon
- Olloqulixon
- Iltazarxon
- Asfandiyorxon
Javobni ko'rish
Asfandiyorxon
#137
Jadidchilik harakati Xiva xonligida qaysi asrda rivojlangan?
- XVIII asrda
- XVI asrda
- XVII asrda
- XIX asr oxiri – XX asr boshida
Javobni ko'rish
XIX asr oxiri – XX asr boshida
#138
Xiva xonligi o‘rnida qaysi davlat tuzilgan?
- O‘zbekiston SSR
- Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
- Turkiston ASSR
- Buxoro amirligi
Javobni ko'rish
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
#139
Xiva xonligi qachon tugatilgan?
- 1917-yil
- 1925-yil
- 1920-yil
- 1924-yil
Javobni ko'rish
1920-yil
#140
Qo‘qon xonligi qachon tashkil topgan?
- 1680-yil
- 1725-yil
- 1709-yil
- 1700-yil
Javobni ko'rish
1709-yil
#141
Qo‘qon xonligiga kim asos solgan?
- Umarxon
- Olimxon
- Shohruxbiy
Javobni ko'rish
Shohruxbiy
#142
Qo‘qon xonligi qaysi hududda tashkil topgan?
- Zarafshon vohasida
- Farg‘ona vodiysida
- Xorazmda
Javobni ko'rish
Farg‘ona vodiysida
#143
Qo‘qon xonligida hukmron sulola qaysi bo‘lgan?
- Shayboniylar
- Minglar sulolasi
- Mang‘itlar
Javobni ko'rish
Minglar sulolasi
#144
Qo‘qon xonligining dastlabki poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
- Namangan
- Andijon
- Qo‘qon
Javobni ko'rish
Andijon
#145
Olimxon davrida Qo‘qon xonligi qanday o‘zgarishga uchragan?
- Hududi qisqargan
- Rossiyaga qo‘shilgan
- Hududi kengaygan
Javobni ko'rish
Hududi kengaygan
#146
Olimxon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
- 1709–1721-yillar
- 1798–1810-yillar
- 1845–1858-yillar
Javobni ko'rish
1709–1721-yillar
#147
Umarxon davrida qaysi soha rivojlangan?
- Adabiyot va madaniyat
- Dengiz savdosi
- Aviatsiya
Javobni ko'rish
Adabiyot va madaniyat
#148
Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan?
- Feruz
- Nodir
- Amiriy
Javobni ko'rish
Amiriy
#149
Nodirabegim kimning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan?
- Umarxon
- Olimxon
- Xudoyorxon
Javobni ko'rish
Umarxon
#150
Madalixon davrida Qo‘qon xonligida qanday holat yuz bergan?
- Rossiya bilan urush tugagan
- Xonlik tugatilgan
- Ichki nizolar kuchaygan
Javobni ko'rish
Ichki nizolar kuchaygan
#151
Qo‘qon xonligi qaysi davlat bilan tez-tez harbiy to‘qnashuvlarga kirgan?
- Hindiston
- Xitoy
- Buxoro amirligi
Javobni ko'rish
Buxoro amirligi
#152
Xudoyorxon necha marta taxtga chiqqan?
- Ikki marta
- Bir marta
- Uch marta
Javobni ko'rish
Uch marta
#153
Qo‘qon xonligining iqtisodiyotida asosiy o‘rin tutgan soha qaysi edi?
- Kemasozlik
- Sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik
- Neft sanoati
Javobni ko'rish
Sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik
#154
Rossiya imperiyasi Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy yurishlarni qaysi asrda kuchaytirgan?
- XVII asrda
- XV asrda
- XIX asrda
Javobni ko'rish
XIX asrda
#155
Toshkent Rossiya tomonidan qachon bosib olingan?
- 1876-yilda
- 1860-yilda
- 1865-yilda
Javobni ko'rish
1865-yilda
#156
Qo‘qon xonligida Po‘latxon qo‘zg‘oloni qachon yuz bergan?
- 1916-yilda
- 1875-yilda
- 1842-yilda
Javobni ko'rish
1875-yilda
#157
Qo‘qon xonligining so‘nggi xoni kim bo‘lgan?
- Olimxon
- Umarxon
- Xudoyorxon
Javobni ko'rish
Xudoyorxon
#158
Qo‘qon xonligi qachon Rossiya tomonidan tugatilgan?
- 1868-yilda
- 1920-yilda
- 1876-yilda
Javobni ko'rish
1876-yilda
#159
Qo‘qon xonligi tugatilgach, uning hududi qaysi ma’muriy birlik tarkibiga kiritilgan?
- Xorazm Respublikasi
- Farg‘ona viloyati
- Buxoro amirligi
Javobni ko'rish
Farg‘ona viloyati
#160
Chor Rossiyasi Turkiston hududiga harbiy yurishlarni qaysi asrda kuchaytirgan?
- XVIII asrda
- XIX asrda
- XX asrda
- XVII asrda
Javobni ko'rish
XIX asrda
#161
Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkent qachon bosib olingan?
- 1876-yilda
- 1865-yilda
- 1860-yilda
- 1870-yilda
Javobni ko'rish
1865-yilda
#162
Toshkentni bosib olishga boshchilik qilgan rus generali kim edi?
- Skobelev
- Romanov
- Chernyayev
- Kaufman
Javobni ko'rish
Chernyayev
#163
Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil etilgan?
- 1867-yilda
- 1860-yilda
- 1873-yilda
- 1865-yilda
Javobni ko'rish
1867-yilda
#164
Turkiston general-gubernatorligining markazi qaysi shahar bo‘lgan?
- Samarqand
- Toshkent
- Buxoro
- Qo‘qon
Javobni ko'rish
Toshkent
#165
Turkiston general-gubernatorligining birinchi general-gubernatori kim bo‘lgan?
- Skobelev
- Dostoevskiy
- Chernyayev
- Kaufman
Javobni ko'rish
Kaufman
#166
Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga qachon aylangan?
- 1865-yilda
- 1870-yilda
- 1876-yilda
- 1868-yilda
Javobni ko'rish
1868-yilda
#167
Xiva xonligi Rossiya protektoratiga qachon aylangan?
- 1868-yilda
- 1873-yilda
- 1885-yilda
- 1870-yilda
Javobni ko'rish
1873-yilda
#168
Qo‘qon xonligi qachon tugatilgan?
- 1876-yilda
- 1865-yilda
- 1917-yilda
- 1870-yilda
Javobni ko'rish
1876-yilda
#169
Qo‘qon xonligi tugatilgach uning hududi qaysi viloyatga aylantirilgan?
- Sirdaryo viloyati
- Farg‘ona viloyati
- Samarqand viloyati
- Toshkent viloyati
Javobni ko'rish
Farg‘ona viloyati
#170
Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi nima edi?
- Mahalliy sanoatni rivojlantirish
- Siyosiy va iqtisodiy nazoratni kuchaytirish
- Madaniyatni tarqatish
- Mustaqil davlat tuzish
Javobni ko'rish
Siyosiy va iqtisodiy nazoratni kuchaytirish
#171
Chor Rossiyasi davrida Turkistonda qanday boshqaruv tizimi joriy etilgan?
- Monarxiya tizimi
- Harbiy-ma’muriy boshqaruv
- Demokratik boshqaruv
- Parlament tizimi
Javobni ko'rish
Harbiy-ma’muriy boshqaruv
#172
Chor Rossiyasi davrida paxtachilik nima sababdan kengaytirildi?
- Rossiya sanoati uchun xomashyo yetkazish maqsadida
- Eksportni to‘xtatish uchun
- Qishloq xo'jaligini diversifikatsiya qilish uchun
- Mahalliy ehtiyoj uchun
Javobni ko'rish
Rossiya sanoati uchun xomashyo yetkazish maqsadida
#173
Turkistonda rus-tuzem maktablari qaysi davrda tashkil etilgan?
- XIX asr oxirida
- XX asr o‘rtalarida
- XVIII asrda
- XIX asr boshida
Javobni ko'rish
XIX asr oxirida
#174
Chor Rossiyasi davrida mahalliy aholiga nisbatan qanday siyosat yuritilgan?
- To‘liq tenglik berilgan
- Madaniy tenglik berilgan
- Mustamlakachilik va cheklov siyosati yuritilgan
- Mustaqillik berilgan
Javobni ko'rish
Mustamlakachilik va cheklov siyosati yuritilgan
#175
Andijon qo‘zg‘oloni qachon bo‘lib o‘tgan?
- 1873-yilda
- 1916-yilda
- 1895-yilda
- 1898-yilda
Javobni ko'rish
1898-yilda
#176
1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloniga kim boshchilik qilgan?
- Dukchi Eshon
- Madalixon
- Po‘latxon
- Xo‘ja Ahmad
Javobni ko'rish
Dukchi Eshon
#177
Turkistonda jadidchilik harakati qaysi davrda rivojlangan?
- XVII asrda
- XIX asr oxiri – XX asr boshida
- XX asr oxirida
- XVIII asr boshida
Javobni ko'rish
XIX asr oxiri – XX asr boshida
#178
1916-yilgi qo‘zg‘olonning asosiy sabablaridan biri nima edi?
- Mahalliy aholining mardikorlikka olinishi
- Saylovlarning bekor qilinishi
- Soliqlarning kamayishi
- Erkin savdo huquqining cheklanishi
Javobni ko'rish
Mahalliy aholining mardikorlikka olinishi
#179
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi Turkistonda amalda qachongacha davom etgan?
- 1916-yilgacha
- 1905-yilgacha
- 1917-yilgacha
- 1924-yilgacha
Javobni ko'rish
1917-yilgacha
#180
Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston qaysi davlat tarkibida bo‘lgan?
- AQSH
- Usmonli imperiyasi
- Rossiya imperiyasi
- Sovet Ittifoqi (SSSR)
Javobni ko'rish
Sovet Ittifoqi (SSSR)
#181
O‘zbekiston SSR qachon tashkil topgan?
- 1936-yilda
- 1925-yilda
- 1924-yilda
- 1917-yilda
Javobni ko'rish
1924-yilda
#182
Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda boshqaruv qanday tizim asosida olib borilgan?
- Parlament tizimi
- Monarxiya
- Kommunistik partiya boshqaruvi
- Harbiy diktatura
Javobni ko'rish
Kommunistik partiya boshqaruvi
#183
Sovet davrida O‘zbekistonda qaysi soha asosiy iqtisodiy yo‘nalishga aylantirilgan?
- Kemasozlik
- Neft qazib olish
- Paxtachilik
- Turizm
Javobni ko'rish
Paxtachilik
#184
Sobiq Ittifoq davrida amalga oshirilgan majburiy jamoalashtirish qanday atalgan?
- Avtomatlashtirish
- Modernizatsiya
- Industrlashtirish
- Kollektivlashtirish
Javobni ko'rish
Kollektivlashtirish
#185
1930-yillarda O‘zbekistonda ko‘plab ziyolilar qanday siyosat qurboni bo‘lgan?
- Xususiylashtirish
- Qatag‘on siyosati
- Liberallashtirish
- Demokratlashtirish
Javobni ko'rish
Qatag‘on siyosati
#186
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston qanday vazifani bajargan?
- Neytral davlat bo‘lgan
- Mustaqil davlat bo‘lgan
- Front orti va sanoat markazi vazifasini bajargan
- Dengiz bazasi bo‘lgan
Javobni ko'rish
Front orti va sanoat markazi vazifasini bajargan
#187
Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda qaysi dengiz ekologik muammoga aylangan?
- Qora dengiz
- Orol dengizi
- Kaspiy dengizi
- O‘lik dengiz
Javobni ko'rish
Orol dengizi
#188
1980-yillarda O‘zbekistonda keng muhokama qilingan “Paxta ishi” nima bilan bog‘liq edi?
- Korrupsiya va qo‘shib yozish bilan
- Harbiy islohot bilan
- Tashqi savdo bilan
- Madaniy merosni himoyalash bilan
Javobni ko'rish
Korrupsiya va qo‘shib yozish bilan
#189
Sobiq Ittifoq parchalanishi arafasida O‘zbekiston qachon davlat mustaqilligini e’lon qilgan?
- 1991-yil
- 1992-yil
- 1989-yil
- 1990-yil
Javobni ko'rish
1991-yil
#190
O‘zbekiston davlat mustaqilligi qachon e’lon qilingan?
- 1991-yil 1-sentabr
- 1991-yil 31-avgust
- 1990-yil 20-iyun
- 1992-yil 8-dekabr
Javobni ko'rish
1991-yil 31-avgust
#191
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
- 1990-yil
- 1991-yil
- 1992-yil
- 1993-yil
Javobni ko'rish
1992-yil
#192
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar qanday tamoyil asosida olib borilgan?
- Harbiy iqtisodiyot
- Bosqichma-bosqich islohotlar
- “Shok terapiyasi”
- Markazlashgan rejalashtirish
Javobni ko'rish
Bosqichma-bosqich islohotlar
#193
O‘zbekistonda milliy valyuta – so‘m qachon muomalaga kiritilgan?
- 1993-yilda
- 1996-yilda
- 1994-yilda
- 1992-yilda
Javobni ko'rish
1994-yilda
#194
Mustaqillikdan keyin O‘zbekistonda ikki palatali parlament qachondan faoliyat boshlagan?
- 2004-yildan
- 1995-yildan
- 2005-yildan
- 2010-yildan
Javobni ko'rish
2005-yildan
#195
O‘zbekistonda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili nimani anglatadi?
- Harbiy boshqaruvni kuchaytirishni
- Iqtisodiy erkinlikni cheklashni
- Monarxiyani tiklashni
- Fuqarolik institutlari va jamiyat rolini oshirishni
Javobni ko'rish
Fuqarolik institutlari va jamiyat rolini oshirishni
#196
O‘zbekiston qaysi yilda BMTga a’zo bo‘lgan?
- 1995-yilda
- 1992-yilda
- 1991-yilda
- 1993-yilda
Javobni ko'rish
1992-yilda
#197
Mustaqillikdan keyingi davrda Orol muammosi bo‘yicha O‘zbekiston qanday siyosat olib bordi?
- Xalqaro hamkorlik va ekologik dasturlarni qo‘llab-quvvatladi
- Muammoni inkor etdi
- Faqat ichki siyosat bilan cheklangan
- Muammoni boshqa davlatlarga yukladi
Javobni ko'rish
Xalqaro hamkorlik va ekologik dasturlarni qo‘llab-quvvatladi
#198
2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan?
- 7 ta
- 6 ta
- 5 ta
- 3 ta
Javobni ko'rish
5 ta
#199
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichi asosan qaysi maqsad bilan bog‘liq?
- Iqtisodiy izolyatsiyani kuchaytirish
- Markazlashgan sovet tizimini tiklash
- Xonlik boshqaruviga qaytish
- Demokratik islohotlar va modernizatsiyani chuqurlashtirish
Javobni ko'rish
Demokratik islohotlar va modernizatsiyani chuqurlashtirish
QuizPilotda o'ynash